Научная статья на тему 'O‘RTА OSIYO OʼRMON XOʼJАLIGI FАOLIYATIGА NАZАR'

O‘RTА OSIYO OʼRMON XOʼJАLIGI FАOLIYATIGА NАZАR Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
37
22
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
oʻrmon / oʻrmon xoʻjaliklari / Davlat oʻrmon fondi / Kvint Kursiy Ruf / Turkiston togʻ tizmasi

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Jahongir Boʼriboevich Olimov

Oʻzbekistonda insonning tabiatdan foydalanish tarixi uzoq davrlarga borib taqaladi. Suv boʻylarida toʻqay oʻrmonlari mavjud boʻlgan. Toʻqay oʻrmonlarida yashovchi hayvonlar va oʻsimliklar dunyosi ularni boqqan. Oʻrmonlar va ulardagi oʻsimliklar dunyosiga yaqin boʻlib yashash odamlarni oʻtroq tarzdagi hayotga oʻrgatgan. Ushbu maqolada Oʻrta Osiyo va yurtimizda XIX asr oxiri XX asr boshlaridan mavjud oʻrmon xoʻjaliklari faoliyati tahlil qiling.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘RTА OSIYO OʼRMON XOʼJАLIGI FАOLIYATIGА NАZАR»

O'RTA OSIYO O'RMON XO'JALIGI FAOLIYATIGA NAZAR

Jahongir Bo'riboevich Olimov olimovj ahongirl [email protected] Qo'qon davlvt pedagogika instituti

Annotatsiya: O'zbekistonda insonning tabiatdan foydalanish tarixi uzoq davrlarga borib taqaladi. Suv bo'ylarida to'qay o'rmonlari mavjud bo'lgan. To'qay o'rmonlarida yashovchi hayvonlar va o'simliklar dunyosi ularni boqqan. O'rmonlar va ulardagi o'simliklar dunyosiga yaqin bo'lib yashash odamlarni o'troq tarzdagi hayotga o'rgatgan. Ushbu maqolada O'rta Osiyo va yurtimizda XIX asr oxiri XX asr boshlaridan mavjud o'rmon xo'jaliklari faoliyati tahlil qiling.

Kalit so'zlar: o'rmon, o'rmon xo'jaliklari, Davlat o'rmon fondi, Kvint Kursiy Ruf, Turkiston tog' tizmasi

OVERVIEW OF FORESTRY ACTIVITIES IN CENTRAL ASIA

Jahangir Boriboevich Olimov olimovj ahongirl [email protected] Kokand State Pedagogical Institute

Abstract: The history of human use of nature in Uzbekistan goes back a long time. There were forests on the banks of the water. The world of animals and plants living in the forests fed them. Living in close proximity to forests and their flora has taught people to a more sedentary lifestyle. In this article, analyze the existing forestry activities in Central Asia and our country from the end of the 19th century to the beginning of the 20th century.

Keywords: forest, forestry, State Forest Fund, Quintus Curtius Ruf, Turkestan Range

O'zbekistonda insonning tabiatdan foydalanish davri uzoq ming yilliklarga to'g'ri keladi. Arxeologlarning ta'kidlashiga ko'ra, quyi Amudaryoning o'zlashtirilishi eramizdan oldingi IV-III ming yilliklarga borib taqaladi Bu davrlarda ibtidoiy odamlar, asosan, Amudaryoning eski deltasida yashab, suv hayvonlarni ovlab hayot kechirishgan. Suv bo'ylaridagi o'rmonlar va ularda yashovchi hayvonlar va o'simliklar dunyosi ularning asosiy ozuqaviy manbalaridan biri bo'lgan. Shuningdek, to'qay o'rmonlari uy qurish uchun kerakli material bilan odamlarni ta'minlagan. Shuning uchun aholi bu o'rmonlardan uzoqqa ketmasdan yashashga harakat qilganlar.

ITFVE^^Hl 357 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

O'rmonlar va ulardagi o'simliklar dunyosiga yaqin bo'lib yashash odamlarni o'troq tarzdagi hayotga ham o'rgatgan.

Aslini olganda, O'rta Osiyoda o'rmonlar keng tarqalmagan. Hududning 6,7 foizigna o'rmonlar bilan qoplangan. Bir qator tarixiy manbalardagi ma'lumotlarga ko'ra, qadimgi davrlarda O'rta Osiyoda o'rmonlar va o'simliklar ancha katta maydonlarni egallagan ekan. Masalan, Aleksandr Makedonskiy tarixini yozgan Kvint Kursiy Ruf Zarafshon vodiysini tasvirlashi mobaynida bu yerlarda ko'plab o'rmonlar mavjud bo'lganligini qayd etadi. U yana Panjikentga yaqin yerlarda o'tib bo'lmas o'rmonlar borligini ham yozgan [1, B. 127].

O'rta Osiyoda o'rmonlarning kamayishiga ularning talon-toroj etilishi, yong'inlar, chorvaning tartibsiz boqilishi, o'rmon maydonlarni ekin maydonlariga aylantirib, taqsimlab berilishi, o'rmonlar muhofazasi va o'rmonlarni tiklash ishlarining mavjud bo'lmaganligi sabab qilib ko'rsatilishi mumkin. Rui Gonsales de Klavixoning yozishicha, Samarqanddan to Buxorogacha yo'lning ikki tomoni daraxtlar bilan egallangan bo'lgan [2, B. 109-113].

Demak, ota-bobolarimiz tomonidan daraxtlarni ekish va ularni parvarish qilish jarayoni uzoq tarixga borib taqalar ekan. Keyingi davrlarda ham to'qay o'rmonlarining insonlar hayotidagi o'rni katta bo'lgan. Masalan, XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Xiva xoni ba'zi to'qay o'rmonlarida o'suvchi jiydani terishni man etgan. Shuningdek, Qo'qon xonligining Quva va Marg'ilon atroflarida o'rmon hamda to'qaylar bo'lganligi qayd etiladi [3, B. 310-314]

Shu o'rinda ta'kidlash kerakki, hatto XIX asrgacha o'lkada o'rmonzorlarni muhofaza qilish tizimli tarzda olib borilmagan. Masalan, Qo'qonga kelgan rus sayyohi

A.P.Fedchenko butun xonlikni aylanib chiqqani va ko'p ov qilib ketganini esga olganda, sayyoh ham o'sha to'qaylarda ov qilish istagini bildirganiga javoban xonlik vakili Mullo Mirkomil mehtar u joylar allaqachon dalalarga aylantirilganini aytadi[4,

B. 234]. Bu holat xonlik aholisi sonining muttasil oshib borgani va sug'orma yerlarning yetishmasligi tufayli ayrim to'qayzor va botqoqliklar ekinzorlarga aylantirib borilganidan dalolat beradi.

Faqatgina XIX asr oxirlaridan boshlab O'rta Osiyoda asta-sekin o'rmon xo'jaliklari paydo bo'la boshladi. Masalan, 1897-yili Amudaryo o'rmon xo'jaligi vujudga kelgan. Amudaryoning quyi oqimida o'rmonchilik ishlarini olib borish 1909-yildan boshlangan. Shu yilgacha o'rmonlarning maydonlari va ularni hisobga olish ishlari olib borilmagan edi. Shu davrdan boshlab o'rmonlarni hisob-kitob qilish yo'lga qo'yila boshlandi.

1912-yili Amudaryoning o'ng qirg'og'ida to'qay o'rmonlari tashkil qilindi. Bundan ko'rinadiki, o'sha davrlardan boshlab o'rmonlarni saqlab qolish masalasi bilan jiddiy shug'ullanilgan. Turkiston o'lkasini boshqarish bilan bog'liq o'sha davrga oid qonun hujjatlari orasida o'rmonlarni saqlashga qaratilganlari ham bor edi. Masalan:

358 ISSN 2181-063X/ Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

yovvoyi o'rmonlar ham, bo'sh yerlar ham davlat mulki deb hisoblangan, xalqlar yashayotgan yerlar ularga doimiy foydalanish uchun berilgan. Yoki Rossiya imperiyasi ma'murlari saksovulzorlarni qo'riqlash masalasini ilgari surib, ulardagi saksovullarni yo'q bo'lib ketishiga qarshi turgan. Lekin shunga qaramay, aholi saksovullardan o'z ehtiyojlari yo'lida doimiy ravishda foydalanib kelgan. Jumladan, hukumatning taqiqlashiga qaramay, saksovullarni kesish va bozorda sotish holatlari ko'p uchrab turgan [5, B. 18].

Saksovulzorlar Buxoro amirligi hayotida katta o'ringa ega bo'lgan. Biroq 1908-yilgacha cho'llardagi o'rmonlarni nazorat qilish bo'yicha hech qanday ishlar amalga oshirilmagan. Ulardan Buxoro aholisi o'z uylarini isitish maqsadida foydalanib kelgan. Cho'l o'rmonlarining odamlar tomonidan doimiy kesilishi ularning keskin kamayishiga olib kelgan. Masalan, Zarafshon daryosi qirg'oqlarida 15 000 desyatina yerdagi o'rmonlar yo'q qilingan. Natijada, saksovulzorlarni muhofaza qilish ehtiyoji yuzaga kelgan. Ma'lumotlarda keltirilishicha, 1911-yili cho'l o'rmonlarida 634 kishi o'rmonlarni qo'riqlash uchun tayinlangan bo'lsa-da, 1914-yilgi hisobotlarda o'rmonlarni saqlash bilan bog'liq qoidalar 616-marta buzilganligi qayd etilgan. Bu borada tarixiy hujjatlarga murojaat qiladigan bo'lsak, 1911-yili Sankt-Peterburgda bo'lib o'tgan o'rmon egalarining syezdida Turkiston o'lkasi yer boshqarmasi va davlat mulki boshqaruvchisi knyaz Mosalskiy tog' o'rmonlarining qisqarishi xaqida: "...oldingi davrlarda Turkistondagi tog' o'rmonlari ancha katta bo'lgan. Ular vodiylar hatto odamlar yashaydigan joylargacha tarqalgan edi", - deya ta'kidlaydi. Lekin asrlar davomida aholining ta'siri bu o'rmonlarining keskin kamayishiga sababchi bo'lgan. Tog' o'rmonlarinig bunday yo'q qilinishi tabiiy balansni buzishidan tashqari, tabiiy ofatlarga ham olib kelishi mumkin edi. Mana shunday sharoitda butun Turkiston hayotini yaxshilashga yordam beruvchi tog' o'rmonlarini muhofaza qilish o'rmon xo'jaligining asosiy vazifasi bo'lishi lozim edi. Shunisi qiziqki, aholining o'zi ham o'rmonlarni saqlab qolish va qo'riqlashdan manfaatdor bo'lgan. Chunki o'rmonlar ular uchun daromad manbai, yashash uchun vosita bo'lib xizmat qilgan.

Turkiston general-gubernatorligi ma'murlari ham o'rmonlarni muhofaza qilish uchun ma'lum chora-tadbirlarni qo'llagan. Chunki ular davlatga katta moddiy foyda keltirgan. Bu davlat miqyosidagi muammo sifatida o'rmonlarni muhofaza qilish ishiga e'tibor katta bo'lganligini ko'rsatadi. Xususan, "Turkiston o'lkasidagi Davlat mulkini boshqarish to'g'risidagi Nizom"ga ham o'rmon xo'jaliklari masalasiga doir alohida bo'lim kiritilgan bo'lib, unda o'lkada mavjud bo'lgan o'rmonlar Davlat mulkini nazorat qilish boshqarmasining o'rmon xo'jaligi bo'limi boshlig'i tomonidan amalga oshirilishi belgilanib qo'yilgan edi. Bu davrda o'rmonlarni saqlash uchun Turkiston general-gubernatorligi tomonidan ayrim chora-tadbirlar ham amalga oshirilgan. Masalan, Sirdaryo viloyatida qorovullar tayinlagan. O'rmon qorovullarining vazifasi -

359

ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

daraxtlarni tartibsiz kesish, o'rmonlarda chorva mollarini boqish va yong'inlarga qarshi kurashishdan iborat bo'lgan.

1911-yildan boshlab Turkiston o'rmon xo'jaligida yangi davr boshlangan. Bunda o'rmonlardan kelgan foyda davlat hisobiga o'tkazilgan. Oqibatda, o'rmondan olingan o'tinlar narxi oshib ketgan. O'rmonda chorva mollarini boqish uchun ham turli ko'rinishdagi narxlar belgilangan. Bu aholining noroziligiga sabab bo'lgan. Chor xuqumatining urinishlari katta va kutilgan natijalarga olib kelmaganligi sababli Turkiston general-gubernatori Kuropatkin 1917-yil 17-yanvarda Turkiston o'lkasi hududiga tegishli bo'lgan o'rmon bilan bog'liq buyruq chiqargan. Bu buyruqda aholining o'rmonlardan foydalanishiga erkinlik berilgan. Shunday qilib, Turkiston o'lkasidagi o'rmon xo'jaligi bilan bog'liq davlat ishlari muayyan chora-tadbirlar bilan yakunlangan.

Hulosa qilib aytganda, O'rta Osiyo o'rmon xo'jaliklari faoliyati hozirgi zamonaviy ko'rinish kasb etgan o'rmon xo'jalikllarini shakllanishi va rivojlanishiga asos bo'lib xizmat qilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Kvint Kursiy Ruf. Istoriya Aleksandra Makedonskogo // Istoriya Uzbekistana v istochnikax. Sostavitel B.V.Lunin. - Tashkent: Fan, 1984. - S. 127.

2. Rui Gonsales de Klavixo. Buyuk Amir Temur tarixi // Amir Temur Yevropa elchilari nigohida. - Toshkent: G'ofur G'ulom, 2007. - B. 109-113

3. Muhammadhakimxon to'ra. Muntaxab at-tavorix. - Toshkent: Yangi asr avlodi, 2010. - B. 310-314

4. Fedchenko A.P. Puteshestviye v Turkestan. - M: Geografgiz, 1950. - C. 234

5. Lim V.P. Oxrana jivoy prirodti na territorii Uzbekistana (Vozniknoveniye, razvitiye i sovremennoye sostoyaniye na primere lesntix, rtibntix i oxotnichye-promLislovtix resursov). Diss. na sois. uch. step. dokt. biolog. nauk. - Tashkent, 2002. - S.18

360

ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.