Научная статья на тему 'XITOY TILIDA SUD-HUQUQ TIZIMI TERMINOLOGIYASINING SHAKLLANISHI VA O‘ZIGA XOSLIKLARI'

XITOY TILIDA SUD-HUQUQ TIZIMI TERMINOLOGIYASINING SHAKLLANISHI VA O‘ZIGA XOSLIKLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
6
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sud-huquq tizimi / terminlogiya / jinoyat / qonun / prokuratura organlari / sud ishlari. / judicial system / terminology / crime / law / prosecutor's office / court cases.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Safarova, Iroda

Hozirgi kunda tarjimashunoslikda tarjima sohasi, uning nazariy masalalari, fanning taraqqiyoti bo‘yicha sanoqli tadqiqotlar olib borilmoqda. Xususan, xitoy tilidan o‘zbek tiliga tarjima jarayonida sud-huquq tizimi terminologiyasi tarjima qilish jihatlarini tadqiq etish tarjimashunoslik barobarida tilshunoslikning ham dolzarb masalalaridan biri sifatida maydonga chiqadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FORMATION AND CHARACTERISTICS OF THE TERMINOLOGY OF THE JUDICIAL SYSTEM IN CHINESE LANGUAGE

Currently, in translation studies, numerous studies are being carried out in the field of translation, its theoretical issues, and the development of science. In particular, in the process of translation from Chinese into Uzbek, the study of aspects of translation of the terminology of the legal system is one of the most pressing issues in linguistics, as well as translation studies.

Текст научной работы на тему «XITOY TILIDA SUD-HUQUQ TIZIMI TERMINOLOGIYASINING SHAKLLANISHI VA O‘ZIGA XOSLIKLARI»

о

XITOY TILIDA SUD-HUQUQ TIZIMI TERMINOLOGIYASINING SHAKLLANISHI VA O'ZIGA XOSLIKLARI

d https://doi.org/10.5281/zenodo.10366511

Iroda SAFAROVA,

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tayanch doktoranti,

Toshkent, O'zbekiston Tel.: +998935975111; Email: iroda.safarova.24@mail.ru

Annotatsiya. Hozirgi kunda tarjimashunoslikda tarjima sohasi, uning nazariy masalalari, fanning taraqqiyoti bo'yicha sanoqli tadqiqotlar olib borilmoqda. Xususan, xitoy tilidan o'zbek tiliga tarjima jarayonida sud-huquq tizimi terminologiyasi tarjima qilish jihatlarini tadqiq etish tarjimashunoslik barobarida tilshunoslikning ham dolzarb masalalaridan biri sifatida maydonga chiqadi.

Kalit so'zlar: sud-huquq tizimi, terminlogiya, jinoyat, qonun, prokuratura organlari, sud ishlari.

Аннотация. В настоящее время в переводоведении проводятся многочисленные исследования в области перевода, его теоретических вопросов, развития науки. В частности, в процессе перевода с китайского на узбекский язык изучение аспектов перевода терминологии правовой системы является одним из наиболее актуальных вопросов языкознания, а также переводоведения.

Ключевые слова: судебная система, терминология, преступление, закон, прокуратура, судебные дела.

Abstract. Currently, in translation studies, numerous studies are being carried out in the field of translation, its theoretical issues, and the development of science. In particular, in the process of translation from Chinese into Uzbek, the study of aspects of translation of the terminology of the legal system is one of the most pressing issues in linguistics, as well as translation studies.

Key words: judicial system, terminology, crime, law, prosecutor's office, court cases.

Til va huquq bir-biriga chambarchas bog'liq bo'lgan ikki ijtimoiy jarayon hisoblanadi. Kishilik jamiyatini huquq normalarisiz tasavvur etib bo'lmasligi barchamizga ayondir. Huquq normalari jamiyat hayotining turli jabhalarini tartibga solishga qaratilgan majmui. Huquq o'z normalarini faqartgina til vositasi orqaligina ifoda etadi hamda ularni jamiyatga yetkazadi. Bundan ko'rinib turbdiki, til huquq va jamiyat o'rtasida o'zaro aloqani ta'minlab beruvchi asosiy vosita hisoblanadi.

Qadimgi Xitoyga nazar tashlaydigan bo'lsak, o'rta asrlarda Xitoyda sud organlarida, ham sud funksiyalarini bajaruvchi ma'muriy organlarda ko'rib hal qilingan. Min sulolasi davrida sud - huquq tizimida aytarli darajada o'zgarishlar yuz bergan. Sudning eng yuqori pog'onasida imperatorning o'zi bo'lsa, eng quyi pog'onasida esa qishloqning saylab qo'yiladigan oqsoqoli turgan. Aksariyat sud ishlari uyezd boshlig'i tominidan uyezd boshqarmalarida ko'rib chiqilgan. Ish bo'yicha dalillar yetarli darajada bo'lmasa, ish qaytadan ko'rib chiqilgan yoki qoldirilgan. Og'ir turdagi jinoyatlar asosan odam o'ldirish, kata miqdordagi o'g'rilik, poraxo'rlik singari jinoyatlar tegishli viloyat yoki provinsiyalardagi maxsus hukumat

- sud organlariga kelib tushgan. Xususan, ma'muriy ishlar boshqarmasi ma'muriy ishlarning to'g'ri ijro etilishi nazoratini amalga oshirganlar. Sud ishlarini ko'rish boshqarmasida aynan aholining boshqa toifalariga oid ishlar ko'rib hal qilingan. Ushbu sud asosan ko'plab sud ishlari uchun yuqori bosqich hisoblangan. Min sulolasi davrida Vazilar mahkamasi, Markaziy taftish - tergov jinoiy sud poytaxtning shu singari sud - tergov organlari hisoblangan. Markaziy taftish - tergov jinoiy sudda asosan o'ta og'ir jinoyat ishlari ko'rib chiqilgan va tegishli jazolar tayinlangan. Biroq, bu yerda qaror va farmoyishlar faqatgina imperator tomonidan chiqarilgan. O'limga mahkum qilish to'g'risidagi hukmlarning barchasi imperator tomonidan nazoratga olingan hamda amnistiya e'lon qilish va jazoni yumshatish kabi chora - tadbirlarni chiqarish huquqiga ham faqatgina imperator ega bo'lgan.

Sun imperiyasi davrida markaziy hokimyatning kuchayishi munosbati bilan imperatorning qonun yoki farmon berish vakolati qaytadan faollashdi. 960-963 yillarga kelib, "Jinoyat qonunlarining tuzatilgan va qayta ko'rib chiqilgan to'plami" ishlab chiqildi. U Tan kodeksidagi qonunlar bilan o'zaro bog'liq ekanligi ma'lumdir.

Ma'lumot o'rnida aytib o'tish joizki, Xitoy tarixida sud hokimyati ma'muriy hokimyatdan ajralmagan. Asosiy sud ishlari esa viloyatlarning ma'muriy boshliqlari

- "prefektlar" tomonidan ko'rib chiqilgan. Prefekt to'laqonli sud hokimyatiga tegishli vakolatlarni barchasiga ega hisoblangan. Bundan tashqari, prefektlarning sud faoliyatini hukumatning taniqli amaldorlaridan biri "Buyuk ma'mur" deb nomlangan amaldor nazorat qilgan. Unga esa har yilning yakunida barcha viloyat amaldorlarihisobot yetkazib turishgan [1, 278 - 296].

Hozirgi davrga kelib, qonunchilikda qator o'zgarishlar yuz berdi, bu esa o'z navbatida yuridik terminologiya sohasi rivojiga ham o'z hissasini qo'shdi. Yuridik terminologiyani o'rganishga, shu mavzuda tadqiqot izlanishlarini olib borishga qiziqish tobora ortmoqda. Huquqiy aktlarda qo'llanilaigan terminlarning majmui yuridik terminologiyani tashkil etadi. L.M.Boykoning ta'kidlashicha, "yuridik terminologiya qonunchilikda qo'llaniladigan tushunchalar tizimini ifoalashga xizmat qiluvchi maxsus terminologiyani o'zida mujassamlashtiradi" [2, 14].

Shuningdek, qonun matnida aniqlikni ta'minlovchi eng muhim vosita aynan terminlar hisoblanadi. Bu haqida huquqshunos B.M.Kogan shunday ta'rif beradi: "Qonun matnning faqat terminlardangina tashkil topishi - eng yuksak orquzdir. Bunga huquq doimo intiladi, biroq huquqshunoslik fani va maqsadning murakkabligidan bu yuksak orzuga erishib bo'lmaydi" [3, 79].

Sud terminlarini tasniflash yuridik axborotni tartibga solish uchun kerak, bundan tashqari, yuridik terminlarning ilmiy jihatdan qanchalik puxta o'rganganligi huquqiy sohaning rivojlanishiga, qonunlarning aniq ishlab chiqilishiga asos bo'ladi. Qonun matnlarida qo'llanuvchi terminlarni tasniflash masalasi olimlar o'rtasida turli qarashlar va munozaralar mavjuddir. L.M.Boyko yuridik terminlarni quyidagicha tasniflaydi:

1. Umumiste'moldagi terminlar. Bunday terminlar qonunchilik terminologiyasining asosiy qismini tashkil etib, oddiy so'zlashuv nutqidan tortib ilmiy adabiyotlargacha keng qo'llaniladigan terminlar hisoblanadi. Masalan,

jabrlanuvchi Shouhai zhe), guvoh (iiA zhengren), shikoyat (fö^ tousu)

kabilar misol bo'ladi.

2. Maxsus terminlar. Ushbu terminlar faqat qonun doirasida qo'llanilib, maxsus yuridik tushunchalarni ifodalashga xizamt qiladi. Maxsus yuridik terminlar soni esa unchalik ko'p emas, misol tariqasida quyidagilarni keltirib o'tamiz: Kontrabanda (^

IA ZöusT), qamoqxona (Ru yu A^) va boshqalar;

3. Texnik terminlar. Bu terminlar asosan fan, san'at, texnika kabi turli sohalardan olinadi.

Umuman olganda, istalgan qonunchilikdagi yuridik termini lug'atga kiritish uchun leksikograflar qanday mezonga asoslanadilar? Muayyam so'zning yuridik matnda qo'llanilishining o'zi uni yuridik terminlar qatoriga qo'shish uchun yetarli hisoblanmaydi. J.Kornyunning fikricha, eng kami bitta yuridik ma'noga ega bo'lgan so'zlar yuridik termin deb hisoblanadi. Bundan xulosa qilib, so'zlarni yuridik terminlar lug'atiga kiritishning asosiy mezoni bu ularning semantikasidir deb aytish mumkin.

Bugunga qadar ko'plab tillar sud terminologiyasining turli jabhalarida izlanishlar orqali qator ilmiy ishlar va risolalar vujudga keldi. Taniqli fransuz tilshunosi J.Munyen o'z tadqiqot ishida lingvisitik fanlar bilan yuridik fanlar o'rtasidagi munosabatlarning nazariy tomonlarini qisman o'rganib chiqadi va lingvistik vositalar yuridik normalarning shakllanishida yordamchi unsur sifatida xizmat qiladi, degan fikrni ilgari suradi [4, 45].

Rossiya olimlari tomonidan ham qonunchilik ijodkorligi va yuridik terminologiya sohasida qator ishlar qilingan. V.M.Savitskiy [5, 278], D.A.Kerimov [6, 345], N.A.Vlasenko [7, 180], A.S.Pigolkin [8, 106] kabilarning ham ishlarini keltirib o'tish lozim.

Bundan tashqari, V.T.Baltachev o'z nomzodlik ishida ingliz tilidagi suda doir terminlarni diaxron aspektda o'rgangan tilshunos hisoblanadi [9, 34]. T.N.Balixina esa o'z ilmiy ishlari asosida su tizimida qo'llaniluvchi birikma shaklidagi terminlarni lisoniy tahlilga e'tibor qaratgan.

O'zbek tili sud terminologiyasida tadqiqot ishlarini olib borgan birinchi izlanishlar 1955 yilda yurudik fanlari nomzodi F.S.Bakirov tomonidan amalga oshirilgan. 1985 yilga kelib M.Qosimovning "Структурно - системные особенности юридической терминологии узбекского языка" mavzusidagi nomzodlik ishi himoya qilindi. Ishning dastlabki bobida yuridik terminologiyaning shakllanish manbalari va uning leksik - grammatik tarkibiga alohida e'tibor qaratilgan. Muallif o'zi tahlil qilgan manbalarga asoslanib, o'zbek tili yuridik terminologiyasining shakllanishida avvalo tilning ichki resurslari, rus tilidan so'zlarni bevosita o'zlashtirish va kalkalash usullari asosiy manba sifatida olingan, ishning ikkinchi bobi yuridik terminlarning yasalishiga asoslangan bo'lib, muallifning fikriga ko'ra, o'zbek tili yuridik terminlari asosan semantik, morfologik, va sintaktik usullar vositasida hosil bo'ladi. Tadqiqotning uchinchi bobida esa yuridik terminlardan foydalanishda kelib chiqadigan muamolarni ko'rsatadi va terminlarni standartlashtirish bo'yicha bir qator yo'nalishlarni ko'rsatadi.

XVIII asrning oxirlaridan boshlab Xitoy hududida g'arb davlatlarining bosqinchilik yurishlari boshlandi. Tashqi bosimlarning kuchayishi sabab Xitoy XIX asr oxirlarida mamlakat ichki hayotida bir qator islohotlarni amalga oshirdi [10, 254] .

Amaliy tashqi ishlar bo'yicha Bosh devonxonani qayta ishga tushirish bo'ldi, ushbu Devonxona negizida Yevropa namunasida Tashqi ishlar vazirligi tashkil topdi, shuningdek, 1905 - yilda Politsiya Vazirligi tashkil qilindi. Keyinchalik ushbu idora Ichki ishlar vazirligi sifatida qayta tashkil qilindi. Shu bilan birgalikda maorif, pochta va aloqa yo'llari, moliya va armiya kabi qator vazirliklar ham tashkil topdi. Jinoiy islar vazirligi o'rniga esa Huquq vazirligi tashkil qilindi. 1905 - yilda Bosh bojxona boshqarmasi ma'muriyatidan ajratildi. Xitoyning XIX - XX asrlardagi mutafakkirlaridan Yan Fu (1853 - 1921 yy) fikricha "qonunlar to'g'ri ijro etilganda farovon jamiyat qurish mumkin" [11, 95]. Sun Yatsenning (1864 - 1925 yy) uch prinsip ta'limotida ilgari surilgan "xalq hokimyati" tamoyilida xitoy tarixida ilk marotaba bugungi jamiyat talablariga javob beradigan, ya'ni ijri etuvchi; qonun chiqaruvchi; sud; nazorat bilan bog'liq xalq hokimyatini boshqarishning besh tamoyili ishlab chiqildi. Uning mazkur besh tamoyil asosida hokimyatni boshqarish

g'oyasi XXRning hududiy tasarrufida bo'lgan Tayvan orolidagina amal qilinadi. XXRning amalda bo'lgan bugungi qonunchiligi uzoq o'tmish tadrijiy taraqqiyotini bosib o'tgan. Bosib o'tilgan bu yo'l davr nuqtai nazaridan sayqalashib o'zining bugungi ko'rinishini olgan deb hisoblanadi.

Xitoy sud tizimini Oliy sud palatasi, oliy pog'onali sudlar, okrug sudlari va birinchi instansiya sudlari tashkil etadi va ular bilan bir vaqtning o'zida prokuratura ham ta'sis etilgan. Shu tariqa Xitoning bugungi davlatchilik hayotida zamonaviy tamoyillarga asoslangan va sud tizimiga o'tish bilan bog'liq jarayon boshlandi. XXRning sotsialistik davlat qurilishi huquq tizimi mazmun va mohiyatiga ko'ra: Xalq sudi va Xalq prokuraturasiga bo'linadi. Xalq sudi vazifasiga ko'ra jinoiy va fuqorolik ishlarini olib borish kiradi. Xalq sudiga: Xalq Oliy sudi, mahalliy xalq sudi va xalq maxsus sudlari hamda harbiy sudlar shular jumlasidandir. Mamlakat Oliy sudi barcha sudlar ustidan nazoratni olib boradi. Mahalliy sudlar quyi va o'rta bosqich xalq sudlarini o'z ichiga oladi. Oliy Sud Butunxitoy xalq vakillari va uning doimiy qo'mitasi oldida hisobot beradi. Oliy sudning vakolatini ijro muddati 5 yil. Bu vazifani 2 muddat (10 yil) boshqarish mumkin. Xalq Oliy sudi provinsiya, avtonom rayonlar, markazga bo'ysunuvchi shaharlarda joriy etiladi. O'rta bosqich xalq sudlari yirik shaharlarga bo'ysunuvchi markaz okruglari, avtonom rayonlar tasarrufida bo'lgan okruglarda tashkil etiladi. Quyi sudlar barcha uyezdlar, shahar, avtonom uyezdlar va shahar rayonlarida amal qiladi [12, 292]. Quyida sud tizimining turlarini terminlar orqali quyida keltiramiz:

Sud turlari ¿lffa^ (Fâyuàn zhonglèi) xitoy tilidan o'zbek tiliga shu tarzda tarjima qilinadi va ushbu jadvalda quyidagi Sud turlari terminlarni o'z ichiga olgan:

Fâyuàn Sud

Zuigao rénmin fâyuàn Oliy xalq sudi

Difang rénmin fâyuàn Mahalliy xalq sudi

Zhuanménrénmin fâyuàn Maxsus xalq sudi

Gaoji rénmin fâyuàn Yuqori darajadagi mahalliy sud

Zhongji rénmin fâyuàn O'rta darajadagi maxalliy sud

Sheng (shi, xiàn) rénmin fâyuàn Viloyat (shahar,uezd ) xalq sudi

Qu rénmín fayuàn Tuman xalq sudi

Göngshen Ommaviy sud

Ш Shàngsù Kassatsion sud

shàngsù fayuàn Appelyatsiya (shikoyat) sudi

Yuqorida Xitoyda sud tizimining ijtimoiy shakllanish bosqichlari va terminlarning ma'nolarini o'rganishga ahamiyat qaratilgan. Tadqiqot ishining ushbu bobida ham aynan XXR sud tizimi tarixida bo'lgan va bugungi Xitoy qonunchiligida faol bo'lgan terminlar tahliliga tortiladi. Xususan, Xitoy davlat sifatida ko'p bosqichlarni boshdan kchirgan bo'lsada, Sud va Qonun chiqaruvchi hokimyatlarida hozir ham tarixda amal qilingan sud terminlaridan keng foydalaniladi. Xitoy sud tizimida Ш (fa) ni ana shunday faol terminlar qatoriga kiritsak bo'ladi.

Ш (fa) qonun bir bo'g'inli so'z bo'lib, kelib chiqish tarixiga ko'ra miloddan avval qadimgi Xitoyda tashkil topgan legizm (qonunlar) maktabi asoschilarining nomi blan bog'liq. Xitoy qonunchiligida Ш (fa) yuridik termin sifatida tub ma'nosinin saqlab qola oldi. Xitoy yurisprudensiyasi sohasiga oid terminlari Ш (fa)

ishtirokida yasaladi. Masalan, (Zhongguó falù jíchü) so'zi xitoy

tilidan o'zbek tiliga "Xitoy qonunchilik asoslari" tarzida tarjima qilinib, (falù) so'zi "qonunchilik" ma'nosida keladi. Quyidagi chizmada tarixan Ш (fa) ishtirokida yasaladigan sud tizimiga doir qator terminlarni guvohi bo'lamiz:

îiE fayi sudtibbiyot eksperti

W (lù) "qonun" yuridik sohasiga doir sud termni hisoblanadi, uning etmologik kelib chiqishiga ko'ra, eramizdan avvalgi V - eramizdan avvalfi IV asrlarga asosan to'g'ri keladi. Manbalarda qayd etilishicha, ushbu termining kelib chiqish tarixi Sya sulolasining (eramizdan avvalgi XXI - eramizdan avvalgi VI asr) asoschisi afsonaviy hukmdor Yao nomi bilan bog'liqdir. Hozirdan ham Xitoy qonunchiligida sud terminlariga oid asosiy matnlarda keladi. Masalan, bugungi xitoy qonunchiligida W

^(Lùshï) "advokat" termini W(Lù) komponenti ishtirokida yasaladi.

Qadimgi xitoy tilining bir bo'g'inli yozuvlar ham ma'no anglatgani xitoy tili tarixidan ma'lumdir. Xolbuki, ^ (fa) va W (lù) ma'nodosh so'zlar sifatida sud -huquq tizimida teng ravishda qo'llaniladigan terminlar qatorida mavjud. Bu bizning fikrimiz bo'lsada, W (lù) terminning vujudga kelishi va ilmiy tushuncha sifatida ^ (fa) terminiga nisbatan ancha qadimiyroq hisoblanadi.

Xitoy tilida ^ fa va W lù [14, 256] ishtirokida sud-huquqga oid terminlarni yasash eng sermahsul ierogliflardan biri hisoblanadi. ^ fa va W lù sinonim so'zlar bo'lib, ^ fa asosan qonunchilikda, W lù esa sudning advokatura sohasida keng qo'llaniladigan bir bog'unli ierogliflar sirasiga kiraadi. Xitoy qonunchilik tilida ^ fa kelib chiqish etimologiyasiga ko'ra Shan Yan (er.avv 390-338 yy.) ga borib taqaladi degan fikr mavjud. Hozirgi kumda ham ^ fa "qonun" ma'nolarida qo'llaniladi, bundan tashqari, ^ fa bilan W lù ma'nodosh bo'lib, ^W falù hozirgi tilda mavjud qonun ma'nosini yasaydi. Quyida "fa" va "lù" yordamida yasaladigan sud

terminlarini ko'rib chiqamiz: W^ lùshï advokat, ^W^ nûlùshï,^ (nü) ayol kaliti bo'lib, "qiz bola" ma'nosida keladi. Demak, (nü)ni keyingi ieroglif "lù" qonun anglatgani holda nûlùshï advokatning (ayol kishi ekanligini anglatib keladi.)

&WM falùjiâ,^èWM nüfa lùjia. Orqa affiks bo'lib kelayotgan M (jia) ieroglifi ^ (fa)ga qo'shilib "qonunshunos" ^¿M(fajiä) terminini yasab kelmoqda. M jia iyeroglifi yuqorida ko'rib chiqilganidek, ma'no jihatdan o'zbek tilida "-shunos" manosiga teng keladi degan xulosaga kelindi.

Tahlil natijalariga ko'ra, Sun imperiyasi davrida markaziy hokimyatning kuchayishi munosbati bilan imperatorning qonun yoki farmon berish vakolati qaytadan faollashdi. 960 - 963 yillarga kelib, "Jinoyat qonunlarining tuzatilgan va qayta ko'rib chiqilgan to'plami" ishlab chiqildi. U Tan kodeksidagi qonunlar bila n o'zaro bog'liq ekanligi ma'lumdir.

XXRning sotsialistik davlat qurilishi huquq tizimi mazmun va mohiyatiga ko'ra: Xalq sudi va Xalq prokuraturasiga bo'linadi. Xalq sudi vazifasiga ko'ra jinoiy va

fuqorolik ishlarini olib borish kiradi. Xalq sudiga: Xalq Oliy sudi, mahalliy xalq sudi va xalq maxsus sudlari hamda harbiy sudlar shular jumlasidandir. Mamlakat Oliy sudi barcha sudlar ustidan nazoratni olib boradi. Mahalliy sudlar quyi va o'rta bosqich xalq sudlarini o'z ichiga oladi. Oliy Sud Butunxitoy xalq vakillari va uning doimiy qo'mitasi oldida hisobot beradi. Oliy sudning vakolatini ijro muddati 5 yil. Shuningdek, Ш (fa) qonun bir bo'g'inli so'z bo'lib, kelib chiqish tarixiga ko'ra miloddan avval qadimgi Xitoyda tashkil topgan legizm (qonunlar) maktabi asoschilarining nomi blan bog'liqligi, Xitoy qonunchiligida Ш (fa) yuridik termin sifatida tub ma'nosinin saqlab qolganligi, Xitoy yurisprudensiyasi sohasiga oid terminlari asosan Ш (fa) ishtirokida yasalishi aniqlandi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES):

[1] - Бакиров Ф.С. Некоторые вопросы узбекской юридической терминологии. В кн: Учебные записки Ташкентского юридического института. - Ташкент,

[2] - Балтачаев В.Т. Номинация и структура терминов - именований судов в древнеанглийскоя языке: Автореферат.дис.канд.филол.наук. - Л. 1991.

[3] - Бойко Л.М. Совершенствование законадательной тнхники в условиях ускорения сойиально - экономического развития стоветского общества. Т.: Фан,1988.

[4] - Василенко Н.А. Язык право. Иркутск Восточно - Сибирское книжное изд-

[5] - Касымов М.Х. Структурно-системные особенности юридической терминологии узбекского языка: Автореф.Дис, ...канд.филол.наук. - Ташкент,

[7] - Книга правителя области Шан /пер. с. кит. Л.С.Переломова.М.: НИЦ Ладомир, 1993.

[8] - Коган В.М. Логико - юридическая структура советского уголовного закона - Алма - Ата, 1966.

[9] - Мунен Ж. Теоритическое проблемы перевода перевод как языковой контакт (Вопросы теории перевода в зарубежной лингвистике) - М., 1978.

1955.

во 1997.

1955.

[6] - ЦШ. Ш^Ж^^ё. -Ш : 2011

[10] - *ij и. ж г ^ ш \£т±щтх. - 2008

[11] - Энциклопедия нового Китая. «Прогресс» Москва. 1989.

[12] - ти-шшш ш#: шш\, rnrnip,

ШМ, ЙЦ. -2008

[13] - ШШ, 2010

[14] S Nasirova. Staff of officials of the Eastern Palace in ancient China// Zien Journal of Social Sciences and Humanities 12, 19-22

[15] S NASIROVA. Human resource system of ancient China (chronological aspect)// SHARQ MASH'ALI, 31-32

[16] SA Nasirova. Лексико-Семантичсекий Анализ Общественно-политических Терминов Древнего Китайского Языка: Система Кадровых Ресурсов//Periodica Journal of Modern Philosophy, Social Sciences and Humanities 17, 20-30

[17] S Nasirova. ГЕНДЕРНОЕ РАВЕНСТВО В СИСТЕМЕ ОХРАНЫ ТРУДА ЖЕНЩИН (НА ПРИМЕРЕ АНАЛИЗА ОПЫТА КИТАЯ В ВОПРОСЕ РЕПРОДУКТИВНОЙ ОТВЕТСТВЕННОСТИ) // Oriental Conferences 1 (1), 796801

[18] SA Nasirova. POLITICAL INSTITUTIONALIZATION OF ANCIENT CHINA: HISTORICAL ANALYSIS OF THE TERMS OF THE LOCAL POLITICAL SYSTEM OF ANCIENT CHINA//European International Journal of Multidisciplinary Research and Management ...

[19] SA Nasirova. RELIGIOUS AFFAIRS MANAGEMENT SYSTEM IN ANCIENT CHINA (LINGUISTIC ANALYSIS IN DIACHRONIC ASPECT) //Builders Of The Future 2 (02), 288-297

[20] СА Хашимова. Х;ОЗИРГИ ХИТОЙ ТИЛИ СИФАТЛАРДА КОНВЕРСИЯ ХРДИСАСИ // МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА 3 (2)

[21] С Хашимова. ВОПРОС ОПРЕДЕЛЕНИЯ КРИТЕРИЙ В ОТНОШЕНИИ СЛОВООБРАЗУЮЩИХ ЭЛЕМЕНТОВ СОВРЕМЕННОГО КИТАЙСКОГО ЯЗЫКА//Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences 3 ..., С.143-147

[22] С Хашимова, М Комилова. Некоторые характеристики слов с разными морфемами в китайском языке// Восточный факел 3 (3), 41-44

[23] С Хашимова. Центральная Азия и Узбекистан: как переформировать LandLocked в Land-Crossed//Востоковедения 1 (1), 122-129

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.