Научная статья на тему 'XALQARO YURISDIKSIYA TO‘G‘RISIDAGI KELISHUVLARNI TALQIN QILISHNING MUAMMOLI JIHATLARI'

XALQARO YURISDIKSIYA TO‘G‘RISIDAGI KELISHUVLARNI TALQIN QILISHNING MUAMMOLI JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
308
45
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Xalqaro yurisdiksiya to‘g‘risidagi kelishuv / proragatsion hamda deragatsion ta’sir / erk muhtoriyati / vakolatli forumni tayinlash. / Agreement on international jurisdiction / proragency and deragation effect / autonomy of will / designation of a competent forum.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Sirojiddin Namozov

Ilmiy maqolada xalqaro yurisdiksiya to‘g‘risidagi kelishuvlarni talqin qilishning muammoli jihatlari, shuningdek, xalqaro yurisdiksiya to‘g‘risidagi kelishuv turlari, kelishuvlarning doirasi, bunlan tashqari, vakolatli forumni tayinlash hamda boshqa masalalar yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROBLEMS OF INTERPRETATION OF INTERNATIONAL JURISDICTION AGREEMENTS

The science article deals with the problematic aspects of the interpretation of agreements on international jurisdiction, as well as the types of agreements on international jurisdiction, the scope of agreements, as well as the appointment of an authorized forum and other issues.

Текст научной работы на тему «XALQARO YURISDIKSIYA TO‘G‘RISIDAGI KELISHUVLARNI TALQIN QILISHNING MUAMMOLI JIHATLARI»

XALQARO YURISDIKSIYA TO'G'RISIDAGI KELISHUVLARNI TALQIN QILISHNING MUAMMOLI JIHATLARI

Sirojiddin Namozov

JIDU magistri

ANNOTATSIYA

Ilmiy maqolada xalqaro yurisdiksiya to'g'risidagi kelishuvlarni talqin qilishning muammoli jihatlari, shuningdek, xalqaro yurisdiksiya to'g'risidagi kelishuv turlari, kelishuvlarning doirasi, bunlan tashqari, vakolatli forumni tayinlash hamda boshqa masalalar yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: Xalqaro yurisdiksiya to'g'risidagi kelishuv, proragatsion hamda deragatsion ta'sir, erk muhtoriyati, vakolatli forumni tayinlash.

PROBLEMS OF INTERPRETATION OF INTERNATIONAL JURISDICTION

AGREEMENTS

ABSTRACT

The science article deals with the problematic aspects of the interpretation of agreements on international jurisdiction, as well as the types of agreements on international jurisdiction, the scope of agreements, as well as the appointment of an authorized forum and other issues.

Keywords: Agreement on international jurisdiction, proragency and deragation effect, autonomy of will, designation of a competent forum.

Avvalo, aytib o'tishimiz kerakki, Xalqaro yurisdiksiya to'g'risidagi kelishuvlarni xalqaro va milliy darajalarda huquqiy tartibga solishning asosiy muammolari bunday kelishuvlarning "sui generis'larining maxsus huquqiy tabiati bilan bog'liq hisoblanadi. Xalqaro yurisdiksiya to'g'risidagi kelishuv - tomonlar milliy sudlarda qaysi davlat ilgari kelib chiqqan yoki kelajakda ushbu tomonlar o'rtasida mavjud bo'lgan huquqiy munosabatlar bilan bog'liq holda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan nizoni ko'rib chiqilishini belgilaydigan kelishuviga nisbatan aytiladi (proragatsion ta'sir). SHuningdek, xalqaro yurisdiksiya to'g'risidagi kelishuv orqali tomonlar boshqa davlatlar sudlarining yurisdiksiyasini chiqarib tashlashlari mumkin (derogatsion ta'sir).

Xalqaro yurisdiksiya to'g'risidagi kelishuv ommaviy xarakterga ega bo'lgan protsessual munosabatlarda qo'llanilishiga qaramay, ularni tuzish imkoniyati qonun chiqaruvchi tomonidan ruxsat etilgan tomonlarning erk muhtoriyatiga asoslanadi.

Tomonlar o'rtasida kelishuv sifatida xalqaro yurisdiksiya to'g'risidagi bitim tomonlar uchun huquq va majburiyatlarni keltirib chiqaradi. Tomonlarning

yurisdiksiyani belgilash huquqidan foydalanish bu tomonlarning o'zaro erk ifodasi hisoblanadi, bu nizo yuzaga kelganda tomonlarning ma'lum sudga da'vo arizasi bilan murojaat qilish hamda ariza berishdan bosh tortish majburiyatini yaratadi.

Bundan tashqari, mustaqil (avtonom) xarakterga ega bo'lgan xalqaro yurisdiksiya to'g'risidagi kelishuv, u qanday majburiyatlarni yuklashi va tomonlarga qanday huquqlar berishini aniqlash uchun talqin qilinishi lozim.

Xalqaro yurisdiksiya to'g'risidagi kelishuvlarni talqin qilish hayotiy amaliy ahamiyatga ega. Masalan, «halqaro yurisdiksiya to'g'risidagi kelishuvdan kelib chiqadigan nizolar «X» davlati sudlarining vakolatiga kiradi» shaklida tuzilgan xalqaro yurisdiksiya to'g'risidagi kelishuv tomonzlar o'rtasida quyidagi kelishmovchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin:

- kelishuv turi bo 'yicha (bunday kelishuv boshqa davlatlar sudlarining vakolatlarini istisno qiladimi yoki istisno qilmaydimi?);

- sud yurisdiksiyasi kelishuvi bilan o'zgartirilgan nizolar doirasi to'g'risida (masalan, bunday kelishuv, ko'rsatilgan shartnomani bajarish bilan bog'liq holda kelib chiqadigan asossiz kelishuv to 'g'risidagi nizoni o 'z ichiga oladimi yoki yo 'qmi?);

- vakolat berilgan sudni tayinlash to'g'risida (kelib chiqqan nizoni tegishli davlatning har qanday birinchi instansiya sudida ko'rmasdan, boshqa "X" davlat sudlariga murojaat qilish kifoya qiladimi?).

Mazkur yuqorida keltirilgan savollarga beriladigan javoblar xalqaro yurisdiksiya kelishuvi ta'sirining mavjudligi yoki mavjud emasligiga ta'sir qiladi, ya'ni ular nizoni ko'rib chiqish uchun sud vakolatiga oid masalani hal qilishga imkon beradi. Turli mamlakatlarda xalqaro yurisdiksiya to'g'risidagi kelishuvlarni talqin qilishning turli xil standartlari mavjudligini hisobga olib, xalqaro yurisdiksiya to'g'risidagi kelishuvlarni talqin qilishda qo'llaniladigan qonunchilikni yaratish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

Xalqaro yurisdiksiya to'g'risidagi kelishuvlarni talqin qilishda qo'llaniladigan qonunchilikni aniqlashning ahamiyati ko'p tadqiqotchilar tomonidan tan olinmagan. Nemis doktrinasidan, mazkur masala ya'ni xalqaro yurisdiksiya to'g'risidagi kelishuvlarni talqin qilishda qo'llaniladigan qonunchilikni aniqlashning ahamiyati xususida, faqat dogmatik mubolag'a (übertriebene dogmatische Zuspitzung) va uning amaliy ahamiyati yo'q degan nuqtai nazarni topishimiz mumkin1. Bundan tashqari, yuqoridagi dalilni rad etish uchun biz turli xil huquqiy tartibda mavjud bo'lgan xalqaro yurisdiksiya to'g'risidagi kelishuvlarni talqin qilishning bir nechta moddiy-huquqiy jihatlarini ko'rib chiqamiz, bu xalqaro yurisdiksiya to'g'risidagi kelishuvlarni talqin qilishda kollizion huquqlar masalasini hal qilishning muhimligini aniq ko'rsatib beradi.

1 Lindenmayr B. Lorenz асарларига мурожаат килган холда. Тафсилотлар учун каранг: Lindenmayr B. С. 146. Шунга ухшаш нуктаи назарни Х. Shack хам билдирган, каранг: Shack Х. П. 222.

SHu bilan birgalikda, xalqaro yurisdiksiya to'g'risidagi kelishuvlarni talqin qilish jarayoni kelishuv turini, kelishuvda ko'rib chiqiladigan nizolarning doirasini va vakolatli sud qarorini belgilash uchun alohida ahamiyatga ega.

Eng avvalo, kelishuv turiga e'tibor qaratamiz.

1215/2012 yildagi Reglamentning 25-moddasi 1-bandida; shuningdek, 2007 yilda qabul qilingan Lugansk konvensiyasining, 3-moddasida, shu bilan birgalikda, 2005 yildagi Gaaga konvensiyalarida xalqaro fuqarolik protsessining milliy-haqiqiy manbalari, qarama-qarshi tomonlarning aniq ifodalangan erki bo'lmagan taqdirda, tuzilgan xalqaro yurisdiksiya to'g'risidagi kelishuvlarning haqiqiylik prezumpsiyasidan kelib chiqadi, degan norma mustahkamlab qo'yilgan. Tuzilgan kelishuvlarning haqiqiylik prezumpsiyasi Shveysariyaning ichki milliy qonunchiligida ham mavjud hisoblanadi (Masalan, Shveysariyaning xalqaro xususiy huquq to'g'risidagi qonunining 5-moddasi 1-bandi).

Qo'shma Shtatlarda 1937 yil 20-dekabrdagi AQSH okrug sudlari uchun fuqarolik protsessual federal qoidalarida, xalqaro yurisdiksiya to'g'risidagi kelishuvlar turi belgilanmagan. Agar nizo kelib chiqsa, sudlar, qoida tariqasida, boshqacha norma belgilab qo'yilgan bo'lmasa, xalqaro yurisdiksiya to'g'risidagi kelishuvni haqiqiy deb hisoblashadi. Angliyada 1998 yilgi Angliya va Uels uchun fuqarolik protsessual qoidalarida ushbu masalani qonuniy tartibga solish mavjud emas. Angliya sudlari bitimlarning haqiqiyligi prezumpsiyasiga rioya qilmasdan, har bir o'ziga xos nizoni ko'rib chiqayotganda tomonlarning erk muhtoriyatini belgilash zarur deb hisoblaydi. Bulardan tashqari, Germaniya qonunchiligida xalqaro yurisdiksiya to'g'risidagi kelishuvlarning haqiqiyligi yoki haqiqiy emasligi haqida hech qanday norma mavjud emas. Kelishuv turi talqin qilish jarayonida har bir aniq holat uchun alohida belgilanishi kerak.

SHunday qilib, amaldagi qonunchilikka qarab, kelishuv turi to'g'risida nizo mavjud bo'lganda, sud shartnomani haqiqiy yoki haqiqiy emas hisoblashi mumkin, shuning uchun sud kelib chiqqan nizoni ko'rib chiqish vakolatining mavjudligi yoki mavjud emasligi to'g'risida xulosaga kelishi mumkin.

Kelishuv doirasi.

Amerikalik mashxur yurist Geri Born haqli ravishda ta'kid-laganidek2, xalqaro yurisdiksiya to'g'risidagi kelishuvlarni talqin qilishda keng tarqalgan ikkinchi masala -nizolarning toifalarini, doirasini aniqlash. Tomonlar o'rtasida kelishuvda aniq belgilab qo'yilgan ko'rsatma bo'lmasa, kelishuvdagi asossiz boyitishni tiklash, tuhmat qilish, zararni undirish to'g'risidagi da'volarga bo'lgan bandni uzaytirish, shartnomani bajarish bilan bog'liq monopoliyaga qarshi qonunchilikni buzilishi, shartnoma tuzishda

2 Born G. B. International arbitration and forum selection agreements: drafting and enforcing. 4th ed. New York: Wolters Kluwer, 2013.

firibgarlik bilan bog'liq zararlarni qoplash, fidusiarlik burchining buzilishi munosabati bilan zararni qoplash to'g'risida va boshqalar to'g'risida nizo kelib chiqishi mumkin.

SHuningdek, Germaniyalik U. Magnusning doktrinasi va yurispru-densiyasiga oid tadqiqotlari shuni ko'rsatadiki, Germaniyada nizolarning toifalarini, doirasini aniqlash to'g'risida tortishuv bo'lsa, asosiy xalqaro yurisdiksiya to'g'risidagi

"5

kelishuvlarning haqiqiy emasligi to'g'risidagi nizolarga nisbatan qo'llaniladi . Amerika Qo'shma SHtatlarida, shtatiga qarab, xalqaro yurisdiksiya to'g'risidagi kelishuvni talqin qilish masalasi turli yo'llar bilan hal qilinadi va bu masala bo'yicha qonunchilik reglamenti mavjud emas. Geri Born Amerika sudlarining bir qator qarorlariga murojaat qilgan holda, kelishuvdagi «ushbu kelishuv asosida kelib chiqadigan nizolar» so'zlari «ushbu kelishuvdan kelib chiqadigan nizolar» (ushbu kelishuvga oid nizolar) so'zlaridan torroq ekanligini ta'kidlagan. SHu bilan birgalikda, tadqiqotchi mazkur amaliyot yaxshi yo'lga qo'yilmaganligini ta'kidlab o'tgan. Ko'pgina hollarda, quyi sudlar kelishuvlarni talqin qilishda, «ushbu kelishuvdagi nizolar» so'zi shartnoma va shartnomadan tashqari talablarni qamrab olishidan kelib chiqadi, chunki sudlarning fikriga ko'ra barcha nizolarni ko'rib chiqish (shartnomaviy va shartnomaviy bo'lmagan, ammo shartnoma bilan bog'liq) bir forumda ishni yanada puxta va samarali ko'rib chiqishga imkon beradi. G.Born Amerika sudlarining bunday yondashuvi hakamlik kelishuvlari doirasini talqin qilish uchun shakllangan o'xshash pozitsiyaga asoslanganligini ta'kidlagan.4

YUqoridagilardan kelib chiqib, qisqacha xulosa qiladigan bo'lsak, sudlar xalqaro yurisdiksiya to'g'risidagi kelishuvlarni talqin qilishda tomonlarning erk muhtoriyatini o'rnatish uchun fuqarolik-huquqiy shartnomalarini talqin qilishning umumiy tamoyillarini qo'llab keladilar.

Vakolatli forumni tayinlash.

Aytib o'tishimiz kerakki, bir qator holatlarda, yurisdiksiya to'g'risidagi nizoni ko'rib chiqayotgan sud, nafaqat kelishuvda ko'rib chiqilgan nizolarning doirasini belgilashi, balki tomonlarning vakolatli forum va vakolatli sud to'g'risida prinsipial ravishda kelishib olganligini ham belgilashi kerak. SHartnomada nizoni ko'rib chiqish joyi aniq va ravshan tarzda ko'rsatilishi kerak, aks holda kelishuv yurisdiksiya ta'siriga ega bo'lganligi yoki yo'qligi to'g'risida nizo kelib chiqishi mumkin. Evropa doktrinasida nizo kelib chiqqanda shartnomada ko'rsatilgan sudning vakolatli ekanligining aniq belgilab qo'yilganligi xalqaro yurisdiksiya to'g'risidagi kelishuvning qabul qilinadigan shartlaridan biri hisoblanadi hamda shu bilan birgalikda shartnomaning amal qilish muddati ham muhim hisoblanadi.5

3 Magnus U. Prorogation of jurisdiction // European Commentaries on Private International Law; U. Magnus, P. Mankowski (Eds). Vol. I. Brussels Ibis Regulation - Commentary. P Köln: Verlag Dr. Otto Schmidt, 2016. P. 620.

4 Born G. International Civil Litigation in United States Courts. Commentary and Materials. P. 455-457.

5 European Commentaries on Private International Law / U. Magnus, P. Mankowski (Eds). Vol. I. Brussels Ibis Regulation - Commentary. P. 590, 621.

Xalqaro yurisdiksiya to'g'risidagi kelishuvlarni talqin qilish asosiy bitim qoidalaridan alohida, avtonom amalga oshirilishi lozim hisoblanadi. Ammo yuqorida aytib o'tilgan jihatlar, har tomonlama tahlil qilish va transchegaraviy nizoni hal qilishda vakolatli forum tanlash uchun tomonlarning haqiqiy erkini ochib berish uchun asosiy kelishuv matni va mazmuniga murojaat qilishni istisno etmaydi. Agar kelishuvning mazmuni vakolatli birinchi instansiya sudida aniqlash uchun tushunarsiz bo'lsa, muayyan huquqiy tartibda mavjud bo'lgan fuqarolik shartnomalarini sharhlash uchun mavjud bo'lgan qoidalar asosida o'rnatilishi kerak bo'lgan tomonlarning erki hal qiluvchi rol o'ynaydi.

Turli mamlakatlarda shartnomalarni talqin qilishning turli xil me'yorlari mavjud bo'lganligi sababli, xalqaro yurisdiksiya to'g'risidagi kelishuvlarni talqin qilishda qo'llaniladigan qonunchilikni yaratish muhim ahamiyatga ega.

Xulosa qilib aytganda, Xalqaro yurisdiksiya to'g'risidagi kelishuvlarni talqin qilish shartnomalarni talqin qilish bo'yicha umumiy qoidalar asosida amalga oshiriladi. Xalqaro yurisdiksiya to'g'risidagi kelishuvlarni talqin qilish jarayonida kelishuv turini, kelishuvda ko'rib chiqiladigan nizolarning doirasini va vakolatli sud qarorini belgilash alohida ahamiyatga eganligini ta'kidlab o'tmog'imiz lozim.

REFERENCES

1.1. Born G. B. International arbitration and forum selection agreements: drafting and enforcing. 4th ed. New York: Wolters Kluwer, 2013.

1.2. Magnus U. Prorogation of jurisdiction // European Commentaries on Private International Law; U. Magnus, P. Mankowski (Eds). Vol. I. Brussels Ibis Regulation -Commentary. P Köln: Verlag Dr. Otto Schmidt, 2016. P. 620.

1.3. Lindenmayr B. Lorenz asarlariga murojaat qilgan holda. Tafsilotlar uchun qarang: Lindenmayr B. S. 146. SHunga o'xshash nuqtai nazarni X. Shack ham bildirgan, qarang: Shack X. P. 222.

1.4. Born G. International Civil Litigation in United States Courts. Commentary and Materials. P. 455-457.

1.5. European Commentaries on Private International Law / U. Magnus, P. Mankowski (Eds). Vol. I. Brussels Ibis Regulation - Commentary. P. 590, 621.

2.1. https//:www.zakon.ru

2.2. https//:www.mgimo.ru

2.3. https//:www.ec.europa.eu

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.