XORAZM JADIDLARINING FAOLIYATI VA PEDAGOGIK QARASHLARINING BUGUNGI YOSH AVLOD TARBIYASIDAGI
AHAMIYATI.
Temurjon Yusubbayevich Ahmedov
UrDU, Pedagogika fakulteti "Maktabgacha ta'lim metodikasi" kafedrasi o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada XIX asr oxiri- XX asrning boshlarida Turkiston o'lkasida, xususan, Xorazmdagi jadidlar harakati va ularning hayoti, ilg'or ijodiy izlanishlari, ilm-fan, pedagogika, ta'lim sohasiga qo'shgan hissalari haqida so'z yuritiladi.
Tayanch so'zlar: "yosh turklar", "yosh buxoroliklar", "yosh xivaliklar", muxtoriyatchilik, monarxiya, mustamlakachilik, ma'rifatchilik, "Turon" gazetasi.
АННОТАЦИЯ
В данной статье рассказывается о джадидском движении в Туркестане, особенно в Хорезме в конце 19-начале 20 веков, их жизни, передовых творческих исследованиях, вкладе в науку, педагогику и образование.
Ключевые слова: «младотурки», «младобухарцы», «младая Хива», автономия, монархия, колониализм, просвещение, газета «Турон».
ABSTRACT
This article tells about the modernist movement in Turkestan, especially in Khorezm in the late 19th and early 20th centuries, their life, advanced creative research, contribution to science, pedagogy and education.
Keywords: "young Turks", "young Bukharas", "young Khiva", autonomy, monarchy, colonialism, enlightenment, "Turon" newspaper.
XIX asr oxiri- XX asrning boshlarida siyosiy, madaniy, iqtisodiy jihatdan inqiroz holatiga tushib qolgan mustamlaka tufayli rivojlanish past darajada bo'lgan o'lkada Turkiston ziyolilari chor Rossiyasining mustamlakachilik zulmidan qutulish, o'z milliy davlatchiligini tuzish, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotga yo'l ochish, xalqqa ziyo tarqatish choralarini ko'rdi. Bu borada jadidchilik harakati katta rol o'ynadi. Jadidchilik rus mustamlakachiligiga qarshi milliy demokratik harakat bo'lib, u o'sha davr
May 6, 2023
503
Turkistondagi qoloq iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sharoitda yashayotgan xalqlarni ma'rifatlashtirish, jamiyat xayotida ijtimoiy va madaniy isloxotlar o'tkazish, pirovardida milliy mustaqillik g'oyalarini xayotga tadbiq etish maqsadini o'z oldiga qo'ygan edi. Turkistonda jadidchilik g'oyalari XIX asrning 90-yillaridan yoyila boshladi. Bu harakat XX asrning 30-yillari oxirlarigacha o'lka ijtimoiy-siyosiy xayotida muxim rol o'ynadi. Bugungi kunda respublikamiz tarixchi olimlari jadidchilik harakatida quyidagi uchta bosqichni farqlashmoqda: 1) XIX asr oxirlaridan 1915 yilgacha-ma'rifatchilik; 2) 1915 yildan - 1918 yil fevraligacha-muxtoriyatchilik; 3) 1918 yil fevralidan - 20-yillar oxirlarigacha mustabid sovetlar davridagi faoliyati.
Jadidlarning xalq ma'rifati uchun kurash dasturi uch asosiy yo'nalishdan iborat bo'lgan:
1. Yangi usul maktablari tarmog'ini kengaytirish.
2. Umidli, iqtidorli yoshlarni chet elga o'qishga yuborish.
3. Turli ma'rifiy jamiyatlar tuzish xamda ziyolilarning kuchli firqasini tashkil
etishga qaratilgan gazetalarni chop etish.
Shu dasturni amalga oshirish borasida Maxmudxo'ja Bexbudiy, Abdurauf Fitrat, Munavvarqori Abdurashidxonov, Ubaydullaxo'ja Asadullaxo'jayev, Abdulla Avloniy, Abdulxamid Cho'lpon va boshqa ziyolilar jonbozlik ko'rsatishdi.
Bu davrga kelib mahalliy fuqaro bolalaridan ilmli kishilar tayyorlash maqsadida Xiva xoni Sayid Muhammad Rahimxon Bahodirxoni soniy - Feruz (1844-1910y) katta ishlarni amalga oshirdi. Bevosita uning tashabbusi bilan 1884-yili o'z saroyida maktab ochilib, bu maktabda rus o'qituvchisi va Mirzo Rahmonquli qori kabi mahoratli ta'lim-tarbiya ustalari yoshlarga bilim berish ishi bilan shug'ullandilar.
Feruz farmoniga muvofiq 1904-yilning 10-noyabrida Urganchda birinchi yangi usul maktabi ochildi. Unda Husayn Qo'shayev degan Turkiyadan kelgan o'qituvchi yoshlarga ta'lim-tarbiya bera boshladi.
Husayn Qo'shayev 1906-1907 o'quv yilida xonlikdagi ilg'or ma'rifatparvar kishilarning istaklarini hisobga olib, Urganchda qizlar maktabini ham tashkil etdi. Feruz unga homiylik qilib, xazina hisobidan maktab uchun alohida mablag' ajratib berdi.
Feruz homiyligidagi bu maktabda Husayn Qo'shayevning turmush o'rtog'i Komila Qo'shayeva qizlarga bilim bera boshladi.
1909-yilga kelib, Feruz qo'li ostidagi madrasalar soni 130
taga yetib, undagi mullavachchalar 2300 kishidan ortib ketdi.
May 6, 2023
p
Feruz Xiva ziyolilari orasida nufuzli o'rinni egallagan ma'rifatparvar Komil Xorazmiyni Toshkent shahrida gimnaziya va maktablardagi o'qitish usulini o'rganib kelishi maqsadida safarga jo'natadi. Safardan qaytgach, Komil Xorazmiy bu sohadagi ishlarni anchagina jonlantirib yubordi.
Mazkur maktab o'quv dasturi hamda rejasiga - riyoziyot, tarix, jo'g'rofiya, tabiat, rus tili, mahalliy savod (ona tili) va islomshunoslik kabi fanlarini o'qitish kiritildi. Mashg'ulot jarayonida Sharq mutafakkirlari - Navoiy, Fuzuliy, Bedil, Sa'diy Sheroziy, Mashrab, So'fi Olloyor kabilar bilan bir qatorda rus shoir, yozuvchilarining asarlari ham o'rganildi. Shuningdek, u, vohada san'at, maorif va madaniyat rivojiga rahnamolik qilib, saroyda "Podshohi zamon tipolitografiyasi"ni tashkil qildi.
Jadidchilik harakati Xivada, Buxorodan ham avval, XIX asr oxirlarida vujudga kelgandi. Isfandiyorxon taxtga o'tirgan 1910 yilda "Yosh xivaliklar" tashkiloti xalq ichida katta ta'sir kuchiga ega edi. Sharoitni hisobga olib va 1917 yilda Rossiyada sodir bo'lgan Fevral inqilobi ta'sirida Isfandiyorxon ba'zi bir tadbirlarni amalga oshiradi. O'sha yilning 5 aprelida "Yosh xivaliklar" ishtirokida ellik kishidan iborat Oliy majlis tuziladi va hatto ikki jadid —biri hukumat, ikkinchisi esa majlis raisi etib saylanadi. Ammo bir tomondan, Junaidxonning bu majlis qarorini tan olmay, hamkorlikda faoliyat ko'rsatishdan bosh tortishi, ikkinchi tomondan, ruslarning "Yosh xivaliklar" hukumatiga qarshi chiqishi natijasida majlis Isfandiyorxon tomonidan tarqatib yuboriladi.
Ko'p yillar davomida jadid ziyolilarining diqqat markazida bo'lgan maorif sohasidagi islohotlar amalga osha boshlaydi.
Qisqa umr ko'rgan Xorazm Xalq Jumhuriyati mana shunday e'tiborga loyiq bo'lgan ishlarni amalga oshirdi.
Xiva xonligida sodir bo'layotgan xalq kurashining mafkuraviy asosini jadidchilik harakati tashkil etar edi. Xivada vujudga kelgan jadidchilik harakatida 1905-1907- yillarda Rossiyada yuz bergan inqilobning va yosh turklarning 1908 -yilda o'z monarxlariga qarshi bosh ko'tarishlari katta ta'sir kuchiga ega bo'ladi. Shu boisdan Xiva jadidlari "unchalik keskin bo'lmasa-da, jamiyatni isloh qilish tarafdorlari" bo'lib maydonga chiqdilar. Bu yerda biz hududiy jihatdan yagona bo'lgan Markaziy Osiyoda jadidchilik harakati bir vaqtda paydo bo'lgan bo'lsa-da, o'z oldiga qo'ygan kurash maqsadlari jihatdan ikki xil yo'nalish kasb etganligini ko'ramiz. Jumladan, turkiston jadidlari o'z oldilariga bosh maqsad qilib Turkiston o'lkasini Rossiya mustamlakachilaridan ozod qilish va milliy mustaqil davlat tuzishni qo'ygan bo'lsalar, xivalik jadidlar hokimi
May 6, 2023
mutlaq - o'z monarxlari bo'lgan amir va xon zulmiga qarshi kurashni bosh maqsad deb bildilar.
Yosh turklar faoliyati Xiva jadidlari faoliyati uchun namuna va o'lchov mezoni bo'ldi. Shuning uchun ular o'zlarini yosh turklarga nisbat berib "yosh xivaliklar" deb atay boshladilar. Yosh xivaliklarning pirovard maqsadlari konstitutsiyaviy monarxiya tuzumi edi. Ular ana shu konstitutsiyaviy monarxiya tuzumi doirasida islohotlar o'tkazish yo'li bilan adolatli va insonparvar jamiyat qurish mumkin, deb ishonardilar.
"Yosh xivaliklar" tashkiloti 1917-yilda Xiva jadidlarining so'l qanotidan ajralib chiqdi. Uning tashkilotchi va asoschilari Xusaynbek Matmurodov, Bobooxun Salimov, Poliyoz Hoji Yusupov, Mulla Jumaniyoz Sultonmurodov va boshqalar edilar.
Jumladan, Bobooxun Salimov islom homiysi - Shayxul-islom, ya'ni qozikalon mansabida edi. U o'z lavozimidan foydalanib Xiva xoni Asfandiyorxonni adolatparvar, xalqqa mehr-shafqatli bo'lishga chaqirdi. «Turon» gazetasining yozishicha, 1917-yilning 4-aprelida Xiva shahridagi ms askarlari, deputatlari sho'rosi va Bobooxun Salimov rahbarligidagi «Yosh xivaliklar» namoyish o'tkazdilar. Bundan cho'chigan Asfandiyorxon 5-aprelda «Yosh xivaliklar» qo'mitasi tomonidan yozilib unga taqdim etilgan manifestga imzo chekishga majbur bo'ldi. Xon mulozimlardan Ibrohim Xo'ja o'g'lini, Ashir Mahram Ali o'g'lini, Ro'zimuhammad Mahram Muhammad Amin o'g'lini va Ota Mahram Mamatmahram o'g'lini Yosh xivaliklar qo'liga topshirdi.
Yosh xivaliklar tomonidan tayyorlangan va Said Asfandiyor Bahodirxon imzolagan 7 moddadan iborat manifestning birinchi moddasida, jumladan, quyidagilar yozilgan edi:
"... tarix hijriy ming uch yuz o'ttiz beshinchi jumadilavvalning yigirma beshinchi kuni erdikim, milodiy yilning bir ming to'qqiz yuz o'n yett inchi yil aprel oyining beshinchi kunida men Xiva xoni Said Asfandiyor Bahodirxon tubanda yozilgan o'zimni xohishimni e'lon qilaman. Awalo mening sodiq fuqarolarimga "Idorai Mashrutiya" berdim, toki ular o'zlarini xohlaganicha mamlakatni shariatga muvofiq ham zamon taqozosiga muvofiq idora qilsinlar. Chunonchi, o'zlari xohlagancha fuqarolarning maslahati bilan saylov qilib, hukumat ishlariga o'zlari xohlagan odil odamlarni tayin qilsinlar". Mazkur manifest asosida mamlakatni boshqaruvchi "Idorai Mashrutiya" tuzildi. Uning rahbarlari etib "yosh xivaliklar"ning yo'lboshchilari Polvonniyoz Hoji Yusupov, Husaynbek Muhammad- murodovlar saylandilar. Bular, albatta,
May 6, 2023
506
jadidlar rahbarligida boshlangan ozodlik va erk uchun kurashning dastlabki yutuqlari edi. Ammo bu g'alaba uzoqqa bormadi. U bor yo'g'i 7 oy umr ko'rdi, xolos.
Jadidlarning yirik namoyondalaridan Jumaniyoz Sultonmurodov 10-15 kishidan iborat "yosh xivaliklar"ning To'rtko'l qo'mitasi (komiteti)ni tashkil etdi. 1919-yilning boshida bu tashkilot a'zolarining soni 600 ga yetdi, 200 kishilik o'z harbiy qismiga ham ega bo'ldi. Asli jadidlardan bo'lgan bu "yosh xivaliklar"ning dasturiy talablari ham Rossiya mustamlakachiligi va shovinizmi foydasiga o'zgardi. Agar ilgari ular Xivada xonning mutloq monarxiyasini konstitutsiyaviy monarxiya bilan almashtirish, Xivaning mustaqilligi va xususiy mulkchilikni saqlab qolish uchun kurashgan bo'lsalar, ularning yangi dasturida bu talablarning aksi qayd etildi. Jumladan, unda xon hokimiyatini ag'darib tashlab Xivani Rossiya Sho'ro Federativ Respublikasiga butunlay birlashtirish g'oyasi bosh maqsad qilib qo'yiladi. Xullas, "yosh xivaliklar"ning bolsheviklar ta'sirida inqilobiylashuv jarayoni kuchaydi.
Qurultoyda saylangan Polvonniyoz Hoji Yusupov boshchiligidagi Xalq Nozirlar kengashi tarkibiga 15 kishi kirdi. Hukumat a'zolari o'rtasida lavozimlar quyidagicha taqsimlandi:
1. Polvonniyoz Hoji Yusupov - Nozirlar Sho'rosining raisi.
2. Mulla Jumaniyoz Sultonmurodov-Nozirlar Sho'rosi raisining birinchi muovini.
3. Bobooxun Salimov - Adliya Noziri.
4. Mulla Bekchon Rahmonov - Maorif Noziri. Z.Eshchon qori Jabborqulov-Xalq xo'jaligi Noziri. Mulla 0'roz Xo'jamuhamedov - Xorijiya ishlar (tashqi ishlar) Noziri.
5. Mulla Navro'z Ro'ziyev - Nozirlar Kengashi kotibi.
6. Ko'chmamadxon Sapiyev - Nozirlar Sho'rosi raisining ikkinchi muovini.
7. G'ulomalixon Bahodir - ijtimoiy ta'minot Noziri.
8. Shomurod baxshi - sog'liqni saqlash Noziri.
9. Muhammad Panoboy Abdullayev - Moliya Noziri.
10. Xudoybergan Devonov - Oliy Mufattish (davlat Nazo- ratchisi).
11. Rizo Shokirov - Harbiy Nozir.
12. Hakim Bobojonov - Ziroat (Qishloq xo'jalik) Noziri.
13. Nozir Sholikorov - Doxiliya (ichki ishlar) Noziri, Nozirlar Kengashining mas'ul kotibi.
Hukumat tarkibiga kiritilgan bu vakillarning barchasi o'z davrida Xorazm xalqining obro'-e'tiborli va savodli farzandlari
May 6, 2023
507
p
edilar. Xalq ommasi bu hukumatga xayrixoh bo'lib, uni qo'llab-quvvatlar edi.
XXSR XNKga Polvonniyoz Hoji Yusupov boshliq hukumat tarkibiga asosan, "Yosh xivaliklar" partiyasining a'zolari kirgan bo'lib, ular mamlakatda demokratik tuzumni o'rnatish, mustaqil davlatni barqarorlashtirish borasida katta ishlarni amalga oshira boshladilar. Misol uchun, Bobo Oxun Salimov raisligidagi XXSR delegatsiyasining uch oy davomida Moskva va Petrograd shaharlarida bo'lib, 1920 yil 13 sentyabrda RSFSR bilan XXSR o'rtasidagi iqtisodiy-siyosiy shartnomaning imzolanishi ana shunday ishlardan bo'ldi. 24 moddadan iborat ittifoq shartnomasi va 15 moddadan iborat iqtisodiy bitimda RSFSR hukumati XXSR mustaqilligi va daxlsizligini tan oldi. Rossiya imperiyasi davrida rus kapitalistlari tomonidan Xiva xonligi hududida qurilgan barcha banklar, zavodlar, fabrikalar, savdo korxonalari va boshqalar XXSR ning mulki deb belgilandi. Bu hujjatga asosan XXSR mustaqil davlat hisoblanib, sovet Rossiyasi bilan o'zaro teng va bir-birlarining ichki ishlariga aralashmaslikka kelishib olindi.
1921 yil 15-23 may kunlari II Butunxorazm sovetlari vakillarining qurultoyi bo'lib o'tdi. Qurultoyda XXSR MIK qoshida yetti kishidan iborat maxsus turkman bo'limi tashkil etildi. Unga Mulla O'roz Xo'jamuhammedov rahbar bo'ldi. Ushbu bo'limning asosiy vazifasi turkmanlar yashaydigan yerlardagi iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, milliy, madaniy masalalarni, urug'lar o'rtasidagi munosabatlarni o'rganish va uni yaxshilash, mehnatkash xalq faolligini oshirish, ular yashaydigan hududlarda dehqonchilik va chorvachilikni rivojlantirish, hunarmandchilikni taraqqiy ettirish hamda ular madaniyatini oshirishdan iborat edi.
Xulosa qiladigan bo'lsak, Xorazm jadidlarining ma'rifiy merosida vatanparvarlik g'oyalarining o'ziga xos xususiyatlari va ularning yoshlar kamolotida tutgan o'rnini chuqurroq anglab yetishga qaratilgan g'oyalardan o'quv seminarlarida amaliy foydalanish zaruriyatiga asoslangan.
REFERENCES:
1. Bohodir Eshov, «O'zbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixi», Toshkent-2012.shosh.uz
2. "Pedagogika tarixi" fanidan "O'quv- uslubiy majmua" D. Nafasov, Urganch -
3. K. Hoshimov, M. Inomova. Pedagogika tarixi. Toshkent. 2006 yil. B. Qosimov. Ma'rifat darg'alari. Toshkent. 1988 yil.
2012
May 6, 2023