ASALARI OILASIGA BAHORGI XIZMAT KO'RSATISH VA OZIQLANTIRISH TEXNNOLOGIYASINI TASHKIL ETISH Kuchiyev Ohunjon Razoqovich
Samarand davlat veterinariya meditsinasi chorvachilik va biotexnalogiyalar universiteti
Toshkent filiali dotsenti Anarbayeva Gulsara Dilshod qizi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi chorvachilik va biotexnalogiyalar universiteti
Toshkent filiali talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.6818562 Annnotatsiya. Ushbu maqolada Respublikamizda asalarichilik tarmog'ini rivojlantirish , asalarichilik tarmog'ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish tarmoqda nasilchilik ishlarini ilmiy asosda tashkil etish asalarichilik xo'jaliklari samaradorligini oshirish asalari oilalariga bahor faslida to'g'ri ishlov berish va ularni oziqlantirilish texnologiyasi haqida qisqacha keltirilgan.
Kalit so 'zlar: ona ari, uya, oila, asal, shakar sharbati, mum, gulchangi.
Аннотация. В данной статье кратко описывается развитие пчеловодства в стране, коренной улучшение системы управления пчеловодствомб организация племенной работы в отрасли на научной основеб повышения эффективности пчеловодства и технологии надлежащей обработки и подкормки пчелы семьи весной.
Ключевые слова: пчелиная мать, семья, мед, сахарный тростник, воск, пыльца. ORGANIZATION OF SPRING SERVICE AND FEEDING TECHNOLOGY FOR THE
BEE FAMILY
Abstract. This article is a result of the development of beekeeping, bee network management system to destroy the network works to improve the scientific basis of beekeeping bee families in the spring to improve the efficiency ofprocessing and feeding them briefly about the technology.
Key words: mother bee, hive, family, honey, sugar cane, wax, pollen.
Insoniyat bor ekan asalari yetishtirgan, asal mahsulotiga bo'lgan talab va ehtiyoj kundan kunga oshib boraveradi. Hozir har bir sohada ya ni sanoat, qandolat fabrikalari, tibbiyot sohasida, samalyotsozlik, raketasozlik,radio va televizor hamda kampyuter sohalarida asalarining mum mahsulotlaridan foydalanilmoqda. Shuning uchun ham asalarichilik doimo chorvachilikka nisbatan daromadli tarmoq bo'lib kelmoqda.Assalarichilik qishloq xo'jaligining ajiralmas, muhum tarmog'i bo'lib, asalari oilalarini ko'paytirish, asal, mum, gulchangi va bashqa asalarichilik mahsulotlarini yetishtirish, shuningdek, qishloq xo'jalik o'simliklarini changlantirib, hosildorlikni oshirish va meva, rezavor hosil sifatini yaxshilash bilan bir qatorda urug'chilik xojaliklarida urug'lik unumli va sifatli bo'lishida asalarining o'rni beqiyos hisoblanadi.
O'zbekiston qitaning markazida va dengizdan uzoqda bo'lganligi sababli iqlimi o'ta motadil, tabiy geografik sharoiti xilma- xil bo'lib o'rtacha oylik harorati bo'yicha viloyatlari va tumanlari
ОРГАНИЗАЦИЯ ВЕСЕННЕГО ОБСЛУЖИВАНИЯ И ТЕХНОЛОГИЯ ПОДКОРМКИ ПЧЕЛИНОЙ СЕМЬИ
KIRISH
SCIENCE AND INNOVATION 2022
№ 3
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
bir biridan farq qilib, ayrim hududlarida harorat tez ko'tarilishi va ekiladigan qishloq xo'jalik ekinlari hamda yovvoyi holda o'sadigan o'simliklari ham xilma-xil bo'lib, asalarichilikning rivojlanishiga mos keladi. 1990-yilda butun dunyoda 750.5mming tonna asal yetishtirilgan, shundan 270ming tonnasi MDH da yetishtirilgan bo'lib, dunyo bo'yicha yetishtirilgan asalning 36% ini tashkil qiladi. Asalarichilik tarmog'ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish, tarmoqda nasilchilik ishlarini ilmiy asosda tashkil etish, asalarichilik xo'jaliklari faoliyatlari samaradorligini oshirish, asal mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi va turlarini yanada ko'paytirish, asalni qayta ishlash bo'yicha zamonaviy texnologiyalarini joriy etish, sohaning eksport salohiyatini oshirish, shuningdek asalarichilik sohasidagi ilg'or tajribalarni respublikamizning barcha hududlarida tatbiq etish maqsadida Respublikamizda asalarichilk tarmog'ini rivojlantirish chora- tadbirlari to'g'risida bir qancha qarorlar ishlab chiqilgan. O'zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirligi "O'zbekiston asalarichilari" uyushmasining buyurtmanomalariga binoan asalarrichilik tarmog'I ishlashga jalb etiladigan xorijiy mutaxasislarga davlat boji undurilmasdan ko'p martalik kirish vizalari berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek ularni vaqtincha turgan joyi bo'yicha olinishini va uning muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda taminlash (O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli farmoni tahriri- Qonun hujjatlari ma lumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son).
TADQIQOT METODI VA METODOLOGIYASI
Bahor fasli asalari oilalarini parvarish qilish uchun asosiy ishlarni qilinadigan mavzum bo'lib hisoblanadi. Bahor faslida asalari oilalarida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
1 Ari uyasini umumiy tekshirirsh, ko'zdan kechirish;
2 Uyaning taglik qismi va ichhki hajmini dog'va chiqindilardan tozalash;
3 Uya romlarini dizinfeksiya qilish; 4Uyaning ichki hajmini kengaytirish; 5Arilarni shakar sharbati bilan boqish; 6Qishlab chiqqan arilarni almashtirish;
Ari oilasini bahorgi rivojlanishda 3 ta o'ziga xos davrini ko'rish mumkun:
1 Qishlab chiqqan arilarning o'rnini almmashtirish davri
2 Ari oilasining jadal rivojlanish davri
3 Ko'p sonli ishsiz qolgan yosh arilaring to'planib qolgan davri
Birinchi davr. Ona ari tuxum qo'yishini boshlagan vaqtdan boshlab 1 oycha vaqt o'tgach, qishlab chiqqan arilarning o'rni almashish davri bo'ladi, bu davr arilarning jadal ishlash davrigacha cho'ziladi. Mana shu davr ichida qishlab chiqan qari arilar o'lib, ularning o'rnini bahorda yetishtirilgan arilar egallaydi. Ona ari tuxum qo'yishni janubiy viloyatlarda bahor oyining boshlarida, ya'ni fevral oyining birinchi 10 kunligida boshlaydi. Dastlabki kunlari ona ari sutkasiga 40-80 ta, keyin esa 100-120 ta tuxum qo'ya boshlaydi. Birinchi bahorgi uchishni o'tkazib, orqa ichaklarda qishlash davomida to'planib qolgan axlatlarni bo'shatganidan keyin, ona arining tuxum qo'yishi bir necha marotaba ortadi.
Ikkinchi davr. Bu davr ari oilasining jadal rivojlanishi bilan xarakterlanadi. Rivojlanayotgan boquvchi arilar bilan yetilayotgan lichinkalar o'rtasid o'zara aloqa bo'lib, oa ari lichinkalarini boquvchi arilar soniga qarab tuxum qo'yadi. Oilada boquvchi yosh arila soni ko'payishi bilan, ona arining tuxum qo'yishi ham ortib boradi. Ikkinchi davrda oilada qari arilarning o'lib borishi
SCIENCE AND INNOVATION 2022
№ 3
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
uncha ko'p bo'may, o'rta hisobda ona arining 56- 66 kun avval qo'yilgan tuxumlari soniga tenglashadi (21 kun - ishchi arini yetishtirish kuni; arilarning yozda yashash kuni - 35-45 kun; jami 21 + 35 = 56kun; 21 + 45 = 66 kun). Ari oilasining ikkinchi davrda rivojlanishi, o'sish tezligi oilani tashkil qiluvchi arilarning sifatiga ham bog'liq bo'lib, qishda muvaffaqiyatsiz qishlab chiqqan ari oilasining rivojlanishi sutkasiga 3-5 % dan oshmaydi, yaxshi qishlab chiqqan kuchli ari oilasiniki esa 10-14 % ga yetadi. Ikkinchi davrning necha kun davom etishi ari oilasining o'sish kuchi va rivojlanishiga bog'liq bo'lib, oila qancha kuchsiz bo'lsa, u shuncha uzoq rivojlanadi va, aksincha bo'lishi ham mumkun. TADQIQOT NATIJASI VA MUHOKAMA
Uchinchi davr. Ari oilasida 2-2,5 kg asalari yetishtirilganidan keyingina uchinchi davr boshlanadi Bu davr ishsiz yosh arilarning to'plagan davri deb ataladi. Bu davr ari oilasining arilari 2,5-4 kg ga yetguncha cho'ziladi. Uchinchi davrda ona arining tuxum qo'yishi ko'payadi, ammo bu ko'payishda baribir yetishtirilayotgan yosh arilar sonidan lichinkalarning soni kam bo'ladi, ya'ni boquvchi arilar bilan ona ari qo'yayotgan tuxumlar soni o'rtasida sezilarli uzilish bo'ladi. Oila qancha kuchli bo'lsa, ona ari o'zining vazniga nisbatan shuncha kam lichinkalar yetishtiradi.Ona ari sutkasiga 2000 tagacha tuxum qo'ysa, bir dona tuxum qo'yish uchun o'rta hisobda 43 sekund sarflaydi. U ko'p vaqtini bo'sh, tozalangan inchalarni qidirishga ketkazadi. Yetishib chiqayotgan yosh arilar o'lib borayotgan qari arilarga nisbatan bir oz ko'proq bo'lib, oila sekin rivojlanadi. Oila qanchalik kuchli bo'lsa, u shunchalik sekin rivojlanib o'sadi. Kuchli ari oilalari uzoq rivojlanganida 1 sutkada yetishtirilgan yosh arilar soni sutkasiga o'lib borayotgan qari arilar soniga teng bo'lib, oilaning rivojlanishi va o'sishi to'xtaydi. Bu davrda qari arilarning kamayib borishi tabiatdan kelayotgan sharbatning miqdoriga bog'liq bo'lib, agarda sharbat ko'p kelsa, arilar tez qarib, tez o'la boshlaydi va, aksincha, sharbat kam kelsa, arilar uyada ish bajarmay o'tiradi hamda ularning yashash vaqti bir oz cho'ziladi. Shunday qilib, ona ari qo'yayotgan tuxumlar soni bilan boquvchi arilar soni o'rtasida tafovut paydo bo'lib, oilada yosh ishchi arilarning kerakgidan ortiqchasi ishsiz qoladi. Uchinchi davrda tabiatdan sharbat kelmaganligi uchun ham arilar ish bilan ta'minlanmaydi. Oilada quyidagi o'zgarishlar yuzaga keladi:
1) oiladagi ishchi arilarning o'rtacha yashash vaqti cho'zilib, ko'p sonli yosh arilar to'planib, oilaning kuchi bir oz ortib boradi;
2) oilada arilar tanasining fiziologik qarishi susayishi natijasida oila arilari yosharadi, oila arilari o'z tanasida yashash va ishlash uchun kuch va foydali oziq birliklarini to'playdi.
Asalari oilasi kuzda tekis va atrofida erta bahorda gullab, gulchang hamda sharbat ajratuvchi o'simliklar bor joylarga joylashtiriladi, chunki arilar uzoq qish davomida o'z tanalarida yo'qotgan oziq moddalarni erta bahorda gullaydigan o'simlik gullaridan keltirilgan gulchang hisobiga to'ldiradilar. Ari uyalari ari kiradigan teshigi quyosh chiqadigan tarafga qaratilgan holda joylashtiriladi.Joylashtirilgan ari uyalarining orasi bir-biridan bir metr, qatorlarining orasi esa 3-4 metr bo'lishi kerak. Ular yerdan 40-45 sm balandlikda qoziqlar ustiga o'rnatiladi. Ob-havo isigach arilarning uchishi kuzatilganida, ular uyadan uchib chiqqanidan keyin qorin qismlari shishgan bo'lsa, sudralib yursa hamda orqa ichaklarini uya ichida bo'shatib yuborsalar, u holda ari oilasi qishda sifatsiz oziq bilan oziqlangan, ya'ni oziqda nozematoz tayoqchalari bo'lib, bu ichketar kasalligiga uchraganligidan dalolat beradi. Arilar uyadan sust uchib chiqib, sekin uchsa, u holda bu ari oilasi kam sonli bo'lganini yoki ozig'i yetishmaganligini bildiradi.
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
2022 № 3
Uyalardan chiqqan arilar tartibsiz harakatlanib, biror narsasini qidirayotgandek tuyulsa, u holda ular ona arisini yo'qotgan yoki ona arisi o'lgan bo'ladi. Oilaga qachon oziq qo'shish yoki boqish kerakligini bilish uchun asalarichi erta bahorda gullab, sharbat ajratadigan o'simliklar ning gullashini kuzatishi kerak. Buning uchun bitta o'rta kuchli ari oilasi taroziga qo'yiladi va shu orqali arilarning sharbat keltirayotgani yoki uydagi jamg'arilgan oiqning iste'mol qilinayotganini tekshirib turish kerak bo'ladi. Ari oilasini vazni o'zarmagan bo'lsa, arilar biroz sharbat keltirib o'zlari oziqlanayotgan bo'ladi. Vazni o'zgargan bo'lsa, arilar sharbat kelltirib oz miqdordan jamg'arib borayotgan bo'ladi. Asalarichilar yuqoridagi ikki holda ham ari oilasiga asal, shakar, sharbat bermaydi. XULOSA
Respublikamizda asalarichilikni rivojlantirish va aholini asal bilan ta minlash uchun asalari oilasiga bahor faslidagi parvarishlarni to'g'ri yo'lga qo'ish lozim sababi shundaki bahor fasli asalari oilasi uchun muhum fasillardan biri hisoblanadi. Agar bahor faslidagi farvarishlarni o'z o'rnida bajarsak bizga kutilgan natijani beradi.
REFERENCES
1. O'G'Li S. A. A., Qizi N. D. K. ZANJABIL O 'SIMLIGINI OCHIQ MAYDONLARDA YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI //Science and innovation. - 2022. - T. 1. - №. D3. - C. 26-30.
2. O'G'Li S. A. A., Qizi A. A. D. O. K., Qizi N. B. H. DOLLAR DARAXTINING YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI //Science and innovation. - 2022. - T. 1. - №. D3. - C. 297-300.
3. Ubaydullayev Madamin Mo'minovich, & Ne'matova Feruzaxon Jamolxon Qizi. (2021). The Importance Of Planting And Processing Of Medium-Field Cotton Varieties Between Cotton Rows In Fergana Region . The American Journal of Agriculture and Biomedical Engineering, 3(09), 26-29. https://doi.org/10.37547/tajabe/Volume03Issue09-05
4. M.M.Ubaydullayev, Ne'matova F.J, & Marufjonov A. (2021). DETERMINATION OF EFFICIENCY OF DEFOLIATION IN MEDIUM-FIBER COTTON VARIETIES. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(11), 95-98. Retrieved from https://www.giirj.com/index.php/giirj/article/view/453
5. Ubaydullaev M M., & Komilov J.N. (2022). EFFECT OF DEFOLIANTS FOR MEDIUM FIBER COTTON. International Journal of Advance Scientific Research, 2(05), 1-5. https://doi.org/10.37547/ijasr-02-05-01