Научная статья на тему 'XITOY MATBUOTI TARIXI VA RIVOJLANISH TENDENSIYALARI (618–1912 YILLAR)'

XITOY MATBUOTI TARIXI VA RIVOJLANISH TENDENSIYALARI (618–1912 YILLAR) Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
183
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
xitoy matbuoti / Di Bao / Kaiyuan yangiliklari / Bao Zuang / bosma harf / Jin Zuo Yuan / sulola. / Chinese press / Di Bao / Kaiyuan news / Bao Zhuang / printed letter / Jin Zuo Yuan / dynasty.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — O‘ktamova, Nazokat

Ushbu maqolada Xitoy matbuotining paydo bo‘lishi va rivojlanish tarixi, matbuotning vazifasi, o‘ziga xos jihatlari Xitoyda hukmronlik qilgan sulolalar davriga ajratilib o‘rganiladi. Matbuotning tarixiy taraqqiyot omillarini yoritish maqsadida o‘zbek tilidagi ma’lumotlar bilan cheklanib qolmasdan birlamchi manbalardan foydalanilib, Xitoy tarixshunos olimlari tomonidan keltirilgan tarixiy faktlar solishtiriladi. Maqola yakunida tiklangan ma’lumotlardan tizimlashtirilgan, yaxlit xulosa chiqariladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CHINESE PRESS HISTORY AND DEVELOPMENT TRENDS (618-1912)

In this article, the history of the emergence and development of the Chinese press, the function of the press, and its specific aspects are studied separately during the dynasties that ruled China. In order to shed light on the historical development factors of the press, primary sources are used, not limited to information in the Uzbek language, and historical facts presented by Chinese historians are compared. At the end of the article, a systematic, comprehensive conclusion is drawn from the recovered information.

Текст научной работы на тему «XITOY MATBUOTI TARIXI VA RIVOJLANISH TENDENSIYALARI (618–1912 YILLAR)»

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

3(22), Nov., 2023

XITOY MATBUOTI TARIXI VA RIVOJLANISH TENDENSIYALARI

(618-1912 YILLAR)

d https://doi.org/ 10.5281/zenodo. 10199289

O'ktamova Nazokat

O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Oliy jurnalistika kurslari 2-kurs magistranti, Uzbekistan

Annotatsiya. Ushbu maqolada Xitoy matbuotining paydo bo 'lishi va rivojlanish tarixi, matbuotning vazifasi, o 'ziga xos jihatlari Xitoyda hukmronlik qilgan sulolalar davriga ajratilib o'rganiladi. Matbuotning tarixiy taraqqiyot omillarini yoritish maqsadida o 'zbek tilidagi ma 'lumotlar bilan cheklanib qolmasdan birlamchi manbalardan foydalanilib, Xitoy tarixshunos olimlari tomonidan keltirilgan tarixiy faktlar solishtiriladi. Maqola yakunida tiklangan ma'lumotlardan tizimlashtirilgan, yaxlit xulosa chiqariladi.

Kalit so'zlar: xitoy matbuoti, Di Bao, Kaiyuan yangiliklari, Bao Zuang, bosma harf, Jin Zuo Yuan, sulola.

CHINESE PRESS HISTORY AND DEVELOPMENT TRENDS (618-1912)

Abstract. In this article, the history of the emergence and development of the Chinese press, the function of the press, and its specific aspects are studied separately during the dynasties that ruled China. In order to shed light on the historical development factors of the press, primary sources are used, not limited to information in the Uzbek language, and historical facts presented by Chinese historians are compared. At the end of the article, a systematic, comprehensive conclusion is drawn from the recovered information.

Keywords: Chinese press, Di Bao, Kaiyuan news, Bao Zhuang, printed letter, Jin Zuo Yuan, dynasty.

Xitoyda matbuotning paydo bo'lishi uzoq o'tmishga ega. Bu haqida turli manbalarda turlicha ma'lumotlar uchraydi. O'zbek xitoyshunos olimlari Shazamanov Sh. va Bekmuratov I. aytishicha eramizning VIII asrida Xitoyda hukmronlik qilgan Tan sulolasi (618-907) davrida "Di Bao" ("№$", "Saroy ro'znomasi") nomli gazeta chop etilgani ko'rsatilgan1.

Xitoylik tarixchi olim Fan Han Ji keltirgan ma'lumotlarga ko'ra, qog'ozga ko'chirilgan dunyodagi eng dastlabki gazetalar IX asrning 80-yillarida, bosma

1 Shazamanov Sh., Bekmuratov I. Xitoy matbuot tarixi va tili. - Toshkent, 2010. - B. 5.

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

3(22), Nov., 2023

shakldagi gazetalar esa X asrda Xitoyda paydo bo'lgan. Xitoyda birinchi rasmiy gazeta Tan sulolasi imperatori Suan Zong (712-756) tomonidan hukmronligining 12-14-yillarida nashr etilgan va "Kaiyuan zabao" ("^x^M", "Kaiyuan yangiliklari") deb nomlangan. Sun imperiyasi (960-1279) davriga kelib rasmiy gazetalar nashri ortib bordi va "Di Bao" nomi paydo bo'ldi. Ushbu gazetaning asosini imperator farmonlari, kundalik vazifalari, hukumat qarorlari, byulletenlar, vazirlikning eslatmalari, ibodatxona nazoratchilari va boshqa muassasalarning ish hisobotlari, chegara qo'shinlarining jangovor hisobotlari tashkil etgan. Sun imperiyasi hukumdorligi davrida "Di Bao" gazetasining faoliyatini qattiq nazorat ostida ushlagan2.

Van Jia Lin ham Xitoyda qadimgi rasmiy gazetalar ilk bor Tan sulolasidan boshlanganligi, Sun imperiyasi davriga kelib "Di bao"ga asos solinganini tasdiqlaydi va quyidagi ma'lumotlarni keltiradi. Tan sulolasi davrida gazetalar ikki turga bo'lingan: Markaziy sud tomonidan tuziladigan va chiqariladigan rasmiy gazetalar va Pekin gubernatori tomonidan tuzilgan va chiqariladigan rasmiy gazetalar. Markaziy sud tomonidan tuziladigan va chiqariladigan Tan sulolasining rasmiy gazetasi "Bao Zuang" va "Bao",( ", "M"(bao zhuang) ,"xabar berish", "yangilik") deb nomlangan. "Bao Zuang" atamasini Tang sulolasi hukmdori Zong Dali (766-779) davrida Van Jian tomonidan yozilgan she'rda ko'rishimiz mumkin. Kitobda Tan sulolasi davridagi gazetaga nisbatan "Kaiyuan yangiliklari" emas "Bao Zuang" atamasi qo'llanilgani haqidagi ma'lumotlar keltirilgan3.

Tan sulolasida Markaziy sud rasmiy gazetasidan tashqari Pekin gubernatori tomonidan tuzilgan va chiqariladigan rasmiy gazetalar ham mavjud bo'lganligini yuqorida aytib o'tildi. Ushbu turdagi ma'lumotlar poytaxtdagi "Jin Zuo Yuan" ("^ 4) tomonidan ko'chirilgan va "Di Li Zuang" (" nomi ostida

chiqarilgan. Tan sulolasida gazetalarda taqdim etilgan ma'lumotlarning aksariyati imperator saroyining siyosiy faoliyatiga tegishli bo'lgan, ijtimoiy hayot yoritilmagan, hamda yuqori martabali amaldorlar uchun nusxa ko'chirilgan5. Sun imperiyasi davrida "Jin Zuo Yuan" faoliyati qayta tiklandi6.

Tarixga nazar tashlansa navbatdagi tarixiy bosqich Yuan sulolasi (1279-1368) davridagi gazetalar haqida ma'lumot yo'q. Ming sulolasi(1368-1644) davrida imperator saroyining rasmiy gazetasi "Di Bao" ("№M") nomi bilan tiklandi, ba'zan

2 ta^^W»^. - !№: +aÀKA^fttett, 1979. - m 5-8 M.

3 xm. - M: ^RA^tett, 2011. - m 16-18 M.

4 Tan sulolasi davrida poytaxt hisoblangan Changan shahrida joylashgan markaziy hokimiyat va provinsiyalar orasidagi aloqa agentligi.

- M: ^RA^tett, 2011. - m 22 - 24 M.

6 m - i№: tax^A^tett, 2002.- m 10m.

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

3(22), Nov., 2023

esa "Di Chao" ("№#") deb ham atalgan. Ming sulolasi davrida bosma nashrlarda katta rivojlanish yuz berdi. Sun imperiyasi davrida bosma harflar ixtiro qilingan bo'lsa-da, targ'ib qilinmadi va yangiliklarni tarqatishda qo'llanilmadi. Ming sulolasining oxirida "Di Bao" nashri bosma harflarga o'zgartirildi. Bu haqida "Ti ng Lin saralangan asarlar" (" ") kitobida muallif shunday degan "Ming

sulolasining so'nggi imperatori Chong Jen (1627-1644) hukumdorligining o'n birinchi yiligacha gazetalarning bosma harf shakli bo'lmagan"7. Demak bundan kelib chiqadiki, gazetalarning bosma harf shakli 1639-yil paydo bo'lgan.

Ven Jia Lin "Di Bao" gazetasini bosma harflar yordamida nashr etish Xitoyning yangiliklarni tarqatish texnologiyasida katta muvaffaqiyat hisoblanib ham mamlakat, ham dunyo jurnalistikasi tarixidagi muhim voqea sifatida baholangan. Biroq bu qadimgi rasmiy gazetalarning rivojlanishiga yordam bermadi8.

Ming sulolasi davriga kelib rasmiy gazetalar imperator tomonidan qattiq nazorat qilinib quyidagi qonunga amal qilingan: "Hikoyalar va imperator yodgorliklaridan nusxa ko'chirilmaydi va begona odamlar ularni tinglash uchun hech qanday sababga ega emas; ehtiyoj bo'lmasa, "Di Bao" gazetasidan nusxa ko'chirishga ruxsat berilmaydi"9. Yuqoridagi ma'lumotlarga asoslangan holda aytishimiz mumkinki, dastlabki gazetalarning ommaviyligi hukumat doirasida qolib ketgan, deyarli rasmiy axborotnoma xususiyatiga ega bo'lgan va buyurtma bilan aniq terajda chiqarilgan.

Tan va Sun imperiyasida bo'lganidek Ming sulolasi davrida ham "Di Bao"da imperator farmonlari va sud qarorlari kabi rasmiy hujjatlar nashr etilganini ko'rishimiz mumkin. Ammo Ming sulolasining oxirida "Di Bao" gazetasida kichik miqdordagi ijtimoiy yangiliklar paydo bo'la boshladi, bu esa Xitoy gazetalari uchun katta yutuq bo'ldi.

Taxminan ming yillik rivojlanishdan so'ng, Chin sulolasi(1644-1912)da rasmiy gazetalarni tarqatish qamrovi kengayib, undan olimlar va ziyolilar kabi auditoriya guruhlari ham foydalana boshladi, lekin gazetalar hali oddiy odamlarga yetib bormadi 10 . Chin sulolasi davrida "Jin Zuo Yuan" amaldorlariga turli provinsiyalarning ehtiyojlariga ko'ra gazetalarni ko'chirishga ruxsat berildi. Uzoq vaqt davomida Xitoy gazetalari qo'lyozma shaklida ko'paytirilgan. Chin sulolasining o'rtalariga kelibgina bosma usul asosiy texnologiyaga aylandi11. Demak, Cheng

3mm 15 m, - +s»s^fett,1985.m 29m.

8 xu#. - № ^RA^fett, 2011. - m 25 m.

9 xu#. - № ^R^^fett, 2011. - m 26 m.

10 m ^«mm - arn ». - i№: tt#^^x«^fett,2008. -m 45 m.

11 xu#. - mt: ^RA^fett, 2011. - m 28-29 m.

International scientific-practical conference on the (E)ISSN:2181-1784 topic of "Problems and perspectives of modern www.oriens.uz

technology in teaching foreign languages" 3(22) Nov 2023

sulolasi davrida gazetalar buyurtma bilan aniq terajda hukumat amaldorlaridan tashqari ziyolilar uchun ham chiqarilgan, ammo oddiy xalq bundan mustasno edi.

Taipin Samoviy Qirolligi (1851-1864) tashkil etilgach, qirol Hong Siuchuan Tyanjinni o'zining poytaxti sifatida belgilaganidan so'ng, markaziy va mahalliy hukumatlar o'rtasida ma'lumot almashish va harbiy operatsiyalarni samarali boshqarish uchun u ikki rasmiy hisobot tizimini yaratdi. Biri "hukumatga hisobot berish" bo'lib uning vazifasi imperator farmonlari, rasmiy hujjatlarini e'lon qilish uchun mas'ul bo'lgan, "shufu hukumati" esa harbiy yangiliklarni yetkazish uchun mas'ul edi12.

1898-yil Chin sulolasida imperator Guangsu bir necha qonuniy kuchga ega bo'lgan farmonlar chiqarib, rasmiy gazetalar va fuqarolik gazetalarining huquqiy maqomini rasman tan oldi13. Imperator Guangsu davriga kelibgina birinchi marta amaldorlar, zodagonlar va oddiy odamlar gazetalarni yuritish erkinligiga ega bo'ldilar.

"Yuz kunlik islohot" davrida hukumat amaldori Song Bolu Shanhaydagi islohotchilar tomonidan asos solingan "Joriy yangiliklar" (" Bt ^ ^ ")ni rasmiy gazetaga aylantirishni so'radi va bu taklif imperator Guangsu tomonidan ma'qullandi. Ushbu gazetada hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, ijtimoiy hayotda yuz berayotgan voqealar, xorij yangiliklari ochiq-oydin chop etila boshlandi14. Imperator Guangsu davrida gazetaning rivojlanishi uchun bildirilgan takliflar qo'llab -quvvatlandi va xorijda yuz berayotga yangiliklar ham gazeta sahifalaridan joy ola boshladi.

Chin sulolasi oxiriga kelib 1902-yilda "Beiyang yangiliklari" nomli yangi rasmiy gazetaga asos solindi. Gazeta 1911-yil oktyabrigacha nashr etilgan bo'lib dastlab ikki kunlik nashr sifatida chop etilgan va 1906-yil yanvar oyida kundalik nashrga o'zgartirilgan, hajmi 8 va 10 sahifani tashkil etgan. Bu Chin sulolasi oxirgi davrida mahalliy hukumat organi gazetasi bo'lib xizmat qilgan rasmiy gazetadir.

"Beiyang yangiliklari"da farmon va olib borilayotgan siyosat, ta'lim tizimi va harbiy ishlar, turli tadqiqotlarning yangi nazariyalari, qishloq xo'jaligi, savdo, sanoat, tashqi ishlar bo'yicha muzokaralar, provinsiyalar va boshqa mamlakatlar yangiliklari haqida xabarlar berib borilgan15. Chin sulolasi hukmdorligining so'nggi yillarida gazetalarda hukumat siyosati, ijtimoiy hayot va xorijiy yangiliklardan tashqari iqtisodiyot, qishloq xo'jaligi, ilm-fandagi yangiliklar, tashqi siyosat ham yoritilishi boshlanganligi bilan zamonaviy gazetalar xususiyatlariga ega bo'lgan.

- № ^RA^fett, 2011. - m 30 K.

- ^RA^fett, 2011. - m 32 - 33 K.

- ±«: - m 35 K.

15 - ^RA^fett, 2011. - m 35 - 38 K.

14

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

3(22), Nov., 2023

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, Xitoyda ilk gazetalar Tan sulolasi davrida "Bao Zuang" va "Di Li Zuang" nomlari bilan chop etilgan. Sun sulolasi davrida "Di Bao" gazetasiga asos solingan va gazetalardagi xabarlar imperator saroyining siyosiy faoliyatiga tegishli bo'lgan, ijtimoiy hayot yoritilmagan, hamda yuqori martabali amaldorlar uchungina nusxa ko'chirilgan. Ming sulolasining dastlabki yillarida ham ushbu qat'iy tizim saqlanib qolinib, sulolaning so'ngi yillariga yaqin gazetalarda ijtimoiy yangiliklar yoritila boshlandi va Xitoy matbuoti tarixadagi ulkan yangilikni boshlab berdi. Xitoy matbuotining eng rivojlangan davrini Chin sulolasi bilan bog'lash mumkin. Chin sulolasiga kelib gazetalarni tarqatish qamrovi kengayib, undan oddiy xalqdan tashqari olimlar va ziyolilar kabi auditoriya guruhlari foydalana boshladi, bosma usul texnologiyasi yaratildi, matbuotning maqomi oshdi va gazetalarni yuritish uchun barchaga ruxsat berildi. Gazetalarda hukumat siyosati, ijtimoiy hayot va xorijiy yangiliklardan tashqari iqtisodiyot, qishloq xo'jaligi, ilm-fandagi yangiliklar, tashqi siyosat ham yoritilishi boshlangani e'tiborga loyiq yangilik bo'ldi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Shazamanov Sh., Bekmuratov I. Xitoy matbuot tarixi va tili. - Toshkent, 2010. - 120 b.

2. - ft*: taA^A^fett,1979. - 1000 m.

3. XU#. taHW^. - mft: ^RA^fett,2011. - 464 m.

4. - ft*: +SA^A^fett,2002. - 366 m.

5. im^. wxam 3 mm 15 m, ^^«tam^». - ta

ii®^fett,1985. - 320 m.

6. - «ttmATO ». - ft*: ^XMfett,2008. - 266 m.

7. - t^M,1954. - 470 m.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.