Научная статья на тему 'XALQARO TA'LIM TIZIMIDA BOSHLANĢICH TA'LIM MASALASI'

XALQARO TA'LIM TIZIMIDA BOSHLANĢICH TA'LIM MASALASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
10
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
boshlang‘ich ta’lim / kompetensiya / tinglab tushunish / so‘zlash / o‘qib tushunish / yozma nutq / zamonaviy ta’lim / xorijiy tajriba / darslik / dastur / milliy o‘quv dasturi.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Nizomiddinova Dilfuza Xoshimjon Qizi

Ushbu maqolada bugungi kundagi ta’limda bo‘layotgan islohotlar va zamonaviy maktablarda rivojlanish jarayonlari, O‘zbekistonda boshlang‘ich ta’limga zamonaviy yondashuvlarning o‘ziga xos xususiyatlari, yutuq va kamchiliklari, afzalliklari, ta’lim jarayonini aniq vositalar yordamida samarali tashkil etish lozimligi, “Milliy o‘quv dasturi” asosida tuzilgan yangi avlod darsliklarining amaldagi qiyosiy tahlili, kompetensiya, tinglab tushunish,o‘qib tushunish va yozma nutqning o‘quvchilarda qay tarzda rivojlanishi, ahamiyatliligi, rivojlangan xorijiy davlatlar ta’lim tizimi mohiyati yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XALQARO TA'LIM TIZIMIDA BOSHLANĢICH TA'LIM MASALASI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" _25-26 SEPTEMBER, 2024_

XALQARO TALIM TIZIMIDA BOSHLANGICH TALIM

MASALASI

Nizomiddinova Dilfuza Xoshimjon qizi

Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti Maktabgacha va boshlangich ta'limda

xorijiy til ingliz tili yonalishi 3-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.13829151

Annotatsiya: Ushbu maqolada bugungi kundagi ta'limda bo'layotgan islohotlar va zamonaviy maktablarda rivojlanish jarayonlari, O'zbekistonda boshlang'ich ta'limga zamonaviy yondashuvlarning o'ziga xos xususiyatlari, yutuq va kamchiliklari, afzalliklari, ta'lim jarayonini aniq vositalar yordamida samarali tashkil etish lozimligi, "Milliy o'quv dasturi" asosida tuzilgan yangi avlod darsliklarining amaldagi qiyosiy tahlili, kompetensiya, tinglab tushunish,o'qib tushunish va yozma nutqning o'quvchilarda qay tarzda rivojlanishi, ahamiyatliligi, rivojlangan xorijiy davlatlar ta'lim tizimi mohiyati yoritilgan.

Kalit so'zlar: boshlang'ich ta'lim, kompetensiya, tinglab tushunish, so'zlash, o'qib tushunish, yozma nutq, zamonaviy ta'lim, xorijiy tajriba, darslik, dastur, milliy o'quv dasturi.

Davlatimiz rahbari "O'qituvchi va murabbiylar" kuni munosabati bilan soha vakillariga yo'llagan tabrik nutqida ta'kidlaganidek, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham ilm-fan, ta'lim va tarbiyadir. Aynan, shuning uchun ham, prezident: "Maktabda o'qitish metodikasi o'zgarmasa, ta'lim sifati ham, mazmuni ham, muhit ham o'zgarmaydi",-deb ta'kidlaganlarida "Uchinchi Renessans poydevori"ni ta'lim islohotlarida ko'rdi.1

Ta'lim jarayoni uzluksiz bo'lib, uning shakllanishi bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan sifatli natijalarga olib keladigan islohotlarga bog'liqdir. Ushbu maqolada biz asosan umumiy o'rta ta'limning ilk bo'g'ini hisoblangan boshlang'ich ta'lim haqidagi fikrlarga alohida e'tibor qaratamiz. Haqiqatan ham, ta'limga zamonaviy yondashuvlar ta'lim jarayonini aniq vositalar yordamida samarali tashkil qilish va qo'yilgan o'quv dasturlariga muvaffaqiyatli erishish natijalarini kafolatlaydi. Davlatimiz rahbari avvalo maktablarda o'quv yuklamasi va darslar sonini qayta ko'rib chiqish, o'quvchilarni faqat yodlashga emas, balki fikrlashga chorlaydigan metodika yaratish zarurligini ta'kidladi. Bu borada Finlandiya tajribasi misol qilib keltirildi. Ushbu mamlakat umumiy savodxonlik, tabiiy fanlar va matematika bo'yicha dunyoda eng ilg'orlardan biri.

Ta'limni isloh qilish haqida fikr yuritar ekanmiz, ta'lim olishning asosiy vositasi bo'lgan darsliklarni yangilamay turib, o'quvchi va o'qituvchi mustaqilligiga erishmasdan natijaga erishib bo'lmaydi. Bu haqda Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyevning:"Darsliklar masalasida ham ancha muammo borligi uning ichiga kirgach bilindi. Ularning saviyasi haqida katta muhokamalar bo'ldi. Finlandiya standarti bilan 1- 4 -sinflar uchun darsliklar qiladigan bo'ldik. Finlandiya xalq ta'limi Yevropa miqyosida, umuman, dunyoda raqobatbardosh hisoblanadi", - degan fikrlari bu sohaga yuksak iqtidorga ega soha vakillarini jalb qilishni anglatadi.

1 Prezident Sh.Mirziyoyevning "O'qituvchi va murabbiylar kuni"ga bag'ishlangan tabrik nutqi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" _25-26 SEPTEMBER, 2024_

Barcha maktablarda "Milliy o'quv dasturi"ni to'laqonli joriy etish hamda mahalliy va xorijiy mualliflar tomonidan yaratilgan zamonaviy darsliklarni amaliyotga kiritish amalga oshirildi.

Boshlang'ich maktab o'quvchining umumiy ta'lim jarayonidagi eng muhim bosqichdir. To'rt yil ichida u nafaqat fan fanlarining dasturiy materialini o'zlashtirishi, balki qanday o'rganishni - "professional talaba" bo'lishni ham o'rganishi kerak. Boshlang'ich sinf o'qituvchisining mas'uliyati doimo eksklyuziv bo'lgan.

Boshlang'ich maktabda olingan ta'lim keyingi ta'lim uchun asos, poydevor bo'lib xizmat qiladi. Boshlang'ich ta'lim boshlang'ich maktabning sifat jihatidan yangi shaxsga yo'naltirilgan rivojlanish modelini belgilaydi, u quyidagi asosiy maqsadlarga erishish uchun mo'ljallangan:o'quvchi shaxsini rivojlantirish, uning ijodiy qobiliyatlari, o'qishga qiziqish, o'rganishga intilish va qobiliyatni shakllantirish; ma'naviy-axloqiy va estetik tarbiya; turli tadbirlarni amalga oshirishda bilim, ko'nikma, tajriba tizimini o'zlashtirish; bolalarning jismoniy va ruhiy salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlash; bolaning individualligini saqlash va qo'llab-quvvatlash.

Jahon ta'lim tizimini kuzatar ekanmiz, har bir rivojlangan davlatning boshlang 'ich ta'limida alohida ustivorlikka ega jihatlar mavjud. Jumladan, Xitoyda 6 yoshga to'lgan bolalar boshlang'ich maktab yoki o'rta maktabga kiradilar va u yerda 6 yil o'qiydilar. Boshlang'ich maktabda bolaning ijodiy salohiyatini rivojlantirishga katta e'tibor beriladi. Bolalar jismoniy tarbiya darslariga ko'p vaqt ajratadilar, cholg'u asboblarini chalishni o'rganadilar, ingliz va rus tillaridagi bilimlarini oshiradilar. Darslar 7:00 da boshlanadi. Har kuni ertalab barcha o'quvchilar o'qituvchilar bilan birgalikda jismoniy mashqlar qiladilar. Keyin soat 8.00 dan

12.00 gacha tabiiy va matematika fanlari o'rganiladi. Soat 12.00 dan 13.00 gacha tushlik tanaffusi mavjud bo'lib, unda bolalar maktabda uxlashlari mumkin, tushdan keyin esa gumanitar fanlar bo'yicha yana uchta dars o'tkaziladi. Keyin bolalar uy vazifalarini bajaradilarva faqat soat 16.00 da uyga qaytishlari mumkin.

Turkiya boshlang'ich ta'lim tizimida ekologiyaga alohida e'tibor qaratilgan. Jumladan, 2005-yilda joriy qilina boshlagan boshlang'ich maktab o'quv dasturida u yoki bu tarzda ekologik muammolarga ta'sir etuvchi mavzular "Hayot xavfsizligi (atrof-muhit)", "Tabiiy fanlar va texnologiya" fanlari materiallariga kiritilgan. Ta'lim muassasasi qoidalariga ko'ra, ushbu fanlar quyidagi funksiyalarni bajaradi: o'z-o'zini bilish, tabiat va unda sodir bo'layotgan jarayonlarni tushunish qobiliyati, hayot sifatini yaxshilash yo'llarini topish, tabiiy resurslardan to'g'ri foydalanishni o'rganish.

Finlandiya 2014-yilda asosiy ta'lim bo'yicha yangi milliy tayanch o'quv dasturini ishlab chiqdi va u 2016-yil avgust oyidan boshlab Finlandiya maktablarida amaliyotga joriy qilina boshlandi. O'quv dasturini isloh qilishdan maqsad o'qituvchilar va pedagoglarga bolalar va yoshlarning hayotida zarur bo'lgan narsalarni o'rgatishda yordam berishdir. (Sahlberg 2015.) Finlandiya ta'limining oliy maqsadi farzandlarimizni hayotga tayyorlashdir. Biz farzandlarimiz kelajakda ularning hayotida yordam beradigan bilim, ko'nikma, munosabat va qadriyatlarni o'rganishlarini xohlaymiz. Shuning uchun biz bugungi tez o'zgaruvchan dunyoda ularga qanday muhim kompetensiyalar kerak bo'lishi haqida o'ylashimiz kerak.

Boshlang'ich ta'limda o'qish savodxonligi muhim ahamiyatga ega bo'lib, yangi yaratilgan "Milliy o'quv dasturi" asosida chiqarilgan darslikda o'quvchilarning og'zaki bilim ko'nikmalariga alohida e'tibor qaratilgan.O'qish (umumiy o'rta ta'limning boshlang'ich sinflari

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" _25-26 SEPTEMBER, 2024_

o'quv rejasidagi adabiyot) fani og'zaki va izchil nutqni o'stirish, so'z boyligini oshirish, to'g'ri va ifodali o'qishga o'rgatish bilan birga ularda kitobxonlik va nutq madaniyati hamda mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirishga xizmat qiladi.2

O'qish darslari oldiga qo'yilgan tarbiyaviy vazifaning muvaffaqiyatli hal etilishi darsda badiiy asar matni ustida ishlash bilangina bog'liq bo'lib qolmay, balki bolani qurshab olgan hayot, tabiatdagi o'zgarishlar, ekologik vaziyat, ijtimoiy foydali mehnat bilan ham o'zaro bog'liq bo'lishi lozim. O'quvchini o'qishga o'rgatishda hayot tajribalariga tayanib ish ko'riladi. O'qish darslari bolalarda go'zallikka muhabbat uyg'otadigan, poklik tuyg'ulariga ozuqa beradigan, hissiyotni o'tkirlashtiradigan, aqlni charxlaydigan, tasavvurlarni boyitadigan, estetik didni o'stiradigan musiqa va tasviriy san'at fanlari bilan uzviy bog'langan bo'lishi kerak. O'qish, musiqa va tasviriy san'at darslarini o'zaro bog'lab uyushtirish bolalarda san'at asarlarini to'g'ri tushunish va qadrlash ko'nikmalarini o'stiradi, o'quvchining shaxs sifatida ma'naviy qiyofasini shakllantirishga xizmat qiladi.

"Ona tili va o'qish savodxonligi" fanida (milliy o'quv dasturida boshlang'ich sinflarda ona tili va o'qish bitta fanga birlashtirilgan) grammatik qoidalarga emas, nutqiy ko'nikmalarni rivojlantirishga urg'u berilgan.

Ona tili o'qitish orqali shu til bo'yicha egallanadigan nutqiy faoliyatning asosiy turi: nutqni tinglab tushunish, gapirish, o'qish va yozish amallari bo'yicha har bir sinfda taqazo etiladigan malaka va ko'nikmalar me'yorini rivojlantirish, bunda o'qish hamda mehnat jarayonida ,oila va jamoat joylarida yuzaga keladigan turli nutqiy vaziyatlarda mustaqil ravishda fikr almasha olish va fikr bayon eta bilish, eshitilgan materialni idrok etish, shuningdek, yozma manbalarni o'qish orqali axborot olish, voqea-hodisalarga o'z munosabatini bildirish tarzida muloqotga kirishish malakasini egallab borish dinamikasi nazarda tutiladi.

Milliy o'quv dasturini ishlab chiqish davomida quyidagi manbalar o'rganildi, tahlil qilindi hamda milliy xususiyatlar, ona tilimiz tabiati inobatga olingan holda dastur mazmuniga singdirildi:

Amaldagi DTS asosidagi malaka talablari; amaldagi Ona tili o'quv dasturi; amaldagi "Ona tili" darsliklari; amaldagi baholash mezonlari; AQSHning "Maktabgacha va umumiy o'rta ta'lim bosqichlarida ingliz tili va matematikani o'qitish va sinovdan o'tkazish bo'yicha ta'lim standartlari" (Common Core); Yangi Zelandiyada ingliz tilini o'qitish bo'yicha ta'lim standartlari (English In New Zealand Curriculum); Turkiyaning "Turkcha" fani o'quv dasturlari, malaka talablari; 1-9 sinflar uchun "Turkcha" fani darsliklari; 10-12 sinflar uchun "Turk tili va adabiyoti" fani darsliklari; Kembrij maktablari uchun "Ingliz tili" fani darsliklari; AQSHning Florida shtati "Ingliz tili" fani darsliklari; AQSHning Florida shtati "Ingliz tili san'ati" ta'lim standartlari (English Language Arts Grade 0-12), "Til o'qitish metodologiyasi: o'qituvchilar uchun qo'llanma"(Devid Nunan); "Metodlar ortida: til o'qitishning makrostrategiylari'' (Bola Kumaravadivelu); "Til o'qitishda yondashuv va metodlar'' (Jek Richards, Teodor Rodjers); "Til o'qitish metodologiyasi" (Jek Richards, Villy Renandya); "Tilni aloqa vositasi sifatida o'qitish" (Henry Viddovson); "Birinchi tilni o'zlashtirish (Eve Klark).

Psixolingvistik tadqiqotlardan ma'lumki, insonning til qobilyati 4 xil kognitiv malakaning o'zaro bog'liqligida rivojlanadi: eshitib tushunish, fikrni og'zaki bayon qilish, o'qib tushunish,

2 Ona tili fani bo'yicha O'zbekiston Respublikasi uzluksiz ta'lim milliy o'quv dasturlari.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" _25-26 SEPTEMBER, 2024_

fikrini yozma bayon qilish. Eshitib tushunish va gapirish og'zaki nutq shakli bilan bog'liq, o'qib tushunish va yozish esa tilning yozma shakli bilan, eshitib tushunish va o'qib tushunish psixologik

S (kuchli tomonlar) W(kuchsiz tomonlar)

• Milliy o'quv dasturi dasturi asosida integratsiyalashgan darsliklar. • Yevropa tajribasi (Finlandiya ) asosidagi ta'lim. • USAID dasturi bo'yicha yangicha uslubdagi darsliklar. • Kundalik com joriy etilishi . • O'qituvchilar uchun bir qancha majburyatlardan voz kechilishi. • Xonalarning elektron resurslar bilan jihozlanishi. • Pedagoglarning AKTdan foydalanib dars o'tishi. • O'quvchilar uchun bepul tushlik. • Bepul darslik. • Xalqaro baholash tizimi. • O'quvchilarning og'zaki nutq savodxonligiga e'tibor qaratilishi. • Darslikga oid o'yinli platformalar yaratilishi. • Maktablarda zamonaviy axborot vositlar bilan ta'minlanmaganligi. • Kreativ fikrlaydigan kadrlarning yetishmasligi. • Ayrim pedagoglarning to'laqonli AKTresurslaridan foydalana olmasligi. • Darslik va mashq daftarining ayrim mavzularga to'g'ri kelmasligi. • Darslikdagi ayrim kamchiliklar. • Darsliklarda milliy adabiyot ruhining yo'qligi.

O (Imkoniyatlar) T (Tahdidlar)

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" 25-26 SEPTEMBER, 2024

• O'qituvchilar uchun seminar-treninglar tashkil qilish.

• Zamonaviy metodlar orqali o'quvchilar darsga qiziqishini oshirishi.

• Ishga qabul qilishni qaytadan ko'rib chiqish. Maqsad bilimsiz kadrlarni ishga olmaslik.

• Boshlang'ich sinf darslari o'quv jarayoniga yangi texnologiyalarni joriy etilishi. •Ta'limga tanqidiy, ijodiy va kreativ yondashuvni tashkil qilish.

• O'quvchilarga o'quv dasturlarni tuzishda erkinlik berish.

• Muammoli vaziyatlarni hal qilish uchun pedagogik ta'lim markazlarini tuzish.

• Boshlang'ich sinflarda multimedia texnologiyalarini qo'llash orqali o'quvchilarda fanga qiziqishi rivojlantirish. Ta'limning bunday usuli o'quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini faollashtiradi va o'quv materialini o'zlashtirilishining samaradorligi yana-da oshadi.

Yoshi katta pedagoglarning AKTdan foydalanish bo'yicha uquvsizligi. Maktablarda korrupsiyaning mavjudligi. Yangiliklar

bo'lishidan pedagoglarning

qochishi.

Ish haqining pastligi.

Maktablar moddiy-texnika bazasining talabga javob bermasligi. O'qituvchilarning chet tilini bilish darajasining pastligi.

tomondan nutqni qabul qilish jarayoni, gapirish va yozish esa nutq jarayonidir.

Tadqiqotimizda boshlang'ich ta'lim yo'nalishida faoliyat olib borayotgan bir nechta o'qituvchilar bilan suhbatlashdik: ularning olib borayotgan faoliyati va ta'limdagi o'zgarishlarga bo'lgan munosabatini bilishga qiziqdik. Quyida "Boshlang'ich ta'limdagi islohotlar" mavzusida olib borgan kuzatuvlarimiz asosidagi tadqiqotlarimizni SWOT tahlilda keltirdik.

Bugungi kunda boshlang'ich ta'limga zamonaviy yondashuvlarni o'rinli deb hisoblaymiz. Milliy o'quv dasturi asosida yangi darsliklarning yaratilishi, xorijiy dasturlarning ta'lim

tizimiga joriy qilinishi fikrimizning dalilidir. O'zbekistonda jumladan, AQSh Xalqaro taraqqiyotagentligi (USAID) hamda Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika ta'lim markazi hamkorligida "Ona tili va o'qish savodxonligi" hamda "Matematika" fanlaridan boshlang'ich sinf o'qituvchilari uchun yangi darslik va qo'llanmalar ishlab chiqildi. 2022-2023-o'quv yilida Namangan va Sirdaryo viloyatlaridagi 918 ta maktabda "Ona tili va o'qish savodxonligi" hamda "Matematika" fanlaridan boshlang'ich sinflar uchun yangi darsliklar sinovdan o'tkazilmoqda.

K.D. Ushinskiyning fikricha, bolaga ta'lim va tarbiya berishda tilning qimmati dastlab ijtimoiy hodisaning chuqur xalqchilligi bilan, uning milliy xarakteri bilan belgilanadi. U „tilda chuqur ma'noli ko'pdan ko'p falsafiy fikrlar, chinakam nafis his-tuyg'ular, nihoyatda to'g'ri, ko'rkam did, fikrni bir yerga to'plab, zo'r diqqat bilan qilingan mehnat izlari, tabiat hodisalarini va ulardagi eng nozik rang-barangliklarni g'oyat darajada ziyraklik bilan his etish,kuzatuvchanlik, zo'r mantiqiylik ... bor", deb ta'riflaydi. K.D.Ushinskiy o'zining "Ona tili so'zlari" maqolasida bolani ona tili, ona tilidagi so'zlar orqali tarbiyalash masalasini qo'ydi. Chunki xalqchillik dastlab

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" 25-26 SEPTEMBER, 2024

ona tilida o'z ifodasini topadi. Bolaning shaxsiyati, bilimi, malakasi, ma'naviy qiyofasi ana shu til ta'sirida shakllanadi.3

Zamonaviy boshlang'ich ta'lim uchun istiqbolli, ustuvor yo'nalishlardan biri bu -o'quvchilarning yetuk shaxs sifatida rivojlanishi hamda milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash asosidan iboratdir. Zamonaviy ta'lim O'zbekiston yoshlarini istibolli kelajakka eltadi. Ta'lim-tarbiya - bu bizning kelajagimiz, hayot-mamot masalasi. Shu bois, bu sohadagi islohotlarni kechiktirishga haqqimiz yo'q. Qanchalik murakkab bo'lmasin, maktab ta'limida poydevorni bugundan mustahkam qo'yishimiz kerak.

Foydanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Prezident Sh.Mirziyoyevning "O'qituvchi va murabbiylar kuni"ga bag'ishlangan tabrik

nutqi. Toshkent, 2020

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi

3. Ona tili fani bo'yicha O'zbekiston Respublikasi uzluksiz ta'lim milliy o'quv dasturlari.

Toshkent, 2021.

4. https://kun.uz/uz/news/2022/10/08/

6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 11.05.2022 yildagi PF-134-son 9.

7. Новые подходы к обучению в начальных классах в условиях обновления содержания образования (infourok.ru)

8. Моисеенко О.А., Краснополова А.С. К вопросу об учебной игре как интенсифицирующем средстве начального иноязычного образования // Современные проблемы науки и образования. - 2018. - №

9. Азитова Г.Ш., Краснова М.Н. Oсобенности системы образования в китае // Современные проблемы науки и образования. - 2017. - № 5. URL: https://science-education.ru/ru/article/view?id=26953 (дата обращения: 06.02).

10. Сарачоглу З.К. Некоторые аспекты изменения содержания экологического образования в начальных школах Турции // Современные проблемы науки и образования. - 2015. - № 2-2.

11. Ona tili ta'limi mazmunidagi takomillashuv. Ma'rifat. 2022-yil 27-iyul. №29 (9406).

12. O'zbekiston Respublikasining Qonuni. Ta'lim to'g'risida. 23.09.2020 yildagi O'RQ-637-son.

3 Моисеенко О.А., Краснополова А.С. К вопросу об учебной игре как интенсифицирующем средстве

начального иноязычного образования

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.