Научная статья на тему 'RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA TALABALARDA IJTIMOIY FAOLLIKNI RIVOJLANTIRISH VA BOSHQARISH OMILLARI'

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA TALABALARDA IJTIMOIY FAOLLIKNI RIVOJLANTIRISH VA BOSHQARISH OMILLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
8
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Ijtimoiy faollik / talabalar / sotsium / tarbiyalash / jamoat / jamiyat / ta’lim / madaniyat / tizim / innovatsion g‘oyalar / e’tiqodli / mustaqil / erkin fikrli / fuqaro.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Gulyamova Nadira Gafurovna

Maqolada talabalar ijtimoiy faolligini rivojlantirish jarayonlarini tashkil etish va boshqarishda inobatga olinishi zarur bo‘lgan omillar, sub’ektlarning o‘ziga xos xususiyatlari, tashkil etiladigan ijtimoiy funksiyalar aks ettirilgan. Shuningdek, talabalarning huquq va erkinliklarini ta’minlash tizimini takomillashtirish, intilishlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ilg‘or islohotlar bayon etilgan. Ta’lim talablari asosida yoshlarda ijtimoiy faollikni rivojlantirishni nazarda tutuvchi o‘quv jarayonlarning samarali shakllari va usullarini joriy etishni ishlab chiqish haqida fikrlar yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA TALABALARDA IJTIMOIY FAOLLIKNI RIVOJLANTIRISH VA BOSHQARISH OMILLARI»

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA TALABALARDA IJTIMOIY FAOLLIKNI RIVOJLANTIRISH VA BOSHQARISH OMILLARI Gulyamova Nadira Gafurovna

Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)

https://doi.org/10.5281/zenodo.10676723

Annotatsiya. Maqolada talabalar ijtimoiy faolligini rivojlantirish jarayonlarini tashkil etish va boshqarishda inobatga olinishi zarur bo'lgan omillar, sub'ektlarning o'ziga xos xususiyatlari, tashkil etiladigan ijtimoiy funksiyalar aks ettirilgan. Shuningdek, talabalarning huquq va erkinliklarini ta'minlash tizimini takomillashtirish, intilishlarini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan ilg'or islohotlar bayon etilgan. Ta'lim talablari asosida yoshlarda ijtimoiy faollikni rivojlantirishni nazarda tutuvchi o'quv jarayonlarning samarali shakllari va usullarini joriy etishni ishlab chiqish haqida fikrlar yoritilgan.

Kalit so'zlar: Ijtimoiy faollik, talabalar, sotsium, tarbiyalash, jamoat, jamiyat, ta'lim, madaniyat, tizim, innovatsion g'oyalar, e 'tiqodli, mustaqil, erkin fikrli, fuqaro.

Jahondagi globallashuv jarayonlar, innovatsion jamiyatga bo'lgan ehtiyoj, fan-texnika taraqqiyoti talaba-yoshlar uchun ko'plab imkoniyatlar yaratish bilan bir qatorda, ularning oldiga tezkor qarorlar qabul qilish, innovatsion tafakkurni shakllantirish, intellektual salohiyatni oshirish kabi ko'plab talablarni qo'ymoqda. Amerika Qo'shma Shtatlari, Kanada, Fransiya, Germaniya, Yaponiya, Xitoy kabi rivojlangan davlatlarda «inson kapitali», «shaxsiy kompetentlik», «boqiy ta'lim», «intellektual madaniyat» yo'nalishlari ustuvor hisoblanadi [4, 13-17-b.]. Bunda har jihatdan faol mutaxassislarni tayyorlash jamiyat istiqbolining negizi hisoblanadi. Oliy ta'lim tizimida tahsil olayotgan talabalarning o'z sohasining bilimdoni, innovatsion g'oyalar egasi, ijtimoiy faol bo'lishlari muhim ahamiyatga ega. Hozirda yoshlarning irodali, iymon e'tiqodli, mustaqil va erkin fikrli, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega shaxslar qilib tarbiyalash bilan birga ta'limda talabalarda ijtimoiy faollikni rivojlantirish dolzarb muammolardan hisoblanadi.

Yoshavlodningsog'lom bo'lib o'sishi, sifatli ta'lim olishi va barkamolshaxs bo'lib voyaga etishini ta'minlash, shuningdek, madaniyat, san'at, sport, axborot texnologiyalari va kitob o'qishga bo'lgan qiziqishini har tomonlama qo'llab-quvvatlashga qaratilgan samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Yurtimizda tashkil etilayotgan yangi-yangi bog'chalar, maktablar, oliy o'quv yurtlari, nufuzli xorijiy universitetlarning filiallari, madaniyat va sport inshootlari, "Temurbeklar maktabi", "Prezident maktablari", "Ijod maktablari" deb, nom olgan mutlaqo yangi namunadagi ta'lim maskanlari bugungi globallashuv sharoitida raqobatga qodir bo'lgan etuk kadrlarningyangi avlodini tarbiyalashga xizmat qilmoqda.

Ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar sharoitida bugungi yoshlar talab va ehtiyojlarini o'rganib borish, amalda aprobatsiyadan o'tgan xalqaro tajribaning mahalliy sharoitda yangicha mexanizm va yondashuvlar asosida amaliyotga joriy etishda qator ishlarning amalga oshirilishi, jumladan O'zbekistonda yoshlar intilish va iqtidorlarini qo'llab-quvvatlash, rag'batlantirishga oid, rahbar kadrlarning boshqaruv salohiyatini yuksaltirish bo'yicha mustahkam tizim ishlab chiqildi. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi va amaliy ko'magi asosida yoshlar hayotiga bevosita taalluqli bo'lgan jami 40 ta Qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilindi. Jumladan:

- O'zbekiston Respublikasining 3 ta Qonuni;

- O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta Farmoni, 8 ta Qarori, 2 ta Farmoyishi;

- Vazirlar Mahkamasining 18 ta Qarori va 4 ta Farmoyishi imzolandi.

Bugungi kunga qadar Qonunchilik palatasida, siyosiy partiya fraksiyalarida o'tkazilgan 20 dan ortiq yig'ilishlarda 500 nafarga yaqin yoshlar o'zlarining 30 ga yaqin takliflari bilan qonunlar muhokamalarida ishtirok etishiga imkon yaratildi.

Yoshlar hayotiga bevosita taalluqli bo'lgan Qonun va qonunosti hujjatlarga oid ma'lumot

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan yoshlar ta'lim-tarbiyasi uchun qo'shimcha sharoitlar yaratish, xotin-qizlar bandligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o'z ichiga olgan 5 ta tashabbus amaliyotga joriy etildi. Jumladan, 5 ta tashabbusni amalga oshirish doirasida 2019-2020 yillarda 2 million nafar yoshlarni madaniyat va san'atga jalb etish, 19 mingga yaqin ijtimoiy soha ob'ektini yuqori tezlikdagi internet tarmog'iga ulash, har bir hududga 1 million donadan badiiy, tarixiy, ilmiy, ommabop mavzulardagi kitoblar etkazish hamda axborot-kutubxona markazlarini rekonstruksiya qilish va kapital ta'mirlash, tadbirkorlar tomonidan xalq kutubxonalari ochish, har bir tumanda engil konstruksiyali tikuv-trikotaj korxonalarini qurish va ayollarni band etish kabi vafalar belgilangan [1, 53-b.].

O'zbekiston yoshlar ittifoqi va 26 dan ortiq davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan shuningdek, 11 ta xorijiy davlat yoshlar tashkilotlari bilan o'zaro tizimli hamkorlikni rivojlantirish maqsadida davlat organlari va tashkilotlar bilan hamkorlik bitimlari imzolandi.

Zamon talablari va ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar sharoitida bugungi yoshlar talab va ehtiyojlarini o'rganib borish, amalda aprobatsiyadan o'tgan xalqaro tajribaning mahalliy sharoitda yangicha mexanizm va yondashuvlar asosida amaliyotga joriy etishda qator ishlarni amalga oshirish vazifasi o'z dolzarbligini saqlab kelmoqda. Ijtimoiy faollik "sub'ektning ijtimoiy yaxlitlikni qo'llab-quvvatlash va rivojlantirishga qaratilgan faoliyatini amalga oshirishdagi integrativ tavsifi" sifatida talqin qilinadi [3, 256-b.]. Ushbu tavsiflarning faoliyatga oid ekanligini, sotsiumda birga mavjud bo'lish va hayotning barcha sohalarida o'zini amalga oshirish imkonini berishini ta'kidlaydi.

Talabada ijtimoiy faoliyatni rivojlantirish jarayoni tashkil etishda darsdan tashqari imkoniyatlarini belgilash va hisobga olishni taqozo qiladi. Bu faoliyat quyidagi yo'nalishlarda amalga oshiriladi:

- talaba va pedagoglarning ijtimoiy pedagogik qobiliyatlarini ochish, rivojlantirish va ulardan foydalanish;

- kasbiy mehnat faoliyatini bajarish uchun zarur bo'lgan individual amaliy bilim, ko'nikma, malakalarni shakllantirish;

- ijtimoiy tajriba, madaniyatdan faol foydalanish.

Xulosa. Talabalarda ijtimoiy faollikni rivojlantirish jarayonlarini tashkil etish va boshqarishda ta'lim muassasasi pedagogik jamoasi ijtimoiy faoliyatining yuqori darajasini, pedagoglarning umummadaniy va ijtimoiy tayyorgarligini talab qiladi. Talabalarda ijtimoiy faollikni rivojlantirish bo'yicha tashkil qilingan faoliyatning natijasi kognitiv, emotsional-qadriyatga, dunyoqarashga oid va axloqiy belgilarni, gumanistik, amaliy va fuqarolik sifatlarni va shaxsning ijtimoiy tajribasini qamrab oladi.

REFERENCES

1. Gulyamova N.G. Oliy ta'lim muassasalarida bo'lajak menejerlar ijtimoiy faolligini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish. Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi avtoreferati. - Chirchiq:2023 y. - 53 b.

2. Kodjaspirova, G.M. Slovar po pedagogike. - M.: IKS «MarT»; Rostov n/D: Izdatelskiy sentr «MarT», 2005. - 448 s.

3. Slovar sotsialnogo pedagoga i sotsialnogo rabotnika/ pod red. I.I. Kalachevoy, Ya.L. Kolominskogo, A.I. Levko. 2-e izd. - Minsk : BelEn, 2003. - 256 s.

4. Shirinov M.K. Ta'lim muassasalarini boshqarishda rahbarlik faoliyati (umumiy o'rta ta'lim maktablari misolida). Zamonaviy ta'lim. 2015, №1. 13-17 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.