Научная статья на тему 'G‘ARB ARABSHUNOSLIGINING RIVOJLANISHI'

G‘ARB ARABSHUNOSLIGINING RIVOJLANISHI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
320
190
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
qisqa grammatik qo‘llanmalar / Italiyadagi uyg’onish / Germaniyada arab tili va yozuvi / Gollandiyada arabshunoslik / arab / xaldey / suriya va efiopiya tillari / Napaleon ekspeditsiyasi. / short grammar manuals / Renaissance in Italy / Arabic language and writing in Germany / Arabic studies in Holland / Arabic / Chaldean / Syriac and Ethiopian languages / Napoleonic expedition.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Ro‘ziboyeva, Zuhra Tolliboyevna

G‘arbiy Yevropada arabshunoslik islom dinining asosiy yodgorligi bo‘lgan Qur’oni Karimni o‘rganish va lotin tiliga tarjima qilish (XIII asr) hamda tibbiyot bo‘yicha arabcha ilmiy asarlarni o‘girishdan (XI asr) boshlanadi. Yevropaliklarning arab Sharqi bilan tanishuvida mazkur mintaqadagi xristian faoliyati katta rol o‘ynaydi. Xristian dini targ‘ibotchilari islom asoslari bilan tanish bo‘lishlari lozim bo‘lgan. Faoliyatning bu turi G‘arb va Rossiyada ham hozirgacha davom etmoqda. Qur’on nafaqat lotin, balki ko‘plab g‘arb tillariga tarjima qilinmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE DEVELOPMENT OF WESTERN ARABIC STUDY

In Western Europe, Arabic studies began with the study and translation of the Holy Qur'an, the main relic of Islam, into Latin (XIII century) and the translation of Arabic scientific works on medicine (XI century). Christian activity in this region plays a major role in Europeans' acquaintance with the Arab East. Propagators of Christianity had to be familiar with the basics of Islam. This type of activity continues to this day in the West and in Russia. The Qur'an is being translated not only into Latin, but also into many Western languages.

Текст научной работы на тему «G‘ARB ARABSHUNOSLIGINING RIVOJLANISHI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

G'ARB ARABSHUNOSLIGINING RIVOJLANISHI

Ro'ziboyeva Zuhra Tolliboyevna

2nd year master's student in Linguistics Samarkand State Institute of Foreign Languages

+998883909627

zuhraruziboyeva@gmail .com

ANNOTATSIYA

G'arbiy Yevropada arabshunoslik islom dinining asosiy yodgorligi bo'lgan Qur'oni Karimni o'rganish va lotin tiliga tarjima qilish (XIII asr) hamda tibbiyot bo 'yicha arabcha ilmiy asarlarni o 'girishdan (XI asr) boshlanadi. Yevropaliklarning arab Sharqi bilan tanishuvida mazkur mintaqadagi xristian faoliyati katta rol o'ynaydi. Xristian dini targ'ibotchilari islom asoslari bilan tanish bo'lishlari lozim bo 'lgan. Faoliyatning bu turi G 'arb va Rossiyada ham hozirgacha davom etmoqda. Qur'on nafaqat lotin, balki ko'plab g'arb tillariga tarjima qilinmoqda.

Kalit so'zlar: qisqa grammatik qo'llanmalar, Italiyadagi uyg'onish, Germaniyada arab tili va yozuvi, Gollandiyada arabshunoslik, arab, xaldey, suriya va efiopiya tillari, Napaleon ekspeditsiyasi.

В Западной Европе арабоведение началось с изучения и перевода Священного Корана, главной реликвии ислама, на латынь (XIII век) и перевода арабских научных трудов по медицине (XI век). Христианская деятельность в этом регионе играет большую роль в знакомстве европейцев с арабским Востоком. Проповедники христианства должны были быть знакомы с основами ислама. Этот вид деятельности продолжается и по сей день на Западе и в России. Коран переводится не только на латынь, но и на многие западные языки.

Ключевые слова: краткие руководства по грамматике, Ренессанс в Италии, арабский язык и письменность в Германии, арабистика в Голландии, арабский, халдейский, сирийский и эфиопский языки, наполеоновская экспедиция.

In Western Europe, Arabic studies began with the study and translation of the Holy Qur'an, the main relic of Islam, into Latin (XIII century) and the translation of Arabic scientific works on medicine (XI century). Christian activity in this region plays a major role in Europeans' acquaintance with the Arab East. Propagators of Christianity had to be familiar with the basics of Islam. This type of activity continues

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

to this day in the West and in Russia. The Qur'an is being translated not only into Latin, but also into many Western languages.

Key words: short grammar manuals, Renaissance in Italy, Arabic language and writing in Germany, Arabic studies in Holland, Arabic, Chaldean, Syriac and Ethiopian languages, Napoleonic expedition.

XIII-XV asrlarda Ispaniya hududidagi xristianlar faoliyati qator arab lug'atlari va qisqa grammatik qo'llanmalar yaratilishiga olib keldi, ular o'z ichiga nafaqat mumtoz til materialini, balki qayta ishlangandan keyin yo'q bo'lib ketgan ispan-arab shevalarini ham qamrab olgan. Qadimgi shevalar yodgorligi sifatida mazkur lug'at va glossariylar o'z ahamiyatini hozirgi paytgacha saqlab qolmoqda.

Italiyadagi uyg'onish (Renessans) davri ham sharq tillari, jumladan, arab tiliga ham e'tiborni jalb etadi. Sharq bilan, xususan, Usmoniylar imperiyasi bilan siyosiy va madaniy munosabatlar rivojlanadi. XVI asrda arabcha qo'lyozmalarga qiziqish o'sib boradi, bu esa, o'z navbatida, arab tilining yanada faolroq o'rganilishiga olib keladi. XVI asrning o'rtasida sharq harflari bo'yicha ilk asarlar va birinchi arab grammatikasi lotin tilida chop etiladi. Arab tilidagi qo'lyozmalarning Yevropada to'planishi ham arab tilining faol o'rganilishiga olib keladi.

Mazkur davrda Germaniyada arab tili va yozuvi bo'yicha birinchi qo'llanmalar chop etiladi. XVI-XVII asrlarda Sharq mamlakatlari bilan savdo aloqalari jadal rivojlangan sharoitlarda sharq tillarini bilish ehtiyoji Gollandiyada arabshunoslik rivojlanishining asosiy sabablaridan biri bo'ldi. Aynan shu mamlakatda Foma Erpeniusning (1614) "Arab tilining birinchi ilmiy grammatikasi" paydo bo'ladi. Bu grammatika kitobi asosida g'arbiy Yevropada ikki asr arab tili o'rgatildi va bu darslik Yevropada arabshunoslikning keyingi rivojiga jiddiy ta'sir o'tkazdi. Leyden universiteti arabshunoslik va umuman sharqshunoslikni an'anaviy markazi bo'lib qoladi. Hozirgi kunda ham u o'z mavqeini yo'qotgani yo'q. Bu yerda arab qo'lyozmalarini o'rganish va tanqidiy nashr etishga ilmiy asoslar solindi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

XVII asrdan boshlab Arab Sharqi mamlakatlari bilan G'arbiy olimlar aloqalari mustahkamlanadi. Arab milliy leksikografiyasi asosida arab leksikografiyasi rivojlanadi (Ya.Gopius). Angliyada tarixiy mazmundagi arab asarlari asosida arablarning islom oldi va islomdan keyingi tarixini, musulmon diniy adabiyotini o'rganish boshlanadi. Olimlar arab tili va ilohiy yozuvlarning qadimgi tillarini XVII-XVIII asrlarda o'rganib, arab, xaldey, suriya va efiopiya tillarining o'xshashligini

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

aniqlaydilar, bu esa keyinchalik mazkur tillarni o'rganishda tarixiy-qiyosiy yondashuvga asos solib, ularning qardoshligini aniqlashga xizmat qiladi.

Asta-sekin G'arbiy Yevropa arabshunosligi fan sifatida teologiyadan ajralib ketadi. Bir qator olimlar, ayniqsa, Angliyada g'arb uchun arab so'z san'atining estetik qadrini ochib beradi. XVIII asr oxiri - XIX asr boshida arab she'riyati bo'yicha tarjima va asarlar paydo bo'ladi. Maorif davrining ma'naviy va madaniy ta'siri, Napoleon ekspeditsiyasining Yaqin Sharqdagi siyosiy va iqtisodiy manfaatlari, Shampolion tomonidan Misr iyerogliflarining ochish-o'qilishi natijasida Fransiyada arabshunoslik va arab tilini o'rganish faol rivojlandi. Bu mamlakatda yirik sharq tillari maktabi shakllandi va u tez orada nazariy tadqiqotlar ilmiy markaziga aylanadi.

Por Royal universal grammatikasining paydo bo'lishi va undagi universalizm g'oyalarining rivojlanishi (tilshunoslikkakirish kursini qarang) 1810-yilda Silvestr de Sasening arab tili ilmiy grammatikasining birinchi kitobi paydo bo'lishiga olib keldi. Bu grammatika g'arbiy Yevropa filologiyasi rivojida tub o'zgartiruvchi bo'lib, mazkur filologiyaning yo'nalishini butun bir asrga belgilab berdi. XIX asr o'rtasiga kelib, Fransiyada sharqshunoslik milliy va xalqaro markazlari, qo'lyozmalarning katta to'plamlari shakllanadi. Mumtoz arabshunoslik bilan bir qatorda, arab shevalariga ham qiziqish paydo bo'ladi. Silvestr de Sase maktabi XIX asr mobaynida uning an'analarini davom ettirib, XIX asr birinchi choragida yashab ijod qilgan, ilm bilan shug'ullangan Rossiyadagi arabshunoslar shakl- lanishiga olib keldi. Silvestr de Sase maktabi XIX asrning 1-yarmi va o'rtasida arab leksikografiyasi bo'yicha fundamental ishlar olib borgan, Qur'on, "1001 kecha" ertaklarini nashr ettirgan. Germaniyadagi shogirdlarining sa'y-harakatlari bilan u yanada rivojlandi.

XIX asr o'rtasiga kelib Germaniyaning Leypsig va Gall shaharlarida yirik arabshunoslik markazlari shakllanadi. Mumtoz arabshunoslikning German maktabi arab qo'lyozma merosi- ning an'anaviy o'rganilishi va nashr etilishiga tayanadi. G'arb sharqshunoslari birlashtirilishida XIX asrning 1-yarmida tashkil qilingan "Nemis sharqshunoslik jamiyati" (Zeitschrift der Deutschen Morgenlendischen Gesellschaft -ZDMG) katta o'rin tutadi, u hozirgi paytgacha chop etiladigan davriy nashrlarga ega. Arab qo'lyozmalarining Parij, Berlin, London, Vena, Gollandiyadagi to'plamlari ularni o'rganish va nashr etish bo'yicha ishlarni davom ettirish uchun asos bo'lib qolmoqda.

Arabshunoslikning asosiy yo'nalishlari tilshunoslikdagi evolyutsionizm, rivojlanish, harakat, qiyosiy-tarixiy uslub va g'oyalar ta'siri ostida taraqqiy etadi. Mazkur g'oyalar natijasida somiy tillar tarixi bo'yicha asarlar paydo bo'ladi (E.Renan, 1853). Parijda somiy yozuvlarini nashr etish bo'yicha akademik markaz tashkillashtiriladi, arab va islom tarixi bo'yicha P.Kossen de Persevalning mashhur

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

asari nashr etiladi (1847). Arab ilmiy merosini o'rganish sohasida Leydenda nashr etiladigan "Arab geografik kutubxonasi" deb nomlangan fundamental xalqaro nashr yirik hodisa bo'ldi.

Arab tarixiy yilnomalarining nashr etilishi olimlarga arab tarixining qadimgi va o'rta asr davrini chuqur va keng yoritish imkoniyatini beradi. Hozirgi paytgacha ham Yu.Velxauzen (1844-1918), I.Goldsier (1850-1921), Kr.Snuk Xyurgrone (18571936), A.Myuller (1848-1892) kabi olimlarning asarlari o'z ahamiyatini saqlab qolmoqda. Tadqiqotning tarixiy uslubi va faktik materialga qat'iy tayangan holda Qur'on tarixi, arab tarixi, arab qabilalarining islom oldi she'riy ijodi, mumtoz arab va somiy tillarining tarixi bo'yicha Teodor Nyoldeke (1836-1930) ning fundamental asarlari yaratiladi.

Shu bilan bir paytda arabshunos filologlar og'zaki arab tili, arab shevalarini o'rganishga ham e'tibor qaratadilar, bular qatoriga Vilgelm Spitta (1853-1883), Karl Follers (1857-1909), Genrix Torbeks (1837-1890), Albert Sotsin (1844-1899), Bruno Meysner (1868-1947), Martin Gartmann (1851-1918), Karlo Nallino (1872-1938), Karl Landberg (1848-1924), Gans Shtumme (1864-1936) kabi olimlar kiradi. Arab tilshunosligi qiyosiy somiyshunoslik (Yakov Bart, Zigmund Frenkel, Pol de Lagar) bo'yicha faktik material bilan boyidi. Qiyosiy somiyshunoslik o'z navbatida, janubiy Arabiston va Efiopiya til materiallarini jalb etuvchi asarlar bilan to'ldiriladi (David G.Myuller (1846-1912), Eduard Glazer (1855-1908), Nikolaus Rodokonakis (1876-1945) va boshqalar.

XX asr boshiga kelib, arab she'riyati va filologik mav- zudagi asarlarni o'rganish va nashr etishga Oksford va Kembrij kabi ingliz ilmiy markazlari ham o'z hissalarini qo'shadilar. Arab sharqi tarixi bilan bog'liq arxeologiya va numizmatikaning tarkibi qismi sifatida arab epigrafikasi paydo bo'ladi va rivojlanadi. G'arbiy Yevropada mumtoz arab filologiyasini ko'p tomonlama o'rganish natijasi sifatida arab adabiyoti tarixi va somiy tillar qiyosiy grammatikasi bo'yicha Karl Brokkelman (1868-1956)ning fundamental asarlarini hisoblash mumkin. Bu asarlar XX asr boshiga kelib, jahon arabshunosligida yig'ilgan barcha bilim va materiallarning to'plamidir. Bu asarlar o'z ahamiyatini hanuzgacha saqlab kelmoqda.

Arab filologiyasidan adabiyotshunoslik, manbashunoslik, matnshunoslik, epigrafika, papirusshunoslik, paleografiya ajralib chiqadi. Somiy tilshunosligi o'z ichiga arab tilshunosligini ham qamrab oladi. XX asrning oxirgi 10 yilligida somiy tilshunosligi kengroq fanga, ya'ni qiyosiy-tarixiy uslubga asoslangan - Somiy-homiy yoki Afrika-Osiyo tilshunosligiga kirib ketadi. XX asrda arabshunoslik o'z geografik chegaralarini kengaytirib, Shimoliy Amerikada ham qaror topadi. AQShda arab filologiyasining ilk yo'nalishi amaliy vazifalar bilan boshlangan edi, ya'ni buni

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

Amerika neft kampaniyalari faoliyati hududida og'zaki arab shevalariga ega bo'lish vazifasi taqozo qilgan. Bu yo'nalish bir qator hududiy arab shevalari bo'yicha o'quv qo'llanma va lug'atlarning yaxlit turkumiga asos soldi. XX asr oxiriga kelib, Amerika arabshunosligi mustaqil fan hamda somiy va Afrika-Osiyo tilshunosligining qismi sifatida arab tili va uning shevalarini o'rganish hamda tadqiq etish bo'yicha bir qator markazlarga ega bo'ladi.

XX asr arabshunosligi rivojlanishida unga arab olimlari qo'shilganligi muhim hodisa bo'ldi. Yetakchi arab mamlakatlari (Misr, Suriya, Iroq, Tunis, Marokash, Iordaniya) ilmiy markazlarida arab filologiyasi milliy filologik an'ana va uning xususiyatlari bilan uzviy bog'liqlikda arab merosini mumtoz g'arbiy filologiya va adabiyot hamda til o'rganishning zamonaviy uslublari yutuqlarini hisobga olgan holda tadqiq etadi. Qohira, Damashq va Bog'dodda universitet markazlaridan tashqari "Arab tilini o'rganishning akademik markazlari" tashkil qilinadi.

Arab tilshunosligining asosiy muammolaridan biri sotsio- lingvistik muammo bo'lib, ikki tillilik hodisasini hal etish, arab adabiy tili va og'zaki shakli o'rtasidagi chegarani bartaraf etish, arab davlatlari o'rtasidagi ilmiy atamashunoslikni birxillashtirish (unifikatsiya), savodsizlikni bartaraf etish va adabiy tilga ega shaxslar doirasini kengaytirish singarilarda namoyon bo'ladi. Arab tilshunosligi va filologiyasi rivojiga hozirgi davrda Polsha (arabshunos somiyshunos Anujey Zaborskiy), Chexiya (Karl Petrachen maktabi shogirdi - Petr Zamanek), Sloveniya (Ladislav Drozdin va uning o'quvchilari), Bolgariya (lingvist-arabshunos Penka Samsareva) ilmiy markazlari va ularning vakillari katta hissa qo'shmoqdalar. Arabshunoslik va somiyshunoslik borasidagi tadqiqotlar Ispaniya (F. Korrente), Skandinaviya (Paolo Xeikki, Yan Retso), Gollandiya, Belgiya an'anaviy markazlarida ham davom etmoqda.

XX asr o'rtalariga kelib arabshunoslik barcha yo'nalishlarining yakun va natijalari Islom ensiklopediyasida o'z aksini topadi. XX asr o'rtalarida (1950) Berlinda Iogann Fyukning arab tili tarixi bo'yicha ilk tizimli ocherki nashr etiladi. Mumtoz arab adabiyotshunosligi, uning keng faktik va bibliografik materiallari arabshunoslik german maktabining vakili bo'lgan Fuat Sezgin (1967-1984) tomonidan "Arab yozma adabiyoti tarixi" bo'yicha asarda o'z aksini topadi. Mumtoz arab filologiyasi (tilshunoslik va adabiyotshunoslik)ning natijalari, mazkur sohalarda yangi material, kashfiyot va tadqiqotlar natijasi Germaniyada mualliflar jamoasi tomonidan 1982-1987-yillarda chop etilgan ikki jildli asarda o'z aksini topgan.

Hozirgi paytga qadar yakuniga yetmagan, hujjatli materiallarga asoslangan holda davom ettirilayotgan katta xalqaro asar mumtoz va zamonaviy arab tilining

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

arabcha-fransuzcha-inglizcha lug'atidir (Parijda nashr etiladi). Mumtoz arab tilining xuddi shunday lug'ati (materialning boshqa to'plamiga asoslangan) jamoaviy tarzda 1957-yildan boshlab Germaniyada nashr etilmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Sh.M. Mirziyoyev. "Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz" 2017-yil

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni // Xalq so'zi, 08.02.2017. №28.

3. Qodirov T.Sh., Aliyev D.I. Arab tili leksikologiyasi. ToshDShI, 2010. 110 b.

4. Zabotkina. Zamonaviy ingliz tilining yangi lug'ati. M .: Oliy maktab, 1989 yil.

5. Белкин В.М. Арабская лексикология М.1975 с.296

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.