Научная статья на тему 'INGLIZ TILI MORFOLOGIYASIDA SO`Z TURKUMLARINI O`RGANISH ZARURIYATI'

INGLIZ TILI MORFOLOGIYASIDA SO`Z TURKUMLARINI O`RGANISH ZARURIYATI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
1278
87
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tilshunoslik / so`z turkumlari / ingliz tili / morfologiya

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Dilshoda Ikromjonovna Mirzayeva, Gulrux Nazir Qizi Shodiyeva

So’zlar, eng avvalo, anglatgan tushunchalariga ko’ra ma’lum turkumlarga bo’linadi. Tildagi so’zlar bir-biridan nafaqat anglatgan aniq ma’nolari bilan, grammatik xususiyatlari bilan ham farqlanadi. Umumiy semantik va grammatik xususiyatlari bilan ajralib turadigan so’zlarning eng katta guruhlari so’z turkumlari deyiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INGLIZ TILI MORFOLOGIYASIDA SO`Z TURKUMLARINI O`RGANISH ZARURIYATI»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

INGLIZ TILI MORFOLOGIYASIDA SO Z TURKUMLARINI O RGANISH

ZARURIYATI

Dilshoda Ikromjonovna Mirzayeva Gulrux Nazir qizi Shodiyeva

Farg'ona davlat universiteti, Chet tillari Farg'ona davlat universiteti, o'qituvchi

fakulteti ingliz tili kafedrasi mudiri, filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)

ANNOTATSIYA

So'zlar, eng avvalo, anglatgan tushunchalariga ko'ra ma'lum turkumlarga bo'linadi. Tildagi so'zlar bir-biridan nafaqat anglatgan aniq ma'nolari bilan, grammatik xususiyatlari bilan ham farqlanadi. Umumiy semantik va grammatik xususiyatlari bilan ajralib turadigan so'zlarning eng katta guruhlari so'z turkumlari deyiladi.

Kalit so'zlar: tilshunoslik, so'z turkumlari, ingliz tili, morfologiya.

KIRISH

So'z turkumlari tilshunoslar tomonidan uzoq yillar davomida o'rganib kelinayotgan bo'lsa-da, ingliz tilida ham hamon aniq bir to'xtamga kelinmagan. Bunday deyishimizga sabab leksemalarni ma'lum bir sinfini aniqlashda subyektiv usullar bo'lib, biz bu borada turlicha tasniflarga duch kelishimiz mumkin.

ADABIYOTLAR SHARHI

Tilshunoslar so'zlarni turkumlarga ajratuvchi mezonlar, belgilar to'g'risida ham turli qarashlarni bayon etganlar. Olimlar orasida asosan quyidagi savollar o'zaro tortishuvlarga sabab bo'lmoqda: a) so'zlarni turkumlarga ajratish kerakmi yoki kerak emasmi? b) so'z turkumlarining soni nechta? v) so'z turkumlarining qaysilari asosiy (mustaqil) va qaysilari yordamchi? g) so'zlarni turkumlarga ajratishda qaysi tamoyillarga tayanish kerak? Bunday savollarning tug'ilishiga sabab: a) muayyan so'z turkumlariga kiritish qiyin bo'lgan so'zlarning mavjudligi, masalan, sifatdosh bir vaqtning o'zida ham fe'llik ham sifatlik xususiyatlarini o'zida mujassamlashtirishi; b) so'zlarning bir turkumdan ikkinchi turkumga doimiy o'tib turishi; c) ayrim konstruksiya va iboralarda so'zlarning turkumiy belgilari qat'iy belgilanmasligi kabilardir.

TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL

Ingliz tilida so'z turkumlarining tasnifi uchta tamoyilga asoslanadi: ma'no, shakl va vazifa. Ma'no deganda har bir so'zning alohida ma'nosini emas, balki bir sinfga tegishli so'zlarning ma'nosini tushunamiz. Masalan, otning ma'nosi narsalik yoki predmetlik (thing - ness), shakl deganda esa biz so'z turning morfologik tasniflanishini tushunamiz. Masalan, otlar birlik va ko'plik kategoriyasi bilan tavsfilanadi, fe'llar esa

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

zamon, nisbat, mayl kabilar orqali tavsiflanadi. Ba'zi so'z turkumlari (predloglar , bog'lovchilar) o'zgarmasligi bilan xarakterlanadi.

Vazifa deganda biz, so'zlarning sintaktik funksiyalarini tushunamiz. Masalan, boshqa so'zlar bilan birika olishi yoki uning gapdagi vazifasi. Tilshunoslar orasida so'z turkumlarining tasniflanishi turlichadir.

Ingliz tili ilmiy grammatikasining birinchi muallifi bo'lmish G.Suit so'z turkumlarini o'zgaradigan (declinable) va o'zgarmaydigan ( indeclinable) 2 asosiy guruhga ajratadi. Bu tasnifida u morfologik xususiyatlarni asosiy deb hisoblaydi. B.Ilyish so'z turkumlarini 12 ta turga ajratadi (6 ta mustaqil va 6 ta yordamchi -prepositions, conjuctions, particles, modal words, articles, interjections).

B.S.Xaymovich va B.I.Rogovskayalar so'z turkumlarini 14 taga bo'lib (6 ta mustaqil, 8 ta yordamchi-prepositions, conjuctions, particles, modal words, articles, interjections, response words, state words) leksemalarning quyidagi 5 xususiyatiga ko'ra turkumlarga ajratadi:

1) leksik-grammatik ma'nosiga ko'ra;

2) leksik-grammatik morfemalarga ko'ra;

3) grammatik kategoriyalariga ko'ra;

4) boshqa so'zlar bilan birikishiga ko'ra;

5) gapdagi vazifasiga ko'ra1.

Akademik A.A.Shaxmatovning fikricha, so'z turkumlari sintaksisda o'rganilishi kerak . Tilshunos olim B.Ilyish so'z turkumlari nazariyasini ba'zi sintaktik jihatlarini

"5

ham o'z ichiga olgan holda morfologiyaning asosiy qismi deb qaraydi . Tilshunos olim E.M.Gordon so'z turkumlariga quyidagicha to'xtalib o'tadi4: "Har bir tildagi mavjud so'zlar ma'lum so'z turkumlariga mansub bo'lib, har bir so'z turkumi o'z xususiyatiga ega. So'z turkumlari bir-biridan ma'nosi, shakli va gapdagi vazifasiga ko'ra farq qiladi". J.Bo'ronov, M.Bo'ronova5, M.Toshboyevalar tomonidan yozilgan "Ingliz tili grammatikasi" kitobida so'z turkumlari 14 da deb ko'rsatiladi:

1. Ot (Noun). 2. Sifat (The Adjective) 3. Olmosh (The Pronoun). 4. Son (The Numeral). 5. Fe'l (the Verb). 6. Ravish (The Adverb). 7. Holat kategoriyasi (The category of State). 8. Modal so'zlar (The Modal words). 9. Predlog (The Preposition). 10. Yuklama (The Particle). 11. Bog'lovchi (The Conjunction). 12. Undov so'zlar (The Interjection). 13. Artikl (The Article). 14. Javob so'zlar (The Response Words)6.

1 O'.U. Usmonov, Sh.S. Ashurov " Ingliz tili nazariy grammatikasi ", Samarqand, 2007, b.-20

2 А.А.Шахматов "Синтаксис русского языка" M., 1941.

3 B.Ilyish The structure of Modern English. Leningrad, 1971

4 E.M.Gordon, I.P.Krylova "A Grammar of Present - Day English" M., 1974

5 Bo'ronov J.B., M.Bo'ronova, M.Toshboyaev. "Ingliz tili Grammatikasi" T.1978, 5-bet.

6 Ganshina M.A. va Voselevskaya, "English Grammar", Higher School Publish House, M.,1964.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

V.L.Kaushanskayaning "A Grammar of English language" asarida so'z turkumlari quyidagilarga ajratiladi: ot, sifat, olmosh, son, fe'l, ravish, holat kategoriyasi, modal so 'zlar, undov so'zlar; yordamchi so'z turkumlari: predlog, bog'lovchi, yuklama ,artikl.

n

Tilshunos olimlar K.N.Kachalova, E.E.Izrailevichlar so'zlarni quyidagi belgilariga ko'ra turkumlarga ajratadilar:

1) ma'nosiga ko'ra;

2) gapdagi vazifasiga ko'ra;

3) so'z yasash shakliga ko'ra;

4) so'z o'zgarish shakliga ko'ra.

Ingliz tilida so'z yasalish shakli va so'z o'zgarishi bir so'z turkumini boshqa so'z

o

turkumidan ajratishda unchalik ahamiyat kasb etmaydi. Tilshunos olim K.N.Kachalova so'z turkumlarini quyidagi so'z turkumlariga ajratadi: ot, sifat, son, olmosh, fe'l, ravish, predlog, bog'lovchi, undalma. Olim ot, sifat, son, olmosh, fe'l va ravishni ularning gapdagi predmetni, belgini, ish-harakatni va gapda ma'lum bir sintaktik vazifani bajarganligi uchun mustaqil so'z turkumlariga, predlog, bog'lovchi va artiklni yordamchi so'z turkumlariga ajratadi. Undalmani mustaqil so'z turkumiga ham, yordamchi so'z turkumiga ham kiritmaydi, chunki ular gapda hech qanday sintaktik vazifa bajarmaydi.

Bundan tashqari tilshunos olim E.M.Gordon9 so'zlarni 3 asosiy guruhga bo'ladi:1) mustaqil so'zlar 2) yordamchi so'zlar 3) mustaqil elementlar.

Mustaqil so'zlarning aniq leksik ma'nosi bo'lib, ular gapda mustaqil vazifa bajaradi. Ular gapda gapning bosh bo'laklari bo'lib kelishi mumkin. Mustaqil so'zlarga fe'l, ot, sifat, son, olmosh va ravish so'z turkumlariga kiruvchi so'zlar kiradi.

Yordamchi so'zlar mustaqil so'zlardan semantik jihatdan farq qiladi. Yordamchi so'zlar gapda biror bir funksiyani bajarmaydi.Lekin ular gapda so'zning ma'nosini aniqlaydi. Masalan, "the" yoki "a" artikllarini olib qaraydigan bo'lsak, A table - stol (noma'lum). Ingliz tilida artikl, yuklama, predlog va bog'lovchilar yordamchi so'z turkumlariga kiradi. Mustaqil elementlar turli ma'nolari bilan xarakterlanadi. Mustaqil elementlar gapda hech qanday sintaktik vazifani bajarmaydi. Masalan, He certainly knows all about it. (U, albatta, buni biladi.)

Mustaqil elementlar ba'zan bittta gapni tashkil qilishi ham mumkin. Masalan, Yes. No. Alas.

Mustaqil elementlarga E.M.Gordon10 quyidagilarni kiritadi:

1. Modal so'zlar (Modal words).

7 К.Н.Качалова, Е.Е.Израилевич " Практическая грамматика английского языка" M., 1996.

9 E.M.Gordon, I.P.Krylova "A Grammar of Present - Day English" M., 1974

10 E.M.Gordon, I.P.Krylova "A Grammar of Present - Day English" M., 1974

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

2. His-hayajon so'zlar (Exclamatory words).

3. Tasdiq va inkor so'zlar (Tag questions). XULOSA VA MUNOZARA

- Ingliz tilidagi so'z ko'pincha morfologik jihatdan belgilanmaydi va so'zlarning bir sinfdan ikkinchisiga o'tishi oson (ot, sifat, fe'l, predlog sifatida). Bunday so'zlar yo leksik-grammatik omonimlar yoki bir sinfga mansub so'zlar sifatida qaraladi.

- Ingliz tilshunosligida ham so'zlarni turkumlarga ajratishda affikslarning ham ahamiyati birmuncha muhim. Biroq, ingliz tilida bu mezon har doim ham e'tiborga olinmaydi, chunki ingliz tilidagi ko'p so'zlar o'zgarmasdir, shu bois anchagina so'zlarda hosila affikslari yo'q.

- Hozirgi ingliz tilida ichki fleksiya juda keng qo'llanmasa-da, hamon o'z ifodasini yo'qotgani yo'q. Bu xususiyat biz obyekt sifatida o'rganayotgan o'zbek tiliga xos emas.

ADABIYOTLAR ROYXATI

1. O'.U. Usmonov, Sh.S. Ashurov " Ingliz tili nazariy grammatikasi ", Samarqand, 2007, b.-20

2. Usmanova, M. (2016). SOME NOTE OF SIMPLIFICATION OF MORPHEMIC STRUCTURE OF THE UZBEK LANGUAGE. Theoretical & Applied Science, (11), 27-31.

3. Mohira, U. (2016). Units Completely Simplified on Morphemic Structure. ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for English Language and American Studies, 3(3), 20-25.

4. Usmanova, M. (2023). SIMPLIFICATION COMPOUND WORDS IN UZBEK LANGUAGE. Science and innovation, 2(B2), 581-584.

5. qizi Barnoyeva, S. U. (2023). RUS VA O 'ZBEK POLISEMANTIK FITONIMLARINI LINGVOKULTUROLOGIK YO 'NALISHDA O 'RGANISH. "TRENDS OF MODERN SCIENCE AND PRACTICE ", 7(3), 74-78.

6. Saidova, N. (2023). DIFFERENT APPROACHES TO DETERMINE THE ESSENCE OF PROFESSIONAL COMPETENCES OF FUTURE TEACHERS. Science and innovation, 2(B2), 503-506.

7. Saidova, N. (2022). BOm^AHFHq CHHO YK^TYB^HCHHKHr AXEOPOT-KOMMYHHKATHB KOMnETEHTTHTKHH PHBO^^AHHm KOMnOHEHTTAP. Science and innovation, 1(B6), 865-868.

8. qizi Xalilova, Z. M. (2022). TOPONIMLARNI O 'RGANISH JARAYONIDAGI LINGVODIDAKTIK MUAMMOLAR VA ULARNING MUQOBIL YECHIMI. INTERNATIONAL CONFERENCE ON LEARNING AND TEACHING, 1(8), 545-547.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

9. Abdusattorovich AV. EXPRESSION OF THE CONCEPT OF FAMILY IN PROVERBS AND SAYINGS IN THE UZBEK AND ENGLISH LANGUAGES. IJODKOR O'QITUVCHI. 2022 Dec 2;2(24):286-9.

10. Xalilova, Z. (2023). OILA KONSEPTINING SEMANTIK-FRAMIK STRUKTURASI. Talqin va tadqiqotlar, 1(21).

11. Xalilova, Z. M. Q. (2022). Semantic-framic structure of family concept. Science and Education, 3(11), 1349-1352.

12. Mirzayeva, D., & Sanginova, D. (2022). ZAMONAVIY INGLIZ VA O 'ZBEK TILLARIDA FRAZEOLOGIK BIRLIKLARINING KONTEKSTUAL MA'NOSI VA TARJIMA MASALALARINING XUSUSIYATLARI. Science and innovation, 1(B6), 820-824.

13. Toshboyeva, B., & Mirzayeva, D. (2022). INGLIZ VA O 'ZBEK TILLARIDA INSON RUHIY HOLATIGA OID MUBOLAG 'ALASHGAN FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING OKKAZIONAL TRANFORMATSIYALARINING OZIGA XOSLIGI. Science and innovation, 1(B6), 920-924.

14. Mirzayeva, D., & Ismoilova, D. (2022). FITONIMIK KOMPONENTLI INGLIZ BIRLIKLARINING LEKSIK-SEMANTIK TAHLILI. Science and innovation, 1(B6), 925-929.

15. Numanjanovna, K. T., & Ikromjonovna, D. M. (2022). Semantic peculiarities of conjunctions in English language. INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429, 11(10), 5-9.

16. Teshaboyeva, K., & Mirzayeva, D. (2022). MAIN LINGUISTIC AND STRUCTURAL FEATURES OF CONJUNCTIONS IN MODERN ENGLISH. Science and innovation, 1(B6), 505-509.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.