Научная статья на тему 'XUSUSIY KAPITAL TARKIBIY ELEMENTLARINI MOLIYAVIY HISOBOTNING XALQARO STANDARTLARI ASOSIDA SHAKLLANTIRISH MASALALARI'

XUSUSIY KAPITAL TARKIBIY ELEMENTLARINI MOLIYAVIY HISOBOTNING XALQARO STANDARTLARI ASOSIDA SHAKLLANTIRISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
209
40
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
xususiy kapital / nizom fondi / zaxira kapitali / qoʻshilgan kapital / oddiy aksiyalar / imtiyozli aksiyalar / sotib olingan oʻz aksiyalari / taqsimlanmagan foyda / maqsadli tushumlar / kelgusi xarajatlar va toʻlovlar zaxirasi / equity capital / authorized capital / reserve capital / added capital / ordinary shares / preferred shares / repurchased own shares / retained earnings / target revenues / reserve for future expenses and payments

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Ermatov Akmaljon Akbaraliyevich

Mazkur maqolada korxona xususiy kapitali tarkibini tashkil etuvchi elementlarni moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari talablari asosida shakllantirish masalalari batafsil yoritilgan. Xususiy kapital elementlarini qayta tasniflashda yuzaga chiqishi mumkin boʻlgan muammolar va ularni yechish boʻyicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ISSUES OF FORMATION OF COMPONENT ELEMENTS OF PRIVATE CAPITAL ON THE BASIS OF INTERNATIONAL STANDARDS OF FINANCIAL REPORTING

This article examines in detail the issues of forming the elements that make up the equity capital of an enterprise, based on the requirements of international financial reporting standards. Problems that may arise when reclassifying elements of equity capital have been developed, as well as scientifically based proposals and recommendations for solving them

Текст научной работы на тему «XUSUSIY KAPITAL TARKIBIY ELEMENTLARINI MOLIYAVIY HISOBOTNING XALQARO STANDARTLARI ASOSIDA SHAKLLANTIRISH MASALALARI»

XUSUSIY KAPITAL TARKIBIY ELEMENTLARINI MOLIYAVIY HISOBOTNING XALQARO STANDARTLARI ASOSIDA SHAKLLANTIRISH MASALALARI

Ermatov Akmaljon Akbaraliyevich

Farg'ona politexnika instituti, "Buxgalteriya hisobi va audit" kafedrasi dotsenti

a. ermatov@ferpi. uz

Annotatsiya: Mazkur maqolada korxona xususiy kapitali tarkibini tashkil etuvchi elementlarni moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari talablari asosida shakllantirish masalalari batafsil yoritilgan. Xususiy kapital elementlarini qayta tasniflashda yuzaga chiqishi mumkin bo'lgan muammolar va ularni yechish bo'yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: xususiy kapital, nizom fondi, zaxira kapitali, qo'shilgan kapital, oddiy aksiyalar, imtiyozli aksiyalar, sotib olingan o'z aksiyalari, taqsimlanmagan foyda, maqsadli tushumlar, kelgusi xarajatlar va to'lovlar zaxirasi

ВОПРОСЫ ФОРМИРОВАНИЯ СОСТАВЛЯЮЩИХ ЭЛЕМЕНТОВ ЧАСТНОГО КАПИТАЛА НА ОСНОВЕ МЕЖДУНАРОДНЫХ СТАНДАРТОВ ФИНАНСОВОЙ ОТЧЕТНОСТИ

Эрматов Акмалжон Акбаралиевич

Ферганский политехнический институт, доцент кафедры « Учет и аудит»

a. ermatov@ferpi. uz

Аннотация: В данной статье подробно рассмотрены вопросы формирования элементов, входящих в состав собственного капитала предприятия, исходя из требований международных стандартов финансовой отчетности. Разработаны проблемы, которые могут возникнуть при реклассификации элементов собственного капитала, а также научно обоснованные предложения и рекомендации по их решению.

Ключевые слова: собственного капитал, уставный капитал, резервный капитал, добавленного капитала, обыкновенные акции, привилегированные акции, выкупленные собственные акции, нераспределенная прибыль, целевых поступлений, резерв будущих расходов и платежей.

ISSUES OF FORMATION OF COMPONENT ELEMENTS OF PRIVATE CAPITAL ON THE BASIS OF INTERNATIONAL STANDARDS OF

FINANCIAL REPORTING

Ermatov Akmaljon Akbaraliyevich

Fergana Polytechnic Institute, associate professor of the "Accounting and Auditing"

department

[email protected]

Abstract: This article examines in detail the issues of forming the elements that make up the equity capital of an enterprise, based on the requirements of international financial reporting standards. Problems that may arise when reclassifying elements of equity capital have been developed, as well as scientifically based proposals and recommendations for solving them.

Keywords: equity capital, authorized capital, reserve capital, added capital, ordinary shares, preferred shares, repurchased own shares, retained earnings, target revenues, reserve for future expenses and payments.

KIRISH

Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning tub mohiyati rivojlangan iqtisodiyotga ega davlatlar bilan bir qatorda bo'lishga qaratilgan. Bu esa o'z navbatida bir necha o'n yilliklar davomida to'xtab qolgan iqtisodiy hamda texnologik rivojlanish o'rnini qanchalik samarali va tezkorlik bilan qoplay olishga bog'liq muammo sanaladi. Yillar davomida shakllangan rejali iqtisodiyot ko'nikmalari mamlakatni rivojlangan davlatlar qatoriga qo'shilishi uchun eng katta to'siqlardan biridir.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Bugungi kunning hamda barcha zamonlarning talabi sanalgan, cheklangan resurslar bilan cheklanmagan ehtiyojlarni qanoatlantirib, rivojlanib borishga yo'naltirilgan iqtisodiy choralarning amalga oshirilishi uchun eng avvalo katta moliyaviy resurslarga zaruriyat yuzaga keladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4611-son "Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o'tish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Qarorining maqsadi ham mamlakatga kerakli moliyaviy resurslarni jalb qilish uchun axborot muhitini jahon standartlari talablari asosida shakllantirishga erishishga qaratilgandir.

Mamlakatda hisob tizimini Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari(MHXS)ga uyg'unlashtirish natijasida xorijiy investorlarning moliyaviy axborotlarga qo'yiladigan talablarini bajarishga erishishimiz, ularning taqdim etiladigan hisobotlarni erkin va hech qanday qiyinchiliklarsiz o'qiy olish

imkoniyatlarini yuzaga chiqarishimiz hamda butun dunyo mamlakatlari o'zlari uchun jalb qilmoqchi bo'lgan xalqaro arenadagi mavjud moliyaviy resurslarni mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun jalb etishimiz asosiy maqsad etib belgilangan.

Shu sababdan mamlakatimizda buxgalteriya hisobini MHXS talablari asosida tashkil etish ham Buxgalteriya hisobi milliy standartlari(BHMS)ni xalqaro standartlarga uyg'unlashtirish joriy davrning eng dolzarb masalalaridan biri bo'lib hisoblanadi.

Barcha tadbirkorlik subyektlari dastlabki faoliyatining moliyaviy manbasi sanalgan xususiy kapitalning buxgalteriyada MHXS talablari asosida hisobga olinishini tadqiq etish va milliy hisob tizimining xalqaro standartlardan farqlarini aniqlash mazkur tadqiqot ishining asosiy maqsadi sanaladi. Ushbu maqsadga erishish uchun xususiy kapitalning tarkibiy elementlarini milliy standartlar va xalqaro standartlar bo'yicha taqqoslash, mavjud farqlarni aniqlash, ularni hisob jarayonida qanday bartaraf etish mumkinligi bo'yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish vazifa sifatida belgilangan.

METODOLOGIYA

Tadqiqot ishini tayyorlash jarayonida kuzatuv, taqqoslash, abstraksiyalash, induksiya, deduksiya, tizimli yondashish, qiyosiy tahlil, guruhlash usullaridan foydalanilgan. Mazkur usullar tadqiqot maqsadiga erishish va unga belgilangan vazifalarni to'laqonli bajarilishini ta'minlab berdi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Olib borilgan kuzatuvlar milliy hisoblar tizimida hamda buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritish bo'yicha amalda bo'lgan qonun hujjatlarida xususiy kapitalni hisobga olish uchun belgilangan talablarni MHXS talablaridan farqli ekanligini ko'rsatdi. Ushbu farqlarni ko'rish uchun tuzilgan taqqoslama jadvalga ko'ra milliy hisoblar tizimida mohiyatiga ko'ra xususiy kapital tarkibiga kirishi mumkin bo'lgan buxgalteriya hisobining bir qancha obyektlari xususiy kapital tarkibida hisobga olinayotganligiga guvoh bo'lish mumkin (1-jadval).

1-jadval

BHMS va MHXS talablari bo'yicha xususiy kapital elementlarining

tarkibiy tuzilishi2

21-son BHMS ga ko'ra MHXS ga ko'ra

1 8300 Ustav kapitalini hisobga oluvchi schyotlar 1 Joylashtirilgan aksiyalar (Outstanding shares)

2 Muallif tomonida BHMS va MHXS lariga asosan tuzilgan.

2 8400 Qo'shilgan kapitalni hisobga oluvchi schyotlar 2 Qo'shimcha to'langan kapital (Aditional paid in capital)

3 8500 Rezerv kapitalini hisobga oluvchi schyotlar 3 Rezerv kapitali (Reserves)

4 8600 Sotib olingan xususiy aksiyalarni hisobga oluvchi schyotlar 4 Sotib olingan o'z aksiyalari (Treasury stock)

5 8700 Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)ni hisobga oluvchi schyotlar 5 Taqsimlanmagan foyda (Retained earnings)

6 8800 Maqsadli tushumlarni hisobga oluvchi schyotlar 6 Korxona faoliyatiga bog'liq bo'lmagan boshqa vaqtinchalik daromad va xarajatlar (Accumulated other comprehensive income)

7 8900 Kelgusi xarajatlar va to'lovlar rezervlarini hisobga oluvchi schyotlar 7 -

Milliy hisoblar tizimida xususiy kapital tarkibida hisobga olingan korxonaning "Kelgusi xarajatlar va to'lovlar rezervlarini hisobga oluvchi schyotlar" MHXS talablariga ko'ra majburiyatlar sifatida tavsiflanuvchi modda sanaladi. Chunki mazkur modda xo'jalik faoliyatining yakuniy moliyaviy natijasidan shakllantirilmagan, balki kelgusida amalga oshirilishi zarur bo'lgan xarajatlarni avvalgi davrlar moliyaviy natijalariga kiritish, hisobning muvofiqlik tamoyilining bajarilishini ta'minlash uchun shakllantirilgan majburiyat sanaladi. Mazkur rezervlar mohiyat jihatidan korxonaning xususiy kapitali tarkibida joylashishi mantiqan to'g'ri bo'lmaydi. Bu shakllantirilgan mablag'lar korxona tomonidan o'zlashtirilmagan mablag'lar hisoblanadi va ular yaqin kelajakda belgilangan maqsadlarda sarflanishga mahkum maqsadli ajratmalar hisoblanadi.

Korxonalarda maqsadli tushumlarni hisobga olishda ham MHXSlari ajratilgan mablag'larni ularni o'zlashtirilishi uchun belgilangan muddatlar davomida majburiyatlar schyotlarida aks ettirish tavsiya etilgan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4611-son qaroriga 1-ilova "Ilg'or xalqaro tajribani hisobga olgan holda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini va mazkur sohada kadrlar tayyorlashning zamonaviy usullarini bosqichma-bosqich joriy etish bo'yicha yo'l xaritasi" ga ko'ra ko'rsatilgan 5-tadbir bo'yicha "Har yili aksiyadorlik jamiyatlarining e'lon qilinadigan moliyaviy hisoboti MHXSga muvofiqligi bo'yicha sifat nazoratini amalga oshirish" rejalashtirilgan. Bundan ko'zlangan maqsad moliyaviy hisobotlarning ma'lumotlarini shaffofligini ta'minlash, korxonalarning investitsion jozibadorligini oshirish va hisobotlarni xalqaro standartlar talablari darajasida tuzilishiga erishishdir.

1-rasm. Xususiy kapital elementlarining yangi tasnifi3

Ko'zlangan maqsadlarga erishish uchun olib borilgan tadqiqotlarga asoslanib quyidagicha xususiy kapital elementlarini shakllantirish tavsiya etiladi. Mazkur elementlar korxona tomonidan ishlab topilgan, ta'sischilar tomonidan berilgan va korxonaga bog'liq bo'lmagan iqtisodiy o'zgarishlar ta'sirida korxonada shakllangan moddalar guruhlariga ajratilib shakllantirilishi maqsadga muvofiq sanaladi. Tavsiya etilayotgan xususiy kapital elementlari:

- Joylashtirilgan aksiyalar,

- Qo' shilgan kapital

- Sotib olingan o'z aksiyalari;

- Rezerv kapitali;

- Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar);

- Korxona faoliyatiga bog'liq bo'lmagan boshqa vaqtinchalik daromad va xarajatlar.

2-jadval

Xususiy kapital elementlarini sintetik hisobini yuritish uchun tavsiya etilayotgan schyotlar tizimi

XUSUSIY KAPITAL

8300 JOYLASHTIRILGAN AKSIYALAR HISOBI SCHYOTLARI P

8310 Oddiy aksiyalar

8320 Imtiyozli aksiyalar

8330 Pay va ulushlar (AJ boshqa tashkiliy huquqiy mulk shakllari uchun)

3 Muallif tomonidan ishlab chiqilgan.

8400 QO'SHILGAN KAPITAL HISOBI SCHYOTLARI

8410 Emission daromad

8420 Ustav kapitalini shakllantirishda kursdagi farqlar

8500 SOTIB OLINGAN XUSUSIY AKSIYALAR HISOBI SCHYOTLARI KP

8510 Sotib olingan xususiy aksiyalar - oddiy

8520 Sotib olingan xususiy aksiyalar - imtiyozli

8600 REZERV KAPITALI SCHYOTLARI P

8610 Rezerv kapitali

8700 TAQSIMLANMAGAN FOYDA (QOPLANMAGAN ZARAR) HISOBI SCHYOTLARI P

8710 Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)

8720 Jamg'arilgan foyda (qoplanmagan zarar)

8800 KORXONA FAOLIYATIGA BOG'LIQ BO'LMAGAN BOSHQA VAQTINCHALIK DAROMAD VA XARAJATLAR P

8810 Aktivlarni qayta baholash bo'yicha tuzatishlar

8820 Bepul olingan mulk

Xususiy kapital elementlarini yuqorida ta'kidlangan guruhlar bo'yicha tasniflanishi, korxona xususiy kapitali tarkibini to'laqonli baholash va tahlil qilish imkoniyatlarini yengillashtiradi. Xususiy kapitalni shakllantirgan manbalarni baholash imkoniyati ortadi.

Milliy hisoblar tizimida tavsiya etilayotgan xususiy kapital elementlarini sintetik hisobini tashkil etish uchun quyidagi schyotlar ham tavsiya etildi.

Mazkur schyotlarning qo'llanilishi buxgalteriya hisobida xususiy kapital elementlarini hisobga olish va boshqa schyotlar bilan korrespondensiyalashishi uchun imkon yaratadi. Xususiy kapital tarkibidagi davrlar davomida sodir bo'layotgan o'zgarishlarni ma'lum hisobot davri oxiriga o'zida yig'ish imkonini beradi. Natijada mazkur schyotlarda yig'ilgan ma'lumotlar transformatsiya jadvallarida aks ettirish orqali moliyaviy holat to'g'risidagi hisobotga olib boriladi. Hisobotlarni e'lon qilish davrida buxgalteriya hisobi balansi passiv qismi birinchi bo'limi ma'lumotlarini shakllantirish uchun asos bo'lib hisoblanadi. Ushbu schyotlarning qo'llanilishi aksiyadorlik jamiyatlari uchun mos qilib ishlab chiqilgan, zaruratga qarab schyotlarni boshqa tashkiliy-huquqiy shakldagi korxonalar uchun ham moslash imkoniyatlari mavjud.

Milliy hisoblar tizimi bo'yicha xususiy kapital tarkibida aks ettirilgan "Maqsadli tushumlar" va "Kelgusi xarajatlar va to'lovlar zaxirasi hisobi schyotlari"ni moliyaviy hisob jarayonida hisobga olish uchun milliy schyotlar rejasiga asosan uzoq muddatli schyotlar tarkibiga qo'shish mumkin deb hisoblaymiz. Chunki mazkur schyotlarning

xususiyati uzoq muddatli bo'lib, majburiyat tarifiga to'g'ri kelayotganligi sababli ularni 7900 schyotlari tarkibida hisobga olish maqsadga muvofiq sanaladi.

Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish hamda MHXS asosida hisob jarayonini tashkil etish sharoitida xususiy kapital tarkibi, elementlarini hisobga olishning alohida xususiyatlari, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga asosan xususiy kapital buxgalteriya hisobini yuritishni tashkil etish masalalari borasidagi muammolar va ularni hal etishga qaratilgan masalalari bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri sanaladi.

Xususiy kapital tarkibiy elementlarini 2-jadvalda tavsiya etilgan yangi tasnifga asosan buxgalteriya hisobida hisobga olish uchun guruhlashtirish va shakllanish xususiyatlarini inobatga olib qo'llash uchun tavsiya etilgan yangi schyotlar guruhi mazkur elementlarning sintetik hisobini yuritish imkoni beradi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Xususiy kapital elementlarini MHXS talablari bo'yicha qayta taqsimlanishi korxona moliyaviy holatini chet el investorlari tomonidan ishonchli baholay olish imkonini yuzaga chiqaradi. Mazkur imkoniyat natijasida mamlakatimizga kelayotgan investorlar hamda ularning keltirayotgan moliyaviy hamda texnologik investitsiyalari iqtisodiyotni barqaror rivojlanishini ta'minlash uchun juda katta imkoniyatlarni yuzaga chiqaradi.

Ushbu maqola ma'lumotlaridan aksiyadorlik jamiyatlari buxgalteriya hisobi bo'limi xodimlari, ilmiy tadqiqotchilar, oliy o'quv yurti bakalavr va magistr bosqichi talabalari, mustaqil buxgalteriya hisobini o'rganmoqchi bo'lganlar foydalanishlari mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24 fevraldagi PQ-4611-son "Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o'tish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Qaror. Manba: www.lex.uz

2. O'zbekiston Respublikasining "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi Qonuni. 2014-yil 6-mayda 0'RQ-370-son bilan tasdiqlangan (manba: www.lex.uz).

3. O'zbekiston Respublikasining "Mas'uliyati cheklangan hamda qo'shimcha mas'uliyatli jamiyatlar to'g'risida"gi Qonuni. 2001-yil 6-dekabrda 310-II-son bilan tasdiqlangan (manba: www.lex.uz).

4. 1-sonli BHMS "Hisob siyosati va moliyaviy hisobot". Manba: https://lex.uz/docs/828581

5. 7-sonli BHMS "Xususiy kapital". Mnaba: https://lex.uz/docs/627308

6. 14-sonli BHMS "Xususiy kapital to'g'risida hisobot". Manba: https://lex.uz/docs/834244

7. Ermatov, A. A. (2019). Ustav kapitalini shakllantirishda valyuta kursi farqlarini hisobga olishni takomillashtirish. Материалы международной конференции "Актуальные проблемы внедрения инновационной техники и технологий на предприятиях по производству строительных материалов, химической промышленности и в смежных отраслях" (p. 73).

8. Эрматов, А. А. (2022). Значение учета собственного капитала на предприятии в условиях модернизации экономики. Central Asian Journal of Theoretical and Applied Science, 3(6), 534-542.

9. Кузнецова А.В. (2015). Учет собственного капитала в соответствии с МСФО. Экономика и социум, (3-1 (16)), 976-979.

10. Nasriyeva, Z., & Mavlyanova, D. (2024). Strategik boshqaruvda xususiy kapital samaradorligini baholash. Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot, 1(3). Retrieved from https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz/journal/index.php/GED/article/view/1276

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.