Научная статья на тему 'MEHNAT XAVFSIZLIGINING PSIXOLOGIK ASOSI'

MEHNAT XAVFSIZLIGINING PSIXOLOGIK ASOSI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
156
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
jarohatlanishlar / shikastlanishlar / kasallanishlar / yong‘inlar / ishlab chiqarishdagi avariyalar / xavfsizlik texnikasi / ruhiy jarayonlar / ruhiy xususiyatlar / ruhiy holat / mehnat psixologiyasi / mehnat faoliyati samaradorligi / paroksizmal holat / sanitar-gigiyenik sabablar. / injuries / injuries / illnesses / fires / industrial accidents / safety techniques / mental processes / mental characteristics / mental state / work psychology / labor efficiency / paroxysmal condition / sanitary-hygienic reasons.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Mo‘minjonov N. N., Maxamadlatifov A., Mahamadaminov A.

Ushbu maqolada Mehnatni muhofaza qilish fanining asosiy maqsadi talabalarga insonning ishlab chiqarishdagi mehnat faoliyati davrida yuzaga keladigan xavfli faktorlar, ularning kelib chiqish sabablari va bartaraf etish уo‘llari, mehnat xafsizligini ta’minlash hamda xavfsiz va sog‘lom ish sharoitlarini yaratish bo‘yicha nazariy bilim berish va amaliy ko‘nikmalar hosil qilishdan iboratdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PSYCHOLOGICAL BASIS OF LABOR SECURITY

In this article, the main goal of the science of labor protection is to provide students with the theoretical knowledge of dangerous factors that arise during human labor activity in production, their causes and methods of elimination, ensuring labor safety and creating safe and healthy working conditions. is to give and create practical skills.

Текст научной работы на тему «MEHNAT XAVFSIZLIGINING PSIXOLOGIK ASOSI»

Mo 'minjonov N.N.

Namangan Muhandislik Qurilish instituti stajyor-o 'qituvchisi

Maxamadlatifov A.

Ashurova L. Mahamadaminov A.

Namangan Muhandislik Qurilish instituti talabasi

MEHNAT XAVFSIZLIGINING PSIXOLOGIK ASOSI

Annotasiya. Ushbu maqolada Mehnatni muhofaza qilish fanining asosiy maqsadi talabalarga insonning ishlab chiqarishdagi mehnat faoliyati davrida yuzaga keladigan xavfli faktorlar, ularning kelib chiqish sabablari va bartaraf etish yo'llari, mehnat xafsizligini ta'minlash hamda xavfsiz va sog'lom ish sharoitlarini yaratish bo 'yicha nazariy bilim berish va amaliy ko 'nikmalar hosil qilishdan iboratdir.

Kalit so 'zlar: jarohatlanishlar, shikastlanishlar, kasallanishlar, yong'inlar, ishlab chiqarishdagi avariyalar, xavfsizlik texnikasi, ruhiy jarayonlar, ruhiy xususiyatlar, ruhiy holat, mehnat psixologiyasi, mehnat faoliyati samaradorligi, paroksizmal holat, sanitar-gigiyenik sabablar.

Mominjanov N.N. trainee-teacher

Namangan Engineering and Construction Institute

Makhamadlatifov A.

Ashurova L. Mahamadaminov A.

student

Namangan Engineering and Construction Institute PSYCHOLOGICAL BASIS OF LABOR SECURITY

Abstract. In this article, the main goal of the science of labor protection is to provide students with the theoretical knowledge of dangerous factors that arise during human labor activity in production, their causes and methods of elimination, ensuring labor safety and creating safe and healthy working conditions. is to give and create practical skills.

Key words: injuries, injuries, illnesses, fires, industrial accidents, safety techniques, mental processes, mental characteristics, mental state, work psychology, labor efficiency, paroxysmal condition, sanitary-hygienic reasons.

Zamonaviy ishlab chiqarish sharoitida baxtsiz hodisalami (jarohatlanishlar, shikastlanishlar, kasallanishlar, yong'inlar va b.) kamaytirish muammosini

'^KOHOMHKa h ^HyMM №5(120)-1 2024

www.iupr.ru

512

faqatgina muhandislik uslublari orqali hal etib bo'lmaydi. Shu sababli, mehnat xavfsizligi psixologiyasi faoliyat xavfsizligini ta'minlashda muhim o'rin tutadi.

Tajribalarning ko'rsatishicha ishlab chiqarishdagi avariyalar va jarohatlanishlarning ko'pchiligi mashinalardagi muhandislik-konstruktorlik nuqsonlar yoki texnik- texnologik sabablar orqali emas, balki tashkiliy-psixologik, ya'ni xavfsizlik texnikasi bo'yicha yetarli bilimga ega bo'lmaslik, yetarli darajada o'qitilmaslik, ishchining bilib- bilmay xavfsizlik qoidalariga rioya qilmasligi, xavfli ishlarga maxsus o'qishlardan o'tmaganlarga ruxsat berish, ishga mutaxassislik bo'yicha qabul qilmaslik va shu kabi qator sabablar ta'sirida yuz beradi. Shu sababli, ko'pincha jarohatlanishlarning 60-70 foiziga bevosita jarohatlanuvchi- larning o'zlari aybdor bo'ladi. Xavfsizlik psixologiyasi deganda insonning mehnat xavf- sizligini ta'minlashga qaratilgan psixologik bilimlardan foydalanish tushuniladi[1].

Xavfsizlik psixologiyasi mehnat faoliyati davomida yuz beradigan turli jarayonlarni, xususiyatlarni va holatlarni chuqur o'rganadi hamda tahlil qiladi. Shunga bog'liq holda, insonning ruhiy faoliyatini uch xil komponentga ajratish mumkin, ya'ni ruhiy jarayonlar, xususiyatlar va holatlar.

Ruhiy jarayonlar - ruhiy faoliyatning asosini tashkil etadi. Ruhiy jarayonlar bilish, emotsional va irodaviy sezish (his qilish, idrok etish, xotirlash va b.) kabi turlarga bo'linadi.

Ruhiy xususiyatlar (shaxsiy fazilatlar). Ruhiy xususiyatlarga insonning xarakteri, dunyoqarashi, fikrlash qobiliyati, shaxsiy fazilatlarga esa intellektual, emotsional, axloqiy va mehnat qobiliyati hamda irodasi kiradi. Xususiyatlar turg'un va doimiy hisoblanadi.

Ruhiy holat - ruhiy jarayonlarga ijobiy yoki salbiy ta'sir etuvchi ruhiy faoliyat xususiyatini bildiradi.

Mehnat psixologiyasi vazifalari hamda mehnat xavfsizligi psixologiyasi muammolaridan kelib chiqqan holda, ruhiy holatni: ishlab chiqarish ruhiy holati va maxsus ruhiy holatlarga ajratish mumkin. Maxsus ruhiy holat ishlab chiqarish jarohatlari, shikastlanishlar va shu kabi ko'ngilsiz oqibatlar bo'yicha profilaktik tadbirlarni tashkillashtirishda yuzaga kelishi mumkin[2].

Insonning mehnat faoliyati samaradorligi (ish qobiliyati) ruhiy zo'riqish, ya'ni hayajonlanish darajasiga bog'liq holda o'zgaradi. Ruhiy zo'riqish ma'lum chegaragacha ish natijasiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Lekin bu xususiyatni chegaradan, ya'ni kritik darajadan ortiq bo'lishi ish qobiliyatini pasayishidan tortib umuman yo'qolishigacha olib kelishi mumkin. Bunday ruhiy zo'riqish, chegaradan tashqari zo'riqish deb belgilanadi. Ishchining mehnat faoliyat davridagi me'yoriy ruhiy yuklanganligi maksimal yuklanish darajasining 40-60 foizini tashkil etishi lozim, aks holda, yuklan- ganlikning bu chegaradan oshishi ishchining ish qobiliyatini susayishiga olib keladi. Chegaradan tashqari ruhiy zo'riqish tormozli va asabiy ko'rinishlarga bo'linadi. Tormozli ruhiy zo'riqish harakatning cheklanganligi va sekinlashishi orqali tavsiflanadi.

Asabiy zo'riqish, hayajonlanish, ruhiy zo'riqish giperaktivligi, ko'p so'zlilik, qo'1 va ovoz qaltirashi kabi belgilarda namoyon bo'ladi. Bunday holatda ishchi dag'al, xafaqon ko'rinishga tushishi, tez-tez beixtiyor ish jihozlari va asboblari holatini kuzatishi, ust-kiyimini to'g'rilashi, qo'lini artishi va shu kabi qiliqlarni bajarishi kuzatiladi. Albatta, bu holatlarning barchasi xatoga yo'1 qo'yilishiga va natijada baxtsiz hodisalarni kelib chiqishiga sabab bo'ladi[3].

Ishchining ruhiy ishonchliligini belgilovchi alohida ruhiy holatlar: paroksizmal hushdan ketish, kayfiyatni psixogen o'zgari-shi, ruhiy aktiv vositalarni (stimulatorlar, trankvilizatorlar, alkogol ichimliklar) qabul qilish ta'siridagi ruhiy o'zgarishlar ko'rinishlarida bo'ladi.

Paroksizmal holat - turli xil toifadagi hushdan ketish (bosh miyaning organik kasallanishi, epilepsiya, hushdan ketish), ya'ni bir necha sekunddan bir necha daqiqa oralig'ida hushni yo'qotishdir. Albatta, bunday holat turli xil og'ir oqibatlarga olib keluvchi, ba'zida o'lim bilan tugovchi baxtsiz hodisalarga sabab bo'lishi mumkin.

Psixogen o'zgarishlar va «affektiv» (affekt-hissiy port- lash, emotsional portlash) holatlar ruhiy ta'sir orqali yuzaga keladi. Kayfiyatning tushishi va apatiya bir necha soatdan bir necha oygacha davom etishi mumkin. Albatta, bunga turli xil ko'ngilsiz hodisalar, ixtilofli, mojaroli vaziyatlar sabab bo'ladi. Bunday holatda befarqlik, lanjlik, lohaslik, tormozlanganlik, e'tiborsizlik, muskul harakatining susayishi sodir bo'lishi yazaga keladi va bu holatlar o'z-o'zini nazorat qilish qobiliyatini susayishiga, natija esa turli ko'rinishdagi baxtsiz hodisalarni kelib chiqishiga olib kelishi mumkin[4].

Ruhiy faoliyatni maishiy va ishlab chiqarish omillari ta'sirida o'zgarishi ishlab chiqarish faoliyatidagi muhandis- tashkilotchilar oldiga ishchining ruhiy holatini nazorat qiluvchi tizimni vujudga keltirish hamda takomillashtirish zarurligini ko'rsatadi. Ishlab chiqarishda kasb kasalliklarining oldini olish va ishlab chiqarish jarohatlarini kamaytirishda, ushbu baxtsiz hodisalarni chuqur tahlil qilish asosida ularni keltirib chiqaruvchi sabablarni hamda ishlab chiqarishdagi xavfli va zararli omillarni puxta o'rganish mubim rol o'ynaydi.

Baxtsiz hodisalarning sabablari asosan quyidagi 4 guruhga bo'linadi: texnikaviy, sanitar-gigiyenik, tashkiliy va psixofiziologik.

Texnikaviy sabablarga mashina va mexanizmlar hamda ish jihozlarining nosozligi, elektr qurilmalarining yerga ulanmaganligi, yuklashtushirish mashinalaridan noto'g'ri foydalanish, mashina va mexanizmlar konstruk- siyasini mehnat muhofazasi talablariga javob bermasligi kabilar kiradi.

Sanitar-gigiyenik sabablarga esa mehnat gigiyenasi, sanitar me'yorlar va qoidalarga amal qilmaslik, yoritilganlik, harorat, nisbiy namlik, havoning harakatlanish tezligi, havoning bosimi kabi ko'rsatkichlarni me'yordan chetga chiqishi, yuqori miqdordagi shovqin, titrash, havo- ning changlanganligi yoki gazlanganligini kiritish mumkin.

'^KOHOMHKa h соцнумм №5(120)-1 2024

www.iupr.ru

514

Psixofiziologik sabablarga bajarilayotgan ishga e'tiborsiz qaralishi, ishchining o'z faoliyatida bo'lgan nazoratining bo'shligi, jismoniy yoki asabiy toliqish va boshqa shu kabilar kiradi.

Ishlab chiqarishdagi xafli va zararli omillar ishning turi va mehnat sharoitiga bog'liq holda 4 guruhga bo'linadi: fizikaviy, kimyoviy, biologik va psixofiziologik.

Fizikaviy omillarga harakatdagi mashina va mexanizmlar, ularning himoyalanmagan qo'zg'aluvchi mexanizmlari, ish joyi havosining yuqori darajada changlanganligi, gazlanganligi, baland darajadagi shovqin, titrash, infratovush, ultratovush, turli xi1 nurlanishlar, statik elektr zaryadlari, yuqori kuchlanishdagi elektr yoki magnit maydonlari, yoritilganlik darajasining me'yordan chetga chiqishi kabi omillar kiradi.

Kimyoviy omillarga ishlab chiqarish jarayonlarida ishlati-ladigan yoki ajralib chiqadigan turli xil kimyoviy moddalar kiradi. Ularni insonga ta'sir etish xususiyatiga qarab quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: umumiy zaharlovchi, ko'payish funksiyalariga ta'sir etuvchi; inson a'zolariga kirish yo'li orqali esa: nafas olish yo'li orqali ta'sir etuvchi, ovqatlanish va hazm qilish tizimi orqali va bevosita teri orqali ta'sir etuvchi. Biologik omillarga esa har xil jarohatlar va kasalliklarni keltirib chiqaruvchi mikro va makro- organizmlar: bakteriyalar, virus-lar, rikket, zamburug'lar, har xil zaharli o'simliklar va hayvonlar kiradi.

Foydalanilga adabiyotlar ro'yxati: 1. Yormatov G '.Yo. «Hayot faoliyati xavfsizligi» ma'ruzalar matni. Т., 2000 y.2. Yormatov G '.Yo., Nasretdinova Sh. Sh. «Sanoat sanitariyasi». 0 'quv qoMlanma Т., 1999-y.

3. Yormatov G '.Yo., Hamroyeva A. L. «Atrof-muhitni ifloslantiruvchi omillar va ularga qarshi kurash chora-tadbirlari». 0 'quv qoMlanma. Т., 2002-y.

4. Yormatov G '.Yo., Isamuxamedov Yo.U. «Mehnatni muhofaza qilish». Darslik. Т.: «0 'zbekiston», 2002-y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.