Научная статья на тему 'XALQARO TEATR VA MUZEYLAR FAOLIYATIGA NAZAR'

XALQARO TEATR VA MUZEYLAR FAOLIYATIGA NAZAR Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
61
53
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
aktyor / sahna / eksponat / chipta / spektakl / shisha / Xalqaro teatr kuni / tomoshagoh

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Asal Farhod Qizi Xayriddinova, Mo‘minmirzo Zokir O‘g‘li Xolmo‘minov

Mazkur maqolada jahondagi eng mashhur teatr (La Scala) va muzey (Luvr muzeyi) ning ko‘rinishi, faoliyati, tarixi, eksponat va zallari, chipta narxi hamda ularning ish kunlari haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XALQARO TEATR VA MUZEYLAR FAOLIYATIGA NAZAR»

XALQARO TEATR VA MUZEYLAR FAOLIYATIGA NAZAR

Asal Farhod qizi Xayriddinova Ilmiy rahbar: Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov [email protected] O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Mazkur maqolada jahondagi eng mashhur teatr (La Scala) va muzey (Luvr muzeyi) ning ko'rinishi, faoliyati, tarixi, eksponat va zallari, chipta narxi hamda ularning ish kunlari haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: aktyor, sahna, eksponat, chipta, spektakl, shisha, Xalqaro teatr kuni, tomoshagoh

OVERVIEW OF INTERNATIONAL THEATER AND MUSEUM

ACTIVITIES

Asal Farhod kizi Khayriddinova Research advisor: Muminmirzo Kholmumminov [email protected] Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article talks about the appearance, activities, history, exhibits and halls, ticket prices and their working days of the world's most famous theater (La Scala) and museum (Lovure museum).

Keywords: actor, stage, exhibit, ticket, play, bottle, International Theater Days, audience

Inson ma'naviy olamini yuksaltirishda, ong va tafakkurini teranlashtirishda teatr (yunoncha "tomoshagoh" cheklangan joyda bir yoki bir nechta aktyorlar ijro etadigan sahna ko'rinishi orqali tomashabinga fikr uzatuvchi san'at janridir[1:1]. Zero, san'at odamlarni ezgulikka chorlaydi, yaxshilikka undaydi, eng go'zal his-tuyg'ularni in'om etadi. Teatr shunchaki oddiy tomoshaxona emas, balki, tarbiya, madaniyat, ma'naviyat va ma'rifat maskanidir.

1961-yilda YUNESKO huzuridagi Xalqaro teatr instituti tomonidan Avstriyaning Vena shahrida bo'lib o'tgan IX kongressda 27-mart "Xalqaro teatr" kuni deb ta'sis etilgan bo'lib, bugungi kunda dunyoning 100 dan ziyod mamlakatlarida ushbu sana, teatr san'ati xodimlarining kasb bayrami sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.

Hozirgi davrda jahonga mashhur va barcha yaxshi biladigan xalqaro teatrlar, muzeylar talaygina. Masalan, Italiyadagi La Scala tearti, Parijdagi Luvr muzeyi shular jumlasidan. Hozir ularning faoliyati, repertuarlari bilan oz bo'lsada tanishamiz.

Dunyo opera san'atining markazi sanalmish La Scala teatri Milan (Italiya) shahrida joylashgan. Mashhur teatr mamlakat ramzi sifatida ham e'tirof etiladi. Sababi, Italiyaliklar tarixining bir qismi La Scala bilan bog'liq. Teatr binosi 1778-yilda "Santa Mariya della Scala" cherkovi o'rnida bunyod etilgan. Uning La Scala deb nomlanishi ham shundan. Mazkur teatr 244 yildan beri qad rostlab turibdi.[2:1] Qurilishdan avval cherkov hududida qazishma ishlari olib boriladi. Arxeologlar bu yerda qadimgi Rimda yashagan Piladning tasvirini tushirilgan ulkan marmar toshga duch kelishgan. Ana shu topilma sabab eski cherkov hududida teatrni barpo etish g'oyasiga qarshi chiqayotganlar ham ortga chekinadi. Teatrni qurish mas'uliyati o'z davrining mashhur me'mori Permariniga yuklanadi. Me'mor binoni sidqidildan bunyod etgan. Hatto, arzimas bo'lib ko'ringan detallar uning e'tiboridan chetda qolmaydi. Opera teatrning ichki va tashqi bezaklari ko'zni qamashtiradigan darajada go'zal. Qolaversa, uni qurishda optik va akustik qonun-qoidalarga to'liq amal qilingan. Shundanmi, La Scala sahnasidan turib opera ijro etish har qanday san'atkor uchun sharaf hisoblanadi. La Scalani bunyod etish Milan uchun taxminan 1 million liraga aylanadi. O'sha vaqtda qurilishga ketgan barcha sarf-xarajatlarni qoplash shaharning o'ziga to'q 90 nafar fuqarosiga yuklangan. Premyera kuni 2ta opera jumladan, A.Salerining ochilish marosimi uchun maxsus yozgan "Tan olingan Yevropa" asari ijro etilgan. Undan keyin esa yana 2ta balet tomoshabinlar e'tiboriga havola qilindi. Milanliklar opera teatriga qattiq mehr qo'yishadi. La Scalaga kirishni hamma oddiy fuqarodan tortib, kiborlargacha istardi. Biroq, teatrga kirish sanoqli insonlarga nasib qilgan. Neoklassik uslubda qurilgan La Scala binosining uzunligi 100, eni 38 metrni tashkil qiladi.

Teatrning asosiy zali taqa ko'rinishida loyhalashtirilgan. Jami bo'lib, 194 ta ayvoni bo'lib, har biriga 10 kishi sig'adi. O'shanda birgina qirol oilasi o'zining maxsus ayvoniga ega bo'lgan va u yerga begonlar qo'yilmagan. Eng qizig'i, XVIII asrda teatrda nafaqat spektakl tomosha qilish, balki, tamaddi qilish va qarta o'ynash mumkin edi. Buning uchun teatrning 2-qatordagi ayvonlari ajratilgan. Shunga qaramay, tomoshabinlarning aksariyati La Scalaga opera va baletni ko'raman, degan niyatda kelgan. Vaqti-vaqti bilan teatr binosida shohona raqs kechalari ham uyushtirib turilgan. Tomosha boshlangan zahoti teatr parteriga uncha katta bo'lmagan yig'ma o'rindiqlar olib chiqilgan. Bunday o'rindiqlar asosan ayvonda o'tirishga qurbi yetmaydigan tomoshabinlar uchun edi. Garchand teatrda bosh kiyimda o'tirish odobdan bo'lmasa-da, La Scala parterida o'tirganlarning hammasi shlypada o'tirgan. Negaki, o'sha davrda elektr chirog'i bo'lmagani uchun teatr sham yordamida yoritilardi. Odamlar esa qandildagi shamdan oqayotgan suyuqlikdan kuyib qolmaslik

uchun ham shlyapada o'tirishga majbur bo'lishgan. Tabiiyki shamlar teatr zalini yetarli darajada yoritib bera olmagan. Buning natijasida sahnaning deyarli yarmi ko'rinmay, tomoshabinlar nim qorong'u zalda o'tirar edi. Qish kelishi bilan esa teatrda sovuq harorat hukm surgan. Sababi, bino qurilayotganida isitish tizimi hisobga olinmagan. Lekin bu noqulaylik tomoshabinlarni La Scaladan uzoqlashtira olmagan. Uni ko'rish uchun kelayotgan odamlarning qadami uzilmasdi. XVIII asr oxirida teatr sahnasida dramatik asarlar ham ijro etila boshlandi. Ushbu asarlarda marionetkalar ijrosidan keng foydalanilar edi. Biroq, tomoshabinni ko'proq opera qiziqtirgan. Teatrdagi barcha operalar mavsumiy bo'lib, ular: "Karnaval", "Kuz", "Bahor", "Yoz" kabi mavzularga ajratilgan. XVIII asr boshida La Scala butkul opera teatriga aylandi. Faoliyati davomida teatr repertuarida italyan kompozitorlari P.Anfossi, P.Gulelmi, D.Chimarozi, L.Kerudini, J.Paizello, S.Mayr asarlari joy oldi. 1812-yildan boshlab teatr sahnasida J.Rossini asarlari ijro etila boshladi. Bu teatr tarixidagi yangi davrning boshlanishi edi. Teatr repertuari italyan va dunyo kompozitorlarining yangidan-yangi musiqiy asarlari bilan boyib boradi. Ayniqsa, XVIII asrning 30-yillarida "Qaroqchi", "Lukretsiya Borja", "Otello", "Tuarndot" kabi asarlar dunyoga mashhur kompozitorlar G.Donitsetti, V.Bellini, J.Verdi, J.Puchchini tomonidan yaraldi. Ikkinchi jahon urushi chog'ida teatr binosi bombardimon qilinadi. Biroq, La Scala truppasi Italiyaning boshqa sahnalaridan turib ijod qilishda davom etdi. 1946-yil teatr yana o'z eshiklarini tomoshabinlar uchun ochdi. Qayta qurish ishlari xayrixohlarining himmati bilan amalga oshirildi. Hatto teatrning bosh drijyori Toskanini qurilish ishlari uchun 1 million lira xayr-sadaqa qiladi. 2002-yili teatr binosida navbatdagi restavratsiya ishlari olib borildi. Qayta qurish ishlari 3 yilcha davom etdi. O'rindiqlarni kamaytirish hisobiga bo'lsa-da, teatr yangi sahna, har bir o'rindiqqa o'rnatilgan sensor ekran hamda hodimlar uchun mo'ljallangan bir nechta xonalarga ega bo'ldi. Ananaga ko'ra, La Scala dunyoning boshqa teatrlaridan farqli o'laroq, har yili mavsumni 7-dekabr kuni boshlaydi. Teatr mavsumi kelasi yilning noyabrida yopiladi. Yana bir narsa teatr tomoshalari yarim tunga qadar nihoyasiga yetishi shart. La Scala sahnasida shu vaqtga qadar italiyalik ijrochilar qatorida juda ko'plab xorijlik san'atkorlar ham opera kuylash baxtiga muyassar bo'lishgan. Shuningdek, Qoraqalpog'iston xalq artisti, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan xalq artist Jenisbek Piyazov ham shunday baxtga musharraf bo'lganlardan. Mazkur xonanda Italiyaning Pezaro shahrida 2019-yil oktabr oyida boshlangan bastakor Rossini(1792-1868) festivalida ishtirok etgan va festival g'olibi sifatida "La Scala" teatri sahnasida kuylash huquqini qo'lga kiritgan. U "La Scala" sahnasida kuylash uchun 600 nomzod ichidan tanlab olingan 4 hofizning biridir. E'tiborlisi shundaki, Piyazov Rossini uy-muzeyi balkonidan turib ariyalar ijro etgan ilk o'zbekistonlik sifatida tarixga kirdi. (Ma'lumot o'rnida bastakor Rossini yashagan uy balkonidan qo'shiq kuylash huquqi dunyoda e'tirof qilingan opera

hofizlariga beriladi. Piyazovdan oldin bu balkondan turib afsonaviy opera qo'shiqchisi italiyalik Nikola Alaimo kuylagan edi.)

La Scalaning muzey zallarida chipta narxi 6 yevro (taxminan 1 yevro 12 ming so'm) ni tashkil qiladi. Va bular orasidan guruh bilan birga sayohatga kelganlar uchun 4 yevro, bolalar uchun 3 yevroni tashkil qiladi. Umumiy oladigan bo'lsak Teatr chiptalarini umumiy narxlari quyidagicha:

1. Opera La Scalada: 30 yevrodan 225 yevrogacha;

2. Konsertlar uchun: 38 yevrodan 70 yevrogacha;

3. Balet spektakllar uchun: 65 yevrodan 140 yevrogacha;

Shuningdek, La Scalada ekskursiyalar uchun vaqt 9:00 dan 18:00 gacha etib belgilangan. Davomiyligi 2 soatni tashkil qiladi va tasvirga tushirishga ijozat beriladi.

Aslida opera uchun eng arzon chipta narxi - 11, ballet uchun - 5, spektakl uchun - 6,5 yevro bo'lishi mumkin. Bunday chiptalar hech qachon ko'p bo'lmaydi, shuning uchun ularni teatr veb-saytida yoki teatrni bron qilish xizmatida buyurtma qilish orqali oldindan olish mumkin. Yana bir variant - butun shahar bo'ylab joylashgan vakolatli savdo nuqtasiga yoki kassaga borish.

Dilerlardan chiptalar olish mumkin ammo:

1. operaga - 2000 evrogacha;

2. balet uchun - 250 evrogacha;

3. kontsert uchun - 90 evrogacha narxlarda.

Teatrga borish mumkin bo'lgan yo'llar:

1. Milandagi La Skala teatrining manzili: Filodrammatiki ko'chasi, 2-uy.

2. 1 va 2-raqamli tramvayda Manzoni Skala bekatiga;

3. 61-sonli avtobus;

4. metroda qizil yoki sariq chiziqdan foydalanib, Duomo stantsiyasida tushish mumkin.

Dunyodagi hashamatli muzeylarda biri Luvr muzeyi hisoblanadi. Luvr muzeyi haqida ma'lumotlar bilan tanishadigan bo'lsak:

1. Luvr - eng ko'p tomoshabin tashrif buyuruvchi muzey bo'lib, yiliga 10 million kishilik marrani bundan 10 yil muqaddam zabt etgan. Hozirga qadar ham biror muzey bunday ko'rsatkich bilan maqtana olmaydi.

2. Fransuz revolutsiyasi tuzilgan 1793-yildayoq jamoatchilik uchun ochilgan bu maskan fransuz qirollarining saroyi va ma'muriy binolari jamlammasi bo'lgan.

3. "Luvr" atamasining ma'nosi "Bo'rilar makoni" degan ma'noni beradi. Saroy mana shu nomli o'rmonda tiklangani bois atama muzeyga bog'lanib qolgan.

4. Bu muzeyni bir kunda aylanib chiqishning amalda imkoni yo'q. Biror eksponat oldidan to'xtamay shunchaki o'tib ketish uchun ham 1 hafta vaqt kerak.

5. Muzey 4 ta binodan iborat, ularni ajratib turish uchun qanotlar deb atashadi. Umuman, bu kompleksning hammasi ham muzeylardan iborat emas, faqat birinchi va

ikkinchi qavatlarda eksponatlar joylashgan. Binolar bir qismdan ma'muriy maqsadlarda foydalaniladi. Masalan, Fransiya Moliya vazirligi shu yerda joylashgan.

6. Muzeyning ikkita o'ziga xos "filiali" bor. Ulardan biri Fransiyaning Lans shahrida joylashgan va unda aynan Luvrning ayrim eksponatlari almashtirib namoyish etib boriladi. Ikkinchisi B.A.Aning Abu-Dabi shahrida bo'lib, unda ko'proq sharq va g'arb uyg'unligidagi san'at asarlari namoyish etib boriladi.

7. Luvr yonida Misr piramidalarining oynavand timsoli joylashgan. Buning o'ziga xos sabablari bor-aynan qadimgi Misr topilmalari ortidan Misrshunoslik degan alohida fan shakllana boshlagan. Luvr ham bu borada boy eksponatlarga ega.

8. Navbatlarni kamaytirish, kirish-chiqishni osonlashtirish uchun qurilgan oynavand piramida katta tortishuvlarga sabab bo'lgan. "Da Vinchi siri" kitobi muallifi Den Braun o'z asarida ta'kidlaganidek, piramida 666 ta emas, 673 ta oynadan iborat.

9. Luvrni mashhur qilgan-uning eksponatlari. Eksponatlar deganda esa birinchi navbatda "Mona Liza" kartinasi keladi. Fransuzlar uni "Jokonda" deb ataydilar va qattiq qo'riqlaydilar. Bunga o'ziga yarasha sabab bor - 1911-yilda "Mona Liza" muzeyning italiyalik xodimi Vinchesto Peruja tomonidan o'g'irlab ketiladi. O'g'rining maqsadi kartinani qadimiy vataniga qaytarish edi. 2 yildan keyin kartina Italiyadan topiladi va darhol Parijga qaytariladi.

10. Luvr 160106 kvadrat metrni tashkil qiladi. Muzey Parijning markazida, Sena daryosining o'ng qirg'og'ida, Rivoli ko'chasida, poytaxtning 1-okrugida joylashgan.

11. Muzey kolleksiyasi Frensis1 va Lyudovik 16 ning 2500ta rasmlari to'plamiga soslangan edi.

12. Muzey payshanba, shanba, yakshanba kunlari 9:00dan 18:00 gacha ochiq; chorshanba va juma kunlari 09:00dan 10:00 gacha qabul qilinadi. Har oyning birinchi yakshanbasida kirish bepul bo'ladi.

13. Luvrning kirish joyi sifatida xizmat qiladigan shisha piramida Xitoy me'mori Ieoh Ming Pei tomonidan ishlab chiqilgan va 1989-yilda ochilgan. 22 metr, 72 fut shishadan tayyorlangan shisha tuzilishiga qariyb 95 tonnalik alyuminiy tuzilmaga o'rnatilgan 800 ta alohida shisha idishdan iborat.

14. Luvr muzeyining ostki qismida "Le Grand Luvr" restoranti mavjud. U chorshanba va juma kunlari soat 12:00 dan 15:00 gacha va 19:00 dan 12:00 gacha ochiq bo'ladi.

15. Eng pastki qavatda "Denon" nomli kafe bor. U sayyohlarga mazali taomlar taklif qilish bilan bir qatorda hushbo'y atirlarni ham beradi. (9:00 dan 17:00 gacha. Kechkipayt 19:00da ochiladi)

16. Muzey yonida "Hall Napoleon" nomli kitob do'koni mavjud. 9:30dan 19:00gacha ochiladi.

17. Luvr muzeyining har kunlik ochiq soatlari:

• Yakshanba 09:00-18:00

• Dushanba 09:00-18:00

• Seshanba yopiq

• Chorshanba 09:00-18:00

• Payshanba 09:00-18:00

• Juma 09:00-21:45

• Shanba 09:00-18:00.

18. Manzil ma'lumotlari:

• Metro-Palais Royal-Musee du Luvr bekati

• Avtobuslar: 21, 24, 27, 39, 48, 68, 69, 72, 81, 95 sonli avtobuslar shisha piramidalar oldidan o'tadi.

• Luvrga chipta narxi - 15 yevro. Chorshanba va juma kunlari soat 18:00 dan keyin yoshlar (26 yoshgacha) muzeyga tekin kirishi mumkin. Buning uchun shaxsiy guvohnoma kerak bo'ladi. [3:1]

Yuqoridagi teatr va muzeyning faoliyati bilan yetarlicha tanishdik. Mamlakatimizdagi shunday teatr va muzeylarning xorijiy muzey va teatrlar faoliyati bilan o'xshash va farqli tomonlari bor. Masalan, jahonga mashhur La Scala teatrida aktyorlarning nutqini bir vaqtning o'zida tarjima qilish imkoniyatiga ega bo'lgan quloqchinlar va (yoki) matnli monitor-tablo o'rnatish orqali xorijiy tomoshabinlar uchun teatr chiqishlarini sinxron tarjima qilish imkoniyatlari tashkil etilgan; Luvr muzeyi ichida va tashqi qismida esa hunarmandlar ustaxonasi va savdo shoxobchalari ("Denon", "Le Grand Luvr", "Hall Napoleon" nomli kitob do'koni) tashkil etilgan hamda ularda muzey ashyolari va kolleksiyalari nusxalari, milliy suvenir mahsulotlari savdosini yo'lga qo'yilgan; Muzeylar ichida fotosurat va videotasvirga olish tartibi soddlashtirilgan; Shuningdek bolalar va san'at yo'nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun muzey va teatrlarga imtiyozli tartibda kirishlari uchun sharoit yaratilgan; Asosan muzeylar faoliyati 9:00 dan boshlanadi; Har bir muzey va teatrlarning o'z shaxsiy saytlari mavjud bo'lib, saytda teatrning repertuari, uning ish vaqti, chipta narxlari, joylashgan o'rni batafsil kiritiladi. Bularning barchasi mamlakatimizdagi teatr va muzeylar faoliyatida ham mavjud bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-maydagi "O'zbekiston Respublikasida muzey va teatrlarning marketing faoliyati samaradorligini oshirish to'g'risida"gi 325-sonli qarorida keltirilgan. Mazkur qarorda teatr va muzeylar faoliyati samaradorligini oshirishda quyidagilarga e'tibor berilgan:

1. Davlat teatrlarida mamlakatimiz tarixi, buyuk allomalari va bebaho ne'matlari, bunyodkorlik ishlari, zamon qahramoni va yoshlar obrazi, oila

munosabatlari va qadriyatlari, ijtimoiy muammolar va boshqa obrazlar aks etgan dolzarb mavzulardagi spektakllarni sahnalashtirish;

2. Davlat teatrlariga tomoshabinlar tashrifini amalga oshirish va qo'shimcha sharoitlar yaratish maqsadida tanlovlar, ko'rgazmalar, shou-dasturlari, imtiyozli chegirmalar va boshqa aksiyalarni tashkil etish usullaridan foydalanish;

3. Davlat teatrlarida zamonaviy axborot kommunikatsiya tizimlarini joriy etish va tashrif buyuruvchilar uchun qo'shimcha qulayliklar yaratish maqsadida bosqichma-bosqich har bir davlat teatrida bepul Wi-Fi xizmatini joriy etish;

4. Jahonning mashhur teatrlari bilan hamkorlikda respublikada xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va mahorat darslari o'tkazish;

5. Teatrlarning texnik va ijodiy kadrlar faoliyatini kengaytirish maqsadida oliy malakali, ilmiy salohiyatli kadrlarning xorijda tajriba almashish va malaka oshirish tizimini yo'lga qo'yish;

6. Barcha telekanallarda har kuni uch marta (ertalab, kunduzgi va kechki) teatrlar to'g'risida videoroliklarni namoyish etish kabi targ'ibot ishlari olib borilsa va u amalda o'z tasdig'ini topsa maqsadga muvofiq bo'lar edi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Avdeyev A.D., Proisxojdeniye teatra, M.— L., 1959; Stan islavski y K. S, Sobr soch., t. 18, M., 1954-61; Xorijiy teatr tarixi (ruschadan S. Tursunboyev tarjimasi), t. 1—2, T., 1997, 1999; Rahmonov M., Hamza (o'zbek davlat akademik drama teatri) tarixi, T., 2000; Qodirov M., O'zbek teatri an'analari, T., 1976; O'zbek teatri tarixi, T., 2003.

2. Umidjon Qazaqov. Milandagi mashhur teatr. (Oriental Art and Culture Scientific-Methodical Journal). 2022.02.06.

3. Luvrning rasmiy sayti: http://www.louvre.fr.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.