Научная статья на тему 'XOHISH-ISTAK MAYLINI SHAKLLANTIRUVCHI VOSITALAR FRANSUZ TILI MIQIYOSIDA'

XOHISH-ISTAK MAYLINI SHAKLLANTIRUVCHI VOSITALAR FRANSUZ TILI MIQIYOSIDA Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
258
22
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XOHISH-ISTAK MAYLINI SHAKLLANTIRUVCHI VOSITALAR FRANSUZ TILI MIQIYOSIDA»

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 4, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

XOHISH-ISTAK MAYLINI SHAKLLANTIRUVCHI VOSITALAR FRANSUZ TILI

MIQIYOSIDA

Kamolov Og'abek Hatam o'g'li

Samarqand davlat chet tillar instituti 3-bosqich talabasi Raxmatov Erali Xabibullayevich Ilmiy rahbar, Samarqand davlat chet tillar instituti o'qituvchisi

Annotatsiya: Til tarkibining asosiy qismini fe'l so 'z turkumi egallaydi. Fe'lning gapda ifodalayotgan ma'nosi makon va zamon oralig'ida yuz berayotgan ish harakatni ko'rsatadi. Harakat va holat fe'llarining gapga qanaqa ma'no berishi uning zamon, shaxs-son va mayl shakllaridan anglashilinadi. Bizga ma'lumki, har bir zamon va mayl shakllarining yasalishiga xizmat qiladigan vositalar, turli xil qo'shimchalar gapga ma'no yuklaydi. Fransuz tilida subjonctif (xohish-istak) maylining yasalishi uchun ham turli xil vositalar gapda faol qatnashadi. Bunday vositalarning gapda qo'llanishi nutqning jozibadorligini oshirishda va tinglovchiga ifodalamoqchi bo'lgan hissiyotni aniq namayon qilishda yordam beradi. Bu kabi birliklar til sathida ko'p uchramaydigan va biz kundalik nutqimizda faol ishlatilnmaydigan vosita sifatida qaraladi, ammo badiiy asarlarning bu vositalarsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Ilmiy ishdan ko'zlangan maqsad subjonctif (xohish-istak) zamoni bilan birgalikda ishlatiladigan vositalarni qo'llanish o'rni va vazifalarini yoritib berishga qaratilgan.

Kalit so'zlar: le subjonctif (xohish-istak mayli), Le présent du subjonctif (hozirgi zamon xohish-istak mali), ergashgan qo'shma gaplar, les verbs impersonnels (shaxssiz fe'llar), les

locution (iboralar).

https://doi.org/10.5281/zenodo.7513797

Yer yuzidagi jamiyki tillar sathining mukammal shakllanishi til evolutsiyasida qaror topgan va biz ifodalamoqchi bo'lgan his-tuyg'ularni o'zida mujassam qilgan til birliklari bilan bog'liq holda o'zgarib, sayqallanib boradi. Til sathida ma'lum bir o'zgarish yoki qardosh tillarda uchraydigan birlik, grammatik shakl va ba'zi qo'shimchalarning bir til tizimida yuzaga chiqishi qisqa muddatda sodir bo'lmaydi ya'ni tilning integrallashishi uchun yillar, hattoki asrlar talab qilinadi. Fransuz tili Roman tillari oilasining asosiy bir bo'g'ini hisoblanib, bu tilning shakllanishi eramizdan oldingi asrlarga borib taqalashini va yaqin o'tmishdagi fransuz tili bilan hozirgi frasuz tilining o'rtasida farqli tafovutning o'ta yuqori emasligini ko'rishimiz mumkin. Bundan xulosa qilishimiz mumkinki, tashqi omillarning til sistemasiga ta'siri yillar mobaynida o'z aksini ko'rsatadi. Til etimologiyasiga to'xtaladigan bo'lsak, G'arbiy Yevropa mamlakatlarida savdo-sotiq, iqtisodiyot, xalqaro aloqalar juda tez rivojlanganini va buning ta'sirida til tarixida ko'plab o'zgarishlar yuzaga chiqqanini ko'rishimiz mumkin.

Fransuz tilida bir qancha mayl shakllari mavjud bo'lib, aniqlik, buyruq, xohish-istak va shart mayllari kabi turlarga bo'linadi. Har bir shakl yasalishining o'ziga xos xususiyatlari mavjud bo'lib, har bir birlik turli xil ma'nolarni ifodalashga yordam beradi. Masalan, aniqlik

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 4, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

mayli bajarilayotgan ish-harakatga bo'lgan munosabat, xabar va darak ma'nolarini bildiradi, shart mayli esa bajarilayotgan harakatga shartlilik ma'nolarini yuklaydi, buyruq mayli esa undov, chaqiriq va undash ma'nolarini yuklasa, xohish-istak mayli esa amalga oshirilayotgan harakatga xohish, istak, shubha va gumon kabi ma'nolarini yuklashga xizmat qiladigan birliklar hisoblanadi. Bu kabi vositalarning til tarkibida ko'plab uchrashi til sathini boyitadi, jozibador qiladi. Ko'pchilik olimlarning fikricha bu kabi birliklar tilning murakkablashishiga va muloqotdan tushib qolishiga sabab bo'lishi haqida fikr bildirishgan. Bunga istisno tariqasida yozuvchilar bu kabi birliklar tilning ko'rkamligini oshirishda va badiiy asarlarning asosiy manbasi sifatida ko'rsatishadi.

Subjonctif (xohish-istak) mayli aniq natijani ifodalashga xizmat qiladigan aniqlik maylidan farqli ravishda biror bir kishining o'zigagina xos bolgan maylini va aytilayotgan nutqda shaxsiy munosabatini ifodalaydi va nutq so'zlayotgan shaxsning aql-idrokidagi harakatni namoyon qiladi. Subjonctif mayli ko'pincha ergashgan qo'shma gaplar tarkibida qo'llanadi. Bu mayl to'rtta zamon shakliga ega: le présent va l'imparfait kabi sodda va le passé va le plus-que-parfait kabi qo'shma zamonlarni o'z ichiga oladi.

Le présent du subjonctif hozirgi yoki kelasi zamon ma'nosidagi harakatni ifodalaydi;

- Il est mécontent que vous nous quittiez si vite.

- Il faut que tu ailles à l'école pour étudier.

Subjonctif mayli murakkab ergashgan qo'shma gaplarda istak, iltimos, zaruriyat va ruxsat kabi ma'nolarga bog'liq bo'lgan barcha fikrlar va xohishni ifodalovchi fe'llardan so'ng qo'llaniladi. Bu kabi fe'llarga quyidagilarni misol keltirish mukin: Voulvoir- xohlamoq préférer- yoqtirmoq

Souhaiter- tilamoq aimer- yaxshi ko'rmoq

Avoir besoin- muhtoj bo'lmoq souffrir- azoblanmoq Ushbu fe'llarning ishlatilishini quyidagi misollar orqali keltirib o'tamiz:

- Je n'aimerais pas qu'il devienne acteur.

- J'insiste pour que vous le fassiez tout de suite.

- Elle déteste qu'on se mêle de ses affaires.

Shu bilan bir qatorda subjonctif mayli shodlik, g'amginlik, o'kinish, hayratlanish, jahl va qo'rquv kabi hissiyotni ifodalaydigan iboralar yoki fe'llardan keyin ham ishlatilishi mumkin. Asosiy hissiyot ifodalaydigan ibora va fe'llar quyidagilar: être content être heureux,

être ravi être faché

Se réjouir être chagrine

être désolé être irrité

Bu kabi misollarni ko'plab keltirishimiz mumkin. Shu bilan bir qatorda bu birliklar subjonctif maylining o'ziga xos xususiyatlaridan biri hisoblanib, tilning jozibadorligiga o'z hissasini qo'shadi. Bu iboralardan foydalanish o'ziga yarasha qiyinchilik talab qiladi. Ushbu birkmalarning ishlatilishini qo'yidagi misollarda ko'rishimiz mumkin:

- Il est irrité que tu le contredises à tout propos.

- Je suis ravi que vous acceptiez de nous accompagner.

- Je suis très touché que vous vouliez vous occuper vous de mon affaire.

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 4, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Xohish-istak maylini ko'pgina zaruriyat, hissiyot, shubha va imkoniyatni ko'rsatadigan shaxssiz ibora va fe'llardan so'ng ham qo'llanishini uchratish mumkin. Nutqimizda ko'p ishlatiladigan va gapda o'zidan keyin subjonctifni talab qiladigan ushbu iboralar murakkab ergashgan qo'shma gaplarni hosil qiladi. Bu kabi birliklardan bir nechtasini sanab o'tishimiz mumkin:

Il faut que II est important que

Il vaut mieux que il est utile que

Il est possible que il est douteux que

Ushbu iborlarning qo'llanishini quyidagi misollarda ko'rish mumkin:

- Il est desirable que tu lises advantage.

- Il est bon que tu le retienne une fois pour toutes.

- Il est grand temps que vous parties.

- Il faut que je te voie ce soir.

Bunday birliklarni til sathida ko'plab uchratish mukin, lekin bu iboralarning nutqda qo'llashda bir qancha qiyinchiliklar yuzaga keladi. Bu kabi birlikni nutqda ishlatish uchun mayllar kategoriyasini grammatik jihatdan yetarlicha tahlil qilib, o'rganish talab qilinadi. G'arb tilshunosligida o'z o'rniga ega bo'lgan - fransuz tilini o'rganishga bo'lgan e'tibor yil sayin ko'tarilib, til ravnaqiga o'z hissasini qo'shayotgan ko'pgina tilshunos olimlarning haraklari natijasi yetarlicha qo'llanma va darsliklarning turli tillarga tarjimasi talaba-yoshlar uchun juda keng imkoniyatni paydo qilmoqda. Buning ustiga ko'plab yosh tadqiqotchi olimlar til o'rganishning osonlashtiruvchi ko'pgina metod va usullarni ommaga taqdim etishmoqda. Bunday imkoniyatlardan to'g'ri va oqilona foydalanish til sistemasida uchraydigan ko'plab qiyinchiliklarni bartaraf etishga yordam beradi, xususan xohish-istak maylining nutqda qo'llashining ko'pgina oson yo'llarini o'rganuvchi yoshlarga taqdim etadi. Bundan xulosa qilishimiz mumkinki, til sathi doim o'zgarishda, tur xil ta'sirlar va iqtisodiy aloqalar tufayli yanada sayqal topib, rivojalishda davom etadi. Shu sababli til ijtimoiy hodisa bo'lib hisoblanadi.

1. A. E. Mamatov, M. M. Mirxoliqov, A. S. Asqarov, Fransuz tilining amaliy grammatikasi, Toshkent-2015.

2. Bayram Balci, dictionnaire français-ouzbek, Toshkent 2008.

3. L. E. Mallina, O'. Turniyozov, Grammaire française, "O'qituvchi" nashriyoti, 1978.

4. S. X. Yoqubova, O. M. Po'latova, Fransuz tilidan 14 ta dars, G'afur G'ulom nashriyoti, Toshkent 2000.

5. Z. Abdushukurova, H. Yusupova, M. Nichanov, Le nouvel voyage en France, Toshkent «O'zbekiston» 2014.

6. Z. Davronova, E. Xudayberganova, F, Badalov, D. Otamurodova, G'. Masharibov, V. Nazarova, Méthode de français, G'afur G'ulom nashriyoti, Toshkent 2000.

7. Antoine de Saint-Exupéry, Le Petit Prince, édition de "Ebooks libres et gratuits",

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1943.

JOl R\A L-RESEA RCHS. COM

I

69

JANUARY, 2023

I

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.