Chorshanbayev U.
lecturer
Gulistan State University Muratjanova L. student
Gulistan State University
ASOSIY VOSITALAR HISOBINI MOLIYAVIY HISOBOTNING XALQARO STANDARTLARI TALABI BO'YICHA YURITISHNING
DOLZARB MASALALARI
Аннотация. Мацолада асосий воситалар уисобини молиявий уисоботнинг халцаро стандартлари талабларига асосан уисобга олишни амалиётга татбиц цилишнинг назарий ва амалий жщатлари таулил этилган. Асосий воситаларни дастлабки бауосини тан олиш ва унинг цийматига харажатларни утказиш услубиётини такомиллаштириш масалалари атрофлича урганилиб, техник царов, жорий таъмирлаш уамда капитал таъмирлаш харажатлари уисобини такомиллаштириш юзасидан хулосалар шакллантирилган.
Калит сузлар: асосий воситалар, харажатлар, бауолаш, дастлабки циймати, жорий циймати, харажатни тан олиш, амортизация, асосий воситаларнинг эскириши.
Chorshanbayev U.
lecturer
Gulistan State University Muratjanova L. student
Gulistan State University
CURRENT ISSUES OF KEEPING ACCOUNTING FOR FIXED ASSET ACCORDING TO THE REQUIREMENTS OF INTERNATIONAL STANDARDS OF FINANCIAL REPORTING
Abstract. The article analyzes the theoretical and practical aspects of the implementation of accounting for fixed assets based on the requirements of international standards of financial reporting. The issues of recognizing the initial value of fixed assets and improving the method of transferring costs to its value were studied in detail, and conclusions were formed regarding the improvement of the calculation of the costs of technical maintenance, current reoairs and capital repairs.
Key words: fixed assets, costs, valuation, original value, current value, cost recognition, depreciation, depreciation of fixed assets.
Kirish. Ma'lumki, asosiy vositalar xo'jalik yurituvchi sub'ektning daromad olish jarayonida muhim rol o'ynaydi. Xo'jalik yurituvchi sub'ektjoylashuvi, miqdori, holati, texnik xizmat ko'rsatish va amortizatsiya holatini kuzatishda jiddiy qiyinchiliklarga duch kelishadi. Asosiy vositalar hisobini tashkil etish korxonalarga asbob-uskunalar va transport vositalarini kuzatish, ularning holatini baholash, ularni maqbul ish tartibida saqlash, asbob-uskunalarning nosozliklarini va ishlamay qolish vaqtlarini minimallashtirish va aktivning ishlash muddatini yaxshilash imkonini beradi.
Material va metod. Asosiy vositalar hisobini takomillashtirishning dolzarb masalalari doimiy ravishda tadqiqot ob'ekti sifatida o'rganilib kelingan. Bu borada xorijiy olimlar o'z ilmiy ishlarida turli xil fikrlarni bildirib o'tishgan:
A.G. Efimenko va V.P. Efimenkolar avtomobil transporti korxonalarida xarajatlarni o'zgaruvchan va shartli doimiy xarajatlarga bo'lishadi. Doimiylariga esa, asosiy vositalarga eskirish kiradi.
V.E. Lixacheva doimiy xarajatlarga avtomobil transportining yurgan masofasiga bog'lik bo'lmagan xarajatlarni kiritadi. Bunday xarajatlarga amortizatsiya normasi yurgan masofaga bog'lik bo'lmagan xarakatdagi tarkibning amortizatsiyasi, yo'l xarajatlarini kiritadi. Muallif shartli ravishda xaydovchilarning ish xaqilari va u bilan bog'lik ijtimoiy xarajatlarni xam doimiy xarajatlarga kiritish mumkinligini ilgari suradi.
Mamlakatimiz olimlari xam bu borada ilmiy izlanishlar olib borishgan;
I.N. Ismanov tomonidan asosiy vositalar hisobini uzoq muddatli aktivlar tarkibida hisobga olishni taklif etilgan: "Uzoq muddatli aktivlar - bu mulkiy qiymatliklar bo'lib, korxona tomonidan ishlab chiqarish jarayonida uzoq muddat foydalanish uchun sotib olinadigan, unumdorligi, foyda keltira olishi va nazorat qilinishi mumkinligi bilan tavsiflanadigan mablag'lardir. Shu bilan birga, uzoq muddatli aktivlarning shakllanish tamoyillari va tavsiflanishiga e'tibor qaratish lozim".
Xalqaro amaliyotda ko'chmas mulkni buxgalteriya hisobining ob'ekti sifatida hisobga olishda bir nechta MHXSlardan foydalaniladi, jumladan, MHXS (IAS) 16-sonli "Asosiy vositalar", MHXS (IAS) "Tovar-moddiy zaxiralar", MHXS (IAS) 40-sonli "Investitsiyaviy ko'chmas mulk" va boshqa standartlardan. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga asosan asosiy vositalarning boshlang'ich qiymati haqiqiy xarajatlar (MHXS 16-sonli "Asosiy vositalar") yoki qayta baholangan qiymat (MHXS 36-sonli "Aktivlarning qadrsizlanishi") standartlaridagi normalar bilan aniqlanadi.
Natijalar. Asosiy vositalar - quyidagilar uchun mo'ljallangan moddiy aktivlardir:
"... -mahsulotlarni ishlab chiqarish va yetkazib berishda, yoki xizmatlarni ko'rsatish, yoki boshqa tomonlarga ijaraga berish, yoki ma'muriy maqsadlarda foydalanish uchun mo'ljalangan aktivlardir; va uzoqroq muddat davomida foydalanilishi kutilgan aktivdir.
Asosiy vositalar ob'ektining tannarxi faqatgina quyidagi shartlar bajarilganda aktiv sifatida tan olinadi:
- tadbirkorlik sub'ekti tomonidan asosiy vosita bilan bog'liq kelgusi iqtisodiy naf olinishi ehtimoli mavjud bo'lsa;
- aktivning tannarxi ishonchli baholana olsa"
Ta'rifni talqin qilish va moddiylik tushunchasini qo'llash munosabati bilan muammolar vujudga kelishi mumkin.
Ta'riflar ba'zi joylarda amaliy qiyinchiliklar olib keladi. Misol uchun, aktiv ishlab chiqarish, tovarlar yetkazib berishda yoki xizmatlar ko'rsatishda foydalanish uchun olingan, lekin endi uni sotish lozim bo'lsa, 5- sonli MHXS qoidalariga muvofiq moliyaviy holat to'g'risidagi hisobotda "sotish uchun mo'ljallangan" aktivlar sifatida alohida tasniflanadi. Bunday munozarali holatlarni bir qancha olimlarning ilmiy qarashlarida ko'rish mumkin. Ularning ilmiy qarashlarida asosiy vositalar hisobini
takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Asosiy vositaning tannarxi quyidagilardan tashkil topadi:
> savdo chegirmalarini va imtiyozlarini chegirgan holda, uning xarid narxi, jumladan import bojlari va sotib olish bilan bog'liq qoplanmaydigan soliqlar.
> aktivni undan tadbirkorlik sub'ektining rahbariyati tomonidan ko'zlangan holda foydalanish uchun zarur bo'lgan joy va holatiga olib kelish bilan bog'liq bevosita xarajatlar.
> asosiy vosita ob'ektini demontaj qilish va olib tashlash xamda u joylashgan joydagi tabiy resurslarni qayta tiklash xarajatlarining boshlang'ich bahosi.
Tadbirkorlik sub'ekti asosiy vosita sotib olingan paytda yoki undan ma'lum davr mobaynida tovar-moddiy qimmatliklarni ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lmagan maqsadlarda foydalanish oqibatida ushbu xarajatlar bo'yicha majburiyatni o'z zimmasiga oladi.
Quyidagilar bevosita xarajatlarga misollardir:
- asosiy vosita ob'ektini barpo etish (qurish) yoki sotib olish natijasida bevosita hosil bo'ladigan hodimlarga haq to'lash xarajatlari;
- joyni tayyorlash xarajatlari;
- yetkazib berish va ortish-tushirish bilan bog'liq boshlang'ich xarajatlar;
- o'rnatish va montaj bo'yicha xarajatlar;
- aktivning to'g'ri ishlashini sinab ko'rish xarajatlaridan aktivni tegishli joyga va holatga keltirish paytida ishlab chiqarilgan mahsulotni (uskunalarni sinovdan o'tkazishda
ishlab chiqarilgan mahsulotlar kabi) sotishdan olingan sof tushumning ayirmasi; va
- malakali xizmatlar uchun haqlar.
Tadbirkorlik sub'ekti ob'ektdan ma'lum bir davr mobaynida tovarmoddiy zaxiralar ishlab chiqarish uchun foydalanishi oqibatida paydo bo'ladigan ob'ektni
demontaj qilish va olib tashlash hamda u egallagan yer maydonida tabiiy resurslarni qayta tiklash majburiyatlari bo'yicha xarajatlarga nisbatan 2-sonli BHXS "Tovar-moddiy zaxiralar" ni qo'llaydi. 2-sonli BHXS yoki 16-sonli BHXS ga mos ravishda hisoblanadigan xarajatlar
bo'yicha majburiyatlar 37-sonli BHXS "Rezervlar, shartli majburiyatlar va shartli aktivlar" ga mos ravishda tan olinadi va baholanadi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida asosiy vositalar hisobi va auditini takomillashtirish yuzasidan izlanishlar olib brogan K.X.Xatamovning fikricha asosiy
vositalar hisobini takomillashtirishning dolzarb jihatlariga alohida e'tibor berib, "...xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga ko'ra asosiy vositalarni tan olish masalasi muhim hisoblanadi.... aktiv bilan bog'liq bo'lgan kelgusi iqtisodiy foyda korxona tomonidan olinishi ehtimoli yuqori darajada deb tasdiqlanganda; korxona uchun aktivning tannarxi ishonchli baholanishi mumkin bo'lganda.
Asosiy vositalarni ushbu ikki shartga javob berishiga qarab tan olinishi amalga oshiriladi. Shu jumladan, asosiy vosita tan olishning birinchi shartiga javob bersa, korxona dastlabki tan olinish vaqtiga qarab aktiv bilan bog'liq kelgusi iqtisodiy foyda olish ehtimolini belgilaydi. Ushbu ehtimollik darajasi korxona tomonidan aktiv bilan bog'liq manfaat va risklarni olishi aniq bo'lishini talab etadi. Asosiy vositalarni hisobga
olishdagi asosiy qoidalar ularni aktivlar deb e'tirof etish paytini aniqlash, bu aktivlarga nisbatan qo'llanilishi lozim bo'lgan ularni balans qiymati va amortizatsiya meyorini aniqlash, shuningdek, asosiy vositalarning balans qiymatidagi boshqa o'zgarishlarni aniqlash hamda hisobga olish, amortizatsiya ajratmalarini hisoblab chiqarish va ularni hisobdan chiqarishdan iborat".
M.B. Kalonovning fikricha asosiy vositalarni hisobini takomillashtirishda ularning kelib chiqish markazlari va foydalanish markazlariga bo'lib o'rganishni taklif qilganlar. "...Avtomobil transporti korxonalarida xarajatlar hisobini takomillashtirish mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar asosida quyidagi xulosalar shakllantirildi:
Avtomobil transporti korxonalarida asosiy vositalar hisobini takomillashtirish mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar asosida quyidagi xulosalar shakllantirildi:
-Avtomobil transporti korxonalarida asosiy vositalarni kelib chiqish markazlari bo'yicha hisobini yuritish xizmatlar tannarxini aniqligini, shaffofligini, xarajatlarni to'g'ri qilinayotganligini nazorat qilish imkonini beradi.
-Respublikamizda avtomobil transporti korxonalarida xizmatlar tannarxini tashkil etuvchi xarajatlarga asosiy vositalarni eskirish xarajatlari, avtomobil yoqilg'isi, moylash materiallari, avtomobil ehtiyot qismlari, harakatdagi tarkib amortizatsiyasi, harakatdagi tarkibni ta'mirlash xarajatlari kiradi.
Ko'rib o'tilgan xususiyatlar avtomobil transporti korxonalarida xarajatlarning guruhlanishi hamda hisobga olinishiga o'z ta'sirini o'tkazadi", deb asosiy vositalarga
sarflanadigan xarajatlarni turkumlash va uning tarkibini aniqlashtirish natijasida baholash hamda xarajatlarni tan olish xususiyatlarni ochib berganlar.
Kichik biznes korxonalarida asosiy vositalar buxgalteriya hisobini takomillashtirish masalalari izlanishlar olib brogan D.D. Tursunovaning fikricha asosiy vositalar buxgalteriya hisobini takomillashtirishda quyidagilarga alohida to'xtalib o'tshga e'tibor berib, "...rivojlangan mamlakatlar amaliyotida buxgalteriyada asosiy vositalarni hisobga olish bir nechta moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida tartibga solinadi. 16-sonli BHXS "Asosiy vositalar", 5-sonli MHXS "Sotish uchun mo'ljallangan uzoq muddatli aktivlar va davom ettirilmaydigan faoliyat", 17-sonli BHXS "Ijara", 40-sonli BHXS "Investitsion mulk" hamda 13-sonli MHXS "Haqqoniy qiymatni baholash" kabi xalqaro standartlar shular jumlasidandir. Bundan tashqari biologik aktivlarni hisobga olish uchun alohida 41-sonli BHXS "Qishloq xo'jaligi" nomli standart ko'p yillik o'simliklar hamda ishchi va mahsuldor hayvonlarni hisobga olish shartlarini belgilaydi. Ushbu sanab o'tilgan standartlar asosiy vositalarni o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda ularni tan olish, baholash, qadrsizlanishni aniqlash va hisobdan chiqarish jarayonlari uchun zarur shartlarini belgilaydi hamda a) mahsulotlarni ishlab chiqarish yoki yetkazib berish, yoki xizmatlarni ko'rsatish, yoki boshqa tomonlarga ijaraga berish, yoki ma'muriy maqsadlarda foydalanish uchun mo'ljalangan va (b) bir davrdan uzoqroq muddat davomida foydalanilishi kutilgan hisob ob'ektlarini asosiy vosita sifatida e'tirof etadi", asosiy vositalar bo'lishi uchun talablar va uni tan olish hamda baholash masalalari bo'yicha takliflar ishlab chiqqan.
Darxaqiqat asosiy vositalarning hisob jarayonini takomillashtirish uchun, avvalo, uning tannarxi yoki boshqacha aytganda dastlabki qiymatini to'g'ri shakllantirish uchun zarur shartlarni belgilanishi kerak.
Masalan, asosiy vositalar dastlabki qiymatini shakllantrishda milliy standartlarda asosiy vositalarni demontaj xarajatlarining diskontlangan qiymatlarini kirim qilinishi nazarda tutilmagan. Mazkur qiymatlar ham xalqaro standartlar talablari asosida dastlabki qiymatga qo'shilishi zarur. Asosiy vositalarni tasniflashda ularning turlariga emas, asosiy etibor ulardan foydalanilish maqsadlariga qaratilishi lozim.
1-rasm. Asosiy vositalarni foydalanish darajasiga ko'ra turkumlash18
Asosiy vositalarni balansda haqqoniy qiymatlarda aks ettirib borish, qayta baholash natijalarini muvofiqlik tamoyili bo'yicha asosiy vositaning xizmat muddatiga mutanosib shaklda taqsimlanmagan foydaga o'tkazib boorish ham korxonaning investision jozibadorligini oshiradi. Asosiy vositalarni tasniflashda ularning turlariga emas, asosiy etibor ulardan foydalanilish maqsadlariga qaratilishi lozim.
"Asosiy vositalarni hisob jarayonini tashkil etishda milliy va xalqaro standartlar talablari orasida juda katta tafovut mavjud. Jumladan, asosiy vositalarning tasniflanishi, asosiy vositalarni kirim qilish jarayonlari, asosiy vositalarga eskirish hisoblash jarayonlari, ijara munosabatlarini hisobga olish masalalarini sanab o'tish mumkin. Asosiy vositalar hisobi moliyaviy hisobning xalqaro standartlari talablaridan kelib chiqib "tarixiy qiymat" yoki "qayta baholash" usullarida hisobga olinishi mumkin.
Milliy hisoblar tizimida esa bu haqda ma'lumotlar keltirilmagan. Kirim qilish jarayonida MHXSga ko'ra asosiy vositalar qiymatining yirik qismini tashkil etgan, asosiy vositadan farqli xizmat muddatiga ega bo'lgan elementlari alohida hisob ob'ekti sifatida kirim qilish va ularga alohida eskirish usullarini qo'llash, asosiy vositalar boshlang'ich qiymati tarkibiga demontaj xarajatlarining diskontlangan qiymatlarini kiritish mumkinligi aytilgan bo'lsa, BHMSda bu haqda ham etarli ma'lumotlar keltirilmagan".
Xalqaro tajribalar talablari bo'yicha asosiy vositalarning hisobini tashkil qilishda asosiy jihatlaridan yana biri bu, asosiy vositalarni sotib olinib,
18 Muallif ishlanmasi
foydalanishga topshirgandan keyin amalga oshiriladigan xarajatlar, jumladan ta'mirlash, xizmat ko'rsatish yoki yaxshilanish quyidagi usullarning biri bo'yicha hisobga olinadi:
1. Xarajat sifatida tan olinadi.
2. Kapitallashtiriladi.
3. Jamg'arilgan eskirishni kamaytirilishi sifatida tan olinadi.
Agar korxona tomonidan aktivni foydalanshsdan dastlab kutilayotgan bo'lg'usi iqtisodiy naflar oshish extimoli yuqori deb, hisoblansa, xarajatlar tegishli aktivning balans qiymatiga qo'shilishi mumkin. Asosiy vositalar ob'ektlari bilan bog'liq keyin amalga oshiriladigan xarajatlar faqat ular aktivning holatini yaxshilasa, yoki oldindan hisoblangan dastlabki me'yorlarga qaraganda uning unumdorligini oshirsa aktiv sifatida
tan olinishi mumkin. Bo'lg'usi iqtisodiy nafni oshirish imkoniyatini yaratadigan yaxshilashga oid misollarga quyidagilarni kiritish mumkin:
- asosiy vositalarni foydali xizmat muddatini ko'paytiradigan, shu jumladan uning quvvatini oshiradigan zamonaviylashtirish xarajatlari;
- ishlab chiqariladigan mahsulot sifatini ahamiyatli ravishda yaxshilaydigan qism va birikmalarni mukammallashtirish, va
- dastlab hisoblangan ishlab chiqarish xarajatlarni ahamiyatli ravishda qisqartirish imkoniyatini yaratadigan yangi ishlab chiqarish jarayonlarni tadbiq etish.
Ayrim asosiy vositalar ob'ektlarining qismlari muntazam ravishda almashtirilishi talab etilishi mumkin. Masalan, avtomobillarda filterlar, metal ertish pechlarining futerovkasi ma'lum ishlash soatlari o'tganidan so'ng almashtirilishi kerak bo'lishi mumkin, samolyotlardagi o'rindiklar va oshxona kabi asbobuskunalar samolyotning foydali xizmat muddati davomida bir necha marta almashtirilishi mumkin. Asosiy vositalarning ob'ektlari sifatida binoning ichki devorlarini almashtirish kabi o'zgartirishlarni kamroq takrorlash yoki takrorlanmaydigan qilib almashtirish maqsadida sotib olinishi mumkin.
Tadbirkorlik sub'ekti asosiy vositaning balans qiymatida uning bir qismini almashtirish bo'yicha xarajatlarni ushbu xarajatlar amalga oshirilgan paytda tan olishi kerak, agar bunda xarajatlar tan olish mezonlariga mos kelsa.
Xalqaro tajribada asosiy vositalar ob'ektining ayrim qismlarini almashtirilishi yoki almashtirilmasligidan qat'iy nazar, nuqsonlar paydo bo'lganligini aniqlash uchun muntazam ravishda katta ko'lamdagi texnik ko'riklarini o'tkazish shu ob'ektdan (masalan, atom elektr stansiyalaridan) foydalanishni davom etishning shartlaridan biri bo'lishi mumkin. Har bir katta ko'lamdagi texnik ko'rik o'tkazilganda, u bo'yicha xarajatlar tan olish mezonlari bajarilganda asosiy vositalar ob'ektining balans qiymatida qisman almashtirish sifatida tan olinadi. Har qanday oldingi texnik ko'rik bo'yicha xarajatlarning aktivning balans qiymatidagi qoldig'i (extiyot qismlardan tashqari) hisobdan chiqariladi. Bunday hisobdan chiqarish oldingi tekshiruv xarajatlari ob'ekt
sotib olinishi yoki qurilishi paytidagi operasiyada tan olinganligi yoki olinmaganligidan qat'iy nazar amalga oshiriladi. Zarur bo'lganda, ob'ekt sotib olinishi yoki qurilishi paytidagi balans qiymatiga qo'shilgan texnik ko'rik xarajatlarini aniqlashda shu kabi kelgusi tekshiruv xarajatlarning baholangan summasidan foydalanish mumkin.
Hozirgi amaliyotda amalga oshiriladigan har yilgi joriy ta'mirlash va texnik xizmat ko'rsatishga sarflangan mablag'lar joriy xarajatlar, deb hisoblanadi. Mazkur xarajatlar hisobining ikki usuli mavjud: rezerv tashkil etish yo'li bilan va rezerv tashkil etmaslik yo'li bilan.
Kapital xarajatlar - bu asosiy vositalarni xarid qilish yoki rivojlantirish uchun sarf bo'lgan mablag'lardir. Odatda, kapital xarajatlar ativlar schyotida aks ettirilib balansda ko'rsatiladi, chunki ushbu xarajatlar bilan bog'liq bo'lgan foyda kelgusi davrda olinadi. Bu xarajatlar asosiy vositaning balans qiymatini o'zgartirishga olib keladigan xarajatlar tarkibiga kiradi.
Asosiy vositalarni tamirlashga sarflangan operasion xarajatlar esa uzoq muddatli aktivlarni hisobot davri mobaynida ishchi holatda saqlab turish bilan bog'liq sarflarni o'z ichiga oladi. Shuning uchun ular sarf-xarajatlar schyotida aks ettirilib, moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobotni xarajatlar elementi sifatida e'tirof etiladi.
Bundan ko'rinib turibdiki, asosiy vositalarni shakllantirish bilan bog'liq va uni ekspluatasiyasi mobaynidagi sarf-xarajatlarni aktivlar qiymatiga solishtrishni to'g'ri aniqlash zaruriyati tug'iladi.
Kapital xarajatlar bilan operasion xarajatlarni farqlash zaruriyati shundan iboratki, kelgusida daromad olish maqsadida qilingan sarf-xarajatlarni kapitallashtirmasdan, joriy hisobot davri ichida olingan daromadlar bilan qoplanilsa, u holda joriy davr uchun moliyaviy natijalar soxtalashtirilgan bo'lib qaladi.
Xulosa qilsak, qanday holatlarda amalga oshirilayotgan xarajatlarni kapital xarajatlar yoki operasion xarajatlar deb farqlash imkoni bo'ladiyu, buni qanday asosiy mezon aniqlab beradi? Ushbu savollarga javob berish uchun 5 - BXMSga murojaat qilish lozim bo'ladi. Ushbu standartning 22-bandiga muvofiq, asosiy vosita qiymatiga o'tkaziladigan kapital qo'yilmalar asosiy vositalardan foydalanishda kelgusida iqtisodiy foyda olishni oshirish shartlari ma'lum bo'lgan holdagina kapitallashtirilgan xarajatlar deb tan olinadi. Kelgusida olinadigan iqtisodiy foydani oshirmaydigan boshqa barcha xarajatlar ular amalga oshirilgan davrdagi davr xarajatlari sifatida tan olinishi lozimligi ta'kidlangan.
Asosiy vositalar ta'mirlanishi hisobining vazifalari quyidagilardan iborat: bajarilgan ta'mirlash ishlarining tannarxi va hajmini to'g'ri va o'z vaqtida aniqlash; ta'mirlash bilan bog'liq xarajatlarning mahsulot yoki bajarilgan ish tannarxiga to'g'ri o'tkazilishini ta'minlash; ta'mirlash ishlari uchun
ajratilgan mablag'dan to'g'ri foydalanilishi ustidan nazorat olib borish; ta'mirlash ishlarining o'z vaqtida va yaxshi sifatli qilib olib borilishi ustidan nazorat olib borish va boshqalar.
Ta'mirlash xarajatlari ikki xil usul bilan tegishli schyotlarga yozilishi mumkin:
ta'mirlash bo'yicha hamma xarajatlarni vujudga kelishjarayonida Ishlab chiqarish xarajatlari schyotlariga yozish bilan;
maxsus rezerv fondi tashkil qilish yo'li bilan.
Ta'mirlash ishlari xo'jalik yoki pudrat usulida olib boriladi. Xo'jalik yurituvchi sub'ektning remont-mexanika sexi yoki asosiy ishlab chiqarish sexlari ishchilari tomonidan bajariladi. Pudrat usulida esa ta'mirlash ishlari maxsus remont-qurilish tashkiloti tomonidan shartnoma asosida bajariladi.
Akt ikki nusxada yozilib, bir nusxasi buxgalteriyaga topshiriladi. Ma'lumki, "G'ALLA ALTEG" aktsionerlik jamiyatining samarali faoliyat yuritishi, eng avvalo, ularning ishlab chiqarish quvvatlaridan unumli foydalanishga bog'liq. Buning uchun esa ishlab chiqarish quvvalarining asosini tashkil qiluvchi ishlab chiqarish vositalarining texnik holatini yaxshilashga alohida e'tibor berish zarur. Ishlab chiqarish vositalarini ekspluatatsiya qilish va ularning muddatidan ilgari ishdan chiqishini yoki ekspluatatsiya sifatlari pasayishining oldini olish maqsadida, bino, inshoot, mashina, asbob-uskuna va shunga o'xshashlar doimiy texnik qarov va ta'mirni talab etadi. Texnik qarov odatda ekspluatatsiya jarayonida bevosita mashina va dastgohni boshqaruvchi ishchimashinistlar tomonidan bajariladi. Texnik qarov jarayonida ishlab chiqarish vositalarini moylash, tozalash, bo'shagan zanjirlarni tortish va shunga o'xshash
ishlar amalga oshiriladi. Texnik qarovni amalga oshirishdan ko'zlangan asosiy maqsad, uning texnik holati bir me'yorda saqlab turilishi va buzilishi kabi noxush holatlarning oldini olish hisoblanadi.
"G'ALLA ALTEG" aktsionerlik jamiyatida foydalaniladigan har qanday texnikani o'z vaqtida texnik qarovdan o'tkazish uchun uni ekspluatatsiya qilish bo'yicha belgilangan ko'rsatmalarga amal qilinadi. Masalan, donni quritishda foydalaniladigan ZSPJ-8 markali quritgich butun ekspluatatsiya qilish jarayonida me'yor bo'yicha 20 marta texnik qarovdan o'tkaziladi, texnik qarovlar oralig'idagi ekspluatatsiya qilish soatlari 210 soatni tashkil qilishi zarur. Har bir texnik qarovni amalga oshirish uchun sarflanadigan ish vaqti 6-8 soatni talab qiladi.
Ta'mirlash jarayonining murakkabligi, hajmi, qiymatidan kelib chiqqan holda, ular ikki turga: capital kapital va joriy ta'mirlashlarga bo'linadi.
Kapital ta'mirlashda ishlab chiqarish vositalarinng ayrim qismlari yoki asosiy uzellari almashtiriladi. Masalan, yuqorida ta'kidlangan donni quitish jarayonida foydalaniladigan ZSPJ-8 markali don quritgichni kapital ta'mirlashdan o'tkazish jarayonida quyidagi ishlar bajarilishi zarur:
ishlab chiqarish asbob-uskunalarini ta'mirlashga tayyorlash; alohida uzellarni bo'lish;
uzellarni alohida detallarga ajratish;
detallarni tozalash va yuvish; detallarning nuqsonlarini aniqlash; detallarni yasash, restavratsiya qilish va ta'mirlash bo'yicha boshqa ishlarni bajarish detallarni yig'ib uzellarni komplektlash;
asbob-uskunani bo'yash; moylash, regurilovka va obkatka qilish; Umuman olganda, ishlab chiqarish vositalarini kapital ta'mirlashda mashina va agregatlarning konstruktiv qismalari, shu jumladan, ikkinchi darajali qism va detallari almashtiriladi. Joriy ta'mirlashda ularning asosiy bo'lmagan qismlarini almashtirish, to'g'irlash va ta'mirlash amalga oshiriladi.
Texnik qarov, joriy va capital ta'mirlash korxonalarida ularni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan ehtiyot qismlar, materiallar, moyolash materiallarni sotib olishni, ta'mirlashda qatnashayotgan ishchilarga ish haqi hisoblash va boshqa xarajatlar uchun pul mablag'larini sarflashni taqozo qiladi. Bir so'z bilan aytganda, ishlab chiqarish vositalarini ta'mirlash uchun sarflanayotgan moddiy qiymatliklar (ehtiyot qismlar, materiallar va h.k.) ishchi kuchi va mehnat vositalarining amortizatsiyasi oxiroqibatda korxona moliyaviy resurslarining sarflanishiga olib keladi. Tabiiyki, har bir korxonarahbari va mutaxassis sarflangan moliyaviy resurslarni iqtisodiyjihatdan samarali bo'lishini hohlaydi va shunga harakat qiladi.
Buning uchun esa rahbar va mutaxassislar ta'mirlash jarayonlari to'g'risida ma'lumotlarga ega bo'lishi zarur.
Ammo buxgalteriya hisobining amaldagi tizimi bu ma'lumotlarni berish imkoniyatiga ega emas. Chunki buxgalteriya hisobi ma'lumotlarini bir tizimga keltiruvchi vosita hisoblangan schyotlar rejasida bunday ma'lumotlarni yig'uvchi va shakllantiruvchi schyotlarning o'zi yo'q.
Buning uchun esa, asosiy vositalarii ta'mirlash xarajatlari hisobini shunday tashkil qilish zarurki, unda quyidagi ko'rsatkichlarni olish imkoniyatlari vujudga kelsin: Korxona bo'yicha asosiy vositalarni ta'mirlash xarajatlari to'g'risida, shu jumladan, joriy va kapital ta'mir bo'yicha alohida ma'lumotlarning shakllantirish bo'yicha alohida schyotlar va uning registrlarini yaratish zarur. Birinchidan, asosiy vositalarning guruhlari bo'yicha ta'mirlash xarajatlari va ularning tarkibi to'g'risidagi ma'lumotlarni berishi. Ikkinchidan, asosiy vositalarining har bir turi bo'yicha ta'mirlash xarajatlari to'g'risidagi
ma'lumotlarni vujudga keltirishi lozim. Uchinchidan, hisob registrlari tarkibiga ham ayrim o'zgartirishlar kiritish zarur bo'ladi.
Asosiy vositalar hisobini takomillashtirish bo'yicha buxgalteriya hisobining ishchi schyotlari rejasiga "Asosiy vositalarni ta'mirlash xarajatlari" schyotini kiritish va ushbu schyotga korxona bo'yicha sarflangan ta'mirlash xarajatlari to'g'risida ma'lumotlarni shakllantirish vazifasini belgilash lozim. Ushbu schyotning debet tomonida jami haqiqiy ta'mirlash xarajatlari va kredit tomonida ushbu xarajatlarni kalbkulyatsiya ob'ektlariga hisobot oyi oxirida taqsimlashga oid yozuvlarni amalga oshirish amaliyotini joriy etish zarur.
Korxona bo'yicha ishlab chiqarish vositalarining joriy va capital ta'mirlash xarajatlari to'g'risida alohida ma'lumotlarni vujudga keltirish uchun 2400 -"Asosiy vositalarni ta'mirlash xarajatlari" schyotiga uchta ikkinchi tartibli schyot ochish maqsadga muvofiqdir:
2410 - "Asosiy vositalarni texnik qarov xarajatlari".
2420 - "Asosiy vositalarni joriy ta'mirlash xarajatlari".
2430 - "Asosiy vositalarnikapitalizatsiya qilish xarajatlari".
Albatta, ushbu ma'lumotlarni shakllantirish belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Asosiy vositalarni ta'mirlash xarajatlarini hisobga olish va nazorat qilishda asosiy vositalarining har bir turiga sarflanayotgan texnik qarov va ta'mirlash xarajatlari hisobini tashkil qilish alohida ahamiyatga ega. Buni taklifni hayotga tatbiq qilishda asosiy vositaning xar biriga alohida shaxsiy varaqa ochish maqsadga muvofiqdir. Ushbu varaqa ikki bo'limdan iborat bo'lib, birinchi bo'limda unga sarflangan barcha ta'mirlash xarajatlari uchga bo'lib hisobga olinadi, ya'ni:
- texnik qarov xarajatlari;
- joriy ta'mirlash xarajatlari;
- kapital ta'mirlash xarajatlari.
Barcha xarajatlar ularning turlari bo'yicha yuritilishi lozim. Ya'ni, kalkulyatsiya moddalari va xarajat elemetlari bo'yicha hisobga olib boorish tashkil etiladi.
Asosiy vositalarni ta'mirlashning tannarxini hosil qiluvchi xarajatlarni iqtisodiy mazmuniga ko'ra quyidagi elementlar bilan guruhlarga ajratib hisobini tashkil etishni tavsiya qilamiz:
- asosiy vositalarni ta'mirlash uchun moddiy xarajatlar (qaytariladigan chiqitlar qiymati chiqarib tashlangan holda);
- asosiy vositalarni ta'mirlash uchun mehnatga haq to'lash xarajatlari;
- asosiy vositalarni ta'mirlash uchun yagona ijtimoiy soliqqa ajratmalar;
- asosiy vositalarni ta'mirlash uchun nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi;
- asosiy vositalarni ta'mirlash uchun boshqa xarajatlar.
Ushbu varaqaning xarajatlar bo'limida ushbu ishlab chiqarish vositalarini ekspluatatsiya qilish xarajatlari ham ko'rsatilishi lozim. Varaqaning ikkinchi bo'limi "Bajarilgan ishlar va xarajatlarning taqsimlanishi" deb nomlanadi va unda asbob-uskunalarning ishlagan soatlari va bajarilgan ish hajmi ko'rsatiladi. Taklif qilinayotgan shaxsiy varaqa o'z navbatida bajarilgan ishning tannarxi to'g'risida ham keng qamrovli
ma'lumotlar beradi.
Xulosa qilib aytganimizda, asosiy vositalarini ta'mirlash xarajatlarining bitta alohida schyotda hisobga olinishi, ta'mirlash xarajatlarini tezkor nazorat qilish va amalga oshirilgan har bar ta'mirning tannarxini aniqlash va korxonadagi har bir ishlab chiqarish vositasiga sarflanayotgan kapital va joriy ta'mir xarajatlari to'g'risidagi ma'lumatlarni
umumlashtirish imkoniyatini beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
l.O'zbekiston Respublikasining "Buxgalteriya hisobi to'g'risida"gi qonuni. https://lex.uz/acts/2931253
2. O'zbekiston Respublikasining 5-sonli "Asosiy vositalar" BHMS Buxgalteriya hisobining milliy standarti. https://www.mf.uz/
3. Lixacheva V.E. Puti snijeniya zatrat avtotransportnogo predpriyatiya XLVI Studencheskaya mejdunarodnaya zaochnaya nauchno-prakticheskaya konferentsiya «Molodejntiy nauchntiy forum: ob^estvenntie i ekonomicheskie nauki». — M.: «MTsNO». 2017 g. №6(46).
4. Dragusin, M., Constantin, D. L., & Petrescu, R. M. (2010). Clustering in transition economies: The case of Romanian tourism industry, 20th Biennial International Congress Tourism and Hospitality Industry 2010 "New trends in Tourism and Hospitality Management" (pp. 287-301). Opatija, Croatia: Faculty of Tourism and Hospitality Management.
5. Kalonov M.B. Avtomobilt transporti korxonalarida asosiy vositalar hisobini takomillashtirish. "Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali. № 2, mart-aprelb, 2019 yil
6. Tashnazarov S.N. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida moliyaviy hisobotning nazariy va metodologik asoslarini takomillashtirish: iqtisod fan.dok... diss. avtoref. - T., 2019;
7. Matkarimov D.M. Moliyaviy hisob va hisobotni moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida takomillashtirish: iqtisod fan. b. fals. dok... diss. avtoref. - T., 2019. -58 b.
8. Obidov R.R. Sharaxmatov D.D. Klaster tizimida asosiy vositalar xarajatlari xisobini takomillashtirish. https://cyberleninka.ru/article/n7klaster-tizimida asosiy vositalar-harajatlari-hisobini-takomillashtirish
9. Xatamov K.X. "Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida asosiy vositalar hisobi va auditini takomillashtirish" iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (phd) dissertatsiyasi avtoreferati-T:-2019
10. Tursunova D.D. "Kichik biznes korxonalarida asosiy vositalar buxgalteriya hisobini takomillashtirish masalalari" iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (Doctor of Philosophy) dissertatsiyasi avtoreferati. -T:-2022