Shirinov U.A.
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti "Boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobi va audit"
kafedra mudiri PhD. Abduxalil-zoda R.M.
Samarqand Iqtisodiyot va servis instituti 1 bosqich magistranti
KORXONALARDA MOLIYAVIY FAOLIYAT HISOBINI XALQARO STANDARTLAR TALABIGA ASOSAN TO'G'RI TASHKIL QILISH
Anotatsiya. Maqolada korxonalarda asosiy faoliyat bilan birgalikda moliyaviy faoliyat olib borishning ahamiyati, ushbu faoliyat hisobining xalqaro standartlar asosida to'g'ri tashkil qilinishi bo'yicha tavsiyalar berilgan
Kalit so'zlar: moliyaviy faoliyat, moliyaviy faoliyat daromadlari, moliyaviy faoliyat xarajatlari, royalti, valyuta schotlari.
Shirinov U.A., Ph.D.
Head of Department "Accounting and Auditing in Other Sectors"
Samarkand Institute of Economics and Service
Abdukhalil-zoda R.M.
1st stage master's student Samarkand Institute of Economics and Service
CORRECT ORGANIZATION OF FINANCIAL ACTIVITY ACCOUNTS IN ENTERPRISES IN ACCORDANCE WITH THE REQUIREMENTS OF INTERNATIONAL STANDARDS
Abstract. The article provides recommendations on the importance of carrying out financial activities together with the main activities in enterprises, the correct organization of accounting for these activities based on international standards
Key words: financial activity, income of financial activity, expenses of financial activity, royalty, currency accounts.
Respublikamizda iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish, modernizatsiyalash jarayonlarini yanada jadallashtirish, mahsulot, ish va xizmatlar raqobatbardoshligini oshirish, ularning jahon bozorlarida munosib o'rin egallashlarini ta'minlash, dunyo hamjamiyatlari bilan integratsiyalashish ko'lamini oshirish davlat siyosatining yaqin va uzoq kelajakka mo'ljallangan ustuvor yo'nalishlari hisoblanadi. Aytish joizki, 2022-2026 yillаrgа mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasida "Iqtisodiyotda moliyaviy resurslarni ko'paytirish maqsadida, kelgusi 5 yilda fond bozori aylanmasini 200
million AQSh dollaridan 7 milliard AQSh dollariga yetqazish"69 masalasi qo'yilganligi, korxonalar oldiga yangi marralarni qo'yadi. Ushbu marralarga yetish maqsadida korxonalar nafaqat asosiy faoliyati bo'lgan mahsulot (ish, xizmatlar)ni ishlab chiqarish yo'li bilan, balki asosiy bo'lmagan faoliayat turlari, jumladan, investitsiyalar kiritish, dividendlar olish, aksiyalarni sotib olish, o'z asosiy vositalarini uzoq muddatga ijaraga berish, royaltilarni amalga oshirish orqali ham daromad qiladilar va bu faoliyatlar asosiy faoliyat bilan bir qatorda olib boriladi.
Rivojlangan mamlakatlar amaliyotida shuni ko'rish mumkinki, moliyaviy faoliyat korxona asosiy faoliyati bilan jipslikda olib boriladi, hamda O'z bekiston iqtisodiyoti misolida ham bu faoliyat turlarini rivojlantirish asosiy masalalardan biri hisoblanadi.
Yuqoridagi fikrlardan shuni aytib o'tish mumkinki, korxonalar faoliyatida asosiy bo'lmagan faoliyatni rivojlantirish hozirgi zamon iqtisodiyotida muhim o'rin tutadi. Chunki aynan korxonalarning asosiy bo'lmagan faoliyati natijasida iqtisodiyotda bo'sh turgan mablag'lar bir sohadan boshqa bir sohaga oqib o'tishini ta'minlaydi. Ta'kidlash lozimki, bu jarayonda qatnashuvchi barcha tomonlar uning natijasida ma'lum darajadagi iqtisodiy naf oladi. Shunday ekan bu faoliyatning hisobini xalqaro standartlarga mos ravishda buxgalteriyada to'g'ri tashkil qilinishi, hamda to'g'ri rejalashtirilgan auditorlik tekshiruvidan o'tkazilishi bizning nazarimizda, muhim masala hisoblanadi.
Moliyaviy faoliyat - bu korxonalarning asosiy bo'lmagan faoliyati tarkibiga kiruvchi, o'zga korxonalar (bank va boshqalar) mablag'larini korxonaga kredit va qarz sifatida kiritish, hamda jalb qilish bilan bog'liq faoliyat hisoblanadi.
7- son MHXSga ko'ra moliyaviy faoliyat - bu korxonaning mavjud kapitali va jalb qilingan mablag'larining tarkibi va hajmida o'zgarishga olib keladigan faoliyat sifatida ta'rif berilgan.
Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar Soliq kodeksining 43-bobi "Jami daromadlar" tarkibida, hamda moliyaviy faoliyatning xarajatlari Soliq kodeksining 44-bobi "Xarajatlar" tarkibida ko'rsatilib o'tilgan.
Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlarga quyidagilar kiradi:
• Royalti va kapital transfertidan olingan daromadlar
• O'zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida boshqa xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida ulush qo'shgan holda qatnashishdan olingan daromad, aksiyalar bo'yicha dividendlar va obligasiyalar hamda xo'jalik yurituvchi subyektga tegishli qimmatli qog'ozlar bo'yicha daromadlar;
• Mulkni uzoq muddatli ijaraga berishdan olingan daromadlar (lizing to'lovini olish);
• Valyuta schyotlari, shuningdek chet el valyutalaridagi muomalalar bo'yicha ijobiy kurs tafovutlari;
69 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60 son "2022-2026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni https://lex.uz/docs/5841063
• Foiz ko'rinishidagi daromadlar;
• Sarflangan (qimmatli qog'ozlarga, sho'ba korxonalarga va hokazolarga) mablag'larni qayta baholashdan olingan daromadlar;
• Moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar;
Moliyaviy faoliyatga qilingan xarajatlarga quyidagilar kiradi:
• O'zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan belgilangan hisob stavkalari darajasida va ulardan ortiqcha olingan qisqa muddatli hamda uzoq muddatli kreditlar bo'yicha, shu jumladan to'lov muddati o'tgan va uzaytirilgan ssudalar bo'ycha to'lovlar;
• Mol-mulkni uzoq muddatli ijaraga olish (lizing) bo'yicha foizlarni to'lash xarajatlari;
• chet el valyutasi bilan muomalalarga doir salbiy kurs tafovutlari bo'yicha zararlar;
sarflangan (qimmatli qog'ozlarga, sho'ba korxonalarga va hokazolarga) mablag'larni qayta baholashdan ko'rilgan zararlar;
• o'z qimmatli qog'ozlarini chiqarish va tarqatish bilan bog'liq xarajatlar;
• moliyaviy faoliyat bo'yicha boshqa xarajatlar, shu jumladan, salbiy diskont.
Moliyaviy faoliyatga doir daromad va xarajatlar sintetik hisobini yuritishda 21-son BHMS quyidagilarni ko'zda tutadi:
Moliyavviy faoliyatga doir daromadlar 9500 "Moliyaviy faoliyatdan keladigan daromadlarni hisobga oluvchi schotlar"da yuritiladi. 21 -son BHMSda ushbu schot tizimida quyidagi schotlarni ochish nazarda tutiladi:
• 9510 "Royatli ko'rinishdagi daromadlar"
• 9520 "Dividend ko'rinishidagi daromadlar"
• 9530 "Foiz ko'rinishidagi daromadlar"
• 9540 "Valuta kursidagi farqdan olingan daromadlar"
• 9550 "Uzoq muddatli ijaradan olingan daromaadlar"
• 9560 "Qimmatbaho qog'ozlarga qo'yilgan mablag'larni qayta baholashdan olingan daromadlar"
• 9590 "Moliyaviy faoliyat bo'yicha boshqa daromadlar"
Hisobot davri davomida ushbu schotlarning kreditida moliyaviy faoliyat bilan bog'liq bo'lgan barcha daromadlar jamlanadi.
Har bir hisobot davrining oxirida ushbu schotlar bo'yicha jamlangan aylanmalarning umumiy summasi 9910 "Yakuniy moliyaviy natija"schotiga yopiladi.
Moliyaviy faoliyatga doir xarajatlar 9600 "Moliyaviy faoliyat bo'yicha xarajatlarni hisobga oluvchi schotlar" da hisobga olinadi. 21-son BHMSda ushbu schot tizimida quyidagi schotlarni ochish nazarda tutiladi:
• 9610 "Foiz ko'rinishidagi xarajatlar"
• 9620 "Valuta kurslaridagi farqlaridan ko'riladigan xarajatlar"
• 9630 "Qimmatbaho qog'ozlarni chiqarish va tarqatish bo'yicha
xarajatlar"
• 9690 "Moliyaviy faoliyat bo'yicha boshqa xarajatlar" Hisobot davri davomida ushbu schotlarning debetida moliyaviy faoliyat bilan bog'liq bo'lgan barcha xarajatlar jamlanadi.
Har bir hisobot davrining oxirida ushbu schotlar bo'yicha jamlangan aylanmalarning umumiy summasi 9910 "Yakuniy moliyaviy natija" schotiga yopiladi.
Xulosa o'rnida aytish mumkinki, moliyaviy faoliyat bilan shug'ullanish har bir korxona uchun yangi imkoniyatlar va qo'shimcha iqtisodiy naf olish imkonini yarati beradi.Zero Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta'kidlaganlaridek "faol investitsiyalarni jalb qilishda xususiylashtirish va davlat-xususiy sheriklik imkoniyatlaridan to'liq va samarali foydalanish zarur", bu borada "so'nggi olti yilda investitsiyalar hajmini yalpi ichki mahsulotning 30 foizidan oshirishga"70 erishilganligida korxonalar moliyaviy faoliyatini kengayotganidan dalolat beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Toshkent «Adolat» nashriyoti 2015
2. «Buxgalteriya hisobi to'g'risida» qonun 13.04.2016
3. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Mahsulot (ish, xizmat) larni ishlab chiqarish va sotishharajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to'g'risida Nizomni tasdiqlash to'g'risida»gi Qarori. 1999 yil 5 fevral. 54-son.
4. 2-son BHMS "Asosiy faoliyatdan olingan daromadlar" O'z.R.Adliya Vazirligidan 1998-yil 26-avgustda ro'yxatdan o'tgan, № 483
5. 6-son BHMS "Lizing hisobi" O'z.R.Adliya Vazirligidan 2004 yil 14-mayda ro'yxatdan o'tgan, № 1281.
6. 12-son BHMS "Moliyaviy investisiyalar" O'z.R.Adliya Vazirligidan 1999-yil 16-yanvarda ro'yxatdan o'tgan, № 596.
7. 21-son BHMS «Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning moliyaviy-xo'jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schotlar rejasi va uni qo'llash bo'yicha Yo'riqnoma» O'z.R.Adliya Vazirligidan 2002 yil 23-oktyabrda ro'yxatdan o'tgan, № 1181.
8. 22-son BHMS "Chet el valutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi" O'z.R.Adliya Vazirligidan 2004-yil 23-martda ro'yxatdan o'tgan, № 1124
70 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga Murojaatnomasi. 20.12.2022