Научная статья на тему 'ASOSIY VOSITALAR HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH II'

ASOSIY VOSITALAR HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH II Текст научной статьи по специальности «Клиническая медицина»

CC BY
687
103
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
MOLIYAVIY HISOBOT / BUXGALTERIYA HISOBI / XALQARO STANDARTLAR / ASOSIY VOSITA / QAYTA BAHOLASH

Аннотация научной статьи по клинической медицине, автор научной работы — Shirinov U.A., Amonov A.A.

Maqolada asosida asosiy vositalar hisobini yuritish, tan olish, baholash, qayta baholash hamda moliyaviy hisobotlarda aks ettirish tartiblari ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVEMENT OF FIXED EQUIPMENT ACCOUNT II

The article describes the procedures for accounting for fixed assets, recognition, evaluation, revaluation and reflection in financial statements.

Текст научной работы на тему «ASOSIY VOSITALAR HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH II»

Shirinov U.A., PhD.

SamISI Amonov A.A. katta o'qituvchi SamISI

ASOSIY VOSITALAR HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH

Annotatsiya. Maqolada asosida asosiy vositalar hisobini yuritish, tan olish, baholash, qayta baholash hamda moliyaviy hisobotlarda aks ettirish tartiblari ochib berilgan.

Kalit so'zlar: moliyaviy hisobot, buxgalteriya hisobi, xalqaro standartlar, asosiy vosita, qayta baholash.

Shirinov U.A., Ph.D.

SamIES Amonov A.A. senior lecturer SamIES

IMPROVEMENT OF FIXED EQUIPMENT ACCOUNT

Abstract. The article describes the procedures for accounting for fixed assets, recognition, evaluation, revaluation and reflection in financial statements.

Key words: financial reporting, accounting, international standards, fixed assets, revaluation.

Har qanday ishlab chiqarish jarayonining asosini inson mehnati tashkil etadi, bu uning faoliyati uchun zarur shart sifatida mehnat vositalari va ob'ektlari mavjudligini nazarda tutadi. Ishlab chiqarish jarayonida korxona xodimlari mehnat qurollari yordamida mehnat predmetlariga ta'sir etib, ularni har xil turdagi tayyor mahsulotga aylantiradilar. Mehnat vositalari (mexanizmlar, binolar, jihozlar, inshootlar va boshqalar) va mehnat ob'ektlari korxonaning asosiy aktivlari hisoblangan qiymat shaklida ifodalangan ishlab chiqarish vositalarini tashkil qiladi. Korxonaning moddiy bazasini mehnat vositalari va mehnat ob'ektlari tashkil etadi, ular ishlab chiqarish vositalariga birlashtiriladi. Mehnat vositalari - asosiy fondlarning moddiy tarkibi. Asosiy vositalar ishlab chiqarish jarayonida qayta-qayta ishtirok etadi, shu bilan birga o'z tabiiy shaklga ega bo'lib, ularning qiymatini asta-sekin, qismlarga bo'lib ishlab chiqarilgan mahsulotlarga o'tkazadi.

Asosiy vositalar bo'yicha turli manbalarda turlicha fikrlar keltirilgan. Biz tadqiqotimiz natijasida ularning bir qanchasini keltirib o'tdik.

Asosiy vositalar - bu quyidagi mezonlarga javob beradigan moddiy aktivlardir: (a) mahsulotlarni ishlab chiqarish yoki yetkazib berish, yoki xizmatlar ko'rsatish yoki

boshqa tomonlarga ijaraga berish yoki ma'muriy maqsadlarda foydalanish

uchun

saqlanadigan; va (b) bir davrdan ortiq muddat davomida foydalanilishi kutiladigan.[1]56

5-sonli MHXS (Moliyaviy hisobotning xalqaro standarti) asosan uzoq muddatli aktivlar - bu hisobot davridan keyin o'n ikki oydan ko'proq vaqt davomida tiklanishi kutilayotgan summalarni o'z ichiga olgan aktivlar57

Rossiya Federatsiyasi Soliq kodeksiga asosan Asosiy vositalar ishlab chiqarish va ishlab chiqarish uchun mehnat vositasi sifatida foydalaniladigan 12 oydan ortiq foydalanish muddatiga ega bo'lgan mulkning bir qismidir.58

Asosiy vositalar uzoq muddatli aktivlar — bu kompaniya egalik qiladigan va o'z faoliyatida daromad olish uchun foydalanadigan uzoq muddatli moddiy xususiyatlar. Bir yil ichida asosiy vositalarni iste'mol qilish yoki naqd pulga aylantirish kutilmaydi. Asosiy vositalar kapital, asosiy vositalar sifatida ham tanilgan. Ular odatda kompaniyaning balansida joriy aktivlardan pastroqda ko'rsatiladi. Ushbu aktivlar korxonaning normal faoliyatida qayta sotish uchun emas, balki mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko'rsatish maqsadida kompaniya tomonidan saqlanadi.59

16-MHXS "Asosiy vositalar" ga asosan asosiy vositalarni keying baholanishi boshlang'ich qiymat modeli bo'yicha yoki qayta baholash modeli bo'yicha tan olinadi.

Aktiv sifatida tan olinganidan so'ng, asosiy vosita obyekti jamg'arilgan eskirish va qadrsizlanishdan jamg'arilgan zararlar chegirilgan holda boshlang'ich qiymat bo'yicha hisobga olinishi lozim.

Aktiv sifatida tan olinganidan so'ng, haqqoniy qiymati ishonchli tarzda baholanishi mumkin bo'lgan asosiy vosita obyekti keyingi jamg'arilgan eskirish va qadrsizlanishdan keying jamg'arilgan zararlarni chegirgan holda, qayta baholash sanasidagi haqqoniy qiymatni aks ettiradigan qayta baholangan qiymatda hisobga olinishi lozim. Hisobot davri oxirida balans qiymatini uning haqqoniy qiymatidan muhim farqlanmasligi uchun qayta baholash yetarli darajada muntazam amalga oshirilishi lozim.

5-son BHMSga ko'ra (4-§) asosiy vositalar tarkibiga quyidagi mezonlarga bir vaqtning o'zida javob beradigan moddiy aktivlar kiritiladi: a) bir yildan ortiq xizmat muddati;

56 MHXS 16 "Asosiy vositalar "

57 MHXS 5 "Sotish uchun mo'ljallangan uzoq muddatli aktivlar va davom ettirilmaydigan faoliyat "

58 https://www.consultant.ru/document/cons_doc_LAW_19671/

59 https://uz.wikipedia.org/wiki/Asosiy_vositalar

b) bir birlik (to'plam) uchun qiymati O'zbekiston Respublikasida (xarid paytida) belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorining ellik baravaridan ortiq bo'lgan buyumlar.

Korxona rahbari hisobot yilida buyumlarni asosiy vositalar tarkibida hisobga olish uchun ular qiymatining eng kam chegarasini belgilashga haqli.

5-son BHMSga muvofiq (3-§,3a-band 6-band) moddiy aktivlarni asosiy vositalar sifatida tan olish uchun ular yuqorida keltirilgan mezonlardan tashqari yana qo'yidagi shartlarga ham javob berishi lozim:

• xizmat muddati davrida korxonaga daromad keltirish kafilligini mavjudligi.

• qiymatini aniq belgilashni mumkinligi.

Moddiy aktivlarni asosiy vositalar tarkibiga kiritishda ularni foydali xizmat muddatini belgilash muhim rol o'ynaydi.

16-son BHXS asosiy vositalarni baholashda qo'yidagi qiymat turlaridan foydalanishni kuzda tutadi.

Boshlang'ich qiymat - bu asosiy vositalarning hisob qiymati bo'lib, o'z ichiga sotib olish bahosi, shuningdek, tashib keltirish, o'rnatish, montaj, o'rgatish, safar, bojxona xarajatlarini va qo'shilgan qiymat solig'ini oladi. Asosiy vositalar ushbu qiymati bo'yicha korxonada butun xizmat muddati davrida hisobda turadi.

Tiklangan qiymat - bu asosiy vositalarning qayta baholash, kengaytirish, rekonstruksiya va modernizasiya qilingandan keyingi qiymati. Bu qiymat vaqtinchalik bo'lib, qo'shimcha qilingan xarajatlar va qayta baholash natijasi asosiy vositalar qiymatiga kiritilgach boshlang'ich qiymat bo'lib qolaveradi.

Qoldik qiymat - bu asosiy vositalarning boshlang'ich qiymati va jamlangan eskirish summasi o'rtasidagi farqi. Bu qiymatni balans qiymati ham deb ataydilar, chunki aynan shu qiymatda asosiy vositalar korxonaning balansida aks ettiriladi.

Sotish qiymati - bu asosiy vositalarning sotish vaqtida sotuvchi va sotib oluvchi o'rtasida kelishilgan shartnomaviy qiymat.

Foydalanish qiymati - Aktivdan doimiy foydalanish va uning foydalanish muddati oxirida uni tasarruf etishdan kutilayotgan taxminiy kelajakdagi pul oqimlarining joriy qiymati.

Adolatli qiymat - bu o'lchov sanasida bozor ishtirokchilari o'rtasidagi tartibli bitimda aktivni sotish uchun olinadigan yoki majburiyatni topshirish uchun to'lanadigan narx.

Qaytariladigan qiymat - ikki qiymatdan kattasi: sotish xarajatlari chegirib tashlangan adolatli qiymat va foydalanish qiymati.

Foydali xizmat muddati deganda asosiy vositaning korxona tomonidan belgilangan foydalanish muddati tushuniladi. Bu muddat yillarda yoki oylarda ifodalanib, uning foydaliligi ishlab chiqilgan mahsulot (bajarilgan ish, xizmat) hajmi bilan o'lchanadi. Foydali xizmat muddati davomida asosiy vositalar o'zlarining qiymatini to'liq qoplashlari va korxonaga qo'shimcha daromad

keltirishlari lozim. Foydali xizmat muddati, odatda, asosiy vositaning texnik hujjatlarida ko'rsatilgan bo'ladi. Bunday hujjatlar mavjud bo'lmaganda asosiy vositalarning foydali xizmat muddati qabul qilish komissiyasi tomonidan yoki korxona rahbari buyrug'i bilan tasdiqlangan hisob siyosatida aniq belgilanishi kerak.

Xulosa qilib aytganda asosiy vositalarni tan olishda, ularni baholashda hamda hisobda aks ettirishda buxgalteriya hisobining hamda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlaridan foydalanish investorlarga aniq va ishonchli axborot berishga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1.MHXS 5 "Sotish uchun mo'ljallangan uzoq muddatli aktivlar va davom ettirilmaydigan faoliyat "

2.MHXS 16 "Asosiy vositalar " 3.5-son BHMS "Asosiy vositalar"

4.An Introduction to Accounting Theory, 1st edition. 2016, UWS, Australia

5. Kunduzova, K. I., Qudbiyev, N. T., & Asatullayeva, N. Y. Q. (2022). Iqtisodiyotning modernizatsiyalash sharoitida asosiy vositalar hisobini takomilashtirish masalalari. Scientific progress, 3(3), 837-846.

6. Ibrohim, S. (2023, January). Asosiy vositalar"(bhxs 16) standartni amaliyotga joriy etish masalalari. In Proceedings of International Educators Conference.

7. Jaloliddin o'g'li, A. S. (2022, October). Changes in accounting with the development of digital technologies. In Archive of Conferences (pp. 299-309).

8. Gulomjonovich, I. I. (2022). Bugungi kundagi budjet tashkilotlari boshqaruv hisobida budjetlashtirishni takomillashtirish masalalari. ijodkor o'qituvchi, 2(22), 278-281.

9. Luptullaevich, X. T. (2023). Paxta-to'qimachilik klasterlari samaradorligini baholash metodikasini takomillashtirish. Barqarorlik va yetakchi tadqiqotlar onlayn ilmiy jurnali, 3(6), 108-111.

10. Luptullaevich, X. T. (2023). Iqtisodiy o 'sish sharoitida paxta va to 'qimachilik mahsulotlarini rivojlantirishning istiqbolli strategiyalari. Siyosatshunoslik, huquq va xalqaro munosabatlar jurnali, 2(6), 41-44.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.