Научная статья на тему 'O‘QUVCHILАRNING O‘QISH SАVODXONLIGINI BАHOLАSH'

O‘QUVCHILАRNING O‘QISH SАVODXONLIGINI BАHOLАSH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

325
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
PISА dаsturi / o„qish sаvodxonligi / tushunish / mаtn / o„qib tushunish / PISА progrаm / reаding literаcy / comprehension / text / reаding comprehension

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Shаxnozа Mаshrаbovnа Muxtаrovа

Ushbu mаqolаdа xаlq tа‟limi tizimidа tа‟lim sifаtini bаholаsh sohаsidаgi xаlqаro tаdqiqotlаrni tаshkil etish аsosidа tа‟lim sifаtini bаholаshning milliy tizimini yаrаtish vаzifаlаri, mаktаb o„quvchilаrining sаvodxonligini bаholаsh bo„yichа xаlqаro PISА dаsturi, o„qish sаvodxonligi, tushunish, mаtnlаr hаqidа fikr yuritilgаn.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In this аrticle, the tаsks of creаting а nаtionаl system of educаtionаl quаlity аssessment bаsed on the orgаnizаtion of internаtionаl studies in the field of educаtionаl quаlity аssessment in the public educаtion system, the internаtionаl PISА progrаm for аssessing the literаcy of schoolchildren, reаding literаcy, understаnding, texts considered.

Текст научной работы на тему «O‘QUVCHILАRNING O‘QISH SАVODXONLIGINI BАHOLАSH»

O'QUVCHILARNING O'QISH SAVODXONLIGINI BAHOLASH

Shaxnoza Mashrabovna Muxtarova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika universiteti shaxnoza1977xon@gmail .com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish asosida ta'lim sifatini baholashning milliy tizimini yaratish vazifalari, maktab o'quvchilarining savodxonligini baholash bo'yicha xalqaro PISA dasturi, o'qish savodxonligi, tushunish, matnlar haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: PISA dasturi, o'qish savodxonligi, tushunish, matn, o'qib tushunish.

ABSTRACT

In this article, the tasks of creating a national system of educational quality assessment based on the organization of international studies in the field of educational quality assessment in the public education system, the international PISA program for assessing the literacy of schoolchildren, reading literacy, understanding, texts considered.

Keywords: PISA program, reading literacy, comprehension, text, reading comprehension.

KIRISH

Bugungi globallashuv sharoitida shiddat bilan rivojlanib borayotgan davr davlat va jamiyat oldiga dolzarbligi va qamrovi kun sayin ortib borayotgan zamonaviy talablarni qo'ymoqda. Buyuk strategik maqsadlarga erishish, yuksak marralarni zabt etish, rivojlangan xorijiy davlatlar qatoridan o'rin olish uchun respublikamizda iqtidorli, bilimdon va kreativ fikrlaydigan yuksak salohiyatli, mutaxassislarga talab kuchaymoqda. Bunday raqobatbardosh mutaxassislarga bo'lgan ehtiyojni qondirish zamirida inson, uning salohiyatini kashf etish hamda uni buyuk maqsadlarga erishishga safarbar qilish kabi ulug'vor vazifalar turadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

XXI asr insoniyat tarixida ulkan o'zgarishlar, yangi imkoniyatlar davri bo'ldi. Ayniqsa, Yurtboshimiz Sh.Mirziyoyevning tashabbusi bilan 2022-2026 yillarga

March, 2023

466

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasini "Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlanishi barcha sohalar singari ta'lim tizimida ham yangi-yangi islohotlarni amalga oshirishga zamin yaratdi. Dastur asosida ta'lim sifatini oshirish, sohani ilg'or xorijiy tajriba asosida isloh qilish maqsadida 2023-yil 1-sentabrdan boshlab har bir hududning bittadan umumta'lim muassasasida o'quvchilarni ikki xil xorijiy til va bitta kasb-hunarga o'rgatish amaliyoti bosqichma-bosqich yo'lga qo'yilishi, umumta'lim muassasalarining 1-4-sinflarida o'quvchilarni ilg'or xorijiy tajriba asosida ishlab chiqilgan darsliklar bo'yicha o'qitish, 5-9-sinflarda o'quvchilarga umumta'lim fanlaridan tayanch bilimlar berish, 10-11-sinf o'quvchilarining qiziqish va qobiliyatiga mos bo'lgan ixtisoslashgan dasturlar asosida bilim berish belgilandi.

Kelajak poydevorlari bo'lmish yosh avlodni ma'naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi darajaga ko'tarish, o'quv-tarbiya jarayoniga ta'limning innovatsion shakllari va usullarini joriy etish maqsadida, O'zbekiston Respublikasining 2030-yilga kelib PISA xalqaro dasturi reytingida dunyoning eng ilg'or mamlakatlari qatoriga kirishiga erishish hamda xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish asosida o'quvchilarning o'qish, matematika va tabiiy yo'nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholashga yo'naltirilgan ta'lim sifatini baholashning milliy tizimini yaratish vazifalari belgilangan. Shuningdek, yoshlarning yetakchilik, tanqidiy fikrlash, mediasavodxonlik, tahlil qilish, tadbirkorlik, global fuqarolik kabi ko'nikma va malakalari, tayanch va fanga oid kompetensiyalarining rivojlanishiga alohida urg'u berishni hisobga olgan holda, zamonaviy innovatsion iqtisodiyot talablariga javob beradigan umumta'lim dasturlari va yangi davlat ta'lim standartlarini joriy etish nazarda tutilgan.

Yurtimizda yosh avlodning ijodiy g'oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo'llab-quvvatlash hamda rag'batlantirish maqsadida:

O'quvchilarning savodxonligini baholash bo'yicha PISA xalqaro dasturi;

Boshlang'ich sinf o'quvchilarining matnni o'qib tushunish darajasini baholash bo'yicha xalqaro PIRLS dasturi;

Matematika va tabiiy yo'nalishdagi fanlardan o'zlashtirish darajasini baholash bo'yicha TIMSS dasturi;

Rahbar va pedagog kadrlarning umumiy o'rta ta'lim muassasalarida o'qitish va ta'lim olish muhitini hamda o'qituvchilarning ish sharoitlarini o'rganish bo'yicha TALIS xalqaro baholash dasturi yo'lga qo'yildi.

March, 2023

Academic Research in Educational Sciences_Volume 4 | Issue 3 | 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

NATIJALAR VA MUHOKAMA

PISA-o'quvchilaming o'qish, matematika va tabiiy fanlardan bilim darajalarini baholashga qaratilgan xalqaro baholash dasturi bo'lib, o'quvchilarning maktab davrida orttirgan bilim va ko'nikmalarini real hayotiy vaziyatlarda qo'llay olishga mo'ljallangan. Bugungi zamon talabidan kelib chiqqan holda zamonaviy dunyoda yosh avlodning katta hayotga qadam qo'yishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lgan bilimlar, hayotiy va kasbiy ko'nikma va odatlarni shakllantirish ta'limdagi ustuvor vazifaga aylandi. Dastur o'quvchilar munosabati va motivatsiyasi haqida qimmatli ma'lumotlar to'playdi, o'quvchilarda turli muammoni hal qila olish kabi hayotiy ko'nikmalarni ham baholaydi. Masalan, global ahamiyatga ega masalalarni hal etishda o'quvchi-yoshlarning fikr-mulohazalari, ular bergan taklif va yechimlarni baholaydi. PISA-halqaro baholash dasturlarining natijalari asosida dunyo mamlakatlari o'quv dasturlarida mavjud bo'lgan talablar doirasida o'quvchilarning bilim va ko'nikmalarni qo'llash, fikrlash va muloqot qilish qobiliyatlariga baho beriladi. Ushbu dastur hech qanday o'quv dasturini belgilamaydi yoki targ'ib qilmaydi yoki umumiy e'tirof etishni taqozo etmaydi, dasturning asosiy vazifasi -mamlakatlarni ta'lim sohasidagi davlat siyosatiga oid ma'lumotlar bilan ta'minlash va qarorlar qabul qilishda ularni qo'llab-quvvatlashdan iboratdir.

PISA dasturida umumiy o'rta ta'lim muassasalarida ta'lim olayotgan 15 yoshli o'quvchilar ishtirok etadi, buning sababi ko'p davlatlarda ushbu yosh majburiy ta'lim bosqichining yakuniy davri hisoblanadi. Bundan tashqari dastur orqali o'quvchilarning "mustaqil hayotga tayyorlik" darajasi, ya'ni ularning maktab yoshida egallagan bilim va ko'nikmalaridan hayotda uchrashi mumkin bo'lgan muammolarni hal etishda qay darajada foydalana olishlari baholanadi.

Insoniyat oldida egallanishi lozim bo'lgan bilimlar chegarasizdir. Maktab yoshida har qanday o'quvchi maktabda o'rganishi lozim bo'lgan hamma narsani to'liq o'zlashtirmaydi. Ayniqsa, bugungi kunda yoshlar orasida ko'proq xorijiy tillarni o'rganishga qiziqish, ayrim yo'nalishlargagina xos bo'lgan fanlarni o'quv kurslariga borib o'rganish urfga aylandi. Maktabda olgan fanlarga oid nazariy bilimlarni kundalik hayotda qo'llay olish, samarali o'rganuvchi bo'lish uchun nafaqat bilim va ko'nikmalarni, balki ular qanday va nima uchun o'rganilishi haqida xabardor bo'lishi lozim.

XXI asr - axborot texnologiyalari asri. Bu asr o'z mutaxassislaridan umuman avvalgidan farq qiluvchi kompetensiyalarni talab qiladi. XX asrda va undan oldin kuchli xotira, o'z sohasida iloji boricha ko'proq ma'lumotni bilgan mutaxassislar qadrlangan bo'lsa, endi bu bilimlar hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lmay qoldi. Qidiruv tizimlari, onlayn

March, 2023

468

ISSN: 2181-1385 ISI: G,967 I Cite-Factor: G,89 I SIS: 1,9 I ASI: 1,3 I SJIF: 5,771 I UIF: 6,1

ensiklopediyalar, sohalar bo'yicha mukammal onlayn ma'lumotlar bazalari yaratildiki, endi bu ma'lumotlarni eslab qolish zaruriyati ikkinchi darajaga tushib qoldi. Bugungi kun mutaxassisi zamon bilan hamnafas holda bu bilimlarni tahlil qilish, tanqidiy mulohazalarini bildirish, ulardan yangi ma'lumotlarni hosil qila olish, ijodkorlik talab etilmoqda.

PISA topshiriqlari xuddi shu o'zgarishlarni ta'lim tizimida aks ettirish, maktab o'quvchilarining haqiqiy hayotda kerak bo'ladigan hodisalarni tahlil qilish, ulardan xulosa chiqarish va muloqotga kirishish ko'nikmalarini qay darajada egallayotganini, ta'limning bu o'zgarishlarga qanchalik moslashayotganini aniqlash maqsadida o'tkaziladi va ko'p sonli o'quvchilarni baholaydi. Bu o'quvchilarning ba'zilari ilmiy yoki kasbiy sohani egallash uchun oliy ta'lim dargohlariga borishadi, boshqalari ishga joylashish uchun zarur tayyorgarlik ko'nikmalarini egallaydilar, ba'zilari esa umumiy o'rta ta'limni tamomlashi bilanoq oddiy ishga joylashadilar. Ularning ilm yoki mehnat faoliyatini tanlashidan qat'i nazar, o'quvchilarning fuqarolik jamiyatida hamda shaxsiy hayotdagi faol ishtiroklarida o'qish savodxonligi muhim ahamiyat kasb etadi.

Bugun til ta'limida "O'qish", "O'qish savodxonligi" degan tushunchalar paydo bo'ldi. "O'qish savodxonligi" deganda har bir shaxs o'z bilim va salohiyatini rivojlantirishi, hayotda o'z o'rnini topish uchun maqsadiga erishishi yo'lida matnlarni tushunishi, ulardan foydalana olishi, matnlar ustida mulohaza yuritishi hamda ularga tanqidiy munosabat bildirish qobiliyatini tushunamiz. Bundan tashqari o'quvchining berilgan badiiy asardan parcha, tarjimayi hol, xat, hujjat, gazeta va jurnallardan olingan maqolalar, turli qo'llanmalar, geografik xaritalar kabi turli mavzudagi, tarkibida matnni ochib berishga mo'ljallangan diagrammalar, rasmlar, grafik va j advallar berilgan matnni tushinishi, mazmuni haqida fikr yurita olish, matn mazmuniga baho berish va o'qiganlari haqida o'z fikrini ayta olishi kabi qobiliyatini aniqlash hisoblanadi.

Umumiy o'rta ta'lim o'quvchilari uchun mo'ljallangan yangi ona tili darsliklarida grammatik mavzular qisqartirilib, lingvistik mavzular emas, asosan, nutqiy mavzular orqali o'qish, yozish, gapirish va tinglab tushunish kabi ko'nikmalarni shakllantirishga alohida e'tibor qaratilgan. Darsliklardagi matnlar, mashq va topshiriqlar ana shu nutqiy mavzular doirasida tuzilgan. "Matn" tushunchasi bugungi kunda juda keng qo'llanilmoqda, yangi darsliklarda nutqiy mavzular sifatida turli matnlar fanlararo integratsiya asosida berilgan. Bugungi kun o'quvchisi ona tilining ijtimoiy ahamiyatini o'rganish bilan birga,

borliq haqidagi ensiklopedik bilimlarni ham o'zlashtiradi. Demak,

March, 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

matnlar orqali o'quvchilar nafaqat til ko'nikmalarini emas, balki hayotiy ko'nikmalarni egallashi ham nazarda tutilgan.

Bugungi yoshlar internet olamida yashamoqda. Hozirda internet tarmoqlarida har qanday matnlarni topish imkoniyati mavjud bo'lganligi bois, axborotlar asri yoshlarining qobiliyatli o'quvchi bo'lishlarini taqozo etadi. Bugungi kunda jamiyatdagi barcha sohalar doimiy o'zgarishlarga yuz tutganidek, bizning o'qish savodxonligi borasidagi tushunchalarimiz ham shakllanib, takomillashib boraveradi. Chunki biz shiddat bilan o'zgarib borayotgan dunyoda yashayapmiz. Yoshlarni kitobxonlikka, bilim olishga qiziqtirish pedagoglar zimmasiga katta mas'uliyat yuklaydi. Shunday o'zgarishlarga aql-idrok bilan kirisha olgan insongina barcha turdagi ma'lumotlarni topa olishi, tushunishi va ular borasida mulohaza yurita olishi mumkin.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi "O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5712-sonli farmoni.

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida" 2018-yil 8-dekabrdagi 997-sonli qarori.

3. "Xalqaro tadqiqotlarda o'quvchilarning o'quvchilarning o'qish savodxonligini baholash" (ona tili va adabiyot fani o'qituvchilari, metodistlar va soha mutaxassislari uchun metodik qo'llanma) "Sharq" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati, Toshkent-2019.

4. G'ulomov A.v.b. Ona tili o'qitish metodikasi. - Toshkent, 2012,11-b.

5. PISA tadqiqotida kreativ fikrlashni baholash doirasi. Toshkent-2020.

6. Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi veb-sayti www.markaz.tdi.uz.

XULOSA

March, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.