Научная статья на тему 'XIZMAT KO’RSATISH SOHASIDA KICHIK KORXONALAR RAQOBATBARDOSHLIGI VA UNGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR TAHLILI'

XIZMAT KO’RSATISH SOHASIDA KICHIK KORXONALAR RAQOBATBARDOSHLIGI VA UNGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
28
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
xizmat ko’rsatish / kichik biznes / raqobat / tahlil. / service / small business / competition / analysis.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Abduvohidova Gulshan Akmalovna

Ushbu maqolada bugungi kunda mamlakatimizda xizmat ko’rsatish sohasining o’ziga xos xususiyatlari, unda kichik biznesning o’rni va uning o’ziga xos xususiyatlari muallif tomonidan ochib berilgan. Qolaversa, xizmat ko’rsatish sohasida kichik korxonalar raqobatbardoshligi va unga ta’sir etuvchi omillar tahlili bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In this article, the special features of the service sector in our country today, the role of small business in it and its specific features have been revealed by the author. In addition, proposals and recommendations were developed on the analysis of the competitiveness of small enterprises in the service sector and the factors affecting it.

Текст научной работы на тему «XIZMAT KO’RSATISH SOHASIDA KICHIK KORXONALAR RAQOBATBARDOSHLIGI VA UNGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR TAHLILI»

XIZMAT KO'RSATISH SOHASIDA KICHIK KORXONALAR RAQOBATBARDOSHLIGI VA UNGA TA'SIR ETUVCHI OMILLAR

TAHLILI

Abduvohidova Gulshan Akmalovna

SamISI, "Menejment" kafedrasi o'qituvchisi e-mail: gulshanabduvohidova@gmail .com

Annotatsiya. Ushbu maqolada bugungi kunda mamlakatimizda xizmat ko'rsatish sohasining o'ziga xos xususiyatlari, unda kichik biznesning o'rni va uning o'ziga xos xususiyatlari muallif tomonidan ochib berilgan. Qolaversa, xizmat ko'rsatish sohasida kichik korxonalar raqobatbardoshligi va unga ta'sir etuvchi omillar tahlili bo'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: xizmat ko'rsatish, kichik biznes, raqobat, tahlil.

Abstract. In this article, the special features of the service sector in our country today, the role of small business in it and its specific features have been revealed by the author. In addition, proposals and recommendations were developed on the analysis of the competitiveness of small enterprises in the service sector and the factors affecting it.

Key words: service, small business, competition, analysis.

Xizmat ko'rsatish sohasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi o'z mazmuniga ko'ra turmush farovonligi va uning sifatini oshirish, zamonaviy tarmoqlarning shakllanishi bilan bog'liq bo'lgan inson resurslarini rivojlantirish uchun maqbul shart-sharoitlarni yaratish, mehnat taqsimotining nisbatan yuqori darajasini ta'minlash bo'yicha xo'jalik faoliyatining turli yo'nalishlarini qamrab oladi.

Kichik korxonalar ko'plab mamlakatlar milliy iqtisodiyotida muhim o'rin egallaydi. Chunki, kichik korxonalar yangi ish o'rinlarini yaratish bilan birga barqaror iqtisodiy o'sishga ham zamin yaratadi. Dunyoning ko'plab mamlakatlarida joylashgan kompaniyalarning qariyb 90%i aynan kichik biznes subyektlari hissasiga to'g'ri keladi. Shuningdek, ish bilan band aholining asosiy qismi shu sohada band. Shuning uchun ham kichik korxonalarning raqobatbardoshligini oshirish, ularning barqaror rivojanishi uchun shart-sharoitlar yaratish hudud iqtisodiyotining oldiga qo'ygan asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishning asosiy omillaridan biri innovatsiyalardir. Innovatsion texnologiyalar yordamida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini chuqur qayta tuzish va ish unumdorligini yanada oshirish mumkin. Ma'lumki, bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi nafaqat milliy iqtisodiyotning o'sish sur'atlarini jadallashtirishda, balki bugungi kun uchun dolzarb hisoblangan aholini ish bilan ta'minlash va turmush darajasini oshirish masalalarini hal etishda ham etakchi o'rin tutmokda.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida viloyatimizning xizmatlar sohasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko 'rsatilgan xizmatlar hajmi 7 725,1 mlrd so'mni, viloyatning umumiy hajmidagi ulushi 58,2 %ni tashkil etgan.

2022-yilning tegishli davri bilan taqqoslaganda, kichik tadbirkorlikning xizmat ko'rsatish hajmi 12,3 %ga o'sgan. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining yuqori ulushi ijara (98,6 foiz), savdo (94,4 foiz), yashash va ovqatlanish (93,1 foiz), transport (90,9 foiz), ko'chmas mulk bilan bog'liq xizmatlar (89,2 foiz) yo'nalishlarida qayd etilgan.

O'zbekiston milliy iqtisodiyotini rivojlantirishda kichik va o'rta korxonalarning o'rni juda muhimdar. Shu sababdaan korxonalarning raqobatdoshligini oshirishga doir muammolar o'rganilib zarur chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. "Buyuk Kelajak" xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan 2019-yil 18-fevralda qabul qilingan "O'zbekiston Respublikasining 2035-yilgacha rivojlanish Strategiyasining konsepsiyasi"1da ham kichik korxonalarni rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash asosiy vazifalardan biri sifatida keltirilgan

Korxona raqobatbardoshligini o'rganishda avvalo, Maykl Porterning tadqiqot ishlari muhim ahamiyat kasb etib, uning "Raqobat strategiyasi" nomli qo'llanmasida sohalar tahlili va korxonaning raqobatdoshligini oshiruvchi turli xil strategiyalar keltirilgan. Shuningdek, xalqaro bozorlarda foydalaniladigan raqobat strategiyalari atroflicha yoritib berilgan. Bundan tashqari P.Kotler, K.Keller, A. Gal, Ch.Attila va A.Zaxarov ilmiy izlanishlarida korxona raqobatbardoshligiga ta'sir etuvchi ichki va tashqi muhit omillari tahlil qilingan.

Korxonaning faoliyatida albatta ichki muhit omillaridan tashqari tashqi muhit muhim rol o'ynaydi. Chunki, kichik korxona uchun ijtimoiy omillar: aholining tarkibi, tuzilishi; madaniyati, urf-odatlari, yashash tarsi; texnologik omillar: ITTKI xarajatlari, innovatsiyalar, axborot kommunikatsiyaning rivojlanganligi, ixtiro va patent tizimi; iqtisodiy omillar: YalM, YMM va YHD darajasi, inflatsiya, ishsizlik darajasi, investirsiya ko'rsatkichi; ekologik omillar: atrof-muhit texnologiyasi, yashil iqtisodiyot, tabiiy mahsulotlar savdosi; siyosiy-huquqiy omillar: qonunchilik, hukumat qarorlari, mintaqalararo siyosatl iqtisodiy siyosat.

Yuqoridagilarni hisobga olgan holda kichik korxona o'zining strategiyasini ishlab chiqadi. Bozor muhiti, raqobatchilarning faoliyati bilan tanishib chiqib, shuningdek, biznes faoliyatini amalga oshirish uchun qonun tomonidan yaratilgan imkoniyatlarni o'rgangan holda korxona o'zining raqobatbardoshligini oshirish uchun vazifalarni belgilab oladi.

1-jadval

Korxonaning raqobatbardosl hligiga ta'sir etuvchi tashqi omillar

Social (ijtimoiy) Technological (texnologik) Economic (iqtisodiy) Ecological (ekologik) Political, Legal (siyosiy, huquqiy)

1 O'zbekiston Respublikasining 2035 yilgacha rivojlanish Strategiyasining konsepsiyasi. 18 fevral 2019 yil. http://uzbekistan2035.uz//(The Concept of the Development Strategy of the Republic of Uzbekistan up to 2035 18 February 2019 http://uzbekistan2035.org//)

Aholining tarkibi va tuzilishi madaniyati, urf odatlari, yashash tarzi ITTKI xarajatlari, innovatsiyalar, axborot kommunikatsiyaning rivojalanganligi, patent tizimi YaIM, YMM va YHD darajasi, inflatsiya, ishsizlik darajasi, investitsiya ko'rsatkichi; atrof-muhit texnologiyasi, tabiiy mahsulotlar yaratish, yashil iqtisodiyot qonunchilik, mintaqaviy siyosat, iqtisodiy siyosat.

Xizmat ko'rsatish bozorlarida raqobatning kuchayishi, iste'molchilarning xohish-istaklari o'zgarishining yuqori dinamikasi, barcha turdagi resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish zarurati, xizmat ko'rsatish sifatini standartlashtirish va sertifikatlashning zamonaviy talablari kichik korxonalarda raqobatbardoshlikni ta'minlashning konseptual mexanizmini shakllantirishda tizimli yondashuvni talab qiladi. Shu sababli, quyidagi 1-rasmda xizmat ko'rsatish sohasida kichik korxonalar raqobatbardoshligiga ta'sir etuvchi omillarni boshqarish mexanizmini ishlab chiqdik.

1-rasm. Xizmat ko'rsatish sohasida kichik korxonalar raqobatbardoshligiga ta'sir etuvchi omillarni boshqarish mexanizmi

Xizmat ko'rsatish sohasidagi korxona xodimlari haqiqatan ham korxonaning raqobatbardoshligining asosiy manbaiga aylanishi uchun inson resurslarini boshqarishning turli usullarini joriy etishda tizimli yondashuvga rioya qilishi zarur. Tashkilotning vazifasi, maqsadlari va strategiyasini hisobga olish, tashqi va ichki muhit omillarining ta'sirini baholash, undan foydalanish va rivojlantirish asosida yuqori raqobatbardoshlikka erishish uchun chora-tadbirlar tizimi va algoritmini shakllantirish zarur. Agar bu shartlar bajarilsa, aynan kadrlar xizmat ko'rsatish sohasi

korxonasiga strategik nuqtai nazardan barqaror raqobatbardosh ustunliklarni yaratib beradi.

Xulosa sifatida respublikamizda innovatsiya muhitining bugungi ahvoli qisqa muddatlarda kichik biznesning raqobatbardoshlik faoliyatini rivojlantirishning yuqori darajasiga erishish imkonini bermaydi. Shu bois, uni rivojlantirish raqobatbardoshligini oshirish yo'nalishdagi aniq chora-tadbirlarni belgilashni taqozo etadi.

Korxona raqobatbardoshligiga ta'sir etuvchi ichki va tashqi muhit omillari uning o'z strategiyasini ishlab chiqishida muhim ahamiyat kasb etadi. Yuqorida tahlil qilib o'tganimizdek, tashqi muhit omillari korxonalarning faoliyatini yanada samarali tashkil etishda asosiy unsur vazifasini bajaradi. Biznes muhitining yaxshiligi, nisbatan yengil soliq siyosati, sof raqobatning ta'minlanganligi, moliya manbalaridan erkin foydalana olish imkoniyati, tashqi bozorlarga chiqishda to'siqlarning birmuncha kamligi-bularning barchasi korxonalarning barqaror rivojlanishini ta'minlaydi va raqobatbardoshligini oshirishda keng imkoniyatlar yaratadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-aprelda "Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4699-sonli Qarori

2. Qosimova M.S., Samadov A.N. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik. T.: TDIU, 2010 y. 284 b.

3. Nurillayev X.N. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining investitsiya loyihalarini moliyalashtirish amaliyotini takomillashtirish masalalar. Toshkent - 2018 y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.