Научная статья на тему 'PREDLOGLARNING GAPDAGI O’RNI VA QO’LLANILISHI'

PREDLOGLARNING GAPDAGI O’RNI VA QO’LLANILISHI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1097
44
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
PREDLOG / NAZARIY GRAMMATIKA / LEKSIK / SEMANTIK / GRAMMATIK / PREDLOGLI SO'Z BIRIKMA

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Boboyeva M.X.

Ushbu maqolada predloglarning gapdagi o’rni va ularning qo’llanishi tahlil qilinadi.Hozirgi kunda sohaga oid olimlar va lingvistlar diqqat markazida bo’lgan predloglarning leksik, semantik,grammatik ma’nolari o’rganiladi. Bundan tashqari predloglarning vazifalari va turlariga ham to’xtalib o’tilgan. Buyuk lingvistlarning predloglar haqidagi qarashlari haqida misollar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE PLACE AND USE OF PREDLOGES IN SENTENCES

This article analyzes the place and usage of prepositions in sentence.Lexical, semantic and grammatical meanings of preposition that are currently in the attention of scholars and linguists studied. However, we would like to teach the type and tasks of prepositions.We have given some examples of the views of linguists about prepositions.

Текст научной работы на тему «PREDLOGLARNING GAPDAGI O’RNI VA QO’LLANILISHI»

Boboyeva M.X.

Toshkent shahar Omazor tumani 29-IDUM ingliz tili fani o'qituvchisi

PREDLOGLARNING GAPDAGI O'RNI VA QO'LLANILISHI

Annotatsiya: Ushbu maqolada predloglarning gapdagi o'rni va ularning qo'llanishi tahlil qilinadi.Hozirgi kunda sohaga oid olimlar va lingvistlar diqqat markazida bo'lgan predloglarning leksik, semantik,grammatik ma'nolari o'rganiladi. Bundan tashqari predloglarning vazifalari va turlariga ham to'xtalib o'tilgan. Buyuk lingvistlarningpredloglar haqidagi qarashlari haqida misollar keltirilgan.

Kalit so'zlar: predlog, nazariy grammatika,leksik,semantik, grammatik, predlogli so'z birikma, grammatik.

Boboyeva M.X. english teacher 29-IDUM Omazor district, Tashkent city

THE PLACE AND USE OF PREDLOGES IN SENTENCES

Abstract: This article analyzes the place and usage of prepositions in sentence.Lexical, semantic and grammatical meanings of preposition that are currently in the attention of scholars and linguists studied. However, we would like to teach the type and tasks of prepositions. We have given some examples of the views of linguists about prepositions.

Key words: preposition, theoretical grammar, lexical, semantic,grammatical, prepositional phrase.

Predlogning lingvistik ma'nosini o'rgangan bir nechta tilshunoslar o'zlarining nazariy va amaliy grammatikalarida predlogning leksik ma'nosi borligini rad etadiar. Masalan: K.Bisselning e'tirof etishicha tilda predlogdan boshqa hech qanday ishlatilishida o'ta noma'lum bo'lgan holat yo'q. X. Uellis esa predlogni ishlatilishida har qanday tilda hech qanday mantiq yo'q deydi. Bundan tashqari ingliz tilida leksikograflar esa predlogga ikkinchi darajali so'z deb qarab, predlogni ishlatilishi to'g'risida hech qanday qoida bilan belgilab berish mumkin emas deydilar. B.B.Ximon predlogni mavqeini tan olgan holda shunday deydi: "Predlog shunday so'zki, u ot yoki olmosh va gapdagi boshqa so'zlar o'rtasidagi aloqani ifodalaydi".

Ko'pgina olimlarimiz predlogda umumiy leksik ma'no bormi yoki yo'qligi to'g'risida bosh qotirganlar. Predlog o'zining haqiqiy ma'nosiga ega deb qarovchilar esa predlogning leksik ma'nosi borligi uning mustaqil so'zlar,

otlashgan va fe'llashgan so'zlarning, predlogli so'z birikmalarining semantikasini o'zaro bir-biriga bo'lgan munosabatining in'ikosidir deydilar. M.I.Steblin Kamenskiyning fikricha predlogning ma'nosi predlogli so'z birikmadan tashqarida qarash mumkin emas deydi. Ammo ba'zi bir toifadagi olimlarning e'tirof etishicha predlogning o'ziga xos ma'nosi nafaqat predlogli so'z birikmasida, hattoki so'z birikmasidan tashqarida ham o'ziga xos ma'noga ega deb qaraladi [1].

Ammo ko'pgina tilshunoslar bu holatni (ya'ni predlogning leksik ma'nosi) hamma predloglarga tegishli emas deydilar va ula rning fikricha leksik predloglar va grammatik predloglar bo'lishi mumkin yoki o'zining leksik ma'nosini yo'qotgan va o'z ma'nosini saqlab qolgan predloglar bundan tashqari leksik bo'sh, ammo faqat Grammatik funksiyasini bajaruvchi predloglar bo'lishi mumkin. Har xil grammatikalarda predloglar to'g'risidagi bo'limlarda, predloglar masalasini hal qilishda ularni leksik ma'nolarini cheklash masalasi u yoki bu predlogga tegishlidir.

Ammo olimlarimiz predlogni vazifasi to'g'risida gapirib, shunday deyishadi:

Predlogda vaqt, o'rin va boshqa ma'nolar bor. Bundan tashqari predloglar vaqt predlogi, o'rin predlogi, abstrakt aloqa bildiruvchi predloglar, ob'yekt predloglari, oppozitiv predloglari, belgilovchi predloglar, shart predloglari va boshqa predloglar bor deb talqin qilinadi.

Xulosa qilib aytish mumkinki, biz predloglarning tarjima yo'llari o'qitish usullaridan foydalanishimiz kerak.

Predlog - an'anaga ko'ra yordamchi so'zlar hisoblanadi, va mustaqil so'zlar deb ataluvchi asosiy so'z turkumlariga butunligicha taqqoslanadi yoki qarshi qo'yiladi. Yordamchi so'zlar haqida V.A.Plotnikova shunday deydi: "Yordamchi so'zlar mustaqil so'zlarga tavsif beruvchi nominativ ma'noga ega bo'lmagan leksemalardir".

Ular predmet, belgi, xususiyat, harakatni bildiradi deyish unc halik to'g'ri emas. Ularning leksik ma'nosi shundan iboratki, ular predmetlar, xususiyat va boshqalar bilan aloqaga kirishganda mustaqil so'zlar va yordamchi so'zlar ishtirok etgan birikmalarda mavhumlasha boradi.

Shunday qilib, yordamchi so'zlar gap bo'laklaridek umumiy semantik umumiylikka ega emas, va uning asosida shu sinfga qarashli bo'lgan barcha leksik ma'nolarining abstrakti yotadi; mustaqil so'zlardan farqli o'laroq yordamchi so'zlarning umumiyligi bu funksional va grammatikdir

Predloglar - yordamchi so'zlar bo'lib, otga sintaktik bog'liqlikni ifodalaydi yoki ot-olmoshga so'z birikmasidan boshqa so'zlardan ajratish uchun xizmat qiladi. Predlogning leksik birliklari borligi yordamchi so'zlarnikidek inkor etilmasligiga qaramasdan, predloglarni ma'nosini aniqlash faqatgina funksional belgisiga asoslanadi, unday qonuniy yordamchi so'zlarni tabiiy, ma'naviy leksikasi xarakterlanadi. Agar yordamchi so'zlarni leksik ma'nolari real abstrakti natijalariga bog'liqligi deb ta'kidlansa, qaysiki mustaqil so'zlar

bilan belgilanadiganidek unda xuddi mustaqil so'zlar kontekstidan olinganidek yordamchi so'zlar aniqlansa, predloglar hech qanday leksik ma'noga ega emasdirlar.

"Semantik materializm" ob'yektiv va universal xarakter munosabatidan kelib chiqadi. Olamda faqat narsalar va ularning xususiyati hamda munosabatlarigina mavjuddir. Munosabat xuddi xususiyat kabi narsalarrdan ajralgan holda bo'lmaydi va shu bilan birga xususiyat doimo abstraktiv tushuniladi, har xil fanlarda munosabatning alohida ko'rinishlari, munosabatning sistemalari o'rganiladi. Shunday qilib, predloglarni leksik ma'nosidan ajratishga hech qanday asos yo'q. Xossa, xususiyatining belgisi bo'lgan til elementlari va munosabatining belgilari bo'lgan elementlari mavjuddir.

Murakkab aloqalar, bog'liqliklar sistemasi va real borliqqa ob'yektlarni munosabati o'z ifodasini tilda topadi. Bu aloqani maxsus ifodalash vositasi ya'ni birgalikda shartlashgani bo'lib predlog xizmat qiladi.

Predloglarni gap bo'lagi deyish mumkin, ob'yektlarni bog'liqlik faktlarini ko'rsatuvchi va ma'nosini ko'rsatuvchi sifatida deb bilamiz, konkret bog'liqlik turida ko'rsatma o'zida alohida predlogning leksik ma'nosini ifodalaydi.

O'tmishdagi mashhur linvistlar, rus lingvistlarining ham predlogga oid leksik qarashlari mavjud. K.S.Askakov, N.P.Nekrasov, F.I.Buslayev, A.V.Vostoksvlar predloglarda leksik ma'no borligini tan olganlar, lekin A.M.Peshkovskiy buni inkor etadi. A.A.Potebniya predloglarni formalligini ta'kidlaydilar [2].

V.V.Vinogradov yozgan edi: "Moddiy borliq dunyosida otlarning kelishik formalarida narsalar bilan, hodisalar bilan va harakat sifatlar bilan bog'liqlik tushunchasini aks ettiradi. Kelishiklarning shakl va vazifalari predlogga ma'no beruvchi grammatik tizimga nisbatan o'zaro bog'liqdir.

Shunday qilib, Vinogradov leksik ma'no borligini tan oldi.

Leksik ma'nolarni tadqiqotchilari nazariy va amaliy grammatikasining mualliflari predloglardan xususiy leksik ma'no borligini to'laligicha inkor etadilar. Shunda salbiy mulohaza bevosita emas, vositali xarakter kasb etadi. Bir qancha leksikograflar ko'pincha predloglarda antologik tarzda qaraganda, predloglarni ishlatish qoidasini shakllantirish mumkin emas deb qarashgan, bu savolni to'liqligicha qarab chiqmaganlar. R.A. Budagev predloglarni "bo'm-bo'sh" leksik so'z degan olimlar fikriga qo'shilgan.

Predloglarni ishlatilish prinspi qay tarzda bo'lmasin aniqlash mumkin emasligi haqidagi mulohazalar ham uchrab turadi. Predloglar yordamchi so'zlar kabi hech qanday mustaqil leksik ma'noga ega emaslar. Biroq predloglar umuman olganda leksik ma'nolardan mahrum emaslar. Ko'pincha mualliflar predloglar leksik ma'no borligini yoki yo'qligini aniqlashmagan. Lekin ularning ishlarida qandaydir ma'nolar eslatib o'tiladi. Modomiki, bundan xulosa qilish

mumkinki, ularni predloglardagi leksik ma'no borligini tan olish xulosasiga kelish mumkin.

Predloglarni ma'nosini o'sha mustaqil so'zlar birligida deb qarash mumkin emas, qaysiki u gap birikmasidan tashqari bog'lanadi. Bu tushuncha predloglarni (tub mohiyati) ifodalayotgan munosabatni shakllantirish o'rniga so'z birikmasidagi gap bo'laklaridagi fe'lli yoki kategoriyali semantik analiz variantlarini keltiradi.

Leksik va grammatik yoki o'z leksik ma'nosini saqlagan yoki yo'qotgan predloglar va aynan grammatik funksiyani bajaruvchi predloglar bor deb tasdiqlaydilar.

Predlogdagi leksik ma'noni aniqlash usullari mavjud. Predloglar - o'rin, joy predloglariga, zamon predloglariga va abstrakt munosabatlarni ifodalovchi predloglarga bo'linadi.

Ingliz tilida predloglar rus tili predloglari bilan tenglashtiriladi. Birinchidan, ular ekvivalentlari emas, ikkinchidan, rus tilidagi predloglarning ma'nolari ham to'laligicha aniq emas. Shunday qilib, bitta nomalum predloglar ikkinchisi orqali aniqlanadi.

Predloglar - so'zlar bo'lib, aniq normativ funksiyani bajarib kelishiga qaramasdan, unga barcha boshqa so'zlardek leksik ma'no xosdir. Predloglar avvalam bor bog'lovchi so'zlardir, ya'ni narsa va narsani o'zaro bog'liqligini belgilashda foydalaniladigan narsa va xususiyatni yoki predmet va jarayonni tasvirlaydi. Predloglarni ma'nosini analiz qilishda ularga ko'pincha o'zlari takomil qilgan so'zlar bilan bog'liqligini qo'shadilar.

V.V.Veseletskiy, A.I.Smernetskiy so'zlarni ma'nosi ham sintagmatik va paradigmatik ma'nosini aniqlashdagi harakatdir deganlar.

Ingliz tilida predloglarni o'rganish rus tilidagiga nisbatan ta'sir va munosabatlarni bildiruvchi semantik sxemani taqdim etadi. Birinchi shakllangan inliz predloglarini analiz qila turib, quyidagi xulosaga kelish mumkin, ular orqali ifodalanuvchi aspektlar uch xil turda mavjud. Temporal taxminiy aniqlash lokal aniqlik va mantiqiy bog'liqlikdir [3].

Munosabat - umumiy narsa, buyumlarni bir xildagi bog'lanish ko'rinishidir. Aloqa bu - mavjud materiadagi barcha narsalarning o'zaro bir-biri bilan doimo va uzviy bog'liqlikda ekanligi va turli ko'rinish va turli munosabatda bir birlari bilan bog'lanib turishlarini bildiradi.

Til munosabatlari chuqur, rang-barangligi bilan ajralib turadi. Ularni ingliz tilidagi predloglar orqali ham ifodalaymiz, masalan, quyosh qorni yaltiratayaptimi?

Ushbu ifodani predlog ortqali ham ko'rib chiqamiz, qor quyoshdan yaltirayapti, qor quyosh nuri ostida yaltirayapti. Ingliz tilida munosabatlarni fe'l bilan qo'shib ifodalash fe'lning semantik birligiga bog'liqdir, ya'ni fe'lni gapni ifodalashni bir butun deb olib qaraganda bir paytning o'zida ot bilan kelgan predlogni ma'naviy ta'siri ham bir kompleks ichida bo'ladi.

Ayrim grammatiklar predloglar bilan ifodalanuvchi munosabatlarni tasnifiga harakat qilishgan, masalan,

1. o'rin-joy, harakat, yo'nalish,

2. zamon va zamonni davomiyligi.

3.motiv, sabab harakatdagi faktor va hokazolar, lekin bular ayrim predloglargagina ta'luqlidir.

Inliz tili predloglari gruppasining ma'naviy ketma-ketlik tasnifi yo'q, chunki ularni aniqlash juda mushkul ishdir. Predloglar haqidagi savol hozirgi kunda ham muhokama qilinmoqda.

V.Z.Zlotkin "Predloglar faqatgina birga kelgan otlarni semantik tomoninigina aniqlab keladi, predlog o'sha narsani yoki hodisani xususiyatini sifatini oldindan aniqlab keladi, ya'ni bog'liq bo'lgan birikmasini ifodalaydi. Gap qurilishida predlogning roli bo'lishida predlog odatda ot, sifat, olmosh, son, ravish va fe'l so'z turkumlari bilan bir qatorda qo'yiladi [4].

Ayrim tilshunoslar predlogni gap bo'lagi ekanligining statusini tan olmaydilar, va bu uchun haqqoniy asoslar mavjud.

Morfologik predlogni gap bo'lagi bilan bir qatorda qo'shib bo'lmaydi, ularning har biri morfologik strukturada (o'z xususiyatlariga ega) so'z ichiga flektivli va derivatsion morfemalarni qo'shgan holda o'z xususiyatlariga egadir. Lekin ularning mavjudligi gap birliklari faqatgina ularni hisobga olib sintaksema variantlarining tizimini aniqlash mumkin.

Shunday predlogli birikma tarkibida substantivki leksema bo'lib, garchi bitta kelishik shaklida ishlatilsa ham gapda kelishiklarni borligiga qarab albatta turli xil bo'lishi mumkin. Binobarin sintaksema shakllantirishda predlog otga qaraganda undan farqli o'laroq o'zgaruvchandir. Masalan: substantivlashgan lokativ sintaksemalar variantlarini qiyoslaymiz: at, on, in, near, under...

1. Then I sat at the window(E.H.) [5]

2. The picture hangs on the wall

3. He lives in Moscow

4. I lived near Victoria station

5. He is sitting under a tree

Bu barcha predloglar bitta va aynan o'sha lokativ sintaksema variantlarini shakllantiradi, lekin ular har xil ma'naviy bo'yoq shakliga egadirlar. Shuni ta'kidlab o'tish kerakki, gap faqat ma'noviy farq haqida bormoqda. Sintaktik semantika yoki sinaktik semantik xususiyatlar haqida emas. Shunday ekan bunday holatlarda oxirgisi ot bilan birgalikda aynan o'sha bo'lib qoladilar. (substantivlik va lokativlik)

Muhimi shundaki, quyidagilarni anglamoq va almashtirmoq kerak. Gap bo'lagidan farqli o'laroq leksemaning turli xildagi kategoriyalarini oldindan belgilab qo'yadigan substantivlar, olmoshlilar, ravishlilar, sonli va fe'llardan farqli predlog bu xususiyatlaridan mahrumdir.

Boshqacha qilib aytganda tilda sintaksemaning turli xil variantlarida leksik baza bo'lib xizmat qilib kelayotgan predlogli leksemalar mavjud emasdir,

bunga shunday misol keltiramiz, otlar yuqorida keltirilgan lokativ sintaksemalarning leksik bazasi bo'lib xizmat qiladilar. Shu bilan bog'liq savollarni grammatikada va maxsus ishlarda tez-tez tilga olinib turiladigan savollarni chetlab o'tish mumkin emas. Bunda muammo u yoki bu gap bo'lagiga tegishli bo'lgan leksemaga nisbatan qarshi qo'yilmaydi va bu qonuniylikdir.

Xuddi shunday leksik ma'nolar yoki boshqacha aytganda substantivli leksik, semantika fe'lli va boshqa leksemalar bilan ifodalanishida topadilar. Predloglar leksik semantikadan mahrumdirlar va ular leksik semantika guruhini hosil qilmaydilar. Lekin predloglar tilning leksik darajasiga bevosita tegishlilikka egadirlar, chunki ular yordamchi so'zlar elementi sifatida xizmat qiladilar, oqibatda esa leksemalar bir-biri bilan leksik konstruksiyaga kirishadilar, masalan quyidagi fe'lli iboralarda: to forgain for a job, to angle for, tourble e. t. c [6].

Xuddi shunday holatlarda predloglar boshqaruv vositasi sifatida xizmat qiladilar, ular o'zlarida leksema va to'ldiruvchini leksemalar orasida mavjud bo'lgan leksik bog'lanishni boshqaruvchi sifatida namoyon etadilar.

Yuqorida aytilganlaridan namoyon bo'ladiki, predloglar tadq iqotchining oldiga cheklanish masalasini ko'ndalang qo'yadilar.

Bir tomondan esa sintaktik va leksik semantikani ularning tarqatuvchisi bo'lib albatta tegishli ravishda sintaksemalar va leksemalar bo'ladilar, boshqa tomondan esa ma'naviy xususiyatiga qarab, qaysiki o'zini namoyon qiluvchi, jumladan, predloglar sintaksemaning yig'ma variantlari kabi sintaktik va leksik ma'nolari formal xususiyatlarda distributiv xarakter kasb etadilar, qaysiki ularni til birligida hisobga olmay o'tib bo'lmaydigan birlik bunda aynan ma'noviy farq predloglarni distributiv hisobga olishni talab qiladi deya olmaymiz. Lekin boshqa til vositalarida ham o'z ifodasini topa olmaydi.

Shundan ma'lumki, predloglar tadqiqotchilik oldiga bir tomondan sintaktik va leksik semantika muammosini qo'yadilar, boshqa tomondan esa ma'naviy xususiyati predloglar sintaksislarini yig'ma varianti bo'laklari bo'lib ajratilishi mumkin.

Adabiyotlar ro'yxati:

1. O.S.Axmanova "Словарь лингвистическых терминов"

2. Г. Поуетма "A grammar of Late Modern English".

3. M.Choriyev, M.G'afforov "English Grammar" Toshkent "Adolat" nash. 2004

4. M.G'afforov, R.Qosimova "Ingliz tili grammatikasi" T.:"Turon - Iqbol" 2008

5. H. Ernest. "A Farewell to Arms" Leningrad 1971.

6. R. A. Zaripova, D.O.Obidova, O.S.Yatsinishna «English» Toshkent 1992.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.