Научная статья на тему 'O‘ZBEK TALABALARINING XITOY TILINI O‘RGANISHIDAGI FONETIK INTERFERENSIYASI'

O‘ZBEK TALABALARINING XITOY TILINI O‘RGANISHIDAGI FONETIK INTERFERENSIYASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
159
34
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
so‘rovnoma / interferensiya / initsial / final / ton / questionnaire / interference / initial / final / tone

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Raxmatullayeva, Dilshada Maratovna

Maqolada xitoy tili fonetik interferensiyani aniqlash uchun qilingan tadqiqot va uning natijalari asosidagi xulosalar o‘z aksini topgan. Undagi asosiy tadqiqot metodi so‘rovnoma va maqsadli kuztuvdir. Xitoy tilini ikkinchi til sifatida o‘rganuvchilar uchun murakkablik darajasi yuqoridir. Ayniqsa xitoy tili fonetikasini o‘rganish va uni amalda to‘g‘ri qo‘llashda interferensiya hodisasi ko‘p sodir bo‘ladi. Ushbu maqolada xitoy tili fonetikasidagi interferesiyani tasniflashga harakat qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PHONETIC INTERFERENCE OF UZBEK STUDENTS IN LEARNING CHINESE

The article reflects the research conducted to determine the phonetic interference of the Chinese language and the conclusions based on its results. The main research method in it is the survey method and the observation method. In the process of learning Chinese, the level of complexity is high for learners whose mother tongue does not have hieroglyphs and tones. Especially when learning the phonetics of the Chinese language and using it correctly in practice, the phenomenon of interference often occurs. In this article, we have distinguished the types of interferences in the phonetics of the Chinese language

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK TALABALARINING XITOY TILINI O‘RGANISHIDAGI FONETIK INTERFERENSIYASI»

cultural, historical, scientific and Q ISSN 2181-1784

economic relations" SJIF 2022: 5.947 | ASI Factor = 1.7

O'ZBEK TALABALARINING XITOY TILINI O'RGANISHIDAGI FONETIK

INTERFERENSIYASI

d https://doi.org/10.5281/zenodo.7334267

Raxmatullayeva Dilshada Maratovna

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Xitoy filologiyasi kafedrasi o'qituvchisi [email protected]

Annotatsiya. Maqolada xitoy tili fonetik interferensiyani aniqlash uchun qilingan tadqiqot va uning natijalari asosidagi xulosalar o'z aksini topgan. Undagi asosiy tadqiqot metodi so'rovnoma va maqsadli kuztuvdir. Xitoy tilini ikkinchi til sifatida o'rganuvchilar uchun murakkablik darajasi yuqoridir. Ayniqsa xitoy tili fonetikasini o'rganish va uni amalda to'g'ri qo'llashda interferensiya hodisasi ko'p sodir bo'ladi. Ushbu maqolada xitoy tili fonetikasidagi interferesiyani tasniflashga harakat qilingan.

Kalitso'zlar: so'rovnoma, interferensiya, initsial, final, ton

PHONETIC INTERFERENCE OF UZBEK STUDENTS IN LEARNING CHINESE

Dilshada Rakhmatullaeva

Tashkent State University of Oriental Studies, Teacher of the Department of Chinese Philology dilshada [email protected]

Annotation. The article reflects the research conducted to determine the phonetic interference of the Chinese language and the conclusions based on its results. The main research method in it is the survey method and the observation method. In the process of learning Chinese, the level of complexity is high for learners whose mother tongue does not have hieroglyphs and tones. Especially when learning the phonetics of the Chinese language and using it correctly in practice, the phenomenon of interference often occurs. In this article, we have distinguished the types of interferences in the phonetics of the Chinese language.

Keywords: questionnaire, interference, initial, final, tone

KIRISH

Bugungi kunda chet tillarini o'rganishga alohida e'tibor berilmoqda. Ayniqsa Xitoy tilini o'rganuvchilar soni kun sayin ortib bormoqda. Barchamizga ma'lumki chet tili fonetikasini o'rganish chet tilini o'rganishning muhim va ajralmas qismidir. Ayniqsa Xitoy tili turli o'ziga xos xususiyatlarga va murakkab jihatlarga ega. Uning fonetikasi "initsial", "final" va "ton" nomli uch element hamda yengil ton shuningdek, ton o'zgarish holatlarini o'z ichiga oladi. Ushbu

xususiyatlar xitoy tilini chet tili sifatida o'rgatish jarayonida hamda fonetikani o'qitishda asosiy o'rinni egallaydi, shuningdek, fonetik tadqiqotlarning asosiy qismi hisoblanadi. Shuning uchun ushbu maqolada xitoy tili fonetikasini o'rganish va o'qitish oid muammolarni tahlil qilishni maqsad qilganmiz. Buni esa so'rovnoma tadqiqot metodi orqali amalga oshiriladi.

TADQIQOT METODI VA MATERIALLARI

Tadqiqot metodlari amaliy (maqsadli kuzatuv) va nazariy (analiz va sintez) va yordamchi tekshirish (so'rovnoma, suhbat) metodlaridir.

So'rovnoma jami 20 ta xitoy tili fonetikasiga oid savoldan iborat. So'rovnomada xitoy tilini o'rganayotgan 50 nafar xitoyda ta'lim oluvchi o'zbekistonlik talaba ishtirok etdi. Quyida so'rovnoma materiali berilgan.

1. Xitoy tilini qancha vaqtdan buyon o'rganasiz?

2. Siz qaysi HSK darajasidasiz?

3. Xitoy tilini o'rganish qiyin deb hisoblaysizmi?

4. Xitoy tilining qaysi bo'limini o'rganish qiyin deb hisoblaysiz?

5. Xitoy tili fonetikasi qiyin deb hisoblaysizmi?

6. Xitoy tili fonetikasini qanchalik bilasiz?

7. Xitoy tili fonetikasi qaysi qismi osonroq deb o'ylaysiz?

8. Xitoy tili pinyini haqida bilimlarga egamisiz?

9. "u" va "ü" ni to'g'ri talaffuz qila olasizmi?

10. Siz quyidagi qaysi yunmular talaffuzida adshasiz? (ko'p tanlov qilish mumkin)

11. Siz quyidagi qaysi shengmular talaffuzida adashasiz? (ko'p tanlov qilish mumkin)

12. "r" ni to'g'ri talaffuz qila olasizmi?

13. Siz "n" va "ng" talaffuzida adashasizmi?

14. Siz xitoy tili toni haqida qanchalik ma'lumotga egasiz?

15. Siz uchun qaysi ton talaffuzi qiyin?

16. Sizning fikringizcha yengil ton bu xitoy tilidagi beshinchi tonmi yoki ton o'zgarishimi?

17. Xitoy tili ton o'zgarishi hodisasi haqida bilasizmi?

18. Siz uchun quyidagi qaysi ton o'zgarishi biroz qiyin? (ko'p tanlov qilish mumkin)

19. Xitoy tilida gaplashayotganda ton o'zgarishiga e'tibor qilasizmi?

20. Sizningcha quyidagi qaysi metodlar xitoy tili talaffuzi to'g'irlashda foydasi ko'proq?

SO'ROVNOMA NATIJALARI

Bu so'rovnomda jami 50 nafar talaba qatnashgan, erkaklar va ayollarning nisbati teng, ya'ni 25 nafar erkak va 25 nafar ayol talabalar. Xitoy tili o'rganuvchilarning yoshi 18 yoshdan 36 yoshgacha bo'lagan talabalarni tashkil etdi. 21~26 yoshgacha bo'lganlarning miqdori 42 talabani, qolgan 4 talaba 18~20 yosh, 4 talaba 27~36 yoshni tashkil etdi.

Har bir talabaning o'rganish muddati turlicha, shuning uchun bu savol ochiq savol shaklida berilgan. Ishtirokchi talabalarning 2 nafari 6 oydan kam , 20 nafari bir yildan ikki yilgacha, 12 nafari uch yildan besh yilgacha, 12 nafari esa besh yildan to'qqiz yilgacha muddatlarni o'rganish muddati sifatida ko'rsatgan. HSK testini topshirmagan 12 nafar talaba mavjud bo'lib, ular orasida 24%ni tashkil etadi. Talabalar 36% HSK4 , 34% HSK5, 6% HSK6 darajasini olganliklari ma'lum bo'ldi.

Xitoy tilini o'rganishni 6% talaba "qiyin emas", 22% talaba "uncha qiyin emas", 50% talaba "bizor qiyin" va 18% talaba "qiyin" deb hisoblar ekan. O'zbek talabalari xitoy tilini o'rganish jarayonida yuzaga keluvchi fonetik muammolar uch turga bo'lsa bo'ladi: initsiallar talaffuzidagi muammolar; finallar talafuzzidagi muammolar; ton talaffuzidagi muammolar. Bunda 48% talabalar xitoy tilining talaffuzni o'zlashtirishga qiynalishlarini va 40% talabalar xitoy tilining iyerogliflarini o'rganish qiyin, 10% barchasi qiyin, 2% esa xitoy tili grammatikasi deb javob bergan. O'zbek tilida ton (ohang) yo'qligi sababli, aksariyat o'quvchilar xitoy tili tonlarini o'rganish va talaffuz qilishda qiynaladilar. Xitoy tili fonetikasini 52% xitoy tili o'rganuvchilari "bizor qiyin", 26% "qiyin", 18% "uncha qiyin emas", 4% "qiyin" deb belgilashgan. Talabalarning 4% xitoy fonetikasini umuman tushunmasligini, 6% juda yaxshi, 36% ozgina bilishi, 54% yaxshiroq bilishini takidlagan. Xitoy tilini o'rganadigan fonetikadan umuman bexabar bo'lishi mumkin emas, talabalar bilan suhbat jarayonida ular xitoy tili fonetikasi bilimlari faqat nazariy jihatdan mavjudligini aniqladi. Talabalar amalda, ya'ni xitoy tilida suhbat jarayonda fonetik qoidalarga amal qilmasdan so'zlashlariga yana

bir bor amin bo'ldik. 20% talabalar "undoshlar", 18% talabalar "unli", 42% talabalar "ohanglar" osonroq, qolgan 20% "barchasi" oson deb javob qaytargan. Xitoy tili pinyini tizimini 40% talabalar juda yaxshi, 42% talabalar yaxshi, qolgan 18% esa ozgina bilishini ma'lum qildi.

So'rovnoma ishtirokchilarning 86% "u" va "ü" ni to'g'ri talaffuz qilishlarini aytgan, qolgan 14% esa ularni to'g'ri talaffuz qila olmasliklarini aytgan. So'rovnomaga ko'ra "ao, uo, ou" yunmularini 17%, "en, an, uan" yunmularini 20%, "u, ü, o" 15%, "ei, ai" yunmularini 4% talaba chalkashtirib qo'llar ekan. "r" ni 82 % talaba uni to'g'ri talaffuz qilishlarini aytishdi, qolgan 18 % esa uni noto'g'ri talaffuz qilishlarini bildirgan. "n, ng" ni talaffuz qilganda 44% xato qilmasligini va 56% xato qilishini deb javob bergan. Talabalar "j, q, ch" 27% "c, s, x, sh" 22%, "z, zh" 10%, "d, t" 3%, "b, p" 2% lari chalkashtirib yuborish oson deb javob berganlar.

Xitoy tili tonlari haqida savoliga 50% talaba biroz yaxshi, 26% juda yaxshi, 24% esa ozgina ma'lumotga ega ekanligini bildirgan. Talabalar (T1) 5%, "|W' (T2) 32%,

(T3) 12%, "i^" (T4) (yengil ton) 8% talabalar qiyinroq deb hisoblashadi. Xitoy

tili ton o'zgarish hodisasini talabalar 38% "biroz yaxshi bilaman", 44% "ozgina bilaman", 18% "juda yaxshi bilaman" ni tashkil qildi. Xitoy tilidagi yengil tonni 54% talaba ton o'garishi, 46% xitoy tilida beshinchi ton deb javob berishgan. Ton o'zgarish hodisalaridan 21 talaba uchun

ton o'zgarishi, 23 talaba uchun uchunchi ton (T3) o'zgarishi,11 talabalar uchun esa "^A" ning o'zgarishi qiyinroq ekan. Chet elliklar uchun tonni o'zlashtirish va amalda to'g'ri talaffuz qilish qiyin. Shu sababli so'rovnoma ishtirokchilari muloqot jarayonida 58%i ba'zan, 26% e'tibor beradi, 14% umuman e'tibor bermaydi, 2% juda e'tibor beradi.

Xitoy tili fonetikasini o'rganishning samarali usulini 4% talaba "e'tibor bilan yaxshi o'qish" deb bergan, qolganlar bergan javoblarga ko'ra, 6% talaba musiqa tinglash, 16% yangiliklarni tomosha qilish, 18% darsda o'qituvchi bilan mashq qilish, 56% talaba esa xitoylik bilan muloqat qilishni maqul topgan.

Xulosa

So'rovnomani tahlil qilish natijalariga ko'ra talabalarning xitoy tili fonetik xatoliklarining sabablari aniqlandi.

Birinchi sabab tashqi interferensiya, ya'ni ona tilini o'rganish usuli orqali yangi tilni o'rganishga odatlanib qolishdir. Bu usul odatda til bilan tanish bo'lmagan hollarda qo'llaniladi. Ona tilini salbiy ko'chishi hodisasi ikkinchi til talaffuzini o'rganishda juda ko'p uchraydi. Xitoy tili initsiallari (j, q, x, zh, ch, sh, z, c, s, r)ga o'zbek tili undoshlarining (j, ch, s, r) ta'siri mavjud, undan tashqari xitoy tilidagi (uo, ou, en, an, uan, a, u, ü) finallarga o'zbek tili unli (a, u) unlilarining ta'siri ham mavjud.

Ikkinchi sabab o'rganayotgan tilidagi egallagan bilimlarning salbiy ravishda ko'chishi, ya'ni ichki interferensiyadir, unda o'quvchi o'rgangan bilimlari yetarli bo'lmaganligi sababli ularni yangi mazmunga ko'chirib qo'llashi va natijada xatolar yuzaga kelishidir.

Uchunchi sabab esa o'quvchining o'z ustida ishlash omili, ya'ni o'quvchi yuqoridagi ikkita xodisani ham jamlagan holda yangi mazmummi (mavzuni) o'zi mustqil ravishda egallashidir.

O'zbek talabalari xitoy tilini o'rganish jarayonida yuzaga keluvchi fonetik

interferensiyalar

Jadval 1

Ichki interferdnsiya <4- Fonetik interferensiya -► Tashqi interferensya

Initsiallar talaffuzi: s- x, j- zh, q-ch ; Finallar talaffuzi: an-ang, in-ing, ian-iang(burun finallari); i(til uchi old unli, til uchi o'rta unli) zhi, zi, shi, xi, ci, ri; ü- u Initsiallar talaffuzi: s-x, j (o'zbek tüidagi "j" ), q (o'zbek tilidagi "q"), ch, r Finallar talaffuzi: ü-u-yu ton-urg'u

Quyida berilgan fonetik muammolar so'rovnoma natijasi, dars davomida kuzatish va talabalarning audio materiallarini eshitish jarayonida aniqlangan , ular uch turga bo'linib tasniflangan.

1. Initsiallar talaffuzidagi interferensiya. O'zbek talabalari talaffuz jarayonida "s, x" tovushlarini aralashtirib qo'llashadi. Chunki o'zbek tilida xitoy tilidagi "x" mavjud emas. Shu sabab talabalar uni o'rganganidan keyin ham adashtirib qo'llashadi. O'zbek tilida "j, q, ch" tovushlari bor, lekin xitoy tilida "q" tovushining o'qilishi umuman boshqacha. Shu sababli talabalar "q" talaffuz qilayotganda o'zbek tilidagi "ch" tovushini qo'llashadi. Talabalar xitoy tili initsiallari haqida asosiy bilimlarga ega bo'lishsada, amalda qo'llaganda ko'p xatoliklarga yo'l qo'yishadi. O'zbek tilida "zh" va "c" initsiali mavjud emas, ammo talabalar "j" initsialini "zh" va "c" initsialini esa "s" bilan almashtirib o'qishadi. O'zbek tilida til biroz orqaga aylanuvchi "r" unlisi mavjud emas, ammo til ichi qaltiroq "r" mavjud. Shuning uchun talabalar ona tilidagi "r" dan foydalanishadi. Bu kabi tashqi interferensiyani fonetik mashqlar orqali bartaraf etish mumkin.

2. Finallar talaffuzidagi interferensiya. Xitoy tilidagi "i" finali turli initsialdan keyin yuqori unli, til uchi old unli va til uchi orqa unli kabi talaffuz qilinadi. Bu initsial "zh, ch, sh, r" lar bilan til uchi orqa unli, "z, c, s" lar esa til uchi old qator unlisi shaklida keladi. O'zbek talabalari bu unlilarni adashtirib qo'llashi ichki interferensiya hisoblanadi.

Final "u" ning talaffuzida tashqi interferensiya sodir bo'ladi. Talabalar "u" ni to'g'ri talaffuz qila olamiz deb o'ylashsa ham, aslida uni o'zbek tilidagi "u" va ruscha "yu" bilan adashtirishga odatlanib qolishgan. Talabalar orasida keng tarqalgan muammo bu orqa burun tovushi va oldingi burun tovushi o'rtasidagi chalkashlikdir, masalan, ular "an" ni "ang", "in" ni "ing", "ian" ni "iang" deb talaffuz qilishadi. Buni esa tashqi va ichki interferensiyaga kiritsak bo'ladi.

3. Ton talaffuzidagi interferensiya. Xitoy tilida to'rtta ton mavjud bo'lib, ular turli qiymatga ega va o'zgarishlarga uchraydi. O'zbek tilida ton elementi mavjud emas, shu sabab xitoy tilini o'rganishga kirishgan talabalar uchun ushbu element o'ziga xos hisoblanadi. Boshlang'ich bosqichda talabalarga o'qishlari uchun berilgan iyerogliflarda pinyin va tonlar ko'rsatilgan bo'ladi, talabalar o'qish jarayonida taqlid qilish bilan katta xatoliklarga yo'l qo'ymasliklari kerak. Ammo xitoy iyerogliflarini pinyinsiz to'g'ridan-to'g'ri o'qishda, shuningdek, suhbat jarayonida tonlarni ko'rib turish imkoni bo'lmaydi. Shu sabab tonlar talaffuzida hamda "so'z urg'usi"ni qo'llashda muammolar yuzaga keladi. Xatoliklar xitoy tilidagi tonlarni butunlay o'zgartirib, talabalarning xitoy tili talaffuzida o'ziga xoslik sodir bo'ladi.

XULOSA

Ushbu maqola orqali biz, xitoy tilining fonetik xatolariga e'tibor qaratish va ularni o'z vaqtida tuzatish, O'zbekistonlik talabalarning xitoy tilidagi talaffuzi xususiyatlari va ularning amaldagi holatini birlashtirib, xitoy tilini o'rganuvchilarga talaffuzdagi xatoliklarni kamaytirishga yordam beradigan oqilona va samarali o'quv choralarini qo'llash zarur deb hisoblaymiz. Ushbu maqolada keltirib o'tilganlardan muammolardan tashqari, talabalarning xitoy tili fonetikasidagi boshqa muammolarni topish va ularni o'rganish kabi ilmiy ishlar yuzasidan yanada chuqur izlanishlar olib borilishi muhimdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. ^MM (Rakhmatullaeva Dilshada) . ^,2020.

2. PaxMaTyraaeBa, M. (2021). ^iiiXin^M^^ fàM. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(Special Issue 1), 344-348.

3. Rakhmatullaeva, D., Badalbayev, D. (2022). CHINESE PHONETIC PRONUNCIATION OF UZBEK STUDENTS AN ITS TEACHING. ASEAN Journal on Science & Technology for Development: 39 pp. 393-399 (4).

4. Nazarova, S. A. (2021). On the issues of overcoming interlingual and intralingual interference in teaching Chinese to students: lexical and grammatical aspect. Modern Oriental Studies, 3(3), 401-409.

5. Dana, K. A. (2020). The Influence of the Persian Civilization on the Vocabulary of the Chinese Language during the Great Silk Road. In Языки и миграция в условиях глобализации (pp. 103108).

6. Yusupova H. On the modern word formation methods in Chinese. Asian journal of multidimensional research. Vol,9.Issue 12. 2020 ISSn 2278-4853 (OAK)

7. Abdullayevna, N. S. (2019). Языковая политика в Китае: идентификация общественно-политической терминологии Насирова Саодат Абдуллаевна. КИТАЙСКАЯ ЛИНГВИСТИКА И СИНОЛОГИЯ,, 3, 384.

8. Хашимова, С. А. (2020). ОСОБЕННОСТИ ОБРАЗОВАНИЯ РЕЗУЛЬТАТИВНЫХ ГЛАГОЛОВ ПРИ ПОМОЩИ СУФФИКСАЦИИ В КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ. In Страны. Языки. Культура: сборник материалов Х1-й международной научно-практической конференции/Под ред. проф. Абуевой ННМахачкала: ДГТУ. 391 с (p. 361).

9. NS Abdullayevna.±^lOT^M^«:Min-#^. In №^-#^,87,0

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.