Научная статья на тему 'XONAKI TOVUQLARNING TUXUM SIFATIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR VA ILMIY YECHIMLAR'

XONAKI TOVUQLARNING TUXUM SIFATIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR VA ILMIY YECHIMLAR Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
4
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tuxum sarig’i / kalsiy / vitaminlar / minerallar / aminokislotalar / xonaki tovuq / parvarishlash.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Humoyun Hasanov

Ushbu maqolada aholi xonadonlarida parvarishlanayotgan parrandalarning tuxum mahsuldorligiga hamda sifatiga ta’sir etuvchi omillar keltirilgan bo’lib, tuxum sifatini yaxshilashga qaratilgan tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XONAKI TOVUQLARNING TUXUM SIFATIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR VA ILMIY YECHIMLAR»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

UDK-636.612.392

XONAKI TOVUQLARNING TUXUM SIFATIGA TA'SIR ETUVCHI OMILLAR VA ILMIY YECHIMLAR

Humoyun Hasanov

Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instititi tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.13860053

Annotatsiya. Ushbu maqolada aholi xonadonlaridaparvarishlanayotganparrandalarning tuxum mahsuldorligiga hamda sifatiga ta'sir etuvchi omillar keltirilgan bo'lib, tuxum sifatini yaxshilashga qaratilgan tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: tuxum sarig'i, kalsiy, vitaminlar, minerallar, aminokislotalar, xonaki tovuq, parvarishlash.

Аннотация. В этой статье перечислены факторы, влияющие на яйценоскость, а также на качество птицы, содержащейся в хозяйствах жителей, и даны рекомендации, направленные на улучшение качества яиц.

Abstract. This article presents factors that affect the egg productivity and quality ofpoultry being cared for in the population's households, and provides recommendations aimed at improving egg quality.

Kirish. Yurtimizda parrandachilik qishloq xo'jaligi sohalarining ichida jadal rivojlanib borayotgan sohalardan biri hisoblanib, bugungi kunda aholi turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan qator qaror va farmonlarda aholiga parranda boqish ko'nikmalarini shakillantirish maqsadida, yuqori mahsuldorlikka erishish, to'g'ri oziqlantirish xonadonlarda 100 boshgacha parranda parvarishlash kabi ko'nikmalar berib borilmoqda. Shu jumladan bunga misol tariqasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan 2018 yil 13 noyabrda imzolangan PQ-4015 son va 2021 yil 14 iyundagi PQ-5146 son qarorida parrandachilikni rivojlantirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan qarorlarni keltirishimiz mumkin. parrandachilik sohasini president qarori darajasida e'tiborli ekanligi sohaning dolzarb ekanligi demakdir.

Yurtimizning tuxum ishlab chiqarish bo'yicha sitatistika ma'lumotlariga qarar ekanmiz quyidagicha natijalar keltirilgan. 2024 yil 1-yanvar holatida barcha toifadagi xo'jaliklar tomonidan 84 87 457 mln. dona tuxum ishlab chiqarilgan. Tuxum yetishtirish ko'rsatkichlarini xo'jalik toifalari bo'yicha tahlil qilar ekanmiz, tuxum yetishtirishning eng katta hajmi 4 912 839 mln. dona dehqon va tomorqa xo'jaliklariga to'g'ri keladi. Yetishtirilgan tuxumning 15,7 %-i fermer xo'jaliklariga, 57,9 %-i dehqon va tomorqa xo'jaliklariga va 26,5 %-i qishloq xo'jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to'g'ri kelmoqda.

ASOSIY QISM. Bugungi kunda aholi xonadonlarida parrandalarni parvarishlash davrida yopiq xonalarda doimiy saqlash va tashqaridagi kichik o'tloqzorlarda qo'yib yuborib parvarish qilinmoqda. Parrandalar dalada parvarishlanganda o'zlariga kerakli bo'lgan vitamin va minerallarni o'zlari topib istemol qilishadi lekin doimiy ravishda yopiq xonalarda parvarish qilinayotgan parrandalar uchun biz vitaminlar va minerallar bilan boyitilgan ratsionlar asosida oziqlantirishimiz zarur.

Tuxumning sifat ko'rsatkichlari birinchi navbatda parrandaning sog'ligiga, ozuqa tarkibiga va yashash sharoitiga bog'liq.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

Tuxum og'irligi bu asosan, mahsuldorligini va tuxum kategoriyasini belgilovchi ko'rsatkich hisoblanadi. Tuxum og'irligiga bir qancha omillar ta' sir ko'rsatib, birinchi navbatda tovuqlar yoshi hisoblanadi. Tuxum qo'yadigan tovuqlarning genetik salohiyatini ro'yobga chiqarish qobiliyati ko'p jihatdan oziqlantirish, parvarishlash, veterinariya xizmatiga bog'liqdir. Agar bu talablar bajarilmasa, tovuqlar o'zining imkoniyot darajasidagi mahsuldorlikni bermaydi. Shuning uchun aholi xonadonlarida parrandalarni parvarishlash ularni oziqlantirish, saqlash ishlariga alohida e'tibor qaratish lozim.

Tovuq tuxumlari og'irligi bo'yicha, quyidagi toifadagi kategoriyalarga bo'linadi.

B - og'irligi 75 g va undan yuqori bo'lgan eng yuqori toifadagi tuxum,

O - tanlangan tuxum, 65-74,9 g,

1- birinchi toifadagi tuxum, 55-64,9 g

2- ikkinchi toifadagi tuxum, 45-54,9 g

3- uchinchi toifadagi tuxum, 35-44,9 g

Aholi xonadonlarida parvarishlanayotgan xonaki tovuqlar asosan 5 oyligida tuxum qila boshlab, dastlabki tuxumlar bir muncha kichik bo'lib, 3-kategoryali bo'ladi. Sekinlik bilan tuxumlar kattalshib, parvarishlashning 1-faza davrining oxirida 1-kategoriyagacha kattalashadi. Nasilli tuxumlar olish uchun tuxum vazni 58-64 g. Bo'lishi kerak aks holda tuxum vazni kichik bo'lsa bunday tuxumdan kichik jo'ja chiqishi va tirik vaznining past bo'lishiga olib keladi.

Tuxumning kimyoviy tarkibiga bir nechta omillar ta'sir ko'rsatib, ulardan asosiylari ularning saqlanish muddatlari hisoblanadi. Tuxumning yangiligi bilish uchun biz eng oddiy usullarni tanlagan holda, tuxumni bir stakan suvga botirsak, agar tuxum cho'kib ketgan bo'lsa, u eng yangi, tovuq qo'yganidan 1-3 kun o'tgan, agar tuxum suzsa, lekin baland ko'tarilmasa, bu tovuq tuxumni taxminan 7-10 kun oldin qo'yganligini anglatadi va agar tuxum suv yuzasida suzuvchi holda qoldirilsa, tovuq 20 kundan ortiq vaqt oldin bunday tuxum qo'yganligini bildiradi.

1-jadval

Tovuq tuxumining kimyoviy tarkibi, %

№ Ko'rsatkichlar O'lchov birligi Miqdori X±Sx

1 Protein % 14,6±0,15

2 Yog' % 9,2±0,09

3 Uglevodlar % 0,9±0,07

4 Quruq modda % 26,1±0,19

5 Kul % 1,2±0,005

6 100 g. Energiya qiymati Kkal 172,9±2,11

Ushbu jadvalda tuxumning kimyoviy tarkibi foizlarda ifodalangan bo'lib, inson istemol qilganida yuqoridagi organik moddalar parchlanib, 100 g tuxumdan 172,9 kkal energiya ajralib inson hayoti uchun sariflanadi.

Parrandalar ratsioni protein bilan birga asosiy o'rinni almashmaydigan aminokislotalar lizin, metionin, triptofan, arginin, gistidin, leysin, izoleysin, fenilalanin, treonin, valin va glisin bo'yicha tenglashtirilishi shart.

Parrandalarda kalsiy yetishmovchiligi. Parrandalardan sifatli tuxum olish uchun ozuqa ratsionidagi kalsiy muhim rol o'ynab, tuxum po'stlog'ining mustahkamligi, patlarining rivojlanishi hamda suyaklarning shakillanishida katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Kalsiy

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

parrandalar suyak to'qimasi va tuxum qobig'i uchun material bo'lsa, bu materialni o'z vaqtida o'z o'rnida yetib borishini D3 vitamini ta'minlaydi. Parrandalar ratsionida D3 vitaminining yetishmovchiligi ham tuxum sifatining buzilishiga olib keladi. Parrandalar yoshi oshib borishi bilan kalsiy va fosforga bo'lgan ehtiyoji ham oshib boradi shu sababli, Tovuqlar yoshi oshib borishi bilan birgalikda ratsionda kalsiy fosfor miqdorini ham oshirib borish tavsiya etiladi. Xonadonlarda parranda ozuqasida kalsiy sifatida so'ndirilgan oxak, distillangan tuxum po'chog'i, suyak uni, go'sht-suyak uni, monokalsiy fosfat, tirikalsiy fosfat kabi minerallar va ozuqalardan foydalanish mumkin.

2-jadval

Tuxum po'chog'ining sifat ko'rsatkichlari

№ Ko'rsatkichlar O'lchov birligi Miqdori

1 Kaltsiy % 33,1±0,08

2 Kul % 93,1±0,09

3 Qobiqning umumiy tuxum vazniga nisbatan ulushi % 11,1±0,20

4 Qobiq qalinligi Mkm 376,9±1,19

Tuxum sifatiga ta'sir etuvchi fizik omillar. Tuxum sifatini yomonlashuviga parranda parvarishlanayotgan xonaning zoogigiyenik talablarga javob bermasligidir. Parrandaxonada to'shamalarning namligi sababli tuxularning tovuq axlatli bilan ifloslanishi kuzatiladi. Yechimi sifatida xonadagi namlikni pasaytirish ventelyatsiya tizimini yaxshilash to'shamalarni almashtirib turish zarur.

Tuxumlarni sinishi yorilishi, teshilishi bu tuxumlarni uzoq vaqt parrandaonada qolib ketishi oqibatida parrandalar cho'qib ko'rishi, ustiga chiqishi, tuxumlarning bir biriga urilishi oqibatida yuzaga keladi. Tovuqlar tuxum qo'yadigan inlarni to'g'ri tashkil qilish va o'z vaqtida yig'ib olish zarur.

Parranda xonalarning haddan ziyod isib ketishi oqibatida tuxumlar rivojlana boshlaydi va tuxumlarni aynishiga olib keladi. Tuxumlarni bug'lanishi evaziga havo sharining kattalashishi natijasida tuxumning eskirishi kuzatiladi.

Z.K.To'laganova, M.A.Yaxyaeva, Z.R. Axmedova tomonidan yozilishicha ushbu maqolada broyler jo'jalarining go'sht mahsuldorligiga ferment, oqsil va vitaminlarga boy mikrobiologik - "BAVMENZAYM" - biologik havfsiz ozuqaviy qo'shimchasidan foydalanish ta'siri borasida 15-35 kunlik boqish davrlarida o'tkazilgan tajribalar, kuzatuvlar, ularning natijalari va samaradorligi to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" SEPTEMBER 26-27, 2024

1-rasm. Mahalliy xonaki tovuq tuxumlari.

Xulosalar

1. Sifatli tuxum olish uchun parrandalarning saqlash sharoitiga, ozuqa ratsioniga hamda salomatligiga e'tiborli bo'lish orqali yuqori mahsuldorlikka erishish mumkin.

2. Yoz oylarida tuxumlarni tezda yig'ib olish va salqin xonalarda saqlash tuxum sifatli saqlanishini ta'minlaydi.

3. ozuqada kalsiy yetishmovchiligi tuxum po'stining yupqalashuviga, nozik va mo'rt bo'lishiga bazida kalsiy qobiqsiz bo'lib tug'ulishiga sabab bo'ladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan 2018 yil 13 noyabrda imzolangan PQ-4015 son hamda 2021 yil 14 iyundagi PQ-5146 son qarori.

2. А. Ш. Кавтарашвили. журнал ФИЗИОЛОГИЯ И БИОХИМИЯ Факторы, влияющие на внешние и внутренние показатели качества куриных яиц. Сообщение I. Формирование и строение яйца; факторы, влияющие на массу яиц (обзор). 36-43 ц. 2023 г. https://www.poultrypress.ru/gallery/23.6_36-43.pdf

3. З.К.Тулаганова, М.А.Яхяева, З.Р. Ахмедова. Ферментатив фаол "БАВМЭНЗАЙМ" биоперепаратини жужаларнинг гушт мах,сулдорлигини оширишга таьсирини урганиш. ISSN: 2181-3337 scientists.uz International scientific journal science and innovation issue

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

dedicated to the 80th anniversary of the academy of sciences of the Republic of Uzbekistan. 984-989 p

4. https://mtprofi.uz/poleznyye-materialy/article post/oziqalami-yedirishga-tayyorlash-oziq l antirish-meyori -ratsi on.

5. А. Петросян. "ПТИЦЕВОДСТВО" Микроэлементы в жизни птицы, 2014. 13-14 ц

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.