Научная статья на тему 'XITOY TILIDA TENIK ATAMALAR'

XITOY TILIDA TENIK ATAMALAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
atamashunoslik / kompyuter atamalari / o‟zlashtirma atamalar.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Xumora Erkayeva

Ushbu kurs ishida texnik atamalar oid terminlarining yoritilishi va ularning shartlari kabi masalalar va ularning xususiyatlari ochib berildi. Ilmiy ishda bir qator fanlar bilan aloqadorligi, jumladan, Sharq tilini o‟qitish metodikasi fani bilan va boshqa shu kabi turli xil fanlar bilan uzviy bog‟liqligi o‟rganildi. Ilmiy ishni o‟rganish faoliyatidagi muhim ko‟nikma va malakalarni egallashda ushbu kurs ishi muhim manba sifatida tadqiq etildi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XITOY TILIDA TENIK ATAMALAR»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za

XITOY TILIDA TENIK ATAMALAR

Xumora Erkayeva

Samarqand davlat Chet tillar instituti Sharq tillari fakulteti "Lingvistika" (xitoy tili) bo'limining 1-bosqich magistranti E-mail: xumorabahriddinovna@gmail .com Tel: 97 286 36 16

ANNOTATSIYA

Ushbu kurs ishida texnik atamalar oid terminlarining yoritilishi va ularning shartlari kabi masalalar va ularning xususiyatlari ochib berildi. Ilmiy ishda bir qator fanlar bilan aloqadorligi, jumladan, Sharq tilini o'qitish metodikasi fani bilan va boshqa shu kabi turli xil fanlar bilan uzviy bog'liqligi o'rganildi. Ilmiy ishni o'rganish faoliyatidagi muhim ko'nikma va malakalarni egallashda ushbu kurs ishi muhim manba sifatida tadqiq etildi

Tayanch iboralar: atamashunoslik, kompyuter atamalari, o'zlashtirma atamalar.

Atamalar muayyan bir sohaga oid tushunchalarni aniq ifoda etuvchi so'zlar bo'lsada, lekin u so'zlarning qo'llanishi shu soha kishilari doirasi bilan chegaralangan bo'lishi shart emas. Bunda ikki holatni ko'rish mumkin: Atamalarninglarning ma'nosi, sohaga aloqasi bo'lmagan kishilar uchun ham tushunarli bo'ladi va ular tomonidan ham qo'llanaveradi. Masalan, botanikaga oid bug'doy, paxta, o'rik, go'za, uzum, noq san'atshunoslikka oid: sahna, afisha, aktyor; tibbiyotga oid: ukol, narkoz, gripp; texnikaga oid: texnik ishlar yuqorida aytib o'tganimizning isboti.

Hozirgi zamon xitoy tilida juda ko'p yangi sohalarga oid atamalar paydo bo'lyapti, shu jumladan texnika sohasida kompyuter yo'nalishi o'z rivojini topyapti. Xitoy va O'zbekiston o'rtasidagi tashqi savdo aloqalari ham jadallik bilan rivojlanyapti. Shu jarayonda kompyuter atamalarini o'zbek tiliga o'girishda hamda ularni taftish etish muhim ahamiyatga egadir.Kompyuter sohasining tobora rivojlanib borishi bugungi kunda ijtimoiy hayotning barcha sohalari informatsizatsiyasiga olib kelmoqa. Informatsion texnologiyalar sohasida ko'pgina yangilar qilinayotgani sababli aynan shu sohada ko'pgina o'zlashtirma so'zlarning kirib kelishi kuzatilmoqda. Mamlakatimizning boshqa ko'pgina chet davlatlari bilan aloqalari bor. Shuningdek Xitoy Xalq Respublikasi bilan bo'lgan diplomatik aloqalari kundan kunga rivojlanib bormoqda. Respublikamiz Xitoy Xalq Respublikasi bilan nafaqat siyosiy-iqtisodiy sohada, balki ta'lim va madaniyat sohalari yuzasida ham keng ravishda samarali hamkorlik olib bormoqda. Shu bilan birga yurtimizda xitoy tiliga bo'lgan qiziqish yanada kuchayib bormoqda. Biz, ya'ni

April 23-24, 2024

132

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hirchiqdavlat^edagogika^niversiteti^^^^^^^Za

talabalar xitoy tilini o'rganar ekanmiz, bu til yuzasida nafaqat chuqur bilimga ega bo'lishni, balki uni vatanimizda boshqa tillar kabi keng tarqatish yo'lida oz bo'lsada o'z burchimiz deb hisoblab, unga o'z hissamizni qo'shishni oldimizga maqsad qilib qo'yishimiz kerak. Xitoy tili boshqa tillarga o'xshab o'z leksik boyligiga ega.So'z boyligining ma'lum bir qismini atamalar tashkil qiladi. Ilm-fan, texnika, qishloq-xo'jaligi va boshqa sohalarga oid tushunchalarning aniq atamasi bo'lgan so'z yoki so'z birikmasi atama deyiladi. Kompyuter atamashunosligini o'rganish va uni turli tillarda taqqoslash muhum masalalardan biridir, chunki u dunyo miqyosida atamashunoslik fondini tashkil qilish va shu orqali turli lingvistik bazalarning professional sohada o'xshash taraflari hamda o'ziga xosliklarini aniqlashga yordam beradi. É® diànnâo kompyuter. Hisoblash va ma'lumot masalalariga avtomatik ishlov berishga mo'ljallangan, elektron texnik vositalar majmuasi.

fT^P^ dâyinjï printer. Chop etish qurilmasi bo'lib, kompyuterdagi axborotni qog'ozga chiqarish uchun xizmat qiladi.

^ # jiànpân klaviatura. Klaviatura yordamida operatsion sistema va uning boshqaruvi ostida ishlaydigan dasturlarga buyruqlar, shuningdek, bu dasturlarga kerak bo'lgan ma'lumotlar kiradi.

guangqü CDD (CD-ROM). Compact Disk Driver axborotni o'qish tezligi bilan alohida xarakterlanadi. Bir birlik axborot o'qish tezligi sifatida sekundiga Kbayt axborot o'qish qabul qilingan bo'lib qolganlari shunga karrali qilib olinadi.

^ ^ shengkä tovush kartasi. Protsessordan chiqadigan signalni elektr signaliga aylantirib, kompyuterning tovush chiqaruvchi qismiga yuboradigan va keyin tovush kuchaytrgich yoki kolonkalarga yetkazib beruvchi qurilma.

^ # yingpân qattiq disk (vinchester). Kompyuterda ishlash jarayonida qo'llaniladigan ma'lumotlarni doimiy xotirada saqlash uchun xizmat qiladi. Qattiq disk operatsion tizim dasturlari, matin muharrirlari, ko'p qo'llaniladigan dasturlar majmuasi, dasturlash tillari va hokazolar saqlanadi.

zhübän tizimli plata. Kompyuterning asosiy platfo'rmasi bo'lib, boshqa elektron qurilmalar: mikroprotsessor, tezkor xotira, tizimli shina va boshqa qurilmalarning adapterlari ana shu platformaga o'rnatiladi.

xiänshiqi monitor (display). Kompyuter monitori ekranga matinli va grafik axborotni chiqarish uchun mo'ljallangan bo'lib bu tasvirlarni kompyuterning videokontrolleri shakillantirib beradi.

shübiao sichqoncha. Sichqoncha qo'lning kaftiga sig'adigan ikkita tugmachali moslama bo'lib, uning yordamida kompyuter ekranidagi obyektlar ustida turli xil manipulyatsiyalarni bajarish, tugmachalar yordamida signallar kiritish mumkin.

133

April 23-24, 2024

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

nèicûn ichki xotira (DDR). Kompyuterning ishlash jarayonida bevosita kerak bo'ladigan ma'lumotlar saqlanadi. Ushbu xotira yuqori tezlikda ish bajargani uchun —tezkor xotiral deb ham nom olgan. Lekin ichki xotiradagi ma'lumotlar kompyuter o'chirilganda yo'qoladi, ya'ni o'chib ketadi.

shùjù jï modem. Kompyuter o'zaro telefon tarmog'i orqali axborot almashishini ta'minlovchi qurilma. Modem kompyuterdan olingan raqamli signallarni telefon tarmog'idan o'tuvchi analogli signallarga aylantirish va aksincha telefon tarmog'idan kelgan analogli signallarni raqamli signallarga o'tkazib kompyuterga kiritish uchun xizmat qiladi.

tt# bï tè —Kompyuterdagi ma'lumot birligi. U 0 yoki 1 qiymatni qabul qiladi.Lekin kompyuter buyruqlari bayt bilan ishlaydi. Ketma-ket sakkiz bit bir baytdan iborat.

^ M ^ chûlïqi markaziy prosessor (CPU). —Central processing unitll Kopmpyuterning asosi hisoblash va boshqaruv elementi hisoblanadigan tranzistorli mikrosxema. U kompyuterning asosi y miyyasi deb ham yuritiladi.

yöupan flesh xotira. Bu energiyaga bog'liq bo'lmagan, yozish va o'qish imkoniyatlari mavjud bo'lgan ixcham xotira turi hisoblanadi. Flesh xotiradagi axborot ishonchli. Flesh xotira kompyuterga USB porti orqali ulanadi.

ê ^ ^ ^ zi dong bian mä-autokad dasturi. Kompyuter grafikasida loyihalashning avtomatlashtirilgan tizimi Autocad dasturidan foydalanib grafik axborotni kompyuterda bajarish o'rganiladi.

yïn tè wäng - internet. Jahon bo'yicha kompyuterlar tarmoqlaridan tuzilgan yaxlit tarmoq bo'lib, unda yagona til andoza qoidalari majmuyi asosida axborot almashadilar. Uning nomi xalqaro tarmoq degan ma'noni anglatadi.

^^ bing dü-virus. Kompyuter viruslari kompyuter sistemalarida tarqalish va o'z-o'zidan qayta tiklanish xususiyatlariga ega bo'lgan bajaruvchi yoki sharhlanuvchi kichik dasturlardir. Virusning obyektni buzish imkoniyati bo'yicha quydagi turlarga ajratish mumkin: Zararsiz viruslar, xavfli viruslar, o'ta havfli viruslar.

liülänqi- brauzer. Internet tarmog'i rivojlanib, unda foydalanishning yangi imkoniyatlari, yaDni maDlumotlarni tez va aniq ko'rish, maDlumot almashinishining yengillashishini taDminlovchi dastur. Har bir brauzerning turli imkoniyatlari mavud.

Hozirgi zamon xitoy tili kompyuter atamalarini leksik semantik va struktur jihatdan o'rganish natijasida biz quyidagi xulosalarga keldik: Xitoy tili kompyuter atamalari hali to'la shakillangan deb bo'lmaydi, chunki sinonimlarni ko'pligi va ayrim

134

April 23-24, 2024

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

holatni biz o'zbek tilida ham kuzatishimiz mumkin. O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga ham ancha bo'lganligiga qaramay, afsuski, hozirgi kunga qadar kompyuter atamalari to'laligicha shakllanib ulgurmagan. Bundan tashqari bizning izlanishimizning ob'ekti 40 ta atamadan ziyodroq xolos, aslida esa atamalar soni bir necha mingtaga yetsa ajab emas. Biz atamalarni biron bir guruhga 50 ajratadigan bo'lsak birinchi navbatda ularning tub va eng asosiy ma'nosiga ko'ra ma'lum bir guruhga ajratganmiz.

REFERENCES

1. F.D. Bahromov .Axborot texnologiyalari. Sharq nashriyot matbaa aksidorlik kompaniyasi bosh tahririyati.Toshkent 2012

2. Aripov M., Begalov B, Begimqulov U., Mamarajabov M. Axborot texnologiyalari. Toshkent 2009 3. Aripov M., Xaydarov A. Informatika asoslari. Toshkent 2002

3. Sattorov A. Informatika va information texnalogiyalari. Toshkent 2002.

4. two limrn^nwm^mmftm , nm^m #

m% , ttB^s^ftfäfr, 1996o

5. n&täo , i984o

6. , 1 rn, i986o

7. Program Files.ABBYY Lingvo x5. / tfef^io

8. ^W^iW /

9. Shodiyeva, M.N. XITOY TILIDA DEHQONCHILIKKA OID LEKSIKALAR VA ULARNING XUSUSIYATI // ORIENSS. 2023. №1-2. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/xitoy-tilida-dehqonchilikka-oid-leksikalar-va-ularning-xususiyati

135

April 23-24, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.