Научная статья на тему 'PISA 2025 “RAQAMLI DUNYODA O’RGANISH” INNOVATSION BAHOLASH DOMENI HAQIDA TUSHUNCHA'

PISA 2025 “RAQAMLI DUNYODA O’RGANISH” INNOVATSION BAHOLASH DOMENI HAQIDA TUSHUNCHA Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
721
31
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Matnni tushunish / matematika / tabiiy fanlar / domen / ustuvor yo’nalish / savodxonlik / raqamli dunyo / kreativ fikrlash / global kompetensiya / muammoni hal qilish.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Akramjon O’ktamjonovich Mirzayev

Ushbu maqolada PISA xalqaro baholash tadqiqoti haqida tushunchalar, tadqiqotning maqsadi va vazifalari, haqida ma’lumot yoritilgan. Tadqiqotning har uch yildagi ustuvor yo’nalishlarga ahamiyati va 2012 yildan boshlab ustuvor yo’nalishlardan tashqari o’quvchilarning qobiliyatlarini aniqlaydigan innotsion domenlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PISA 2025 “RAQAMLI DUNYODA O’RGANISH” INNOVATSION BAHOLASH DOMENI HAQIDA TUSHUNCHA»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 1 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

PISA 2025 "RAQAMLI DUNYODA O'RGANISH" INNOVATSION BAHOLASH DOMENI HAQIDA TUSHUNCHA

Akramjon O'ktamjonovich Mirzayev

AndDU Boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi v.b. dotsenti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada PISA xalqaro baholash tadqiqoti haqida tushunchalar, tadqiqotning maqsadi va vazifalari, haqida ma'lumot yoritilgan. Tadqiqotning har uch yildagi ustuvor yo'nalishlarga ahamiyati va 2012 yildan boshlab ustuvor yo'nalishlardan tashqari o'quvchilarning qobiliyatlarini aniqlaydigan innotsion domenlar keltirilgan.

Kalit so'zlar. Matnni tushunish, matematika, tabiiy fanlar, domen, ustuvor yo'nalish, savodxonlik, raqamli dunyo, kreativ fikrlash, global kompetensiya, muammoni hal qilish.

PISA (The Programme for International Student Assessment) -

o'quvchilarning o'qish (matnni tushunish), matematika va tabiiy fanlardan bilim darajalarini baholashga qaratilgan xalqaro baholash dasturi bo'lib, o'quvchilarning maktab davrida orttirgan bilim va ko'nikmalarini aniqlashga mo'ljallangan.

PISA xalqaro baholash dasturi shuningdek, o'quvchilar munosabati va motivatsiyasi haqida qimmatli ma'lumotlar to'playdi, o'quvchilarda muammoni hal qila olish kabi ko'nikmalarni ham baholaydi. Masalan, global ahamiyatga ega masalalarni hal etishda o'quvchi-yoshlarning fikr- mulohazalari, ular bergan taklif va yechimlarni baholaydi.

PISA-halqaro baholash dasturlarining natijalari asosida dunyo mamlakatlari o'quv dasturlarida mavjud bo'lgan talablar doirasida o'quvchilarning bilim va ko'nikmalarni qo'llash, fikrlash va muloqot qilish qobiliyatlariga baho beriladi.

PISA hech qanday o'quv dasturini belgilamaydi, targ'ib qilmaydi yoki umumiy e'tirof etishni taqozo etmaydi.

PISA tadqiqoti - Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti IHTT (OECD -Organisation for Economic Co-operation and Development) tomonidan amalga oshiriladigan dastur hisoblanadi.

Tadqiqot ilk bor 2000 yilda o'tkazilgan bo'lib, har uch yilda bir marotaba o'tkazib boriladi. Navbatdagi tadqiqotlar 2021 yilda o'tkazilishi rejalashtirilgan. PISA tadqiqoti o'ziga xos xususiyatlarga ega. Jumladan:

- ta'lim sohasidagi eng yirik, keng ko'lamli xalqaro monitoring tadqiqotlaridan biri sanaladi;

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

- tadqiqotda umumiy o'rta ta'lim muassasalarida ta'lim olayotgan 15 yoshli o'quvchilar ishtirok etadi;

- tadqiqotda o'quvchilarning "hayotga tayyorlik" darajasi, ya'ni ularning maktabda egallagan bilim va ko'nikmalarini hayotda qo'llay olish layoqati baholanadi;

- tadqiqotda o'quvchilarning matematika, o'qish (matnni tushunish), tabiiy yo'nalishdagi fanlar va global muammolarni hal etish sohasidagi funksional savodxonligi baholanadi;

- tadqiqotda ishtirokchi mamlakatlar ta'lim tizimining o'ziga xosligi bo'yicha ma'lumot olish imkonini beradigan kontekst axborot to'planadi.

O'zbekistonning PISA tadqiqotida ishtirok etishi uchun quyidagilar muhim ahamiyatga ega:

- O'zbekistonda umumta'lim maktablari bitiruvchilarining ta'lim olishni davom ettirishga qay darajada tayyorligini aniqlash;

- mamlakatdagi umumiy o'rta ta'limni takomillashtirish yo'nalishlarini aniqlash;

- o'quvchilarning ta'lim sohasidagi yutuqlari, shuningdek, turli mamlakatlarning ta'lim tizimlari haqidagi qiyosiy ma'lumotlarni olish.1

PISA xalqaro baholash dasturida 2000 yilda 43 mamlakat, 2003 yilda 41 ta mamlakat, 2006 yilda 55 ta mamlakat, 2009 yilda 65 ta mamlakat PISA 2009 baholashini amalga oshirdi. Yana 10 tasi 2010 yilda xuddi shunday baholashni amalga oshirdi. 2012 yilda 65 ta mamlakat, 2015 yilda 72 mamlakat, 2018 yilda 79 ta mamlakat va 2022 yilda 83 ta mamlakat qatnashgan.

Pisa xalqaro baholash dasturlari har uch yilda o'tkazlishi va bunda 15 yosh 3 oylikdan 16 yosh 2 oylik bo'lgan o'quvchilarning o'qish (matnni tushunish), matematik va tabiiy fanlar bo'yicha savodxonlik yo'nalishlari bo'yicha bilimlarini aniqlash bilan birgalikda har bir tadqiqotda ustuvor yo'nalishga alohida e'tibor qaratadi. 2000 yilda o'tkazilgan tadqiqotlarda o'qish savodligi ustuvor yo'nalish bo'lgan bo'lsa, 2003 yilda matematik savodxonlik, 2006 yilda tabiiy fanlar bo'yicha savodxonlik, 2009 yilda o'qish savodligi, 2012 yilda matematik savodxonlik, 2015 yilda tabiiy fanlar bo'yicha savodxonlik, 2018 yil o'qish savodligi ustuvor yo'nalish bo'lgan. Pandemiya tufayli 2021 yilda o'tkaziladigan tadqiqotlar 2022 yilga ko'chirildi va bu yilda ustuvor yo'nalish deb

"5

matematik savodxonlik tanlangan.

PISA xalqaro baholash dasturida 2012 yildan boshlab har bir siklda innovatsion domen baholashni kiritdi. Domenning innovatsion baholashlari PISA baholash dasturiga qatnashadigan mamlakatlar o'quvchilarning "hayotga tayyorgarligi" ya'ni fanlararo

1 A.n.Pag^neB, A.A.HcMau^OB, ®.P.Hap3ueB, X.n.AxMegoB, T.O.ToraeBa. YKyBHH^ap caBogxoHOTrHHH aHHK^am öyHHHa xa^^apo TagKHKoraap gacTypu. TomKeHT 2019.

2 https://www.oecd.org/pisa/aboutpisa/pisa-participants.htm. PISA camugaH ooth^h

3 Akramjon O'ktamjonovich Mirzayev. Odina Davronbek qizi Pozilova. Boshlang'ich sinf o'quvchilarning o'qish avodxonligini oshirishda pirls tadqiqotining ahamiyati. SCIENTIFIC PROGRESS. VOLUME 3 I ISSUE 3 I 2022

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 1 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

bog'lik asosida 21 asr kompetensiyalariga qaratilgan. Ushbu baholashlar o'quvchilarning o'qish, matematika va tabiiy fanlar bo'yicha asosiy savodxonlikaridan tashqari xalqaro miqyosda kompetensiyalarni baholay boshladi. 2012 yilda ijodiy muammolarni hal qilish innovatsion baholash domenini o'tkazdi. Bunda o'quvchilarning muammoli vaziatlarni tushunish va hal qilish qobiliyatini baholash bo'yicha xalqaro miqyosida taqqoslanadigan ma'lumotlar taqdim qilingan. Muammo insonning maqsadi bo'lib, lekin unga qanday erishishni bilmasa paydo bo'ladi. Odamlar maqsadiga erishish uchun tegishli bilim va g'oyalarni yetishmasligini oldini olish kerak. Mammolarni hal qilish ma'lum bir vaziyatni hal qilishning aniq usuli bo'lmaganda maqsadli vaziyatga aylantirishni anglatadi. PISA 2012 muammolarni ijodiy yechimini baholashda o'quvchilarning umumiy fikr yuritish ko'nikmalariga, muammoni hal qilish jarayonlarini tartibga solish qobiliyatiga va o'quvchilarni mutaxassis bilimini talab qilmaydigan muammolarga duch kelishga tayyorligiga e'tibor qaratildi.4

Murakkab muammolarni hal qilish qobiliyatlari tez o'sib borayotgan yuqori malakali boshqaruvni talab qiladigan texnik va iqtisodiy kasblarda talab qilinadi. O'quvchilarning kundalik faoliyatida ham, kelajagiga tayyorgarlik ko'rishda ham yechimlari aniq bo'lmagan murakkab muammolarga, qiyinchiliklarga qarshi turishlari va ularni yengishlari uchun ijodiy muammolarni hal qilish ko'nikmalarini rivojlantirish muhim. Muammolarni hal qilish ko'nikmalari o'quvchilarga yangi sharoitlarga yaxshiroq moslashish, umrini ohirigacha bilim olib, izlanish va bilimlarini muvaffaqiyatli harakatlarga o'tkazish orqali jamiyatda o'z o'rnini topishga yordam beradi. Shuning uchun PISA 2012 yilda ijodiy muammolarni hal qilish innovatsion baholash domeni kiritilgan.5

2015 yilda o'tkazilgan PISA xalqaro baholash dasturida innovatsion baholash domeni "Muammoni birgalikda hal qilish" bo'lgan. PISA 2015 muammolarni birgalikda hal etishni baholashda ikki yoki undan ortiq agentlar alohida jalb qilingan bo'lib, ular o'quvchilarning muammoni hal qilish uchun zarur bo'lgan tushuncha va sa'y-harakatlarni birgalikda baham ko'rish va ularga erishish uchun bilim, ko'nikma, sa'y-harakatlarni birlashtirish yo'li bilan muammoni hal qilishga urinish jarayonida samarali ishtirok etish qobiliyatini o'lchaydi.

PISA 2015 innovatsion baholash muammolarni hamkorlikda yechish bo'lib, bu baholash PISA 2012 ijodiy muammolarni hal qilish innovatsion baholash tizimiga asoslangan. Bu innovatsion baholash muammolarni hal qilishning hamkorlikdagi jihatlariga qaratilgan qo'shimcha tushunchalarni o'z ichiga oladi. Bu loyihaga asoslangan ta'lim va ish joyida va fuqarolik muhitida hamkorlikda, ya'ni muloqot qilish,

4 Akramjon O'ktamjonovich Mirzayev. Odina Davronbek Qizi Pozilova. Matematika fanini o'qitish samaradorligini oshirishda timss xalqaro tadqiqotining o'rni. SCIENTIFIC PROGRESS. VOLUME 3 I ISSUE 4 I 2022.

5 https://www.oecd.org/pisa/innovation/

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

nizolarni boshqarish, jamoani tashkil qilish, konsensus yaratish va taraqqiyotni boshqarishda kerak bo'ladigan ko'nikmalarni aniqlaydi.

Zamonning tez fursatda rivojlanishi, ish sur'atlarini keskin o'zgarishi inobat olgan holda ish joylarida odatiy bo'lmagan muammolarni hal qila oladigan va buni boshqalar bilan birgalikda g'oyalar va sa'y-harakatlarni baham ko'rish orqali yechimini topa oladigan insonlarni talab qiladi. Ishtimoiy tarmoqlar, elektron pochta va raqamlashtirish jarayonida fuqarolar bilan muloqot qilish, ya'ni kontekst yaratish hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirdi. Shuning uchun maktab o'quvchilari kelajak faoliyatida hamkorlik aloqalariga duch keladi va muvaffaqiyatga erishish uchun hamkorlikda, birgalikda muammolarni hal qilish ko'nikmalariga ega bo'lishlari kerak. 21 asrda muammolarni individual hal qilishdan ko'ra muammlarni birgalikda hal qilish muhum sifat ekanligi va bu bir qator afzalliklarga ega bo'ladi. Bu afzaliklar muammo yechimini topish uchun turli nuqtai nazar va tajribalarni qo'llash, mehnatni taqsimlashda tenglik, jamoa a'zolarini qo'llab quvvatlash va rag'batlantirish. Bu o'z navbatida jamoada muammoni hal qilishning samarasini oshiradi. Agar bu jamoaviylikni, hamkorlikni yomon boshqarilsa, jamoviy aloqa munosabati, shaxslararo ziddiyatlar va samarasizlikka olib keladi. Shuning uchun o'quvchilarning muammoni birgalikda muvaffaqiyatli hal qilish ko'nikmalarini rivojlanrish zarur.6

PISA baholash dasturining 2018 yilda o'tkazilgan tadqiqotlarida innovatsiyon baholash domeni PISA 2018 Global kompetensiya bo'lib, buni baholash jarayoni o'quvchilarning mahalliy, global va madaniyatlararo muammolarni o'rganish, turli madaniyat vakillari bilan ochiq, to'g'ri va samarali muloqotda bo'lish hamda jamoaviy farovonlik va barqaror rivojlanish uchun harakat qilish qobiliyatini o'lchaydi. Global kompetensiya o'quvchilarga global xabardorlikni o'zaro hurmat bilan muloqot qila olishni, ko'p madaniyatli jamiyatda uyg'un yashay olishni, samarali muloqot qila oladigan, turli madaniyatli jamoalarda ishonchni mustahkamlay oladigan va boshqalarga hurmat ko'rsata oladigan shaxslarni tobora ko'proq talab qiladigan ish

n

dunyosiga o'zini tayyorlashi kabi muhim ko'nikmalarni beradi.

PISA baholash dasturining 2022 yilda o'tkazilgan tadqiqotlarida innovatsiyon baholash domeni PISA 2022 kreativ firlash bo'lib, PISA 2022 kreativ (ijodiy) fikrlashni baholash o'quvchilarning g'oyalarni yaratish, baholash va takomillashtirishda samarali ishtirok etish qobiliyatini o'lchaydi. Kreativ (ijodiy) fikrlash muhim bo'lgan va o'ziga hos g'oyalarni yaratishga olib keladigan fikrlash. PISA 2022 kreativ fikrlash baholashi o'quvchilarning turli xil va o'ziga xos bo'lgan orginal g'oyalarni yaratish, turli kontekstlar yoki "domenlar" bo'yicha g'oyalarni baholash va takomillashtirish

6 6 https://www.oecd.org/pisa/innovation/

7 Akramjon O'ktamjonovich Mirzayev. Ozodaxon Ikromali qizi Toshtemirova. Boshlang'ich sinflarda eski va yangi darsliklarni qiyosiy tahlili. SCIENTIFIC PROGRESS. VOLUME 3 I ISSUE 4 I 2022

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

imkoniyatlarini o'rganadi. Baholash to'rtta sohani o'z ichiga oladi: yozma ifoda, vizual ifoda, ijtimoiy muammolarni hal qilish va ilmiy muammolarni hal qilish. Sinfdan tashqari, ijodiy fikrlash o'quvchilarga doimiy va tez o'zgaruvchan dunyoga moslashishga yordam beradi. O'quvchilarning ijodiy fikrlashlarini qo'llab-quvvatlash ularga o'zlari yashayotgan jamiyatning bugungi va kelajakdagi ishchilari sifatida

o

rivojlanishiga hissa qo'shishga yordam beradi.

PISA baholash dasturining 2025 yilda o'tkazilgan tadqiqotlarida innovatsiyon baholash domeni PISA 2025 "Raqamli dunyoda o'rganish" bo'lib, bu baholash o'quvchilarning hisoblash vositalaridan foydalangan holda bilim yaratish va muammolarni hal qilishning iterativ jarayonida ishtirok etish qobiliyatini o'lchaydi. Bu qobiliyat hisoblash va ilmiy tadqiqot amaliyotlarini qo'llashda o'z-o'zini tartibga solishni o'rganish orqali namoyon bo'ladi.9

Zamonaviy ta'lim texnologiyalar yordamida o'quvchilar o'z o'rganish usullarini o'zgartirishi tabiiy hol bo'lib kelmoqda. Bunday davrda o'quvchilar murakkab hodisalarni o'rganishi va boshqalar bilan birgalikda baham ko'rishi hamda o'z goyalari va takliflarining raqamli ko'rinishini yaratishda texnologiyalar yangi imkoniyatlar beradi.10 Raqamli dunyo mummolariga qarshi turish uchun zamonaviy texnologiyalardan foal va individual foydalanuvchi o'quvchi bo'lish ko'nikmalari, munosabatlarini o'rgatish uchun yetarlicha e'tibor berilmagan. 11

PISA 2025 "Raqamli dunyoda o'rganish" baholashi texnologiyalar yordamida o'rganish uchun zarur bo'lgan ikkita kompetensiyaga qaratilgan:

o'z-o'zini tartibga soluvchi ta'lim bilan shug'ullanish qobiliyati, bu o'rganish jarayonida o'zining metakognitiv, kognitiv, xulq-atvori, motivatsion va affektiv jarayonlarini kuzatish va nazorat qilishni nazarda tutadi;

hisoblash va ilmiy tadqiqot amaliyotlari, bu tizimlarni o'rganish, g 'oyalarni ifodalash va hisoblash bilan muammolarni hal qilish uchun raqamli vositalardan foydalanish

1 9

qobiliyatini anglatadi.

8 Akramjon O'ktamjonovich Mirzayev, Nigora Oripova. Boshlang'ich sinf matematika darslarida o'quvchilarning mantiqiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish. Central asian academic journal of scientific research. Volume 2 I issue 7 I 2022

9 Akramjon o'ktamjonovich Mirzayev. O'quvchilarning raqamli dunyoda o'rganish konsepsiyasi bo'yicha savodxonligini rivojlantirish. SCIENTIFIC PROGRESS. VOLUME 2 I ISSUE 8 I 2021

10 Mirzayev Akramjon O'ktamjonovich. Ta'limda raqamli savodxonlik tushunchasining mazmuni. YOUTH, SCIENCE, EDUCATION: TOPICAL ISSUES,ACHIEVEMENTS AND INNOVATIONS. 2022 Prague, Czech

11 Akramjon O'ktamjonovich Mirzayev. Mamlakatimiz ta'lim tizimida raqamlashtirish va raqamli dunyoda o'qitish va o'rganishning mavjud imkoniyatlari. Academic Research in Educational Sciences. VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

12 Mnp3aeB AKpaM^OH YKTaM^OHOBHH. YKyBHH^apHHHr pa^aM^H KyHHKMa^apHHH pHBO^anrapHm. Journl of ethics and governance. Volume 2. Issue 8. August-2022.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 1 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

Adabiyotlar

1. A.n.Pag^ueB, A.A.HcMaunoB, ^.P.Hap3ueB, X.n.AxMegoB, RO.ToraeBa. YKyBHHnap eaBogxoHnHrHHH aHHK^am 6yÖHHa xa^Kapo TagKHKoraap gacTypu. TomKeHT 2019.

2. https://www.oecd.org/pisa/aboutpisa/pisa-participants.htm. PISA caÖTH

3. Akramjon O'ktamjonovich Mirzayev. Odina Davronbek qizi Pozilova. Boshlang'ich sinf o'quvchilarning o'qish avodxonligini oshirishda pirls tadqiqotining ahamiyati. SCIENTIFIC PROGRESS. VOLUME 3 I ISSUE 3 I 2022

4. Akramjon O'ktamjonovich Mirzayev. Odina Davronbek Qizi Pozilova. Matematika fanini o'qitish samaradorligini oshirishda timss xalqaro tadqiqotining o'rni. SCIENTIFIC PROGRESS. VOLUME 3 I ISSUE 4 I 2022.

5. https://www.oecd.org/pisa/innovation/

6. Akramjon O'ktamjonovich Mirzayev. Ozodaxon Ikromali qizi Toshtemirova. Boshlang'ich sinflarda eski va yangi darsliklarni qiyosiy tahlili. SCIENTIFIC PROGRESS. VOLUME 3 I ISSUE 4 I 2022

7. Akramjon O'ktamjonovich Mirzayev, Nigora Oripova. Boshlang'ich sinf matematika darslarida o'quvchilarning mantiqiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish. Central asian academic journal of scientific research. Volume 2 I issue 7 I 2022

8. Akramjon o'ktamjonovich Mirzayev. O'quvchilarning raqamli dunyoda o'rganish konsepsiyasi bo'yicha savodxonligini rivojlantirish. SCIENTIFIC PROGRESS. VOLUME 2 I ISSUE 8 I 2021

9. Mirzayev Akramjon O'ktamjonovich. Ta'limda raqamli savodxonlik tushunchasining mazmuni. YOUTH, SCIENCE, EDUCATION: TOPICAL ISSUES,ACHIEVEMENTS AND INNOVATIONS. 2022 Prague, Czech

10. Akramjon O'ktamjonovich Mirzayev. Mamlakatimiz ta'lim tizimida raqamlashtirish va raqamli dunyoda o'qitish va o'rganishning mavjud imkoniyatlari. Academic Research in Educational Sciences. VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

11. Mup3aeB AKpaM^OH YKTaM^OHOBHH. YKyBHHnapHHHr paKaMnu KyHHKManapHHH

pHBO^naHTHpum. Journl of ethics and governance. Volume 2. Issue 8. August-2022.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.