Научная статья на тему 'XAVFSIZ HARAKATNI TASHKIL ETISHDA MEHNAT MUHOFAZASI FANINI O‘QITISHNI O‘RNI'

XAVFSIZ HARAKATNI TASHKIL ETISHDA MEHNAT MUHOFAZASI FANINI O‘QITISHNI O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
8
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ekologik xavf / homo agens / global iqlim o'zgarishi / mehnat xavfsizligining nazariy asoslari / kimyoviy va toksik moddalar / ekologik inqiroz / suvlarini tuzsizlantirish / mahsulotga rang berish / maishiy va qattiq chiqindilar / rekultivatsiya / poligonlar. / Ecological risk / homo agens / global climate change / theoretical bases of labor safety / chemical and toxic substances / environmental crisis / water desalination / product coloring / household and solid waste / reclamation / landfills.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Yuldoshev Sh.X., Mo‘minjonov N. N.

Ushbu maqolada zamonaviy fan va texnika taraqqiyoti ishlab chiqarishda yuqori samarali va xavfsiz texnologiyalarni, mehnatni tashkil qilishning ilg`or usullarini tadbiq etish va shu bilan birgalikda ushbu soha uchun yuqori malakali o’rta bo’g`in kadrlari tayyorlashni talab qiladi. Ularning sanoat korxonalarida xavfsiz mehnat qilishlarini ta’minlash ularga sog`lom mehnat sharoitlarini yaratish, jarohatlanish va kasb kasalliklarining oldini olish usullarini o’rgatish orqali amalga oshiriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF OSH TRAINING IN ORGANIZING SAFE TRAFFI

In this article, the development of modern science and technology requires the application of highly effective and safe technologies, advanced methods of labor organization in production, and at the same time the training of highly qualified middle-level personnel for this field. Ensuring their safe work in industrial enterprises is carried out by teaching them methods of creating healthy working conditions, preventing injuries and occupational diseases.

Текст научной работы на тему «XAVFSIZ HARAKATNI TASHKIL ETISHDA MEHNAT MUHOFAZASI FANINI O‘QITISHNI O‘RNI»

Yuldoshev Sh.X.

NamMQI o 'qituvchisi Mo 'minjonov N.N.

NamMQI o 'qituvchisi Namangan Muhandislik Qurilish institute

XAVFSIZ HARAKATNI TASHKIL ETISHDA MEHNAT MUHOFAZASI

FANINI O'QITISHNI O'RNI

Annotasiya. Ushbu maqolada zamonaviy fan va texnika taraqqiyoti ishlab chiqarishda yuqori samarali va xavfsiz texnologiyalarni, mehnatni tashkil qilishning ilg^or usullarini tadbiq etish va shu bilan birgalikda ushbu soha uchun yuqori malakali o 'rta bo 'gin kadrlari tayyorlashni talab qiladi. Ularning sanoat korxonalarida xavfsiz mehnat qilishlarini ta'minlash ularga soglom mehnat sharoitlarini yaratish, jarohatlanish va kasb kasalliklarining oldini olish usullarini o 'rgatish orqali amalga oshiriladi.

Kalit so'zlar: Ekologik xavf, homo agens, global iqlim o'zgarishi, mehnat xavfsizligining nazariy asoslari, kimyoviy va toksik moddalar, ekologik inqiroz, suvlarini tuzsizlantirish, mahsulotga rang berish, maishiy va qattiq chiqindilar, rekultivatsiya, poligonlar.

Yuldoshev Sh.Kh.

teacher NamMQI Mominjanov N.N.

teacher NamMQI

Namangan Engineering Construction Institute THE ROLE OF OSH TRAINING IN ORGANIZING SAFE TRAFFIC

Abstract. In this article, the development of modern science and technology requires the application of highly effective and safe technologies, advanced methods of labor organization in production, and at the same time the training of highly qualified middle-level personnel for this field. Ensuring their safe work in industrial enterprises is carried out by teaching them methods of creating healthy working conditions, preventing injuries and occupational diseases.

Key words: Ecological risk, homo agens, global climate change, theoretical bases of labor safety, chemical and toxic substances, environmental crisis, water desalination, product coloring, household and solid waste, reclamation, landfills.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy va siyosiy sohalardagi barcha islohotlarning asosiy maqsadi yurtimizda yashayotgan barcha fuqarolar uchun munosib hayot sharoitlarini yaratib berishga qaratilgandir. Albatta, munosib hayot sharoitini yaratish ilmiy-texnik taraqqiyot asosida amalga oshiriladi va bu inson mehnatini yengillashtirish bilan bir qatorda, turli xil xavfli faktorlarni vujudga keltiradiki, natijada har xil ko'rinishdagi baxtsiz hodisalar: jarohatlanishlar, shikastlanishlar va kasb kasalliklari vujudga keladi. Lekin, bu muqaddas zaminda yashayotgan har bir inson yaxshi yashashni, ya'ni o'zining moddiy-ma'naviy va ijtimoiy ehtiyojlarini to'liqroq qondirishni istaydi. Aynan shu sababli inson tinimsiz faoliyatda bo'ladi. Faoliyat - insonning yashashi uchun zarur bo'lgan asosiy shart-sharoitlardan biridir. Mehnat - faoliyatning oliy shaklidir. Falsafiy nuqtayi nazardan olib qaraganda, «inson» tushunchasiga eng xos aniqlanish «Homo agens», ya'ni «Harakatdagi inson»dir. Albatta, faoliyat va mehnat shakli turlicha bo'lib, h hayotdagi ishlab chiqarish, madaniyat, jamoat ishlari, ilmiy ishlar va boshqa sohalardagi amaliy, intellektual hamda ma'naviy jarayonlarni o'z ichiga oladi.

Asosiy qism: «Mehnatni muhofaza qilish» fani insonning ishlab chiqarishdagi faoliyatida sodir bo'ladigan turli shakldagi xavflarni bartaraf etish va ulardan himoyalanish yo'llarini o'rganishga qaratilgan nazariy fandir. U keng qamrovli ilmiy-amaliy izlanishlar va tadqiqotlar asosida rivojlanib, takomillashib boradi [1]. Insonning mehnat xavfsizligini ta'minlashda ilmiy nazariy izlanishlar asosida vujudga kelgan qonunlar, nizomlar, standartlar, ko'rsatmalar, qoidalar va sanitar texnik me'yorlar hamda ularni o'rganish bo'yicha uzluksiz ta'lim-tarbiya tizimini vujudga keltirish, uni rivojlantirish muhim o'rin tutadi. Mehnatni muhofaza qilish fanining asosiy maqsadi talabalarga insonning ishlab chiqarishdagi mehnat faoliyati davrida yuzaga keladigan xavfli faktorlar, ularning kelib chiqish sabablari va bartaraf etish yo'llari, mehnat xafsizligini ta'minlash hamda xavfsiz va sog'lom ish sharoitlarini yaratish bo'yicha nazariy bilim berish va amaliy ko'nikmalar hosil qilishdan iboratdir [2]. Yuqoridagilarga mos holda talabalar fanni o'rganish davomida quyidagilarni nazariy jihatdan o'zlashtirishlari lozim:

- mehnat xavfsizligining nazariy asoslari. Ergonomika va mehnat xavfsizligi psixologiyasi haqida tushuncha;

- mehnat xavfsizligini ta'minlovchi asosiy tamoyillar, uslublar va vositalar tizimi; - mehnat xavfsizligini boshqarish asoslari;

- mehnat xavfsizligining huquqiy va tashkiliy asoslari. Mehnatni muhofaza qilish bo'yicha qonunlar, standartlar tizimi, nizomlar, ko'rsatmalar, ishlab chiqarish sanitariyasi me'yorlari va boshqa me'yoriy hujjatlar:

- ishlab chiqarishda mehnat xavfsizligini ta'minlash, sog'lom va xavfsiz ish sharoitlarini yaratish bo'yicha rejali tadbirlar mazmuni, uni ishlab chiqish tartibi;

- ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni tahlil qilish, ularni tekshirish va hujjatlashtirish tartiblari;

- mehnat xavfsizligini ta'minlashning iqtisodiy samaradorligini oshirish, baxtsiz hodisa^ sabablaгini aniqlash uslublaгini o'гganish;

- xavfsiz mehnat sharaitini ta'minlashga qaгatilgan shaxsiy himoya vositalari bilan ishchi-xizmatchilarni ta'minlash tartibi va ulaгdan foydalanish yo'llaгi.

Ishlab chiqarish binolardagi ish o'rinlarida havoning harorati, nisbiy

namligi va harakat tezligining yo'l qo'yiladigan me'yorlari [4]

Yil fasli Ish toifalari Havoning harorati, °C Nisbiy namligi, % Harakat tezligi, m/s

Sovuq mavsum yengil -I 20-23 б0-30 0.2

o'rtacha ogirlikdagi-IIa 18-20 б0-40 0.2

IIb 17-1б б0-40 0.3

ogir -III 1б-19 б0-40 0.3

Iliq yoki o'tish davri yengil -I 20-25 б0-40 0.2

o'гtacha ogirlikdagi-IIa 21-23 б0-40 0.3

IIb 20-22 б0-40 0.4

ogir -III 18-21 б0-40 0.5

Issiq mavsum yengil -I 20-30 б0-30 0.3

o'rtacha ogirlikdagi-IIa 20-30 б0-30 0.4-0.5

IIb 20-30 б0-30 0.5-0.7

ogir -III 20-30 б0-30 0.5-1.0

Xulosa.

Mehnatni muhofaza qilish - ishlab chiqarishdagi mehnat xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan vosita^ usullaг majmuidiг. Demak, insonning mehnat xavfsizligini ta'minlash biгinchi navbatda uning mehnat faoliyati jarayonini va uni amalga oshirishda yuzaga keladigan xavfli faktorlarni o'rganishni talab etadi. Bunday muammolarni bartaraf etishda, xavfsiz harakatni tashkil etishda mehnat muhofazasi fanining o'mi kata ahamiyat kasb etmoqda.

Foydalanilga adabiyotlar ro'yxati:

1.Mominjonov, N. N. (2023). atmosfera havosini ifloslanishi natijasida insonlarga bo 'layotgan ta'siri. Экономика и социум, (11 (114)-1), 226-230.

2. Nozimjon, M., & Abdurakhim, K. (2023). to the question of analysis of industrial and environmental safety management systems. Universum: технические науки, (2-5 (107)), 20-23.

3. Nemadjon, M. N. (2023). Analysis of industrial and environmental safety management systems. European International Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies, 3(10), 149-155.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.