Научная статья на тему 'XITOY TILIDAGI “TO‘RT” RAQAMI BILAN BOG‘LIQ IBORALARNING SEMANTIK TAHLILI'

XITOY TILIDAGI “TO‘RT” RAQAMI BILAN BOG‘LIQ IBORALARNING SEMANTIK TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
3
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Frazeologik birliklar / tarix / jamiyat / madaniyat / urf-odatlar / milliy an’analar / dunyoqarash / metafora / semantika. / Phraseological units / cultural heritage / societal development / Chinese traditions / national identity / worldview / metaphorical language / semantics.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Akimov, Tair

Xitoy tilidagi frazeologik birliklar xitoy xalqining jamiyat tarixiy taraqqiyotining madaniy merosidir. Unda madaniyatning o‘ziga xos har xil qirralari o‘z aksini topgan bo‘lib, insondagi his-tuyg‘ular, insonning o‘zaro har xil munosabatlari aks etgan bo‘ladi. Sonlar nafaqat hisob kitob qilishda qo‘llanilib qolmay, balki frazeologik birliklar tarkibida kelib boy mazmunlarni ham ifodalab keladi. Xitoy tilida “4” raqami ishtrok etgan iboralarning ijobiy va salbiy ma’no mazmunlarni ifodalishini urganishga harakat qilindi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ANALYSIS OF THE EXPRESSIONS RELATED TO THE NUMBER “FOUR” IN CHINESE

Phraseological expressions in the Chinese language serve as a vital component of the nation's cultural heritage, encapsulating the historical evolution of Chinese society. These expressions not only convey human emotions and interpersonal relationships but also embody various dimensions of Chinese culture. Numbers, while primarily associated with mathematical calculations, carry deep symbolic meanings within these phraseological units. This article studies the semantic duality—both positive and negative—associated with the number "4" in Chinese phraseology, highlighting its cultural and metaphorical significance.

Текст научной работы на тему «XITOY TILIDAGI “TO‘RT” RAQAMI BILAN BOG‘LIQ IBORALARNING SEMANTIK TAHLILI»

XITOY TILIDAGI "TO'RT" RAQAMI BILAN BOG'LIQ IBORALARNING SEMANTIK TAHLILI

d https://doi.org/10.5281/zenodo.14161455

Akimov Tair

Xitoyshunoslik oliy maktabi PhD, dotsent akimov.t@mail .ru

ANNOTATSIYA

Xitoy tilidagi frazeologik birliklar xitoy xalqiningjamiyat tarixiy taraqqiyotining madaniy merosidir. Unda madaniyatning o'ziga xos har xil qirralari o'z aksini topgan bo'lib, insondagi his-tuyg'ular, insonning o'zaro har xil munosabatlari aks etgan bo'ladi. Sonlar nafaqat hisob kitob qilishda qo'llanilib qolmay, balki frazeologik birliklar tarkibida kelib boy mazmunlarni ham ifodalab keladi. Xitoy tilida "4" raqami ishtrok etgan iboralarning ijobiy va salbiy ma'no mazmunlarni ifodalishini urganishga harakat qilindi.

Kalit so'zlar: Frazeologik birliklar, tarix, jamiyat, madaniyat, urf-odatlar, milliy an 'analar, dunyoqarash, metafora, semantika.

СЕМАНТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ ФРАЗОВ, СВЯЗАННЫХ С ЧИСЛОМ «ЧЕТЫРЕ» В КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ

АННОТАЦИЯ

Фразеологизмы в китайском языке являются культурным наследием исторического развития китайского народа. В них отражаются разные стороны культуры, человеческие чувства и различные отношения между людьми. Числа не только используются в исчислениях, но и выражают богатое содержание во фразеологических единицах. В данной статье изучены положительные и отрицательные значения выражений с числом «4» на китайском языке.

Ключевые слова: Фразеологизмы, история, общество, культура, традиции, национальные традиции, мировоззрение, метафора, семантика.

ANALYSIS OF THE EXPRESSIONS RELATED TO THE NUMBER

"FOUR" IN CHINESE

ABSTRACT

Phraseological expressions in the Chinese language serve as a vital component of the nation's cultural heritage, encapsulating the historical evolution of Chinese

society. These expressions not only convey human emotions and interpersonal relationships but also embody various dimensions of Chinese culture. Numbers, while primarily associated with mathematical calculations, carry deep symbolic meanings within these phraseological units. This article studies the semantic duality—both positive and negative—associated with the number "4" in Chinese phraseology, highlighting its cultural and metaphorical significance.

Keywords: Phraseological units, cultural heritage, societal development, Chinese traditions, national identity, worldview, metaphorical language, semantics.

Insonlar o'zaro muloqot qilganda gapirayotgan so'zining ta'sir kuchini oshirish uchun u yoki bu darajada iboralarga murojat qiladi. Tilshunos olimlar iboralarning kelib chiqish tarixini urganishga intilib kelmoqda. Iboralar har bir xalqning madaniy til boyligini aks ettiradi va ularning dunyoqarashining o'ziga xos xususiyatlarini ochib berishga katta yordam beradi. Iboralarni urganish o'sha xalqning urf-odatlarini, udumlarini, madanyatini urganishimizga imkon beradi. Ta'sirchan ifodalash asosiy o'rin tutgani uchun iboralarda obrazlilik, majoziylik kuchli bo'ladi, qofiya, badiiy tasvir vositalaridan keng foydalaniladi, o'tkir kinoya qo'llaniladi. Natijada u mantiqiy tugal ma'noli hikmatli iboraga, chuqur mazmunli pand-nasihat xarakteridagi gapga aylanadi. O'ziga xos sodda va ixcham badiiy shakl, ritm va ohangga egadir. Xoh og'zaki so'zlashuv nutqda bo'lsin, xoh yozma nutqda bo'lsin biz undan ayrila olmaymiz. O'z joyida, o'z paytida mohirona qo'llanilgan iboralar tilimizga ajoyib sehirli kuch bag'ishlab, tilning ifodalash kuchi va badiiyligini oshiradi. Dunyodagi barcha tillarda sonlar bilan keladigan frazeologik iboralar ko'p uchraydi.

Maqolada xitoy tilidagi "4" raqami bilan bog'liq iboralarning ijobiy va salbiy ma'nolarni anglatilishini va ularning semantikasini tahlil qilishga harakat qilindi. Xitoy tilida sonlar bilan shakllangan iboralar juda ko'p uchraydi va muloqatda keng qo'llanilib kelinmoqda.

Ba'zi bir iboralarda sonlar baxtli, ba'zilarida esa baxtsiz sonlar hisoblanishi mumkin. Xitoy aqidalariga ko'ra har bir sonning o'z ma'nosi, ta'siri va kuchi mavjud.

Xitoy tilida 0.5, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 100, 1000, 10000, 100 000 000 sonlar bilan keladigan iboralar juda ko'p. Xitoy tilidagi iboralarning 10% ni raqamlar bilan bog'liq iboaralar tashkil etadi. Shulardan "bir" raqami bilan keladigan ib oralar taxminan 5% ni tashkil qiladi. Biz bu maqolada to'rt soni ishtirok etgan iboralarni ko'rib chiqamiz.

Daosizmda 4 soni butun borliqni qamrab olib predmetning shaklini aniqlab uni har tomonlama ko'rsatib beradi: 4 ta unsur - Osmon, Yer, Quyosh, Oy; 4 ta fasl; dunyoning 4 tomoni ko'rsatadi. Bashoratlarda 4 soni amaldorlar va ofitserlar, jamiyatda ma'lum bir darajaga erishganlar, muvaffaqiyat va o'sish ma'nolarini

bildirgan. 4 soni "Ochiq eshik", dunyoga chiqish, iliqlik va ochiqlik, yangi imkoniyatlar mazmunini bergan. Bu barqarorlik, yorqinlik, barcha ro'y beruvchi hodisalarga faol ta'sir qiladi deb hisoblangan.1

Klassik xitoy numerologiyasida 4 soni barqarorlik, ratsionallik va muvozanat ma'nolarini bildiradi. Xitoy xalqi doim irim-sirimlarga ishonuvchanligi va afsona hamda urf-odatlarga jiddiy munosabati bilan tanilgan. Bu ayniqsa qadimgi davrdan hurmat qilinadigan va biroz hayiqishadigan sonlar sehri bilan bog'liq. Chunki ular bilan inson hayotini boshqarish mumkin deb hisoblashadi. 4 soni Xitoyda eng qo'rqinchli, baxtsizlik deb hisoblanadi. Sabab 0 si to'rt, ^ sï o'lim talaffuzi deyarli bir xil bo'lgani uchun to'rt raqamini xitoyliklar yomon ko'rishadi. Xitoyliklarning bunday munosabati sabab hatto terafobiya, ya'ni 4 sonidan qo'rqish ijtimoiy termini paydo bo'lgan. Lekin hozirgi kunda bunday irim-sirimlarga e'tibor berish kamaygan.

To'rt raqami iboralarda ijobiy ma'nolarni ham bildiradi, to'rt sonining o'zi juft son bo'lgani uchun baxt, boyib ketish kabi mazmunlarni anglatadi. An'anaviy Xi toy madaniyatida 4 raqami to'rt faslning o'zgarishini va sharq, janub, g'arb, shimolning to'rt yo'nalishini anglatadi. Kuchli, donolik, adolat va qudratlilik kabi ma'nolarni ham bildiradi.

Xitoy, Yaponiya va Koreyada to'rtinchi qavatdan ofis, uy olmaslikka harakat qilishadi, to'rtinchi qavat boshqa qavatlarga nisbatan arzon turadi. Mashina raqami, samolyot raqami, telefon raqamida to'rt soni bo'lsa baxtsiz, yaxshilik olib kelmaydigan raqam deb bilishadi, hatto to'rt raqamli shifoxonalar ham yo'q, liftlard a ham to'rt raqami yozilmaydi. To'rt sonining o'rniga "F" yoziladi.

Yaponlarda to'rt soni "shi'", Koreyslarda "sa" o'lim so'zi talaffuziga yaqin bo'lganligi uchun ular ham yoqtirishmaydi.

Yapon tilida 49 soni og'zaki nutq talaffuzida yoqimsiz, ma'nosi juda qo'rqinchli bo'lgan "o'lguningcha kasal bo'l" iborasining talaffuziga yaqin bo'lgani uchun yaponlar bu sonni juda ham yomon ko'rishar ekan. '

Ba'zi bir afsonalarda 48 soni "o'lim puli" deb ham tasvirlangan joylari bor.

O'lmoq bilan to'rt sonining talaffuzi deyarli bir xil bo'lganligi uchun to'rt soni baxtsiz son, yaxshilik olib kelmaydigan son deb qaraladi. Xitoy rivoyatlarida to'rt sonini iblislar bilan bog'lashadi. Xitoyliklar ikki sonini ham yoqtirishmaydi. Xitoy afsonalarida ikki soni "janjal, ixtilof, nizo, mojaro" kabi ma'nolarga bog'lashadi.

Xitoy tilida 14 - o'lishni xohlamoq, 24 - oson o'lish, 74 - aniq o'ladi, 94 -abadiy o'lim degan ma'nolarni anglatadi.

1 http://sacralis.com/filosofskie-techeniya/taoism/1125-daosskaya-numerologiya.html SACRALIS "Философские течения", Даосизм, Даосская нумерология

Xitoyliklar to'rt sonini omadsizlik olib keladigan son deb bilishgani uchun 2004 yili bo'lib o'tgan olimpiyada o'yinlariga xitoylik sportchilar qatnashmagan, sababi 2004 ning ichida to'rt soni bo'lganligi uchun.2

8 soni esa aksincha, xitoyliklar bu sonni juda ham yoqtirishadi. Ular 8 soni boylik, baxt olib keladi deb hisoblab, iloji boricha 8 sonli narsalarni olishga harakat qilishadi.

Xitoyliklarning do'konlariga kirsangiz narsalarning narxi 6.8, 7.8, 38, 58, 80, 88, 888 yuan deb yozib qo'yishadi, sotuvchi ham, oluvchi ham xursand bo'lib savdo qilishadi. Ishbilarmonlar ishlari o'ngdan kelishi, omadli bo'lishi uchun shartnomalarni 8 sana kuni tuzishga harakat qilishadi va 8 bâ raqami bor reyslardagi samolyotlarda uchishni ma'qul ko'rishadi

Pekinda o'tkazilgan yozgi olimpiada o'yinlari ham 2008 yili 8 avgust kuni kech soat 8 dan 8 minut o'tganda boshlangan. Hamda xitoylik sportchilar ko'plab medallarni qo'lga kiritishgan va olimpiada o'yinlarini o'tkazish natijasida Xitoy 150 million dollarga yaqin daromad olgan. Shu sanada ko'pgina yoshlar turmush qurishni ma'qul ko'rishadi. 8 avgustda farzandli bo'lish ular uchun bayramdir.3

Xitoyliklar oldinlari eski urf-odatlarida 4 raqami o'lim, baxtsizlik ma'nolarida qo'llanilsa ham, iboralar tarkibida keluvchi 4 raqami faqat salbiy ma'nolarni anglatib qolmay ijobiy ma'nolarni ham anglatib keladi.

G'arbda, Rossiyada ba'zi insonlar "13" raqamidan qo'rqishadi va bu kuni safarga chiqmoslikka harakat qilisharkan. Dunyoning barcha xalqlarida turli sabablar bilan har xil irimlar shakllangan. Kishilar irimga ko'ra ba'zibir hodisalarni omadli deyishsa, ba'zilari omadsiz deyishadi. Ba'zi hayvonlarni, hattoki begunoh raqamlarni omadsizlik olib keluvchi, bexosiyat omil sanaydilar. Uchoqlarning aksaryatida 13-o'rindiklari bo'lmasligi kuzatilgan bo'lib, ko'p yo'lovchilar 13-qatorda o'tirishni ortiqcha hayajonlanishga olib kelishini aytishgan ekan.

Shu o'rinda bosh vazirimiz Abdulla Aripovning so'zlagan nutqini keltirib o'tmoqchiman. "13 raqami ko'pchilikkayoqmas, lekin O'zbekistongajudayoqiyapdi. 13- avgust kuni O'zbekiston bayrog'ini paralimpiyachilarimizga topshirib, Parijdagi bahslarda omad tilagandik. Parasportchilarimiz 189ta davlat vakillari Ichida 13-o 'rinni egallab, yorug' yuz bilan yurtimizga qaytdi"4.

Bizning xalqimiz bunday irim-sirimlardan uzoqroq bo 'lib, begunoh 4 va 13 raqamlariga ishonishmaydi .

Xitoy tilidagi "4" raqami bilan bog'liq iboralarni quyidagi misollar bilan tahlil qilib chiqishga harakat qilindi.

2 http://jj-tours.ru/adds/blog4/2016-01-04-four-in-china.html

3 https://pismoref.ru/scastlivye-cifry-v-kitae-2/

4 https://qalampir.uz/news

bù san bü si - So'zma-so'z tarjimasi: na uch, na to'rt (na uyoqlik-na buyoqlik; pala-partish; na samon-na don).

Qadimda "uch" odatda yaxlitlik yoki mukammallikni anglatadi, "to'rt" esa puxtalik va qoniqishni anglatadi. Bu ibora puxta ham emas, mukammal ham emas ma'nosini bildiradi.

U har doim ishlarni pala

partish qiladi, odamlarga ishonchsizlik hissini beradi.

WR^ si häi zhï nèi jie xiöng di - Butun yer yuzi odamlari og'a-

inidurlar5

si miàn chü ge - Mushkul ahvolda qolmoq; ikki oyog'i bir etikka tiqilmoq; har tomonlama bosim qilmoq.

"Ikki oyog'i bir etikka tiqilmoq"yomon vaziyatga tushib qolganlarning taqdiri ko'pincha juda ayanchli bo'ladi. Tarixdagi har bir ahmoq podshoh oxir-oqibat ag'darildi, degan ta'limotni insonlar yodda tutishlari kerak. Inson atrofidagi odamlar bilan yaxshi munosabatda bo'lmasa, u xalqning qadriga yetmaydi. Hammaga samimiy munosabatda bo'lganda va boshqalarni hurmat qilganda qiyinchiliklarga duchor bo'lsangiz ham, atrofingizda sizni qo'llab-quvvatlaydigan va yordam beradigan ko'p odamlar bo'ladi va siz yolg'iz va nochor holatda qolmaysiz degan fikr yurtiladi.

jia tü si bi - uyda faqat to'rt devor bor; kambag'al6.

tü^ütü, t H M ¥ X ¥ Ü ! Amakivachchamning oilasi shunchalik kambag'al ediki, yarim kun ishlab, yarim kun o'qishdan boshqa chorasi yo 'q edi!

lang yan siqï- uzliksiz urush; tartibsizlik ^T^J^ffi^M^, tÉ^hf^T^^ Tartibsiz urushlarni eshtib, u beorom bo 'ldi.

mù köng si häi - dunyoqarashi keng liälHI, U juda ko 'p davlatlarni kezib, ko 'pni

ko 'rgani uchun dunyoqarashi kengdir.

zhao san mù si - so'zmi-so'z tarjimasi: ertalab uch, kechda to'rt ( xameleon; o 'zgaruvchan)

5Ochilov.O, -^R-R^l^inii^tR?^^ O'zbekcha-xitoycha, xitoycha-o'zbekcha maqol, matal va iboralar

lug'ati. Pekin, 2011. 222-bet.

6 T.Akimov, A.Mirkomilova i^S^^iniÄ Xitoycha-o'zbekcha sonlar bilan bog'liq iboralar 283-bet

m^mrn, m^^^mrn^ Sen

bir buni, bir uni urganib, o 'zgarib tursang, muvaffaqiyatga erisha olmaysan.

tou näo jiändan, si zhï fada - beg 'am ^»ÂMÉ^Wf^, U beg 'am odam edi.

ming yang si häi - mashhur bo 'lmoq

Bu yoshlar deyarli bir kechada mashhur

bo 'lib ketishdi.

mä kào si ti, rén kào shuang - Ot to 'rt oyog'iga, odam ikki

qo 'liga suyanar.

chï si fang fàn 7 - qayerga borsa bir parcha nonini topib yemoq (ma'nosi oldinlari rohiblar qayerga borsa qorinlarini to'ydirishgan, bu ibora oddiy odamlar qayerga bormasin bir burda nonini topib yeyishadi, och qolmaydi ma'nosida qo'llaniladi. Bir kishi qayerga borsa kuni o'tadi).

si häi ta rén - So'zma-so'z tarjimasi: Ular dengizning to 'rt tomonida (qarindoshlik aloqasi yo 'q odamlarga nisbatan qo 'llaniladi).

si häi yï jia - bormagan joyi qolmagan odam (dunyo ko'rgan odam)

degan ma 'noda.

ta chang nian lü jü shi jiè gè di, ke yï shuö shi si häi wéi jia - U ko'p yillar dunyoning har xil yerlarida yashagan, uni dunyo ko 'rgan odam desa bo 'ladi.

si jiäo jù quan - so'zma-so'z tarjimasi: To'rt burchagi butun

(nuqsonsiz).

si fang bù ér - Og'ir bosiq odam; o'zini bosib olgan odam; xotirjam. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, har bir millatning tarixiy va madaniyati iborilarida yorqin aks etkandir. Maqolada xitoy tilida «4» soni bilan bog'liq frazeologik birliklarni o'rganish, xitoyliklarning urf-odatlari, madaniyati va so'zlashuvda keng ishlatiladigan iboralarning kelib chiqish tarixini, hikoya va afsonalarini bilish juda zarurligiga amin bo'ldim. Xitoy tilidagi iboralarda Xitoy davlatining tarixiy rivojlanish bosqichlari yoki milliy madaniyat ildizlarini to'liq namoyon etishda, xitoy millatining ko'z qarashlari, fikrlashi, tafakkur uslublari izlarini topish mumkin. To'rt raqami salbiy ma'nolarni anglatishdan tashqari ijobiy ma'nolarni ham anglatsada, ko'proq salbiy ma'nolarni anglatilishi aniqlandi.

7 Uïnfàï^X^. itm 2017 ^ 245 M

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YHATI

1. Ochilov.O, 4U- иЧШ^Щ^МШШ^ O ' zbekcha-xitoycha, xitoycha-o'zbekcha maqol, matal va iboralar lug'ati. Pekin, 2011. 222-bet.

2. T.Akimov, A.Mirkomilova Xitoycha-o'zbekcha sonlar bilan bog'liq iboralar 283-bet

3. ЗШ 2017 ^ 245 Ж

4. http://sacralis.com/filosofskie-techeniya/taoism/1125-daosskaya-numerologiya.html SACRALIS "Философские течения", Даосизм, Даосская нумерология

5. http://jj-tours.ru/adds/blog4/2016-01-04-four-in-china.html

6. https : //pismoref.ru/scastlivye-cifry-v-kitae-2/

7. https : //qalampir.uz/news

Илова:

1 #н#и zài san zài sî takror-takror; tayta-qayta

2 sî bù xiàng o 'xshamagan; g'alata

3 mftSM sîfen wü liè parcha-parcha bo'lib ketmoq

4 ишм^ sî mià nchü ge mushkul ahvolda qolmoq

5 si miàn shou dí taraf-tarafdan zarba yemoq

6 н^ит chou shen gsî yî yomon xabar tez tarqaladi

7 chü ge si hé ikki oyog 'i bir etikka tiqilmoq

8 м^иш chü ge si miàn ikki oyog 'i bir etikka tiqilmoq

9 ши^л cou sî hé liù ajoyib yaxshi; ajoyib mos kelmoq

10 даин däo sî dian san tog 'dan-bog 'dan gapirmoq

11 шшиш jia tú sî bî kambag 'al

12 míngyáng sî häi mashhur bo 'lib ketmoq

13 в&им mù köng sî häi dunyoqarashi keng

14 ихш^ sî dà ji eköng o 'zingda yoq olamda yo 'q

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

15 и^АМ sî häi jiü zhöu xitoy

16 И^А^ sî lín ba shè qo'shnilar

17 ИША^ sî miàn ba fang har tomonlima

18 sî qin gliù huó aqilli va qobiliyatli

19 и^^ш, s sî ti bù qín, wü gü bù fen dangasa;

qo 'lidan ish kelmaydigan

20 zâo si fang yân ér o'jar

21 si ping ba wen barqarorlik

22 wu hü si häi har xil joylar

23 yân guan s ichù, ë rting ba fang zihni o 'kir va hushyor

24 diu san là si esi past

25 diu. san là si, diu tou là bir u narsani, bir bu narsani

wëi esidan chiqarib qo 'ymoq

26 diu tou luo wëi esi past

27 däo san dian si ishi teskari bo 'lmoq

28 san bing si tong bir joyi og'irsa hamma joyi og 'irmoq

29 san qiü si gào yana talab qilmoq

30 san qing si bâi juda aniq

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.