Научная статья на тему 'XALQARO STANDARTLARGA MUVOFIQ MOLIYAVIY HOLAT TO’G’RISIDAGI HISOBOT TUZILISHI VA BHMS BILAN TAQQOSLANISHI'

XALQARO STANDARTLARGA MUVOFIQ MOLIYAVIY HOLAT TO’G’RISIDAGI HISOBOT TUZILISHI VA BHMS BILAN TAQQOSLANISHI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
5
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
BHMS / BHXS / moliyaviy holat / xalqaro standartlar / aktiv / passiv. / IAS / financial status / international standards / assets / liabilities.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Djumayeva G.A., Xodjimametov Sh.

Mazkur maqolada korxonalarda moliyaviy holat to’g’risidagi hisobotni shakllantirish amaliyotini BHMS va BHXSlarda shakllantirish hamda ularni taqqoslanishi keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STATEMENT OF FINANCIAL POSITION ACCORDING TO INTERNATIONAL STANDARDS AND COMPARISON WITH NATIONAL STANDARDS

This article provided commentary on the development of the practice of reporting the financial position of enterprises in NAS and their comparison.

Текст научной работы на тему «XALQARO STANDARTLARGA MUVOFIQ MOLIYAVIY HOLAT TO’G’RISIDAGI HISOBOT TUZILISHI VA BHMS BILAN TAQQOSLANISHI»

Djumayeva G.A. assistent SamISI Xodjimametov Sh.

talaba SamISI

XALQARO STANDARTLARGA MUVOFIQ MOLIYAVIY HOLAT

TO'G'RISIDAGI HISOBOT TUZILISHI VA BHMS BILAN

TAQQOSLANISHI

Annotatsiya. Mazkur maqolada korxonalarda moliyaviy holat to 'g 'risidagi hisobotni shakllantirish amaliyotini BHMS va BHXSlarda shakllantirish hamda ularni taqqoslanishi keltirilgan.

Kalit so 'zlar: BHMS, BHXS, moliyaviy holat, xalqaro standartlar, aktiv, passiv.

Dzhumayeva G.A.

assistant SamIES Khodjimametov Sh.

student SamIES

STATEMENT OF FINANCIAL POSITION ACCORDING TO

INTERNATIONAL STANDARDS AND COMPARISON WITH

NATIONAL STANDARDS

Annotation. This article provided commentary on the development of the practice of reporting the financial position of enterprises in NAS and their comparison.

Keywords: IAS, financial status, international standards, assets, liabilities.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta'kidlaganidek: "Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o'sishning yuqori sur'atlarini saqlab qolish, jumladan, milliy valyuta va ichki bozordagi narx darajasining barqaror bo'lishini ta'minlash - eng muhim ustivor vazifamizdir" Keng jamoatchilik muhokamasi natijasida "Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari" tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan quyidagi yettita ustuvor yo'nalishdan iborat 2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi uni "Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturida ham alohida belgilab berilgan.

Hozirgi kunda jahon iqtisodiyotini xolding korxonalari, korporatsiyalarning qo'shilishi, xarid qilinishi, qaty tashkil etilishi va tarkibining optimallashtirishlarsiz tasavvur qilish qiyin. Shu sababli rivojlanib borayotgan iqtisodiyot sharoitida xorij amaliyotini o'rganish va uni mamlakatimizda tadbiq etish muhim vazifalardan biri bo'lib qolmoqda, shu sababli Buxgalteriya hisobini milliy standartlari va Buxgalteriya hisobini xalqaro standartlari o'rtasidagi farqli jihatlarni o'rgansak va amaliyotgan tadbiq etsak, mamlakatimi rivojida ya'ni xorij investorlarini jalb qilish borasida yetarlicha ko'nikmalarga ega bo'lgan bo'lar edik.

K.B. Urazov quyidagicha fikrlarni bildiradi: "balans hisobotining asosiy mohiyati korxonalarning mablag'lari va ularning tashkil topish manbalarning ma'lum sanaga tengligi, ushbu sanadagi moliyaviy holati to'g'risidagi axborot berish hisoblanadi".

H.N. Musayev quyidagicha ta'riflaydi: "Korxona moliyaviy hisobotining eng muhim tarkibiy qismi - bu buxgalteriya balansi hisoblanadi. Buxgalteriya balansida korxonalarning mulkiy holati, aktivlari, ularning manbalari pulda ifodalangan bo'ladi".

Xorijlik olimlar B.Nidlz va boshqalar balans xususida quyidagi talqinni keltirishadi: "Balans (balance sheet) - firmaning moliyaviy holatini ma'lum sanada, masalan hisobot davrining oxirida aks ettiradi. Balans firmaning tutib turuvchi sifatida rusurslari - aktivlarining qaysiki manbalari - passiv va xususiy kapitalga tengligini ko'rsatadi"7

O'zbekiston Respublikasi 15-son BHMS "Buxgalteriya balansi»standartida "buxgalteriya balansi moliyaviy hisobotning tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi, xo'jalik yurituvchi subyektning mulkiy va moliyaviy ahvoli haqida axborotlarni to'playdi hamda oshkor etadi»deb ta'rif berilgan.

Maqolada analiz va sintez, induksiya va deduksiya, sabab va oqibat, zamon va makon, tizimli yondashuv, iqtisodiy tahlilning an'anaviy, iqtisodiy matematik va statistik, korrelyatsiya va regressiya kabi usullardan foydalanilgan.

Moliyaviy holat to'g'risidagi hisobot xorij va milliy standartlarning farqlanish jihatlari mavjud bo'lib, ular quyidagicha:

1-farq

Xorijiy amaliyotda qo'llanilayotgan balans hisobotining aktivida dastlab joriy aktivlar, keyin esa uzoq muddatli aktivlar joylashtiriladi. Bizning amaliyotimizda qo'llanilayotgan buxgalteriya balansining aktivida dastlab uzoq muddatli aktivlar, keyin esa joriy aktivlar joylashtiriladi.

2-farq

Xalqaro amaliyotda qo'llanilayotgan balans hisobotining aktivining joriy qismida elementlar ularning likvidlik darajasiga qarab joylashtirilgan, ya'ni pul

7 S.N. Tashnazarov. Moliyaviy hisobotning nazariy va metodologik asoslarini takomillashtirish Monografiya. 2018 y. "O'zbekiston" 2018 yil, - 119 b

mablag'lari, debitorlik qarzlar, TMZlar, kelgusi davr xarajatlari va muddati kechiktirilgan xarajatlar ketma ketligida joylashtirilgan: TMZlar, kelgusi davr xarajatlar, debitorlik qarzlar, pul mablag'lari va qisqa muddatli investitsiyalar.

3-farq

Xalqaro amaliyotda qo'llanichilayotgan balans hisobotining aktivining uzoq muddatli elementlari ularning likvidlik darajasiga qarab joylashtirilgan, ya'ni moliyaviy investitsiyalar, uzok muddatli debitorlik qarzlar, kapital investitsiyalar, nomoddiy aktivlar va asosiy vositalar (binolar, jixozlar, mini zavodlar va boshkalar). Bizning mamlakatimizda qo'llanilayotgan buxgalteriya balansi aktivining uzok muddatli qismida uning elementlari quyidagi ketma-ketlikda joylashtirilgan: asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, tugallanmagan kapital investitsiyalar, o'rnatilmagan jixozlar va uzok muddatli moliviy investitsiyalar.

4-farq

Xalqaro amaliyotda qo'llanilayotgan balans hisobotining passivida dastlab majburiyatlar, keyin esa xususiy kapital elementlari joylashtiriladi. Bizning mamlakatimizda qo'llanilayotgan buxgalteriya balansining passivida dastlab xususiy kapital, keyin esa majburiyatlar elementlari joylashtiriladi.

5-farq

Xalqaro amaliyotda qo'llanilayotgan balans hisobetining passivining birinchi bo'limida, ya'ni majburiyatlarni aks ettiruvchi bo'limda dastlab joriy majburiyatlar, keyin esa uzoq muddatli majburiyatlarni ifodalovchi moldalar joylashtirilgan. Bizning mamlakatimizda ko'llanilayotgan buxgalteriya balansi passivining majburiyatlarni ifodalovchi bo'limida dastlab uzoq muddatli kreditlar va qarzlar, keyin esa joriy majburiyatlar joylashtirilgan.

6-farq

Xalqaro amaliyotda qo'llanilayotgan balans hisobotining passivining xususiy kapitalni aks ettiruvchi bo'limning asosiy moddalari bo'lib ustav kapitali, qo'shilgan kapital va taksimlanmagan foyda (zararlar) hisoblanadi. Bizning mamlakatimizda qo'llanilayotgan buxgalteriya balansi passivining o'z mablag'lar manbalarini ifodalovchi elementlar (moddalar) bo'lib ustav kapitali, qo'shilgan kapital, rezerv kapitali, sotib olingan xususiy aksiyalar (ayiriladi), taqsimlanmagan foyda (zararlar), maqsadli tushumlar hamda kelgusi xarajatlar va to'lovlar rezervlari hisoblanadi.8

1-jadval

Xalqaro amaliyotda qo'llanilayotgan balans hisoboti va bizning mamlakatimizda qo'llanilayotgan buxgalteriya balansining tarkibiy _tuzilmasidagi asosiy farqlar_

Xalqaro ta'limotda O'zbekistonda

I. Uzoq muddatli aktivlar bo'yicha

1.Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar 1.Asosiy vositalar

8 K.B. Urazov Buxgalteriya xisobi nazariyasi. "Samarqand-2018" - 156-157 b

2. Uzoq muddatli debitorli qarzlar 3. Kechiktirilgan xarajatlar 4. Nomoddiy aktivlar 5.Ko'chmas mulk, bino va jixozlar 2.Nomoddiy aktivlar 3.O'rnatilmagan jihozlar 4.Kapital quyilmalar 5.Moliyaviy investitsiyalar 6.Uzoq muddatli debitorli qarzlar va muddati uzaytirilgan xarajatlar

II. Joriy aktiv ar bo'yicha

1.Pul mablag'lari 2.Qisqa muddatli investitsiyalar 3.Olingan schotlar 4.TMZ 5.Kelgusi davr xarajatlari 6.Muddati kechiktirilgan xarajatlar 1.TMZ 2. Kelgusi davr xarajatlari 3. Muddati kechiktirilgan xarajatlar 4.Debitorli qarzlar 5. Pul mablag'lari 6. Qisqa muddatli investitsiyalar

III. Majburiyatlar bo'yicha

1.Qisqa muddatli majburiyatlar 2.Uzoq muddatli majburiyatlar 1. Uzoq muddatli majburiyatlar 2. Qisqa muddatli majburiyatlar

IV. Xususiy kapital bo'yicha

1.Aksionerli kapitali 2.Qo'shilgan kapital 3.Taqsimlamagan foyda 1.Ustav kapitali 2. Qo'shilgan kapital 3.Rezerv kapitali 4. Taqsimlamagan foyda 5.Maqsadli tushumlar 6.Kelgusi xarajatlar va to'lovlar uchun rezervlar

Ushbu jadvaldan ko'rinib turiptiki Moliyaviy holat to'g'risidagi hisobot tarkibiy tuzilmasidagi farqli jihatlar shundaki yuqorida takidlab o'tilganidek ushbu balansizdagi tarkibiy qismlari likvidigi ya'ni tez aylanuvchanligi bo'yicha tuzilgan. Albatta ushbu usul xorij amaliyoti nuqtai nazaridan anchagina ilg'or go'yalar asosida tuzilgan bo'lib, ushbu hisobotimizni ichki va tashqi axborot foydalanuvchilaga taqdim etish jarayonimizda ularda taqdim etilgan hisobotni ko'rib chiqish orqali kerakli qarorlarni tez va samarali qabul qilishida erishgan bo'lamiz.

O'zbekiston Respublikasida moliyaviy holat to'grisidagi hisobotni xalqaro amaliyotda tashkil etish, korxona va tadbirkorlik faoliyatining moliyaviy barqarorligini o'rganish uchun muhimdir. Bu hisobotlar, korxonalarning faoliyati davomida o'zgaruvchanliklarni aniqlash va moliyaviy natijalarni taqqoslashga yordam beradi. Korxonaning moliyaviy holatini tahlil qilishning asosiy manbalari moliyaviy hisobot va buxgalteriya hisobi hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to'g'risida»gi Qonuni. 2016 yil 13 aprel, № 0'RQ-404. https://lex.uz/acts/2931253

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o'tish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»Qarori. 2020 yil 24 fevral. PQ-4611-son.

3. S.N. Tashnazarov. Moliyaviy hisobotning nazariy va metodologik asoslarini takomillashtirish Monografiya. 2018 y. "O'zbekiston»2018 yil, - 119 b

4. K.B. Urazov Buxgalteriya xisobi nazariyasi. "Sama^and^^»- 156-157 b

5. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari. http://finansist.uz/uz/ moliyaviy-hisobotning-xalqaro-standartlari-ozbekistonda-qollanilishi/ 2018 y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.