Научная статья на тему 'XITOY TILIDAGI NOMINALIZATSIYA HODISASI BORASIDA OLIMLARNING AYRIM MULOHAZALARI'

XITOY TILIDAGI NOMINALIZATSIYA HODISASI BORASIDA OLIMLARNING AYRIM MULOHAZALARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
2
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Nominalizatsiya / Shi Guangan / Pang Daosheng / Vang Veysyan / Chjan Bojiang / Yao Zhenwu / Xing Fuyi / morfologiya / transformatsiyasi / universallik. / nominalization / Shi Guangang / Pan Daosheng / Wang Weixian / Zhang Bojian / Yao Zhenwu / Xing Fui / morphology / transformation / universality.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Ochilova, Hilola Husan Qizi

Nominalizatsiya hodisasi xitoy tili grammatika tadqiqoti sohasida dolzarb masala hisoblanadi. Xitoy tili ilmida grammatika tadqiqotlarining dastlabki davridayoq til hodisasi bo’lgan xitoy tili nominalizatsiyasi ayrim grammatika bilan sho’g’illanuvchi olimlarining e’tiborini tortdi. O’tgan asrning 50 yillarida “Xitoy tilini o’qitishning vaqtinchalik grammatika tizimi” sub’ekt va ob’ekt o’rnida kelgan fe’l va sifatlarning “nominallashtirish” usulini ilgari surganidan beri xitoy tilini nominallashtirish bo’yicha bahslar to’xtagani yo’q. Tadqiqotlarda asosan uning strukturaviy turi, funksional tipi, tabiati jihatidan o’rganilgan, tahlil qilingan va muhokama qilingan. Hozirgacha ham ushbu masalada tushunishda katta tafovutlar mavjud. Nominallashtirish bo’yicha tadqiqot natijalarini umumlashtirish asosida ushbu maqola oldingi tadqiqotlardagi asosiy muammolarni ko’rsatadi va xitoy tili nominalizatsiyasining sabablari va qonuniyatlarini muhokama qilish orqali xitoy tili nominalizatsiyasi muammolarini yanada aniqlaydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOME REVIEWS OF SCIENTISTS ON THE NOMINALIZATION PHENOMENON IN THE CHINESE LANGUAGE

The phenomenon of nominalization is a hot topic in the field of Chinese grammar research. Nominalization of Chinese, which is a linguistic phenomenon in the early period of grammatical research in Chinese linguistics, has attracted the attention of some grammarians. In the 50s of the last century, since the "Temporary Grammar System of Teaching Chinese" proposed a method of "nominalization" of verbs and adjectives replacing the subject and object, a debate about the nominalization of the Chinese language flared up. has stopped. In research, it is mainly studied, analyzed and discussed in terms of its structural type, functional type and nature. Even now there is great disagreement in understanding this issue. Based on summarizing the research results on nominalization, this article identifies the main problems of previous studies and further clarifies the problems of Chinese nominalization by discussing the causes and patterns of Chinese nominalization.

Текст научной работы на тему «XITOY TILIDAGI NOMINALIZATSIYA HODISASI BORASIDA OLIMLARNING AYRIM MULOHAZALARI»

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN: 2181-1784

educational, natural and social sciences 4 (5), May, 2024

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7 www.oriens.uz

XITOY TILIDAGI NOMINALIZATSIYA HODISASI BORASIDA OLIMLARNING AYRIM MULOHAZALARI

Ochilova Hilola Husan qizi

SamDChTI "Yaqin sharq tillar" kafedrasi katta o'qituvchisi E-mail: hilolaochilova90@gmail.com Tel: +998979077161

ANNOTATSIYA

Nominalizatsiya hodisasi xitoy tili grammatika tadqiqoti sohasida dolzarb masala hisoblanadi. Xitoy tili ilmida grammatika tadqiqotlarining dastlabki davridayoq til hodisasi bo 'lgan xitoy tili nominalizatsiyasi ayrim grammatika bilan sho'g'illanuvchi olimlarining e'tiborini tortdi. O'tgan asrning 50 yillarida "Xitoy tilini o 'qitishning vaqtinchalik grammatika tizimi" sub 'ekt va ob 'ekt o 'rnida kelgan fe'l va sifatlarning "nominallashtirish" usulini ilgari surganidan beri xitoy tilini nominallashtirish bo'yicha bahslar to'xtagani yo'q. Tadqiqotlarda asosan uning strukturaviy turi, funksional tipi, tabiati jihatidan o 'rganilgan, tahlil qilingan va muhokama qilingan. Hozirgacha ham ushbu masalada tushunishda katta tafovutlar mavjud. Nominallashtirish bo 'yicha tadqiqot natijalarini umumlashtirish asosida ushbu maqola oldingi tadqiqotlardagi asosiy muammolarni ko 'rsatadi va xitoy tili nominalizatsiyasining sabablari va qonuniyatlarini muhokama qilish orqali xitoy tili nominalizatsiyasi muammolarini yanada aniqlaydi.

Kalit so'zlar: Nominalizatsiya, Shi Guangan, Pang Daosheng, Vang Veysyan, Chjan Bojiang, Yao Zhenwu, Xing Fuyi, morfologiya, transformatsiyasi, universallik.

АННОТАЦИЯ

Феномен номинализации является горячей темой в области исследований китайской грамматики. Номинализация китайского языка, являющаяся языковым явлением раннего периода грамматических исследований в китайской лингвистике, привлекла внимание некоторых грамматиков. В 50-х годах прошлого столетия, с тех пор как «Временная грамматическая система преподавания китайского языка» предложила метод «номинализации» глаголов и прилагательных, заменяющих подлежащее и дополнение, разгорелась дискуссия о номинализации китайского языка. остановился. В исследованиях она главным образом изучается, анализируется и обсуждается с точки зрения ее структурного типа, функционального типа и природы. Даже сейчас существуют большие разногласия в понимании этого вопроса. На основе обобщения результатов исследований по номинализации, в этой статье указываются основные проблемы предыдущих исследований и дополнительно

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

проясняются проблемы китайской номинализации путем обсуждения причин и закономерностей китайской номинализации.

Ключевые слова: номинализация, Ши Гуанган, Пан Даошэн, Ван Вэйсянь, Чжан Боцзян, Яо Чжэньу, Син Фуи, морфология, трансформация, универсальность.

ABSTRACT

The phenomenon of nominalization is a hot topic in the field of Chinese grammar research. Nominalization of Chinese, which is a linguistic phenomenon in the early period of grammatical research in Chinese linguistics, has attracted the attention of some grammarians. In the 50s of the last century, since the "Temporary Grammar System of Teaching Chinese" proposed a method of "nominalization" of verbs and adjectives replacing the subject and object, a debate about the nominalization of the Chinese language flared up. has stopped. In research, it is mainly studied, analyzed and discussed in terms of its structural type, functional type and nature. Even now there is great disagreement in understanding this issue. Based on summarizing the research results on nominalization, this article identifies the main problems of previous studies and further clarifies the problems of Chinese nominalization by discussing the causes and patterns of Chinese nominalization.

Keywords: nominalization, Shi Guangang, Pan Daosheng, Wang Weixian, Zhang Bojian, Yao Zhenwu, Xing Fui, morphology, transformation, universality.

KIRISH

Xitoy tilini o'rganuvchi talabalar orasida ko'pincha «^ЙЙ^^Ш^^» "meniki uy vazifani tugatmadi", "Men o'qiyman unversitetda" kabi xato

jumlalarni tuzishini kuzatamiz. Bu o'zbek tilidagi fe'l nominalizatsiyasining noto'g'ri qo'llanilishi bilan bog'liq. Ko'rinib turibdiki, o'zbek va xitoy tillarida fe'l nominalizatsiyasidagi farq o'zbek talabalari uchun xitoy tilini o'rganishda ma'lum qiyinchiliklarni keltirib chiqardi.

Fe'llarning nominalizatsiyasi atamasi 1960 yilda ^.ШШ Shi Zhenye tomonidan nashr etilgan "Xitoy fe'llari va sifatlarining nominalizatsiyasi to'g'risida" «i^iiX ШШЩЙ^Щ^)) maqolasidan kelib chiqqan. Ushbu maqola 1950-yillarda "Xitoy tilini o'qitishning vaqtinchalik grammatika tizimi" {ЩЩХ^Ш^ ga javob sifatida ilgari surilgan bo'lib, u sub'ekt-ob'ekt pozitsiyasidagi fe'llarni "nominalizatsiya" qo'llanilishi deb hisoblaydi. Darhaqiqat, "otlashish"

bo'ladimi yoki "nominalizatsiya" bo'ladimi, fe'lning sub'ekt-ob'ekt

pozitsiyasida kelgan kesimi o'zgarib, otga aylangan deb hisoblanadi. Ayrim olimlarning fikricha, bu ikki gap bir-biridan bir oz farq qiladi, bu yerda fe'lning ifoda

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

ehtiyoji yoki grammatik o'mi o'zgarishi tufayli o'z pozitsiyasini o'zgartirishi va fe'l nominalizatsiyasi sifatida ot belgilarini egallashi grammatik hodisani nazarda tutilyapti.

Xitoy tili mavhum tushunchalardan ko'ra, konkret tushunchalarga tayanadi. So'zning ma'nosini jumlaning sintaktik qurshoviga bog'liq bo'lib, ma'lum sintaktik aloqalar orqali oydinlashadi. Xitoy tilidagi fe'llarning nominallanish hodisasi miqdori va ko'lami jihatidan o'zbek tiliga qaraganda ancha kam. Hatto nominallash mumkin bo'lgan fe'llar ham nominallashgandan so'ng ularning qo'llanilishiga turli cheklovlar qo'yiladi. Quyida nomlashtirish hodisasining boshlang'ich nuqtasi sifatida xitoy tilidagi fe'l nominalizatsiyasi hodisasini chuqur tahlil qilishni hamda xitoy va o'zbek tillarida fe'l nominalizatsiyasining o'xshashliklari va farqlarini aniqlashni maqsad qilgan. Fe'l nominalizatsiyasi tushunchasini yaxshiroq o'zlashtirish xitoy tilida saviyasini oshirish uchun yordam beradi.

Tadqiqot maqsadi va ahamiyati. Xitoy tilidagi fe'l nominalizatsiya hodisasi mahalliy til doiralarida munozarali bo'lib kelgan grammatik nuqta hisoblanib, bu lisoniy hodisaning muayyan qiyinchilikni bartaraf etadigan izchil xulosalarga hali erishilmagan.

Xitoy tilida fe'l nominalizatsiyasining grammatik hodisasi haqiqatan ham mavjud bo'lib, u yozma va og'zaki tillarda tez-tez qo'llaniladigan ifoda vositasidir. Xitoy tilida fe'l nominalizatsiyasidan foydalanish moslashuvchan bo'lgani va aniq grammatik belgilar mavjud emasligi sababli, u chet ellik talabalar uchun o'qish va gapirishda ko'p qiyinchiliklar to'g'dirmaydi. Ammo yozish yoki gapirishda ma'lum xatoliklarni keltirib chiqaradi.

Muhokama. Mahalliy olimlar tomonidan olib borilgan, fe'llarning nominalizatsiyasi bo'yicha tadqiqotlar orasida Shi Guangan (1981)ning komponent tahlilga ko'ra S^^ÉÉ^^." ushbu kitobning nashr etilishi" gapida ^^.(nashr) ot-kesim vazifali ekanligini aniqlash mumkin, bunda "nashr" ot bo'lishi kerak, deb hisoblaydi. Lekin bu turdagi ot oddiy otlardan farq qiladi. U "nashr etmoq" fe'lining sintaktik qurshovda o'zgarishga uchragan holatin ifodalaydi. Keyinchalik, Shi Guangan nominalizatsiyaga oid ko'plab tadqiqotlar olib borib, nisbatan o'z nuqtai nazarini chuqurroq tafakkur qilib, bu nuqtai nazarning xitoy til ifodasidagi o'rnini ko'rsatib o'tdi. Uning fikricha, nominallashtirish nuqtai nazariga ko'ra grammatik tadqiqotlar olib bormasak, sintaktik tahlilni qiyinlashadi va ko'plab yechilmaydigan

muammolarga sabab bo'ladi tSfê^

MW, 1981 (4): 11-12).

Tilshunos Pang Daosheng (1987) fikricha, so'zning lug'aviy xususiyatini gapdagi so'zning tabiati va vazifasiga ko'ra aniqlash, uning ot yoki fe'l ekanligini

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

aniqlash va shu orqali so'zning leksik xususiyatini aniqlash kerak. Masalan, ^xii R surishtirmoq, so'ramoq, diqqat qilmoq kabi konstruksiyalardagi iiR

"so'ramoq" yoki ^È"e'tibor bermoq" predmeti fe'l xarakterini yo'qotgan. Agar fe'l xususiyatini yo'qotib, ot xarakterini egallagan bo'lsa, ular predmetli otlar sifatida baholanishi kerak. M, 1987 (3): 70-74].

Vang Veysyan (1987) fe'l yoki fe'l iboraning sub'ekt-ob'ekt pozitsiyasidagi o'ziga xos tarkibiy qismlarini va ularning ichki tuzilishini aniqlab berish zarur deb hisoblaydi va faqat shu asosda ularni to'g'ri baholash mumkin. Uning tushunchasi shundan iboratki, faqat ot yoki ot so'z turkumlari sub'ekt va ob'yekt vazifasini bajaribgina qolmay, balki fe'l yoki fe'l so'z turkumlari ham sub'ekt va ob'ekt vazifasini bajarishi mumkinligi e'tirof etilar ekan, nominallashtirish masalasi o'z-o'zidan hal bo'ladi, va bu xitoy tilidan foydalanishga ham qo'l keladi. Fe'llar sub'ekt va ob'ekt vazifasini bajaradigan jumlalarning boshqa turlariga kelsak, Van Veysyan fe'lning orqasida markaziy so'z bor-yo'qligidan qat'i nazar, agar fe'ldan keyin "ÉÉ" zarrasi kelgan ekan, uni nominallashtirish shakl sifatida ko 'rish mumkin, deb hisoblaydi. [.iliW^i^^ÉÉ^W^[M].^H: tt, 1987].

Fang Guangtao (1990) tushunchasiga ko'ra, agar so'zning nutq qismini to'g'ri aniqlamoqchi bo'lsak, faqat so'zning gapdagi o'rnini ko'rib chiqolmaysiz, balki so'z va boshqa so'zlar o'rtasidagi munosabatni ham ko'rib chiqishingiz kerak. U bir xil tuzilishga ega bo'lgan bir nechta iboralarni sanab o'tdi: © S^^ÉÉ^^. Ushbu kitobning nashr etilishi © S^TOWM Ushbu kitobning sotuvi © S^TOtth Ushbu kitob hajmi

Uning fikricha, birgina "nashriyot" so'ziga qarab gap bo'lagini aniqlash qiyin.Yuqoridagi uchta iborada "nashri" "savdosi" va "hajmmi" bilan parallel holatda bo'lib, ularning har ikkisi ham ot hisoblanadi. Shuning uchun "nashr qilish" ham ot bo'lishi kerak. Ammo, ""Bu kitobning kech nashri" gapida "nashri" oti HH so'zi bilan o'zgartirilgan, bu asossiz emas, chunki " ot fe'ldan ko'chib o'tgan va o'zida fe'lning xususiyatlarini saqlab qolib, oldidan ravish turkumi bilan kengayib kelmoqda. 1990].

Chjan Bojiang (1993) xitoycha "N ÉÉ V iborasi tarkibidagi V

fe'lining grammatik tabiatiga e'tibor qaratdi. Uning fikricha, V ning grammatik tabiati haqiqatdan ham o'zgargan, uning predikativ tabiati zaiflashgan va ot belgisi

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

kuchaygan. Chjan Bojiangning fikricha, harakat vaqti ma'nosiga ega bo'lgan ba'zi so'zlar bu formatda kamdan-kam uchraydi, shuningdek modal xususiyatga ega bo'lgan ba'zi yordamchi fe'llar va yuqoridagi ikkita elementga aloqador bo'lmagan fe'llar asosan cheklanmaydi. Ko'rinib turibdiki, "N ÔÔ V" dagi "V" erkin komponent emas, bu esa predikat sifatida ishlatilganidan farq qiladi ÔÔ

+ 1993].

Yao Zhenwu (1996) nominallashtirish misollarini to'rtta asosiy toifaga ajratdi, ya'ni fe'l, fe'l-ob'ekt tuzililmalar, harakatning agenti, ob'ekti, ob'ekti va vositasiga ishora qiladi. Uning ta'kidlashicha, "bajaruvchi-harakat-oluvchi" munosabatida faqat ish-harakatning bajaruvchisi sub'ekt vazifasini bajaribgina qolmay, balki fe'l bilan bog'langan boshqa tarkibiy qismlar ham sub'ekt o'rnida joylashishi mumkin. An'anaviy grammatika sub'ekt va ob'ekt pozitsiyasida nominalizatsiya sodir bo'ladimi yoki yo'qligini aniqlash uchun oddiygina morfologik belgilardan foydalanishni inkor qilgan. Nominallashtirishning ildizida morfologik belgilargina emas, balki fe'llar va fe'l tuzilmalari va ontologiyani ifodalovchi nominal komponentlar o'rtasidagi munosabatda yotadi. [MÎM^.^Xfêiii^tt^^^i^^ÉÔ + 1996 (1): 31-39].

Xing Fuyi (2003) fikricha, fe'l to'ldiruvchi sifatida qo'llanilganda, u sub'ekt-ob'ekt pozitsiyasi bilan tartibga solinganligi sababli o'z tabiatiga ko'ra mutatsiyaga uchraydi, holat bildiruvchidan ko'rsatkichga o'tadi va otga yaqinlashadi. Biroq, ushbu holda ham fe'l o'zining ayrim xususiyatlarini saqlab qoladi va to'liq otga aylanmaydi. Uning fikricha, fe'lning aniq artikl bilan o'zgartirilishi uning denotalizatsiya belgisidir, uni uch holatga bo'lish mumkin: 1) predmet-predikativ tuzilmalar orasida "ÔÔ" ning paydo bo'lishi, masalan, '^MKÉÔMPh" "Syao Chjan qo'shig'i"; 2) ma'lum bir tuzilishning markaziy so'zi fe'l bilan to'ldiriladi, masalan, " % ^ Ô ^ M " "mukammal namoyish"; 3) fe'l " ^ if " kabi so'zilar bilan ifodalanganda fe'lning ob'ekti vazifasini bajaradi va aniqlovchi bilan o'zgartiriladi, masalan, "" "tadqiqot o'tkazmoq, ilmiy tadqiqot olib bormoq" Shu bilan birga, u ""ilmiy tadqiqot" kabi konstruksiyalarni qaratqich kelishigi bilan fe'lga yo'naltirilgan aniq konstruksiyalar deb hisoblaydi. [ffij

fâ&^fâ, 2003: 127-138].

(Xulosa)Ushbu tadqiqot natijalarini tahlil qilish va taqqoslash orqali XX asr va 1990 yillargacha xitoy tilshunoslarining nominallashtirishni o'rganishlari hali ham strukturalistik asos bilan chegaralanganligini ko'rishimiz mumkun. Keyinchalik, generativ grammatika va til tipologiyasiga kognitiv tilshunoslik asta-sekin muhim ta'sir ko'rsata boshladi, shuning uchun mahalliy tilshunoslik tadqiqot tizimi asta-

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

sekin an'anaviy ob'ektiv semantika kishanlaridan xalos bo'lib, tadqiqot yo'nalishlari tobora xilma-xil bo'lib bormoqda. Xitoy olimlari xitoycha fe'llarning nominalizatsiyasi masalasida izchil xulosaga kelmagan bo'lsalar ham, ko'rinib turibdiki, nominalizatsiya ko'plab nazariyalarda asosli qo'llab-quvvatlash va tushuntirilishlarga erishgan.

Umuman olganda, xitoylik olimlarning fe'l nominalizatsiyasi bo'yicha tadqiqotlari quyidagi cheklovlarga ega: birinchidan, u ob'ektiv semantik qarashga bo'ysunadi va tildan foydalanishda sub'ektiv ifodalarini e'tiborsiz qoldiradi, chunki faqat ob'ektiv semantik nuqtai nazargina " # M "umid qilmoq" fe'lining fe'l qo'llanishi bilan ot qo'llanishi o'rtasidagi farqni ajratib beradi. Ikkinchidan, "so'zlarning aniq toifalari, toifalarning esa ma'lum o'rinlari bor" degan fikrlash tarziga ko'ra, ko'pchilik olimlarning ushbu, hodisadan qochish tarafdori va "so'zlarning aniq toifalari yo'q" deya nominallashtirish masalasini noto'g'ri ilmiy xulosalshadi, uchinchidan, "morfologik o'zgarishlar" paydo bo'lishi sharti bilan, xitoy va hind-evropa tillari faqat tegishli morfologik o'zgarishlarni nominalizatsiya deb atash mumkinligini ta'kidlaydilar, shu bilan birga xitoy tilining o'zi morfologik o'zgarishlarga ega bo'lmagan til degan bir-biriga qarshi fikrlarni bildirishadi.

Xitoy tili qadimiy til bo'lib, uning tarqalish jarayoni ancha murakkab, u uzoq yo'lni bosib o'tgan va boy tarixiy asosga ega. Xitoy tilidagi fe'l nominalizatsiyasi bo'yicha tadqiqotlarning sintaktik va semantik darajalariga ko'p e'tibor qaratish ma'nosizdir, tadqiqot paradigmasini o'zgartirish, ko'proq ilmiy va oqilona xulosalar olish uchun chuqurroq tilshunoslik nazariyalariga tayanish talab etiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES):

1. 1981.

2. 1987.

3. 1987.

4. ^Ш^ШШ ШЖ: 1990.

5. Éft V-^МШШ. + 1993.

6. + 1996.

7. ШХ^Ш. ^Ж: 2003.

8. бурбонов, Б. (2022). МОВАРОУННА^Р ВА ХУРОСОН ТАЗКИРАЧИЛИК МАКТАБИ ШАКЛЛАНИШИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(5), 471-482.

9. Hamdamova, C. H. (2023). HSK 5 IMTIHONI O'QISH VA YOZISH KO'NIKMASIGA TAYYORLANISHNING ENG OSON VA SAMARALARI

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

YO'LLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(11), 806-810.

10. Quliyeva, D. A. (2022). XITOY HIKOYALARIDA QO 'LLANGAN AYRIM MUROJAAT SO 'ZLARINING YASALISHI XUSUSIDA. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 26), 252-255.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.