SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
XITOY TILIDA TAQLID SO'ZLARNING MORFOLOGIK
XUSUSIYATLARI
Tashmuxamedova Dildora Aziz qizi
Oriental universiteti o'qituvchisi [email protected]
ANNOTATSIYA
Maqolada xitoy tilida taqlid so'zlarning xitoy olimlari tomonidan tadqiq qilinishi, taqlidlarning xitoy tili grammatikasida ularning tutgan o 'rni tahlil qilingan holda ularning qaysi turkumga xosligi borasida so'z yuritiladi. Taqlid so'zlarni tasniflashda so'z turkumlarining ahamiyati va ularning turkumlanishi bilan bir qatorda muallif xitoy tilshunos olimlari Ding Shengshu, Ma Djen, Vang Li kabi bir necha tilshunos olimlar guruhi qarashlari va ular o'rtasidagi farqlarni yoritib beradi.
Kalit so'zlar: morfologiya, taqlid so'zlar, undov so'zlar, so'z yasalishi, ot, sifat, son, fe 'l.
The article discusses the research of onomatopoeic words in Chinese language written by Chinese scientists, the role of onomatopoeic words in the grammar of the Chinese language and what category they belong to. In addition to the importance of word groups and their categorization in the classification of the onomatopoeic words, the author highlights the views of several groups of linguists such as Chinese linguists Ding Shengshu, Ma Zhen, and Wang Li and the differences between them.
Key words: morphology, onomatopoeic words, interjection, derivation, noun, adjective, quantitative words, verb.
В статье рассматриваются исследования звукоподражательных слов в китайском языке китайскими учеными, роль звукоподражательных слов в грамматике китайского языка и к какой категории они относятся. Помимо важности групп слов и их категоризации в классификации звукоподражательных слов, автор выделяет взгляды нескольких групп лингвистов, таких как китайские лингвисты Динь Шэншу, Ма Чжэнь и Вань Ли, и различия между ними.
Ключевые слова: морфология, звукоподражательные слова, междометие, деривация, существительные, прилагательные, числительные, глагол.
Xitoy olimlari so'zlarni doimo ularning funksiyalariga asosan tasniflash tarafdori bo'lishgan. Xitoy tili nazariy grammatikasini ishlab chiqish uchun, avvalo,
ABSTRACT
АННОТАЦИЯ
KIRISH
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
morfologiyani tadqiq etish, undan keyin sintaksisga murojaat qilish kerak degan fikrni olg'a surib, so'z turkumlari guruhlari haqida turli vaqtlarda turlicha fikrlarni berganlar.
Xitoy tilida taqlid so'zlar tadqiqi chuqurlashishi bilan olimlarning qarashlari o'rtasida turli farqlar yuzaga kela boshladi. So'z sifatida tilda mavjud taqlidlar o'zini grammatik jihatdan qaysi doirada namoyish etishi haqida avvaliga katta bahslar olib borilmagan bo'lsa-da, taqlidlar grammatika va lingvistik tadqiqotlar doirasida o'rganilgan va lug'atlar tarkibiga kiritilgan.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Tahlil jarayonida xitoy tilshunosligiga taqlidlar hamda ularning morfologik xususiyatlari tadqiqiga bag'ishlangan ilmiy adabiyotlar va maqolalar asosiy manba sifatida tanlandi. Mazkur adabiyotlarni tahlil qilishda qiyosiy-tipologik, tavsiflash va tasniflash metodlaridan foydalanildi.
NATIJA VA MUHOKAMALAR
Taqlid so'zlar XIX asr oxirigacha tadqiqot obyekti sifatida xitoy tilshunoslari tomonidan unchalik e'tiborga olinmagan. 1898 yilda xitoy tilshunosi Ma Dziandjong "Mashi Ventong" asarida birinchi marta taqlid so'zlarni eslatib o'tgan. Ma taqlid so'zlarni "piktogrammalar va tovushlar uchun ishlatiladigan belgilar" deb atagan1. Lekin Ma Dziandjong ularni ravish deb hisoblagan.
Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topgandan keyin tilshunoslik sohasida olib borilayotgan tadqiqotlar yanada jadallashdi. Bu davrda eng qizg'in bahsga sabab bo'lgan mavzulardan biri xitoy tilida so'z turkumlari muammosi edi Gao Mingkai (M^A) ning 1952 yil jurnalida e'lon qilingan maqolasi va unda
muallifning "xitoy tilida so'zlar turkumlarga bo'linmaydi" degan xulosasi, ayniqsa bu mavzudagi munozaralarning qizishiga sabab bo'ldi. So'z turkumlari mavzusi tilning Grammatik qurilishi va morfologiya masalalari bilan uzviy bog'liqligi sabab bu davrda til bo'yicha yaratilgan asarlarning deyarli barchasida so'z turkumlari masalasiga u yoki bu darajada to'xtalib o'tilar edi2.
Professor Gao Mingkaining so'z turkumlari borasidagi qarashlarining tarafdorlari nihoyatda kam edi. Aksariyat tilshunoslar xitoy tilida so'zlar turkumlarga ajratiladi degan qarashda bo'lib, o'z ilmiy izlanishlari davomida fikrlarini dalillab borganlar.
ЭДШ- Я^ЙШТО 1987. - 231К
2 Абакумов. Проблема частей речи в китайском языке в работах лингвистов Китая//Вопросы языкознания. - Москва: Наука, 2018. - С.105-115.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
Hozirgacha taqlid so'zlar xitoy grammatikasida 100 yillik tadqiqiy bosqichni, olimlaming ko'zi ilg'amagan davrlardan to hozirgi, ya'ni taqlidlarning tasnifi, ularning sintaktik xususiyatlari yoritiladigan davrgacha yo'lni, bosib o'tdi. Taqlid so'zlar xitoy tilshunosligida XIX asr oxiridan 1940-yillargacha bo'lgan grammatik yozuvlarda kamdan-kam tilga olinadi va muammosi e'tibordan chetda qolgandek ko'rinadi. Shu sababli ham hozirgacha aniq xulosalar berilmagan va xitoy tilshunoslari so'z turkumlari va ularning tavsifi borasida qaysi nazariyaga amal qilishlari yuzasidan turli guruhlarga bo'linib qolgan.
1950 - 1970-yillar oralig'ida xitoy olimlari umumiy tilshunoslik nazariyalarini yaratishga kirishdi va so'z turkumlari haqida o'z fikrlarini olg'a sura boshladi. Bu davrda taqlid so'zlarni xitoy grammatikasiga kiritishda olimlar ikki masalaga duch keldilar:
Xitoy tilida taqlid so'zlar mustaqil so'z turkumimi yoki yordamchi so'z turkumiga mansubmi?
Taqlid so'zlarning tovushlarni ifodalashi va savolga javob bo'la olmasligi nuqtai nazaridan tilshunoslar ularni yordamchilarga oid deb hisoblasalar, gapda sintaktik aloqaga kirisha olishi, alohida holatda ham ma'no anglatishi jihatidan mustaqil so'z turkumiga o'xshaydi. Bir necha zabardast olimlar morfologiyaga oid asarlarida o'zlarining qarashlarini har jihatdan qo'llab quvvatlashga harakat qilganlar. Biroq, bu davrda olimlar o'rtasida konsensusga kelinmagani natijasida yagona qarash shakllanmagan.
Keyingi masala taqlidlarning semantikasi va klassifikatsiyasiga oid edi. Bu davrda taqlidlarni undovlarning bir qismi sifatida tadqiq qila boshlashdi. Jumladan, Suy Yushu o'zining "Hozirgi zamon xitoy tili" asarida taqlidlarni undovlar sifatida e'tirof etgan3. Biroq ularning undovlardan farqi borligi boshqa bir guruh olimlari tomonidan e'tirozga sabab bo'ldi va taqlidlarning o'zi alohida morfologik turkum ekanligi va ularni semantik klassifikatsiyalash masalasini ko'rib chiqish kerakligini ilgari surishdi. Pekin universitetining "Hozirgi zamon xitoy tili" grammatikaga oid tadqiqiy asarida taqlidlarni nutqning alohida qismi sifatida tan olib, ularni individual tarzda tadqiq qilishgan4.
Bu yillar oralig'ida olib borilgan kichik ilmiy tadqiqot ishlarida ham taqlidlar aks eta boshladi. 1951-yil Lyuy Shusyang va Dju Desi hammuallifdagi "Grammatika va stilistika tadqiqoti"5 asarini e'lon qildi. Ular xitoy tili so'z turkumlarini umumiy 8 guruhga bo'lib, taqlid so'zlarni tabiatdagi mavjud hodisalar tovushining yozuvdagi aksi sifatida ta'riflab, "MPM" nomi bilan alohida turkum sifatida e'tirof etadi va o'z
3 S« 1962. - 48K
4 immmmïmmmm. ■ ^ßä^Mii; 1962. - 25K
\mmrn; - m ■■ 1979. - 159K
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
ichida 3 turga bo'ladi: PXÜ (undov so'zlar), R^ii, (savol-javob so'zlar) va ^^^ iä^Ü (tor ma'noli so'zlar taqlidi). Olimlarning bu qarashlari xitoy grammatikasida taqlidlarning bir pog'ona yuqori tadqiqi uchun zamin yaratib berdi. Olimlar taqlidlarni ham alohida turkum sifatida e'tirof eta boshladi.
1962-yil chop etilgan xitoy tili grammatikasiga bag'ishlangan «^^Xi^» 6 ilmiy ishida so'zlar 12 turkumga ajratilib, taqlidlar nominativ ma'no kasb etmasligi, alohida so'roqqa javob bo'lolmasligini asos sifatida keltirilib, yordamchi so'zlar doirasiga kiritilgan. Biroq, umumiy grammatikaga emas, balki taqlidlarga bag'ishlangan tadqiqot ishlarida ularni mustaqil so'zlar qatoriga kiritishgan. Jumladan, 1956-yilda Lyao Huadzin taqlid so'zlar grammatik funksiyani bajarmasligi, ular ham yakka holda ma'no kasb etishini dalillagan va taqlidlar mustaqil so'zdir7, degan xulosaga kelgan. "Taqlid so'zlar tadqiqi" ( i^^Üf^i» ) asarida olim mavzuga boshqacha yondoshadi. U mustaqil so'zlar ta'rifini berib, taqlidlarning mustaqil so'zlarga xos bo'lgan va bo'lmagan xususiyatlarini tushuntirib beradi. Tilshunos sifatida taqlidlarni mustaqil so'zlarning maxsus guruhi deb ataydi8.
Tovushlarning tildagi aksini bildiruvchi so'zlarni Chen Chengdze ("Milliy grammatika loyihasi")9 , Li Dzinsi ("Xitoy grammatikasining yangi yozuvi")10 kabi olimlar ravish so'z turkumi doirasiga kiritadi. Lyuy Shusyang o'zining "Xitoy grammatikasining konturi"11 asarida taqlid so'zlarni sifat deb biladi. Shu tariqa XX asrning 50-yillariga qadar bo'lgan ilmiy izlanishlarda taqlidlar so'z sifatida biror so'z turkumi doirasidagina o'zini namoyon qilgan. XXR tashkil topgandan so'ng, har bir sohadagi rivojlanishlar fonida xitoy tili grammatikasi ham bir qator ilmiy tadqiqotlar va yangi xulosalar bilan boyidi.
1980-yildan boshlab xitoy tili nazariy grammatikasida taqlidlarni tizimli o'rganish ishlari boshlandi. Bu borada Geng Erling xitoy tilida taqlid so'zlar borasidagi birinchi monografiya hisoblangan "Xitoy tilida taqlid so'zlar" asarini nashr etdi. Geng Erling taqlid so'zlar toifalari muammosini o'z ichiga olgan Xitoy taqlidlarining tizimli va har tomonlama tavsifini berdi. Taqlidlar va boshqa gap bo'laklarini tavsiflash orqali o'z nuqtai nazarini ko'rsatgan. "Xitoy tilida taqlid so'zlar" taqlidlarning tuzilishi, so'z yasalish funksiyasi, sintaktik vazifasi va ritorik funksiyasini tahlil qilish bilan birga Pekin shevasini o'rganadi va Pekin shevasidag i
6 iiEümmmggmmm. arag : m^m^im tt 1962. - 25K
7l«b* mßi - : 1956. - 17K
mmm - 1979. - 23K
irÄJ - mim, 1982. - 86K
10ı SäHg^i - 2007. - 108K
11 htm «Riss - ^ : mfimm. 1982. - 224^
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
taqlidlarning fonetik xususiyatlarini aniqlaydi. Bu monografiya Xitoydagi keyingi ilmiy izlanishlar yaxshi debocha vazifasini o'tadi.
XX asr 80-yillaridan to shu kungacha Xitoyda taqlid so'zlarning tadqiqi ancha jadal olib borildi. Olimlar taqlidlarni turli xususiyatlariga ko'ra alohida o'rganishni boshlab, zalvorli natijalarga erishishdi. Jumladan,
Taqlidlarning grammatik funksiyasi tadqiqi. Djao Dzinming taqlidlarning grammatik o'ziga xosliklarini tahlil qildi. U Zang Maosunning "Yuan sulolasining tanlangan qo'shiqlari" kitobidagi barcha taqlidlarni yig'ib chiqdi va ularga xos xususiyatlarni aniqlashga harakat qildi. U taqlidlarning gapdagi vazifasi modifikator (fM^fê) bo'lib, asosan hol bo'lib keladi, degan xulosalarni beradi12. Shao Dzinming ham taqlid so'zlarning grammatik funksiyalarini chuqur tahlil qilgan olimlardan hisoblanib, u o'z tadqiqot ishida asosiy e'tiborini xitoy tilidagi taqlidlar "1" so'zi bilan birikib kelish yoki kelmasligi muammosiga qaratadi13.
Taqlid so'zlarning fonetik tuzilishi bo'yicha tadqiqotlar. Ma Tsingdju o'zning "Xtoy tilida taqlid so'zlar tadqiqi" asarida "O'zgargan qofiya takrorlanishga muvofiq morfemalarning takrorlanishi, o'zgargan tovush takrori asosidagi bo'g'inlarning takrorlanishi kabi taqlid so'zlar takrorining oddiy qonuniyatini ilgari surdi. 2012 yilda Chu Taisong "Xitoy mandarin tili taqlid so'zlarining fonologik qonuniyatlari va istisnolari" asarida ikki bo'g'inli taqlidlarning fonetik xususiyatlari bo'yicha keng qamrovli tadqiqot olib borib, bir qancha xulosalarga keldi. Jumladan, taqlid so'zlar, asosan, bir va ikki bo'g'indan tashkil topadi; ikki bo'g'inli taqlidlarga AB shakl AA shaklga nisbatan koproq qo'llaniladi; taqlidlarning ko'pchiligi birinchi ohangda talaffuz qilinadi14.
Taqlid so'zlarning stilistik xususiyatlari bo'yicha tadqiqotlar. Taqlidlarni o'rganishdan tashqari, Geng Erling ularning stilistik xususiyatlarini ochib
bergan «fy 'fi^Éf&MÈt} ( 1988 ) nomli maqolasini e'lon qildi. O'sha davrda Fudan universitetining haftaning nashrlarida ham taqlid so'zlarning stilistikasi borasidagi maqolalar chop etib turildi. Tadqiqotlarda taqlidlar stilistik vosita sifatida baholanadi va mualliflar taqlid so'zning metafora, mubolag'a va so'z o'yini kabi stilistik funksiyalarini batafsil tasvirlab beradilar.
Xitoy davlatida taqlid so'zlar boshqa so'z turkumlari yoki grammatik birliklarga nisbatan biroz kechroq tadqiq qilinishni boshlagan bo'lsa ham 1 asrlik tadrijiy jarayonni bosib o'tdi. Olimlar taqlidlarning xususiyatini ochib berishar ekan, endi ular oldidagi eng birinchi muammo - bu xitoy tilida uning xususiyatlarini ochib
12 MM - 1981. - 34K
13 SI» m» - iffi : 1981. - 57K
14 \mt l»^!^»»! - SK : 2012. - 107K
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
beruvchi atama topish bo'lib qoldi. Turli tilshunos olimlar taqlidlarni ifodalovchi so'zlarga turlicha nom berganlar. Xususan, Ma Djen o'zining grammatikaga
oid asarida turli ovozlarga taqlid qilgan so'zlarni "M ^M" yoki "M^M"deb atalishini ta'kidlasa-da15, o'zi "M^M"nomini ma'qul bilib, keyingi o'rinlarda taqlidlarni shunday ataydi. Yana bir xitoy olimi Ding Shengshu (T^W) taqlid so'zlarga alohida to'xtalib, ularning ta'rifini bermagan. Biroq, taqlid so'zlarni xitoy tili morfologiyasidagi eng so'nggi, 10-so'z turkumi sifatida "M~PM" nomi bilan e'tirof etgan16. Xitoy tili nazariy grammatikasini umumiy tarzda yoritgan zabardast olimlardan biri Dju Desi ham zamondoshi singari taqlidlarga alohida ta'rif
bermagan bo'lsa ham, ularni "M ^M" sifatida alohida so'z turkumlari doirasida sanab o'tadi17.
Boshqa bir olim Sing Fuyi "Xitoy tili grammatikasi" (^Ih^, 1996) asarida so'z turkumlari tasnifi va terminlarida biroz o'zgacha yondoshuvni kuzatish mumkin. Muallif oldingi grammatikalardan farqli ravishda so'zlarni mustaqil so'zlar (^M) va yordamchi so'zlar (^M)ga emas, balki bo'lak so'zlar (^^M) va bo'lak bo'lmagan so'zlar ()ga ajratadi, ya'ni gapda mustaqil gap bo'lagi bo'lib kelishi mumkin bo'lgan va bunday vazifada kelolmaydigan so'zlar. Bunday ta'rif va guruhlanishdan anglash mumkinki, tilshunos so'zlarning sintaktik xususiyatlarini turkumlashda eng asosiy mezon sifatida olgan.
Birinchi turga:
ot (£M)
Fe'l (^M)
Sifat (^M)
Ravish (giJM) ni kiritadi
Ikkinchi turga esa:
Old ko'makchi (^M)
Bog'lovchi (^M)
Ko'makchi so'zlar (^M) kabi so'zlarni kiritadi.
Olim gapda ma'lum vazifaga xoslangan so'zlarni turkumlaydi, lekin bunday vazifaga xoslanmagan, biroq yakka holda ham ma'no kasb etuvchi so'zlarni har ikki guruhga ham kiritmaydi. U uchinchi, ya'ni maxsus bo'lak (so'zlar turkumini hosil qilib, unga
Tßrn.
- 2№- 2015. - 28K
1999. - 6^ - 1999. - 50K
15
16
Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN: 2181-1784
educational, natural and social sciences 3(12), Dec., 2023
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 www.oriens.uz
Olmosh (Ri^) Son
O'lchov so'zlari (rni^)
Undov so'zlar (PXi^)
Taqlid so'zlar kiritadi.
Bunday turkumlashda ham taqlidlar alohida maxsus guruh tarkibida qolyapti. Buning eng asosiy sababi taqlid so'zlar yakka holda ma'no kasb etishi bilan mustaqil so'zlarga, gapda so'roqqa javob bo'lmay, gap bo'lagi vazifasida kelolmasligi va gapdan doimo vergul bilan ajratilishi bilan yordamchi so'zlarga xos.
XULOSA
Yuqoridagilardan shunday xulosa qilish mumkinki, xitoy tilida taqlidlar morfologyaning o'rganish obyekti bo'lib, alohida so'z sifatida e'tirof etiladi. Turkumga mansublik borasida taqlidlarni mustaqil so'zlarga ham, yordamchi so'zlarga ham kiritib bo'lmaydi, agar ikki guruhdan biriga mansub deb hisoblasak, ularning shu guruh xususiyatlarini inkor etuvchi ta'riflari turkumlanishni o'z-o'zidan bekor qiladi. Shuning uchun ham taqlid so'zlarni alohida so'z turkumi doirasida qoldirgan ma'qul deb hisoblaymiz.
ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)
1. Karimov A. Xitoy tilidagi hisob so'zlar (leksik-semantik, structural va funksinal tahlil). Monografiya. - Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2003. - bet 120.
2. Mustafayeva S. Xitoy tili tilshunoslik terminlari tizimining shakllanishi va taraqqiyoti. - Toshkent: Sharq, 2016. - bet 196.
3. цm&. ^RXS. - 1987. -231 M.
4. &mm. &mmxm. - 1999. - 397 m.
5. - 2011. - 427 M.
6. tW, mMA wmw, mm, m^x. MR
- 1999. - 243 M.
7. ^x^rn^^^pn.^rn^x, 1981. - 210m.
8. m mm^mmmtmrn - 2 . 2015. - 345
m.