Научная статья на тему 'UZBEKISTON SHAROITIDA ASALARI OILASIGA BAHORGI ISHLOV BERISH'

UZBEKISTON SHAROITIDA ASALARI OILASIGA BAHORGI ISHLOV BERISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
3
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ona ari / uya / oila / asal / shakar sharbati / mum / gulchangi

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Ergashev Xurshid Baxodirovich, Abdurahimova Dilnavoz Alisher Qizi, Mirvohidova Odina Miragzam Qizi

Ushbu maqolada Respublikamizda asalarichilik tarmog‘ini rivojlantirish, asalarichilik tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish tarmoqda naslchilik ishlarini ilmiy asosda tashkil etish asalarichilik xo‘jaliklari samaradorligini oshirish asalari oilalariga bahor faslida to‘g‘ri ishlov berish va ularni oziqlantirilish texnologiyasi haqida qisqacha keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «UZBEKISTON SHAROITIDA ASALARI OILASIGA BAHORGI ISHLOV BERISH»

UO'K:638.1

UZBEKISTON SHAROITIDA ASALARI OILASIGA BAHORGI

ISHLOV BERISH

1Ergashev Xurshid Baxodirovich, 2Abdurahimova Dilnavoz Alisher qizi, 3Mirvohidova Odina Mirag'zam qizi

1ToshDAU, assistent 23ToshDAU, talaba https://doi.org/10.5281/zenodo.11428584

Annnotatsiya. Ushbu maqolada Respublikamizda asalarichilik tarmog'ini rivojlantirish, asalarichilik tarmog'ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish tarmoqda naslchilik ishlarini ilmiy asosda tashkil etish asalarichilik xo'jaliklari samaradorligini oshirish asalari oilalariga bahor faslida to'g'ri ishlov berish va ularni oziqlantirilish texnologiyasi haqida qisqacha keltirilgan.

Kalit so'zlar: ona ari, uya, oila, asal, shakar sharbati, mum, gulchangi.

Аннотация. В данной статье кратко описывается развитие пчеловодства в стране, коренной улучшение системы управления пчеловодствомб организация племенной работы в отрасли на научной основеб повышения эффективности пчеловодства и технологии надлежащей обработки и подкормки пчелы семьи весной.

Ключевые слова: пчелиная мать, семья, мед, сахарный тростник, воск, пыльца.

Annotation. This article is a result of the development of beekeeping, bee network management system to destroy the network works to improve the scientific basis of beekeeping bee families in the spring to improve the efficiency ofprocessing and feeding them briefly about the technology.

Key words: mother bee, hive, family, honey, sugar cane, wax, pollen.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 oktyabrdagi "Respublikamizda asalarichilik tarmog'ini yanada rivojlantirish bo'yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-3327 sonli qarorida asalari oilalarini saqlash va yilning fasllariga qarab parvarishlash, asalarichilik asbob-uskunalari va mexanizmlari, asalarilarning oziqa manbaalari va asalarilar yordamida o'simliklarni changlatib hosildorlikni oshirish, biologik xilma-xillikni saqlash, tabiatdan barqaror foydalanish, noyob o'simliklar turini saqlash kabi ko 'nishmalarga ega bo'lish uchub ushbu maqola asqotati.

Toshkent davlat agrar universiteti Zooinjeneriya fakultetiga qarashli asalari pavilionida karpat zotli 40 ta asalari oilasi mavjud bo'lib, asalarichilik talim yo'nalishi I-bosqich talabalari Abdurahimova Dilnavoz va Mirvohidova Odina bilan birgalikda asalari oilasini bahorgi taftish ishlarini olib bordik.

1-Rasm: Zooinjeneriya fakultetiga qarashli pavilion.

Erta bahorda ari oilalarini tez-tez ko'rib turish asalarilar uchun foydali bo'lmay, aksincha rivojlanishini sekinlashtiradi, ishlashiga xalaqit beradi. Har safar ko'rish vaqtida asalari uyasi soviydi, bu asalarilarga zarar qiladi. Shu sababli asalari oilalarini puxta ko'rib chiqib, ularning ko'nglidagiday rivojlanishi uchun zarur sharoitlarni yaratgandan keyin, tez-tez ochib asalarilarni bezovta qilmaslik lozim.

Erta bahorda o'simliklarda shira va gulchangi bo'lmagan davrda asalarilar o'rtasida o'g'irlik yuz berishi mumkin. O'gri asalarini darrov bilib olsa bo'ladi. O'g'irlik sodir qilayotgan asalarilar yot arixonaga birorta yoriqchadan kirishga urinadilar. Agar yoriqchadan kira olmasalar to'g'ri eshikcha oldiga borib undagi poyloqchi asalarilar bilan urisha boshlaydilar. O'g'ri asalarilar qosh qorayib asalarilar uchmaydigan vaqtda ham zo'r berib uchayotganini ko'rish mumkin. Shu vaqtda bunday asalarilarni birini ushlab salgina bosilsa uni og'izchasidan asal tomchisi chiqadi.

Asalari oilasiga bahorgi ishlov berish - Bahor fasli asalari oilalarini parvarish qilish uchun asosiy ishlar qilinadigan mavsum bo'lib hisoblanadi. Bahor faslida asalari oilalarida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

1. ari uyasini umumiy tekshirish, ko'zdan kechirish;

2. uyaning taglik qismi va ichki hajmini dog' va chiqindilardan tozalash;

3. uya romlarini dezinfeksiya qilish;

4. bahorgi taftish o'tkazish;

5. uyaning ichki hajmini kengaytirish,

6. arilarni shakar sharbati bilan boqish;

7. qishlab chiqqan arilarni almashtirish

Ari oilasining bahorgi rivojlanishida 3 ta o'ziga xos davrni ko'rish mumkin:

- Qishlab chiqqan arilarning o'rnini almashish davri.

- Ari oilasining jadal rivojlanish davri.

- Ko'p sonli ishsiz qolgan yosh arilarning to'planib qolgan davri.

Birinchi davr. Ona ari tuxum qo'yishni boshlagan vaqtdan boshlab 1 oycha vaqt o'tgach qishlab chiqqan arilarning o'rin almashish davri bo'ladi, bu davr arilarning jadal ishlash davrigacha cho'ziladi. Mana shu davr ichida qishlab chiqqan qari arilar o'lib, ularning o'rnini bahorda yetishtirilgan yosh arilar egallaydi. Ona ari tuxum qo'yishni janubiy viloyatlarda bahor oyining boshlarida, ya'ni fevral oyining birinchi 10 kunligida boshlaydi. Dastlabki kunlari ona ari sutkasiga 50-80 ta, keyin esa 100-120 ta tuxum qo'ya boshlaydi. Birinchi bahorgi uchishini o'tkazib orqa ichaklarida qishlash davomida to'planib qolgan axlatlarni bo'shatganidan keyin, ona arining tuxum qoyishi bir necha marotaba ortadi.

Qishlashga yaxshi sharoit yaratilgan bo'lsa, arilarning faol harakat qilish davridan 3 hafta o'tgach, oiladagi arilar soni 10% gacha kamayib, hamma qari arilar o'lib ketadi, ularning o'rnini bosadigan yosh arilar hali inchalaridan chiqmagan bo'ladi. Keyin yetishib chiqayotgani yosh arilar soniga o'lib borayotgan arilar soni tenglashib, oilada o'sish to'xtab muvozanat holati yuzaga keladi va nihoyat, tug'ilayotgan arilar soni o'layotgan arilardan ortib oila rivojlanib ko'paya boshlaydi.

Ari oilasining o'sishi birinchi davrda juda sezilarli bo'lib, sifat tomonga o'zgarib boradi. Bu davrda bitta qishlab chiqqan ari bitta lichinkani boqishga qurbi yetsa, bahorda yetishtirilgani yangi yosh arining bittasi bir nechta, ya'ni to'rttagacha lichinkani boqa oladi. Shundan ko'rinib turibdiki, birinchi davrda ari oilasi keyingi davrda tez rivojlanish va o'sish uchun tayyorgarlik ko'radi. Qishlab chiqqan arilar ikkinchi va uchinchi davrda yetishtirilgan arilarga qaraganda o'zlarining xususiyatlarini kam saqlaydilar. Shuning uchun bundan kuchsiz ari oilalari o'z uyalarini tashlab, boshqa uyalardagi kuchli oilalarga qo'shilib oladilar. Bundan tashqari, ona arisi yo'q oilalar boshqa

oila ona arisini juda yaxshi qabul qiladi hamda ikkita oila bir-biriga qo'shilganida ham o'zlarini yaxshi tutadilar.

2-Rasm: Korea Respublikasining Andong milliy universiteti hamda Toshkent davlat agrar universiteti professor-o'qituvchilari va talabalari Toshkent viloyati Bo'stonliq tumanida bahorgi taftish ishlarini olib bormoqda.

Ikkinchi davr. Bu davr ari oilasining jadal rivojlainshi bilan xarakterlanadi. Rivojlanayotgan boquvchi arilar bilan yetilayotgan lichinkalar o'rtasida o'zaro aloqa bo'lib, ona ari lichinkalarni boquvchi arilar soniga qarab tuxum qo'yadi. Oilada boquvchi yosh arilar soni ko'payishi bilan, ona arining tuxum qo'yishi ham ortib boradi.

Ikkinchi davrda oilada qari arilarning o'lib borishi uncha ko'p bo'lmay, o'rta hisobda ona arining 56-66 kun avval qo'ygan tuxumlari soniga tenglashadi (21 kun - ishchi arini yetishtirish kuni, arilarning yozda yashash kuni - 35-45 kun; jami 21 + 35 = 56 kun; 21 + 45 = 66 kun) Ari oilasining ikkinchi davrda rivojlanishi, o'sish tezligi oilani tashkil qiluvchi arilarning sifatiga ham bog'liq bo'lib, qishda muvaffaqiyatsiz qishlab chiqqan ari oilasining rivojlanishi sutkasiga 3-5 % dan oshmaydi, yaxshi qishlab chiqqan kuchli ari oilasiniki esa 10-14 % ga yetadi Ikkinchi davrning necha kun davom etishi ari oilasining o'sish kuchi va rivojlanishiga bog'liq bo'lib, oila qancha kuchsiz bo'lsa, u shuncha uzoq rivojlanadi va aksincha.

Uchinchi davr. Ari oilasida 2-2,5 kg asalari yetishtirilgandan keyingina uchinchi davr boshlanadi. Bu davr ishsiz yosh arilarning to'plagan davri deb ataladi. Bu davr ari oilasining arilari 2,5-4 kg ga yetguncha cho'ziladi.

Uchinchi davrda ona arining tuxum qo'yishi ko'payadi, ammo bu ko'payishda baribir yetishtirilayotgan yosh arilar sonidan lichinkalarining soni kam bo'ladi, ya'ni boquvchi arilar bilan ona ari qo'yayotgan tuxumlar soni o'rtasida sezilarli uzilish bo'ladi. Oila qancha kuchli bo'lsa, ona ari o'zining vazniga nisbatan shuncha kam lichinkalar yetishtiradi.

Ona ari sutkasiga 2000 tagacha tuxum qo'ysa, bir dona tuxum qo'yish uchun o'rta hisobda 43 soniya sarflaydi. U ko'p vaqtini bo'sh, tozalangan inchalarni qidirishga ketkazadi. Yetishib chiqayotgan yosh arilar o'lib borayotgan qari arilarga nisbatan bir oz ko'proq bo'lib, oila sekin rivojlanadi. Oila qanchalik kuchli bo'lsa, u shunchalik sekin ri vojlanib o'sadi. Kuchli ari oilalari uzoq rivojlanganida 1 sutkada yetishtirilgan yosh arilar soni sutkasiga o'lib borayotgan qari arilar soniga teng bo'lib, oilaning rivojlanishi va o'sishi to'xtaydi. Bu davrda qari arilaring kamayib borishi tabiatdan kelayotgan sharbatning miqdoriga bog'liq bo'lib, agarda sharbat ko'p kelsa, arilar tez qarib, tez o'la boshlaydi va aksincha, sharbat kam kelsa, arilar uyada ish bajarmay o'tiradi hamda ularning yashash vaqti bir oz cho'ziladi. Shunday qilib, ona ari qo'yayot gan tuxumlar soni bilan boquvchi arilar soni o'rtasida tafovut paydo bo'lib, oilada yosh ishchi arilarning keragidan ortiqchasi ishsiz qoladi. Uchinchi davrda tabiatdan sharbat kelmaganligi uchun ham arilar ish bilan ta'minlanmaydi. Oilada quyidagi o'zgarishlar yuzaga keladi:

Oiladagi ishchi arilarning o'rtacha yashash vaqti cho'zilib, ko'p sonli yosh arilar to'planib, oilaning kuchi bir oz ortib boradi;

Oilada arilar tanasining fiziologik qarishi susayishi natijasida oila arilari yosharadi, oila arilari o'z tanasida yashash va ishlash uchun kuch va foydali oziq birliklarini to'playdi.

XULOSA VA TAKLIFLAR. Respublikamizda asalarichilikni rivojlantirish va aholini asal bilan taminlash uchun asalari oilasiga bahor faslidagi parvarishlarni to'gri yo'lga qo'yish lozim sababi shundaki bahor fasli asalari oilasi uchun muhum fasllardan biri hisoblanadi. Agar bahor faslidagi parvarishlarni o'z vaqtida bajarsak bizga kutilgan natijani beradi.

Agarda oilada bahorda oziq modda bo'lmasa, u holda ona arining tuxum qo'yishi kamayadi. Chunki oziq bo'lmasa, lichinkalarning rivojlanishi susayadi. Harorat ko'tarilishiga dosh bera olmaydi 10-12 kg gacha oziqasi bo'lgan oila yaxshi rivojlanadi. Har bir asalari oilasining 1 ta kuchiga 1 kg oziqa kerak bo'ladi.

Asalari oilasi me'yorida yaxshi rivojlanayotgan davrda 30 kg asal iste'mol qiladi. Shundan 8-10 kg oziqni asalarichi uyaga solib qo'yadi. 18-20 kg ni asalarilarning ozi erta gullaydigan o'simlik gullaridan olib keladi. Bahor kelishi bilan oilani isitish maqsadida bo'sh romlar olib qoyiladi. Asalarilar nechta romni qoplab turgan bo'lsa, shuncha rom qoldiriladi. Oilaning ichki hajmi qancha qisqartirilsa, oila shuncha tez rivojlanadi.

Bahorda oila sun'iy ya'ni yostiqchalar yordamida isitiladi. Asalarilarni ko'chirish paytid a iloji bo'lsa yuqori yostiqchalarni olib tashlab o'rniga bo'sh romlar qo'yish kerak.

Asalari oilasining ahvoli aniqlanayotgan bir vaqtda uning ichki hajmi ham tartibga keltiriladi. Ya'ni asalari oilasini jadal rivojlantirish uchun sharoit yaratiladi. Bun ing uchun uyaning ichki hajmini tartibga keltirishda oilada yetarli oziq va ona arisi tuxum qo'yishiga yaroqli toza hamda sifatli mumkatak inchali romlar bo'lishi ta'minlanadi, ortiqcha va yaroqsiz mumkatak inchali romlar olib qo'yiladi, uyaning ichki hajmi kerakligicha qisqartirilib, isitgich yostiqchalar yordamida o'rab qo'yiladi. Ayniqsa, kuchsiz asalari oilalarida bo'sh mumkatak inchali romlar ajratib olinib, kerakli oziq bilan ta'minlanadi.

Bahorgi taftish natijalari alohida ro'yxatga yozib qo'yiladi. Asalarichi asalari oilasini to'liq tekshirib taftish qilish bilan har qaysi asalari oilalarining ahvoli haqida to'liq tushunchaga ega bo'ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 oktyabrdagi "Respublikamizda asalarichilik tarmog'ini yanada rivojlantirish bo'yicha amalga oshiriladigan chora -tadbirlar to'g'risida"gi PQ-3327 sonli "qarori.

2. Qahramonov B.A., Safarova F.E., Isamuhammedov S.Sh., Donaev X.A. Ergashev X.B «Asalarichilik asoslari» Toshkent - 2021.

3. A.I.Isamuhammedov., H.K.Nikadambaev. «Asalarichilikni rivojlantirish asoslari» Toshkent. Sharq nashriyoti, 2013 yil.

4. G.A.Avetesyan. «Pchelovodstvo» Moskva. Kolos, 2001.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.