Научная статья на тему 'XIVA TURAR-JOY BINOLARINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA UNING RIVOJLANISH TARIXI'

XIVA TURAR-JOY BINOLARINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA UNING RIVOJLANISH TARIXI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
297
255
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Xiva / turar uy-joy / O`zbekiston / binolar / maydon / Shahar atrofi / arxitektura / iqlim / Me’moriy / Ichan. / Khiva / housing / Uzbekistan / buildings / square / Suburban / architecture / climate / Architecture / Ichan.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Atamuratov, Adilbek Atabayevich, Jumaniyozova, Roza Anvarovna

Maqolada Xiva turar joy binolarining rivojlanish tarixi shuningdek, Binolarning xilma xilligi, me’morchilikning yuksak durdonalari Xiva shahrida tamal toshi qo’yilganligini va ko’hna Xiva shahri turar-joy binolari shu asrning yuksak san’at asarlari bo’lganligini ko’rishimiz mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CHARACTERISTICS OF KHIVA RESIDENTIAL BUILDINGS AND HISTORY OF DEVELOPMENT

The article deals with the history of the development of Khiva residential buildings, as well as the diversity of buildings, the masterpieces of architecture, the foundation stone of which was laid in Khiva, and the ancient Khiva residential buildings are the highest art of this century. we can see that there are works.

Текст научной работы на тему «XIVA TURAR-JOY BINOLARINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA UNING RIVOJLANISH TARIXI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

XIVA TURAR-JOY BINOLARINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA

UNING RIVOJLANISH TARIXI

Atamuratov Adilbek Atabayevich

UrDU Texnika fakulteti, Arxitektura kafedrasi katta o'qituvchisi.

Jumaniyozova Roza Anvarovna UrDU Magistratura bo'limi, Arxitektura kafedrasi 211-guruh magistranti.

ANNOTATSIYA

Maqolada Xiva turar joy binolarining rivojlanish tarixi shuningdek, Binolarning xilma xilligi, me'morchilikning yuksak durdonalari Xiva shahrida tamal toshi qo 'yilganligini va ko 'hna Xiva shahri turar-joy binolari shu asrning yuksak san 'at asarlari bo 'Iganligini ko'rishimiz mumkin.

Kalit so'zlar: Xiva, turar uy-joy, O^zbekiston, binolar, maydon, Shahar atrofi, arxitektura, iqlim, Me'moriy, Ichan.

ABSTRACT

The article deals with the history of the development of Khiva residential buildings, as well as the diversity of buildings, the masterpieces of architecture, the foundation stone of which was laid in Khiva, and the ancient Khiva residential buildings are the highest art of this century. we can see that there are works.

Keywords: Khiva, housing, Uzbekistan, buildings, square, Suburban, architecture, climate, Architecture, Ichan.

KIRISH

Xiva qadimiy quduq - «Xey-vak» nomi bilan bog'liq. Bazi olimlar mazkur quduqning nomi «xey-vak», yani mamnuniyat kitobi deb hisoblasalar, yani bazilari xayva yoki xavak holi , quruq so'zlaridan olingan deb hisoblaydilar.

(rasm 1)

(rasm 2)

1. "Xey-vak" qudug'i hozirgi kunlarda.

2. Xiva, (Ichan-Qala)

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Qadim zamonlarda Xiva orqali Sharq bilan G'arbni bog'lovchi savdo yo'li o'tgan. 4-asr boshlarida Xiva Xorazm bilan birga sosoniylar davlati tarkibiga kirgan bo'lib, mustaxkam devor bilan o'ralgan edi.

Arab sayyohlari Istarixiy va Muqaddasiy qulyozmalarida keltirilishicha, Xiva 10-asrda Xorazmning eng yirik shaharlaridan biri bo'lgan . Xivaning mukammal arxitekturasi kièfasi, asosan, 18-asr oxiridan 20 asrning boshlarigacha shakllangan. Arxitektura ansamblining yaxlitligi jihatidan bu shahar O'rta Osièda noèb hisoblanadi. Dastlab hukumron doiralar maskani bo'lgan Ichan kal'a vujudga kelgan.

Ichan qal'a (ichki kal'a ) shaharning Dishan qal'a (tashki qal'a) qismidan qungurador devor bilan ajratilgan baland qurgontepaga o'xshab ko'rinadi. Ichan qal'a to'rt darvoza (Bog'cha darvoza, Polvon darvoza, Tosh darvoza, Ota darvoza) dan kirilgan. Xorazm xalk me'morchiligining ajoyib obidalari: madrasa, msjid, saroy va minoralar asosan Ichan qal'ada.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ichan qal'adagi arxitektura yodgorliklarining yaratilish tarixi, asosan, uch davrga ta'luqli: birinchisi; Xorazmning 1220 yildagi mug'ullar istilosidan keyin tiklanish davri. Bu davrda Sayd Alovuddin maqbarasi va boshqa monumental binolar qurildi.

Ikkinchi davri 16-17 asrlarga tug'ri keladi. Asfandièrxon (1623-43) va Abdulazizxon (1643-63) hukumronligi davrida Anushaxon hammomi (1657) peshayvonli Oq masjid (1657) Xo'jamberdibek madrasasi (1688) kabilar bunèd etildi , ko'xna ark istehkomlari mustahkamlandi , ko'rinishxona - xonning qabo'lxonasi qurildi (1686-1688).

Uchinchi davri 18-20 asrlarni o'z ichiga oladi. Bu davrda O'rta Osiyo mahalliy me'morchiligi an'analari asosida masjid, madrasa, tim va taqilar qurildi.

Ota darvozadan Polvon darvozagacha katta yo'l o'tkazildi 18 asrning oxirida Juma masjidi qayta qurildi va uning yonida baland minora qad ko'tardi. Ichan qal'aning haroba devorlari tiklandi, bir qancha imoratlar ta'mir kilindi. 1804-12 yillarda ikki qavatli Qutlug' Murod Inoq madrasasiga qaratib tim va taqilar qurildi Muhammad Rahimxon (1806-25) Olloqulixon (1825-42) Muhammad Aminxon (1845-55) hukumronligi davrida Ichan qal'ada qurilish yanada ham avj oldi, muhtasham saroy, madrasa, maqbaralar barpo etildi, shular bilan birga Ko'xna arkdagi saroy qurilishi tugallandi yangi va katta Tosh hovli saroyi qurildi Polvon darvozaga yaqin qurgon devorining bir qismi bo'zilib o'rniga Olloqulixon karvon saroyi, madrasasi va timi qurildi, xalq ijodining ajoyib namunasi-Pahlavon Maxmud

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

maqbarasi qad ko'tardi. Arab Muhammadxon va Muso To'ra madrasalari ham shu davrda yaratildi. Muhammad Aminxon Ichan qal'aning g'arbiy qismiga Ko'hna ark eniga Kalta minor nomlari bilan mashhur bo'lgan minora qurildi. Bu minora garchi bitkazilmay qolgan bo'lsada, Ichan qal'a kompozitsiyasida katta o'rin tutadi.

Xiva- Xorazmning qadimiy shaharlardan biri bo'lib, o'rta asr sharq me'morchiligining tengsiz javohiridir. U xozirgi Urganch shahridan 25 km janub tomonidagi tekislikda joylashgan.

Rivoyat qilishlariga ko'ra Xiva shahriga Nux payg'ambarning o'g'li Som asos solgan. Shahar karvon yo'lida joylashganligi uchun u erda savdogarlar tez-tez bo'lishib turishardi. Shaharga tushib, uning chuqur quduqidan chiqayotgan obihayotdan bahra olgan yo'lovchilar hayratdan "xey-voh" deb yuborishgan. Buni o'zlaricha talqin qilgan mahalliy axoli shaharni "Xey-voh", "Xayva", "Xivaq" deb aytib boshlashgan.

Eramizdan awalgi H asrda BuyuklpakYo'li

O'sha davr solnomachilaridan biri Al-Istaxriy (930 yil) Xiva shahrini o'z davrining eng yirik 30 ta shahri ro'yxatiga kiritgan.

Ichan Qal'a shahriston o'ziga xos yaxlit me'moriy inshootlardan iborat bo'lib, baland paxsa devor bilan o'ralgan, devor aylanasining uzunligi qariyib 2200 metrgacha, balandligi 7-8 metrga, poydevorining qalinligi esa 5-6 metrga teng. Ichan Qal'a to'g'ri to'rtburchak shaklida qurilgan bo'lib, uzunligi 650 metr, eni 400 metr, ya'ni 26 gektar maydonni egallaydi, to'rtta darvozasi dunyoning to'rt tomonga qaratib qurilgan. Ichan Qal'a devorlari vaqt o'tishi bilan bir necha bor buzilgan va qayta ta'mirlangan.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

XULOSA

Xiva shahri Xitoydan Rimgacha olib boruvchi Buyuk Ipak yo'lining eng muhim chorraxalaridan birida joylashgan.

Xiva shahri 1990 yil 12 dekabrda YuNESKOning Markaziy Osiyoda birinchi bo'lib «Butun jahon merosi» sifatida ro'yxatga olingan.

Xiva «Ichan-Qal'a» Davlat muzey-qo'riqxonasi O'zbekistonning eng ko'hna muzeylaridan biridir. Qo'riqxona xududida 54 ta qadimgi tarixiy memoriy binolar, 360 xonadon 2600 aholi istiqomat qiladi.

Xiva «Ichan-Qal'a» tarixiy me'moriy Davlat muzey-Qo'riqxonasi bisotida Xorazmning 3000 yildan ko'proq uzoq tarixini, uning ma'naviy va moddiy madaniyatini yorituvchi 40.000 ga yaqin nodir, asosiy fond eksponatlari saqlanmoqda.

REFERENCES

1. Raxmanov A. K istorii topografii Xivti XVI-XX vekov.Ozbekistonda ijtimoiy fanlar. №7-8. 1997.17 b.

2. Boltayev A. Xiva arxitektura qoidalari. Toshkent- 2013y. 5 bet.

3. Mutalov O. Xiva xonligi Olloqulixon davrida. Toshkent - 2005. 30 bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.