Научная статья на тему 'XOJANING “MIFTOH UL-ADL” ASARI QO‘LYOZMA NUSXALARI VA ULARNING O‘RGANILISHI'

XOJANING “MIFTOH UL-ADL” ASARI QO‘LYOZMA NUSXALARI VA ULARNING O‘RGANILISHI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
2771
147
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mumtoz / qo‘lyozmа mаnbа / nаstа’liq / manbashunoslik / matnshunoslik / ilmiy izohlar / transkripsiya / tаbdil / transliteratsiya / ijtimoiy / siyosiy / axloqiy / ta’limiy. / classic / manuscript source / nastaliq / source studies / textual studies / scientific comments / transcription / translation / transliteration / social / political / moral / educational.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Danabekov, Ozodbek Imomali O‘g‘li

Mаqоlаdа mumtoz adabiyot namunalarini asliyat asosida o‘rganish, talabalarni qo‘lyozma manbalardan xabardor qilish, ularni mutaxassis sifatida tayyorlash, mumtoz manbalarni qo‘lyozma nusxalar asosida nashr etish, mukammal ilmiy izohlar matnini tayyorlash, tilshunoslik, manbashunoslik va matnshunoslik yo‘nalishida yangi ilmiy-nazariy tadqiqotlar olib borish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri ekаnligi, yuksаk mа’nаviy qаdriyatlаr, fаrzаndlаr tаbiyasi, vаtаngа muhаbbаt, hаlоllik vа bоshqа insоniy fаzilаtlаr tаrg‘ibi bilаn yo‘g‘rilgаn Xojaning “Miftoh ul-adl” asari, uning qo‘lyozma nusxalari, asarning bugungi yosh аvlоd tаrbiyasi vа mа’nаviyatini yuksаltirishdа dаsturilаmаl bo‘lishi, tа’lim vа tаrbiyani uyg‘unlikdа оlib bоrish zаruriyati kаbi mаsаlаlаr tаdqiq etilgаn.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MANUSCRIPT COPIES OF KHOJA'S WORK "MIFTAH UL-ADL" AND THEIR STUDY

In the article, the study of classic literature samples based on the original, informing students about manuscript sources, preparing them as specialists, publishing classic sources based on manuscript copies, preparing the text of excellent scientific comments, new scientific research in the direction of linguistics, source studies and textual studies that carrying out theoretical research is one of the urgent issues today, the work "Miftah ul-adl" by Khoja, which promotes high spiritual values, the nature of children, love for the country, honesty and other human qualities, his manuscript issues such as copies, the programmatic nature of the work in raising the education and spirituality of today's young generation, and the need to carry out education and upbringing in harmony have been researched.

Текст научной работы на тему «XOJANING “MIFTOH UL-ADL” ASARI QO‘LYOZMA NUSXALARI VA ULARNING O‘RGANILISHI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

XOJANING "MIFTOH UL-ADL" ASARI QO'LYOZMA NUSXALARI VA

ULARNING O'RGANILISHI

Danabekov Ozodbek Imomali o'g'li

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zMU O'zbek filologiyasi fakulteti O'zbek tilshunosligi mutaxassisligi

1-bosqich magistranti

Maqolada mumtoz adabiyot namunalarini asliyat asosida o 'rganish, talabalarni qo'lyozma manbalardan xabardor qilish, ularni mutaxassis sifatida tayyorlash, mumtoz manbalarni qo 'lyozma nusxalar asosida nashr etish, mukammal ilmiy izohlar matnini tayyorlash, tilshunoslik, manbashunoslik va matnshunoslik yo'nalishida yangi ilmiy-nazariy tadqiqotlar olib borish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri ekanligi, yuksak ma'naviy qadriyatlar, farzandlar tabiyasi, vatanga muhabbat, halollik va boshqa insoniy fazilatlar targ 'ibi bilan yo 'g 'rilgan Xojaning "Miftoh ul-adl" asari, uning qo 'lyozma nusxalari, asarning bugungi yosh avlod tarbiyasi va ma'naviyatini yuksaltirishda dasturilamal bo'lishi, ta'lim va tarbiyani uyg'unlikda olib borish zaruriyati kabi masalalar tadqiq etilgan.

Kalit so'zlar: mumtoz, qo'lyozma manba, nasta'liq, manbashunoslik, matnshunoslik, ilmiy izohlar, transkripsiya, tabdil, transliteratsiya, ijtimoiy, siyosiy, axloqiy, ta'limiy.

MANUSCRIPT COPIES OF KHOJA'S WORK "MIFTAH UL-ADL" AND

THEIR STUDY

ABSTRACT

In the article, the study of classic literature samples based on the original, informing students about manuscript sources, preparing them as specialists, publishing classic sources based on manuscript copies, preparing the text of excellent scientific comments, new scientific research in the direction of linguistics, source studies and textual studies that carrying out theoretical research is one of the urgent issues today, the work "Miftah ul-adl" by Khoja, which promotes high spiritual values, the nature of children, love for the country, honesty and other human qualities, his manuscript issues such as copies, the programmatic nature of the work in raising the education and spirituality of today's young generation, and the need to carry out education and upbringing in harmony have been researched.

Key words: classic, manuscript source, nastaliq, source studies, textual studies, scientific comments, transcription, translation, transliteration, social, political, moral, educational.

ANNOTATSIYA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

KIRISH

Bugun xalqimizning qadimiy tarixi va boy madaniyatini tiklash, buyuk allomalarimiz, aziz-avliyolarimizning ilmiy, diniy va ma'naviy merosini har tomonlama chuqur o'rganish va targ'ib etish, muqaddas qadamjolarini obod qilish yosh avlodni ularning ezgu an'analari ruhida tarbiyalash bo'yicha ulkan ishlar amalga oshirildi va izchil davom ettirilmoqda. 2017-yil 24-may kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ'ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 1 gi qarorni imzoladi. Qarorda keltirilishicha, hujjat yosh avlodni vatanparvarlik va tarixga chuqur hurmat ruhida tarbiyalash hamda O'zbekistonning jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo'shgan mamlakat sifatidagi xalqaro obro'-e'tiborini yanada mustahkamlash, boy yozma merosni saqlash, o'rganish va keng targ'ib qilish ishlarini yangi sifat bosqichiga ko'tarishga yo'naltirilgan.

O'zbek xalqining boy ilmiy-ma'naviy merosi, adabiyot va san'ati haqidagi qimmatli ma'lumotlari qo'lyozma manbalarda aks etgan. Mumtoz adabiyot namunalarini asliyat asosida o'rganish, talabalarni qo'lyozma manbalardan xabardor qilish, ularni mutaxassis sifatida tayyorlash oliy ta'lim tizimida madaniy-ma'rifiy saviyaning oshishiga sabab bo'ladi. Mumtoz manbalarni qo'lyozma nusxalar asosida nashr etish, mukammal ilmiy izohlar, ko'rsatkichlar bilan ta'minlangan tanqidiy matnini tayyorlash, tilshunoslik, manbashunoslik va matnshunoslik yo'nalishida yangi ilmiy-nazariy tadqiqotlar olib borish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri bo'lib turibdi. Bunda qo'lyozma matn ustida ishlash tajribasiga asoslanib ish olib borish orqali yuqori natijalarga erishish mumkin.

Millatning kelajagi bo'lgan har tomonlama bilimli va komil yoshlarni tarbiyalashda mumtoz adabiyotimizning durdona asarlarida ilgari surilgan ta'lim va tarbiyaga oid, shuningdek, umuminsoniy g'oyalar targ'ibi alohida kasb etilganligi hech kimga sir emas. Xususan, yuksak ma'naviy qadriyatlar, ota-ona hurmati, oila, farzandlar tabiyasi, vatanga muhabbat, to'g'riso'zlik, halollik, poklik va boshqa bir qancha go'zal insoniy fazilatlar targ'ibi bilan y o'g'rilgan Xojaning "Miftoh ul-adl" nomli didaktik asari bugungi yosh avlod tarbiyasi va ma'naviyatini yuksaltirishda dasturilamal bo'lishi shubhasizdir.

Filologiya sohasida mustaqillikdan so'ng Sharq qo'lyozmalarini o'rganish, qo'lyozma manbalarni topish, ilmiy tadqiq qilish va nashr etish ishlarining keskin jonlanishi, mumtoz qo'lyozmalarni o'rganish tilshunoslik, adabiyotshunoslik va

1 Mirziyoyev Sh. "Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va tar'g'ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi Qarori.-T., 2017-yil, 24 -may.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

matnshunoslik sohasining jadal rivojlanishiga turtki bo'ldi. Matnshunoslik sohasining vazifalari, tasnifi, nashr tiplari va prinsiplarining sistemalashtirilmaganligi qo'lyozma asarlar tadqiqi ustida ish olib borayotgan tilshunos va adabiyotshunoslarimizga manbalarni ilmiy iste'molga kiritish ishlarida muayyan qiyinchiliklar tug'dirmoqda. Bu esa ma'naviy-ma'rifiy sohadagi islohotlar samarasini oshirish zarurati yo'nalishdagi ishlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarishni davr talabiga aylantirdi. Filologiyada matn ustida ishlash masalalarida ko'pchilik tomonidan qabul qilingan yagona qoida yo'q. Manbashunoslar matn tarixi, tadqiqi va tavsifi ustida ko'proq bosh qotirsalar, matnshunoslar ularga qo'shimcha ravishda matn talqini tadqiqiga ham alohida e'tibor qaratadilar.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Mumtoz asarlarni tadqiq etish, yozma manbalarning ilmiy, ma'rifiy, axloqiy-ma'naviy qiymatini belgilash, badiiy jihatlarini yoritish, til xususiyatlarini o'rganish filologik sohaning asosiy masalalaridan hisoblanadi. Sir emaski, ko'hna yozma manbalarda xalqimizning turmush tarzi, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy ahvoli, urf-odati, an'analari aks etadi. Demak, jamiyat va til tarixidan boxabar bo'lishda yozma yodgorliklar muhim rol o'ynaydi. Binobarin, Xojaning "Miftoh ul-adl" asari leksik tarkibini tadqiq etish nafaqat o'zbek xalqining uzoq o'tmishini ilmiy asosda yoritish, shuningdek, o'zbek tili va adabiyoti tarixini o'rganish nuqtai nazaridan ham g'oyat muhimdir, bu esa mavzuning dolzarbligini asoslaydi.

Mumtoz adabiy manbalar tili leksik - semantik sathini ham an'anaviy, ham sistem - struktur tilshunoslik nuqtayi nazaridan o'rganish yo'lida qator tadqiqotlar dunyo yuzini ko'rdi. So'nggi yillarda ajdodlarimiz qoldirgan boy ma'naviy-madaniy va adabiy merosga munosabat o'zgardi, ularni o'rganishga qiziqish tobora ortib bormoqda. Xususan, xalqimiz ma'naviyatida o'chmas iz qoldirgan ulug' adiblarning asarlarini asl manbalardan o'qib-o'rganish, ular ijodiga xolis baho berish va targ'ib-u tashviq etish ishlari keng yo'lga qo'yilmoqda. Bugungi kunda ajdodlarimiz ma'naviy merosi, Sharq allomalarining ijodiy merosi har tomonlama o'rganila boshladi.

Xojaning "Miftoh ul-adl" asari qo'lyozmasining O'zbekiston Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo'lyozmalar fondida № 885, №1791 va № 7796 inventar raqami ostida saqlanayotgan nusxalari mavjud. Biz o'rganayotgan manba qo'lyozmasi № 7796 inventar raqami ostida saqlanadi. Asar nasta'liq xat turida chiroylik qilib yozilgan bo'lib, 113a - 113b shifalardan iborat2.

Xoja taxallusi bilan ijod qilgan ulug' mutafakkir adib va shoir Ibodulla Sayyid Podshoxoja ibn Abdulvahobxoja o'zining muhim ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-ta'limiy mazmunda bitilgan kichik nasriy hikoyalari bilan shuhrat qozongan yirik ijodkordir.

2 Xojaning "Miftoh ul-adl" asari № 7796 inventar raqamli qo'lyozmasi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

Adibning hayoti va ijodiy faoliyati haqida uning o'z asarilari "Miftoh ul-adl" va "Gulzor" hamda XVI asr adabiy xayol oynasi bo'lgan Hasanxoja Nisoriyning "Muzakkir ul-as'hob"tazkirasida ma'lumot keltiriladi3.

Kichik nasriy hikoyalardan tashkil topgan "Miftoh ul-adl" ("Adolat kaliti"), "Gulzor" singari asarlar hamda "Maqsad ul-atvor" nomli pand-nasihat mazmunidagi doston ijod etgan bu ulug' so'z san'atkorining hayoti va ijodiy faoliyati asosan XX asrning birinchi yarmidan o'rganila boshlandi. Bu boradagi dastlabki izlanishlarni taniqli adib va adabiyotshunos olim Abdurauf Fitrat boshlab berdi. Xojaning hayoti va ijodiy faoliyati haqida nomzodlik dissertasiyasini yozgan olima Marg'uba Mirzaaxmedova bu haqda quyidagi mulohazalarini bayon etadi: "Fitrat tomonidan "Miftoh ul-adl" hikoyalarining nashr etilishi Xoja ijodini o'rganish va unga dastlabki qiziqish boshlanishidan darak beradi" 4 . Tadqiqotchi A.Fitrat, N.Mallayev, V.Zohidov, S.Qosimov singari adabiyotshunoslarning bu boradagi izlanishlarini ilmiy jihatdan tahlil qiladi.

Shuningdek, u "Miftoh ul-adl"ning yozilgan davrini XVI asr sifatida ko'rsatadi. Bu fikr keyingi yillarda nashr etilgan majmualarda, hatto taniqli sharqshunos olim E.E.Bertels tadqiqotlarida ham o'z hukmronligini saqlab qoladi 5 . Adabiyotshunos olim V.Zohidov Xoja va uning asarlari haqidagi maqolalarida "Miftoh ul-adl" XVI asrning taniqli adibi Xoja tomonidan Shayboniyxonning o'g'li Muhammad Temur Sultonga bag'ishlab yozilganligini ma'lum qiladi6.

"Miftohul-adl" ("Odillik kaliti") asari mumtoz o'zbek adabiyoti tarixida muhim o'rin egallaydi. Asar XVI asrda yaratilgan va u "Gulzor" asarining muallifi Poshshoxo 'j a Abdulvahhobxo 'ja o'g'li qalamiga mansubdir. "Miftoh ul-adl"ning muqaddimasidan ma'lum bo'lishicha, bu asar Shayboniyxonning o'g'li shahzoda Temurbekka bag'ishlangan7. "Gulzor"ga kiritilgan hikoyalar har jihatdan "Miftoh ul-adl"ning hikoyalariga tamomila muvofiqdir, ularni konkretlashtiradigan materiallardir. Sharq an'anasi bo'yicha, asarning oxiriga "Kitobning so'nggi" deb qo'yiladi. "Miftoh ul-adl"ning qo'lyozma nusxalarining so'nggida esa bu yozuv yo'q va odatdagi "Bismilloh.. ."dan keyin "Gulzor" asari boshlanadi. "Gulzor"ning oxirida esa "Kitobning so'nggi" berilgan. Ba'zi qo'lyozmalarda "Miftoh ul-adl" bilan "Gulzor" bir kitob shaklida muqovalangan kitobda berilgan. Bu ikki asar o'zining tili, uslubli, g'oyaviy va badiiy xususiyatlari bilan ham bir-birga juda yaqin turadi, hatto aytish mumkinki, ular bir kitobdir.

3 Jumaxo'ja N., Adizova I. O'zbek adabiyoti tarixi XVI-XIX asr birinchi yarmi. -Toshkent: "Noshir", 2019. -B.119

4 Mirzaaxmedova M. Xoja. -Toshkent: "Fan", 1975. -B.5.

5 Mirzaaxmedova M. Xoja. -Toshkent: "Fan", 1975. -B.3-12.

6 Zohidov V. "Miftoh ul-adl" va "Gulzor" haqida.-Toshkent, 1961.

7 nommoxy^a "Mh^tox y^-agrf' Ba 'Ty^3op"gaH. Y3CCP ffaenam ôaduuù adaôuem Hampuemu.-TomKeHm.1962. E.3.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

Zayniddin Mahmud Vosifiy, Mushfiqiy, Binoiy, Majlisiy va boshqalar o'sha davr madaniy hayotida katta mavqega ega bo'lganlar. Shularning ichida "Miftoh ul-adl" va "Gulzor" asarlarning muallifi Poshshoxoja Abduvahxobxo'ja ham bor edi. Poshshoxo'janing "Miftoh ul-adl" asarida davr ijtimoiy voqeligi va ziddiyatlarning ko'pgina muhim tomonlari ko'zguda aks etgandek o'z in'ikosini topgan. Asar 15 bobdan iborat bo'lib, unda dastlab nazariy-didaktik xarakterga ega bo'lgan tezislar, so'ngra turli masallar, hikoyalar keltiriladi. Bu asar yagona syujetga ega bo'lmay, hikoyalar, masallar to'plami shaklidan iborat. Asardagi masallarning ko'pi qaytadan ishlangan folklor asarlar hisoblanadi.

Asarda keltirilgan hikoya va masallar diniy-mistik mazmundagi masallar bilan emas, balki hayotni sevishga, shu hayot masalalari bilan shug'ullanishga, insonning baxti uchun xizmat qilishga, yovuzlik va zulmni tugatishga qaratilagan mazmundagi ilg'or g'oyalar bilan sug'orilgan hikoyalari bilan qimmatlidir.

Kichik ibratli hikoyalar, mazmunli masallar Sharq badiiy adabiyotida va o'rta asr hamda uygonish davri Yevropa adabiyotida keng tarqalgan edi. Nizomiy Ganjaviy, Sa'diy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy kabi shoirlarning ijodida ham bunday asarlarni ko'plab uchratamiz. Xususan, "Miftoh ul-adl" mumtoz o'zbek adabiyoti va tili tarixini o'rganish nuqtai nazaridan ham katta ilmiy ahamiyatga ega. Asar jonli xalq tilida yozilgan bo'lib, unda murakkab, tushunilmaydigan yoki og'ir jumlalar kam uchraydi.

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, muallif asar tili haqida"...Jam qildim bu kitobni turkiy tilina, taqi bu kitobga "Miftoh ul-adl" ot qo'ydim. Ko'rkluk koni, ko'rkluk sultoni davlat saodat shohi shahzodai muazzam Temurbek xazinasig'a tabarruk uchun taqi bu kitobni bayon va tasnif qilmoqg'a sabab ul erdikim, olimlar aytibdurlarkim sultonlarg'a va beklarg'a va ulug'larga xizmat qilmoq uch turluk turur. Avval tan xizmati, ikkinchi til xizmati, uchinchi ko'ngul xizmati. Ammo tan xizmati ul turur kim, qapuda turub xizmat qilsa, taqi til xizmati ul tururkim, doim til birla duo qilsa, taqi ko 'ngul xizmati ul tururkim, har kim bu kitob birla amal qilsa, ikki dunyoda ezgu oti chiqqay, ikkinchi — o 'lganidin so 'ng ul kishiga go 'r azobi bo'lmag'ay. Uchinchi — qiyomat kuni olimlar birla, odil sultonlar birla uchmoqg'a kirgan. Va yana bu kitobn o 'n besh bobga muhtasar qilduk kabi ma'lumotni keltirib o'tadi 8.

"Miftoh ul-adl" va "Gulzor" asarlari pand-nasihat ruhida yozilgan badiiyat namunalari turkumiga mansub asar hisoblanadi. Turkiy tildagi yozma namunalarida bu hodisa (ya'ni pandnoma asarlar yaratish an'anasi) ilk bor Yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u bilig" dostonida o'z ifodasini topgan bo'lib, ushbu asar shaxs ma'naviyatini

8 Xojaning "Miftoh ul-adl" asari № 7796 inventar raqamli qo'lyozmasi, 2a-2 b

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784

educational, natural and social sciences www.oriens.uz

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(4/2), April, 2023

yuksaltirishga xizmat qiladigan didktik manbadir9. Xojaning asosan kichik nasriy hikoyalardan tarkib topgan "Miftoh ul-adl" va "Gulzor"asarlari Kaykovusning "Qobusnoma", Sa'diy Sheroziyning "Guliston", "Bo'ston", turkiy mumtoz adabiyotning eng yirik vakili Alisher Navoiyning "Mahbub ul-qulub" asarlariga o'xshab ketadi. Bunday kichik nasriy hikoyalar ijod etish an'anasi Xoja davriga qadar Nosiruddin Rabg'aziyning "Qisasi Rabg'uziy" asarida ham ma'lum ma'noda uchrashi kuzatiladi.

"Miftoh ul-adl", "Gulzor" asarlarining ko'plab qo'lyozma nusxalari bir kitob holatida muqovalangan shaklda bizgacha yetib kelgan. Shu bois "Miftoh ul-adl""Gulzor"ning tarkibi sifatida talqin qilinib kelinadi. Ulardagi mazmun va uslubning uyg'unligi shunday xulosaga kelishga asos bo'lgan. "Miftoh ul-adl" o'n besh bobdan iborat bo'lib, unda olimlar, odil sultonlar, zolim podsholar va diyonatsiz beklar, hukmdorlarga mute' bo'lmoqlik, shohlarning beklar va vazirlar bilan mashvarat qilmoqlari, hukm chiqarmoq bayoni singari mavzulardagi ijodkorning mulohazalari hadislaiga tayanilgan holda keltiriladi, ana o'sha fikrlar tasdig'i uchun turli hikoyalariga o'rin beriladi (1-7-boblar). "Iskandar va Mag'rib sulton", "Iskandar va Doro", "Sulton Mahmud, vazir va ikki boyqush", "Sulton Mahmud g'aznaviy va Ayozi Xos", "Bahrom Go'r, uning vaziri Rostiravshan va cho'pon", "Mahmud g'aznaviy va tolibul ilm", "No'shiravon va Ozarbayjon begi", "Mo'min podshoh va tundagi o'g'rikr" kabi. Shuningdek, 8-15-boblarida da'vo qilmoq, ont ichmoq, o'g'rilik, zino haddi, quzb haddi, ta'zir haddi, g'azot haddi, sayd qilmoqning bayoni kabi xilma-xil masalalar haqida adibning mulohazalari keltiriladi.

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkinki, qo'lyozma matnini badiiy va lingvistik jihatdan tadqiq etish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Qo'lyozmaning xat turi, yaratilgan davr va matn xususiyatlaridan tortib, nashr ko'rinishigacha bo'lgan tadqiqotni amalga oshirish lozim. Shuningdek, matniy tafovutlarni tahlil qilish, transliteratsiya va tabdildagi yo'l qo'yilgan kamchilik va nuqsonlarni aniqlash, qo'lyozma tavsifini amalga oshirish, tekstologik belgilarni aniqlash muhim ishlardan biri hisoblanadi. Xoja hikoyalari sodda va ravon uslubda yozilganligi, o'ziga xos tuzilishi, g'oyaviy-badiiy jihatdan mukammalligi va til xususiyatlari nuqtai nazaridan nihoyatda qimmatli manbalardan biri bo'lib, farzandlar tabiyasi, vatanga muhabbat, halollik va boshqa insoniy fazilatlar targ'ibiga bag'ishlagan, uning bugungi yosh avlod tarbiyasi va ma'naviyatini yuksaltirishdagi o'rni beqiyos.

9 M.XornMypagoBa. "Kyragry 6H^Hr"neKCHKacH. ®H^.$aH. 6yHHna ®aœa$a goKropn (PhD)gHCC...-TomKeHT, 2018.-B.14.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Mirziyoyev Sh. "Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va tar'g'ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi Qarori.-T., 2017-yil, 24 -may.

2. Jumaxo'ja N., Adizova I. O'zbek adabiyoti tarixi XVI-XIX asr birinchi yarmi. -Toshkent: "Noshir", 2019.

3. Xojaning "Miftoh ul-adl" asari № 7796 inventar raqamli qo'lyozmasi.

4. Mirzaaxmedova M. Xoja. -Toshkent: "Fan", 1975.

5. Zohidov V. "Miftoh ul-adl" va "Gulzor" haqida. -Toshkent, 1961.

6. Poshshoxyja "Miftoh ul-adl" va "Gulzor"dan. YzSSR Davlat badiiy adabiyot nashriyoti.-Toshkent.1962.

7. M.XonMypagoBa. "KyTagry 6nnHr"neKCHKacH. Onn.^aH. 6yÖHHa Oanca^a goKTopn (PhD)gHCC... -TomKeHT, 2018.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.