XIZMAT KO'RSATISH SOHASIDA KICHIK KORXONALAR RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISH YO'LLARI
Abduvohidova Gulshan Akmalovna
SamISI, "Menejment" kafedrasi o'qituvchisi e-mail: gulshanabduvohidova@gmail .com
Annotatsiya. Ushbu maqolada bugungi kunda mamlakatimizda xizmat ko'rsatish sohasining o'ziga xos xususiyatlari, unda kichik biznesning o'rni va ahamiyati muallif tomonidan ochib berilgan. Qolaversa, aynan xizmat ko'rsatish sohasida kichik korxonalar raqobatbardoshligini oshirish yo'llari bo'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar: xizmat ko'rsatish, kichik biznes, raqobat, raqobatbardoshlik.
Xizmat ko'rsatish sohasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi o'z mazmuniga ko'ra turmush farovonligi va uning sifatini oshirish, zamonaviy tarmoqlarning shakllanishi bilan bog'liq bo'lgan inson resurslarini rivojlantirish uchun maqbul shart-sharoitlarni yaratish, mehnat taqsimotining nisbatan yuqori darajasini ta'minlash bo'yicha xo'jalik faoliyatining turli yo'nalishlarini qamrab oladi.
Iqtisodiyotning raqamlashuvi sharoitida xizmatlar sohasi iqtisodiy jihatdan sanoat ishlab chiqarishiga qaraganda ancha samaralidir, chunki xizmatlar sohasida boshlang'ich faoliyatni amalga oshirish kamroq mablag'lar va inson faoliyatini talab qilib, kapitalning aylanish tezligi ancha yuqori hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda iqtisodiyotning transformatsiyalashuvi sharoitida xizmat ko'rsatish korxonalarini doimiy tarzda barqaror rivojlanishi, undagi inson faoliyatining samarali tashkil qilinishi va boshqarilishi hamda xizmat ko'rsatish intensivligini ta'minlashda samaradorlikni oshirishning ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish alohida dolzarb masala hisoblanadi.
Bugungi kunda aholining farovon va qulay sharoitda hayot kechirishlari uchun xizmatlar sohasida bir qator qulayliklar ta'minlab berilmoqda. Natijada mamlakatimizning qishloq joylarida servis infratuzilmasining rivojlanishi evaziga qishloq aholisining yashash tarzi shahar aholisining yashash tarziga yaqinlashmoqda.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishning asosiy omillaridan biri innovatsiyalardir. Innovatsion texnologiyalar yordamida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini chuqur qayta tuzish va ish unumdorligini yanada oshirish mumkin. Ma'lumki, bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi nafaqat milliy iqtisodiyotning o'sish sur'atlarini jadallashtirishda, balki bugungi kun uchun dolzarb hisoblangan aholini ish bilan ta'minlash va turmush darajasini oshirish masalalarini hal etishda ham etakchi o'rin tutmokda.
2023- yilning yanvar-dekabr oylarida viloyatimizning xizmatlar sohasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko 'rsatilgan xizmatlar hajmi 7 725,1 mlrd so'mni, viloyatning umumiy hajmidagi ulushi 58,2 %ni tashkil etgan.
2022- yilning tegishli davri bilan taqqoslaganda, kichik tadbirkorlikning xizmat ko'rsatish hajmi 12,3 %ga o'sgan. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining yuqori ulushi ijara (98,6 foiz), savdo (94,4 foiz), yashash va ovqatlanish (93,1 foiz), transport (90,9 foiz), ko'chmas mulk bilan bog'liq xizmatlar (89,2 foiz) yo'nalishlarida qayd etilgan.
Kichik biznesning ixcham va harakatchanligi, bozor kon'yunkturasi o'zgarishlari va iste'molchilar ehtiyojlariga tez moslasha olishi uni jahon moliyaviyiqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish va inqirozdan keyin iqtisodiyot tarmoqlarini barqaror rivojlantirish sharoitida yangi ish o'rinlarini yaratish va aholi daromadini oshirish borasida eng qulay va makbul vositaga aylantirmoqda.
Darhaqiqat, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning izchil rivojlanib borishini ta'minlash orqali mamlakatimizda jamiyatimizning ijtimoiy-siyosiy tayanchi va poydevori bo'lgan o'rta sinfning shakllanishiga va uning tobora mustahkam bo'lib borishiga erishilmoqtsa.
Shunday ekan, endilikda kichik biznesni nafaqat son jihatdan ko'paytirish, balki uni avvalo sifat jihatdan ham rivojlantirishimiz, bu borada oddiy ishlab chiqarishdan ichki va tashqi bozorga yo'naltirilgan murakkab, yuksak texnologiyaga asoslangan ishlab chiqarishga o'tish masalasiga alohida e'tibor qaratishimiz darkor. YUrtimizda fan, ta'lim va ishlab chiqarishning integratsiyalashuvini yanada chuqurlashtirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining innovatsion rivojlanish yo'llarini ishlab chiqish orqali ilm-fan va ishlab chiqarish o'rtasida o'zaro foydali aloqalarni mustahkamlashga bo'lgan e'tibor yildan-yilga oshib bormoqda.
Bugungi kunda iqtisodiyotimizning asosiy tarmoqlarini modernizatsiya qilish va texnik yangilash, mamlakatimizning yangi marralarni egallashi uchun kuchli turtki beradigan va jahon bozorida raqobatdoshligini ta'minlaydigan zamonaviy innovatsiya texnologiyalarini joriy qilish bo'yicha maqsadli loyihalar amalga oshirilmoqtsa.
Shu o'rinda Respublika bo'yicha kichik tadbirkorlik subyektlarining ko'rsatilgan xizmatlar hajmi ham ishimizning jozibadorligini oshiradi.
1-jadval
vichik tadbirkorlik subyektlarining ko'rsatilgan xizmatlar hajmi (mlrd.so'm)
Klassifikator 2018 2019 2020 2021 2022 2023
O'zbekiston Respublikasi 84433,4 103106,6 114052,7 147061,6 181245 224443,7
Qoraqalpog'iston Respublikasi 2616,4 3037,8 3402,9 4418,3 5291,9 6613,9
Andijon viloyati 5716,1 6766,9 7732 9658,4 11756 14227
Buxoro viloyati 4829,5 5898,9 6571,8 8287,1 9785,4 11831
Jizzax viloyati 2250,7 2742,1 3095,8 3980,1 4829,4 6469,2
Qashqadaryo viloyati 4993,2 6265,4 7308 8999,2 10831,6 13068,7
Navoiy viloyati 2489,3 3105,2 3438,9 4382,7 5431,7 6570,8
Namangan viloyati 4218,7 5176,4 5925 7882,8 9742,4 11829,1
Samarqand viloyati 7421,8 9035,6 9703 12607,9 15511,7 19140,4
Surxondaryo viloyati 4563,9 4879,9 5331,3 6938,4 8279,3 9979,1
Sirdaryo viloyati 1310,8 1642,9 1842,4 2227,9 2621,2 3111,2
Toshkent viloyati 8225,2 10354 11721,6 15117,3 17944,7 22148,6
Farg'ona viloyati 6891,4 8439,6 9758,6 12186,4 14564,9 17798,9
Xorazm viloyati 3149,6 3783,6 4127,2 5390,3 6500,1 7725,1
Toshkent shahri 25756,8 31978,3 34094,2 44984,8 58154,7 73930,7
Manba. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi. https://api.siat.stat.uz/media/uploads/sdmx/sdmx data 466.pdf
1-jadval ma'lumotlaridan ham shuni aytish mumkinki, statistikani ham tahlil qilganda xizmat ko'rsatish sohalarining kichik tadbirkorlik darajasi ham yuqori ekanligini ko'rishimiz mumkin.
Fikrimizcha, xizmat ko'rsatish sohasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va uning raqobatbardoshligini oshirish quyidagi omillar hisobiga muhim zarurat hisoblanadi:
birinchidan, kichik biznesning bozor kon'yunkturasi o'zgarishlari va iste'molchilar ehtiyojlariga nisbatan tez moslasha olish xususiyatlariga ega ekanligi innovatsion texnologiyalarni joriy etishda yirik korxonalarga nisbatan yuqori tavakkalchilikning pastligi jihatidan yaxshi samara beradi;
ikknnchidan, kichik biznes subyektlari faoliyatiga innovatsion texnologiyalar joriy etilishi ularning yuqori transaktsion xarajatlarini kamaytirib, rentabellik ko'rsatkichlarini oshiradi;
uchinchidan, kichik biznes sub'ektlarining yangiliklarni tezkorlik bilan o'zlashtira olish salohiyati ularga innovatsiyalarni tijoratlashtirishdan yuqori daromad olish imkoniyatini beradi;
to'rtinchidan, kichik biznes sub'ektlari faoliyatiga boshqaruvning innovatsion texnologiyalari joriy etilishi ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tannarxini kamaytirish, tovar va xizmatlar nomenklaturasini oshirish, yangi tovarlar turlarining sotish hajmlarini kengaytirish hamda mahsulot sotishning istiqbolli bozorlarini o'zlashtirish hisobiga ularning eksport salohiyati va raqobatbardoshligini oshiradi.
Xizmat ko'rsatish sohasidagi korxona xodimlari haqiqatan ham korxonaning raqobatbardoshligining asosiy manbaiga aylanishi uchun inson resurslarini boshqarishning turli usullarini joriy etishda tizimli yondashuvga rioya qilishi zarur. Tashkilotning vazifasi, maqsadlari va strategiyasini hisobga olish, tashqi va ichki muhit omillarining ta'sirini baholash, undan foydalanish va rivojlantirish asosida yuqori raqobatbardoshlikka erishish uchun chora-tadbirlar tizimi va algoritmini shakllantirish zarur. Agar bu shartlar bajarilsa, aynan kadrlar xizmat ko'rsatish sohasi
korxonasiga strategik nuqtai nazardan barqaror raqobatbardosh ustunliklarni yaratib beradi.
Xulosa sifatida respublikamizda innovatsiya muhitining bugungi ahvoli qisqa muddatlarda kichik biznesning raqobatbardoshlik faoliyatini rivojlantirishning yuqori darajasiga erishish imkonini bermaydi. Shu bois, uni rivojlantirish raqobatbardoshligini oshirish yo'nalishdagi aniq chora-tadbirlarni belgilashni taqozo etadi. Bu borada asosiy e'tibor avvalambor, quyidagilarga qaratilishi lozim:
• kichik biznesning ilmiy-texnikaviy axborotdan foydalanish, innovatsion loyihalarni ishlab chiqarishga joriy etishdagi yuqori transaktsion xarajatlarini kamaytirish;
• kichik korxonalar uchun yangi texnologiyalarni sinovdan o'tkazish va ularni jalb etishdagi raqobat kurashida yuqori tavakkalchiliklarni bartaraf etish;
• innovatsion ishlanmalar va ularni joriy etish uchun o'z resurslarini taklif etuvchi moliyaviy va investitsiya institutlari bozori tashkil etilishini rag'batlantirish;
• yirik korxonalarning kichik biznes subyektlari innovatsion loyihalarini hissador tashkilot sifatida ulushli moliyalashtirishdan oladigan manfaatdorligini oshirish;
• fan-ta'lim-ishlab chiqarish intefatsiyasi samaradorligini oshirish va ularni o'zaro bog'laydigan innovatsion vositachilar tarmog'ini rivojlantirish va hokazo.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-aprelda "Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4699-sonli Qarori
2. Qosimova M.S., Samadov A.N. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik. T.: TDIU, 2010 y. 284 b.
3. Nurillayev X.N. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining investitsiya loyihalarini moliyalashtirish amaliyotini takomillashtirish masalalar. Toshkent - 2018 y.