Tillayev D.O.
UrDUakademik litseyi oliy toifali tarixfani o'qituvchisi
XIVA XONLIGIDA TIPOLITOGRAFIYANING OCHILISHI VA
FAOLIYATI
Annotatsiya. Ushbu maqolada Turkistonda bosmaxona tashkil etilganligi va mahalliy millat vakillari orasida ham bosmaxona ishlari bo 'yicha mutaxassislar ishlay boshlagani haqida ma 'lumot beriladi. Xiva xoni tomonidan tipolitografiya tashkil etilganligi va uning ishga tushirilishi haqida qayd etilgan. Xiva xonligida tipolitografiyaning rivojlanishi hamda xonlik o'z madaniyati va tarixi haqida yozma manbalarni saqlashda ularga murojaat qilishgani muhim ahamiyat kasb etadi.
Kalit so 'zlar: Xiva xonligi, bosmaxona, tipolitografiya, mutaxassis, litografik uskuna, madaniyat, manbaa.
Tillayev D.O. senior history teacher UrDU academic lyceum
THE DISCOVERY AND ACTIVITY OF TYPOLITHOGRAPHY IN THE
KINGDOM OF XIV
Annotation. This article provides information about the establishment of a printing house in Turkestan and the work of specialists in printing work among the representatives of the local nation. The development of typolithography in the Khiva khanate and the fact that the khanate turned to them in the preservation of written sources about its culture and history are of great importance.
Key words: Khanate of Khiva, printing house, typolithography, specialist, lithographic equipment, culture, source.
O'lkada birinchi bosmaxonaga 1868-yilda Turkiston harbiy okrugi shtabi huzurida asos solindi. Lekin bu bosmaxona yaxshi jihozlanmaganligi tufayli faqatgina devonxona materiallari, turli blankalar va buyruqlarni bosib chiqarishga moslashgan edi. Shu sababdan 1869-yilda boshqa bosmaxona tashkil qilindi. Ushbu yangi bosmaxona nafaqat rus, balki arab harflariga ham ega bo'lib, 1870-yildan to'liq o'z faoliyatini boshlagan. Turkistonda bosmadan chiqarilgan dastlabki kitob mashhur rus sayyohi N. Seversovning qirq sahifadan iborat bo'lgan risolasi edi. O'zbek tilida bosmadan chiqqan dastlabki kitob Shohimardon Ibrohimov tomonidan tayyorlangan "Taqvim" edi. Rus matbaachilari tijoriy maqsadlarda xususiy bosmaxonalarga asos solgan edilar. Bu bosmaxonalarda rus millatiga mansub mutaxassislar bilan birgalikda tatar
мЭкономнка h соцнумм №7(122) 2024
www.iupr.ru
307
millatiga mansub mutaxassislar ham mehnat qilganlar. Ular tijoriy maqsadlarda arabiy harflarda kitob bosishni ham yo'lga qo'ygan edilar. Bu masalada rus noshirlari tatar matbaachilaridan foydalandi. Ayni paytda bu matbaaga mahalliy millat vakillari ham ko'proq harf teruvchi sifatida ishga qabul qilingan. Masalan, Bazilevskiy matbaasida tatar mutaxassis harf teruvchilari - Shaxingirey Bekqulov, Abdulatif Yavushev va Ali Bektemirovlar faoliyat ko'rsatganlar. Bu odamlarning qo'liga shogird qilib erli xalq vakillari Sirojiddin Xo'jaev, Hamid Xo'jaev, Abdurahmon Xo'jaevlar olindilar. Bu shaxslar dastlabki o'zbek matbaachilaridan hisoblangan. Shu tariqa mahalliy millat vakillari orasida ham bosmaxona ishlari bo'yicha mutaxassislar shakllana boshladi.
Turkistonda bosmaxonalarning vujudga kelishi va taraqqiyotini hududlar kesimida ko'radigan bo'lsak, Xiva xonligi madaniyatni yuksaltirishga intilish O'rta Osiyoning qolgan mintaqalariga nisbatan kuchliligi, yangiliklarga nisbatan ochiqligi, o'zbek xonliklari ichida birinchi matbaaga asos solinishida buninig asosiy omili edi. Xiva hukmdori Muhammad Rahimxon II farmoni bilan 1874-yili Erondan litografik uskuna olib kelindi va saroyda tipolitografiya tashkil etildi. Xon saroyida tashkil qilingan tipolitografiyani Otajon Abdalov eronlik ustozi Ibrohim Sulton rahbarligida ishga tushirdi. Ushbu bosmaxona "Podshohi zamon tipolitografiyasi" deb nomlangan bo'lib, tadqiqotlarga ko'ra, Muhammad Rahimxon II matbaani Jenevadan keltirgan ekan. Ammo bu bosmaxona tijoriy maqsadlarda qo'llanmaganligi sababli Xiva aholisiga ta'siri juda oz bo'lgan.
Xiva xoni Muhammad Rahimxon II 1896-yilgi Rossiyaga qilgan safari davomida Nijniy Novgorodda har yili tashkil etiladigan an'anaviy ko'rgazma -bozorga tashrif buyuradi. Xon ko'rgazma pavilyonlaridan birida qo'yilgan bosma uskunasiga e'tibor beradi va uni barcha kerakli ashyolari bilan sotib olishga qaror qiladi. Ismoil G'asprali bergan xabarga ko'ra, Muhammad Rahimxon sotib olinajak bosmaxona uskunasini Xivadagi madrasalardan biriga vaqf qilish niyatida bo'lgan. Lekin bu bosmaxona haqida boshqa biror ma'lumot yo'q.Bu misol orqali XIX asr oxiridagi Xiva adabiy muhiti Qo'qon saroyi muhitidan yuqoriroqda ekanligi ta'kidlanadi. Ayni vaqtda, o'rta asrlar madaniy va she'riy an'analariga rioya qilib, ularni davom ettirayotgan Xiva adabiy muhiti Yevropa tipidagi yangiliklardan uzoq bo'lib qolgan edi. Sababi, ta'kidlaganimizdek, Muhammad Rahimxon II an'anaviy yo'ldan borishni tanlagan edi. Shu sababdan 1910 yil Muhammad Rahimxon II dunyodan ko'z yumib, o'rniga o'g'li Isfandiyorxon (1910-1918) taxtga o'tirgandan keyin mamlakatda sharoitni yangilash maqsadida katta islohotlar amalga oshiriladi.
1883 yilda Komil Xorazmiy Muhammad Rahimxon II bilan birga Moskva, SanktPeterburg shaharlarida bo'lib, rus xalqi madaniyati va hayotini o'rganadi hamda ilg'or madaniyat, san'at namunalarini Xivada ham yo'lga qo'yish ishini xonga targ'ib qiladi. Safardan qaytgach, u Xivada rus-tuzem maktabi ochilishiga rahnamolik qildi. Xivadagi maktabda 1887 yilda 11 ta o'quvchi ta'lim olgan. 1891 yilda Komil Xorazmiy tashabbusi bilan Xivada ochilgan rus-tuzem maktabi to'g'risida "Turkiston viloyatining gazeti" shunday
xabar bergan: "...Xiva mamlakatida Rusiya tilini o'rganmoqning boshlanishini xohlab, Rusiya tilida ta'lim beradurgon maktabxona ochib, ul maktabda o'n bola uchun joy va xarajat ta'min qilinibdur. Ushbu yil aprel oyida Turkiston viloyatidagi tamomi Rusiya madarasasi va maktabxonalarining noziri...Xivaga borib ...mazkur maktabni ko'ribdur... Xon (Feruz) andin Xivaga bir o'ris domlasi yubormoqni iltimos qilibdur. Shul sababdin Rusiya tili va ilmi hisobini o'rgatmoq uchun ushbu yil Toshkand shahrida Uchitelskaya seminariyani juda yaxshi xatm qilg'on qozoq musulmon Xusayn Ibrohim o'g'lini maktabxonaga domlalikka tayinlabdur" Bu esa Xiva an'anaviy muhiti uchun, kichik bo'lsa-da, islohot edi. Ya'ni, o'z vaqtida Feruzga she'riy kechalar o'tkazib ovunishni maslahat bergan Komil Xorazmiy qarashlarida yangiliklar sari o'zgarishlar yuz beradi: u Rossiya safaridan keyin maorif sohasida modernizatsiyaga intila boshlaydi.1892 yili Komil Xorazmiy Toshkentga keladi va tipolitografiya, teatr, gimnaziya va maktablar, kasalxonalar, gazetalar muharriyati ishi bilan tanishadi. O'rta asr an'analari ichida yashayotgan Xiva saroyi muhitidan Toshkentga kelgan shoir o'z yurtdoshlari, butunlay yangi, zamonaviy bir sharoitda yashayotganlariga guvoh bo'ladi.
Jadid namoyandalari aholini diniy bo'lmagan adabiyot bilan yanada yaqindan tanishtirish maqsadida 1909-yildan boshlab turli shirkatlar tashkil eta boshladi. Bular qatoriga Buxorodagi "Shirkati Buxoroi sharif', Toshkentdagi "Maktab", Qo'qondagi "G'ayrat" jamiyat va shirkatlarini misol qilish mumkin. Ushbu kabi tashkilotlarning asosiy vazifalari yangi usul maktablari uchun darsliklar chop qilish bilan bir qatorda mahalliy aholi orasida turli kitoblar, gazeta va jurnallarning keng yoyilishini yo'lga qo'yish edi. Quyida keltirilgan jadvaldan 20-asr boshlarida Turkistonning ayrim yirik shaharlarida kitob savdosi bilan mashg'ul bo'lgan do'konlarning rasmiy idoralar tarafidan ro'yxatga olinish xronologiyasini ko'rish mumkin. Turkiston xonliklarida birinchi matbaa Xivada tashkil etildi. Xiva hukmdori Muhammad Rahimxon Soniyning qarori bilan 1874-yili Erondan litografik uskuna olib kelindi va saroyda tipolitografiya tashkil etildi. Xon saroyida tashkil qilingan tipolitografiyani xivalik Otajon Abdalov (1856-1927) yurita boshladi. U ruslar tarafidan tashkil qilingan maktabda ta'lim olgan va tipolitografiya ishlarini 1874-1878-yillar orasida Xivada istiqomat qilgan eronlik matbaachidan o'rgandi. Xiva xonligida tipolitografiya, ya'ni matbaa usuli, 19-asr oxirlarida va 20-asr boshlarida rivojlangan. Bu usul orqali gazeta va kitoblar chop etish imkoniyati oshdi, natijada ma'lumot tarqatish va madaniy rivojlanish tezlashdi. Xiva xonligi o'z madaniyati va tarixi haqida yozma manbalarni saqlashda va ularga murojaat qilishda muhim rol o'ynadi. Matbaa san'ati orqali adabiyot va ilm-fan taraqqiyotiga hissa qo'shildi Tipolitografiya, matbuotda matn va rasmni yaratish uchun ishlatiladigan bir qismini tashkil etadi. Xiva xonligida tipolitografiya ochilishi va faoliyati esa tarixiy va ijtimoiy o'zgarishlarga bog'liq edi.
Xiva xonligida tipolitografiya ochilishi 19-asrning oxirida bo'lgan. Ushbu davrda Xivada o'qituvchi va ilmiy o'quv markazlarining yanada rivojlanishi
bilan kitobxonalar soni katta o'sgan edi. Bu esa matbuotning ham rivojlanishiga ta'sir qildi. Tipolitografíyaning faoliyati esa matn va rasmni yaratish, tahrir qilish, nashr qilish va tarqatish jarayonlarini o'z ichiga oladi. Bu jarayonlarda harf, so'z, gap va matnlar bilan ishlovchi vositalar, misol uchun qog'oz, chizmachilik vositalari va qog'oz kesish asboblar ishlatiladi. Tipolitografiya orqali yaratilgan asarlar, kitoblar va gazetalar Xivada o'qituvchi va ilmiy markazlar, diniy institutlar va hokimiyat organlari tomonidan foydalanilardi. Bu esa o'quvchilar, ilmiy fanlar bilan shug'ullanuvchi shaxslar va umumiy aholi uchun ma'lumotlarni tarqatish imkonini berdi. Xiva xonligida tipolitografiya faoliyati tarixiy manzillarda yaxshi boshlangan edi. Bu esa Xiva shahrida ilmiy-fan rivojlanishning bir elementi sifatida ko'rinadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.А.Р.Мухаммаджонов, Т.Неъматов. Некоторые источники к истории взаимоотношений Бухары и Хивы с Россией. Т.1957.С.139
2. Н.Муравьев. Путешествие в Туркмению и Хиву в 1819 и 1820 годах, гвардейского генерального штаба капитана Николая Муравьева, посланного с сии страны для переговоров. М, 1822, II, С. 92-93
3. Камолов С.К. Каракалпаки в XVI-XX веках. Т. Фан. 1968. С. 171-172
4. А.Р.Мухаммаджонов, Т.Нематов. Некоторые источники к истории взаимоотношений Бухары и Хивы с Россией. Т. 1957.C.140
5. Е.В.Бунаков. К вопросу о сношениях России с среднеазиатскими ханствами в Х1Х в., Советское востоковедение. Т. II. М., Л., 1941 С. 8-9.
6. А.М.Аминов. Экономическое развитие Средней Азии. Стр. 54
7. М.Иванин. Хиви и река Амударья. Стр. 73
"Экономика и социум" №7(122) 2024
www.iupr.ru
310