Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
XIZMAT KO'RSATUVCHI KORXONALARNING QISHLOQ XO'JALIGI MAHSULOTLARI YETISHTIRISHGA TA'SIRI
Gulhayo Dilshod qizi Dilshodova
TDAU Samarqand filiali magistranti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi fermer xo'jaliklariga xizmat ko'rsatuvchi korxonalarning ta'siri yillar bo'yicha tahlil qilingan.Qishloq xo'jalik ekinlaridan mo'l hosil olish va uni sotishda qishloq xo'jaligiga xizmat ko'rsatuvchi korxonalarning ahamiyati katta. Iqtisodiyotni erkinlashtirish bosqichida fermer xo'jaliklarini rivojlantirishda moddiy-texnika ta'minot tizimi, ilmiy-texnika taraqqiyoti va intensivlashtirish qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida hal qiluvchi omildir.
Kalit so'zlar: xizmat ko'rsatuvchi korxonalar, yoqilg'i ta'minoti, kimyo xizmati, bank xizmati.
ABSTRACT
In this article, the impact of enterprises providing services to farms producing agricultural products is analyzed by years. Enterprises providing agricultural services are of great importance in getting abundant harvest from agricultural crops and selling it. Material and technical supply system, scientific and technical progress and intensification are decisive factors in the development of farms at the stage of economic liberalization.
Keywords: service enterprises, fuel supply, chemical service, banking
service.
Kirish. Mamlakatimiz iqtisodiyotida qishloq xo'jaligi tarmog'ining ahamiyati juda katta. Chunki respublikamiz aholisining yarmi qishloq joylarda istiqomat qiladi va ularning turmush farovonligi mazkur tarmoq rivoji bilan uzviy bog'liqdir. Qishloq xo'jaligi tarmog'ini aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan hamda sanoatning ayrim sohalarini hom-ashyo bilan ta'minlashda muhim ahamiyatga ega.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek, "Qishloq xo'jaligini diversifikatsiya qilish, yer-suv resurslaridan yanada oqilona foydalanish, ekspertbop mahsulotlar yetishtirish
May 12-13
502
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
orqali dehqonlarning daromadini oshirish borasida olib borayotgan tizimli ishlarimiz ham asta-sekin o'z samarasini bermoqda".
Bozor munosabatlarini shakllantirish jarayonida qishloq xo'jaligini isloh qilish asosida fermerlar mehnatining nufuzini oshirish, oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojlarni qondirish, mamlakatimiz qishloq joylarida aholi uchun qulay ish va turmush shart-sharoitlarini yaratish muammolarini hal etish bugungi kunning eng muhim masalalaridan biri hisoblanadi.
Qishloq xo'jalik ekinlaridan mo'l hosil olish va uni sotishda qishloq xo'jaligiga xizmat ko'rsatuvchi korxonalarning ahamiyati katta. Iqtisodiyotni erkinlashtirish bosqichida fermer xo'jaliklarini rivojlantirishda moddiy-texnika ta'minot tizimi, ilmiy-texnika taraqqiyoti va intensivlashtirish qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida hal qiluvchi omildir. Qishloq xo'jaligini intensivlashtirish ishlab chiqarish qurollari takomillashuvi, xizmat ko'rsatish sohalarini rivojlantirish va jonli mehnat hissasini kamaytirish evaziga ulardan samarali foydalanishni taqozo etadi.
Qishloq joylarda qishloq xo'jaligiga xizmat ko'rsatish sohasining yaxshi rivojlanmaganligi, o'z navbatida, qishloq joylardagi ishsizlik darajasiga, qishloq aholisining turmush sharoitiga, fermer xo'jaliklari yetishtiradigan mahsulot sifati ga va hosildorligiga tasiri yuqoriligidan kelib chiqib, xizmat ko'rsatish va servis sohasini rivojlantirish.
Qishloq joylarda qishloq xo'jaligiga xizmat ko'rsatish sohasining yaxshi rivojlanmaganligi, o'z navbatida, qishloq joylardagi ishsizlik darajasiga, qishloq aholisining turmush sharoitiga, fermer xo'jaliklari yetishtiradigan mahsulot sifatiga va hosildorligiga yuqori tasir ko'rsatmoqda.
Qishloq xo'jaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchi fermer va dehqon xo'jaliklari, suv xo'jaligi tizimidagi irrigatsiya va melioratsiya xizmati ko'rsatuvchi tashkilotlar bilan bevosita ish olib boruvchi viloyat qishloq va suv xo'jaligi boshqarmalari va tuman bo'limlari esa asosan ishlab chiqarish va xo'jalik faoliyati jarayonlariga jalb etilgan bo'lib, tizimda innovatsiyalarni joriy etishga zarur darajada e'tibor bermayapdilar.
Hozirgi sharoitda innovatsion faoliyat qishloq xo'jaligini rivojlantirishning asosiy omili hisoblanadi. Mazkur omildan imkon qadar ko'proq foydalanish mamlakatimizda agrosanoat majmuining barqaror rivojlanishini ta'minlashning yagona yo'lidir. Ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar jadallashib, jahon iqtisodiyotining globallashuvi kuchayib borayotgan sharoitda mamalakatimiz qisqa muddatda qishloq xo'jaligini rivojlantirishning innovatsion
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
yo'liga jadal o'tishni amalga oshirishi, iqtisodiyotning ushbu strategik ahamiyatga ega bo'lgan tarmog'ini zamon talablariga javob beradigan sifat jihatdan yangi texnik-texnalogik asosda tiklashi lozim. Aks holda qishloq xo'jaligi tarmog'i rivojlanishdan ortda qoladi va o'zining raqobatbardoshliligini ta'minlay olmaydi.
Materiallar va usullar. Ushbu maqola O'zbekiston Respublikasi Samarqand viloyati Payariq tumani qishloq xo'jaligi xizmatlarini ko'rsatuvchi korxona va tashkilotlari faoliyati natijalariga asoslangan. Tadqiqotda Samarqand viloyati Payariq tumanidagi fermer xo'jaliklariga xizmat ko'rsatuvchi korxonalar faoliyati 2007-2020-yillar kesimida taqqoslandi. Ushbu maqolani yoritishda Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi, Iqtisodiyot, Davlat vazirliklarining statistik materiallaridan foydalanamiz.
Olingan natijalar va ularning tahlili. Fermer xo'jaliklarida qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni oshirishda ishlab chiqarish omillaridan tashqari ularga xizmat ko'rsatishni ham takomillashtirish muhim masalalardandir. Respublikada fermer xo'jaliklari samarali ishlashi uchun zarur xizmat ko'rsatuvchi infratuzilma-agrofirmalar, mashina-traktor parklari, ta'mirlash ustaxonalari, tayyorlov punktlari, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi kichik korxonalar, veterinariya xizmatlari, bank xizmatlari, kimyo xizmatlari, yoqilg'i xizmatlari tizimi shakllangan (Z.T.Gaibnazarova, Sh.A.Isamuxametov "Iqtisodiyot nazariyasi", Tosh. 2020 yil.254-bet). Quyidagi jadvalda fermer xo'jaliklariga xizmat ko'rsatuvchi korxonalarning ayrimlari, bank, kimyo, yoqilg'i xizmati faoliyatini tahlil qilib ko'ramiz.
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
1-rasm. Fermer xo'jaliklari va qishloq xo'jaligi xizmatlari ko'rsatuvchilarning
dinamik o'zgarishlari Manba: O'zbekiston Respublikasi Samarqand viloyati Qishloq va suv xo'jaligi
boshqarmasining yillik statistik hisobot
1-rasmda bank xizmatlari va kimyo xizmatlari qiymati 2020-yilda 2007-yilga nisbatan o'sganligini, yoqilg'i ta'minoti xizmati qiymati esa 2020-yilda 2007-yilga nisbatan kamayganligini ko'rishimiz mumkin. Bundan tashqari 2012-yilda kimyo xizmati ko'rsatuvchi korxonalar qiymati, 2013-yilda esa bank xizmatlari eng yuqori bulgan. 2016-yilda yoqilg'i ta'minoti xizmati juda yuqori bo'lgan.
Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirishni yuqori darajaga ko'tarish uchun xizmat ko'rsatish korxonalari faoliyatining sifatini yaxshilash, xizmat ko'rsatish korxonalarini takomillashtirish zarur. Sifatli qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishda vaqtida ko'rsatilgan xizmatlarning o'rni alohida. Qishloq xo'jaligiga xizmat ko'rsatuvchi korxonalar sifatining yaxshilanishi qishloq xo'jaligining tarmoqlararo aloqasini ham yaxshilaydi.
REFERENCES
1. Z.T.Gaibnazarova, Sh.A.Isamuxametov "Iqtisodiyot nazariyasi", Tosh. 2020 yil.254-bet.
2. Murtazaev O. et al."Service provision and development in agriculture",
3. Sh. Shodmonov, U. G'afuruv "Iqtisodiyot nazariyasi" Toshkent- "Fan va texnologiya"-2005
4. http://.stat.uz
5. Saydullaeva, F. (2023). Innovative Solutions to Increase Dietary Diversity of Rural Households. American Journal of Agricultural Science, Engineering, and Technology, 7(2), 16-20. https://doi.org/10.54536/aiaset.v7i2.1552
6. Muratov, S. (2022). The Role of Innovations in the Activities of Tomorka Farms in Samarkand Region. American Journal of Agricultural Science, Engineering, and Technology, 6(3), 135-141. https://doi.org/10.54536/aiaset.v6i3.965
7. ] Хусниддин Абдимуминович Пардаев, Шавкат Турсункулович Хдсанов, and Шукрулло Абдурайимович Муратов. "ПОМИДОР
ИШЛАБ ЧЩАРИШ ЗАНЖИРИДА СУБЪЕКТЛАР БИЛАН
XULOSA
May 12-13
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introduci^g^mart^griculture in Uzbekistan
Volume 4 | SamTSAU Conference | 2023
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishningnazariyva amaliy asoslari
jy
H^THCOAHH MYHOCAEATnAPHHH PAFEAT.HAHTHPHm HmftAPH" Academic research in educational sciences, vol. TSAU, no. Conference , 2022, pp. 125-136.
May 12-13
506