Научная статья на тему 'MAQSADLI TUSHUMLARNI BUXGALTERIYA HISOBIDA AKS ETTIRISH TARTIBI'

MAQSADLI TUSHUMLARNI BUXGALTERIYA HISOBIDA AKS ETTIRISH TARTIBI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
411
58
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
xususiy kapital / buxgalteriya hisobi / maqsadli tushumlar / korxona.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Kanaatov A.

Ushbu maqolada bugungi kunda korxonalarda xususiy kapital hisobini takomillashtirish masalalari uning tarkibiy qismi bo’lgan maqsadli tushumlarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi to’g’risida muallif tomonidan ilgari surilgan. Xususiy kapiralning korxona faoliyatidagi xususiyatlari ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAQSADLI TUSHUMLARNI BUXGALTERIYA HISOBIDA AKS ETTIRISH TARTIBI»

V. BUXGALTERIYA HISOBI, IQTISODIY TAHLIL VA AUDIT

MAQSADLI TUSHUMLARNI BUXGALTERIYA HISOBIDA AKS

ETTIRISH TARTIBI

Kanaatov A.

mustaqil izlanuvchi

Annotatsiya. Ushbu maqolada bugungi kunda korxonalarda xususiy kapital hisobini takomillashtirish masalalari uning tarkibiy qismi bo'lgan maqsadli tushumlarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi to'g'risida muallif tomonidan ilgari surilgan. Xususiy kapiralning korxona faoliyatidagi xususiyatlari ochib berilgan.

Kalit so'zlar: xususiy kapital, buxgalteriya hisobi, maqsadli tushumlar, korxona.

Maqsadli tushum - bu mablag'larni ularni ajratgan shaxs qanday maqsadlami ko'zlagan bo'lsa, o'sha maqsadlarda ishlatish uchun olish. Iqtisodiy mohiyatiga ko'ra maqsadli moliyalashtirish - bu tadbirkorlik faoliyatining turli darajalarida pul mablag'larini nazorat ostida birtarkibiy birlikdan boshqasiga har qanday o'tkazish; korxonani rivojlantirishni moliyalashtirish (reklama kompaniyalari, kapital qurilish, faoliyatning yangi yo'nalishini rivojlantirish, boshqa investitsiyalar); maqsadli tadbirlarni o'tkazish uchun dav-lat organlaridan mablag'lar olish; notijrat tashkilotlariga hissa tariqasida mablag'lar olish va boshqalar. Maqsadli moliyalashtirish tushunchasi fuqarolik qonunchiligi tizimida muayyan shartnoma turi yoki muayyan moliyalashtirish manbasi turi bilan bog'liq emas.

Maqsadli tushumlarining holati va harakati, shuningdek a'zolik badallari va maqsadli yo'nalish bo'yicha tadbirlarni amalga oshirish uchun mo'ljallangan boshqa qaytarilmaydigan mablag'larning kelib tushishi va sarflanishi to'g'risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:

8810 - "Grantlar";

8820 - "Subsidiyalar";

8830 - "A'zolik badallari";

8840 - "Maqsadli foydalanadigan soliq imtiyozlari"

8890 - "Boshqa maqsadli tushumlar".

Ushbu maqsadli tushumlarni korxonaning xususiy kapitali sifatida aks ettirish shartlari quyidagilar hisoblanadi:

a) mablag'larning maqsadli yo'nalish bo'yicha ishlatilishi;

b) mablag'larni jalb qilish bilan bog'liq xarajatlarning yo'qligi;

c) belgilangan shartlar bajarilganda qaytarib berilmasligi.

Grant - davlatlar, davlatlar hukumatlari, xalqaro va xorijiy hukumat tashkilotlari, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilangan ro'yxatga kiritilgan xalqaro va xorijiy nohukumattashkilotlari tomonidan bepullik asosida O'zbekiston Respublikasi Hukumatiga, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish

organlariga, yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan mol-mulk, shuningdek, bepullik asosida xorijiy fuqarolar va fuqarosi bo'lmagan shaxslar tomonidan O'zbekiston Respublikasiga va O'zbekiston Respublikasi Hukumatiga beriladigan mol-mulk.

Aktivlarga kiritiladigan subsidiyalar - bu uzoq muddatli aktivlarni muayyan qurilish loyihalari uchun sotib olish yoki qurish maqsadida xo'jalik subyektlari ajratadigan davlat subsidiyalaridir, ishga tushirish yoki xarid qilish muddatlari, ushbu aktivlarning muayyan joylashishi.

Daromadga kiritiladigan subsidiyalar - bu aktivlarga kiritiladiganlaridan tashqari, davlatning har qanday boshqa subsidiyalari.

Qaytarmaslik asosidagi ssudalar - bu kreditor qaytarishni talab qilmagan holda, muayyan shartlarga rioya qilib beradigan ssudalardir.

A'zolik badallarini odatda notijorat tashkilotlar ishlatadi. Notijorat tashkilotlar tomonidan ustav faoliyatining ta'minoti va uni amalga oshirish uchun olingan, belgilangan maqsadga ko'ra va (yoki) tekin kelib tushgan mablag'lar daromad deb qaralmaydi va ularga foyda solig'i solinmaydi118.

Boshqa maqsadli tushumlar - maqsadli tadbirlarga sarflanadigan mablag'lar manbai. Maqsadli tushumlar byudjetdan ajratilgan mablag'lar, ota-onalarning farzandlari maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalarida tarbiyalanganligi uchun to'lovlari va boshqa manbalar hisobiga tashkil bo'lishi mumkin. Maqsadli tushumlardan mablag'lari qat'iy belgilangan maqsadlar: bolalar muassasalarini asrash, madaniy muassasalar, bolalar ormgoxlari, kadrlar tayyorlash, xodimlarning malakasini oshirish, qishloq xo'jalik ekinlari zararkunandalariga qarshi kurashish va boshqa tadbirlar uchun foydalanilishi mumkin.

Davlat subsidiyalari sifatida ajratilgan maqsadli moliyalashtirish mablag'lari quyidagilarga ishlatilishi mumkin:

a) uzoq muddatli aktivlarni (asosiy vositalarni, nomoddiy aktivlarni va h.k.) xarid qilish, qurish yoki boshqacha yo'l bilan qo'lga kiritish bilan bog'l iq kapital qo'yilmalarni moliyalashtirish;

b) tashkilotning muntazam ravishda kompensatsiya qilinishi kerak bo'lgan joriy xarajatlarini qoplash (moddiy-ishlab chiqarish zaxiralarini sotib olish, xodimlar mehnatiga haqto'lash va shu turdagi boshqa xarajatlar);

c) tashkilot amalga oshirib bo'lgan sarf-xarajatlarni kompensatsiya qilish, xususan, uy- joy kommunal xo'jalikda, agrosanoat majmuasida;

d) tashkilotni kelgusida sarf-xarajatlar qilmaslikka aloqador bo'lmagan favqulodda yordam ko'rinishidagi shoshilinch moliyaviy qo'llab-quvvatlash;

e) davlat subsidiyalarini ajratish bo'yicha hukumat qarorlarida va hujjatlarida ko'zda tutilgan boshqa maqsadlar.

Davlat subsidiyalarini tan olish tartibi va ularning buxgalteriya hisobi uslubiyati, shuningdek ular bo'yicha axborotni berish tartibi O'zbekiston Respublikasining 10-son O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksining 129-moddasi.

Qaytarmaslik asosida muayyan shartlar bilan berilayotgan davlat ssudasiga xo'jalik subyekti ana shu shartlarni bajarishiga etarlicha kafolat mavjud bo'lgan taqdirda davlat subsidiyasi deb qaraladi.

Grant ajratilgan hollarda tegishli grant ajratuvchi tashkilot va fondlar tomonidan korxonaga xabarnoma yuboriladi. Ushbu xabarnomada ko'rsatilgan summaga korxona quyidagicha provodka beradi:

Debet 4890 "Boshqa debitorlarning qarzlari"

Kredit 8810 "Grantlar"

Chet el valyutalarida olingan grantlar summasi O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan xo'jalik muomalalarini sodir bo'lish kuniga belgilangan kurs bo'yicha O'zbekiston Respublikasi milliy valyutasiga aylantiriladi.

A'zolik badallari - notijorat tashkilotlar tomonidan ustav faoliyatining ta'minoti va uni amalga oshirish uchun olingan, belgilangan maqsadga ko'ra va (yoki) tekin kelib tushgan mablag'lar hisoblanadi.

A'zolik badallari sifatida kelib tushadigan maqsadli moliyalashtirish mablag'lari qonunchilikda belgilangan tartibda ro'yxatga olingan ta'sis hujjatlarida (ustavda) ko'zda tutilgan maqsadlarga ishlatiladi.

8830 - "A'zolik badallari" schyotida ta'sis hujjatlari bilan belgilangan jamiyat a'zolarining a'zolik badallari summasi aks ettiriladi.

A'zolik badallarining tushumi quyidagi provodka bilan rasmiylashtiriladi:

Debet Pul mablag'larini hisobga oladigan schyotlar

Kredit 8830 "A'zolik badallari"

8840-"Maqsadli foydalanadigan soliq imtiyozlari" schyotida maqsadli vazifalarni bajarish uchun soliq to'lashdan ozod qilish natijasida bo'shagan summalar aks ettiriladi. Soliq imtiyozlarining buxgalteriya hisobi "Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona va majburiy to'lovlarni byudjetga to'lash bo'yicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalterlik hisobida aks ettirish tartibi to'g'risida"gi nizom119 bilan tartibga solinadi. Qabul qilingan Nizom mulkchilik shaklidan, faoliyat turidan, idoraviy mansubligidan qat'i nazar, O'zbekiston Respublikasi hududidagi barcha birlashmalar, korxonalar, tashkilotlar, muassasalarga tatbiq etiladi. Maqsadli ishlatish sharti bilan beriladigan imtiyozlar hisobi 8840-"Maqsadli ishlatiladigan soliq imtiyozlari" schyotida, berilgan soliqlar va bojxona imtiyozlarining turlari bo'yicha yuritiladi. Bunda maqsadli soliq imtiyozlarini batafsil hisobga olish uchun korxonalar ishchi schyotlar rejasining tegishli schyotlar guruhiga qo'shimcha schyotlar kiritilishi lozim.

Soliqlar va bojxona imtiyozlari ikki turga bo'linadi:

- korxonalarga bo'shayotgan mablag'larni maqsadli foydalanish sharti bilan berilgan imtiyozlar;

- korxona bo'shayotgan mablag'larni maqsadli ishlatishning biror-bir shartisiz qo'llash huquqiga ega bo'lgan imtiyozlar.

Imtiyozni qo'llash tartibi tasdiqlangan mahalliylashtirish Dasturi loyihalari amalga oshirilayotgan korxonalar tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qo'llash tartibi to'g'risidagi nizom120 bilan tartibga solinadi.

Bo'shaydigan mablag'larni maqsadli vazifalarni bajarishga yo'naltirish sharti bilan soliq imtiyozlari berilganida soliqlar umumbelgilangan tartibda qonun hujjatlariga muvofiq hisoblab yoziladi. Biroq ular byudjetga o'tkazilmaydi, bo'shagan mablag'larni esa maqsadli vazifalarni bajarishga (sizning holatda -mehmonxonani rekonstruktsiya qilishga olingan kreditni uzishga) yo'naltirish kerak. Bo'shaydigan mablag'larni maqsadli vazifalarni bajarishga yo'naltirish sharti bilan soliq imtiyozlarining buxgalteriya hisobi 8840-"Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari" hisobvarag'ida berilgan imtiyozlarning turlari bo'yicha yuritiladi. Soliq imtiyozlari hisoblab yozilayotganda batafsil hisobga olish uchun xo'jalik yurituvchi subyektlar hisobvaraqlarining ish rejasida soliqning har bir turiga (va unga doir bo'nak to'lovlari)ga alohida hisobvaraqlar ochiladi.

8910-"Kelgusi xarajatlari va to'lovlar rezervlari" hisobvarag'i bir maromda xarajat va to'lovlarni ishlab chiqarish yoki muomala xarajatlariga kiritish yo'li bilan belgilangan tartibda rezerv qilingan summalar holati va harakati to'g'risidagi ma'lumotlarni jamlash uchun qo'llaniladi.

Xususan, ushbu hisobvaraqda asosiy vositalarni ta'mirlash bo'yicha kelgusi xarajatlar summasini aks ettirish mumkin. Rezervning hosil bo'lishi: Debet 2010, 2110, 2310, 2510

Kredit 8910-"Kelgusi xarajatlari va to'lovlar rezervlari". Buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga muvofiq bunday rezervni tashkil qilish tavsiya qilinmaydi, chunki korxona uni tashkil etishda o'z hisobotida amalga oshirilmagan xarajatlarni aks ettiradi va foydani kamaytiradi. Tijorat korxonalari, agar hisob sig'satida bu aks ettirilgan bo'lsa, faqat sof foyda hisobiga rezerv tash kil etishlari mumkin. Ishlab chiqarish ehtig'jlari uchun rezervdan foydalanishda soliq solinadigan baza mazkur xarajatlar summasiga kamaytiriladi. Ishlab chiqarish xarajatlari hisobiga rezerv tashkil qilish O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, asosan mavsumiy ishlaydigan korxonalar uchun ruxsat etiladi.

Xulosa sifatida korxonalarda tashkil etilgan ushbu rezervlardan asosiy vositalar ta'mir qilinag'tganda va boshqa maqsadlarda foydalanilishi mumkin. Ilgari tashkil etilgan rezerv hisobidan asosiy vositani kapital ta'mir qilish uchun materiallar sarflansa, quyidagicha provodka beriladi:

Debet 8910 - "Kelgusi xarajatlari va to'lovlar rezervi" Kredit 1010 - "Xom-ashyo va materiallar".

Ilgari rezerv qilingan summalar bo'yicha hisob-kitob schyotidan xarajatlar to'lansa, quyidagicha yozuv qilinadi:

Debet 8910 - "Kelgusi xarajatlari va to'lovlar rezervi" Kredit 5110 - "Hisob-kitob schyoti"

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Gadoyev E. va boshq. Yillik hisobot-2008. T.: NORMA, 2009. 355-bet.

2. O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 23.10.2002 yilda N°118 bilan ro'yxatga olingan 21-son BHMS "Xo'jalik yurituvchi sub'ektlar moliyaviy-

xo'jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlari rejasi va uni qo'llash bo'yicha Yo'riqnoma" 3-§ 353-band.

3. Н.Н. Илышева, Е.Р. Синянская, О.В. Савостина. Бухгалтерский учет: учебное пособие / авт.-сост. Н.Н. Илышева, Е.Р. Синянская, О.В. Савостина. -Екатеринбург: Изд-во Урал. ун-та, 2016. - 156 с. ISBN 978-5-7996-1820-9

4. Косинец, Т. В. Основы бухгалтерского учета: теория и практика: учеб. пособие / Т. В. Косинец, М. Хайтанова; Владим. гос. ун-т им. А. Г. и Н. Г. Столетовых. - Владимир: Изд-во ВлГУ, 2020. - 260 с. - ISBN 978-5-9984-1282-0.

5. Смольникова Ю. Ю. Бухгалтерский учет. Конспект лекций. Учебное пособие / Ю.Ю. Смольникова - «Проспект», 2015, 35 стр. ISBN 978-5-39219380-6

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.