Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
XIX ASR OXIRI - XX ASR BOSHLARIDA TOSHKENTDA VETERINARIYA
VA HAYVONLAR ORASIDA KASALLIKLARNI OLDINI OLISHGA
QARATILGAN SIYOSAT
Bazarbayeva Shohsanam Muratovna
Perfect Universiteti o'qituvchisi.
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Toshkent shahrining veterinariya ishlari yoritib berilgan. Umuman olganda, XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Turkistonda vabo, kuydirgi, emkar, umumiy zotiljam kabi chorva mollari kasalliklari yildan yilga ko 'payib borgan va bu holat o 'Ikada chorvachilikni rivojlantirishga halaqit bergan. Toshkent shahar veterinariya tashkilotiga o 'tadigan bo 'lsak, u endigina paydo bo 'layotganini va davlat veterinariya tibbiyoti vakillarining doimiy aralashuvi tufayli mustaqil rivojlanish imkoniyatiga ega bo'lmaganini ta'kidlamaslikning iloji yo^q. Son jihatdan Toshkent shahrida veterinarya shifokorlari etarli darajada emas edi (2 shifokor va 4 feldsher). Chorva mollarining kasallanishi Toshkent shahri tadbirkorlari, qushxonalar va Tramvay deposi uchun katta zararlar keltirgan.
Kalit so zlar: Toshkent shahri, veterinariya siyosati, veterinar shifokorlar, chorva mollari kasalliklari, qushxonalar, tadbirkorlar, mahalliy xalq.
ПОЛИТИКА, НАПРАВЛЕННАЯ НА ПРОФИЛАКТИКУ БОЛЕЗНЕЙ
ЖИВОТНЫХ И ВЕТЕРИНАРНОЙ МЕДИЦИНЫ В ТАШКЕНТЕ В КОНЦЕ XIX - НАЧАЛЕ XX ВЕКОВ.
АННОТАЦИЯ
В данной статье описывается ветеринарная деятельность города Ташкента в конце XIX - начале XX веков. В целом, в конце XIX - начале XX века в Туркестане из года в год увеличивались такие заболевания скота, как холера, сибирская язва, эмкар, генерал и зотилям, и такое положение препятствовало развитию животноводства в стране. . Что касается ветеринарной организации города Ташкента, то нельзя не подчеркнуть, что она только зарождается и не имела возможности развиваться самостоятельно из-за постоянного вмешательства представителей государственной ветеринарной медицины. В Ташкенте не хватало ветеринаров (2 врача и 4 фельдшера). Болезнь скота нанесла большие убытки предпринимателям города Ташкента, вольерам и трамвайному депо.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
Ключевые слова: город Ташкент, ветеринарная политика, ветеринарные врачи, болезни скота, вольеры, предприниматели, местное население.
POLICIES AIMED AT THE PREVENTION OF ANIMAL DISEASES AND VETERINARY MEDICINE IN TASHKENT IN THE LATE XIX TH AND
EARLY XX TH CENTURIES.
This article describes the veterinary activities of the city of Tashkent in the late XIX th and early XX th centuries. In general, in the late 19th and early 20th centuries in Turkestan, livestock diseases such as cholera, anthrax, emkar, general and zotilam increased from year to year, and this situation hampered the development of livestock farming in the country. As for the veterinary organization of the city of Tashkent, it cannot be emphasized enough that it is just in its infancy and has not had the opportunity to develop independently due to the constant intervention of representatives of state veterinary medicine. There were not enough veterinarians in Tashkent (2 doctors and 4 paramedics). The livestock disease caused great losses to entrepreneurs in the city of Tashkent, enclosures and the tram depot.
Key words: Tashkent city, veterinary policy, veterinarians, livestock diseases, open-air cages, entrepreneurs, local population.
Hozirgi kunda O'zbekistonda veterinariya xizmati O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligiga qarashli Veterinariya va chorvachilik qo'mitasi tomonidan ish olib boradi. Qo'mita hayvonlardagi kasalliklarning oldini olish, u bilan kurash tadbirlari sohasida, tashkilotlar bajarishi shart bo'lgan qo'llanmalar va ko'rsatmalarni tayyorlaydi. Har bir hudud o'zining veterinariya uchastkasi qaramog'iga kiritilgan. Bitta veterinariya uchastkasiga o'rtacha 3-4 mingta qoramol kirsa, 3-4 mingta qoramolga o'rtacha miqdorda 2-3 ta veterinar mutaxassisi doimiy ravishda faoliyat olib boradi.1 Biz ushbu maqolada XIX asr oxiri XX asr boshlarida Toshkent shahrining veterinariya ishlariga to'xtalib o'tmoqchimiz.
Umuman olganda, XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Turkistonda vabo, kuydirgi, emkar, umumiy zotiljam kabi chorva mollari kasalliklari yildan yilga ko'payib borgan va bu holat o'lkada chorvachilikni rivojlantirishga xalaqit bergan. Bu maqolada Toshkent shahridagi veterinariya-sanitariya ishlari bilan boshqa shaharlarni ham solishtirib o'tmoqchimiz.
1 https://kun.uz/uz/news/2023/01/25/ozgarishlardan-keyingi-hukumat-69-ta-vazirlik-va-idora-royxati
ABSTRACT
KIRISH
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
Rossiya imperiyasi veterinariya tibbiyoti zemstvosi bilan Toshkent shahar davlat veterinariya tibbiyotini taqqoslaganda ancha achinarli ahvolda edi. Rossiyada veterinariya bo'limi Ichki ishlar vazirligiga qarashli bo'lgan. Veterinariya bo'limi quyidagi qismlardan tashkil topgan edi: veterinariya qo'mitasi, viloyat yoki mintaqaviy veterinarlari, veterinariya laboratoriyasi, chorva yo'llari, temir yo'l stansiyalari bo'lib2, ularning har biri uchun vazifalar yuklatilgan. Yuqimli kasalliklar tarqalishining oldini olish, hayvonlarni ko'chirishda kasal hayvonlarni nazorat qilish, temir yo'l vokzallarida veterinariya-sanitariya nazoratini olib borish kabilar edi.
Ichki ishlar vazirligi veterinariya bo'limining 1898 yil hisobotiga ko'ra, 921 ta davlat veterinar shifokori, 580 ta zemstvo va atigi 167 ta shahar veterinar shifokori bo'lgan. O'sha yili 127 ta zemstvo veterinariya shifoxonasi va 109 ta ambulatoriya mavjud bo'lgan, Toshkent shahrining o'zida atigi 3 ta shahar veterinariya shifoxonasi va 7 ta ambulatoriya mavjud edi. Garchi so'nggi paytlarda shahar veterinariya tashkiloti ishlari ancha yaxshilangan bo'lsa-da, viloyat aholisi shahar veterinariya hizmatidan foydalana olmaganlar. Uy hayvonlari ko'p bo'lgan Toshkent shahri aholisi qoramollari orasida har yili vabo va ayniqsa piroplazmoz bilan kasallangan va juda ko'p chorva mollari qurbon bo'lgan. Itlar orasida quturish holatlari tez-tez uchraydi, ularning soni haqiqatan ham juda ko'p bo'lgan. Veterinariya sohasining rivojlanishidan, qimmatbaho otlar va itlar boqadigan badavlat insonlardan tortib bitta sigiri va qo'ylari bo'lgan odamlargacha juda zarur edi.3
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Toshkent shahri veterinariya tashkilotlarining faoliyatiga to'xtalishdan oldin, boshqa shaharlarda veterinariya ishlari haqida to'xtalib o'tishimiz joiz. Moskva shahar veterinariya nazorati hayvonlarni nazorat qilish va qushxonalarda ularni so'yilishini nazorat qilishni o'z ichiga oladi. Shahar veterinariya bo'limida 9-10 ta veterinar shifokorlardan iborat bo'lib, 1 tasi katta menejer sifatida, 6 tasi mikroskopist 7 tasi registrator bo'lib faoliyat yuritgan. Ularning vazifasi ro'yhatga olish va bosh shifokorning buyrig'i bilan, hayvonlarning go'shti va organlarini tekshirish paytida aniqlangan o'zgarish va kasalliklar xulosalarini kartalarga qayd qilib borish bo'lgan. Navbatchi veterinar shifokorlar kun moboynida bir necha soat ishlashgan. Qushxonalarda chorva mollarini so'yish bosh veterinar shifokor
2 Никитин И.Н. Исторические этапы формирования, развития и совершенствования государственной ветеринарной службы России. С. 5.
3 И.К. О необходимости реорганизации городской ветеринарии в городе Ташкенте. // Туркестанский ведомости, 1907, № 67
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
nazoratida bo'lib, uning ruhsati bilan so'yilgan. Qushxonalar yakshanba kunidan boshqa har kuni ishlagan.4
Moskva shahar veterinariya-sanitariya nazorat bo'limi 6 ta veterinar shifokolari va bir nechta feldsherlardan iborat bo'lgan. Yuqoridagi veterinar shifokorlaridan 4 nafari (uchastka) yuqumli kasalliklarga qarshi kurash olib boradi (davlat polisiya veterinar vrachlari zimmasiga itlardagi qutirish kasalligini oldini olish vazifasi yuklangan), shuningdek, ular tumanlardagi 4 ta veterinariya ambulatoriyasiga tashrif buyurishgan: Serpuxovskiy, Basmanniy, Rogozhskiy va Sushchevskiy; 1 veterinar shifokori ot va sigir maydoniga, Gulyaev shahar axlatxonasi, kanalizasiya hovlilari va shahar sug'orish maydonlarini nazorat qiladi. 4 ta mahalliy veterinar shifokori ambulatoriyalarda ishlash bilan bir qatorda, ot maydonida otlarni tekshirish, o'z hududidagi ishlab chiqarish - otchilik va sut xo'jaligi korxonalarini nazorat qilish, Rogoj tumani veterinariga yuqorida aytilganlarga qo'shimcha ravishda, Spasskiy shahar hovlisi otlarini davolash va ularni nazorat qilish yuklatilgan. Veterinar shifokori Serpuxov Spasskiy va Kaluga shahar qabristoni boshqarish va Kaluga shahar hovlilarida otlarni davolash uchun javobgar bo'lgan. 1894 yildan boshlab Moskva shahar dumasi quyidagi yuqumli kasalliklar: kuydirgi, quturish, bezgak, qoramollarning epidemik pnevmoniyasi, oyoq va og'iz kasalligi, qo'tir kasalliklari bo'yicha majburiy qoidalar chiqardi.
Moskva shahrining veterinariya sohasida qushxonalarning nazorati uchun har yili taxminan 30 000 rubl sarflanadi va qushxonalaridan olingan yalpi daromad yiliga 670 000 rublni tashkil qilgan.
Nijniy Novgorodda shahar veterinariya nazorati 5 ta veterinar shifokorlari va bir nechta feldsherlardan iborat bo'lgan. 1-sonli qushxona uchastkasiga mas'ul veterinar shifokorlari bosh shifokor hisoblangan va shahar hokimiyatida veterinariya masalalari bo'yicha bo'ladigan tadbirlarda ma'ruzachi sifatida qatnashgan. Veterinariya bo'limidagi barcha ishlar shifokorlar o'rtasida quyidagicha taqsimlangan,
3 ta shifokor, bir nechta feldsherlar bilan 2 ta qushxona joyida veterinariya nazoratini amalga oshirganlar (yarmarkalarda, 1-son va Kunavin shahri chekkasidagi 2-sonli qushxonalar), xuddi shu shifokorlar import qilingan go'shtni tekshirishga ham mas'ul bo'lganlar. Qolgan 2 ta shahar veterinar shifokori: 2 ta mikroskopik stansiyada go'sht mahsulotlarini tekshirish; shahar podalarini nazorat qilish va epizootiyaga qarshi choralar ko'rish; hayvonlarni otopsiya qilish; quturganlikda gumon qilingan itlarni tekshirish; Sennaya maydonida otlar va sog'in sigirlar savdosini nazorat qilish; kanalizatsiya va o't o'chirish mashinalarida otlarga veterinariya yordamini ko'rsatish;
4 И.К. О необходимости реорганизации городской ветеринарии в городе Ташкенте. // Туркестанский ведомости, 1907, № 67
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
har yili 36500 boshgacha qoramol keltiriladigan 2 ta hovlida chorva mollarini tekshirish bilan shug'ullangan.
Rossiya imperiyasi va Evropada chorva mollari va otlarning yuqimli kasalliklaring keng tarqanligi sababli ularning oldini olish va davolash bo'yicha turli xil chora-tadbirlar, shuningdek karantin choralari ishlab chiqilgan. Bu Rossiyada epizootiyani sekinlashtirishga va keyinchalik yo'q qilishga yordam berdi.5
Boku shahrida shahar veterinariya nazorati Tiflis va Kavkazning boshqa viloyat shaharlariga nisbatan namunali tarzda yuritilgan. Boku shahrida 5 veterinar shifokori va 7 veterinar feldsherlaridan iborat. Veterinariya tashkiloti quyidagicha taqsimlangan: 2 ta shifokor qushxonada ishlagan va ular bilan birga 3 ta feldsher, shulardan 1 nafari katta va 1 nafari mikroskopist bo'lib, 1 veterinar shifokori va 2 veterinar feldsheri shahar chorvachilik hovlisiga va uning binolarini nazorat qilishgan. 1 shifokor yuqumli kasalliklarga chalingan qoramollar va shubhali otlar joylashtiriladigan izolyasiya hududiga masul bo'lgan. Izolyatsiya hududidagi shifokorga 1 nafar feldsher berilgan.6
Shaharda barcha veterinar-sanitariya ishlarini olib borish uchun maxsus veterinar shifokori va 1 feldsherdan iborat. Xuddi shahar hovlilarida bo'lgani kabi, bu yerda ham eng so'nggi rusumdagi asbob-uskunalar bilan jihozlangan mikroskopik xonalar tashkil etilgan. Shahar hokimiyati, qushxonalar boshlig'i, veterinar O.Ryxlovskiy boshchiligida, shahar veterinar shifokorlarining oylik hisobotlarini nashr etadigan "Boku veterinariya-sanitariya yangiliklari" ni nashr etganlar.7
Toshkent shahar veterinariya tashkilotiga o'tadigan bo'lsak, u endigina paydo bo'layotganini va davlat veterinariya tibbiyoti vakillarining doimiy aralashuvi tufayli mustaqil rivojlanish imkoniyatiga ega bo'lmaganini ta'kidlamaslikning iloji yo'q. Son jihatdan tashkilot etarli darajada emas edi (2 shifokor va 4 feldsher). Shu bilan birga, veterinariya-sanitariya nuqtai nazaridan quyidagi veterinariya masalalarini tezda hal qilish juda muhim va zarur bolgan:
1. Chorva bozorida bozor kunlarida, ya'ni chorshanba va shanba kunlari shahar veterinariya nazoratini yo'lga qo'yish (hozirda bozorda davlat stansiyasi veterinariya va feldsherlari navbatchilik qilmoqda). 2) Bozor kunlarida ot maydonini nazorat qilish. 3) Tramvay deposida har hafta otlarni tekshirish. 4) Chorvachilik qabristonini tartibga solish va murdalarni maqsadga muvofiq tashish. 5) Itlarda quturish kasalligiga qarshi kurash bo'yicha yangi majburiy nizomning chiqarilishi va o'tgan
5 История ветеринарии России в XVIII веке. С. 10.
6 И.К. О необходимости реорганизации городской ветеринарии в городе Ташкенте. // Туркестанский ведомости, 1907, № 67
7И.К. О необходимости реорганизации городской ветеринарии в городе Ташкенте. // Туркестанский ведомости, 1907, № 67
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
yili boshlangan itlarni ro'yxatga olishni tugatish. 6) otlarda bezgak, kuydirgi va piroplazmoz (qoramollarda) bilan kurashish bo'yicha majburiy normativ hujjatlarni nashr etish. 7) na'munali shahar veterinariya ambulatoriyasini ochish. 8) Chorva bozori yaqinida chetdan keltiriladigan go'sht mahsulotlarini tekshirish va tadqiq qilish uchun mikroskopik xonaga ega vaqtinchalik kuzatuv punkti tashkil etish. 9) shaharning veterinariya-sanitariya qismiga mas'ul bo'lgan shahar veterinariya shifokorlarini hayvonlarning jasadlarini otopsiya qilish uchun zarur bo'lgan to'plamlar, diagnostik tadqiqotlar uchun asboblar va mikroskop bilan ta'minlash. 10) Kartochka tizimini yuritish orqali veterinariya hisobotini soddalashtirish. 11) shahar veterinariya nazorati mansabdor shaxslar tomonidan davriy ravishda yozib qo'yilishi shart bo'lgan chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlanadigan go'sht do'konlari, kolbasa, sut fermalari, teri zavodlari va korxonalarga (moy fermalari, chorva so'yish joylari va boshqalar) o'rnatish (sanitariya daftarlari) ko'rsatilgan muassasalarga tashrif buyurish va 12) davolash yoki izolyatsiyani talab qiladigan kasal otlarning umuman ishlashiga yo'l qo'ymaslik maqsadida engil va og'ir otlarga amaliy, davriy veterinariya nazoratini o'rnatish (agar bezgak kasalligiga shubha qilingan bo'lsa) kabi talablar edi.8
XIX-asr oxiri XX-asr boshlarida Toshkent shahri tadbirkorlari uchun ham veterinariya-sanitariya xizmatini yaxshilash manfaatli edi. Masalan, Orif Xojinov bilan tuzilgan shartnomaning 30-moddasidagi yangi qushxona ochilishi amalga oshsa, hozir mavjud bo'lgan shahar veterinariya xodimlari (1 shifokor va 1 feldsher) mutlaqo etarli emas bo'lib qoladi. Ularning sonini ko'paytirish biznes uchun zarur va foydalidir.
Har kuni qushxonalarda 110-120 bosh qoramol, 400 bosh qo'y, 7 bosh buzoq va 5-8 bosh otlar so'yilgan, bosh veterinar shifokor karantin hovlisidagi chorva mollarini tekshirishi lozim, shu bilan birga mikroskopik stansiyaga ma'sul bo'lishadi. Qushxonalarning rivojlanishi uchun veterinar xodimlarini ko'paytirish maqsadga muvofiqligini gapirmasdan iloji yo'q, ayniqsa hayvonlarni so'yishdan oldin ularni tekshirish, so'yilgandan keyin go'shti va ichgi organlarini ko'rib chiqish uchun zarul bo'lgan.9
Toshkent shahar hokimligining veterinariya ishiga xayrixohligi quyidagi faktlar bilan isbotlanadi: 1) 1905 yilda 2 ta shahar veterinar shifokori lavozimi tashkil etilgan. 2) 1906-yilda Toshkent shahar veterinariya-sanitariya boshqarmasiga mas'ul shahar veterinar shifokoriga yordam berish uchun 1 nafar feldsher maxsus taklif qilingan; 3)
8 И.К. О необходимости реорганизации городской ветеринарии в городе Ташкенте. // Туркестанский ведомости, 1907, № 67
9 И.К. О необходимости реорганизации городской ветеринарии в городе Ташкенте. // Туркестанский ведомости, 1907, № 67
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
Joriy yilda itlarni to'g'ri ro'yxatga olish yo'lga qo'yildi va to'g'ri ro'yxatlar tuzildi; 4) Joriy yilning aprel oyida shahar hokimi raisligidagi veterinariya komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan: shahar veterinar shifokorlari uchun to'liq mos keladigan ko'rsatmalar va yangi qushxona joylarida chorva mollarini so'yish qoidalari va 5) katta moddiy qurbonliklarga qaramay, namunali qushxonalar tashkil etilgan va tez orada chorva mollarini to'liq tartibli so'yish va shu paytgacha o'rganilmagan cho'chqa go'shti bilan bir qatorda to'liq ilmiy ekspertizadan o'tkazilgan.l()
Xulosa qilib aytish mumkinki, veterinariya mutahassislari favqulodda vaziyatlarda jasorat ko'rsatmagandek bo'lgandur, ammo, ular har kuni aholi tomonidan sezilmaydigan kichik jasoratlarni amalga oshirganlar, ular epizootiya, odamlar va hayvonlarga xos bo'lgan kasalliklar bilan bog'liq ushbu favqulodda vaziyatlarning oldini olish uchun qo'llaridan kelganini qilganlar.
Shaharda veterinar shifokorlari va feldsherini ko'paytirish lozim edi, ularning soni kamida uch kishi bo'lishi kerak bo'lib, shundan 1 tasi bozor kunlarida chorva bozorini, 1 tasi ot maydonida navbatchilik qilishi va yana biri o'lik chorva mollari bilan shug'ullanishi lozim edi. Toshkent shahrining moliyaviy ahvoli og'ir bo'lganligi sababli veterinar tibbiyot xodimlarini ko'paytirishga umid qilib qolishgan xolos.
XULOSA
10 И.К. О необходимости реорганизации городской ветеринарии в городе Ташкенте. // Туркестанский ведомости, 1907, № 67