Научная статья на тему 'XIZMAT KO’RSATISH SOHASINI RIVOJLANTIRISHDA TADBIRKORLIKNING O’RNI'

XIZMAT KO’RSATISH SOHASINI RIVOJLANTIRISHDA TADBIRKORLIKNING O’RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
419
88
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
TADBIRKORLIK / TADBIRKOR / TADBIRKORLIK FAOLIYATI / XIZMATLAR / XIZMAT KO’RSATISH SOHASI / SERVIS

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Xayitov J.X.

Maqolada xizmat ko’rsatish sohasini rivojlantirishda tadbirkorlik faoliyatining o’rni ochib berilgan va sohada kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo’yicha amaliy takliflar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF ENTREPRENEURSHIP IN THE DEVELOPMENT OF THE SERVICE INDUSTRY

The article reveals the role of entrepreneurship in the development of the service sector and gives practical suggestions for the development of small and private entrepreneurship in the sector.

Текст научной работы на тему «XIZMAT KO’RSATISH SOHASINI RIVOJLANTIRISHDA TADBIRKORLIKNING O’RNI»

Xayitov J.X. SamISI

"Raqamli iqtisodiyot" kafedrasi assistenti

XIZMAT KO'RSATISH SOHASINI RIVOJLANTIRISHDA TADBIRKORLIKNING O'RNI

Annotasiya. Maqolada xizmat ko 'rsatish sohasini rivojlantirishda tadbirkorlik faoliyatining o'rni ochib berilgan va sohada kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo'yicha amaliy takliflar berilgan.

Kalit so'zlar: tadbirkorlik, tadbirkor, tadbirkorlik faoliyati, xizmatlar, xizmat ko'rsatish sohasi, servis.

Khayitov J.Kh. assistant

department of "Digital Economy"

SamIES

THE ROLE OF ENTREPRENEURSHIP IN THE DEVELOPMENT OF

THE SERVICE INDUSTRY

Abstract. The article reveals the role of entrepreneurship in the development of the service sector and gives practical suggestions for the development of small and private entrepreneurship in the sector.

Key words: entrepreneurship, entrepreneur, entrepreneurial activity, services, service sector, service.

Xizmat ko'rsatish sohasini jadal sur'atlar bilan rivojlantirish Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot Strategiyasining ustuvor yo'nalishlaridan biri

hisoblanadi: "......hududlarda xizmat ko'rsatish va servis sohalarini rivojlantirish

orqali keyingi 5 yilda xizmat ko'rsatish hajmini 3 baravarga oshirish hamda ushbu yo'nalishda jami 3,5 million yangi ish o'rinlarini yaratish".77

Xizmat ko'rsatish sohasini iqtisodiyotning yetakchi sektoriga aylantirish istiqbollari ko'p jihatdan ushbu sohada tadbirkorlik faoliyatini, ayniqsa kichik va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish bilan uzviy bog'liqdir. Chunki xizmatlar, asosan kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladi.

O'tkazilgan tizimli islohotlarning samarasi o'laroq, mamlakat imiz YaIMi tarkibida 1990-2022 yillar mobaynida xizmat ko'rsatish sohasining ulushi 33,8 foizdan 41,5 foizgacha ko'payganligi, shuningdek iqtisodiyotda band bo'lgan

77y36eKHCTOH Pecnyô^HKacH npe3HgeHTHHHHr "2022 — 2026 HH^apra My^attiaHraH .Rmu Y36eKHCTOHHHHr TapaK^HëT CrpaTeruacH TyrpHCHga"ra 2022 HHI 28 mBapgara n®-60-coHm OapMOHH. // Y36eKHCTOH Pecny6^HKacH KpHyH xy^^araapH TyraaMH, 2022 nm 1-COH.

aholining umumiy sonida xizmat ko'rsatish sohasida band bo'lgan aholi ulushining 35,6 foizdan 50,5 foizgacha oshganligi78 diqqatga sazovordir. Shu bilan birga o'tkazilgan tahlillar natijalariga ko'ra, xizmat ko'rsatish sohasini tadbirkorlik, ayniqsa kichik va xususiy tadbirkorlik salohiyati hamda zahiralaridan samarali foydalangan holda keng rivojlantirish imkoniyatlarining mavjudligini ko'rsatdi.

Hozirgi davrda xizmat ko'rsatish sohasida yuz berayotgan o'zgarishlardan biri - sohada kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarining son jihatidan ko'payishi va faoliyat turlari jihatidan kengayishi hisoblanadi. Buning sababi, bir tomondan, xizmat ko'rsatish sohasi obyektiv va subyektiv omillar ta'siridan kelib chiqqan holda, kichik va xususiy biznes faoliyati uchun juda jozibador bo'lib hisoblanadi. Ikkinchi tomondan, respublikamizda kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning ustuvor yo'nalishlaridan biri ekanligi va shu sababli yuqori sur'atlarda rivojlanishi hisoblanadi.

Xizmat ko'rsatish sohasida kichik va xususiy tadbirkorlikning tez sur'atlar bilan rivojlanishi sohada raqobatning kuchayishiga, xizmatlar turlarining ko'payishi va sifatining yaxshilanishiga va eng muhimi - xizmatlar narxining pasayishiga va ularga talabning oshishiga hamda keng xalq ommasining xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari oshishiga va nihoyat, xizmat ko'rsatish sohasi faoliyati samaradorligining oshishiga yordam beradi. Kichik korxonalar bozordagi talab o'zgarishlariga tez moslasha oladi, xizmat turlarini tez o'zgartirish, resurslardan samarali foydalanish, ishlab chiqarishni qisqa muddatda va katta yo'qotishlarsiz o'zgartirish imkoniga ega bo'ladi.

Xizmat ko'rsatish sohasida tadbirkorlik faoliyatining kichik va xususiy shakllarini rivojlantirish iqtisodiyotning boshqa tarmoqlaridan farqli o'laroq kamroq mehnat va dastlabki bosqichlarda nisbatan kam kapital qo'yilmalar talab qilishligi bilan ham izohlanadi. Unga boshqaruv tizimining yengilligi, ayrim bozorda u yoki bu xizmatga talabning darajasi to'g'risida yaxshi xabardorlik va boshqalar xosdir.

Kichik tadbirkorlikning ushbu afzalliklaridan foydalangan xizmat ko'rsatish sohasi korxonalari moddiy ishlab chiqarish korxonalariga nisbatan ko'proq raqobatbardosh hisoblanadilar. Kichik tadbirkorlikning rivojlanganligi xizmat ko'rsatish sohasi yuqori daromadliligining eng muhim omillaridan biri hisoblanadi.

Statistik ma'lumotlar tahlili shuni ko'rsatdiki, O'zbekiston Respublikasida 2022 yilda xizmat ko'rsatish sohasi tarmoqlarida 283 mingdan ortiq kichik korxonalar va mikrofirmalar mavjud. Ular barcha kichik korxonalar va mikrofirmalarning 61,2 foizga yaqinini tashkil etadi. 79 Ushbu holat respublikamizda kichik iqtisodiyot sektori amalda yaratilgan hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan xizmatlar ishlab chiqarishning kengayishi xizmatlar sohasining jadal rivojlanishini ta'minlamoqda, deb xulosa

78 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining rasmiy sayti. www.stat.uz

79 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining rasmiy sayti. www.stat.uz

chiqarishga imkon beradi. Xizmat ko'rsatish sohasini rivojlantirish dasturini amalga oshirish doirasida, tadbirkorlik subyektlariga, xizmatlar ko'rsatish bo'yicha yangi tashkil etiladigan korxonalarni texnologik jihozlash uchun katta miqdordagi imtiyozli kreditlar taqdim etilishi natijasida, kichik tadbirkorlikning YalMdagi ulushi 2005 yildagi 38,2 foizdan 2022 yilda 51,8 foizga ko'paydi.80

Kichik biznes subyektlari tomonidan O'zbekistonda 2022 yilda 173157,7 mlrd so'mlik xizmatlar ko'rsatildi yoki ko'rsatilgan xizmatlar umumiy hajmining 48,4 % ini tashkil qildi va o'sish sur'ati 2021 yilga nisbatan 108,5 % ni tashkil qildi. Statistik ma'lumotlarga ko'ra, xizmatlar sohasida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng yuqori xizmat hajmi savdo xizmatlarida -74161,5 mlrd. so'mni, transport xizmatlarida - 41726,5 mln. so'mni, yashash va ovqatlanish xizmatlarida - 8 231,7 mln. so'mni, shaxsiy xizmatlarda - 8 566,9 mln. so'mni tashkil etgan. Shuningdek, 2022 yilda savdo xizmatlarining 42,8 foizi, transport xizmatlarining - 24,1 foizi, yashash va ovqatlanish xizmatlarining - 4,8 foizi, shaxsiy xizmatlarning - 4,9 foizi kichik biznes subyektlari tomonidan ko'rsatilgan. Kichik biznes subyektlarining xizmatlar sohasida eng kichik ulushi moliyaviy xizmatlarda 0,9 % (1602,2 mln so'm) kuzatildi.81

Shunday qilib, O'zbekistonda kichik tadbirkorlikning rivojlanishi xizmat ko'rsatish sohasining jadal rivojlanishi, uning daromadliligi ko'payishining eng muhim shartlaridan biriga aylangan. Biroq uning rivojlanishida bir qator salbiy tendensiyalar kuzatiladi, ular quyidagilardan iborat: taqdim etiladigan xizmatlarning sifati pastligi va tor doiradaligi, tarmoq ichida nomuvofiqliklar borligi, xizmatlar sohasining, birinchi navbatda, yuqori daromadli mijozlarga yo'naltirilganligi, ko'rsatiladigan xizmatlar hajmi va aholining o'sib borayotgan ehtiyojlari o'rtasidagi nomuvofiqlik, bozor instrumentlari va mexanizmlaridan yetarlicha foydalanmaslik, xizmatlar ishlab chiqarilishi va iste'moli darajasida mintaqalararo disproporsiya mavjudligi va boshqalar.

Bu kamchiliklarni bartaraf etish uchun xizmat ko'rsatish sohasidagi tadbirkorlik faoliyatining kichik va o'rta shakllarining davlat tomonidan qo'llab -quvvatlanishi tizimiga alohida e'tibor qaratilishi zarur. Rivojlangan davlatlarda kichik biznesning aksariyat qismi oilaviy korxona shaklida ish yuritish tajribasidan kelib chiqqan holda mamlakatimizda oilaviy biznesni qo'llab-quvvatlash borasidagi ishlarni tashkil qilish tizimini takomillashtirish lozim. Shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish zarur. Respublikaning hudularida tadbirkorlik tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash, har bir hududning o'ziga xosligidan kelib chiqib, xizmatlarni kengaytirish, yangi xizmat turlarini yo'lga qo'yish, xizmatlarning sifatini yaxshilash bo'yicha ilg'or tajribalar va namunaviy loyihalarni joriy etish ham katta ahamiyat kasb etadi.

80 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining rasmiy sayti. www.stat.uz

81 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining rasmiy sayti. www.stat.uz

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022 — 2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot Strategiyasi to'g'risida"gi 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-sonli Farmoni. // O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2022 yil 1-son.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo'shimcha chora -tadbirlar to'g'risida"gi 2019 yil 7 martdagi PQ-4231-son Qarori.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash borasidagi ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish to'g'risida"gi 2019 yil 13 avgustdagi PF-5780-son Farmoni.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 22 aprel kuni hududlarda xizmat ko'rsatish sohasi yo'nalishlarini rivojlantiris h masalalari bo'yicha videoselektor yig'ilishi materiallari. https://iiv.uz/news/xizmat-korsatish-sohasini-rivojlantirish-boyicha-qoshimcha-choralar-belgilandi

5. O'zbekiston Respublikasi davlat statistika qo'mitasining rasmiy sayti. Kirish yo'li: www.stat.uz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.