Volume 3 | Issue 5 | 2022 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 _SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
XX ASR BIRINCHI CHORAGIDA BUXORODA IJTIMOIY-IQTISODIY, SIYOSIY MADANIY HAYOT, JADIDCHILARGA QARSHI MA'NAVIY
HAMDA JISMONIY KURASH
Ushbu maqolada XX asr birinchi choragidagi Buxorada yuritilgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy hayot haqida ilmiy fikrlar ilgari suriladi. Fikrlar faktlarga asoslaniladi.
Kalit so'zlar: Fuqaro, qatlam, ma'naviy-madaniy hayot, mamlakat, iqtisodiyot, adabiyot, ma'rifiy g'oya.
XX asr birinchi choragida Buxoro fuqarolarining barcha qatlamlari sermazmun va ko'p qirrali ma'naviy-madaniy hayotni boshdan kechirdilar. Buxoro davlatidagi ma'naviy - madaniy hayotning moddiy asoslarini hamda uning ijtimoiy ildizlarini mamlakat iqtisodiyotining kuchayib borishi hamda aholi tarkibidagi ro'y berib borgan munajjimlar, o'zgarishlar tashkil etadi. Shu bilan jahonning qator mamlakatlarida iqtisodiy - ijtimoiy va madaniy o'zgarishlar ham ma'lum darajada ijobiy ta'sir ko'rsatgan. Mamlakatdagi ayniqsa, Buxorodagi ma'naviy - ilmiy muhit o'zining sermazmunligi bilan, ilohiy - dunyoviy, ilm - ma'rifat adabiyotning yuqori darajaga ko'tarilganligi, hunarmandchilik, zargarlik, savdo, tijorat, me'morchilik ishlarining o'z zamonasi uchun ancha yuqori darajada tashkil etilganligi bilan ajralib turadi. Shu zaminda XX asrga kelib, mamlakatda tobora kengayib, borgan ijtimoiy harakat vujudga kelgan. Buxoro mamlakati xalqining amir hokimiyati ag'darilgan davrigacha rivojlanib kelgan ma'rifati, madaniyati, umuman, ma'naviyatini asr davomida tarkib topgan insoniy qadriyatlar, diniy - ma'rifiy, ilmiy -axloqiy, yaratuvchilik sa'nati sohasidagi turuvchilar hamda an'analar yig'indisi boy moddiy yozma me'roslar tashkil qilgan. Ma'naviyat shuningdek, o'z vataniga, tiliga sadoqat, uning tarixiga, chuqur hurmat, din ahli, olamu-shuaro, savob o'rgatuvchilarni e'zozlash, ijodiga intilish bilan ajralib turar edi.
Gulshodaxon Abdumannob qizi Tojiboyeva
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Gumanitar fanlar fakulteti II bosqich magistranti
ANNOTATSIYA
KIRISH
Uning tarkibiy qismlarini quyidagilar tashkil qilgan: yosh avlodni savodxon qilish va axloqiy tarbiyalash, islom dini, shariyat, qator
May, 2022
Volume 3 | Issue 5 | 2022 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 _SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
dunyoviy fanlar sohasidagi bilimdon, mutaxassislarni yetishtirib chiqarish jarayonlari, tarbiyaviy, axloqiy mazmundagi asarlar yaratish, kutubxonalar va ulardagi kitoblar, bilimlar boyligi adabiyoti, san'at, me'morchilik obidalari, hunarmandchilikning qator turlari, shaharlar ko'rinishlari, aholi qatlamlarining ma'rifat va xayr - saxovat yoshlarni qo'llab - quvvatlashi va shu kabilardir.
MUHOKAMA
Rossiyada 1917 yil fevral inqilobi Buxoro amirligidagi siyosiy muhitga ta'sir qilmay qo'ymaydi. Endi jadidlar ochiqdan - ochiq siyosiy talablar bilan chiqa boshladilar. Abdurauf Fitrat jadidlarning siyosiy dasturini ishlab chiqib Buxorodagi amirning mutloq hukumronligini konistitutsion tuzumga asoslangan hukumronlik bilan almashtirishni taklif qildi. Amir tomonidan rad etilgan, jadidlar Toshkent va Samarqandda jon saqlab qolib siyosiy, kurashni davom ettiradilar. 1920 yil sentyabrda frunze boshliq qizg'in qo'shin yordamida Buxoroni vayron etadilar. Haqiqatdan ham shaklan Buxoro xalq Respublikasi tashkil etiladi, ammo sho'ro qo'shin kuchlari respublikani tark etishmaydi. Buning oqibatlarini Abdurauf Fitrat, Fayzulla Xo'jaev va boshqa jadid arboblari bir necha yildan keyin his qilishadi. 1923 yilda Fayzulla Xo'jaevning Moskvada uzoq davolanayotganligidan foydalanib, sho'rolar tashabbusi bilan o'tkazilgan Buxoro markaziy Ijroiya Qo'mitasining yig'ilishida Abdurauf Fitrat, Ataulla Xo'jaev, Muinjon Aminov, Sattor Xo'jaev singari erksevar rahbarlar bo'lmag'ur tuhfalar bilan obro'sizlantirilib, lavozimlaridan bo'shatildilar va Buxorodan badarg'a qilindilar. Fitrat 1923 - 1925 yillarda Moskva, Lelingradda yashadi. Badiiy va ilmiy ijod bilan mashg'ul bo'ldi. Fayzulla Xo'jaev hukumat boshlig'i etib sayinlanishidan keyin Fitrat Samarqandda, Toshkentda yashadi. Madaniy - sha'rifiy faoliyat bilan shug'ullandi. Lekin mustaqillik orzu -umidlari u yaratgan badiiy asarlarda o'z ifodasini topdi. Fitrat 1937 yil hibsga olinib, 1938 yil Toshkentda millatimizning boshqa erksevar farzandlari qatori otib tashlandi. Bolsheveklar Abdurauf Fitratning jismini yo'qotgan bo'lsalar ham u yaratgan buyuk asarlarni xalq xotirasidan o'chirib tashlay olmadilar, endi bu asarlar badiiy me'rosimizning bebaho durdonalari sifatida ardoqlanib qayta nashr etilmoqda.
Rossiyadagi inqilobdan so'ng, jadidchilar yangi bir safda turib, amirlikda demokratik o'zgarishlarni talab qila boshladilar. Jadidchilar harakati ikkiga bo'linadi: Mirzo Abdulvohid boshliq o'n guruh qurbonlar sonini kamaytirish uchun ko'p sa'y - harakatlar qildi. Uning bevosita ishtirokida respublikada yangi maktablarning keng tarmog'i
May, 2022
591
Volume 3 I Issue 5 I 2022 Cite-Factor: 0,89 I SIS: 1,12 _SJIF: 5,7 I UIF: 6,1
vujudga keltirilib, ularda ta'lim olishga xotin - qizlar ham jalb qilindi.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Sadriddin Ayniyning Buxoro tarixiga bag'ishlangan asari "Buxoro inqilobi tarixiga old materiallar" kitobi bo'lib, bu asar xalqni ma'rifatli qilish va yangi usuldagi maktablar tarafdori bo'lgan jadidlar qolaversa, yosh buxoroliklarning rolini yaxshi tushunishimizga yaqindan yordam berdi. "Buxoro inqilobi tarixiga old materiallar" 1921 yildan yozilgani uchun ham muhimdir. Jadidlar harakatida ishtirok etgan va ular bilan doimo birga bo'lgan Sadriddin Ayniy ma'lumotlarni to'playotgan vaqtida jadidchi - yosh buxoroliklarga juda to'g'ri munosabatda bo'ladi. 1930-yil oxirida yozgan "Qisqacha tarjimai hol" ida jadidlarga nisbatan noto'g'ri baho bergan. Shu davrning ziyolilaridan biri Abdulqodir Muhiddinov 1892-yilda Muhiddin Mansurovning xonadonida tug'ilgan oilada uch o'g'il voyaga yetib ularning barchalari jadidchilik harakatida faol qatnashdilar. Abdulqodir Muhiddinov eng faol yosh Buxoroliklardan biriga aylanib, amirlik tuzishni ag'darish uchun ko'p sa'yi harakatlar qildi. U o'lkada koperativ harakatini rivojlantirishi tashabbuskori bo'lib, "Birinchi Buxoro o'rtoqligi" aksionerlik jamiyatini tashkil qildi va sanoat aloqalarini kengaytirishga kiritdi. 1921 yil avgustda BXRMI qo'mitasi raisi vazifasida ishlayotgan Abdulqodir Muhiddinov siyosiy dasturini Buxoro xalq Respublikasi II qurultoyi minbaridan turib rasman ma'lum qildi. 1934-yilda Abdulqodir Muhiddinov millatchilikda ayblanib, otib tashlandi. Rossiya burjua - inqilobidan keyin Musajon Saidjonov va Abdurauf Fitrat muvaqqat hukumatga telegramma yo'llab, Buxoro amiri jadidlariga erkinlik berish uchun unga ta'sir ko'rsatishni iltimos qiladilar. Musajon Saidjonov jadidlar o'rtasida birinchilardan bo'lib, amir hokimiyati bilan siyosiy to'qnashuvlarga qarshi chiqdi. 1920 yilda jadidlar bilan aloqani buzib, ilmiy -ma'rifiy faoliyat bilan shug'ullanadi. 1925 yildan keyin O'zbekiston tarixiy obidalarini muhofaza qilish qo'mitasiga boshchilik qildi. U 20 yillar boshida Abdurauf Fitrat bilan hamkorlikda Buxoroda kutubxonachilik muzey ishini yo'lga qo'ydi. Milliy san'atni rivojlantirishga katta hissa qo'ydi. Musajon Saidjonov nafaqat Buxoro balkim Samarqand, Xiva, Shaxrisabz tarixining bilimdonlaridan edi. Afsuski, u kelgusi avlodlarga meros sifatida qoldirgan "Buxoro tarixi", "Shayboniynoma", "Buxoro atrofida joylashgan maqbaralar", "Chil duxtaron", "Masjidi Kalon" va yana o'nlab asarlar hamon qo'lyozma tarzida Toshkentdagi Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda. 1937 yilning oxirida
Musajon Saidjonov boshqa safdoshlari singari ko'p o'tmay qatl etildi. Mustaqilligimizning 9 yili may oyining 12 muborak juma
May, 2022
Volume 3 | Issue 5 | 2022 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 _SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
kuni ufqda bosh ko'targan quyosh poytaxtimiz markazidan oqib o'tuvchi Bo'zsuv qirg'og'ida ajib bir manzara yog'dulari bilan yoritdi.
O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimovning tashabbusi bilan bu erda mustamlakachilik davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida "Shahidlar xotirasi" xiyoboni barpo etildi. Bunday inshoot uchun Bo'zsuv daryosining yoqasi tanlagani bejiz emas. Xalqimizning suyukli farzandlari Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho'lpon, Atoulla Xo'jaev, Abdulqodir Mihiddinov, Musajon Saidjonov, Said Ahroriy o'nlab, yuzlab va minglab istiqlol fidoiylari mana shu ko'prik ostida qatl etilganlar. Mustaqilligimizning dushmanlari yarim asr mobaynida ularning muborak ismi - sharifini xalqimiz xotirasidan o'chirib tashlash uchun hamma ishni qilishdi, ularning farzandlarini tahqirlab, xo'rlashdi. Ammo haqiqat o'tda kuymaydi, suvda cho'kmaydi va qachonlardir ro'yobga chiqishi aniq edi.
Buxoro, Xorazm va Turkistonda jadidchilik harakati - milliy mustaqqillik harakati sifatida 1900 yillardan boshlab shakllandi. Jadidchilik harakati oddiy talablar bilan boshlanib keyinchalik mavjud tuzumni tanqid qilish bilan yakunlandi.
REFERENCES
1. Amir Sayid Olimxon. "Buxoro xalqining hasrati tarixi" Toshkent, "Fan", 1991-yil 8-bet.
2. Mirzo Abdulazim Somiy "Tarixi saltanati mang'itiya" Ma'naviyat:1962-yil.122-bet.
3. Naimov N. "Buxoro jadidlari" Toshkent: 2000., 46-47-bet.
4. "Insoniyatning ilmiy-madaniy me'rosi 3 ming yillikda". Toshkent. 1997-yil. 53-bet.
XULOSA
May, 2022