Научная статья на тему 'XITOY TILINI O‘QITISHDA INTERFERENSIYA VA UNI BARTARAF ETISH YO’LLARI'

XITOY TILINI O‘QITISHDA INTERFERENSIYA VA UNI BARTARAF ETISH YO’LLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
33
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
interferensiya / ichki interferensiya / tillararo interferensiya / fonetika / leksika / iyeroglifika / interference / internal interference / interlanguage interference / phonetics / lexicon / hieroglyphics

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Raxmatullayeva, D. M.

Maqola xitoy tilini o’rgatishdagi leksik-fonetik qiyinchiliklarning tipologiyasi muammosiga bag’ishlangan. Maqolada muallif ona tillari va chet tillari lug’atini qiyosiy o’rganish bo’yicha olimlarning fikrlarini yoritadi, interferensiyaning paydo bo’lish tabiati haqidagi turli tadqiqotchilarning fikrlarini ko’rib chiqadi, uning xarakterini belgilovchi shartlar majmuini tavsiflaydi. Oʻzbek va xitoy tillari turli til oilalariga mansub. Morfologik tasnif nuqtai nazaridan, xitoy tili izolyatsiyalovchi turga kiradi va odatda ushbu turdagi tillarning asosiy xususiyati so’zlarning o’zgarmasligi va tarkibida rasmiy yoki morfologik elementlarning yo’qligi hisoblanadi. Bundan kelib chiqadiki, xitoy tili bo’g’in, morfema kabi tushunchalar bilan murakkab munosabatda bo’ladi. O’zbek tili aglyutinativ tipdagi tillarga mansub bo’lib, unda so’zlarning grammatik shakllari (holatlar) affiksatsiya yo’li bilan yasaladi, ya’ni. so’z o’zasiga standart qo’shimchalar (tugash) qo’shish. Xitoy tilini o’rganuvchi talabalari uchun xitoy tilining lug’aviy qatlamida yuzaga keladigan qiyinchiliklar toifalari alohida ajratilgan – ular so’zning tallaffuzi, shakli, ma’nosi va qo’llanishi bilan bog’liq.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INTERFERENCE IN TEACHING CHINESE LANGUAGE AND WAYS TO ELIMINATE IT

The article is devoted to the problem of typology of lexical-phonetic difficulties in teaching the Chinese language. In the article, the author sheds light on the opinions of scientists on the comparative study of the vocabulary of native languages and foreign languages, considers the opinions of various researchers about the nature of interference, describes the set of conditions that determine its character. Uzbek and Chinese languages belong to different language families. From the point of view of morphological classification, the Chinese language belongs to the isolation type, and usually the main characteristic of this type of languages is the invariance of words and the absence of formal or morphological elements. It follows that the Chinese language has a complex relationship with concepts such as syllable and morpheme. The Uzbek language belongs to the agglutinative type of languages, in which the grammatical forms (cases) of words are formed by affixation, i.e. adding standard suffixes (endings) to the word stem. The categories of difficulties arising in the lexical layer of the Chinese language for Chinese language students are separated they are related to the pronunciation, form, meaning and use of the word.

Текст научной работы на тему «XITOY TILINI O‘QITISHDA INTERFERENSIYA VA UNI BARTARAF ETISH YO’LLARI»

historical, cultural, scientific and Q ISSN 2181"1784

economic relations" SJIF 2023: 6.131 | ASI Factor = 1.7

XITOY TILINI O'QITISHDA INTERFERENSIYA VA UNI BARTARAF

ETISH YO'LLARI

d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2023-21-186-191

Raxmatullayeva D.M.

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

Annotatsiya. Maqola xitoy tilini o 'rgatishdagi leksik-fonetik qiyinchiliklarning tipologiyasi muammosiga bag'ishlangan. Maqolada muallif ona tillari va chet tillari lug'atini qiyosiy o'rganish bo'yicha olimlarning fikrlarini yoritadi, interferensiyaning paydo bo 'lish tabiati haqidagi turli tadqiqotchilarning fikrlarini ko 'rib chiqadi, uning xarakterini belgilovchi shartlar majmuini tavsiflaydi. O 'zbek va xitoy tillari turli til oilalariga mansub. Morfologik tasnif nuqtai nazaridan, xitoy tili izolyatsiyalovchi turga kiradi va odatda ushbu turdagi tillarning asosiy xususiyati so'zlarning o'zgarmasligi va tarkibida rasmiy yoki morfologik elementlarning yo'qligi hisoblanadi. Bundan kelib chiqadiki, xitoy tili bo'g'in, morfema kabi tushunchalar bilan murakkab munosabatda bo 'ladi. O 'zbek tili aglyutinativ tipdagi tillarga mansub bo 'lib, unda so 'zlarning grammatik shakllari (holatlar) affiksatsiya yo'li bilan yasaladi, ya'ni. so'z o'zasiga standart qo'shimchalar (tugash) qo'shish. Xitoy tilini o'rganuvchi talabalari uchun xitoy tilining lug'aviy qatlamida yuzaga keladigan qiyinchiliklar toifalari alohida ajratilgan - ular so 'zning tallaffuzi, shakli, ma 'nosi va qo 'llanishi bilan bog'liq.

Kalit so'zlar: interferensiya, ichki interferensiya, tillararo interferensiya, fonetika, leksika, iyeroglifika

Zamonaviy metodologiya ma'lumotlariga ko'ra, ikkinchi tilni o'rganuvchilar tomonidan yo'l qo'yilgan xatolar birinchi til ta'sirining natijasidir. Qiyosiy tilshunoslik muammolari va interferensiya hodisasini U.K. Yusupov, J. Buranov, M. Djusupov, G.X.Bakiyev, V.M. Beldiyan, Chjao Yunping, K.S. Qodirova, E.M. Oxunzyanov, V.G. Gak, Yu.S. Blazhevich, I.A. Sternin va boshqalar o'gangan.

O'quvchilarning birinchi tilining xususiyatidan qat'i nazar, yo'l qo'ygan xatolari ichki lingvistik interferentsiya deb ataladi. Tillararo interferensiya hodisasini U.K. Yusupov o'rgangan. Tadqiqotchining fikricha, "tillararo interferensiya nutqda nafaqat normadan og'ish shaklida namoyon bo'ladi, har bir tilda (lingvistik nuqtai nazarda) yoki nutq ko'nikmalarini salbiy o'tkazish shaklida (psixologik nuqtai nazarda) namoyon bo'lishi mumkin yoki ona tilining ko'nikmalarini o'tkazishga muvaffaqiyatsiz urinish (psixologik nuqtai nazarda), ya'ni nol shaklida ko'chirish hisoblanadi.1

:Юсупов У.К. Теоретические основы сопоставителъной лингвистики. Теоритические основы сопоставительной лингвистики. - Т., 2007. - с. 102.

historical, cultural, scientific and Q ISSN 2181"1784

economic relations" SJIF 2023: 6.131 | ASI Factor = 1.7

Olimlaming o'rganilgan nuqtai nazarlari, o'rganilganlarni taqqoslashni qo'llash muammosining turli qarashlarini aks ettiradi.Tillar va interferensiya fenomeni, maqsadga muvofiqligi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi, o'zbek va xitoy tillari kabi turli tuzilishdagi ikki tilni qiyosiy tahlil qilishda yo'l qo'yiladigan xatolar mohiyatini aniqlash. Xitoy tilini o'rganuvchilar, asosan ona tilining aralashuvi bilan bog'liq interferensiyaga uchraydi. Aynan shu masala yuzasida S.F. Shatilova: "Interferensiya hodisasida ona tilining leksik tizimining ta'siri muqarardir, chunki ona tili tafakkurning boshlang'ich asosi bo'lib, doimiy til bilan quvvatlanadigan amaliyot. Ammo har ikki tildagi so'zlarning qo'llanilishidagi o'xshashlik va farqlarni tushuntirish orqali uni zaiflashtirish va osonroq yengish mumkin" degan.2

Xitoy tili leksika birliklari bilan ishlashda, filologiya yo'nalishi talabalarida talaffuzdagi qiyinchiliklar mavjud bo'ladi, bu ikki tilning fonetik tizimi farqi bilan izohlanadi. Xitoy tili tonallikka ega bo'lgan til, me'yoriy xitoy tili "Putonghua" da mavjud 4 ta ton va yengil ton mavjud. Noto'g'ri talaffuz qilingan ohang noto'g'ri tushunish va so'zning ma'nosini o'zgartirishga olib keladi. 3 Putonghuada bo'g'inlar uch qismdan iborat: initsial, final va ton. Unda 1300 dan ortiq turli bo'g'inlar mavjud bo'lib, ulardan 1268 tasi bir bo'g'inli so'zlardir. Xitoy tilida bo'g'in yakka holda talaffuz qilinadi va ma'lum tonga ega bo'ladi, ton o'zgartirilganda esa bo'g'in o'z ma'nosini yo'qotadi va boshqa ma'noga o'zgaradi. Masalan, "maima" so'zining ikkinchi bo'g'ini "mäima" deb o'qilsa, "narsa sotib olish" ma'nosini anglatadi, "màima" deb o'qilganda esa, "narsa sotish" ma'nosini anglatadi. jiechù- "bog'lash" - "ulamoq" so'zining birinchi va to'rtinchi ohanglari bor, lekin uchinchi va ikkinchi ohanglar bilan talaffuz qilinsa, so'zning ma'nosi jiëchû- "yo'q qilish" , "bartaraf qilmoq" ga o'zgaradi. Bunday misollarni juda ko'p keltirishimiz mumkin. Xitoy tilida ton, so'z ma'nosini farqlash xususiyatiga egaligi bilan initsial va finallardan farq qiladi. Shuning uchun ton doimo tilshunoslar e'tiboridadir, uni o'rganish ishlari nisbatan chuqur olib borilgan.4

Interferentsiya jarayonida ona tili ko'nikmalari xitoy tili nutqiga o'tkaziladi, o'zbek talabalarining xitoy tilidagi nutqi ona tilida so'zlashuvchilarnikiga qaraganda sekinroq. O'zbek olimi V.M. Beldiyan Bu hodisaga juda to'g'ri baho berib, "interferensiya jarayonida talaba beixtiyor ravishda ona tilining avtomatizmlaridan foydalanadi, unda ko'p yoki kam ongli ravishda stereotiplarni o'rganilayotgan til haqidagi g'oyalar asosida intensiv ravishda ifoda etishga harakat qiladi. Bu stereotiplar eskilaridan kam emas" Shunday qilib, filologiya fakulteti talabalari duch keladigan qiyinchiliklar xitoy tilining juda murakkab ohang tizimi bilan bog'liq va til ichidagi va tillararo interferensiyada

2 Шатилов С.Ф. Методика обучения неметскому язйку в средней школе. - М.: Просвешчение, 1986. - С..122.

3 Белъдиян В.М. Научно методические проблемы обучения фонетике современного русского языка. - Ташкент: Фан, Переизд. 1996. С 65

ОТШ^&^М.^тгФШй^^Ж^й, 2012.7Ш 1 Ш:

187

historical, cultural, scientific and Q ISSN 2181"1784

economic relations" SJIF 2023: 6.131 | ASI Factor = 1.7

uchraydi. Ayniqsa, so'zlarning mos bo'lmagan ohanglari nutqini intralingvistik interferensiya, sekin nutqni esa tillararo interferensiya deb hisoblanadi.

Talabalarning xitoy tili pinyin tizimini o'rganishda juda katta qiyinchilik tug'dirmasada, bazi yunmu va shengmu tallaffuzida xatolikka yo'l qo'yadilar. Masalan, xitoy tilidagi "i" finali turli initsialdan keyin yuqori unli, til uchi old unli va til uchi orqa unli kabi talaffuz qilinadi. Bu initsial "zh, ch, sh, r" lar bilan til uchi orqa unli, "z, c, s" lar esa til uchi old qator unlisi shaklida keladi, talabalari bu unlilarni adashtirib qo'llashadi; talabalar "ü" ni to'g'ri talaffuz qila olamiz deb o'ylashsa ham, aslida uni o'zbek tilidagi "u" va ruscha "yu" bilan adashtirishga odatlanib qolishgan; talabalar orasida keng tarqalgan muammo bu orqa burun tovushi va oldingi burun tovushi o'rtasidagi chalkashlikdir, masalan, ular "an" ni "ang", "in" ni "ing", "ian" ni "iang" deb talaffuz qilishadi.

Ko'p talabalar uchun xitoy adabiy tilining ton qiymati(iM{È)ni o'rganish qiyin emas, lekin ton turini o'zlashtirish ancha qiyin kechadi. Chunki xitoy tilini o'rganish jarayonida chet ellik talabalarda ierogliflarning ton tasnifi hissi mavjud bo'lmaydi. Faqatgina ton orqali iyerogliflarni ajratish juda qiyin, odatda ton, so'zlar birma-bir o'rganiladi va yodlab qolinadi. Ammo bu jarayon juda uzoq davom etadi.

Ma'lumki, xitoy tilida 4 ta ton mavjud. Uning qiymati eng past 1 dan eng yuqori 5 gacha bo'ladi. Har bir ton o'z qiymatiga ega: birinchi ton ( yïnping) qiymati 55; ikkinchi ton (ffi^ yángpíng) qiymati 35; uchinchi ton shàngsheng) qiymati 214; to'rtinchi ton ( qùsheng) qiymati 51.5 Ushbu tonlar o'zgarish xususiyatiga ham ega. Uni modulyatsiya hodisasi (birinchidan keyingi ikkinchi bo'g'inning ohangiga qarab so'zning asl ohangini o'zgartirishi) deb ataladi. Xitoy tilidagi ohanglarning modulyatsiyasi (o'zgarishi) hodisasi so'zning tovush shaklini o'zlashtirishda ma'lum qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Modulyatsiya asosan besh turga bo'linadi: uchinchi ton o'zgarishi; va tonlarining o'zgarishi; yengil ton o'zgarishi; "W' va boshqa yordamchi so'zlarning toni o'zgarishi. "

so'zlari alohida o'qilganda, birinchi tonda o'qiladi, esa

to'rtinchi tonda o'qiladi, gap orasida kelganda keyingi bo'g'inning toniga bog'liq, bunday o'zgarish biroz murakkabdir.

Masalan: ^^Ml^^^—if: (di yï kè) Pi? Ustoz, bugun birinchi

darsni o'rganamizmi? Filologiya talabalari har doim ham ohang modulyatsiyasi qoidasiga amal qilmaydilar, shuning uchun intralingvistik interferensiya kuzatiladi. Ushbu toifadagi qiyinchiliklarni bartaraf etishni o'quvchilarga modulyatsiya qoidalarini yetkazish, shuningdek, ushbu toifadagi qiyinchiliklarni bartaraf etishga yordam beradigan maxsus mashqlar tizimi orqali hal qilish mumkin. Bulardan tashqari, tonlarni o'qitishda nafaqat monosillabik so'zlar, balki talabalarda polisillabik so'zlar va gaplardagi ton kamchiliklarini to'g'irlash kerak. Shu bois,

2008.12 : 2.

historical, cultural, scientific and Q ISSN 2181"1784

economic relations" SJIF 2023: 6.131 | ASI Factor = 1.7

bog'lanib kelgan tonlarni o'qitish muhimdir. Bunda interferensiya hodisasini mobil

telefon orqali yozib olish va bosqichma-bosqich o'qitish (masalan, to'rtta ton-

monosillabik so'zlarni o'qish-polisillabik so'zlarni o'qish-gaplarni o'qish—

—matn o'qish) metodlari bilan bartaraf etish mumkin.6

Xitoy tili iyerogliflarini yozishdagi qiyinchiliklar (iyerogliflarni ketma-ket yozish qoidalari). Yuqorida aytib o'tganimizdek, yozuvi harflarga asoslangan mamlakatlar talabalari uchun ieroglif yozish qiyinroq. Buning sababi shundaki, alifbo yozuv tizimlarida grafik nominatsiya "tovush - harf (harflar birikmasi) - ma'no" bog'lanishini o'rnatish asosida quriladi, iyeroglif nominatsiyasi esa "belgi - ma'no" aloqasini o'rnatadi. Iyeroglif - bu xususiyatlar va grafik elementlarning turli kombinatsiyalaridan iborat butun sxema.7

Xitoy tili iyerogliflarini yozishning o'ziga xos qat'iy yozuv namunalari bor, masalan, avval gorizontal chiziq, keyin esa vertikal yoziladi; birinchi navbatda, chap tomon yoziladi, keyin - o'ng va hokazo. Ushbu xususiyatlar va ularni izchil yozish qoidalariga qo'shimcha ravishda, talaba 214 ta grafik elementni (aniqlovchi kalitlarni) o'zlashtirishi kerak.

Agar universitetda o'qishning birinchi yilida xitoy tili savodxonligi asoslariga katta e'tibor berilsa, keyingi bosqichlarda talabalar xitoy tilining leksik birligining vizual tasviri bo'lgan yangi iyerogliflarni doimiy ravishda o'zlashtiradilar. Filologiya talabalari to'rt yillik o'qish davomida taxminan 3000 dan 5000 gacha belgilarni o'zlashtirishlari kerak. Ko'pincha ular o'xshash determinant kalitlari bo'lgan belgilarda xato qilishadi, masalan, - yânjïng - "ko'z" so'zi o'rniga ular "iSJ^"

-yänjing - "ko'zoynak" so'zini yoki "MM" - lüyóu - "sayohat" - "sayohat qilmoq" so'zi o'rniga -yóuyong- "suzmoq" yozadilar va boshqalar.

Biroq, filologiya talabalari iyeroglif yozish qoidalari asoslarini dastlabki bosqichda o'zlashtirgan bo'lishlariga qaramay, ularda xitoy yozuvi me'yorlaridan og'ish holatlari hamon uchrab turadi, masalan, bihua "^0(bi hua)" larni ketma-ket yozish qoidalariga rioya etilmagan, murakkab bihua talablarga javob bermaydi. Xitoy yozuvi talablariga ko'ra ilgmoq bilan singan chiziq (bihua) lar o'tkir burchaklarga ega bo'lishi kerak, xitoyshunos talabalar esa ularni silliq o'tish bilan belgilaydilar, o'tkir burchaklar hosil qilmaydilar va hokazo.

Filologiya talabalari uchun biz aniqlagan qiyinchiliklar xitoy tilining yangi so'zlarini yaratishda qo'shimcha to'siqlarning maxsus xitoy iyeroglif yozuvi yaratilganidan dalolat beradi va intralingvistik interferensiyaning paydo bo'lishiga olib keladi.

O'zbek o'quvchilari uchun jiddiy qiyinchiliklardan yana biri Xitoy leksik tizimidagi sinonimiya hodisasidir. Masalan, - zhïdào - "bilmoq" (biror narsa

6 Рахматуллаева, Д. М. (2021). ^Ш^Ш^^^^ЙМ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(Special Issue 1), 344-348.

7 Кочергин И.В. Очерки методики обучения китайскому языку. Научное издание. - М.: Муравей, 2000. - с.27.

189

historical, cultural, scientific and Q ISSN 2181"1784

economic relations" SJIF 2023: 6.131 | ASI Factor = 1.7

haqida tasavvurga ega bo'lmoq, ma'lumotga ega bo'lmoq) fe'lining sinonimi "1\Щ" - "bilmoq" fe'lidir ( shaxsan, tashqi belgilar bilan). Har ikkala xitoycha fe'l o'zbek va rus tillariga bir xil "bilmoq", "знать" so'zlari bilan tarjima qilingan bo'lsada, ular semantik jihatdan turlichadir: Ш ill Ш ^ ^ X -Nimen zhïdào duöshäo hànzi?- Sizlar nechta ieroglif bilasizlar?- Сколько иероглифов вы знаете? Tarjima ona va rus tillari me'yorlariga to'g'ri kelishiga qaramay, xitoy tilida bunday qo'llanish xato bo'ladi. Demak, yuqoridagi misol o'quvchilar o'rtasida yuzaga keladigan tipik tillararo interferensiyani ko'rsatadi. Uning to'g'ri shakli quyidagicha bo'lar edi: Ш ill ^ Ш ^ ^ X ^ ?-Nimen rènshi duôshâohànzi? - Сколько иероглифов вы знаете? - Sizlar nechta ieroglif bilasizlar? Yana bir misolni ko'rsatamiz: o'zbek tilidagi "sayohat" - "путешествие" va "sayohat qilmoq" -"путешествовать" so'zlari xitoycha uchta fe'lga mos keladi: 1.Ш^Т - lüxing; 2.ШШ -lüyou; 3.ШШ- youlän, lekin ularning gapda qo'llanishi safar maqsadiga bog'liq.

Xitoy tili lug'atida bu sinonimlar quyidagicha izohlanadi: Ш^Т- lüxing-^7

(^Ш&йОДОДЖ^) - Ish safari yoki bir manzildan boshqa joyga sayohat qilish uchun (uzoq masofalarni ko'rsatganda ishlatiladi) Bu so'zning sinonimi "ШШ" lüyou (^ЬЖШ^ТшШм) , ma'nosi "sayohat", "turizm" "sayohat qilmoq". Sayohat, turizm maqsadida jo'nab ketish. Bu so'zlarning yana bir sinonimi ШШ - youlän - sayohat qilish, ekskursiya qilish, kashf qilish (остопримечательности, пейзаж, город) - sayohatqilmoq, ekskursiya qilmoq. Bu uchala fe'l "путешествовать" "sayohat qilmoq" ma'nosi bilan birlashgan bo'lsa-da, ularning qo'llanish doirasi sayohat maqsadiga bog'liq bo'lib, shunga ko'ra, talabalar uchun ham qiyinchiliklar yuzaga keladi. Masalan: «Ш

» - «Nimen zài zhöngguo dойlüxíng/lüyôule shénme difang». Bunday holda, aniq intralingual interferentsiya namoyon bo'ladi. Ushbu jumlaning to'g'ri shakli quyidagicha bo'ladi:Ш^^ФВДШ!7 \\7аЖ - Nimen zàizhongguô dой youlänle shénme difang? Какие места Китая вы посетили? - Sizlar Xitoyning qaysi joylarini sayohat qilgansizlar?

O'zbek tilidagi "qiymoq", "taqmoq" va "yechmoq" fe'llari xitoy tilidagi to'rtta fe'lga mos keladi. Masalan, bosh kiyim, sharf, soat, marjon va boshqa zargarlik buyumlarini kiyish va yechish holatlarida "Ш" - "dài" va "Щ" - "zhai" fe'llari qo'llaniladi. Kiyim-kechak, poyabzal kiyishda xitoy tilidagi " W " - '^huan" "kiymoq" va "B" - "tuö" - "yechmoq" fe'llari ishlatiladi. Ularni quyidagi misollarni ko'rib chiqamiz: filologiya fanlari talabalarining yuqorida qayd etilgan fe'llarni qo'llashda duch keladigan qiyinchiliklari: - "Ta chuanle màozi" "U

bosh kiyimini kiydi" (noto'g'ri) , uning to'g'ri shakli: - "Ta dàile

màozi" "Он надел шапку" "U bosh kiyimini kiydi" yoki boshqa bir misol bilan ko'rsatamiz: "i№7W' - "Ta tuöle màozi" "U bosh kiyimini yechdi" - fe'l "B"

historical, cultural, scientific and Q ISSN 2181"1784

economic relations" SJIF 2023: 6.131 | ASI Factor = 1.7

- "tuo" - "yechmoq" noto'g'ri qo'llangan, to'g'ri shakl: "ШШ7Ш^" - "Ta zaile màozi" "U bosh kiyimini yechdi".

Shunday qilib, xitoy tilida juda ko'p sonli sinonimlarning mavjudligi filologiya yo'nalishi talabalari uchun ma'lum qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi, bunga qarshi ham til ichidagi, ham tillararo interferensiya paydo bo'ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Юсупов У.К. Теоретические основы сопоставителъной лингвистики. Теоритические основы сопоставительной лингвистики. - Т., 2007. - с. 102.

2. Шатилов С.Ф. Методика обучения неметскому язйку в средней школе. -М.: Просвешчение, 1986. - С..122.

3. Белъдиян В.М. Научно методические проблемы обучения фонетике современного русского языка. - Ташкент: Фан, Переизд. 1996. C. 65

4. ШШ. 2012.7% 1

5. 2008.12 12.

6. Рахматуллаева, Д. М. (2021). Ш . Oriental renaissance:

Innovative, educational, natural and social sciences, 1(Special Issue 1), 344-348.

7. Кочергин И.В. Очерки методики обучения китайскому языку. Научное издание. - М.: Муравей, 2000. - с.27.

8. Интерференция при обучении китайскому языку и способы ее преодоления. Востоковедения, 2(2), 77-89.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.