V. BUXGALTERIYA HISOBI, IQTISODIY TAHLIL VA AUDIT
MOLIYAVIY HISOB XALQARO STANDARTI BO'YICHA QURILISH KORXONALARIA ASOSIY VOSITALAR HISOBI HAMDA TAHLILINI
YURITISH
Annotatsiya: Ushbu maqolada korxonalarda buxgalteriya hisobi milliy standartlari hamda xalqaro standartlar asosida hisob yuritishdagi alohida xususiyatlar va xalqaro standartlar asosida yuritilgan hisob ma'lumotlari bo'yicha iqtisodiy tahlil jarayonining muhim xususiyatlari ochib berilgan..
Kalit so'zlar: Asosiy vositalar, yangilanish koeffisenti, qurilish korxonalari, qisman almashtirish, uskuna, asosiy vositalarni xarid qilish va o'rnatish, qurilish tarmog'i, inventar.
Kirish. Qurilish sohasining yaxshilanishi mamlakatning yangilanayotganligini, rivojlanib borayotganligini, aholining uy -joy bilan ta'minlanish darajasini yaxshilanayotganligini, mamlakat iqtisodiyotida qurilish tarmog'ining iqtisodiy barqarorligini barqarorlashganligini ifodalab berishga xizmat qiladi. Vaholanki, yashab turgan uyimiz, davolanayotgan sihatgohimiz, tahsil olayotgan ta'lim maskanimiz, yurgan yo'limiz, bizga xizmat qilayotgan elektr, tabiiy gaz hamda suv yo'llari ham qurilish sohasining natijasidir.
Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili. Ushbu mavzu bo'yicha mahalliy va xorijiy adabiyot manbalari tahlili, qurilish sohasida fundamental tadqiqotlar qatorida I.S.Stepanova [1], Arens E.A. [2], DJ.K. Lobbek [3], Serov V.M. [4] , Gurkov I.B [5] singari xorijiy olimlarning, M.K.Pardayev[6], N.T.Tuxliyev [7], E.V.Golesheva [8], M. Miraxmedov [9], A.A.Eshtayev [10], K.B.Urazov [11], singari mahalliy iqtisodchi olimlarning qurilish sohasidagi turli masalalari bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.
Tadqiqot metodologiyasi. Ilmiy-tadqiqot ishida statistik va iqtisodiy tahlil usullari, tahlil, sintez, mavhumiy-mantiqiy tahlil, shuningdek, tanlovli kuzatuv, sotsiologik so'rov, SWOT-tahlil, qiyoslov usullaridan foydalanilgan.
Tahlil va natijalar. Qaysi bir faoliyatni olib qaramaylik ushbu faoliyatni amalga oshirishbda albatta ma'lum texnika, texnalogiyadan foydalaniladi. Ushbu faoliyatni ma'lum makon va zamonda amalga oshiradi. Bu esa asosiy vositalardan albatta foydalaniladi u asosiy vosita o'z balansida bo'lsin yoki ijara asosida foydalansin. 16 son buxgalteriya hisobi xalqaro standarti bo'yicha quyidagi hollarda aktivlar asosiy vosita sifatida tan olinishi mumkin.
Yahyoyev To'lqin Ismatulla o'g'li
SamISI katta o'qituvchisi
1-jadval
Aktivlarni asosiy vosita sifatida tan olish
BHXS bo'yicha
BHMS bo'yicha
Mahsulotlami ishlab chiqarish yoki yetkazib berish, yoki xizmatlarni ko'rsatish, yoki boshqa tomonlarga ijaraga berish, yoki ma'muriy maqsadlarda foydalanish uchun mo'ljallangan 1 yildan uzoq muddatga xizmat qilishi
Moddiy ko'rinishga ega bo'lishi
Qiymatga ega bo'lishi
Bir davrdan uzoqroq muddat davomida foydalanilishi kutilgan Korxonaga naf keltirishi
Korxonaning egalik qilish huquqida bo'ishi
16 son BHXS bo'yicha asosiy vositalar ob'ektining tannarxi faqatgina quyidagi shartlar bajarilganda aktiv sifatida tan olinadi:
1. tadbirkorlik sub'ekti tomonidan asosiy vosita bilan bog'liq kelgusi iqtisodiy naf olinishi ehtimoli mavjud bo'lsa;
2. aktivning tannarxi ishonchli baholana olsa.
Ehtiyot qismlar, yordamchi va ta'mirlovchi jihozlar kabi moddalar asosiy vositalar ta'rifiga mos kelganida ushbu BHXSga muvofiq tan olinadi. Aks hollarda bunday moddalar tovar-moddiy zaxiralar sifatida tasniflanadi. Ushbu Standart tan olish uchun o'lchov birligini, ya'ni asosiy vosita ob'ekti nimadan tashkil topishini belgilab bermaydi. Shuning uchun, tadbirkorlik sub'ektining o'ziga xos shart sharoitlarida tan olish mezonlarini qo'llash uchun mulohaza qilish talab etiladi. Qoliplar, asboblar va moslamalar kabi alohida ahamiyatli bo'lmagan moddalarni birlashtirish va tan olish mezonlarini ushbu birlashtirilgan qiymatga nisbatan qo'llash o'rinli bo'lishi mumkin. Tadbirkorlik sub'ekti barcha asosiy vositalar bilan bog'liq xarajatlarni ularning kelib chiqish paytiga qarab ushbu tan olish mezonlari asosida baholaydi. Bunday xarajatlar o'z ichiga asosiy vosita ob'ektini sotib olish yoki qurish bilan bog'liq boshlang'ich xarajatlarni, xamda asosiy vositani keyinchalik kengaytirish, qandaydir qismini almashtirish yoki unga texnik xizmat ko'rsatish uchun amalga oshirilgan xarajatlarni qamrab oladi.
Buxgalteriya hisobi xalqaro standartlari bo'yicha asosiy vositalarga tan olinganidan keyingi xarajatlar hisobi quyidagicha tan olinadi.
1. Tadbirkorlik sub'ekti asosiy vosita ob'ektining balans qiymatiga ob'ektning kundalik xizmat ko'rsatish bilan bog'liq xarajatlarini kiritmaydi. Bunday xarajatlar kelib chiqish paytida foyda yoki zarar tarkibida tan olinadi. Kundalik xizmat ko'rsatish xarajatlari asosan mehnat haqi va materiallardan tashkil topadi, xamda o'z ichiga mayda extiyot qismlar qiymatini xam olishi mumkin. Bu kabi xarajatlarning maqsadi ko'pincha asosiy vositalar ob'ektiga "joriy xizmat ko'rsatish va ta'mirlash" sifatida izohlanadi.
2. Ayrim asosiy vositalar ob'ektlarining qismlari muntazam ravishda almashtirilishi talab etilishi mumkin. Masalan, pechning futerovkasi ma'lum ishlash soatlari o'tganidan so'ng almashtirilishi kerak bo'lishi mumkin, samolyotlardagi o'rindiklar va oshxona kabi asbobuskunalar samolyotning foydali xizmat muddati davomida bir necha marta almashtirilishi mumkin. Asosiy vositalarning ob'ektlari binoning ichki devorlarini almashtirish kabi almashtirishlarni kamroq takrorlash yoki
takrorlanmaydigan qilib almashtirish maqsadida sotib olinishi mumkin. Bunday xarajatlar tan olish mezonlariga ko'ra, tadbirkorlik sub'ekti asosiy vositaning balans qiymatida uning bir qismini almashtirish bo'yicha xarajatlarni ushbu xarajatlar amalga oshirilgan paytda tan olishi kerak.
3. Asosiy vositalar ob'ektining ayrim qismlarini almashtirilishi yoki almashtirilmasligidan qat'iy nazar, nuqsonlar paydo bo'lganligini aniqlash uchun muntazam ravishda katta ko'lamdagi texnik ko'riklarini o'tkazish shu ob'ektdan (masalan samolyotdan) foydalanishni davom etishning shartlaridan biri bo'lishi mumkin. Har bir katta ko'lamdagi texnik ko'rik o'tkazilganda, u bo'yicha xarajatlar tan olish mezonlari bajarilganda asosiy vositalar ob'ektining balans qiymatida qisman almashtirish sifatida tan olinadi.
Xulosa va takliflar. Buxgalteriya hisobi xalqaro standartlari hamda milliy standartlar bo'yicha asosiy vositalarni hisobga qabul qilishda birmuncha farqli jihatlar mavjud. Masalan, korxona ishlab chiqarish uskunasini sotib oldi hamda ushbu uskunanini o'rnatishda hududning ma'lum tabiiy holatini buzulish zarurati mavjud.
Asosiy vositalarni sotib olish hamda o'rnatishda quyidagi xarajatlar amalga oshirildi hamda xalqaro standart bo'yicha quyidagicha buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi.
1. Sotib olish bahosiga:
Dt: Asosiy vositani xarid qilish va o'rnatish
Kt: Taminotchi oldidagi kreditorlik qarz
2. Bojxona boji
Dt: Asosiy vositani xarid qilish va o'rnatish
Kt: Bojxona bo'yicha kreditorlik qarz
3. O'rnatish j oyini tayyorlash xaraj ati
Dt: Asosiy vositani xarid qilish va o'rnatish
Kt: Joy tayyorlashda ishlatilgan resurslar
4. Transport xarajatlari
Dt: Asosiy vositani xarid qilish va o'rnatish
Kt: Bojxona bo'yicha kreditorlik qarz
5. Faoliyat tugatilib asosiy vosita olinganda tabiiy sharoitni qayta tiklash bo'yicha baholangan qiymat
Dt: Asosiy vositani xarid qilish va o'rnatish
Kt: Shartli majburiyat
6. Asosiy vositani foydalanishga qabul qilish
Dt: Uskuna
Kt: Asosiy vositani xarid qilish va o'rnatish
Mamlakat darajasida hisobning xalqaro standartlarga o'tishi bevosita mamlakatda olib boriladingan iqtisodiy tahlil jarayoniga ham o'z ta'sirini ko'rsatmasdan qolmaydi. Buning asosiy sababi esa iqtisodiy tahlil jarayoning muhim elementi korxona iqtisodiy ko'rsatkichlarining yaralish manbasi hisob natijasidir.
Asosiy vositalar tahlili amalga oshirilganda xalqaro standartlar bo'yicha farqli jihatlaridan biri bu asosiy vositalarning yangilanish koeffisentidir.
Ushbu koeffisent milliy standartlar bo'yicha yaratilgan axborotlar asosida aniqlanganda quyidagicha aniqlanadi.
YSOAV
™=ЛУУЩ
As.V.YK-asosiy vositalarning yangilanish koeffisenti;
YSOAV-yangi sotib olingan asosiy vositalar qiyati;
AVYOBQ-asosiy vositalarning yil oxiridagi boshlang'ich qiymati.
Xalqaro standartlar bo'yicha yuritilgan hisob ma'lumotlari asosida asosiy vositalarning yangilanish koeffisentini quyidagicha aniqlash tavsiya etildi:
YSOAV+QAX
As'V'YK=_AVTOBQ""
As.V.YK-asosiy vositalarning yangilanish koeffisenti;
YSOAV-yangi sotib olingan asosiy vositalar qiyati;
AVYOBQ-asosiy vositalarning yil oxiridagi boshlang'ich qiymati
QAX-qisman almashtirish xarajatlari.
Buning asosiy sababi esa xalqaro standartlar bo'yicha qisman alamshtirish xarajatlari korxona asosiy vositasining balans qiymatini oshishiga olib keladi va ma'lum darajada asosiy vositaning texnik holatini yaxshilaydi. Shu bilan birga texnik ko'rik xarajatlari katta miqdorni tashkil qiluvchi asosiy vositalarning ushbu turdagi xarajatlari ham asosiy vositaning balans qiymatini oshiradi va qisman almastirish xarajatlari sifatida qaraladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati.
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o'tish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori, 2020 yil 24 fevral, PQ-4611-son.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Qurilish - montaj ishlari sifatini tubdan yaxshilash va qurilishni nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora tadbirlari" to'g'risidagi PQ-4586 sonli qarori-06.02.2020.
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasini qurilish tarmog'ini modernizastiya qilish, jadal va innovastion rivojlantirishning 2021-2025 yillarga mo'ljallangan strategiyasini tasdiqlash to'g'risidagi" PF-6119 sonli farmoni -28.11.2020.
4. Экономика строителства: Уchебник / под общей ред. И.С.Степанова. - 3-е изд., доп. и перераб. - М.: Yuрайт-Издат, 2004.
5. Аренс Э.А., ДЖ.К. Лоббек. Аудит. Учебник. М.: Финансы и статистика, 2001.
6. Гусева М.И., Коготкова И.З. Маркетинг в строителстве. Учебное пособие. (Сериya «Высшаya школа»). - М.: Книжный мир, 2011.