Научная статья на тему 'XALQARO TADQIQOTLAR ASOSIDA OLIY TA'LIM TIZIMIDA TALABALAR IJTIMOIY FAOLLIGINI RIVOJLANTIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH'

XALQARO TADQIQOTLAR ASOSIDA OLIY TA'LIM TIZIMIDA TALABALAR IJTIMOIY FAOLLIGINI RIVOJLANTIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yoshlar / tarbiya / ijtimoiy pedagogik / bilim / rivojlantirish / pedagogik faoliyat / o‘qituvchi / dars.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Gulyamova Nadira Gafurovna

Maqolada xalqaro tadqiqotlar asosida oliy ta'lim tizimida talabalar ijtimoiy faolligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish va yoshlarning ijtimoiy pedagogik tafakkurini rivojlantirishga oid fikrlar yoritilgan. Shuningdek, xorijlik tadqiqotchi olimlarning pedagogikaga oid fanlarni o‘qitishda talabalar ijtimoiy faolligini rivojlantirishga oid ilmiy tadqiqot ishlarining tahlillari qayd etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XALQARO TADQIQOTLAR ASOSIDA OLIY TA'LIM TIZIMIDA TALABALAR IJTIMOIY FAOLLIGINI RIVOJLANTIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

XALQARO TADQIQOTLAR ASOSIDA OLIY TA'LIM TIZIMIDA TALABALAR IJTIMOIY FAOLLIGINI RIVOJLANTIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH

Gulyamova Nadira Gafurovna P.f.b.f.d. (PhD), NamMTI https://doi.org/10.5281/zenodo.11518428

Annotatsiya. Maqolada xalqaro tadqiqotlar asosida oliy ta'lim tizimida talabalar ijtimoiy faolligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish va yoshlarning ijtimoiy pedagogik tafakkurini rivojlantirishga oid fikrlar yoritilgan. Shuningdek, xorijlik tadqiqotchi olimlarning pedagogikaga oid fanlarni o'qitishda talabalar ijtimoiy faolligini rivojlantirishga oid ilmiy tadqiqot ishlarining tahlillari qayd etilgan.

Kalit so'zlar: yoshlar, tarbiya, ijtimoiy pedagogik, bilim, rivojlantirish, pedagogik faoliyat, o'qituvchi, dars.

Jahon miqyosida so'nggi davrlarda shaxs va uning ijtimoiylashuvi masalalariga barcha ijtimoiy fanlar, xususan, sotsiologiya, jamiyatshunoslik, pedagogika, psixologiya, madaniyatshunoslik, siyosiy fanlarda juda katta e'tibor qaratilayotgan bo'lib, shaxs ijtimoiylashuvining ichki va tashqi omillari, ta'sir va aks ta'sir masalalari, uning shakllanishida ma'naviy, axloqiy, diniy, ma'rifiy, madaniy qadriyatlar, ideallar, norma va talablar o'rni, personalizatsiya va integratsiya, ijtimoiy hayot mezonlarini yoshlarga o'tkazishning pedagogik va psixologik asoslari masalalarida ma'lum yutuqlarga erishildi. Inson ijtimoiylashuvida uning mexanizmlari sifatida irsiyat, oila, ta'lim muassasalari, an'analar, madaniy boyliklar, tarix, OAV, ijtimoiy tarmoqlar, ko'cha mentaliteti kabilar o'rganildi. Menejment yo'nalishi talabalarida ijtimoiy faollikni rivojlantirish muhimligi va Oliy ta'lim muassasalarida talabalar ijtimoiy faolligini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini o'rganish eng dolzarb muammolardan biriga aylandi.

Dunyoda yoshlarning ijtimoiylashuvini ta'minlashda ta'lim jarayonining o'rni, jamoada insonparvarlik tizimini shakllantirishning samarali texnologiyalarini ishlab chiqish, ijtimoiy pedagogika fanining eng samarali, integratsion usullaridan keng foydalanishi [1], ta'lim tizimida ijtimoiylashuvni maxsus faoliyat sifatida rivojlantirish masalalarini ta'lim-tarbiya jarayonlariga tatbiq etishi bo'lajak yosh kadrlarning ijtimoiy faolligini rivojlantirish samaradorligini ta'minlashga doir ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Ijtimoiy-iqtisodiy hayotda keskin o'zgarishlar yuz berayotgan sharoitda ushbu tadqiqot natijalari ta'lim va o'qitish sifatini oshirishda, jamoani boshqarishda, ta'lim muassasalari faoliyatining sifat ko'rsatkichlarini belgilashda, bo'lajak mutaxassisning kasbiy tayyorgarligida muhim ahamiyat kasb etadi. ijtimoiy ko'nikmalarning tarkib topishi ijtimoiy faollik darajasini aniqlash imkoniyatini kengaytirmoqda.

Rossiya va MycTaKHn gaB.naT.nap xaMgycmnrH mamlakatlari olimlari, jumaldan, V.I.Dubinskiy, V.V.Ignatova, N.V.Lyaxova, A.V.Mudrik va T.A.Shalyapinalarning tadqiqot ishlarida oliy ta'lim muassasalarida talabalarning ijtimoiylashuv m asalalari nazariy jihatlarini chuqur tahlil etilgan [2]. A.A.Abutalimova, V.E.Bels, Ye.N.Dombrovskaya, T.Yu.Kupach, G.A.Misyurina, A.I.Sapojnikov hamda A.S.Sharudilovalar tomonidan maktabgacha yoshdagi bolalar, maktab o'quvchilari ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy yondashuv usullari, oila va maktab hamkorligi, o'spirinlarning ijtimoiylashuvi, milliy-mental xususiyatlari kabi masalalarni chuqur tadqiq etilgan [2].

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

Xorijlik tadqiqotchi olimlar D.Gwen, C.Cameron, M.Shameer va J.Hàmàlàinenlar yoshlar ijtimoiylashuvining pedagogik konsepsiyasi va amaliy xususiyatlari bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borganlar [3].

Rossiyalik olim A.V.Mudrik ilmiy izlanishlarida ijtimoiy rivojlanishni ta'minlash uchun E.Frommning g'oyalarini ilgari suradi [5]. Uningcha, ijtimoiy jarayonlarning ijtimoiy - ma'naviy va ruhiy asoslari favqulodda kuchlidir, deb izohlovchi yondashuv tarafdorlari ko'pincha ekzistensializm nazariyasiga tayanadilar. Ekzistensiya - yashashni, ayni vaqtda yashayotganlikni anglash o'zgarayotgan va o'tayotgan zamonni ruhiyati va vujudida doimiy his etib yashashni anglatadi. Ekzistensial yondashuvning susayishi manfaat olish darajasi yuqori bo'lmagan jamoalarga o'zi anglamagan holda qo'shilib ketishni kuchaytiradi. Ekzistensiya shaxsning o'z -o'ziga beradigan bahosi, o'z - o'zini qadrlash darajasi hamdir. Demak shaxsning o'zini - o'zi baholash darajasi qancha past bo'lsa, uning ijtimoiy foydali bo'lmagan holatlarga, jamoatlarga integratsiya bo'lishi shunga yuqori bo'lishi haqidagi fikrlarni bildiradi.

Ijtimoiylashuv jarayoni o'zining sifat xususiyatlariga, tarkibiga, qonuniyatlariga, omillariga, shart-sharoitlariga, boshqarilishiga va ijtimoiylashgan insonda namoyon bo'lishiga (uning xususiyatlari, sifatlari, o'ziga xosliklari) ko'ra murakkabdir. Ana shu sababli u o'zida turli fanlar tomonidan ko'rib chiqiladigan ijtimoiylashuvning xilma -xil - madaniy, axloqiy, huquqiy, mehnat, psixologik ko'rinishlarini aks ettiradi. Ijtimoiylashuv jarayoni pedagogikaning predmeti, sohasi va ehtiyojlarining o'ziga xosligini hisobga olib, pedagogik ijtimoiylashuv turi sifatida alohida e'tibor bilan qarab o'tiladi. Bu insonning dunyoga kelgan vaqtidan boshlab ijtimoiy belgilangan va muhim pedagogik yangidan shakllanuvchi tajribalarni - tarbiyalanganlik, ta'lim olganlik, ma'lumotlilik va rivojlanganlik hamda ularning kelgusidagi butun umri mobaynida muttasil o'zgarib borishi (mukammallashuvi) jarayoni va yuzaga kelish natijasidir [5]. Bu holda shaxsga nisbatan sust ravishda yondashuv kuzatilmaydi, balki u ijtimoiy munosabatlarning va pedagogik tizimning subyekti sifatida, tajriba egallashda faollik va mustaqillikni namoyon qiluvchi hamda o'z-o'zini shakllantiruvchi, shu bilan birga o'z hayot yo'li uchun javobgarlikni his etuvchi subyekt sifatida qaraladi. Uning vazifasi - insonga fikrlovchi shaxs, ijtimoiy faol fuqaro bo'lib yetishishiga, jamiyatda o'z o'rnini va xulq-atvorini, o'z istak-maqsadlarini yo'nalishini anglaydigan, umuminsoniy qadriyatlarni saqlash va mustahkamlashga yo'nalgan shaxs bo'lishiga yordam berishdir.

Ijtimoiylashuvning quyidagi umumiy mexanizmlari mavjud: an'anaviy - oila va yaqin muhit orqali o'quvchilarni ijtimoiy faollikka jalb etish, faoliyat va muloqotda maqbul shar -sharoitlarni yaratish; institutsional - ijtimoiy institutlar va ta'lim muassasalari tomonidan o'quvchilarning rivojlanishi uchun zaruriy shart-sharoit va imkoniyatlarni yaratish; shaxslararo -o'quvchilarni ijtimoiy aloqalar tizimiga jalb etish, ularda muloqotmandlik malakalarini rivojlantirish; refleksiv - o'z-o'zini anglash, o'z-o'zini baholash, o'z-o'zini loyihalashni pedagogik qo'llab-quvvatlash orqali individual ongni taraqqiy ettirish [6].

Ijtimoiy (lot. socialis - ijtimoiy) - jamoa, jamiyatga oid. Inson va jamiyat hayotiga oid. Ijtimoiy munosabatlar, faollik - mehnatda yoki biror harakatda, jarayonda jadallik, jonbozlik ko'rsatish, ishchanlik; ta'sirchanlik [7]. Shuningdek, faollik subyekt ichki kechinmalarining ruhiyati asosida shakllanib, emotsional-irodaviy darajaga o'tadi, subyektiv dunyo miqyosidan borliqda, ya'ni aniq predmetlarni yaratish (ishlab chiqarish) va jarayonlarni vujudga keltirishda ifodalanadi. Bu, o'z navbatida, individual resurslardan foydalanishni, ijtimoiy munosabatlar tizimida tashqi qo'zg'atuvchi tarzida ifodalanadi. Agarda faol subyekt qabul qilingan ijtimoiy me'yorlarga amal qilgan holda, faollikni ifoda etsa, jamoatchilik tomonidan tezda e'tirof etiladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" 4 JUNE, 2024

Shu sababli, yoshlar bilan ma'rifiy tadbirlar o'tkazishni rejalashtirishda, ular faolligining qaysi turini oshirish lozimligini inobatga olish tavsiya etiladi. Inobatga olish esa chora-tadbirlarning mazmunini maqsadli boyitish uchun muhim hisoblanadi. Faollikning asosiy shakllari: jismoniy faollik; ijtimoiy faollik; siyosiy faollik; madaniy faollik; ijodiy faollik; dialogik faollik; kommunikativ faollik; intellektual faollik; idrok faolligi; ongli faollik; tafakkur faolligi; kognitiv faollik; ichki faollik va boshqalar.

"Ijtimoiy faollik" keng qamrovli tushuncha bo'lib, u talaba yoshlarning ta'lim -tarbiya, ilmfan sohasidagina emas, balki madaniyat, san'at, siyosat, huquq kabi sohalarda ham faol bo'lishini anglatadi. Shuningdek, Ijtimoiy faollik - talabalarning jamoaga, jamiyatga, inson hayotiga oid munosabatlarda harakatchanlik, ta'sirchanlik, samaradorlik, jonbozlik ko'rsatishidir. Demak, "ijtimoiy faollik" o'zining tub mohiyatiga ko'ra, kishilar jamiyat hayotining iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy, sotsial va boshqa sohalardagi faolligini ifodalaydi. Bozor munosabatlari va yangicha dunyoqarash shaxsning ijtimoiy faolligi strukturasida ma'naviy-intellektual, ijtimoiy-siyosiy faollik yetakchi va hal qiluvchi element ekanligini ko'rsatdi. "Ijtimoiy faollik" tushunchasining mohiyatini yoritish uchun "faollik" tushunchasining mazmuniga e'tibor berish lozim. "O'zbek tilining izohli lug'ati"da faollik mehnatda yoki biror harakatda, jarayonda jadallik, jonbozlik ko'rsatish, ishchanlik, ta'sirchanlik, deb ta'riflanadi [2]. Aqliy zakovat, ruhiy, ma'naviy kamolot, insof-u diyonat, muruvvat, mehr-oqibat - bular barchasi ma'rifatli, ma'naviyatli insonlarning asosiy fazilatlari sanaladi. Ana shu fazilatlarni yoshlarimizda shakllantirish bugungi kunning muhim vazifasidir.

Tadqiqot natijalariga asoslangan xolda bo'lajak menejerlarda ijtimoiy faollikni rivojlantirishga quyidagicha ta'rif beramiz: Bo'lajak menejerlarda ijtimoiy faollik - talabalarida jamoaga, jamiyatga, inson hayotiga oid munosabatlarda o'zini tutish, muomala qilish, munosabat bildirish, psixologik talab va ko'rsatmalarni bajarish bilan birga harakatchanlik, ta'sirchanlik, samaradorlik, jonbozlik ko'rsatishga oid bilim, malaka va ko'nikmalarni to'la egallashi, menejment sohasidagi maqsadlarini ro'yobga chiqara bilishi, ushbu orqali jamiyat hayotida faol ishtirok etishi, jamiyat taraqqiyoti omillarini o'zaro bog'lay olishi hamda uning taraqqiyotiga o'z hissasini qo'shishda jonbozlik ko'rsatishidir [2].

Ta'kidlangan ta'rif talabalarning ijtimoiy jamiyat hayotiga integratsiyasi, ya'ni faol yashashi va ijtimoiylashuvini ta'minlovchi mezonlardir. Pedagogikada ijtimoiyla shuv talabaning ijtimoiy shakllanish jarayoni, ta'minlanishi, namoyon bo'lishi va natijalari bilan uzviy bog'lanadi. Binobarin, talabalarda ijtimoiy faollikni rivojlantirishni ta'minlash muammosi quyidagi sabablarga ko'ra dolzarblik kasb etadi: Talaba-yoshlarni ijtimoiy faolligini rivojlantirishda oliy ta'lim muassasalarining pedagogik roli va ahamiyati kundan-kun ortib boradi; talaba ijtimoiy faolligini rivojlantirishda pedagogik jarayon eng muhim va ahamiyatli bo'g'inlardan biriga aylanadi; Oliy ta'lim muassasalarida bo'lajak menejerlarda ijtimoiy faollikni rivojlantirish masalalari zamonaviy davrning dolzarb pedagogik talablardan biriga aylanadi. Ijtimoiy faollik ijtimoiy muhitda shakllantiriladi. Ijtimoiy muhitsiz ushbu maqsadni amalga oshirish murakkab jarayon hisoblanadi. Bo'lajak menejerlarda ijtimoiy faollikni rivojlantirish esa talaba ijtimoiylashuvining uzviy tarkibiy qismi sanaladi.

Hozirgi globallashuv jarayonida intizomli, mas'uliyatli, sabr -bardoshli, diyonatli, vijdonli, iymonli, e'tiqodli, bag'rikeng, insonparvar, ijtimoiy faol va shu kabi oliyjanob fazilatlar egasi bo'lgan yoshlargina yashash uchun zarur bo'lgan barcha qulayliklarni vujudga keltirishga qodir bo'la oladilar. Ijtimoiy taraqqiyotning demokratik rivojlanish jarayoni shaxsning o'z-o'zini anglashi, qadr-qimmatini qay darajada e'zozlashi, jamiyat uchun xizmat qila olish imkoniyati va

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

harakatlariga ham bevosita bog'liq. Bularning barchasi shaxsning ijtimoiy faolligi bilan bog'liq. Yoshlarning ijtimoiy faollashuvi, deganda ularning ijtimoiy jarayonlarda ongli ravishda, mustaqil ishtirok etishlari, zarur bo'lganida, ijtimoiy munosabatlarni o'zgartirishga tashqaridan bo'ladigan bosimsiz ko'maklashishga intilishlari tushuniladi. Mas'uliyat ijtimoiylashuv jarayonida shaxsning yetukligini belgilovchi muhim ko'rsatkichlardan sanaladi. Ijtimoiylashuvning mas'uliyat hissiga bog'liq yo'nalishlaridan yana biri shaxsda shakllanadigan maqsad va ideallardir. Ular shaxsni kelajakni bashorat qilish, ertangi kunini tasavvur qilish va uzoq-yaqinga mo'ljallangan rejalarni amalga oshirishga tayyorligini ta'minlaydi. Maqsad va rejasiz inson ma'naviyatsiz pessimistdir. Bu maqsad doimo o'zining anglanganligi va shaxs real imkoniyatlariga bog'liqligi bilan xarakterlanadi.

Xalqaro tadqiqotlar asosida oliy ta'lim tizimida talabalar ijtimoiy faolligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish yuzasidan shuni qayd etish joizki, inson shaxsi taraqqiyoti bo'yicha jahon ilmida to'plangan nazariy qarashlar hamda ular tajribasi shuni ko'rsatadiki:

Birinchidan, inson shaxsining ijtimoiy faolligi, eng avvalo, jamoada, ma'lum faoliyat turlarida shakllanadi.

Ikkinchidan, talabalik davri ijtimoiy faollik hamda turli axloq normalarini namoyon qilish uchun keng imkoniyatlar davri bo'lgani sababli, yoshlar orasida ustuvor faoliyat hisoblangan ta'lim jarayoni muhim omil hisoblanadi.

Uchinchidan, ijtimoiy tasavvurlar ijtimoiy borliq mazmunini individual

REFERENCES

1. Gulyamova N.G. Menejment yo'nalishi talabalarida ijtimoiy faollikni rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari. Monografiya. - Namangan: Usmon Nosir media nashriyoti, 2021. - 104 b.

2. Gulyamova N.G. Oliy ta'lim muassasalarida bo'lajak menejerlar ijtimoiy faolligini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish: Ped. f.b.f.d. ... diss. avtoref: 13.00.01: Chirchiq, 2023. -52 б.

3. Cameron C. (2004) Social Pedagogy and Care: Danish and German practice in young people's residential care, Journal of Social Work. Vol 4, no 2, pp 133 - 151.

4. Mitha Shameer. Top 25 Social Skills Activities For Teens And Young Children. March 11, 2022.

5. Мудрик А.В. Социализация человека. - Москва: Academia. Высшее профессиональное образование: 2006. - 304 с.

6. Сапожников А.И. Педагогические условия формирования у школьников опыта позитивных социальных отношений: Дис. ... канд. пед. наук: 13.00.06: Ставрополь, 2000 154 c.

7. Hämäläinen J. The Concept of Social Pedagogy in the Field of Social Work Journal of Social Work April 2003. 3(1):69-80.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.