Научная статья на тему 'DUNYO TILSHUNOSLIGIDA TAQLID SO‘ZLAR BORASIDAGI LEKSIK-SEMANTIK QARASHLAR TAHLILI'

DUNYO TILSHUNOSLIGIDA TAQLID SO‘ZLAR BORASIDAGI LEKSIK-SEMANTIK QARASHLAR TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1907
173
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
taqlid so‘zlar / morfologiya / terminologiya / stilistika / semantika / izohli lug‘at. / onomatopoeic words / morphology / terminology / stylistics / semantics / description.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Tashmuxamedova, Dildora Aziz Qizi

Kishilik jamiyatining ilk bosqichlaridayoq taqlidlar so‘zlashuvning asosiy vositasi sifatida namoyon bo‘lgan. Ularni grammatik jihatdan tadqiq qilish biroz keyinroq boshlangan bo‘lishiga qaramay, ular borasida shu kungacha zalvorli ishlar olib borildi. Ushbu maqola taqlid so‘zlarning tarixan yuzaga kelishi va o‘rganilishini tadqiq qilgan bo‘lib, unda dunyo olimlari, xususan xitoy tilshunoslarining taqlid so‘zlar borasidagi qarashlari, uning terminologiya va morfologiyada tutgan o‘rni haqidagi fikrlari o‘rganiladi. Taqlid so‘zlarning turli tillarda ta’riflanishi va ular o‘rtasidagi asosiy farqlar ko‘rsatib beriladi. Taqlid so‘zlar borasida umumiy xulosalar va muallif qarashlari beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ANALYSIS OF LEXICO-SEMANTIC APPROACHES TO IMITATE WORDS IN WORLD LINGUISTICS

From the earliest days of human society, onomatopoeic words have been seen as the primary means of communication. Although their grammatical study began a little later, a great deal of work has been done on them until this day. This article studies the historical origin and study of onomatopoeia, and examines the views of world scholars, especially Chinese linguists, on onomatopoeic words and their role in terminology and morphology. The descriptions of onomatopoeic words in different languages and the main differences between them are shown. General conclusions and author's views on onomatopoeic words are given.

Текст научной работы на тему «DUNYO TILSHUNOSLIGIDA TAQLID SO‘ZLAR BORASIDAGI LEKSIK-SEMANTIK QARASHLAR TAHLILI»

DUNYO TILSHUNOSLIGIDA TAQLID SO'ZLAR BORASIDAGI LEKSIK-SEMANTIK QARASHLAR TAHLILI

d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-21-65-70

Tashmuxamedova Dildora Aziz qizi

Xitoyshunoslik fakulteti, Lingvistika (xitoy tili) 1-bosqich magistranti Ilmiy rahbar: PhD. O.M.Ochilov

Annotatsiya: Kishilik jamiyatining ilk bosqichlaridayoq taqlidlar so 'zlashuvning asosiy vositasi sifatida namoyon bo 'lgan. Ularni grammatik jihatdan tadqiq qilish biroz keyinroq boshlangan bo'lishiga qaramay, ular borasida shu kungacha zalvorli ishlar olib borildi. Ushbu maqola taqlid so'zlarning tarixan yuzaga kelishi va o 'rganilishini tadqiq qilgan bo 'lib, unda dunyo olimlari, xususan xitoy tilshunoslarining taqlid so 'zlar borasidagi qarashlari, uning terminologiya va morfologiyada tutgan o 'rni haqidagi fikrlari o 'rganiladi. Taqlid so 'zlarning turli tillarda ta'riflanishi va ular o'rtasidagi asosiy farqlar ko'rsatib beriladi. Taqlid so 'zlar borasida umumiy xulosalar va muallif qarashlari beriladi.

Kalit so'zlar: taqlid so'zlar, morfologiya, terminologiya, stilistika, semantika, izohli lug'at.

Abstract: From the earliest days of human society, onomatopoeic words have been seen as the primary means of communication. Although their grammatical study began a little later, a great deal of work has been done on them until this day. This article studies the historical origin and study of onomatopoeia, and examines the views of world scholars, especially Chinese linguists, on onomatopoeic words and their role in terminology and morphology. The descriptions of onomatopoeic words in different languages and the main differences between them are shown. General conclusions and author's views on onomatopoeic words are given.

Keywords: onomatopoeic words, morphology, terminology, stylistics, semantics, description.

Tilning lingvistik tabiatiga ko'ra alohida guruhni tashkil etadigan va so'z turkumlari tizimida o'ziga xos mavqega ega bo'lgan taqlid so'zlar dunyo tilshunoslari tomonidan turli bahs-munozalarga sabab bo'lib kelayotgan mavzulardan biri hisoblanadi. Taqlid so'zlarning etimologiyasi qadimgi yunon tilshunosligiga borib taqaladi.1 O'rta asrlardan boshlab taraqqiy qila boshlagan yunon tilshunosligi 1570-

1 Henry George Liddell. Robert Scott. A Greek-English Lexicon. Oxford. Clarendon Press. 1940.

65

yilda ilk bor onomatopoiia ("onomatos " - so 'z, nom va "poiein " - hosil qilmoq so'zlaridan) atamasi qo'llaniladi 2 va shundan boshlab, tabiatdagi mavjud tovushlarning tildagi va yozuvdagi aks nomi bo'lgan, o'zbek tilida taqlid so'zlar deb yuritiladigan so'zlarni ifodalash uchun foydalaniladi. Turli til vakillari taqlidlarni turlicha nomlaydi va ularga o'ziga xos ta'rif beradi. Taqlid so'zlar uchun umumiy ta'rifni anglab olish dunyo tilshunoslik lug'atlarida qanday ta'riflanishini ko'rib chiqishni afzal bildik. Asli lotin va yunon tillaridan kelib chiqqan Yevropa tillaridagi onomatopoeia so'zi nom berish ma'nosini ifodalaydi va olamdagi mavjud tovushlardan paydo bo'lgan so'zlar sifatida talqin qilinadi.3 "Hozirgi zamon xitoy tili lug'ati"da "taqlid so'zlar turli tovushlarning so'zlaridir"4 deya ta'riflangan. "So'zlar dengizi" nomli xitoy tili izohli lug'atida esa taqlidlar ikki xil, MM^Ü va nomlari bilan atalishi mumkinligi aytilib, ular tabiiy (yoki tabiat) tovushlardan hosil bo'lgan so'zlardir,5 deb aytiladi. Koreys tili izohli lug'atlarida taqlid so'zlar tabiatdagi mavjud tovushlarga taqlidni ifodalaydi va hodisa yoki narsa bilan uning ovozi o'rtasida bog'liqlik mavjud, deb yoziladi. Faqatgina fransuz tili izohli lug'atida taqlid so'zlar inson, hayvon, tabiat va biror mexanizmning ovoziga taqlidan hosil bo'lgan so'zlardir, deb alohida sanalgan.

O'zbek tilshunoslik terminlariga berilgan izohda taqlid so'zlar inson, hayvon va boshqa narsalarning tovushini va obrazini taqlidan ifodalovchi so'z sifatida yoritilgan.6 O'zbek tilshunosligida yuqorida berilgan ta'riflardan farqli o'laroq, taqlid so'zlar obrazni ham ifoda etishi mumkinligi ta'kidlanadi. Boshqa bir adabiyotlarda esa taqlid so'zlar tovushga va holatga nisbatan taqlidni ifodalashi ta'kidlangan. O'zbek tilshunosligida faqatgina tovush va ovoznin emas, balki obraz va holatni umumiy tarzda ifodalovchi so'zlar taqlid so'zlar deb yuritiladi. Yuqorida sanab o'tilgan dunyo atamashunosligida taqlid so'zlarning nomlanishida aynan tovushga taqlid ishorasi mavjud.

Insoniyat taqlid so'zlarni o'rta asrlarda alohida guruh sifatida anglagan bo'lsa ham, tilshunoslikka so'z turkumi sifatida kirib kelishi va tadqiq qilinishi biroz kechroq boshlangan. Tadqiqotlar turli tillarda turlicha davrda olib borilgan.

Taqlid so'zlar XIX asr oxirigacha xitoy tilshunoslari tomonidan unchalik e'tiborga olinmagan. 1898 yilda xitoy tilshunosi Ma Dziandjong "Mashi Ventong"

2 Osaka, Naoyuki (1990). "Multidimensional Analysis of Onomatopoeia - A note to make sensory scale from word". Studiaphonologica. 24: 25-33 b. hdl:2433/52479. NAID 120000892973.

3 American Heritage Dictionary of the English Language, Fifth Edition, 2015.

4 JMWwft trngmmmmmmm». — 6№> —

j^G 2012, 18745U

5 (SfriM) — m ^SM^m 2011o

6 A.Hojiyev. Tilshunoslik terminlarining izohli lug'ati. - T.: O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2002, 103b.

asarida birinchi marta taqlid so'zlarni eslatib o'tgan. Ma taqlid so'zlarni "piktogrammalar va tovushlar uchun ishlatiladigan belgilar" deb atagan.7 Lekin Ma Dziandjong ularni ravish deb hisoblagan.

Hozirgacha taqlid so'zlar xitoy grammatikasida 100 yillik tadqiqiy bosqichni, olimlarning ko'zi ilg'amagan davrlardan to hozirgi, ya'ni taqlidlarning tasnifi, ularning sintaktik xususiyatlari yoritiladigan davrgacha yo'lni, bosib o'tdi. Taqlid so'zlar xitoy tilshunosligida XIX asr oxiridan 1940-yillargacha bo'lgan grammatik yozuvlarda kamdan-kam tilga olinadi va muammosi e'tibordan chetda qolgandek ko'rinadi. Shu sababli ham hozirgacha aniq xulosalar berilmagan va xitoy tilshunoslari so'z turkumlari va ularning tavsifi borasida qaysi nazariyaga amal qilishlari yuzasidan turli guruhlarga bo'linib qolgan. Lingvistikaga yunoncha va lotincha onomatopoeia atamasi sifatida kirib kelgan tovushga taqlidni ifodalovchi so'zlarning eng birinchi muammosi - bu xitoy tilida uning xususiyatlarini ochib beruvchi atama topish edi. Turli tilshunos olimlar taqlidlarni ifodalovchi so'zlarga turlicha nom berganlar. Xususan, Ma Djen (^Ä) o'zining grammatikaga oid asarida turli ovozlarga taqlid qilgan so'zlarni "M ^iÜ" yoki "M^iÜ"deb atalishini ta'kidlasa-da8, o'zi "M^iÜ "nomini ma'qul bilib, keyingi o'rinlarda taqlidlarni shunday ataydi. Yana bir xitoy olimi Ding Shengshu (T^W) taqlid so'zlarga alohida to'xtalib, ularning ta'rifini bermagan. Biroq, taqlid so'zlarni xitoy tili morfologiyasidagi eng so'nggi, 10-so'z turkumi sifatida "M^iÜ"nomi bilan e'tirof etgan. 9 Xitoy tili nazariy grammatikasini umumiy tarzda yoritgan zabardast olimlardan biri Dju Desi ham zamondoshi singari taqlidlarga alohida ta'rif

bermagan bo'lsa ham, ularni "M ^Ü" sifatida alohida so'z turkumlari doirasida sanab o'tadi.10

Vang Li "Taqlid so'zlar atrofdagi turli tovushlarga taqlidan paydo bo'ladi, ular yozuvda va tilda aynan tovushni chiqarib berishi shart emas. Tabiiy tovushga ishora qilsa va uni tinglovchi tushunsa bo'lgani. Ana shunday tovushlarni grammatika emas, balki uslubshunoslik o'rganadi, biroq uning ifodalanishi maxsus til shaklini talab qilganligi uchun grammatik jihatdan o'rganish kerak"11 degan fikrlarni ilgari surib, taqlidlarni "M ^Ü"deb ataydi. Bu borada Vang Lining fikrlariga qo'shilmaymiz. Uning ta'kidlashicha, taqlid so'zlar, avvalo, biror tabiiy hodisaning inson ongida

- IS »ffi®, 1987, 231 o

8 m> f^^am^* - - m rnzmmk, 2015,280

9 im - m »m, 1999,60

10 ÄSm - jbS: 1999, 50 o

11 33jo - jbS: 2011, 296o

gavdalanishiga yordamlashadi. Ularning tildaagi vazifasi tovush yoki aynan chiqarib takrorlab berish emas, balki turli tovushlar orasidan farqlash va aynan nimaning taqlidi ekanligini tinglovchiga yetkazib berishdan iborat. Asosiy vazifasi ma'no kasb etish emas, balki tovushlarni anglatish bo'lgan so'zlar grammatikada o'rganilmaydi, degan fikr, bizningcha, so'zlarni morfologiya doirasidan chiqarib yuborish uchun yetarli emas. Har bir so'z qanday ma'no anglatmasin, qanday grammatik funksiyani bajarmasin, tilda o'z o'rniga ega bo'lishi kerak. Semantik tahlil etish mumkin bo'lsa, mustaqil so'z turkumi doirasida, ma'no anglatmay, faqatgina grammatik vazifa bajarsa, yordamchi so'z turkumi doirasida, ikki xil holatda ham ma'no anglatsa, oraliq so'zlar doirasida talqin etilib, aynan tilshunoslikda o'rganilishi kerak. Bizningcha, stilistika tovushlarni inson ongiga ta'siri va uning tilda qanday aks etishini o'rgansa-da, butun grammatik xususiyatlarini ochib bermaydi. Taqlidlar ma'no bera olar ekan, ular har bir til grammatikasi tarkibiga kiritilishi kerak.

Taqlidlarning xitoycha nomlanishiga kelsak, xitoy grammatikasi rivojining yangi bosqichida ham turli tilshunoslar turli nomlar bilan atab keldilar, jumladan, ^iÜ "(tovushga o'xshagan so'zlar), "^^iÜ" (taqlidiy so'zlar), "^^iÜ"(holat tovushi so'zlari), "^^iÜ"(ovozni ifodalovchi so'zlar) "M^iÜ"(tovushni aks ettiruvchi so'zlar). Butunxitoy atamalarni standardlashtirish qo'mitasi grammatikadagi 12 ta so'z turkumidan biri " M ^ii"nomi bilan atalishini belgilab bergan. Atama so'zlovchining turli narsalarning tovushiga taqlid qilishini bildiradi, bundan tashqari, aynan shu atama xalqaro tan olingan onomatopoeia so'zining xitoycha nomlanishidir. Shu bois biz ham xitoy tilida taqlidlarni ifodalash uchun eng maqbul atama bu M deb hisoblaymiz.

Taqlid so'zlarning atama sifatida tilshunoslikda ta'riflanishi har bir tilning tabiatidan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi kerak deb hisoblaymiz. O'zbek tilidagi singari holat va obrazni ham ifodalagan so'zlar boshqa tillarda taqlidiy so'zlar doirasiga kiritilmasligi va boshqa grammatik funksiyani bajarishi mumkin. Yuqoridagilardan shunday xulosa qilish mumkinki, tabiatdagi mavjud hodisa va tovushlarga taqlidni ifodalovchi so'zlar taqlid so'zlar deb ataladi. Ular so'z sifatida terminologiya va morfologiya doirasida o'rganilishi va tahlil qilinishi kerak.

Xitoy tilida taqlidni ifodalovchi so'zlar esa aynan tarjimasi sifatida " M ^Ü" termini bilan ifodalanishi kerak deb hisoblaymiz. Uning "^^Ü", "^^Ü", iÜ " nomlari taqlidlarning barcha xususiyatlarini ochib bera olmaydi va ularni grammatik jihatdan chegaralab qo'yadi.

Xitoyshunoslikning dolzarb masalalari: ft VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 21

"Xitoyshunoslik" fakulteti iqtidorli q ISSN 2181-1784

yoshlarning ilmiy anjumani SJIF 2022: 5.947 | ASI Factor = 1.7

REFERENCES

1. Henry George Liddell. Robert Scott. A Greek-English Lexicon. Oxford. Clarendon Press. 1940.

2. imm^mismm'mbmmgmmmmgmfa—

6®o —2012o

3. A.Hojiyev. Tilshunoslik terminlarining izohli lug'ati. - T.: O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2002.

4. te: 1987, 231 o

5. m - 2®o - 2015o

6. TrWo M^m^iiMo - № 1999o

7. ^¡m - m Mero 1999o

8. ^ «W^io - 2011 o

9. Рахматуллаева, Д. М. (2021). Ж®

(Дт^Щ^Щ^Ш^лЯ). Современные востоковедческие исследования, 3(1), 6-13.

10. Назарова, С. А. (2019). Проблема интерференции в процессе обучения китайскому языку. In Китайская лингвистика и синология (pp. 294-297).

11. Очилов, О. ХИТОЙ ФОЛЬКЛОР ХДКОЯЛАРИ // ORIENSS. 2021. №Special Issue 1. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/hitoy-folklor-ikoyalari (дата обращения: 30.03.2022).

12. Мустафаева, Самида ХИТОЙ МИН ДАВРИ ЛЕКСИКАСИ ТАДКЩИДА АСОСИЙ МАСАЛА ВА МУАММОЛАР ХУСУСИДА // ORIENSS. 2021. №Special Issue 1. URL: https://cyberlemnka.ru/artide/n/hitoy-min-davri-leksikasi-tad-i-ida-asosiy-masala-va-muammolar-hususida (дата обращения: 30.03.2022).

13. Мавлянова, У.Х. СУЩНОСТЬ ПОНЯТИЯ «ЧИСЛИТЕЛЬНОЕ» В КАТЕГОРИИ ЧАСТЕЙ РЕЧИ В СОВРЕМЕННОМ КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ // ORIENSS. 2021. №Special Issue 1. URL: https://cyberlemnka.ru/artide/n/suschnost-ponyatiya-chislitelnoe-v-kategorii-chastey-rechi-v-sovremennom-kitayskom-yazyke (дата обращения: 30.03.2022).

14. Юсупова, Хилола Саъдулла Кизи Х,ОЗИРГИ ХИТОЙ ТИЛИДА ОТ ТУРКУМИГА ОИД СУЗЛАРНИНГ СУЗ КУШИШ УСУЛИНИНГ БОГЛОВЧИ МОДЕЛИ АСОСИДА ЯСАЛИШ ХУСУСИЯТЛАРИ // ORIENSS. 2021. №Special Issue 1. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/ozirgi-hitoy-tilida-ot-turkumiga-oid-s-zlarning-s-z-shish-usulining-bo-lovchi-modeli-asosida-yasalish-hususiyatlari (дата обращения: 30.03.2022).

Xitoyshunoslikning dolzarb masalalari: ft VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 21

"Xitoyshunoslik" fakulteti iqtidorli q ISSN 2181-1784

yoshlarning ilmiy anjumani SJIF 2022: 5.947 | ASI Factor = 1.7

15. Хасанова, Ф. М. (2020). ЛЕКСИКО-СЕМАНТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ ЛЕКСИКИ ПРОИЗВЕДЕНИЙ ЛАО ШЭ. Universum: филология и искусствоведение, (11 (78)), 31-34.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.