Научная статья на тему 'XIZMAT KO‘RSATISH SOHASNI RIVOJLANTIRSHDA DAVLAT TOMONIDAN QO‘LLAB QUVVATLASH MEXANIZMNI TAKOMILLASHTRISH'

XIZMAT KO‘RSATISH SOHASNI RIVOJLANTIRSHDA DAVLAT TOMONIDAN QO‘LLAB QUVVATLASH MEXANIZMNI TAKOMILLASHTRISH Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
xizmat ko‘rsatish / iqtisodiyot / biznes / mexanizmlar / subsidiyalar. / service / economy / business / mechanisms / subsidies.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Ergashev X.X., Xabubullayev A.X.

Ushbu maqolada bugungi kunda davlat tomonidan iqtisodiyot soha va tarmoqlarida berilyotgan yordam natijalari, ularning korxonalar faoliyatidagi o‘rni va ahamiyati yoritib berilgan. Ayniqsa, xizmat ko‘rsatish sohasni rivojlantirshda davlat tomonidan qo‘llab quvvatlash mexanizmni takomillashtirish bo‘yicha muallif tomonidan xulosa va takliflar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVING THE GOVERNMENT SUPPORT MECHANISM FOR THE DEVELOPMENT OF THE SERVICE SECTOR

In this article, the results of the assistance provided by the state in economic sectors and sectors, their role and importance in the activities of enterprises are highlighted. In particular, the author has developed conclusions and suggestions on improving the mechanism of state support in the development of the service sector.

Текст научной работы на тему «XIZMAT KO‘RSATISH SOHASNI RIVOJLANTIRSHDA DAVLAT TOMONIDAN QO‘LLAB QUVVATLASH MEXANIZMNI TAKOMILLASHTRISH»

Ergashev X.X.

SamlSI, "Boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobi va audit" kafedrasi dotsenti, i.f.n.

Xabubullayev A.X.

SamISI mustaqil izlanuvchisi

XIZMAT KO'RSATISH SOHASNI RIVOJLANTIRSHDA DAVLAT TOMONIDAN QO'LLAB QUVVATLASH MEXANIZMNI TAKOMILLASHTRISH

Annotatsiya. Ushbu maqolada bugungi kunda davlat tomonidan iqtisodiyot soha va tarmoqlarida berilyotgan yordam natijalari, ularning korxonalar faoliyatidagi o'rni va ahamiyati yoritib berilgan. Ayniqsa, xizmat ko'rsatish sohasni rivojlantirshda davlat tomonidan qo 'llab quvvatlash mexanizmni takomillashtirish bo 'yicha muallif tomonidan xulosa va takliflar ishlab chiqilgan.

Kalit so 'zlar: xizmat ko 'rsatish, iqtisodiyot, biznes, mexanizmlar, subsidiyalar.

Ergashev Kh.Kh. associate Professor

Department of "Accounting and Auditing in Other Sectors"

SamIES Khabubullaev A.Kh. independent researcher SamIES

IMPROVING THE GOVERNMENT SUPPORT MECHANISM FOR THE DEVELOPMENT OF THE SERVICE SECTOR

Abstract. In this article, the results of the assistance provided by the state in economic sectors and sectors, their role and importance in the activities of enterprises are highlighted. In particular, the author has developed conclusions and suggestions on improving the mechanism of state support in the development of the service sector.

Key words: service, economy, business, mechanisms, subsidies.

Bugungi kunda aholining farovon va qulay sharoitda hayot kechirishlari uchun xizmatlar sohasida bir qator qulayliklar ta'minlab berilmoqda. Natijada mamlakatimizning qishloq joylarida servis infratuzilmasining rivojlanishi evaziga qishloq aholisining yashash tarzi shahar aholisining yashash tarziga yaqinlashmoqda.

Bugungi kun zamon talablaridan kelib chiqib, sohani rivojlantirish maqsadida, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 maydagi

"Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-5113-sonli Qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga ko'ra xizmatlar sohasining mamlakatimiz iqtisodiyotidagi ulushini ko'paytirish, joylarda xizmatlar sohasidagi mavjud imkoniyatlarni to'liq ishga solish, xizmatlar turlarini kengaytirish va sifatini oshirish bo'yicha o'z yechimini kutayotgan muammoli masalalarni hal qilish, mazkur yo'nalishda tadbirkorlik subyektlarini yanada qo'llab-quvvatlash, ularning g'oya va tashabbuslarini rag'batlantirish masalari dolzarblikni belgilab beradi.

Xizmatlar ko'rsatish va servis sohasini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan dasturlar va chora-tadbirlar natijasida sohaning YAIMdagi ulushi sezilarli darajada o'sdi. Ushbu ko'rsatkich 2011 yilda 50,5 % ni tashkil etgan bo'lsa bugungi kunda 54,5% ni tashkil etishi kutilmoqda. Sohada band bo'lganlar bugungi kunda jami band aholining 50% dan ortig'ini tashkil qiladi.

Bugungi kunda faoliyat yuritayotgan kichik biznes subyektlarining 80,4 mingtasini yoki 81%i aynan xizmat ko'rsatish sohasida faoliyat yuritmoqda. Respublika bo'yicha sohada faoliyat yuritayotgan 2 mingdan ortiq korxonalar dastur doirasida begilangan imtiyozlardan foydalanmoqda.

Dasturlarni amalga oshirish hisobiga jami xizmatlar xajmi 1,7 barobar, aholi jon boshiga xizmatlar esa 1,6 barobarga oshgan. Sohada rivojlanishning asosiy yuqori suratlari moliya, qurilish, sog'liqni saqlash, aloqa va axborotlashtirish, kompyuterda dasturlash, qishloq xo'jaligi texnikalariga texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash hamda maishiy xizmatlarida kuzatiladi.

Alohida shuni ta'kidlab o'tish lozim, soha o'sishiga ta'sir ko'rsatayotgan asosiy omillardan biri bu kichik biznes sohasiga yaratib berilayotgan qulayliklar, imkoniyatlar, qulay investitsion iqlim hamda tijorat banklari tomonidan ajratilayotgan kredit mablag'lari hisoblanadi.

Jahon tajribasidan ma'lumki, xizmat ko'rsatish sohasida kam xarajat bilan tez muddatda biznesni yo'lga qo'yish, daromadlarining real o'sishini ta'minlash hamda yangi ish o'rinlarini boshqa tarmoqlarga nisbatan ko'proq tashkil etish mumkin.

Yangi O'zbekistonning iqtisodiy rivojlanish bosqichida xizmatlar sohasini jadal rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Jumladan, 2022-yilda qabul qilingan "Xizmatlar sohasini qo'llab-quvvatlashga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" gi Prezident qarori sohada kichik korxonalar va mikrofirmalarni imtiyozli kreditlash, imtiyozli soliq stavkalarini joriy etish, yangicha xizmat turlarini tashkil etish yuzasidan infrastrukturalarni yaxshilash hamda tadbirkorlarni moliyaviy qo'llab-quvvatlash orqali xizmatlar xajmini yanada kengaytirish uchun rag'bat bo'lmoqda. Olib borilgan chora-tadbirlar natijasida yalpi ichki mahsulot hajmi joriy yilning I yilligida 469,6 trln. so'mni tashkil etib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan 5,6 foizga o'sdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko'ra, YAIM tarkibida katta bo'lmagan o'zgarishlar kuzatilgan bo'lsada, YAIM (YAQQ) tarkibida xizmatlar sohasining ulushi 44,1 % dan 47,1 % ga oshganini ko'rishimiz mumkin.

YAIMning boshqa tarmoqariga nazar tashlaydigan bo'lsak, jumladan, qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligining ulushi 20,9 % dan 20,1 % ga, sanoatning ulushi 28,0 % dan 26,3 % ga, qurilish tarmog'ining ulushi 7,0 % dan 6,5 % ga kamaydi.

Ushbu YAIMda tarmoqlarning yalpi qo'shilgan qiymatlarining hajmi 444,4 trln so'm bo'lib, tarmoqlar kesimida quyidagicha ulushni tashkil etadi. Yuqoridagi raqamlarga asosan, iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha YAIMda eng yuqori ulush xizmatlar sohasida o'z ifodasini topmoqda. Joriy yilning o'tgan 8 oyida tarmoqlar kesimidagi o'sish ko'rsatkichlari 2022-yilning mos davriga nisbatan o'zgarishlari quyidagicha aks etgan:

• xizmat ko 'rsatish sohasi + 58,7 trln so 'mga;

• qishloq, o 'rmon va baliqchilikxojaligi +12,9 trln so'mga;

• sanoat sohasi +12,6 trln so 'mga;

• qurilish sohasi + 3,3 trln so'mga oshgan.

Iqtisodiy tarmoqlarda xizmatlar sohasining o'sish sur'ati yuqori bo'lganligi sababli, ushbu sohadagi o'zgarishlar hamda rivojlanishlar kelgusida ham yanada o'sishi prognoz qilinmoqda.

Xizmatlar sohasi o'sish tendensiyasi-davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyat va sharoitlardan oqilona foydalanish bilan birgalikda, sohaga keng qamrovda tadbirkorlarni jalb qilish va bu orqali aholi bandligini ta'minlash kabi muhim ahamiyat kasb etuvchi omillar yotadi.

Xulosa qilib aytganda, xizmatlar hajmining o'tgan yillarga nisbatan jadal o'sib borishi aholi jon boshiga ko'rsatilgan xizmatlar xajmining yuqori o'sishishiga hamda aholi daromadlarining ko'payishiga sabab bo'lmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan vazifa va topshiriqlarning ijrosini ma'sullar tomonidan o'z vaqtida samarali bajarilishi orqali maqsadli parametr ko'rsatkichlariga erishish natijasida aholi bandligini ta'minlash bilan bir qatorda, yangi xizmat turlarini joriy qilish, shuningdek aholi jon boshiga ko'rsatiladigan xizmatlar hajmini hamda tadbirkorlik subyektlarining sonini oshishiga sabab bo'lmoqda.

Bu orqali jamiyatimizning yashash tarzi yaxshilanib, ularning turmush darajasiga ijobiy ta'sir ko'rsatish imkoniyatlar yaratilmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 16 iyundagi "Xizmatlar sohasini qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4752-son qarori.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 1 maydagi "Hududlarni ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirishni reyting baholash tizimini joriy etish to'g'risida"gi PQ-4702-son qarori.

3. Jiyanova N.E, Umarova A.I. O'zbekiston respublikasi hududlarining innovatsion rivojlanishini takomillashtirish yo'llari // 2022 yil. Toshkent.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.