Научная статья на тему 'UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA RESPUBLIKAMIZDA BOQILADIGAN PARRANDALAR TURLARI VA ULARNING XALQ XO‘JALIGIDAGI AHAMIYATINI O‘RGATISH'

UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA RESPUBLIKAMIZDA BOQILADIGAN PARRANDALAR TURLARI VA ULARNING XALQ XO‘JALIGIDAGI AHAMIYATINI O‘RGATISH Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
26
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
parrandachilik / parranda turlari / zot / ekologik tarbiya / iqtisodiy tarbiya

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Madatov R.M, Bo‘riqlova N. H.

Bu maqola O‘zbekistonda boqiladigan parranda turlari, ularning ayrim zotlari haqida ma’lumotlar va ularning xalq xo‘jaligidagi ahamiyatini tushuntirish orqali maktab o‘quvchilarida ilmiy dunyoqarashni kengaytirish, ekologik va iqtisodiy tarbiyani shakllantirishga qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA RESPUBLIKAMIZDA BOQILADIGAN PARRANDALAR TURLARI VA ULARNING XALQ XO‘JALIGIDAGI AHAMIYATINI O‘RGATISH»

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARIDA RESPUBLIKAMIZDA BOQILADIGAN PARRANDALAR TURLARI VA ULARNING XALQ XO'JALIGIDAGI AHAMIYATINI

O'RGATISH JMadatov R.M 2Bo'riqlova N.H

1Nizomiy nomidagi TDPU dotsent v.b. PhD 2Nizomiy nomidagi TDPU talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10041430

Annotatsiya. Bu maqola O'zbekistonda boqiladigan parranda turlari, ularning ayrim zotlari haqida ma'lumotlar va ularningxalq xo'jaligidagi ahamiyatini tushuntirish orqali maktab o'quvchilarida ilmiy dunyoqarashni kengaytirish, ekologik va iqtisodiy tarbiyani shakllantirishga qaratilgan.

Kalit so'zlar: parrandachilik, parranda turlari, zot, ekologik tarbiya, iqtisodiy tarbiya

Аннотация. Данная статья направлена на расширение научного кругозора школьников, формирование эколого-экономического образования путем разъяснения информации о видах птиц, разводимых в Узбекистане, некоторых их породах и их значении в народном хозяйстве.

Ключевые слова: птицеводство, виды домашней птицы, порода, экологическое образование, экономическое образование

Abstract. This article is aimed at broadening the scientific outlook of schoolchildren, forming ecological and economic education by explaining the information about the types of poultry bred in Uzbekistan, some of their breeds, and their importance in the national economy.

Keywords: poultry farming, poultry species, breed, ecological education, economic education

Hozirgi kunda maktab o'quvchilarining biologiya sohasiga qiziqishini ortirish maqsadida, biologiya fanini rivojlantirish, biologiya o'qitishni isloh qilish hamda uning ta'lim samaradorligini ta'minlash davr talabiga aylandi. "Kimyo va biologiya yo'nalishlarida uzluksiz ta'lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4805 sonli qarori 12.08.2020 yilda imzolandi. O'zbekistonda boqiladigan parranda turlari, ularning ayrim zotlari haqida va ularning xalq xo'jaligidagi ahamiyatini tushuntirish orqali maktab o'quvchilarida ilmiy dunyoqarashni kengaytirish, biologiya va qishloq xo'jaligi sohalariga yo'naltirish, ekologik va iqtisodiy tarbiyani shakllantirishga erishish mumkin.

Tovuqlar. Xonaki tovuqlarning ajododi Hindiston, Birma va Malay arxipelagidagi o'rmonlarda yashab kelayotgan yovvoyi bankiv tovug'i hisoblanadi ya'ni xonaki tovuq zotlari 5000 yil muqaddam Hindistonda qo'lga o'rgatilgan yovvoyi bankiv tovug'idan tarqalgan. Tovuqlarning tuxum qo'yadigan zotlaridan tashqari go'sht va tuxum beradigan zotlari ham mavjud. Tuxum beradigan xonaki tovuqlarning vazni yengil bo'ladi, ya'ni 1,6-2,4 kg keladi. Tuxum yo'nalishidagi tovuq zotlariga rus oq tovug'i va lekgorn tovug'i kiradi. Ham go'sht, ham tuxum olinadigan tovuq zotlariga zagorsk va pervomaysk tovuqlari kiradi. Go'shtdor tovuq zotlariga esa plimutrok va kornuellar kiradi. Ularning og'irligi 4 kg dan oshadi. Bu tovuqlar 2 oylik jo'jalarining og'irligi 1,6 kg keladi.

G'ozlar. G'ozlar aftidan, tovuqlardan ham ertaroq xonakilashtirilgan, shu bilan birga, bu hodisa turli mamlakatlarda deyarli bir vaqtda ikkita asosiy ildizdan boshlangan. G'arbiy zotlar Yevropa va Osiyoning shimoliy va o'rta mintaqalarida keng tarqalgan yovvoyi ko'k g'ozdan yetishtirilgan. Oyoqlari, tumshug'i qora va tumshug'ining ostida bo'rtmasi bo'lgan Xitoy g'ozlari

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

esa Sharqiy Sibir, Ichki Osiyo va Uzoq Sharqda tarqalgan juda katta yovvoyi g'ozidan kelib chiqqan. MDHdagi eng katta xonaki g'oz-tumshug'ida xitoy g'ozidagiga o'xshash bo'rtmasi bor xolmogor g'ozi bo'lib, uning og'irligi 10 kg gacha boradi. G'ozlar issiqqa talabchan emas, past darajali havo haroratiga chidamli, quruq to'shamada qattiq sovuqdan ham qo'rqmaydi. Xo'jalik tomorqasida g'ozlarni boqish uchun mavjud binolarni moslashtirish mumkin yoki yangisini qursa ham bo'ladi. G'ozlar tanasi qalin va issiq parlar bilan qoplanganligi uchun sovuq haroratdan yaxshi saqlanadi. Ular parrandaxona harorati -10oC bo'lganda, vaqtinchalik -25oC bo'lganda ham chidaydi. Lekin past haroratda ayniqsa nasl (urchish) mavsumida g'ozlar tuxum bermay qo'yadi. G'ozlar to'g'risida, agar suv havzasi bo'lmasa g'ozlarni ko'paytirish foydasiz va inkubatsion tuxumlari sifatsiz bo'ladi, degan xato tushuncha bor edi. Albatta, toza oqava suv, qirg'oqdagi barra o'tlar g'ozlarni boqish uchun juda yaxshi sharoit hisoblanadi. Biroq ilmiy tekshirishlar va yirik g'ozchilik fabrikalarining tajribasi shuni ko'rsatadiki, g'ozlarni suv havzalarisiz ham samarali boqish mumkin. Yaxshi ozuqa va parvarish natijasida g'ozlardan, yiliga 50 dona yuqori sifatli inkubatsion tuxumlar olib, samarali natijalarga erishish mumkin.

O'rdaklar. Barcha xonaki o'rdak zotlari Yevropa, Osiyo va Shimoliy Amerikada keng tarqalgan yovvoyi o'rdak - kryakvadan yetishtirilgan. Odamlar yovvoyi o'rdakni bundan 3000 yil ilgari xonakilashtirganlar. O'rdaklarning tuxumi ta'mi unchalik mazali emas, shuning uchun asosan Moskva, Ukraina, Pekin kabi go'shtdor o'rdak zotlari yetishtiriladi. Ularning 2 oylik jo'jalaming vazni 2,5 kg keladi. O'rdaklar suv havzasi bor yoki suv havzasi yo'q, sayr maydonchasi to'silgan yoki to'silmagan joylarda boqiladi. Suv havzasi yo'q joylarda o'rdaklarni to'xtovsiz suv bilan ta'minlashga alohida e'tibor qaratiladi. O'rdaklarni sanoat uslubida boqishda suv havzasisiz chegaralangan sayr maydonchalaridan foydalaniladi. Naslli o'rdaklar suv havzasiga ega, sayr maydonchasi bor sharoitlarda boqiladi. O'rdaklarni suvli, sayr maydonlari bor yerlarda bahor, yoz, kuz mavsumlari kunu tun ochiqda ushlash mumkin. Xona harorati ham yorug'likka o'xshab tuxum mahsuldorligiga katta ta'sir o'tkazadi. O'rdaklar tovuqlarga nisbatan sovuqqa chidamli bo'ladi, yilning sovuq mavsumida tushib ketsa tuxum mahsuldorligi pasayadi yoki to'xtaydi, natijadaoziqa sarfi ko'payadi. Zax va iflos xonada o'rdaklar sovuqqa chidamsiz bo'ladi.

Tuyaqushlar. Fermer xo'jaligida ko'paytirish uchun tuyaqushlar ichida eng yirigi bo'lgan Afrika tuyaqushi ko'proq boqiladi. Voyaga yetgan tuyaqushning bo'yi 270 sm, og'irligi 50-90 kg ga boradi. Bizga ma'lumki tuyaqushlar tabiatda nihoyatda ekstremal sharoitda yashaydi. Cho'l iqlimi havo haroratini keskin o'zgarishi bilan ajralib turadi. Xususan Afrika cho'llarida tuyaqushlar tabiiy sharoitda kunduzi +60oC gacha ko'tarilgan havo haroratiga va sovuq kunlari kechasi -10oC gacha bo'lgan sovuqqa bardosh berishiga to'g'ri keladi. Shunga qaramay tuyaqushlar tana haroratini sovuqda yaxshi saqlaydi.

Uy parrandalari qishloq xo'jaligida muhim ahamiyatga ega bo'lgan yo'nalishlardan biri hisoblanadi. Uy parrandalariga odam xo'jalik maqsadlari uchun yoki estetik talablar yuzasidan qo'lga o'rgatilib ko'paytiriladigan qushlar kiradi. O'zbekistonda parrandalardan tovuq, kurka, g'oz, o'rdak, tuyaqush, sesarka, kaptar, bedana va to'tilar turli maqsadlarda boqiladi. Tovuq, kurka, o'rdak, g'oz, tuyaqush, sesarka, bedanalar, asosan, go'shti va tuxumi uchun boqiladi. Kaptar va to'tilar dekorativ maqsadlarda va ishqibozlik uchun ham boqiladi. Undan tashqari, tarixdan ham ma'lumki, ayrim kaptar havo pochtasi vazifasini bajaradi. Parrandalarning patlari ham sanoatda keng qo'llaniladi. Ularning suyaklari va tuxum po'chog'i esa boshqa organizmlar uchun tabiiy kalsiy manbayi sanaladi. Parranda go'ngi qimmatli organik o'g'itdir. Hatto ularning terisdidan ham sanoatda ishlatiladi (tuyaqush).

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

Chorvachilikning boshqa tarmoqlariga qaraganda parrandachilikning bir qator afzalliklarga ega. Birinchidan. Ulardan qisqa muddatda ko'p mahsulot olish mumkin. Qush ko'p tuxum qo'yadi va tez o'sib yetiladi. Ikkinchidan, ularni boqish katta mehnat va mablag'ni takab etmaydi. Ko'pincha erkin holatda o'z ozuqasini topib yeydi. Uchinchidan, uy parrandalarini boqish uchun katta maydonga hojat yo'q.

Fermer xo'jaliklariga ekskursiyalar tashkil etish, o'quvchilarni chorvachilik, shunungdek, parrandachilik faoliyati bilan tanishtirish nazariy olgan bilimlarini amalga kuzatish imkoniyati yaratadi va kasbga bo'lgan qiziqish uyg'onadi. Bu orqali birinchi navbatda o'quvchilarning dunyo qarashini kengaytirishga erishiladi. Shu bilan bir qatorda ularda ekologik tarbiyani ham singdirib boriladi. Hozirgi ekologik muammolarga yuz tutgan dunyoda bu muhim omil sanaladi. O'quvchilarni tabiatga nisbatan do'stona ruhda tarbiyalash biologiya o'qituvchisi oldiga qo'yilgan muhim vazifalardan biridir. Bularga qo'shimcha ravishda, o'quvchilarda erta yoshda iqtisogiy tarbiyani shakllantirish zarur.

REFERENCES

1. S.Dadayev, K.Saparov "Umurtqalilar zoologiyasi" . Oliy o'quv yurtlari bakalavriat bosqichi biologiya yo'nalishi talabalari uchun. Toshkent "TURON -IQBOL" 2019, 720 b.

2. Biologiya o'qitish metodikasi. Oliy o'quv yurtlari uchun darslik/ A. T, G 'ofurov, J. O. Tolipova, S.S.Fayzullayev, I.T.Azimov, B.Sh. Axmadaliyeva; O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'ta maxsus ta'lim vazirligi. - T.: TDPU, 2012, 202 bet

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.