Научная статья на тему 'YASHASH SHAROITI BOYITILISHINING TOVUQLAR AYRIM FIZIOLOGIK KO’RSATKICHLARI VA XULQ-ATVORIGA TA’SIRI'

YASHASH SHAROITI BOYITILISHINING TOVUQLAR AYRIM FIZIOLOGIK KO’RSATKICHLARI VA XULQ-ATVORIGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Животноводство и молочное дело»

CC BY
189
65
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Atrof muhitni boyitish / perch tuzilmasi / qum / tuxum miqdori / broyler / qon / gemoglobin / qonning yopishqoqligi / eritrotsit / leykotsit / EChT (eritrotsitlarning cho‘kish tezligi / Enrichment / perch structure / sand / egg content / broiler / blood / hemoglobin / blood viscosity / erythrocyte / leukocyte / ESR (erythrocyte sedimentation rate)

Аннотация научной статьи по животноводству и молочному делу, автор научной работы — Yunus Samandarovich Ruziyev Dotsent, Mirzohid Sadullayevich Kuziyev Dotsent, Shohzod Shermatovich Xudoyberdiyev

Boyitilgan yashash joylari tuxum yo`nalishidagi tovuq zotlarini boqish uchun bo’sh qafas tizimlariga nisbatan samarali hisoblanadi, chunki bu qafasdagi qushlarni yovvoyi tabiatdagidek erkin doirada yolg'iz qolgandagi xatti-harakatlarini ifoda etishga undaydi. Tadqiqotlarimizda tovuq qafaslarini perch tuzilmalari va qumlar bilan boyitish ularning xulq-atvori va qonining ayrim fiziologik ko`rsatkichlarini yaxshilanishiga erishildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EFFECTS OF LIVING ENVIRONMENT ENRICHMENT ON SOME PHYSIOLOGICAL PARAMETERS AND BEHAVIOR OF CHICKENS

Enriched habitats are more efficient than empty cage systems for feeding laying hens as it encourages the birds in the cage to express their behavior when left alone, free-range, as in the wild. In our study, the enrichment of chicken coops with perch structures and sand improved their behavior and some physiological parameters of the blood.

Текст научной работы на тему «YASHASH SHAROITI BOYITILISHINING TOVUQLAR AYRIM FIZIOLOGIK KO’RSATKICHLARI VA XULQ-ATVORIGA TA’SIRI»

Scientific Journal Impact Factor

YASHASH SHAROITI BOYITILISHINING TOVUQLAR AYRIM FIZIOLOGIK KO'RSATKICHLARI VA XULQ-ATVORIGA TA'SIRI

Annotatsiya: Boyitilgan yashash joylari tuxum yo^nalishidagi tovuq zotlarini boqish uchun bo'sh qafas tizimlariga nisbatan samarali hisoblanadi, chunki bu qafasdagi qushlarni yovvoyi tabiatdagidek erkin doirada yolg'iz qolgandagi xatti-harakatlarini ifoda etishga undaydi. Tadqiqotlarimizda tovuq qafaslarini perch tuzilmalari va qumlar bilan boyitish ularning xulq-atvori va qonining ayrim fiziologik koлrsatkichlarini yaxshilanishiga erishildi.

Kalit so'zlar: Atrof muhitni boyitish, perch tuzilmasi, qum, tuxum miqdori, broyler, qon, gemoglobin, qonning yopishqoqligi , eritrotsit, leykotsit, EChT (eritrotsitlarning cho 'kish tezligi).

Аннотация: Обогащенные среды обитания более эффективны, чем пустые системы клеток для кормления кур-несушек, поскольку это побуждает птиц в клетке выражать свое поведение, когда они остаются одни на свободном выгуле, как в дикой природе. В нашем исследовании обогащение курятников конструкциями окуня и песком улучшило их поведение и некоторые физиологические параметры крови.

Ключевые слова: Обогащение, структура окуня, песок, содержание яиц, бройлер, кровь, гемоглобин, вязкость крови, эритроциты, лейкоциты, СОЭ (скорость оседания эритроцитов)

Yunus Samandarovich Ruziyev, dotsent Mirzohid Sadullayevich Kuziyev, dotsent Shohzod Shermatovich Xudoyberdiyev, magistr Samarqand Davlat Universiteti e-mail: [email protected]

ВЛИЯНИЕ ОБОГАЩЕНИЯ СРЕДЫ ОБИТАНИЯ НА ИНДИВИДУАЛЬНЫЕ ФИЗИОЛОГИЧЕСКИЕ ПАРАМЕТРЫ И

ПОВЕДЕНИЕ КУР

Юнус Самандарович Рузиев, доцент Кузиев Мирзохид Садуллаевич, доцент Худойбердиев Шохзод Шерматович, магистр Самаркандский государственный университет

EFFECTS OF LIVING ENVIRONMENT ENRICHMENT ON SOME

PHYSIOLOGICAL PARAMETERS AND BEHAVIOR OF CHICKENS

Yunus Samandarovich Ruziev, docent Mirzohid Sadullayevich Kuziev, docent Shokhzod Shermatovich Khudoyberdiev, masters student Samarkand State University

Abstract: Enriched habitats are more efficient than empty cage systems for feeding laying hens as it encourages the birds in the cage to express their behavior when left alone, free-range, as in the wild. In our study, the enrichment of chicken coops with perch structures and sand improved their behavior and some physiological parameters of the blood.

Key words: Enrichment, perch structure, sand, egg content, broiler, blood, hemoglobin, blood viscosity, erythrocyte, leukocyte, ESR (erythrocyte sedimentation rate)

KIRISH

Mamlakatimizda so'ngi paytlarda parrandachilik sohasini rivojlantirish va eksportga mo'ljallangan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish va turlarini kengaytirish, shuningdek aholini mahalliy sharoitda parranda uylarini boyitish mahsulotlari bilan ta'minlash, parrandalarni yashash sharoitini farovonlashtirish uchun ilmiy asoslangan me'yorlarni ishlab chiqish, parrandachilik mahsulotlarining biologik va ekologik xavfsizligini ta'minlash, parrandalarni boqish va ularni yashash muhitini boyitish, parrandalar soni va yetishtiriladigan mahsulotlarning miqdoriy hamda sifat ko'rsatkichlarini oshirishga alohida e'tibor qaratilmoqda [1].

Ushbu keltirilgan imkoniyatlar natijasida so'ngi paytlarda mamlakatimizda tovuqlarning bosh soni ortib bormoqda va ulardan olinadigan mahsulotlarning sifat ko'rsatgichlari ham yaxshilanib bormoqda, ushbu keltirilganlarning samaradorligini yanada oshirishda mahalliy imkoniyatlarimizdan kelib chiqgan holda tovuqlarni tabiiy xatti-harakatlarni rivojlantirish uchun hayvonlar yashash muhitiga qo'shimchalar bilan boyitishning ilmiy asoslarini izlab topish va amaliyotga tadbiq qilish bugungi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi.

Boyitilgan uy-joylardan foydalanish to'g'risida 1999 yilda Yevropa Ittifoqi tomonidan o'rnatilgan va 2012 yilgacha to'liq bajarilishi kerak bo'lgan ko'rsatma berilgan. Yevropa Ittifoqining 1999 yildagi ko'rsatmasiga binoan, tovuqlar uchun uy-joy talablari: (1) har bir tovuq uchun 750 sm2 (600 sm2 dan kam bo'lmagan va balandligi kamida 45 sm bo'lishi kerak), (2) eng kam umumiy qafas maydoni 2000

109

Scientific Journal Impact Factor

sm2, (3) uya, (4) litter (xas-cho'p aralashmasi, supurindi, axlat), (5) har bir tovuq uchun 15 sm perch va (6) har bir tovuq uchun 12 sm ozuqa oladigan joy [2,3].

Tadqiqotlarimizda tovuqlar qafasidagi muhitini boyitishni qo'shimcha qilish orqali qafasidagi hayvonlarni yovvoyi tabiatda bo'lganidek yoki erkin doirada yolg'iz qolgandagi xatti-harakatlarini ifoda etishga undashga qaratilgan. Qum va perch tuzilmasi shaklida boyitish strategiyasini o'z ichiga olgan holda, qafasidagi qushlarni mos ravishda uyalash, qumga cho'milish va urchish xatti-harakatlarini ifoda etishga undash mumkin. Ushbu xatti-harakatlar qafasidagi tovuqlar uchun muhimdir, chunki ular tabiatan erkin uy-joy tizimida yoki tabiatda tarbiyalanganida bu xatti-harakatlarini ifoda etadilar.

Me'yoriy fiziologik ko'rsatkichlar nafaqat hayvonlar uchun, balki odamlar uchun ham muhimdir, chunki ba'zi kasalliklar zoonotik hisoblanadi. Shuning uchun odamlar va hayvonlar o'rtasida ijobiy yashash uchun to'g'ri boshqaruv usullarini joriy etish kerak.

Tadqiqotimizning maqsadi mintaqadagi parrandachilik xo'jaliklarida tovuqlar yashosh joylarini (qafaslarini) perch tuzilmasi va qumlar bilan boyitib tovuqlarning xulq-atvori va ayrim qon ko'rsatgichlariga ta'sirini o'rganishdan iborat bo'ldi.

Maqsadga erishish uchun qo'yidagi vazifalar bajarildi:

1.Tadqiqotlarimizni bajarishda maxsus parrandachilik ho'jaliklarida boqilayotgan broyler tovuqlari yashash muhitining asosini tashkil qiladigan qum va perch tuzilmasidan iborat boyitish usullarini shakllantirilib, mos ravishda ushbu shakllantirilgan muhitda tovuqlarni boshqa me'yoriy talablarga mos ravishda parvarish qilish;

2. Shakllantirilgan muhit bilan 5-7 xaftalik broyler tovuqlaridan iborat nazorat va tajriba guruhi yaratish;

3.Tovuqlar qonining ayrim morfo-biokimyoviy ko'rsatgichlariga atrof-muhitni boyitishning ta'sirini o'rganishdan iborat bo'ldi.

Tadqiqotning sharoitlari, materiallari va usullari. Tadqiqotlarimiz tabiiy holda havo almashinib turuvchi (ventelyasiyalanuvchi), optimal harorat (18-20oC) ga, namlik ko'rsatgichlari ham me'yorida saqlanib turiladigan maxsus tovuqlarni boqish talablariga javob beradigan maxsus kataklarda saqlangan holda olib borildi.

Tadqiqotlarimiz davomida quyidagi usullardan foydalanildi:

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Gemoglobinning konsentratsiyasi - spektrofotometriya (EMC-30PC-

UV) bo'yicha;

- Eritrotsitlar va leykotsitlar miqdori - Goryayev sanoq to'rida bevosita mikroskopiya usuli bilan;

- Ishqoriy zaxira - Nevodov bo'yicha;

- Qonning yopishqoqligi - veskozimetr (HAAKE Viscotester 2plus)

- Eritrotsitlarning cho'kish tezligi - Panchenkov aparatida aniqlandi.

Tadqiqotlarimizning obyekti sifatida barcha fiziologik ko'rsatkichlari bo'yicha

bir xil (analog), yosh ko'rsatkichiga ko'ra 4-5 haftalik bo'lgan broyler tovuqlaridan foydalanildi,

Tadqiqot predmeti bo'lib esa tovuqlar qonining ayrim fizik-kimyoviy, morfologik va biokimyoviy ko'rsatgichlari hizmat qildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

I. Xulq-atvor

Perch tuzilmasi

Perch - odatda qo'noq deb ataladi. Qushlarning yovvoyi tabiatda kabi qafasida saqlashning tabiiy harakati. Perch tuzilmalari odatda balandligi, shakli va materiallari bilan farq qiladi. Perchning shakli kvadratchalar, doiralar, to'rtburchaklar shaklida bo'lishi mumkin.

Scientific Journal Impact Factor

1-rasm. Oq rangli perch va qora rangli qum qutisini o'z ichiga olgan eksperimental birlik dizayni.

Perch suyak mustahkamligini yaxshilashi va perch tuzilmalari joylashtirilgan parrandachilik uylarida turli xil joylardan foydalanishni maksimal darajada oshirishi aniqlandi. Bundan tashqari, perch tuzilmalari tajovuzkor sheriklardan hujum qilingan qushlar uchun panoh bo'lib xizmat qildi, qushlar uchun bo'sh joyni ko'paytirdi.

Yovvoyi tabiatda yoki erkin urchish tizimida qushlar qumga kirish imkoniyatiga ega bo'lishi va qum ustida bir nechta faoliyatni amalga oshirishi mumkin. Ushbu tadbirlarning ba'zilari orasida qum yeyish, qum ustida ovqatlanish va qumda chang bilan cho'milishi kiradi. Qum bo'lmasa, qushlar bu xatti-harakatlarni boshqa gigiyenik talablarga javob bermaydigan chiqndilarda ifoda etadi. Qafasda, tovuqlar uchun chiqindi o'rnini bosuvchi vosita sifatida qumdan foydalanish o'rganilgan. Shunday qilib, natijalar shuni ko'rsatdiki, qumni turli hil chiqindilar bilan almashtirishi mumkin.

Parrandalar qumni tez-tez chuqishi va tirnalishi ularning tumshug'i va tirnoq uzunligini to'kib tashlaydi va shu bilan boshqa tovuqlarga zarar yetkazish darajasini pasaytirdi. Parranda ozuqasiga qum qo'shilishi ozuqa tarkibiy to'yimli moddalarning hazm bo'lishini yaxshiladi. Qumni ozuqaga qo'shishi (taxminan 30% gacha) ozuqaning g'ovakligini, yumshoqligini ta'minlab, ozuqa iste'molini oshirdi.

II.Qonning ayrim ko'rsatkichlari

Ma'lumki, tirik organizmlarda qon - suyuq biriktiruvchi o'ziga xos to'qima bo'lib, u organizmdagi limfa va to'qima suyuqligi bilan birgalikda organizm to'qimalaridagi barcha hujayralarini yuvib,ularini kislorod va oziq moddalar bilan ta'minlaydi, to'qimalarda moddalar almashinuvining qoldiq moddalarni ayirish organlariga olib keladi va shu tariqa organizmning ichki muhiti doimiyligini barqarorlashtiradi (gomeostaz). Organizmdagi barcha to'qima va hujayralarining fízik-kimyoviy xossalari va tarkibi nisbatan doimiy bo'lganda, mavjud suyuqliklarning muhitidagi hujayralar normal yashay oladi .

Perch tuzilmalari va qumlarning parvarish qilinadigan tovuqlarining ayrim qon ko'rsatkichlariga ta'siri aniqlandi (1-jadval).

Jadvalda keltirilgan ma'lumotlarning tahlili shuni ko'rsatadiki, tadqiqotlarimiz davomida perch tuzilmasi va qum bilan boyitilgan yashash muhitida boqilgan broyler tovuqlari qonning fízik-kimyoviy va morfologik ko'rsatkichlari o'rganilib, umuman olganda ushbu ko'rsatgichlar fiziologik me'yor doirasida bo'lganligi aniqlandi.

Qum

Tadqiqotlarimizda nazorat guruhiga nisbatan tajriba guruhidagi broylerlar tovuqlarining qon tarkibidagi eritrotsitlar miqdori 1,6 % ga va trombotsitlar 1,13% ga oshishiga erishildi.

1-jadval

Yashash muhitini boyitilishining tovuqlar qonidagi ayrim fizik-kimyoviy va morfo-biokimyoviy ko'rsatkichlariga ta'siri (M±m; n-20).

Qonning ayrim ko'rsatkichlari Tajriba guruhlari Far i, %.

Nazorat Tajriba

Yopishqoqligi 4,71 4,75 0,85

EChT, mm/soat. 2,80±0,15 2,76±0,22 1,42

pH. 7,43 7,44 0,13

Trombotsitlar, 1 mm3/min 32,75±0,66 33,10±1,04 1,13

Eritrotsitlar mln/1mm3. 3,15 ±0,16 3,20 ±0,24 1,6

Leykotsitlar, ming/1mm3. 26,02±0,81 25,61 ±1,25 -1,5

Gemoglobin, g/l. 73,10±0,38 74,18±0,42 1,47

Hayvonlar organizmida himoya va tiklash jarayonlarida muhim rol o'ynovchi, fagotsitoz, antitanalarni hosil qilish, zararsizlantirish va olib tashlash funksiyalarini bajaruvchi (patologik holatlarda soni ortuvchi) leykotsitlar 1,58% ga kamayshi kuzatildi, bunday holat hayvonlar organizmidagi klinik holati nazorat guruhiga nisbatan mutadilligidan dalolat beradi.

Nazorat guruhiga nisbatan tajriba guruhi tovuqlari qonidagi gemoglobin miqdori - 1,47% ga, qonning yopishqoqligi -0,85% ga, ECHT (eritrotsitlarning cho'kish tezligi) - 1,42% ga va qonning rN ko'rsatgichi - 0,13%ga yuqoriligi aniqlandi, bunday holat tovuqlar organizmining fiziologik holati barqarorligidan dalolat beradi.

Demak, olib borilgan tadqiqot natijalariga ko'ra, perch tuzilmasi va o'tkir qum bilan boyitilgan yashash muhitida qonning ayrim morfologik va fizik-kimyoviy ko'rsatgichlarini nazorat guruhiga nisbatan oshirildi, natijada broyler tovuqlarining kunlik o'sishi, mahsuldorlik ko'rsatgichlarini oshiradi.

XULOSA

Shunday qilib, perch tuzilmasi va qum bilan shakllantirilgan yashash muhitida tovuqlarni parvarish qilish natijasida qonning ayrim fiziologik ko'rsatgichlarini yaxshilashga va foydali xulq-atvorlarni rivojlantirishga erishish orqali, tovuqlarning kunlik o'sish hamda mahsuldorlik ko'rsatgichlarini oshirishga erishish mumkin.

Scientific Journal Impact Factor

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 noyabrdagi PQ-4015-sonli "Parrandachilikni yanada rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" Qarori

2. Appleby, M. C. 2003. The European Union ban on conventional cages for laying hens: history and prospects.

3. Bessei, W. 1992. The behaviour of broilers under intensive management conditions. Arch. Gefluegelkd.

4. Gernat, A. 2009. Use of sand as litter for broilers. http://www.wattagnet.com/Use of sand as litter for broilers.html.

5. Pereira, D. F., A. Naas, D. A. Salgado, C. R. Gaspar, C. A. Bighi, and N. L. J. Penha. 2007. Correlations among behavior, performance and environment in broiler breeders using multivariate analysis

6. Savory, C. J., E. Seawright, and A. Watson. 1992. Stereotyped behaviour in broiler breeders in relation to husbandry and opioid receptor blockade.

7. Sherwin, C. M. 1995. Environmental enrichment for laying hens—spherical objects in the feed trough.

8. Алявия О.Т., Кодиров Ш.К. ва бошкалар. Нормал физиология // Узбекистан файласуфлари миллий жамияти нашриёти. Тошкент - 2007.- 382.

9. Евдокимов И.А. Современное состояние и перспективы переработки молочной сыворотки // Молочная пром-сть. - 2006. - № 2. - С. 34-36.

10. Зипаев Д.В., Зимичев А.В. Молочная сыворотка - ценное сырье для вторичной переработки. Известия вузов. Пищевая технология, № 2, 2007. С.14-

11. ХрамцовА.Г. Феномен молочнойсыворотки. - СПб.: Профессия, 2011. -

12. Хохрин С.Н. Кормление сельскохозяйственных животных. - М.: Колосс,

13. Филатов Ю.Н., Гунст Т.М. Использование творожной сыворотки // Молочная пром-сть. - 2006. - № 6. - С. 97.

17

С.804.

2004.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.