Научная статья на тему 'MOLIYAVIY HISOBOTNING XALQARO STANDARTLARIGA O’TISH SHAROITIDA PUL OQIMLARI TO’G’RISIDAGI HISOBOT SHAKLINI TAKOMILLASHTIRISH'

MOLIYAVIY HISOBOTNING XALQARO STANDARTLARIGA O’TISH SHAROITIDA PUL OQIMLARI TO’G’RISIDAGI HISOBOT SHAKLINI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
357
60
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
PUL OQIMLARI / OPERATSION FAOLIYAT / INVESTITSION FAOLIYAT / MOLIYAVIY FAOLIYAT

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Djumayeva G.A.

Ushbu maqolada “Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot” ning ahamiyati va rivojlanishi hamda respublikamizda amalda bo’lgan hisobot shaklini takomillashtirish masalalari o’rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVING THE STATEMENT OF CASH FLOWS IN THE TRANSITION TO INTERNATIONAL STANDARDS OF FINANCIAL REPORTING

This article examines the importance and development of the "Cash Flow Statement" and the issues of improving the current form of reporting in our republic.

Текст научной работы на тему «MOLIYAVIY HISOBOTNING XALQARO STANDARTLARIGA O’TISH SHAROITIDA PUL OQIMLARI TO’G’RISIDAGI HISOBOT SHAKLINI TAKOMILLASHTIRISH»

Djumayeva G.A. assistant

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

O'zbekiston

MOLIYAVIY HISOBOTNING XALQARO STANDARTLARIGA O'TISH SHAROITIDA PUL OQIMLARI TO'G'RISIDAGI HISOBOT SHAKLINI TAKOMILLASHTIRISH

Annotatsiya. Ushbu maqolada "Pul oqimlari to'g'risidagi hisobot" ning ahamiyati va rivojlanishi hamda respublikamizda amalda bo 'lgan hisobot shaklini takomillashtirish masalalari o'rganilgan.

Kalit so'zlar: Pul oqimlari, operatsion faoliyat, investitsion faoliyat, moliyaviy faoliyat.

Djumaeva G.A. assistant

Samarkand Institute of Economics and Service

Uzbekistan

IMPROVING THE STATEMENT OF CASH FLOWS IN THE TRANSITION TO INTERNATIONAL STANDARDS OF FINANCIAL

REPORTING

Abstract. This article examines the importance and development of the "Cash Flow Statement" and the issues of improving the current form of reporting in our republic.

Key words: Cash flow, operational activity, investment activity, financial activity.

Pul oqimlari to'g'risidagi hisobot xo'jalik yurituvchi su'yektning operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyatining o'z pul mablag'lariga ma'lum hisobot davri ichida ta'sirini shu davr ichida pul mablag'larining o'zgarishi to'g'risidagi ma'lumotlarni beradi. "Pul oqimlari to'g'risidagi hisobot" "Buxgalteriya hisobi to'g'risida"gi Qonunning 22 -moddasiga asosan korxonalarda yuritiladigan moliyaviy hisobot shakllaridan biri hisoblanadi.1 9-son BHMS "Pul oqimi to'g'risidagi hisobot" talablari asosida shakllantiriladi va taqdim etiladi. Ushbu hisobot shakli boshqa hisobot shakllari bilan birgalikda korxonaning eng likvid aktivlaridagi o'zgarishlarni, uning moliyaviy tuzilmasini (jumladan, likvidlik va to'lovga layoqatliligini), korxonalarning qiyoslama baholash maqsadida kelgusi pul oqimlarining joriy qiymatini modellashtirish

1O'zbekiston Respublikasining "Buxgalteriya hisobi to'g'risida"gi Qonuni 2016 yil 13 aprel.

imkonini beradigan doimiy ravishda o'zgaruvchi tashqi va ichki omillar sharoitida pul oqimlari harakatini tartibga solish layoqatini baholash va tushunishga xizmat qiluvchi axborot taqdim etilishini ta'minlaydi.

Pul oqimlari to'g'risida hisobot, uning shakllantirilishi, pul oqimlarining tahlili bo'yicha respublikamizda ko'pgina olimlar I lhomov SH.I. Islomov F.R., Karimov A.A., Masharipov O., Musayev H.N. Pardayev M.Q., Tashnazarov S.N. Urazov K.B. Shoalimov A.X.,2 xorijlik olimlar Sheremet A.D., Suyts V.P., va boshqa iqtisodchi olimlar tomonidan o'rganilgan.

9-son BHMS "Pul oqimi to'g'risidagi hisobot" ga asosan, ushbu standartning maqsadi xo'jalik yurituvchi sub'yektning pul mablag'lari va ularning ekvivalentlari bo'yicha majburiy ravishda axborot taqdim etishini belgilab qo'yishdan iborat. Bu axborot pul mablag'lari oqimi to'g'risidagi hisobot ko'rinishida bo'lib, unda hisobot davrida opyeratsion, investitsiya va moliya faoliyatida yuz beruvchi pul oqimlari harakati tasnif etiladi.3

"Pul mablag'larining harakati to'g'risida"gi hisobotning maqsadi tadbirkorlik sub'yektining pul mablag'lari va ularning ekvivalentlaridagi sodir bo'lgan o'zgarishlar haqidagi axborotni, davr mobaynidagi pul oqimlarini operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyatlarga tasniflaydigan pul oqimlari to'g'risidagi hisobot ko'rinishida taqdim etishni talab qilishdan iborat.4

Adabiyotlarda mualliflar tomonidan "Pul oqimlari to'g'risidagi hisobot"ning maqsadiga quyidagi ta'riflar keltirilgan:

... ushbu hisobotning bosh maqsadi bo'lib korxonada hisobot davrida yuz bergan pul oqimlari, ya'ni ularning kirimi va chiqimi, shuningdek davr boshi va oxiridagi holati to'g'risida yig'ma ma'lumotlarni aks ettirish hisoblanadi.5

"Pul mablag'larining harakati to'g'risida"gi hisobotning maqsadi hisobot davri boshida pul mablag'larining qoldig'i, hisobot davri davomida pul mablag'larining keib tushishi va to'lovlarni tashkilotning operatsion, investisiyaviy va moliyaviy

faoliyati bo'yicha tasniflab, uning harakati va hisobot davri oxiridagi qoldig'i o'rtasidagi axborotlarni taqdim etish bo'lib hisoblanadi.6

2 Ilhomov SH.I. Amaliy audit. Darslik. - T.:TDIU, 2011. -376 b. Karimov A.A., Islomov F.R., Avloqulov A.Z. "Xalqaro audit", Darslik. T. "IQTISOD-MOLIYA", 2015. -348 b. Masharipov O., Ilxomov Sh.I. Amaliy audit. O'quv qo'llanma. - T.:2014, Musayev H.N. Audit. Darslik.- T.:2003, Пардаев M.K. Зyлyновa Ф.А. Пул окимларини та^лили укув услу6ий кулланма. Самарканд-2019, Ташназаров С.Н. Иктисодиётни модернизатсиялаш шароитида молиявий ^исобот: муаммо ва ечимлар. Монография. Т.: "Навруз" нашриёти, 2016Й.-296 Ташназаров С.Н. Молиявий ^исоботнинг халкаро стандартларию Дарслик - Т.: "IQTISOD-MOLIYA", 2019, Уразов К.Б. "Молиявий ^исоб ва ^исобот" Тошкент "Инновацион ривожланиш нашриёт-матбаа уйи" 2020, 370-бет, Шеремет А.Д., Суйтс В.П. Аудит: Учебник.-М.: Инфра.- М.:2008, Shoalimov A.X., Tojiboeva Sh.A., «Moliyaviy va boshqaruv tahlili». O'quv qo'llanma. 2011. 305 bet.

3 O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 4-noyabr 519-son bilan davlat ro'yxatidan o'tkazilgan

4 Buxgalteriya hisobining xalqaro standart 7 BHXSQ tomonidan 2007 yilda BHXS 1 "Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish" qayta ko'rib chiqilishi natijasida 2007 yilning sentyabrida BHXS 7 ning nomi "Pul oqimlari hisoboti"dan "Pul oqimlari to'g'risidagi hisobot" ga o'zgartirildi.

5 Уразов К.Б. "Молиявий ^исоб ва ^исобот" Тошкент "Инновацион ривожланиш нашриёт-матбаа уйи" 2020, 370-бет

Bizningcha, "Pul oqimlari to'g'risidagi hisobot"ning maqsadi xo'jalik yurituvchi sub'yektning ma'lum bir vaqt oralig'ida faoliyat turlari bo'yicha pul mablag'lari va ekvivalentlarining kelib tushishi va chiqib ketishi hamda davr boshi va oxiridagi qoldig'i haqidagi ma'lumotlarni ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun hisobot shaklida aks ettirishdan iborat.

1992 yilda Xalqaro Buxgalteriya Standartlari Kengashi 7-sonli "Naqd pul oqimlari to'g'risidagi hisobot" IFRSni ishlab chiqdi va u 1994 yilda kuchga kirdi. Xo'jalik yurituvchi sub'yektlar tomonidan 7-sonli "Naqd pul oqimlari to'g'risidagi hisobot" IFRSga asosan hisobotni majburiy taqdim etish belgilandi.

Bu hisobot shakli 1977 yildan beri amal qilib kelayotgan "Moliyaviy holatdagi o'zgarishlar to'g'risidagi hisobot"ning o'rnini bosdi. 2007 yilda 1-sonli moliyaviy hisobotlarni taqdim etish IAS-ni qayta ko'rib chiqish natijasida IASB 7-sonli IAS nomini pul oqimlari hisobotidan pul oqimlari to'g'risidagi hisobotga o'zgartirdi7.

MDH davlatlarida ushbu hisobot shaklini joriy etish, xo'jalik yurituvchi sub'yektlarda yuritilishi 1990-yillar boshlariga to'g'ri keladi. Rossiya moliyaviy amaliyotida pul oqimlari to'g'risidagi hisobot birinchi marta buxgalteriya (moliyaviy) hisobotda 1996 yilda paydo bo'lgan. Rossiya Moliya vazirligining 1996 yil 27 martdagi 31-sonli "Tashkilotlarning choraklik moliyaviy hisobotining namunaviy shakllari va ularni 1996 yilda to'ldirish bo'yicha ko'rsatmalar to'g'risida" gi buyrug'iga muvofiq, "Pul oqimlari to'g'risidagi hisobot" standart shakli (shakl № 4) tasdiqlandi. Rossiya Federatsiyasida 2015 yil 28-dekabrdagi 217n-sonli buyrug'i bilan "Pul oqimlari to'g'risidagi hisobot" 7-sonli IAS xalqaro moliyaviy hisobot standartlarini va ularga sharhlarni tan olish to'g'risidagi nizomga muvofiq kuchga kirdi.8

Respublikamizda ushbu hisobot shakli Moliya Vazirligi tomonidan bir necha marotaba o'zgartirilib, tarkibiy jihatdan xalqaro tajribaga tayangan holda yangilanib kelinmoqda. Bundan ko'rinadiki ushbu hisobot shaklini takomillashtirish, MHXS tavsiyasiga ko'ra korxonalarning qaysi soha yoki tarmoqqa moslashganini inobatga olib hisobot shaklini ularning faoliyatidan kelib chiqib takomillashtirishni taqazo qiladi.

Pul oqimlari to'g'risidagi hisobot ma'lumotlari birdek rahbar, menejer, investorlar, aksiyadorlar va kreditorlarga korxonaning haqiqiy moliyaviy holati haqida ma'lumot beradigan hujjat hisoblanadi. Chunki korxona hisobot davrida ko'p daromad yoki foyda olishiga qaramay kreditorlari oldidagi majburiyatlarini bajara

olmay qolishi mumkin, ya'ni tan olingan daromad bilan kelib tushgan pul mablag'lari o'rtasida farq mavjud bo'ladi. Ushbu hisobotda korxonaning pul

6 Ташназаров С.Н. "Молиявий хисоботнинг халкаро стандартлари" Тошкент "IQTISOD -MOLIYA" 2019, 161-бет.

7 https://ru.wikipedia.org/wiki

8 https://gaap.ru/magazines/161251/

oqimlari harakati hisobot davri uchun aks ettirilib, unda joriy davrda qancha pul mablag'i haqiqatda kelib tushgani va haqiqatdagi chiqimi aks ettiriladi. Korxo na faoliyati ko'p jihatdan pul mablag'lari bilan bog'liq bo'lib, ularning harakati korxonaning to'lov qobiliyatiga, likvidligiga bevosita ta'sir qiladigan omillardan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda respublikamizdagi xo'jalik yurituvchi sub'yektlar pul oqimlarini 9-son BHMS "Pul oqimi to'g'risidagi hisobot" va 7-son BHXS "Pul oqimlari to'g'risidagi hisobot" ga asosan tuzadilar va shu axborotlar asosida kelgusidagi istiqbollarini belgilashda foydalanadilar.

"Pul oqimlari to'g'risidagi hisobot"da korxonaning hisobot davri davomidagi

- operatsion faoliyati;

- investitsion faoliyati;

- moliyaviy faoliyati natijasida pul oqimlarining kirimi va chiqimi to'g'risidagi ma'lumotlari aks ettiriladi.

Operatsion faoliyatdan pul oqimlari xo'jalik yurituvchi sub'yektning asosiy faoliyatidan kelib chiqadi. Odatda xo'jalik yurituvchi sub'yektning asosiy faoliyati mahsulotni sotishga, ishlarni bajarishga yoki xizmat ko'rsatishga qaratilgan bo'ladi. Xo'jalik yurituvchi sub'ekt, investitsiya faoliyatidan keladigan pul oqimi to'g'risidagi axborotni alohida ko'rsatib beradi. Investitsiya faoliyatidan pul oqimi to'g'risidagi axborot kelajakda daromad va pul oqimi miqdorini belgilaydigan resurslar bo'yicha qilingan xarajatlar darajasini ko'rsatadi.

Xo'jalik yurituvchi sub'ekt moliyaviy faoliyatidan bo'ladigan pul oqimlari to'g'risidagi axborotni alohida ko'rsatadi. Bu axborot moliyaviy faoliyatdan bo'lajak pul oqimlarini taxmin qilish uchun zarur bo'ladi.

Korxonalar amaliyotida pul oqimlari to'g'risidagi hisobotni tuzishda ayrim xatoliklarga yo'l qo'yilmoqda va uning ko'rsatkichlariga alohida e'tibor berilayotganligi yo'q. Buning asosiy sabablaridan biri hisobot shaklini mukammal darajada shakllanmaganligi bilan ham bog'liqdir. «Pul oqimlari to'g'risida»gi hisobot (4-shakl) shaklini takomillashtirish yuzasidan rivojlangan mamlakatlarda qo'llanilayotgan «Pul mablag'lari harakati to'g'risida»gi hisobot shaklining tasniflanishi bilan respublikamizda amal qilib kelayotgan «Pul oqimi to'g'risida»gi hisobot shaklining tasniflanishi o'rtasida ma'lum farqlanishlar mavjud. Bunday farqlanishlardan biri respublikamizda qo'llanilayotgan hisobot shaklida «Soliqqa tortish»lar alohida bo'linma sifatida tasniflangan. Vaholanki, rivojlangan mamlakatlarda amal qilinayotgan hisobotda «Soliqqa tortish»lar birinchi bo'linmada, ya'ni operatsion faoliyatidan pul mablag'larining harakati deb nomlangan bo'linmada aks ettirilgan. Bizning fikrimizcha ham to'langan soliqlar operatsion faoliyatida pul mablag'larining harakati deb nomlangan bo'linmada aks ettirilishi maqsadga muvofiqdir.

Yana bir farqlanish royalti ko'rinishidagi pul oqimi "Pul oqimi to'g'risidagi hisobot" shaklining operatsion faoliyati bo'limida aks ettirilgan, "Mahsulot(ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda

moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to'g'risida" Nizomda esa moliyaviy faoliyat daromadlari ekanligi ko'rsatilgan. Shunday qilib, hozir mamlakatimizda korxonalari faoliyatida amal qilayotgan «Pul oqimlari to'g'risidagi hisobot»ining me'yoriy asoslarini takomillashtirish talab qilinadi. Shu bilan birgalikda ushbu hisobotni tartibga soluvchi me'yoriy hujjatlar o'rtasidagi o'zaro ziddiyatli bandlarni tuzatish talab qilinadi.

MHXSlarida buxgalteriya hisobotlaridagi ma'lumotlar ochiqlanishi lozimligi ko'rsatilgan, moliyaviy hisobotdagi ko'rsatkichlar, summalarning ochiqlanishidagi ahamiyatlili nuqtani qaysi mezonlarga yoki ko'rsatkichlarga bog'liq holda aks ettirilishini konkretlashtirish lozim.

Shuningdek, "Pul oqimlari to'g'risidagi hisobot" ko'rsatkichlari qiyoslanuvchanligi va taqqoslanuvchanligini hisobga olgan holda ikki davrga ya'ni o'tgan yil hamda joriy(hisobot) yili uchun ko'rsatilishi lozim.

Shunday qilib, "Pul oqimlari to'g'risidagi hisobot" shakli, tarkibini xalqaro tajribaga tayanib takomillashtirish, hisobot ma'lumotlarining ishonchliligini, samaradorligini, kelgusidagi boshqaruv qarorlarini qabul qilishdagi ahamiyatini oshirish lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasining "Buxgalteriya hisobi to'g'risida"gi Qonuni 2016 yil 13 aprel.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2020 yil 24 fevraldagi PQ-4611-sonli "Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o'tish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarori

3. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-son Qarori bilan tasdiqlangan "Mahsulot(ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to'g'risida" Nizom.

4. "Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to'ldirish bo'yicha qoidalari" O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002 -yil 27-dekabrdagi 140-son buyrug'i bilan tasdiqlangan.

5. O'zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standartlari to'plami.-T.: Norma 2016

6. Ilhomov SH.I. Amaliy audit. Darslik. - T.:TDIU, 2011. -376 b.

7. Karimov A.A., Islomov F.R., Avloqulov A.Z. "Xalqaro audit", Darslik. T. "IQTISOD-MOLIYA", 2015. -348 b.

8. Masharipov O., Ilxomov Sh.I. Amaliy audit. O'quv qo'llanma. - T.:2014

9. Musayev H.N. Audit. Darslik.- T.:2003

10. Ташназаров С.Н. Молиявий х,исоботнинг халкаро стандартлари. Дарслик - Т.: "IQTISOD-MOLIYA", 2019

11. Уразов К.Б. "Молиявий хдсоб ва х,исобот" Тошкент "Инновацион ривожланиш нашриёт-матбаа уйи" 2020, 370-бет

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.