Научная статья на тему 'XOJA AHMAD YASSAVIY VA YASSAVIYA TARIQATI'

XOJA AHMAD YASSAVIY VA YASSAVIYA TARIQATI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
194
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tasavvuf / Xudo yo‘li / yomonlik / nodonlik / jaholat / harom / so‘fiy / tavba / Amir Temur / komillik / poklanish / Fitrat / Devoni hikmat / axloq / Turkiston / darveshlik / nafs / ixlos / karomat / avliyo / ta’limot / mudarris / Haq / xalq. / Sufism / God's path / evil / ignorance / ignorance / Haram / Sufi / repentance / Amir Timur / perfection / purification / Fitrat / Eternal wisdom / ethics / Turkestan / Dervishism / lust / sincerity / charity / saint / teaching / mudarris / Haq / people.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Xoshimxonov, Xondamir Muminovich

Ushbu ilmiy maqolada tasavvuf mohiyati, Yassaviyning falsafiy qarashlari, e’tiqodi va yassaviylik tariqati qoidalari, davr o‘tishi bilan tobora keng mintaqalarga tarqalgan hikmatlarning ma’no – mazmuni va til jihatidan o‘zgarishlarga uchragani, turli ilovalar bilan boyib borgani bosh mavzuga qo‘yilib, tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

KHOJA AHMAD YASSAVIY AND THE YASSAVIYA ORDEN

In this scientific article, the essence of Sufism, Yassavi's philosophical views, beliefs and rules of the Yassavi sect, the changes in the meaning, content and language of the wisdoms that spread to wider regions with the passage of time, enriched with various applications, are the main topics. collected and analyzed.

Текст научной работы на тему «XOJA AHMAD YASSAVIY VA YASSAVIYA TARIQATI»

XOJA AHMAD YASSAVIY VA YASSAVIYA TARIQATI

d https://doi.org/10.5281/zenodo.12187054

Xoshimxonov Xondamir Muminovich

Sambhram universitetining xodimlar bo'limi boshlig'i, mustaqil tadqiqotchi Jizzax, O'zbekiston

ANNOTATSIYA

Ushbu ilmiy maqolada tasavvuf mohiyati, Yassaviyning falsafiy qarashlari, e'tiqodi va yassaviylik tariqati qoidalari, davr o 'tishi bilan tobora keng mintaqalarga tarqalgan hikmatlarning ma 'no - mazmuni va til jihatidan o 'zgarishlarga uchragani, turli ilovalar bilan boyib borgani bosh mavzuga qo 'yilib, tahlil etilgan.

Kalit so'zlar: tasavvuf, Xudo yo'li, yomonlik, nodonlik, jaholat, harom, so'fiy, tavba, Amir Temur, komillik, poklanish, Fitrat, Devoni hikmat, axloq, Turkiston, darveshlik, nafs, ixlos, karomat, avliyo, ta 'limot, mudarris, Haq, xalq.

ABSTRACT

In this scientific article, the essence of Sufism, Yassavi's philosophical views, beliefs and rules of the Yassavi sect, the changes in the meaning, content and language of the wisdoms that spread to wider regions with the passage of time, enriched with various applications, are the main topics. collected and analyzed.

Key words: Sufism, God's path, evil, ignorance, ignorance, Haram, Sufi, repentance, Amir Timur, perfection, purification, Fitrat, Eternal wisdom, ethics, Turkestan, Dervishism, lust, sincerity, charity, saint, teaching, mudarris, Haq, people.

АННОТАЦИЯ

В этой научной статье рассмотрены суть суфизма, философские взгляды Яссави, верования и правила секты Яссави, изменения в смысле, содержании и языке мудрости, которые с течением времени распространились на более широкие регионы, обогащенные различными приложениями. являются основными темами, собранными и проанализированными.

Ключевые слова: Суфизм, Божий путь, зло, невежество, невежество, Харам, Суфий, покаяние, Амир Тимур, совершенство, очищение, Фитрат, Вечная мудрость, этика, Туркестан, Дервишизм, похоть, искренность, милосердие, святой, учение, мударрис, Хак, люди.

KIRISH

"Axborot asri" bo'lmish XXI asrda hayotimiznning barcha sohalarida ishonchli axborotga muhtojlik borgan sari ortib bormoqda. Bugungi kunda axborot va

kommunikatsiya sohalarida bo'layotgan katta o'zgarishlarni izohlashga hojat yo'q va buning davlat va jamiyat taraqqiyotidagi tutgan o'rni beqiyosdir. Sababi axborotlar hayotimizga qulayliklar olib kelib, og'irimizni yengil qilmoqda. Afsuski, ijtimoiy tarmoqlarda ba'zi axborotlarni to'liq nazorat qilishning imkoni yo'q va bu insonni bazan tashvishga soladi. Ayniqsa, tahlikali bugungi zamonda millat yoshlari ongiga odob-axloqni yemiruvchi "ommaviy madaniyat" kabi illatlar ta'sir o'tkazayotgani borgan sari yaqqol sezilib qolmoqda.

Yoshlarga internetga vaqtingni sarflama, vaqtingni samarasiz o'tkazma deyish bilan muammoga yechim topilmaydi. Biz shuni unutmasligimiz kerakki, kimgadir qandaydir ta'qiq qo'yar ekanmiz, bu borada munosib taklifni ham berishimiz shart. Aks holda bu foyda bermaydi. Sababi g'oyaga qarshi g'oya bilan, jaholatga qarshi esa ma'rifat bilan kurashishgina muammoga yechim bo'la oladi. Shu o'rinda bugun yoshlarga ma'rifatparvar Xoja Ahmad Yassaviyning boy ma'naviy merosini o'rganishlarini tavsiya etishni maqsadga muvofiq deb topdik.

Zero Ahmad Yassaviy ma'naviy-diniy merosining o'zagi nafdan kechib qanoat yo'liga kirgani so'fiyona so'zlari bilan har bir insonni to'g'ri yo'lga boshlashga, yaratganning qudrati va marhamati cheksizligini anglashga qaratilgan bo'lib, uning qarashlari negizida Allohning bandalariga buyurgan odobi, dunyoning poklikdagi lazzatlariga erishish maqsadida roharga eltuvchi muqaddas xizmatga bo'lish kabi tasavvufiy g'oyalar yotadi1.

ASOSIY QISM. Tasavvufning bosh maqsadi ham aynan insonni komillik darajasiga yetkazish va shu darajada Yaratgan vasliga vosil qilmoqdan iboratdir. Buning uchun albatta ahloqni oldinga qo'yish shart. Tasavvuf ta'limotining umumiy zamirida ana shu tarbiya yotadi. Agar shunday qilinmaganida bu qadar ulug' ta'limot va buyuk siymolar dunyoga kelmas edi. Tavba solik uchun ana shunday tarbiyaviy jarayonning ibtidosi. Bu maqomda u insoniy hurujlardan poklanishi darkor. Albatta bunda avvalo dunyoga havasmandlikni so'ndirish turadi.

Shayx Abusaid Abdulxayr tasavvuf maslagini bunday belgilagan: "Boshingda ne bo'lsa chiqarib tashlash qo'lingda neki bor qo'ldan berish va boshqalardan senga nima kelsa ranjimaslik" (Abdurahmon Jomiyning "Bahoriston"idan olindi). Bunday ish tutish So'fiyning tavbasidir. Bundan tashqari, so'fiyning ko'ziga "barcha behishtning ne'matlari ko'rinmasligi" lozim. "So'fi degan, - deya o'git qilinadi "Faqrnoma"da,-xudoning shavqida suvdek bo'lib, erib oqsa, ko'ngilni Haqning rizosiga bersa" Bularning barchasi so'fiyning poklanish jarayoniga kiradi. Shundan so'nggina barcha mushkullarning tuguni xususida fikr yuritish mumkin. Ko'nglini Haqqa topshirib, uning ishqida yurak bag'ri kuygan so'fiy uchun "bu dunyo"

1 Saifnazarov Ismail. Ho'ja Ahmad Yassaviy turkiy xalqlarning ma'naviy-diniy allomasi. O'zbekiston - islom sivilizatsiyasi markazi ma'naviy-ma'rifiy, ilmiy-adabiy jurnal. T, B:84

atalmish xilqat arzimagan bir narsa. Uning uchun bu dunyo avvalo sinov maydoni o'tkinchi umrga ega xilqat bu maydonda o'zini sinab ko'rishi shart. Bu dunyo moddiy olamdan o'zini olib qochadi2.

Bir qarashda tasavvuf yashashni rad etayotgandek. Ammo unday emas! Mohiyatan tasavvuf ongli yashashni targ'ib etadi. Bu dunyo - shakl, unda yashash -mohiyat. So'fiy ana shu mohiyatning sirini uqib olishga harakat qiladi. "Aqlli odamga dunyo zindondir, - deb yozadi Alisher Navoiy "Hayratul - abror"da. Unga kim ko'ngil qo'ygan bo'lsa nodondir. O'z ta'bingni uning zanjiriga bog'lab qo'yma, aqlni uning chohida xafa qilib qo'yma. Bu olamning aylanma zanjiri har qanday kimsani oxiri yer osti shahriga band etadi"3.

Xoja Ahmad Yassaviy turkiy adabiyotda hikmat janrining asoschisi ham hisoblanadi. U "o'z ona tilini ilk bora tariqat tili maqomiga ko'tardi. Uni arab va fors tasavvuf tili davrasiga qo'shdi"4.

"Xoja Ahmad Yassaviy bu borada hajga boradi va Markaziy Osiyo, Eron, Arabistonni kezib chiqadi. Ko'p shayxlar, aziz - avliyolar va mashhur ruhoniylar bilan uchrashadi. XII asrgacha Turkiston o'lkasi haqida mensimay so'zlganlar endi uni hayajon va ehtiros bilan tilga oladilar, uni tabarruk o'lka sifatida qayd etadilar. Bu esa muborak Xoja Ahmad Yassaviy nomi bilan bog'liq edi. Uning nomi XII asrdan keyin Turkistonni avliyolar manziliga aylantirdi. Yassaviy karomatlar va maqomotlar bilan yashardi va barcha turkistonliklar unga ixlosu e'tiqod qilardi"5.

Yassaviy "xudo yo'li"ni - "nafs ilgi"dan qutulmoq, atrofda to'lib toshgan fisqu - fujurlarga barham bermoqning yo'lini izlaydi. Agar diqqat bilan mushohada yuritilsa, Yassaviyning diniy - axloqiy falsafasida dunyodan yuz burilmaydi. Yomonlik, nodonlik, jaholat, molparastlik illatlariga rivoj bergan tuban dunyoni yurakdan quvishga da'vat etiladi. Shu ma'nolarda shoir so'zlari inson qalbida g'alayon qo'zg'aydi. "Nohaq da'vo qilg'on" qozi, imomlar, "harom yegon hokimlar", "dunyo mening" deb "jahon molin" yiqqan gushna amaldorlar, "Oqni qaro qilg'on" mullo-yu, mudarrislar, el ustiga minib yelib "totltg' - totlig'" yeb, "Turluk - turluk kiygon"larga qarshi ko'ngilad nafrat uyg'otadi. Bu qaydlardan "Yassaviy mazlumlar tomonida turib fikran kurashgan shoir bo'lgan ekan- da", degan xulosalar chiqarilmasligi kerak. U garchi, "Yetimlar bu jahonda xor ekandur, G'ariblarni ishi dushvor ekandur", yoki:

"G'ariblarni qo'rg'on yerda og'ritmangiz, G'ariblarga ochig'lanib so'z qotmangiz,

2 Abdumalik Yoqub. "Haqdin o'zgani dema" . Muallif - tuzuvchi Z. Jo'raev. To'plam. G'oyiblar xaylidan yongan chiroqlar. T.: "O'zbekiston" B.: 159

3 O'sha manba. B.: 159.

4 Haqqul I. Yassaviyshunoslik: o'tmish, bugun va istiqbol// Xoja ahmad Yassaviy: hayoti, ijodi va an'analari. B.:3

5 Abdullaev A. "Devoni hikmat"da yassaviya tariqati g'oyalari // "O'zbek tili va adabiyoti", 2005 yil, 6-son, B.: 16.

Zaif ko'rub g'aribalarg'a tosh otmangiz,

Bu dunyoda g'ariblikdek balo bo'lmas"6,-

singari misralarida "ko'ngli qattig' xaloyiq"ni shavqatga va g'arib, yetim mazlumlarga ozor yetkazmaslikka chaqirgan bo'lsa - da, feodal jamiyati vakillari qo'l ostida ezilgan mehnatkashlarning haq - huquqlari uchun kurashmoqni o'z oldiga g'oyaviy maqsad qilib qo'ymagan. Ahmad Yassaviy o'zi bilan o'zi beomon kurashadilar ijodkori sifatida juda e'tiborli. U odamga o'z - o'zini kechirmaslik sirlarini o'rgatadi. Shoir o'z qalbining eng chuqur joylariga nazar tashlashni targ'ib etadi. Shuning uchun ham uning axloqiy e'tirozida shaxsida ma'naviy, ilohiy kamolotiga to'siq bo'ladigan insondagi salbiy xususiyatlar tahlili tabiiy ravishda izchillanib borgandir. Ahmad Yassaviydagi samimiyat - oshkoralikda. Ba'zan undagi oshkoralik talablariga chidash mushkul. Buni badbinlik deb anglash noto'g'ri. Yassaviy hikmatlarida badbinlikmas, g'amginlik, ma'rifatli ruhni suyaydigan Dard va faryod borki, ular insonning hissiyot fojialarini erta anglashga xizmat qiladi. Yassaviy hikmatlaridagi markaziy obraz - Alloh. U xudo ishqi, ya'ni ishqiy ilohiyni tan oladi7.

I.Sulton "Sultonim maqbarasi" nomi bilan xalq og'ziga tushgan Yassaviy ziyoratgohini aslida Turkiston o'lkasi xalqlari tarixida katta madaniy hodisa -tariqatga qo'yilgan haykal sifatida baholaydi8.

Darhaqiqat, Amir Temur alohida e'tibor bilan bino ettirgan va O'rta Osiyoning eng muhtasham tarixiy yodgorligiga aylangan bu tengsiz obida jahondagi sanoqli tarixiy osori atiqalardan biri bo'lib qoldi. Bu esa, o'z navbatida, Amir Temurning nafaqat ulug' Ahmad Yassaviyga, balki barcha din va tasavvuf ulug'lariga, ma'naviy va madaniy qadriyatlarimizga ko'rsatgan cheksiz ehtiromining yorqin namunasidir9.

Amir Temurning Ahmad Yassaviyga bunchalik ixlos qo'yishining yana bir qator sabablari bor, albatta. Bizningcha, bularning birinchisi, Ahmad Yassaviyning xalq orasidagi obro' - e'tiboridir. Zero, u zot Haq va xalq yo'lidagi ezgulik va halollikka umrbod xizmat qildi. Turkiy xalqlarning din va tasavvuf ma'rifati bilan yaqindan tanishishlarini ta'minladi. Ikkinchisi, bu buyuk zot asrlar mobaynida turkiy xalqlarning ma'naviy hayotida o'chmas iz qoldirgan irfoniy mohiyatidagi hikmatlar muallifi edi. U asos solgan hikmat maktabi keyinchalik uning izdoshlari tomonidan davom ettirildi, o'zbek adabiyoti hikmat an'anasi rivoj topdi. Buni Amir Temurning sermazmun she'rlarni yaxshi ko'rishi bilan ham bog'lash mumkin. Zero, Alisher Navoiy bu haqda shunday xabar beradi: "... (Temurbek) agarchi nazm

6 Ahmad Yassaviy . Hikmatlar. Toshkent. G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 1991., -B. 8.

7O'sha manba, B.: 9

8 Sulton I. Bahouddin Naqshband abadiyati, Toshkent, 1994, 2-son, B.: 11-12

9 Nodirxon Hasan.Ahmad Yassaviy va Amir Temur. //O'zbek tili va adabiyoti, 2008, 4-son, B.: 21

aytmoqqa iltifot qilmaydurlar, ammo nazm va nasrni xo'b mahal va mavqe'da o'qubdurlarkim, aningdek bir bayt o'qug'oni ming bayt aytqoncha bor"10. Uchinchisi, Ahmad Yassaviy o'z hikmatlarini turkiy tilda aytgan va turkiy tasavvuf she' riyatida hikmat an'anasini boshlab bergan. Mana shu an'ana, ya'ni Yassaviy hikmatlarining tili bo'lmish turkiyda ijod qilish aynan Tumur davrida jonlandi va rivojlandi. Negaki, "Yassaviyning ruhiyati va hikmatlari turkiy ellarning bosqinchi mo'g'ullar zulmiga qarshi kurashida qudratli ma'naviy qurol bo'lib xizmat qilganligini Amir Temur dil -dildan his etgan"11. Tarixchi Leon Jaxunning yozishicha, Temur zamonida turkiy til fors tili ustidan g'alaba qozondi. Movarounnahr uyg'onish davrining vakillari bundan buyon forscha emas, chig'atoy tilida yoza boshladilar. Zero, ulardan avvalroq turkistonlik Xoja Ahmad Yassaivy xalq tilida yozgan edi12. F. Kuprulining ma'lumot berishicha, yana bir Yevropa olimi: "o'rta Osiyoning fathidan keyin turk madaniyati forslarga muqobil ravishda rivojlana boshladi va Temur davriga kelib eng yuksak darajasiga erishdi. Bu inkishof avvalambor turk milliyati tafakkurini ilgari surdirib, mamlakatdagi fikriy hayotni shunga yo'naltirdi", - deb yozadi13.

XULOSA.

Fitrat Yassaviy hikmatlarining turkiy til rivojidagi xizmatlari xususida mulohaza yuritib, hijriy beshinchi - oltinchi asrning adabiy mahsuli bo'lgan hikmatlarning "Qutadg'u bilig"dan bir asar so'ngra, "Hibat ul - haqoyiq" bilan bir davrda yozilgan bois adabiyotimiz va tariximiz uchun muhim ahamiyatga molik ekanini alohida qayd etadi. Uningcha, bu davrda yozilagan turkiy asarlarning ozligi nazarda tutilganda, hikmatlarning qiymati yanada ortgan bo'lur edi. Lekin olim XX asrga qadar yetib kelgan "Devoni hikmat" nusxalarining qadimiy emasligini, ularni ishonchli matn o'laroq tadqiq etib bo'lmasligini aytib o'tadi. Bu fikr bir jihatdan to'g'ri. Ammo keyingi davr olimlarining fikricha, Ahmad Yassaviy davriga oid "Devoni hikmat" qo'lyozmalarning mavjud emasligi hikmatlar tadqiqining to'xtab qolishiga sabab bo'la olmaydi14. Chunki matnda, til va ifodada o'zgarish bo'lgan bo'lishi mumkin, lekin hikmatlarning vazni o'zgarmagan, qadimiy maslak va tushuncha o'z holicha saqlangan 15 . Zero, kimga oid bo'lishidan qat'i nazar "Devoni hikmat"dagi hikmatlarning asosi Ahmad Yassaviyning fikr - qarashlari, inonch - e'tiqodi va

10 Alisher Navoiy. Majolis un - nafois// Mukammal asarlar to'plami. 13-jild. Toshkent, 1997. B.: 163.

11 Qodirov P. Til va el. Toshkent , 2005, B.: 94.

12 Prof. Ord. Ko'prulu F. Turk edebiyatinda ilk mutatasavvilar. Ankara, 1991. S. 163.

13 O'sha manba. B.: 164.

14 Ahmad Yassaviy . Hikmatlar. (Nashrga tayyorlovchi I. Haqqul). Toshkent. G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 1991., -B. 23; Haqqul I. Oldingdan oqqan suvning qadri... // O'zbekiston adabiyoti va san'ati, 2004, 1 oktabr;Ochilov E. Har ne qilsang oshiq qilg'il... ; O'zR FA Sharqshunoslik institutidagi Xoja Ahmad Yassaviy hikmtlarining qo'lyozma katalogi. Turkiston. 2006.

15 Shayxzoda M. Asarlar. Olti jildlik. 5-jild. Toshkent, 1973. B.: 207; Maalev N. O'zbek adabiyoti tarixi. Toshkent, 1976. B.: 154; Eraslon K. Sochmalar. B.: 41; Haqqulov I.Ch. O'zbek tasavvuf she'riyatining shakllanishi va taraqqiyoti (g'oyaviylik, izdoshlik, obrazlar olami). DD. Toshkent, 1995. B.: 83-86.

yassaviylik tariqati qoidalaridan iborat. Davr o'tishi bilan tobora keng mintaqalarga tarqalgan hikmatlarning ma'no - mazmuni va til jihatidan o'zgarishlarga uchragani, turli ilovalar bilan boyib borgani tarixiy bir haqiqatdir. Ammo "Devoni hikmat" nomi bilan to'plangan bu hikmatlar o'zining g'oyaviy va mafkuraviy asosidan hech narsa yo'qotmagan, yassaviylikning barcha xususiyatlarini o'zida saqlab qolgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Saifnazarov Ismail. Ho'ja Ahmad Yassaviy turkiy xalqlarning ma'naviy-diniy allomasi. O'zbekiston - islom sivilizatsiyasi markazi ma'naviy-ma'rifiy, ilmiy-adabiy jurnal. T, B:84

2. Abdumalik Yoqub. "Haqdin o'zgani dema" . Muallif - tuzuvchi Z. Jo'raev. To'plam. G'oyiblar xaylidan yongan chiroqlar. T.: "O'zbekiston"

3. Haqqul I. Yassaviyshunoslik: o'tmish, bugun va istiqbol// Xoja ahmad Yassaviy: hayoti, ijodi va an'analari.

4. Abdullaev A. "Devoni hikmat"da yassaviya tariqati g'oyalari // "O'zbek tili va adabiyoti", 2005 yil, 6-son

5. Ahmad Yassaviy . Hikmatlar. Toshkent. G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 1991

6. Sulton I. Bahouddin Naqshband abadiyati, Toshkent, 1994, 2-son

7. Nodirxon Hasan.Ahmad Yassaviy va Amir Temur. //O'zbek tili va adabiyoti, 2008, 4-son

8. Alisher Navoiy. Majolis un - nafois// Mukammal asarlar to'plami. 13-jild. Toshkent, 1997.

9. Qodirov P. Til va el. Toshkent , 2005

10. Saifnazarov, I. S. (2023). Yassaviy merosi turkiy xalqlar ma" naviy hamjihatligini ta" minlovchi omil sifatida. Ilmiy xabarnoma. Seriya: Gumanitar tadqiqotlar, 3(71), 5-11.

11. Prof. Ord. Ko'prulu F. Turk edebiyatinda ilk mutatasavvilar. Ankara, 1991.

12. Ahmad Yassaviy . Hikmatlar.(Nashrga tayyorlovchi I. Haqqul). Toshkent. G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 1991., -B. 23; Haqqul I. Oldingdan oqqan suvning qadri... // O'zbekiston adabiyoti va san'ati, 2004, 1 oktabr; Ochilov E. Har ne qilsang oshiq qilg'il... ; O'zR FA Sharqshunoslik institutidagi Xoja Ahmad Yassaviy hikmatlarining qo'lyozma katalogi. Turkiston. 2006.

13. Shayxzoda M. Asarlar. Olti jildlik. 5- jild. Toshkent, 1973. B.: 207; Maalev N. O'zbek adabiyoti tarixi. Toshkent, 1976. B.: 154; Eraslon K. Sochmalar. B.: 41; Haqqulov I.Ch. O'zbek tasavvuf she'riyatining shakllanishi va taraqqiyoti (g'oyaviylik, izdoshlik, obrazlar olami). DD. Toshkent, 1995.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.