Научная статья на тему 'BOSHLANG’ICH SINFLARDA ESKI VA YANGI DARSLIKLARNI QIYOSIY TAHLILI'

BOSHLANG’ICH SINFLARDA ESKI VA YANGI DARSLIKLARNI QIYOSIY TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
2355
200
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
amaldagi dastur / darsliklar / xalqaro standartlar / akademik til / matematika / TIMSS / PIRLS / tabiiy fanlar.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Akramjon O’ktamjonovich Mirzayev, Ozodaxon Ikromali Qizi Toshtemirova

Ushbu maqolada amaldagi darsliklar hamda hozirda takomillashgan xalqaro reytinglar natijasida tuzilgan, o’quvchilarni yuzaki emas balki haqiqiy savodxonlik, mantiqiy, tanqidiy fikrlashga chorlovchi dasturlar asosida yaratilgan darsliklar va ularning boshqa chet davlatlar bilan mutanosibligini foizlar kesimida berilgan ma’lumotlar haqida juda ko’plab ma’lumotlar yoritib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG’ICH SINFLARDA ESKI VA YANGI DARSLIKLARNI QIYOSIY TAHLILI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022—5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id—22257

BOSHLANG'ICH SINFLARDA ESKI VA YANGI DARSLIKLARNI QIYOSIY

TAHLILI

Akramjon O'ktamjonovich Mirzayev Ozodaxon Ikromali qizi Toshtemirova

AndDU, Boshlang'ich ta'lim metodikasi AndDU, Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi kafedrasi dotsenti v.b. 201 -guruh talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada amaldagi darsliklar hamda hozirda takomillashgan xalqaro reytinglar natijasida tuzilgan, o'quvchilarni yuzaki emas balki haqiqiy savodxonlik, mantiqiy, tanqidiy fikrlashga chorlovchi dasturlar asosida yaratilgan darsliklar va ularning boshqa chet davlatlar bilan mutanosibligini foizlar kesimida berilgan ma'lumotlar haqida juda ko'plab ma'lumotlar yoritib o'tilgan.

Kalit so'zlar: amaldagi dastur, darsliklar, xalqaro standartlar, akademik til, matematika, TIMSS, PIRLS, tabiiy fanlar.

So'ngi yillarda ta'lim sohasining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo'yicha farmon va qarorlar qabul qilindi va bunga asosan deyarli barcha dastur hamda darsliklar asosiga o'zgartirishlar kiritildi. Bunga sabab bo'lgan eng katta omil shunda ediki, bizning milliy o'quv dasturimiz xalqaro talablarga hamda chet elning ko'zga ko'ringan ta'lim jarayonlari natijalariga tenglasha olmasligi edi.

1-rasm

Yuqorida tasvirlangan diagrammadan shuni ko'rishimiz mumkinki, bizning Milliy O'quv Dasturimiz (MO'D) va Janubiy Koreyaning standartlariga 30, 34% larinigina tashkil qilishini ko'rishimiz mumkin. Bu albatta ta'limda oqsoqlik borligini bildiradi. Janubiy Koreuyada boshlang'ich sinflarda o'quvchilarga ta'lim berishda zamonaviy raqamli texnologiyalar qo'llaniladi. Bizda ham ta'lim olishda raqamli textologiyalni

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022—5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id—22257

qo'llash borasida qaror va farmonlar amalda qo'llanilmoqda. Bu farmonlarda ta'lim sohasida raqamli ko'nikmalarni oshirish maqsadida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi: ta'lim pog'onasining boshlang'ich bosqichida o'quvchilarga raqamli texnologiyalarni taqdim etish orqali raqamli ko'nikmalarni o'zlashtirish uchun imkoniyatlar yaratish, tahliliy va tanqidiy fikrlashni rivojlantirish, kelajakda zarur bo'ladigan keng ko'lamli raqamli transformatsiya sharoitida yoshlarga bilim va ko'nikmalar berish.1

O'quvchilarning raqamli savodxonligini rivojlantirishda o'qituvchilar ta'lim berishda raqamli texnologiyalardan maqsadli, samarali foydalanishi, individual yondashishni zaruratini oshirishi va raqamli bilim, ko'nikmalarni amalga oshirish muhim omil hisoblanadi.

Keying tadqiqotlar natijalarlarini ko'radigan bo'lsak,

2-rasm

Bunda sinflar kesimida ko'rishimiz mumkinki bu dasturlarning qiyosiy tahlilida asosiy muammo talablarning noaniq qo'yilganligi hisoblanadi. Vaholanki noaniqlik fanlarni tushinmaslikka, fikrlar chalkashligiga mantiqni o'zgarishiga olib keladi.

o 3

3-rasm

1 Akramjon O'ktamjonovich Mirzayev. Mamlakatimiz ta'lim tizimida raqamlashtirish va raqamli dunyoda o'qitish va o'rganishning mavjud imkoniyatlari. Academic Research in Educational Sciences. VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

2 Akramjon O'ktamjonovich Mirzayev. O'quvchilarning raqamli dunyoda o'rganish konsepsiyasi bo'yicha savodxonligini rivojlantirish. Scientific Progress. Volume 2. ISSUE 8 I 2021.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022—5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id—22257

Ta'limdagi islohatlardan so'ng Milliy O'quv Dasturimizni Xalqaro dastur bilan

qiyoslanganda dasturda ancha siljish borligini ko'rishimiz mumkin. Eski dasturlardagi

darsliklarni misol tariqasida oladigan bo'lsak, avvalgi darsliklar qiyin akademik tilda

yozilgan bo'lib bu o'quvchilarni fandan bezdirish va ularni tushunmaslikka olib kelar

edi. Lekin bugungi kunda ta'lim butun dunyo o'rganish natijalariga asoslangan. Ya'ni

o'quvchi darslikdagi, dasturdagi biror mavzuni o'rganolmadimi, ya'na o'sha mavzuni

o'qiydi. Avvalgiga o'xshab soatlarga bo'lib berilmadi. O'quvchi o'rgansa-o'rganmasa,

keyingisiga o'tib ketaverar edi. Natijada bola tushunmagani sayin darsni yomon ko'ra

boshlardi. O'z-o'ziga nisbatan bahosi pasayib ketardi. Eng katta muammo ham shunda

edi. Endi faqat yod olishga emas, balki o'quvchilarning ertangi hayotga ham tayyor

bo'lishiga turtki berishga qaratilgan. Ya'ni u sinfxonada tanqidiy fikrini bildira olsa,

ijodiy fikrlasa, jamoa bo'lib ishlashni o'rgansa, muammoga yechim topolsa, unda

to'g'ri qaror qabul qilish, yangi g'oyani ilgari surish, fan nuqtai nazaridan dunyoni o'z

ko'zi bilan anglash ko'nikmalari shakllanadi. Muammolarni bartaraf etish yuzasidan

so'ngi yillarda barcha dastur va darsliklarga o'zgartirish kiritildi. Bunday darliklardan

biri boshlang'ich sinflar uchun "Ona tili va o'qish savodxonligi" darsligidir. 'qish

savodxonligi nafaqat ta'lim tizimida, balki boshqa sohalarda ham yutuqlarga erishish

uchun asos hisoblanadi.4 Eng asosan Xalqaro dasturlar PISA, PIRLS. TIMSS, TAILS

kabi tadqiqotlar talabiga javob beradigan va ular asosiga qurilgan dastur va darsliklar

yaratildi. Matematika fani boshlang'ich sinflardan boshlab inson hayotining mazmuni

ekanligi ko'rsatib boriladi. Matematika haqiqiy olamning miqdoriy munosabatlari va

fazoviy formalari haqidagi fandir. Matematikadan masalalar yechish o'quvchilarning

fikrlash qobiliyatlarini rivojlantiradi. To'rtinchi sinf bitiruvchilari uchun TIMSS

i

masallaridan namuna keltiramiz. Masala. Tohir nonning - qismini yedi , ukasi esa

qolgan nonning - qismini yedi. Ular ikkalasi jami qancha nonni yedi?5

Darsliklar kesimida boshlang'ich sinflar matematika darsligini oladigan bo'lsak, avvalgi darsliklardan tubdan farq qiladi desak mubolag'a bo'lmaydi. Boisi, darslikda berilgan topshiriqlar o'quvchini nafaqat hisob-kitobga, balki, mavzularni oson anglashga, mantiqiy va tanqidiy fikrlashga undaydi. Darslikda berilgan rasmlar, chizmalar va jadvallar juda ham qiziqarli, shu bilan birgalikda o'quvchining tushunishi uchun sodda va aniq shaklda berilganligi o'quvchi hamda pedagoglar uchun qulaylik tug'diradi.

3 1-2-3-rasmlar daryo.uz saytidan olindi. https://daryo.uz/2022/04/11/ilgarigi-talim-standartida-boshlangich-sinf-oquvchilariga-40-foizdan-ortiq-noaniq-talablar-qoyilgan-respublika-talim-markazi/?utm_source=@daryo

4 Akramjon O'ktamjonovich Mirzayev, Odina Davronbek Qizi Pozilova. Boshlang'ich sinf o'quvchilarning o'qish savodxonligini oshirishda pirls tadqiqotining ahamiyati. . Scientific Progress. Volume 3. ISSUE 3 I 2022.ISSN:2181-1601. P.140

5 Akramjon O'ktamjonovich Mirzayev, Odina Davronbek Qizi Pozilova. Matematika fanini o'qitish samaradorligini oshirishda timss xalqaro tadqiqotining o'rni. SCIENTIFIC PROGRESS. VOLUME 3 I ISSUE 4 I 2022. P 77.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022—5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id—22257

Masalan matematika darsining yetakchi mavzusi hisoblangan "Ko'paytirish jadvali" mavzusini ko'radigan bo'lsak, o'quvchiga to'liq tushuntirishga harakat qilinadi. Boisi, bu mavzuni yaxshi o'zlashtirgan o'quvchi juda ko'p mavzularni o'zlashtirishda, turli misol va masalalarga yechim topishda hech qanday qiyinchiliklarga duch kelmaydi. Bu darslikda "Sonlarni ko'paytirish" mavzusi uchun berilgan topshiriqlar orqali o'quvchilarga kerakli bilim, ko'nikma va malakalarni berilishi mumkin. Bunda bizga darslikda berilgan rasmli ko'rgazmalarning turli shaklda sifatli va mazmunli qilib ifodalanishi katta yordam beradi. Ayniqsa, karraning son nurida ifodalanishi yoki narsalarning guruhlar shaklida ko'rinishi o'quvchilarning karrani shunchaki yod olishi uchun emas, balki, ongli tushunishiga asos bo'lib xizmat qildi.

Tadqiqotlarga ko'ra, hisob-kitobni yaxshi o'zlashtirgan o'quvchidan ko'ra, matematik mushohada hamda mantiqiy fikrlash ko'nikmasiga ega o'quvchi hayotda ko'proq muvaffaqiyat qozonar ekan. Bu ko'nikma orqali odam matematik bilimlarini hayotda qo'llaydi, turli vaziyat va muammolarga tez yechim topadi.

Shuni hisobga olib, Finlyandiya, Singapur, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya va milliy tajriba asosida tayyorlangan Milliy o'quv dasturida ham o'quvchining matematik tafakkurini rivojlantirishga e'tiborni qaratilgan.

Shuningdek, ilg'or o'quv dasturi asosida yaratilgan 1-sinf Matematika darsligida ham ilk bor farzandlarimizni matematik mushohadaga chorlaydigan mashg'ulot va topshiriqlarga keng o'rin berildi.

1-sinf matematika darsligining I bob, 5-darsida narsalarning miqdori haqida tushuncha berilgan bunda oldingi darslik asosidan ko'ra yuqori pog'onada darslik tuzilganini ko'rishimiz mumkin. Endi bunda o'quvchilar miqdorlarni sanab taqqoslashdan foydalanmay, ko'rib fikirlab sifatlar orqali yechim topadi. Masalan katta-kichik, keng-tor, baland-past, qisqa-uzun, og'ir- yengil kabi javoblar berishi mumkin.

Tabiiy fan kesimida ham ko'radigan bo'lsak ham, bu darsliklardagi mavzular avvalgiga qaraganda biroz murakkab berilgan bo'lsa-da, lekin, juda ham qiziqarli, tushunarli berilgani va amaliy mashg'ulotlarning ko'p berilganligi o'qituvchi uchun ham , o'quvchi uchun ham zavqli bo'ladi. XXI asr bolalari bu mavzularni hech qanday qiyinchiliklarsiz, balki, katta qiziqish bilan o'rganadilar. Darslikda berilgan mavzular o'quvchilarni real hayotni o'rganishga, anglashga undaydi.

Darslikning 2-bobidagi "O'simlik organlari" mavzusi uchun berilgan "O'simlik qanday oziqlanadi?", "Olmaning hayot sikli", "Qoqio'tning hayot sikli" kabi rasmli ko'rgazmalar o'quvchilarning oson o'zlashtirishi uchun manba bo'lmoqda. Ayniqsa, "Urug'ning unib chiqish jarayonini o'rganish" mavzusida berilgan amaliy mashg'ulot barcha o'quvchilarda yorqin taassurot qoldirdi.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022—5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id—22257

Bu ma'lumotlardan shuni hulosa qilishimiz mumkinki, avvalo o'quvchilarga faqatgin bilim beribgina qolmay, ularni olgan bilimlari asosida yuksaltirish va ularni mantiqiy, tanqidiy fikrlashga chorlash, o'rgangan narsalarini hayotda tadbiq qila olish qobiliyatiga ega qilib tarbiyalash, ularda yetuk va barkamol shaxsni tarbiyalash asosiy maqsad qilib qo'yilgan.

REFERENCES

1. Lolaxon O'rinboyeva, Mamanazar Jumayev, Nigora Ruzikulova, Umid Raxmonov, Shuxrat Ismailov, Nodira Ismailova, Nazimaxanum Usmanova. Matematika. Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 1-sinfi uchun darslik. Toshkent 2021.

2. Akramjon O'ktamjonovich Mirzayev. Mamlakatimiz ta'lim tizimida raqamlashtirish va raqamli dunyoda o'qitish va o'rganishning mavjud imkoniyatlari. Academic Research in Educational Sciences. VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

3. Ilgarigi ta'lim standartida boshlang'ich sinf o'quvchilariga 40 foizdan ortiq noaniq talablar qo'yilgan — Respublika ta'lim markazi. http s: //daryo. uz/2022/04/11/il gari gi-talim-standartida-boshlangich-sinf-oquvchilariga-40-foizdan-ortiq-noaniq-talablar-qoyilgan-respublika-talim-markazi/?utm source=@daryo

4. Akramjon O'ktamjonovich Mirzayev. O'quvchilarning raqamli dunyoda o'rganish konsepsiyasi bo'yicha savodxonligini rivojlantirish. Scientific Progress. Volume 2. ISSUE 8 I 2021.

5. K. T. Suyarov, Z. Y. Tillayeva, Z. B. Sangirova, M. K. Yuldasheva, M. M. Avezov, M. X. Baymuratova, D. S. Azamatova, M. T. Umaraliyeva, U. E. Alimuhamedova, S. G'. Xasanova, D. T. Hasanova, D. Q. Turdiyeva, N. V. Yusupova, G. A. Pahramova, Sh. M. Ganiyeva. Tabiiy fanlar. Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 1-sinfi uchun darslik. Toshkent 2021.

6. Akramjon O'ktamjonovich Mirzayev, Odina Davronbek Qizi Pozilova. Boshlang'ich sinf o'quvchilarning o'qish savodxonligini oshirishda pirls tadqiqotining ahamiyati. . Scientific Progress. Volume 3 . ISSUE 3 I 2022.ISSN:2181-1601. P.140

7. Akramjon O'ktamjonovich Mirzayev, Odina Davronbek Qizi Pozilova. Matematika fanini o'qitish samaradorligini oshirishda timss xalqaro tadqiqotining o'rni. Scientific Progress. Volume 3 I ISSUE 4 I 2022. P 77.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.