Научная статья на тему 'FRANSUZ TILI FONETIKASINI QIYOSLAB O’RGANISHNING AHAMIYATI'

FRANSUZ TILI FONETIKASINI QIYOSLAB O’RGANISHNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
820
93
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
fonetika / fransuz tili / texnologiya / qiyosiy tahlil / tilshunoslik / phonetics / French / technology / comparative analysis / linguistics

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Malika Adilovna Usmanova

Mazkur maqolada fransuz tili fonetikasining o’rganishda qiyosiy tahlilning ahamiyati hamda, fransuz tili fonetikasini o’qitishda axborot texnologiyalardan foydalanishning samarasi xususida so’z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF COMPARATIVE STUDY OF PHONETICS OF THE FRENCH LANGUAGE

This article discusses the importance of comparative analysis in the study of French phonetics and the effectiveness of the use of information technology in the teaching of French phonetics.

Текст научной работы на тему «FRANSUZ TILI FONETIKASINI QIYOSLAB O’RGANISHNING AHAMIYATI»

FRANSUZ TILI FONETIKASINI QIYOSLAB O'RGANISHNING AHAMIYATI

Malika Adilovna Usmanova

FarDU akademik litseyi Fransuz tili o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada fransuz tili fonetikasining o'rganishda qiyosiy tahlilning ahamiyati hamda, fransuz tili fonetikasini o'qitishda axborot texnologiyalardan foydalanishning samarasi xususida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: fonetika, fransuz tili, texnologiya, qiyosiy tahlil, tilshunoslik

THE IMPORTANCE OF COMPARATIVE STUDY OF PHONETICS OF THE

FRENCH LANGUAGE

ABSTRACT

This article discusses the importance of comparative analysis in the study of French phonetics and the effectiveness of the use of information technology in the teaching of French phonetics.

Keywords: phonetics, French, technology, comparative analysis, linguistics

Hozirgi rivojlangan axborot texnologiya asrida biror chet tilini (fransuz, ingliz, nemis) bilish hech kimga zarar keltirmasa kerak.Shunday ekan boshqa fanlarning o'z o'qitish metodlari bo'lganidek, chet tili o'qitishning ham o'ziga xos metodik uslublari, metodikasi mavjud.Biroq XVIII - asrgacha ayrim olimlar chet tilini o'qitish metodikasini qiyosiy tilshunoslikning amaliy tadbiqdir deb qarasalar, boshqalar ularni pedagogika fani deb hisobladilar.

Yuqorida keltirilgan fikrlardan ko'rinib turibdiki, yillar davomida xorijiy til o'qitish metodikasi qiyosiy tipoligiya va pedagogika fanlarining bir bo'g'ini sifatida hisoblangan va taqbiq etilgan.Bu fikrning o'ziga xos mantiqiy ifodasi bordek ko'rinadi.Chunki ona tili bilan boshqa bir millatning ona tilini o'rganishda albatta ikki til bir-biriga qiyoslanadi, ularning o'ziga xos tomonlari farqlanadi.Masalan fransuz hamda o'zbek tili fonetikasini qiyoslaymiz:

1.Fransuz tilida 15ta, o'zbek tilida 6ta unli bor;

2.Fransuz tilida burun unli tovushlari mavjud, o'zbek tilida esa yo'q;

3.Fransuz tilida so'z oxiridagi undoshlar jarangsizlanmaydi, o'zbek tilida esa ular jarangsizlashadi: maktab ( b - p); lemonade [ limonad];

4.Fransuz tilida cho'ziq va qisqa unlilar bor, o'zbek tilida esa yo'q; 5.Ochiq unlilar fransuz tilida o'zbek tilidagidan ko'p; 6.Fransuz tilida 8ta, o'zbek tilida 2ta lablangan unli bor;

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 2 I ISSUE 5 I 2021 ISSN: 2181-1601

Fransuz tili fonetikasini o'rganishga bag'ishlangan mashg'ulotlarda hozirgi zamon axborot -texnologik vositalardan unumli foydalangan holda dars o'tish zamon talabidir.Binobarin, fransuz tili tovushlar sistemasining o'ziga xos murakkabliklari, uning o'zbek tili tovushlar sistemasidan ancha farq qilishi, fonetik mashg'ulotlar davomida kompyuter texnologiyalaridan foydalanishni taqozo etadi va natijada o'quvchilarning fransuzcha tovushlarni me'yoriga yetkazib talaffuz qilish darajasiga erishish mumkin.Negaki aynan fransuz tilini o'rganayotgan talabalarda fransuzcha so'zlarni maromiga yetkazmasdan chala talaffuz qilish, so'z oxiridagi so'zlarni boshqa korrelyativ tovushlar bilan almashtirib yuborish, ba'zi talaffuzi qiyin bo;lgan tovushlarni umuman o'xshata olmaslik, fransuzcha so'zlarning o'qilish qoidalarini chalkashtirib yuborish, fransuz tili uchun muhim sanalgan bog'lanish (la laison) va ulanish (l'enchainement) hodisalariga amal qilmaslik kabi holatlar juda ko'p uchraydi.Bularning barchasi fransuz tili fonetikasini to'g'ri o'zlashtira olmaslik natijasidir.Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida dars jarayonini to'g'ri tashkil etish va darsda innovatsion texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ma'lumki, til bo'limlari ichida fonetika bo'limi nutqiy mahoratni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega.Chunki "Fonetika" tovushdagi muayyan bir so'zni o'zgartirish, tovushdan so'zlar hosil qilish, o'zakdosh qo'shimchadan qofiyadoh, ohangdosh so'zlar yasash, ularning imloviy ma'nolarini hamda ma'no guruhlari ustida ishlash o'quvchi so'z boyligini oshiradi.Nutqiy malakalarini shakllantiradi.Masalan, quyidagi berilgan sozni zinapoya shaklida kengaytirib, yangi so'zlarni yasash mumkin. Har bir so'z oldingisidan bir tovush bilan farqlanadi: O'zbek tilida Fransuz tilida

Ol prend

Hozirgi kunda fransuz tili fonetikasini o'zbek guruhi talabalariga o'rgatishdagi o'quvchining shaxsiy qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda u bilan ish olib boriladi va unga berilayotgan topshiriqni o'zlashtira olish qobiliyatiga qarab, sekinlik bilan amalga oshiriladi. Fransuz tili fonetikasini o'rganayotgan talaba avvalo, o'z ona tili fonetikasi yaxshi bilishi lozim.Chunki o'z ona tilini mukammal bilmay turib, xorijiy tillarni o'zlashtirishda qiyinchilikka duch keladi.Ushbu muammolarni vaqtida hal qilishda talabaga ikki tilning farqli va o'xshash tomonlarini, qiyosiy tahlilini to'g'ri tushuntirib bera olish pedagog zimmasidagi muhim vazifadir.

Ola Olam Olim Olima

le monde savant savante pas prend

Olinma

REFERENCES

1. Andreychikova A.P , Ubaydullayev M, Yusupova N.A "Fransuz tili fonetikasi" O'zbekiston 1992-y

2. Bled E, Bled O. Orthographe, Grammaire, -Paris HACHETTE, 2009

3. www.google.uz

4. www.ziyonet.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.